Authors

  • Rayhon Saidova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42079

Keywords:

poem poet masnavi Furqat realism enlightenment artistic thinking.

Abstract

In the article, Furqat, written in the second half of the 19th century, states that the poet considered the artistic discovery of life and its truths to be better than anything else, and that authenticity is needed. The importance of this idea is that it contains the buds of a realistic view of the main aspects of artistic thinking. The article explains that Furqat was able to correctly show that poetry is closely related to life, that its content is the existing life.

background image



30-AVGUST, 2024-YIL

134

FURQATNING “SHOIR VA SHE’R MUBOLAG’ASI XUSUSIDA”

Saidova Rayhon Bekmurodovna

Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Zarmed universiteti o’qituvchisi.

E-mail:

malikau494@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13832814

Annotatsiya. Maqolada XIX asr ikkinchi yarmida yozilgan Furqat “Shoir va she'r

mubolagʻasi xususida” masnaviysida shoirning hayotni, uning haqiqatlarini badiiy kashf etishni

hammadan afzal deb bilganligi, haqqoniylik kerakligi haqqoniylik kerakligini ta'kidlaydi. Bu

fikrning ahamiyati shundaki, unda badiiy tafakkurning asosiy tomonlariga realistik qarashning

kurtaklari mavjudligidadir. Furqat she'riyatning hayot bilan chambarchas bogʻliq ekanini, uning

mazmuni mavjud hayot ekanini toʻgʻri koʻrsata olganligi maqolada yoritib berilgan.

Kalit so’zlar: she’r, shoir, ash’or, masnaviy, Furqat, realizm, ma’rifatparvarlik, badiiy

tafakkur.

FURQAT'S "POET AND POETRY EXAMINATION"

Abstract. In the article, Furqat, written in the second half of the 19th century, states that

the poet considered the artistic discovery of life and its truths to be better than anything else, and

that authenticity is needed. The importance of this idea is that it contains the buds of a realistic

view of the main aspects of artistic thinking. The article explains that Furqat was able to correctly

show that poetry is closely related to life, that its content is the existing life.

Key words: poem, poet, poem, masnavi, Furqat, realism, enlightenment, artistic thinking.

ЭКСПЕРТ ФУРКАТА «ПОЭТ И ПОЭЗИЯ»

Аннотация. В статье Фурката, написанной во второй половине XIX века «О

преувеличениях поэта и поэмы», говорится, что поэт считал художественное открытие

жизни и ее истин лучшим из всех, и эта подлинность необходима. Важность этой идеи

состоит в том, что она содержит в себе зачатки реалистического взгляда на основные

стороны художественного мышления. В статье подчеркивается тот факт, что Фуркат

смог правильно показать, что поэзия тесно связана с жизнью, что ее содержанием

является существующая жизнь.

Ключевые

слова:

поэма,

поэт,

поэма,

маснави,

Фуркат,

реализм,

просветительство, художественное мышление.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

135

XIX asr ikkinchi yarmida Furqat “Shoir va she'r mubolagʻasi xususida” masnaviysida shoir

hayotni, uning haqiqatlarini badiiy kashf etishni hammadan afzal deb biladi va “hayotni tasvirlash”

kerak, deydi. Demak, hayot qanday boʻlsa, oʻz holicha hech boʻyoqsiz tasvirlash, boshqacha

aytilganda, haqqoniylik kerakligini ta'kidlaydi. Bu fikrning ahamiyati shundaki, unda badiiy

tafakkurning asosiy tomonlariga realistik qarashning kurtaklari mavjudligidadir. Furqat

she'riyatning hayot bilan chambarchas bogʻliq ekanini, uning mazmuni mavjud hayot ekanini

toʻgʻri koʻrsata olgan. Furqat “Yoʻq soʻzni bor demak el ichra moʻ'tabar yoʻq”, deb, adabiyotda

yolgʻonni emas, balki haqiqatni tasvirlash kerakligini olgʻa suradi. Furqat she'riyatning kishi his-

tuygʻulari orqali hayotni tasvirlashi haqida fikr yuritadi. Bularning hammasi uchun esa, muallif

fikricha, hayotni bilish, uni oʻrganish zarurdir.

Bunda, birinchidan, adabiyot manbai - hayot ekanligi, ikkinchidan, realizm - badiiy ijod

asosiga aylanib borayotganligi masalalari namoyon boʻladi. Bu masala dunyo adabiyoti singari

oʻzbek adabiyotiga ham kirib kelayotganligidan darak beradi. Shu bilan birga oʻzbek adabiyoti

tarixida buyuk “Boburnoma”dan keyin Furqat asarlarida ayni metod yuzaga chiqib

kelayotganligini koʻrsatadi. XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent va Xivada bosmaxonalarning

paydo boʻlishi kitob nashr ettirish ishini yaxshiladi va qator roʻznoma hamda jurnallarning

chiqishiga imkoniyat tugʻdirdi. Buning natijasida “Turkestanskie vedomosti” (1870), keyinchalik

oʻzbek va rus tillarida “Turkiston viloyati gazetasi” kabilar chiqa boshladi. Bular chorizm

manfaatini himoya qiluvchi nashrlar edi. Shunga qaramasdan oʻzbek, tojik, qozoq xalqlarining

xalqchil va ma'rifatparvar shoirlari ana shu nashriyotlar sahifalarida ham oʻz ilgʻor gʻoyalarini

ifoda etdilar.

Ma'rifatparvar Furqat koʻpgina she'rlari va maqolalarini “Turkiston viloyati gazetasi”da

nashr ettirdi. Furqat “Quqonlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti oʻzi yozgʻoni” deb ataluvchi

maqolalar turkumida ham yozuvchi eng avval hayotni oʻrganishi kerak degan fikrini yana

takrorlaydi. Oʻz davri yangiligi hisoblangan matbuotdan oʻzlarining ilgʻor gʻoyalarini ifodalash

uchun foydalangan. Bu esa, she'r va shoirlik haqidagi qarashlarni yangicha ifoda etish usuli edi.

Shoirlarga, masalan, Ogahiy, Muqimiy, Haziniy, Muhayyirga bagʻishlangan maqolalarda ularning

hayoti va ijodi toʻgʻrisida ayrim ma'lumotlar berilardi. Bunday maqolalar muallifning

dunyoqarashi saviyasida yozilar edi. Roʻznoma sahifalarida ba'zan ilgʻor shoirlar ham tanqid

qilinar edi. Masalan, ana shunday maqolalardan biri “Muhayyirga javob” deb ataladi.

Muhammadqul Mirzo Muhammadrasul oʻgʻli Muhayyir (1849-1918) Muqimiy, Furqat,

Avazlar bilan bir davrda yashab, ijod etgan shoirdir. “Muhayyirga javob” maqolasining muallifi


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

136

shoirni nodonlikda ayblaydi. Uning ijodini kamsitib, “Muhayyir afandi mullo emas, mujallid,

payrav” deb yozadi. Bunday ruh “Al-isloh” jurnali sahifalarida yanada ochiqroq koʻrindi.

Jumladan, 1916-yilda Zavqiy haqida yozilgan maqolalarda ham shunday holat kuzatiladi.

Zavqiy bularga qarshi oʻzining “Ishtiboh” maqolasi va “Afandilar” radifli she'ri bilan chiqish qilib,

ularda Muqimiy, Furqat va oʻziga nisbatan aytilgan tuhmatlarni fosh etdi, maqolalarning “mazmun

va mafhumlariga... ishtiboh voqe' boʻldi” deb yozadi. Zavqiyning bu chiqishi ayrimlarni yanada

gʻazablantirdi. Mullo Maxmudxoʻja Eshon Muftiy jurnalning17-sonida “Qoʻqanli Ubaydullo

Zavqiy ishtibozushriga rafiy ishtiboh” nomli maholasini bostirib, xalqchil yoʻnalishdagi adabiy

oqimga qarshi yurishni keskinlashtirdi. “Yuz va kuloh Va qadni va xotunlarni bulardan boshqa

sifatlarini... bayon qilib she'r aytmoq azush diyonat va azush dinlarga loyiq va munosib emasdur”,

- deb insoniy fazilatlarni, muhabbatni kuylovchi Muqimiy, Furqat, Zavqiyning dunyoviy

she'riyatini kamsitdi, “endi xullasi kalom shuki, ey zamonamiz shoirlari, Sizlarni... sexromez

muxammaslaringizdin va fiskangez gʻazal-she'ringizdin biz azush islomni qanday qilsa mazerum

qilib oʻlur”, - deb aytadi. Xuddi shu vaqtlarda yashab ijod etgan Nozimaxonim binti Said

Ahmadning esa bunday fikrlarni yozganlar: “Oʻz adabiyotining taraqqiyoti borasinda justu-joʻ

qilib, har toifa adib va shoirlar etishtirmoq gʻamini emagan millat bir kun hissiyotlardan, oʻy-

fikrlardan mahrum qolib, oxir natijada ma'nan inqiroz sari yuz tutar”. Demak, Nozimaxonim

Zavqiylar ijodini yoqlaydigan vakili sifatida xalqchil adabiyotning rivoju ravnaqi uchun jon

kuydiruvchilardan biridir. Ozarbayjon xalqining sevimli shoiri Ali Akbar Sob xuddi shu davrda

xalqchil adabiyotning hayotni tasvirlash haqiqatgoʻylik ekanini va u hayotni boʻyab tasvir etmaslik

haqida: “Na yozim”, “Yoʻq, yozmaram” kabi asarlarida ochiqdan-ochiq kelgan edi. U “Na yozim”

asarida, jumladan, quyidagicha yozadi:

Shoiram chunki vazifam budir: ash'or yozim

Gurdikim neku badi aylayin izhor yozim.

Gunni porloq, gunduzi og tejani tor yozim,

Badi bad, egrini egri, duzi hamvor yozim.

Bunda biz Furqat va Zavqiylarning she'rlarida ifoda etilgan oʻxshash fikrlarni koʻramiz.

Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, XVI-XIX asrlar davomida she'r-u shoirlikka

qarashlar turli shaklda rang-barang mazmunni ifoda etish yoʻli bilan davom etdi. Bu davrlar she'r

va shoirlikka qarashlarida hayotiylik ustuvor maqomga koʻtarila borganligi, shu bilan birga masala

ilmiy-badiiy talqini izchil davom etganligi bilan xarakterlanadi. Mulohazalardan ayon

boʻlmoqdaki, Sharq va umumturkiy adabiyotining munozaralarga boy mavzularidan biri she'r va

shoirlik masalalari sanaladi.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

137

REFERENCES

1.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr. 2018. – 480 b.

2.

M.Zokirov. Erk va ma’rifat kuychilari. - Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va

san’at nashriyoti, 1984. B-174.

3.

Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: Oʻzbekiston, 2001. – 560 b.

4.

Haqqulov I. She'riyat ruhiy munosabat. – Toshkent: Adabiyot va san'at, 1989. – 240 b.

5.

Zokirjon Furqat. Ishqingda kuyib jono. -T.: Adabiyot, 2001.-124 b.

References

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr. 2018. – 480 b.

M.Zokirov. Erk va ma’rifat kuychilari. - Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1984. B-174.

Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: Oʻzbekiston, 2001. – 560 b.

Haqqulov I. She'riyat ruhiy munosabat. – Toshkent: Adabiyot va san'at, 1989. – 240 b.

Zokirjon Furqat. Ishqingda kuyib jono. -T.: Adabiyot, 2001.-124 b.

Most read articles by the same author(s)

Rayhon Saidova, POEM CONCEPT, IMAGE AND INTERPRETATIONS OF THE POET'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE OF THE NEW ERA , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 9 (2024): Modern science and research international scientific journal

Rayhon Saidova, INTERPRETATIONS OF THE ISSUE OF ACCOUNTABILITY IN THE CREATION OF AHMAD YASSAVI , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Rayhon Saidova, MALOMAT BULBULI NAVOIY , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Rayhon Saidova, PROBLEMS OF POETRY IN UZBEK LITERATURE, CHARACTERISTICS OF EXPRESSION AND INTERPRETATION AND GENRE TYPOLOGY , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 9 (2024): Modern science and research international scientific journal

Rayhon Saidova, ILLUMINATION OF THE IDEA OF BLAME IN UZBEK LITERATURE (IN THE WORKS OF CREATORS OF THE XI-XVI CENTURIES) , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Rayhon Saidova, INTERPRETATIONS OF REPRESENTATION AND REPRESENTATION IN NAVOY'S "NASAYIM UL-MUHABAT" TAZKIRA , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Rayhon Saidova , LITERARY INTERPRETATION OF POETRY AND POETIC SENTIMENTS IN MODERN UZBEK LITERATURE , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 7 (2025): Modern Science and Research international scientific journal

Rayhon Saidova , ARTISTIC AND AESTHETIC INTERPRETATIONS OF POETRY ISSUES IN THE CREATIVITY OF ALISHER NAVOI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 7 (2025): Modern Science and Research international scientific journal