Authors

  • Kamola Temirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58749

Keywords:

Turkiy xalqlar “Tarjumon” asari gastronomik birliklar oziq-ovqat taom ichimlik va sutlar haqida daraxtlar mevalar polizchilik bog‘dorchilikka oid so‘zlar ekinlar va don mahsulotlari nomlari va hokazo.

Abstract

Ushbu maqolada turkiy xalqlarning adabiy tillari tarixi va shakllanishini o‘rganishda muhim manbalardan biri, arab tilida yozilgan filologik asar – XIV asr obidasi “Tarjumon” asari tahlilga tortilgan. Shuningdek, “Tarjumon” asarining leksikografiyaga qo‘shgan hissasi va asarda keltirilgan leksik birliklar, jumladan, gastronomik birliklarning leksikografik tadqiqi haqida fikr-mulohaza bildirilgan.

background image

1191

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

“TARJUMON” ASARINING LEKSIKOGRAFIK TADQIQI

Temirova Kamola Baxtiyor qizi

Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti.

kamolatemirova28@gmail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14558845

Annotatsiya.

Ushbu maqolada turkiy xalqlarning adabiy tillari tarixi va shakllanishini

o‘rganishda muhim manbalardan biri, arab tilida yozilgan filologik asar – XIV asr obidasi

“Tarjumon” asari tahlilga tortilgan. Shuningdek, “Tarjumon” asarining leksikografiyaga

qo‘shgan hissasi va asarda keltirilgan leksik birliklar, jumladan, gastronomik birliklarning

leksikografik tadqiqi haqida fikr-mulohaza bildirilgan.

Kalit soʻzlar:

Turkiy xalqlar, “Tarjumon” asari, gastronomik birliklar, oziq-ovqat, taom,

ichimlik va sutlar haqida, daraxtlar, mevalar, polizchilik, bog‘dorchilikka oid so‘zlar, ekinlar va

don mahsulotlari nomlari va hokazo.

LEXICOGRAPHIC STUDY OF THE WORK "TRANSLATER"

Abstract.

This article analyzes one of the important sources in the study of the history and

formation of the literary languages of the Turkic peoples, the 14th-century philological work "The

Interpreter" written in Arabic. It also provides feedback on the contribution of the work "The

Interpreter" to lexicography and the lexicographical study of lexical units, including gastronomic

units, presented in the work.

Keywords:

Turkic peoples, the work "Tarjumon", gastronomic units, about food, food,

drinks and milk, words related to trees, fruits, melon growing, gardening, names of crops and

cereals, etc.

ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ «ПЕРЕВОД»

Аннотация.

В данной статье анализируется один из важных источников для

изучения истории и формирования литературных языков тюркских народов,

филологический труд, написанный на арабском языке, - памятник XIV века «Тарджумон».

Также

комментируется

вклад

труда

«Тарджумон»

в

лексикографию

и

лексикографическое исследование представленных в работе лексических единиц, в том

числе гастрономических.

Ключевые слова:

тюркские народы, произведение «Тарджумон», гастрономические

единицы, о еде, еде, питье и молоке, слова о деревьях, плодах, полиции, садоводстве,

названиях культур и зерновых продуктов и др.

Turkiy tillarning rivojidagi umumiy va xususiy jarayonlarni sinchiklab o‘rganish ko‘plab

yozma yodgorliklar bo‘yicha filologik tadqiqotlar olib borishni taqozo qiladi.


background image

1192

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Turkiy xalqlar adabiy tillar shakllanish tarixini tadqiq qilishda muhim manbalardan biri

turkiy tillarga bag‘ishlangan arabcha yozilgan filologik asarlardir.

Turkiy xalqlarning adabiy tillari tarixi shakllanishini o‘rganishda muhim manbalardan biri,

arab tilida yozilgan filologik asarlardir. Gollandiyaning Leyden kutubxonasida saqlanayotgan XIV

asr obidasi “Tarjumon turkiy va ajamiy va mo‘g‘uliy” (qisqartirilgan “Tarjumon” ) asari shular

jumlasidan.

“Tarjumon” haqidagi dastlabki xabar sharqshunos M.T.Xoutsma tomonidan berilgan. U

turkologiyada birinchi bo‘lib, lotin alifbosi asosida nemis tilga tarjima va transkripsiyasi bilan

turkiy so‘zlarning lug‘atini tuzgan edi. Olim o‘z nashrida qo‘lyozmaning mufassil tavsifi,

yaratilish tarixi va davri, asarning mazmuni, asarda qamrab olingan so‘zlar va tillar haqida

ma’lumot keltirgan

1

.

Asar oxirida muallifning qalamiga mansub bir turkcha hikoyaning boshlanishi bor. Yozuv

e’tiborsizlik bilan bitilgan, ba’zi joylarini o‘qish ancha qiyin. Turkologiya fani lug‘atning muallifi

haqida aniq ma’lumotga ega emas. Yodgorlikning material qismi uning xalq so‘zlashuv tili asosida

tuzilganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham M.T.Xoutsma asarni “ustoz shogirdiga

murojaat qiladigan kollegial daftar deb hisoblaydi”

2

.

Asar kirishdan tashqari to‘rt katta qismga bo‘lingan. Birinchi qism “Faqat ismlar haqida”

deb nomlangan bo‘lib, 26 fasldan iborat. Ba’zi fasllar bir necha mayda bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.

A.K.Qurishjonov fasllar ichidagi kichik bo‘limlarni ham hisobga olib, asarni 41 fasldan

iborat deb ko‘rsatgan

3

.

Ikkinchi qism. “Fe’l masdari va buyruq mayli haqida”;

Uchinchi qism. So‘zlarning turlanishi va fe’llarning tuslanishi haqida.

To‘rtinchi qism. So‘zlarning ishlatilishi va boshqa muhim narsalar haqida.

Yodgorlik bitilgan joyda turkiy xalqlarning qipchoq, o‘g‘uz, turkmanlar yashaganligi

tufayli asarda ularning til xususiyatlari aks etgan. Asar muallifi o‘z kitobida ko‘proq qipchoq tiliga

e’tibor berganligini ta’kidlab o‘tadi. Asarning lug‘at qismida yo‘l-yo‘lakay o‘g‘uz tili yoki

turkman tiliga oid leksik qatlamlar sharh qilinadi

4

.

“Tarjumon” dagi I qism quyidagi fasllarni o‘z ichiga oladi:

Kishi nomlari; astronomik

nomlar; geografik nomlar; hayvon atamalari; qarindosh-urug‘ bildiruvchi so‘zlar; inson

a’zolariga xos so‘zlar; foydali qazilmalar; polizchilik, bog‘dorchilikka oid so‘zlar; kiyim-kechak

1

Таржумон- XIV аср ёзма обидаси”. Тошкент, Фан. – 1980. 3-бет.

2

O‘sha manba: 4-бет.

3

Bu haqda qarang: Таржумон- XIV аср ёзма обидаси”. Тошкент, Фан. – 1980. 6-bet

4

O‘sha manba: 5-bet


background image

1193

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

va gazmollar; oziq-ovqat va ichimlik nomlari; harbiy anjomlar; cholg‘u asbob nomlari va

hokazolar.

Tadqiqotimiz doirasida asarning I qismida ayrim fasllar gastronomiyaga doir birliklarga

qaratilganining guvohi bo‘ldik. Jumladan, I qism 4-faslda

daraxtlar, mevalar va boshqa

o‘simliklar (fasl ichida yana bir bo‘lim: sabzavot, poliz o‘simliklari, o‘t-o‘lan va ularga yaqin

narsalar ) haqida;

beshinchi fasl:

ekinlar va donlar haqida;

o‘n uchinchi fasl:

oziq-ovqat, taom,

ichimlik va sutlar haqida.

Asar arab grammatik qonun-qoidalariga asoslangan. Fasllardan avval arab so‘zi va unga

turkiy ekvivalent berilgan.

Har bir fasldan o‘rin olgan gastronomik birliklarning lug‘atda ifodalanishi haqida fikr

yuritamiz. I qism 4-faslda

daraxtlar, mevalar, sabzavot, poliz o‘simliklari, o‘t-o‘lan va ularga

yaqin narsalar haqida

. Umuman ho‘l mevalar asarda

yemish

leksemasi ostida birlashgan:

alma

-

olma;

kertme

-nok, uni armut ham deyiladi, bunisi turkmancha;

saru o‘rik

– o‘rik, bu

turkmanchadir, uni

zardalu

ham deyiladi. Bu so‘z ham turkmancha bo‘lib, fors tilidan olingan;

ayva

-behi, turkmancha;

nar-

anor, bu turkmanchadir, asli fors tilidagi

anar

so‘zidan olingan;

borla

-

uzum, uni

yuzum

ham deyiladi;

salqum

-uzum va boshqa mevalarning boshi, shingili;

qiraq

-g‘ora,

xom uzum;

injir

-anjir;

qurma

-xurmo, asli fors tilidagi xurma so‘zidan olingan;

bayam-

bodom, asli

forscha badamdandir;

qoz

-yong‘oq;

yikde-

jiyda; pista va funduk kabi barcha chaqiladigan mevalar

chetleyuk

deb nomlangan.

Polizchilik, bog‘dorchilikka oid so‘zlar:

qabaq

-qovoq;

qavun

-qovun;

qarbiz

-tarvuz;

elestek

-bodring;

seklebe

-lavlagi;

erenke

-sholg‘om;

achi erenke

-turp, buni

tarma

ham deyiladi;

chemer

-sabzi, buni

keshur

ham deyiladi, bunisi turkmancha;

yova

-piyoz, buni

sog‘an

ham

deyiladi, keyingisi mashhurroq;

sarimsaq

-sarimsoq;

gulab

-gulob, turkmancha.(35-bet).

Ekinlar va donlar haqida

5-faslda ma’lumot qoldirilgan:

burchaq-

no‘xat; “Attuhfa” da

noqut (noʻxat)

shaklida keltirilgan bo‘lib, turkmanlar labla bu deydilar, degan ibora bor (Attuhfa,

46);

merjimek

-yosmiq, turkmancha;

tuturg‘an

-gurunch, sholi;

“Attuhfa”

da ham

tuturgʻan,

“Devonda” tuturqon shaklida berilgan.

Oziq-ovqat, taom, ichimlik va sutlar haqida

o‘n uchinchi faslda fikr yuritilgan

. Ash

-osh,

taom, biror odam ovqatlanayotgan yoki ichayotgan bo‘lsa,

ash bolsun

, ya’ni hazm bo‘lsin deyiladi.

Yana birovning ot yoki boshqa ulovini haydab o‘zib ketishini istasang ham

ash

deysan. “Devon”

da

a: š (ash)

tarzida berilgan (DLT. 45);

Moyin

-sho‘rva, shorba deb ham yuritiladi, u forscha

bo‘lib, tuzlashdan olingan. DLT da sho‘rva

mün (mun)

shaklida berilgan (DLT, 139);

Et

-et, go‘sht;

bishmish et

-pishirilgan go‘sht,

kesek et-

parcha go‘sht;

soklunchi

-kabob qilib pishirilgan go‘sht;

sokelmish et-

tilishlangan go‘sht;

qavurma

-qovurma,

yag‘

-yog‘;

quyruq yag‘i

- quyruq yog‘i,

dumba;

chike

t-xomgo‘sht;

etmek

-non, DLT da ham non

etmӓk (54) deyilgan;

go‘sht xil-xil pishib,


background image

1194

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

suyaklari ayrilib ketguncha qaynatilib, so‘ng yeyiladigan non

qara etmӓk deb nomlangan

(DLT,

400);

churek

-kulcha; DLT da ham čürӓk shaklida ifodalangan (DLT, 156);

tog‘ram

-non burdasi,

u

suqum

deb ham yuritiladi;

bal

-bol, asal;

bekmesh

-qiyom, shinni turkmancha, “Attuhfa” da

bäkmäz

(57); “Devon” da

bekmӓs/ bekmis

(o‘g‘uzcha) tarzida ifodalangan (183);

yupqa etmek

-

yupqa, DLT da ham

yupqa

(334) deb nomlangan.

Ichimliklar:

Suv;

bor

-may, yana bir ma’nosi shaharlarda matolarning ustiga surtiladigan

bir turli oq kesak, bo‘r. DLTda

bor (bo‘r)-

bo‘za. Maqolda shunday kelgan:

Bor bolmaɗïp sirkӓ

bol.

Ma’nosi:

Sharob bo‘lmay tirib, sirka bo‘lma.

Bu maqol o‘zini qarilarga o‘xshatadigan

yoshlarga qarata aytiladi (DLT, 364);

suchu

-bu ham mayni ifodalaydi. Yana har bir shirin narsa;

DLT da süčig (suchig)-sharob, musallas, may ma’nosida ifodalangan (DLT,163);

chaqir

-bu ham

may; mo‘g‘ulcha. shag‘ir (may). “Devon” da 2 xil ma’noda, Čağïr (chag‘ir)- sharbat ma’nosi,

shuningdek, ichkilik, may ma’nosi ifodalangan (DLT.146).

Ularda yana boshqa ichimlik borki, u qamishning boshog‘iga o‘xshash o‘simlikni eritilgan

asalga qo‘shib achitishdan hosil bo‘ladi Uning nomi

qumlaq

dir. Bu ichimlik mast qilishda uzum

sharobiga qaraganda o‘tkirroqdir va shuning uchun uni afzal ko‘radilar. Ularda yana xurmo va

boshqa narsalardan tayyorlanadigan, arablarning mizribiga (tariq va boshqa donlardan

tayyorlanadigan pivoga o‘xshash ichimlik) o‘xshagan ichimlik ham bor, uni

boze

deb ataydilar.

Sut va undan tayyorlanadigan narsalar:

Orun (urun)

-umuman sut (qatiq, ayron);

yag‘urt

-qatiq; “Attuhfa” da

qatïq –

qatiq;

ayran

-ayron; “Attuhfa” da ajrar – ayron ( 316-12. 156-

bet); sut-yangi sog‘ilgan sut. DLT da süt (sut)- sut (364), “Attuhfa” da so‘t – sut (13a-11);

chig‘it

-

pishloq, uni

yurumchek, benir

deb ham yuritiladi. Benir turkmancha bo‘lib, fors tilidagi penir

so‘zidan olingan. DLT da uɗïtma (uditma)- suzma, yangi panir (pishloq) (71);

Qurut

-qurt, suzma.

Yana ularda suzmadan tayyorlanib, tozalangan molning qornida saqlanadigan narsalari bor. Uni

pichoq bilan kesib ishlatadilar. U anor donidan ham nordonroq bo‘lib, uni qara qurut ya’ni qora

qurt deydilar; “Attuhfa” da

qurut

pishloq, sut bilan pishirilsa boʻtqa boʻladi. Bu quritilgan qatiq

demakdir (16);

kere yag‘-

qaymoq;

sayag‘

-sariyog‘, maska; DLT da

sağ

(375); turaq-turoq

turkmancha taom nomini ifodalaydi.

Turli narsalarning nomi va ularning zidi haqida yigirmanchi faslda ma’lumotlar keltirilgan

bo‘lib, leksemalar orasida gastronomik birliklarni ham uchratdik:

suchu

-suchuk, shirin; uzumdan

ishlangan mayga ham aytiladi, suchukni yana

tatlu

deyiladi.

Tat-

har bir narsaning mazasi, ta’mi;

DLT da har bir shirin narsaa

süčig (suchig)

(DLT. 163) deb nomlangan; shirinning aksi achchiq,

asarda

achi

shaklida berilgan, uni

qiraq

ham deyiladi, bu bir lahjadir. Uni

ag‘u

ham deyiladi,

og‘u

zahar ma’nosida bo‘lib, o‘ta achchiq bo‘lganlii uchun aytiladi;

ekshi

-turkmancha nordon

ma’nosini ifodalaydi.


background image

1195

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Muallif o‘z asarida ko‘proq qishloq aholisini ko‘zda tutib, “asl qipchoq tili” ga e’tibor

berganligini ta’kidlaydi. Boshqa tillardan kirgan bir qator so‘zlarga belgi (pometa) lar keltiradi.

Bunday pometalardan “turkmancha”; “forscha”; turkmancha forschadan olingan belgili

so‘zlar; arabcha va rumcha, mo‘g‘ulcha belgili so‘zlarga kiruvchi so‘zliklarni ifodalagan.

Yuqorida gastronomik birliklar qatorini tashkil etuvchi guruhlar tarkibiga kiruvchi boshqa

tillardan kirgan belgili so‘zlar quyidagicha ifodalangan:

Turkmancha belgili so‘zlar:

ayva

(behi, 7-16),

armut

(nok, 7-15),

ekshi

(nordon, 27,12),

bekmesh

(qiyom, shinni, 16-2),

gulab

(gulob, 8-17),

yumurda

(tuxum, 10-16),

keshur

(sabzi, 8-

15),

nar

(anor, 7-19),

saru orik

(o‘rik, 7-17),

tulu

(no‘xot, 5-9),

turaq (

taom nomi, 16-18),

qavun

(qovun, 8-11), 9-bet

Turkmanchadan, forschadan olingan belgili so‘zlar

:

alu

-olxo‘ri, 7-16;

zardalu

– o‘rik, 10-

bet

Forscha belgili so‘zlar:

anar-anor,

7-20,

badam

-bodom, 8-3;

xurma

-xurmo, 8-2; s

horba

-

sho‘rva , 15-15 v.b 10-bet

Ba’zi so‘zlar forsiy tildan olinganligi ko‘rsatilgan:

benir

(pishloq) turkmancha bo‘lib,

forscha penirdan olingan, 16-13;

nar (

anor), bu so‘z turkmancha bo‘lib, asli forscha anar so‘zidan

olingan, 14-3;

qurma

(xurmo) asli fors tilidagi xurma so‘zidan olingan, 8-2.

Muallif ba’zi o‘rinda so‘zlarni o‘zaro qiyoslab, ularning biriga nisbatan “bir lahzaga oid”

deb ko‘rsatgan:

qiraq

(achchiq, 27-10) iborasi

achi

(achchiq) qa nisbatan olingan

5

.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi zamonaviy tillarni boyitishda “Tarjumon”

ning lug‘at boyligidan foydalanish juda muhim ahamiyatga ega. Inchunin, zamonaviy turk tili

leksikologiyasiga e’tibor bersak, turklar undan unumli foydalangani ko‘zga tashlanadi.

Tadqiqotimiz doirasida o‘qib-o‘rganib, asarda keltirilgan birliklarni tahlilga tortib shuni

aytolamizki, aynan asarning I qismi ideografik lug‘at ko‘rinishidadir. Mavzular ichida

gastronomik birliklarning ifodalanishi ishimizni yanada boyitishga, lug‘at ko‘lamimizni

kengaytirishga, shuningdek, asardagi birliklar zamonaviy lug‘atlarda keltirilgan muqobil

variantlari bilan taqqoslashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Таржумон- XIV аср ёзма обидаси”. Тошкент, Фан. – 1980. 3-бет

2.

Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. / Таржимон ва нашрга тайёрловчи

С.М.Муталлибов. И-ИИИ. – Т.: Фан, 1960-1963.

5

O‘sha manba: 11-bet.


background image

1196

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

3.

Aттуҳфатуз закияту филлуғатит туркия. Ўзбекистон ССР “Фан” нашриёти. Тошкент

– 1968.

4.

K.Temirova.Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk asarida keltirilgan uy-

ro‘zg‘or buyumlari. //Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari”. – 2024. № 10. – B.46-49.

5.

K.Temirova. “Sut va sut mahsulotlaridan tayyorlangan ichimliklarning lug‘atlarda

ifodalanishi”// “Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari” ko‘p tarmoqli ilmiy-amaliy

konferensiyasi. – 2024-yil. № 2. – B.528-531.

6.

K.Temirova. “Ichimlikni nomlovchi terminlar va semantik muvofiqlik”// “Xorazm

Ma’mun Akademiyasi” ilmiy jurnali. – Xiva, 2024-yil. № 2. – B.182-186.

References

Таржумон- XIV аср ёзма обидаси”. Тошкент, Фан. – 1980. 3-бет

Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. / Таржимон ва нашрга тайёрловчи С.М.Муталлибов. И-ИИИ. – Т.: Фан, 1960-1963.

Aттуҳфатуз закияту филлуғатит туркия. Ўзбекистон ССР “Фан” нашриёти. Тошкент – 1968.

K.Temirova.Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk asarida keltirilgan uy-ro‘zg‘or buyumlari. //Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari”. – 2024. № 10. – B.46-49.

K.Temirova. “Sut va sut mahsulotlaridan tayyorlangan ichimliklarning lug‘atlarda ifodalanishi”// “Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari” ko‘p tarmoqli ilmiy-amaliy konferensiyasi. – 2024-yil. № 2. – B.528-531.

K.Temirova. “Ichimlikni nomlovchi terminlar va semantik muvofiqlik”// “Xorazm Ma’mun Akademiyasi” ilmiy jurnali. – Xiva, 2024-yil. № 2. – B.182-186.