ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
564
XUDOYBERDI TO'XTABOYEV ASARLARIDA UNDALMANING IFODALANISHI
Abduraxmonova Sarvara Abdurashid qizi
Termiz davlat universiteti talabasi
Iroda Xidirova
Ilmiy rahbar
https://doi.org/10.5281/zenodo.7947601
Annotatsiya.
Mazkur maqolada undalmalar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek
undalmalarning ifodalanishi va tarkibi, badiiy nutqdagi o'rni va vazifalari yoritiladi.
Kalit sòzlar:
Undalma, badiiy asar nutqi, lisoniy struktura, nutqiy muloqot, Xudoyberdi
To’xtaboyev, “Besh bolali yigitcha”.
THE EXPRESSION OF MOTIVATION IN THE WORKS OF KHUDOYBERDI
TOKHTABOYEV
Abstract.
This article discusses incentives. Also, the expression and composition of
impulses, their role and functions in artistic speech are covered.
Key words:
Ondalma, the speech of an artistic work, linguistic structure, speech
communication, Khudoyberdi Tokhtaboyev, "Five-boy boy".
ВЫРАЖЕНИЕ МОТИВАЦИИ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ХУДОЙБЕРДИ
ТОХТАБОЕВА
Аннотация.
В данной статье рассматриваются мотивации. Также освещаются
выражение и структура импульсов, их роль и функции в художественной речи.
Ключевые слова:
Ондалма, речь художественного произведения, языковой строй,
речевое общение, Худойберди Тохтабоев, «Пятилетний мальчик».
Undalma—sòzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet deb tasavvur qilingan
hodisani bildiradigan sòz yoki so’z birikmasi. Undalma kirishlar yoki kiritmalar kabi gapni
kengaytiradi, ammo uning bo'laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi. Undalma gap tarkibidagi
ll shaxs kishilik olmoshi bo’lgan so’zshakl ma’nosini muayyanlashtiruvchi unsur bo’lib u
mantiqan so’z kengaytiruvchisi maqomida bo’ladi. Biroq u kengayayotgan so’z bilan
bog’langanda, grammatik aloqaga ega emas. Undalma mazmunan bog’langan so’zshakl nutq
yo’naltirilgan shaxs yoki narsa-predmetni ifodalaydi. Undalma vazifasida, odatda, bosh
kelishikdagi ot, ba’zan otlashgan so’zshakllar keladi.
Demak, undalma gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo’lmagan, gap tarkibidagi
ifodalangan yoki ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshining so’z kengaytiruvchisi hisoblanadi.
Ajratilgan bo’lak ajralmish bo’lak bilan mazmunangina munosabatga kirishgani kabi, undalma
ham nutq yo’naltirilgan shaxs, predmet bilan mazmuniy bog’lanishga ega bo’ladi.
Undalmalar nutqiy muloqot jarayonida, badiiy matnlarda keng ishlatilib, salbiy yoki ijobiy
baho munosabatini ifodalashga xizmat qiladi. Undalmaning baho ifodalashi, his-tuyg’ular bayon
eta olish ko’lamining kengligi yozuvcgilarga badiiy asarlarda ulardan samarali foydalanish
imkonini beradi. Nutqiy muloqot jarayonini badiiy asarlar misolida tadqiq etsak, bu fikrning asosli
ekanligiga guvoh bo’lamiz. Biz Xudoyberdi To’xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asarida
qo’llangan undalmalarni ko’rib chiqamiz.
Undalma gapning barcha o’rinlarida kela oladi. Gap boshida kelganda uni ochadi: – Aka,
Zulayhoni qarang, qizil toshlarimni olib qo’ydi! (16 – bet).
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
565
—
Zulayho, nega uning nonini yeb qo’yding, – deya urishgan bo’ldim. ( 17-bet).
—
Polvon tog’a, sizga eshak manganese xabarchi kelibdi, – deb qo’ydi. (19-bet).
—
Amaki, o’zim yetimlik bilan o’sib, yuragim to’la qon edi, – sekingina dedi otam. (22-bet).
—
Dada, dadajon men bu yerdaman! (31-bet).
—
Hakim, bora solib dadangni jo’natgin. (31-bet).
—
Bolaginam, bemahalda ko’chaga chiqmagin! (31-bet).
—
Adasi, bolangizdan ko’nglingiz tinch bo’lsin, bir yaxshi qilib olib o’tiraman.(31-bet).
—
Domla, ahmoqlar qaysi ro’yxatga yoziladi? (48-bet)
—
Usmon, sen o’lding! (51-bet).
—
Xola, buningizni yeb bo’lmaydi-ku! (57-bet).
—
Karomatxon, nega bularni xafa qilib qo’ydingiz? (64-bet).
Undalmalar gapning oxirida kelganda esa uni yopadi: — Sheriklaringizga aytib
yozdirsangiz bo’lmaydimi,ota? (29-bet).
—
Jonim fido, qoqindiq! (70-bet).
—
Dilimdagini to’qibsan, o’rtoqjon! (72-bet).
—
Tepamda xudo bor, Mashrab! ( 78-bet)
Ma’lumki, undalmalar dialoglarda keng qo’llaniladi. Chunki, suhbatdoshlar muloqot
jarayonida bir – birlariga murojaat qilishi zaruriy ehtiyojidir. Undalma mustaqil gap
maqomini ham olishi mumkin:
—Orifjon! (28-bet).
—Kampir! (36-bet).
—
Ahmoq! (46-bet).
—
Labbay, opa! (43-bet).
Xulosa o’rnida shuni aytib o'tishimiz kerakki, undalma bosh kelishikdagi ot yoki ot
ma’nosidagi so’zlar orqali ifodalanadi. Biz ushbu maqola orqali Xudoyberdi
To’xtaboyevning asarlarida undalmaning qay tartibda qo’llanganiga guvoh bo’ldik.
Undalma ayrim pauza bilan ajralib turadi, uning o’z undash intonatsiyasi bor. Undalma
o’zida intomnatsional tugallik elementlarini aniqlaydi. Undalmalar badiiy asar nutqida keng
ishlatiladi. Ular yordamida so’zlovchi va tinglovchining ruhiy holati, kechinmalari
ifodalanadi.
REFERENCES
1.
Sayfyullayeva. R. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent. —2020.
2.
Mengliyev. B. Hozirgi o’zbek tili. Toshkent. —2018.
3.
To’xtaboyev. X. Besh bolali yigitcha romani.
4.
Erkaboyeva.N. O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami. Toshkent. –2019.
5.
Khidirova, I. (2023). PEYORATIVE, DEGORATIVE VOCABULARY IN FAMILY
SPEECH
(EXAMPLE
OF
THE
KHIDIROV
AND
SHAYMATOV
FAMILIES).
Modern Science and Research
,
2
(3).
6.
Xidirova, I., & Xidirova, N. (2021). Gender Characteristics of Family Speech Speech
(On the Example of the Uzbek Family).
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION
,
1
(2), 196-199.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
566
7.
Raxmonjonova, G., & Xidirova, I. (2022). CHORTOQ SO ‘ZINING KELIB
CHIQISHIGA OID ILMIY QARASHLAR.
Eurasian Journal of Academic
Research
,
2
(11), 188-189.
8.
Jo’rayeva, M., & Xidirova, I. (2023). QOYALAR HAM YIG’LAYDI” ASARIDA
QO’LLANILGAN
DIALEKTIZMLARNING
LEKSIK-SEMANTIK
TAHLILI.
Development of pedagogical technologies in modern sciences
,
2
(2), 42-48.
9.
qizi Jo‘rayeva, M. S., & Xidirova, I. X. (2023, January). “TEMIR XOTIN”
DRAMASINING
FONETIK-FONOLOGIK
TAHLILI.
In
INTERNATIONAL
CONFERENCES
(Vol. 1, No. 1, pp. 492-496).
10.
qizi Jo‘rayeva, M. S., & Xidirova, I. X. (2023, January). SHOYIM BO ‘TAYEVNING
“SHO ‘RODAN QOLGAN ODAMLAR” ASARIDA NOADABIY QATLAM SO
‘ZLARINING QO ‘LLANILISHI. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol. 1, No.
1, pp. 487-491).
11.
Xidirova, I. ., & Jo‘rayeva, M. (2023). LEXICAL-SEMANTIC ANALYSIS OF
DIALECTISMS USED IN THE WORK OF ART (IN THE EXAMPLE OF THE
WORK "ROCKS ALSO CRY").
Modern Science and Research
,
2
(3), 142–144.
12.
Xidirova, I. ., & Dobilova, M. (2023). IMLO MUAMMOLARI VA YECHIM.
Modern
Science and Research
,
2
(3), 138–141.
