Mart, 2025-Yil
330
BUXORO VOHASIDA MATO VA MATO TAYYORLASH USULLARI. PAXTA.
G‘UZAK. JUN. XALAJI. BO‘Z. OLACHA. BEQASAM. BAXMAL. ADRAS.
Gulyamov Alisher Azizovich
Yarashova Mohlaroyim Shuxratqizi
Karimov Suxrobbek Yusupovich
Osiyo Xalqaro Universiteti
“Tarixvafiliologiya” kafedrasi o‘qituvchilari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15085062
Annotatsiya
. Ushbu maqolada Buxoro vahasida qadimdan mavjud bo‘lgan mato turlari
va ularni tayyorlash jarayonlarining umumiy ta’rifi, o‘rta asrlarda mashhur bo‘lgan zandanicha
matosi,shuningdek Rossiya bosqini davrida hunarmandchilik ahvoli va bir qator mato turlari,
tikuvchilik bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar.
Zandanicha, etang, tavrat, surp-bo‘z, ipak mato, shoyi mato, beqasam,
duruya, adras, banoras, sex.
Buxoro vohasida gazlama ishlab chiqarishda jun, ipak, paxta xom ashyosidan
foydalanilgan. Paxta va junni maxsus uskuna «etang» yordamida bir necha marta tarashardi.
Keyingi jarayon - xom ashyoni yigirish. Xom ipni eshib, ulash jarayoni esa, ’’tavrat’’ deb
atalardi. Bu xizmatni tabakasidan qa’tiy nazar barcha ayollar qilishardi.
1
Bosma gazlamalarni ishlash O‘rta Osiyoda XIX asrning birinchi yarmida keng joriy
etilgandi. Bu gazlamalar Rossiyaga eksport qilinardi. Buxoro va uning atrofidagi qishloqlari
bosma ishlash asosiy markazi bo‘lgan. Bu san’at bilan ayniqsa Jondor, G‘ijduvon, CHitgaron,
Vardonze, Romitan qishloqlari mashhur bo‘lgan. Ular ajoyib donalab tayyorlanadigan bosmani
ishlashgan.
Guldor matolar, shoyi, beqasam, duruya, adras, ayniqsa, banoras va paripasha nomli
gazlamalar keng tarqalgan.
1
Нурбоев Х.Р, Гиясова Д.Р. Мутахассисликка кириш,ўқув қўлланма.-Т.: 2017.-Б.30.
Mart, 2025-Yil
331
XIX asr o‘rtalarida bu gazlamalar to‘quvchi hunarmandlar tomonidan tayyorlangan.
Xilma-xil turdagi bu gazlamalarning barchasi yuqori malaka va san’at, matonatni talab qiluvchi
yog‘och dastgohlarda to‘qilgan. Gazlamaga naqsh tushirish juda murakkab bo‘lgan.
Abrband usta tolalarning sonini hisoblab chiqib nuqtalar bilan belgilagan, bog‘lab chiqqan,
keyin xilma-xil bo‘yoqlarga solib qayta-qayta bo‘yagan. Beqasam va adrasga kudunglash-kudung
deb ataluvchi yog‘och bolg‘a bilan urib chiqish va elimli eritma surtish bilan jilo berilgan. Atlasga
naqsh solishda ham asosiy tolalar bog‘langan. Buxoroda naqshli baxmal ham shu tarzda
tayyorlangan
2
. SHoyi ipak gazlamalari o‘simlik moyi bilan turli ranglarga bo‘yalgan.Tikuvchilik
sohasida mehnat taqsimoti mavjud bo‘lgan:to‘nchi, tikuvchi, mashinachi, telpakchi, mahsido‘z,
po‘stindo‘z, do‘ppido‘z.
3
Rossiya bosqini davrida o‘lkaning barcha sohalari singari, hunarmandchilik mato
tayyorlash sohasida ham rus mollarining roli ancha yuqori bo‘ldi. Rossiyadan kelgan fabrikada
ishlangan gazlamalar O‘rta Osiyoda qo‘lda ishlangan mahalliy gazlamalarga eng birinchi
raqobatchi edi. Bu ularni chiqarishga g‘ov bo‘ldi hamda XIX asrni oxiriga kelib ustki kiyimda
qo‘llanmaydigan bo‘ldi , faqat past navlari erkaklar choponing astari sifatida qo‘llanardi. Ko‘ylak
uchun qilinadigan yuqori sifatli metrli bosma gazlamalar umuman ishlanmaydigan bo‘ldi.
XIX asrda o‘zbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolar sirasiga ip-
gazlama, ipak, nimshoyi va jun gazlamalar kirgan. Xomashyoning mo‘lligi va arzonligi
Movarounnahr shaharlarida ipak to‘quvchilik, bo‘z to‘quvchilik, jun to‘quvchilik va boshqa xil
matolarni to‘quvchilik kasb-hunarlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni vujudga keltirdi.
To‘quvchilikning, asosan, ikki turi: hammabop ip-gazlama to‘quvchiligi va nisbatan
qimmatroq ipak to‘quvchiligi ko‘proq taraqqiy etgan. Ip-gazlama matolarni to‘qish bilan, asosan,
ayollar, ipak va nimshoyi gazlamalarni to‘qish bilan erkaklar shug‘ullanishgan.Ip gazlama
matolarning turlari va navlari juda xilma-xil bo‘lgan.
Ayniqsa oq, jigarrang, sariq tusli bo‘zlar keng tarqalgan bo‘lib, ulardan barcha yoshdagi
kishilar uchun choponlar, shuningdek, ichki kiyimlar, sallalar tikilgan.Ayollarning ro‘mollari,
dakana va lachaklarini tikish uchun shasha doka ishlatilgan.
2
Ўзбекистон ҳалқлари тарихи. II жилд, Т,: “Фан”, 1993.-Б.165.
3
Дониёров А,Бўриев О,Аширов А.Марказий Осиё халқлари этнографияси, этногнези ва этник тарихи.-
Т.:’’Янги нашр’’,2011.- Б.76.
Mart, 2025-Yil
332
Erkaklarning ko‘ylaklari xom surup, sidirg‘a chit, sodda to‘qilgan, qalami deb nomlangan
ip gazlamadan tikilgan. Yo‘l-yo‘l ip gazlama mato-olachalar ko‘proq qishloq to‘quvchilari
tomonidan to‘qilib, chopon tikishda ishlatilgan.
4
Vohada ishlab chiqarilgan matolar o‘zining rangdorligi va go‘zalligi bilan farqlanib
turgan. Mohir ustalar gohida butunlay bir-biriga zid, ba’zan esa o‘zaro uyg‘unlashgan nafis
ranglarni ishlatilib, nihoyatda betakror ranglar bunyod etilgan. San’atshunos olima
Mahkamovaning yozishicha, g‘ijduvonlik va qarshilik ustalarning bo‘yoqlari ancha nafis, mayin
bo‘lib, ranglarning tuslari ham xilma-xil bo‘lgan. Garchi ustalar olti-etti xil ranglardan
foydalangan bo‘lsa-da, to‘qilgan beqasam kishi ko‘ziga ancha sipo ko‘ringan.G‘ijduvon va
Qarshida to‘q yashil, zarg‘aldoq, to‘q qizil, to‘q sariq, qora pushti, zangori kabi sifati yaxshi
ranglardan ham unumli foydalanilgan.
5
Beqasam nimshoyi yo‘l-yo‘l mato hisoblanadi.Beqasam so‘zining kelib chiqishi hali hanuz
fanda munozarali hisoblanadi.Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, ’’beqasam’’ so‘zi ‘’rangba-rang
mato’’ degan ma’noni anglatuvchi arabcha ‘’qassab’’ so‘ziga ‘’be’’ old qo‘shimchasi
qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.X asrda bu so‘z zig‘ir tolasidan to‘qilgan, xuddi elakka o‘xshash
siyrak va nafis mato ma’nosini anglatgan.
6
Milliy matolar rangining zamirida qumlarning zarrin zarralari, vohaning ko‘kalamzorligi,
ko‘llar zilolligi, botayotgan quyosh shafag‘i, bog‘larning turfa gullari jilolangan. Qirmizi va
havorang matolar esa o‘zining go‘zalligi va iqlimga moslashganligi bilan alohida ajralib turgan.
Qirmizi rangini hosil qilish uchun bir oy davomida o‘nlab jarayonlar o‘tkazilgan. Yo‘l-
yo‘l nimshoyi olacha , yo‘l-yo‘l zar hamda kumush gulli parcha va boshqa matolar ham shu zaylda
to‘qilgan.XIX asrda Buxoroda bo‘lgan A. Vamberi bu erda ’’ ikki xil rangli yo‘l-yo‘l va yupqa –
olacha deb ataluvchi ip gazlamalar’’ to‘qilganini aytib o‘tadi.
7
Oddiy olachaning eng yaxshi navi
zibak deb atalgan..
8
Olacha — ingichka mato; odatda, paxta ipidan (arqoq va tanda ipi), ba’zan ip
va ipak (arqoqi ip, tandasi ipak)dan q
o‘
lda t
o‘
qiladi. Y
o‘
l-y
o‘
l b
o‘
lgani uchun olacha deb atalgan.
Tanda ipi b
o‘
yalgani uchun ikki tomoni ham bir xil b
o‘
ladi. Qadimdan
o‘
rta Osiyoda
k
o‘
plab ishlab chiqarilgan. Olachadan, asosan, t
o‘
n va boshqa kiyimlar tayyorlanadi.
4
Нурбоев Х.Р, Гиясова Д.Р. Мутахассисликка кириш, ўқув қўлланма.-Т.: 2017.-Б.33.
5
Маxкамова С. Бекасам. - Т.: Фан, 1971. - Б.25-26.
6
Маxкамова С. Бекасам. - Т.: Фан, 1971. -Б.11.
7
Давлатова С. Қашқадарё миллий кийимлари:анъанавийлик ва замонавийлик.-Т.:’’Янги аср авлоди’’,2006.-
Б.35.
8
Агзамова Г.А. Сўнгги ўрта асрлар Ўрта Осиё шаҳарларида ҳунармандчилик ва савдо.-Т.: Ўзбекистон, 2000. -
Б. 19.
Mart, 2025-Yil
333
Ipak gazlamalardan yana bir turi shoyi kanaus
bo‘lib, u Buxoro xonligiga qarashli
shaxarlarda keng ko‘lamda ishlab chiqarilgan.
9
Buxoroda pillani qayta ishlash bilan
XIX asr boshida asosan ayollar shug‘ullanishgan bo‘lsa, asr oxiriga kelib mazkur mashg‘ulot turi
to‘liq erkaklar qo‘liga o‘tgan.
10
Adras — abr iplar bilai gul solingan nimshoyi gazmoldir. SHuningdek, kanauc, shoyi,
xonatlas, guldor kimxob, duxoba kabilar ham keng qo‘llanilgan. SHoyi va nimshoyi matolar —
beqasam, adras, yakro‘yo, katak shoyi, tovlanma shoyi,abrshoyi va hokazolarga turli-tuman gullar
solingan.
Banoras — beqasamdan rang turlari bilan farqlanib, undan ayollarning ustki kiyimi
bo‘lmish paranji tikilgan. Paripashsha — beqasamdan qalinroq matodirki, u paranji, shuningdek,
chopon tikishda ishlatilgan.
Baxmal, ola baxmal, duxoba — mayin, silliq, patli gazlama. Patlari tabiiy yoki sun’iy
ipakdan, zamini ip yoki kanopdan t
o‘
qiladi. Baxmal t
o‘
qishda ikkita
o‘
rish ipi ishlatiladi: biri
zamin, ikkinchisi esa pat hosil qiladi. Ikkinchi
o‘
rish iplari birinchisidan 4 — 6 marta uzun b
o‘
ladi,
chunki ish jarayonida bu iplar arqoq
o‘
rniga kiritilgan asos atrofida tugma bandlar hosil qiladi,
s
o‘
ngra bandlar maxsus pichoq bilan kesilganda hurpayib, patlar hosil qiladi. Buxoro va
Samarqandda qadimdan ishlab chiqariladi.
11
Boburning ma’lumotiga k
o‘
ra, Samarqand jahondagi
k
o‘
pgina mamlakatlarga och qizil baxmal chiqarib sotgan.
12
Baxmal ishlab chiqarish Buxoroda,
ayniqsa, XIX asrda rivojlangan. Baxmal k
o‘
pincha xandasiy va abrli naqshlar bilan bezatilgan.
Abrli baxmalda naqshlar ikkinchi
o‘
rish iplarida hosil qilinadi. Baxmal XX asrning 20-yilaridan
t
o‘
quv dastgohparida ishlab chiqarila boshladi. Baxmallardan kiyim-kechak, d
o‘
ppi, s
o‘
zana,
gulk
o‘
rpa, zardevor, dasturxon, k
o‘
rpa va k
o‘
rpachalar tayyorlangan.
Jun gazlama — jun tolasidan to‘qiladigan mato. Toza junli va yarim junli xillari
bo‘lgan, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari tikish uchun ishlatilgan. Jun gazlamalardan kiyim-
kechak, ro‘mol, gilam va boshqa mahsulotlar ham tayyorlangan. O‘rta asrlarda jun kiyimlarni
tayyorlashda ishlatiladigan eng keng tarqalgan to‘qimachilik mahsuloti edi .
13
Jun juda issiq va
og‘ir bo‘lishi mumkin, lekin junli hayvonlarni selektiv etishtirish bilan bir qatorda nozik tolalardan
qo‘pollarni ajratish va ajratish uchun juda yumshoq, engil matolarga ega bo‘lishi kerak edi.
14
9
Ўша асар.- Б.20-21.
10
Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства.-T.
:
Ўзбекистон CCP ФA ,1958.- С. 70.
11
Очилов Т.А, Аҳмедов В.В., Тошпўлатов С.Ш. Тикувчилик материалшунослик.Т.Шарқ-2007.-Б.47.
12
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. «Бобурнома» (ҳозирги ўзбек тилида).T. «Yangi kitob»-2019.-Б.56.
13
Очилов Т.А, Аҳмедов В.В., Тошпўлатов С.Ш. Тикувчилик материалшунослик.Т.Шарқ-2007.-Б.45.
14
ЮсуповаР.,СаттороваМ.Тўқимачилик материалшунослиги.Т.Чўлпон-2007.-Б.28.
Mart, 2025-Yil
334
XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyoga Rossiyadan keltirilayotgan ip gazlama va
boshqa matolarning miqdori tobora orta bordi. Bu matolar O‘rta Osiyo va Qashqar o‘lkasida
to‘qiladigan gazlamalar bilan raqobat qila boshladi. Rossiya mollari, jumladan, matolarining
o‘lkaga keltirilishi natijasida ular mahalliy hunarmandchilik mollarini bozordan siqib chiqara
boshladi. Fabrikada ishlangan matolar kosiblar qo‘lidan chiqqan matolarning bozorini kasod qilib
bordi.
XIX asr oxiri va XX asr boshida o‘zbeklar orasida ham asosan fabrikada tayyorlangan ip
gazlamalar: chit, bo‘z, xom surupdan tikilgan kiyim kechaklarni kiyish rasm bo‘ldi. Boy-badavlat
kishilar esa kimxob, ipak, atlas, duxoba, rangorang movutlardan kiyim tiktirib kiya boshladilar.
15
SHunga qaramay, kosiblar dastgohidan chiqqan mahalliy gazlama: mato, bo‘z, nim-shoyi gazmol,
adras, beqasam, podshoi, kimxob, xonatlas, katakshoyi kabilarning turli xillariga ham ehtiyoj katta
edi.
XX asrning boshlariga kelib mintaqaga Rossiyadan rus fabrikalarida tayyorlangan ko‘plab
matolar keltirila boshlangan. qopa rangli movut hamda baxmal matolardan erkaklar va ayollar
ustki kiyimi, to‘n, shuningdek, do‘ppi tikishda foydalanilgan. Bayram va tuy marosimlari uchun
maxsus matolarni xarid qilish keng tuc ola boshlagan. YAna shuni aytib o‘tish joizki, ma- halliy
hunarmandchilik qanchalik rivojlanmasin, bu davrda mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan
mahsulotlar aholining matoga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish imkoniga ega emas edi.
16
Mahalliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan matolar uy sharoitida bo‘yalgan. XIX
asrning 60-yillarida Turkiston haqida ko‘pgina ma’lumotlar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan P.I.
Pashino Markaziy Osiyoning bo‘yalgan iplaridan to‘qilgan matolar ranggi o‘chmasligi bilan
farqanib turishini ta’kidlaydi.
17
XIX asr o‘rtalarida ko‘plab shaharlar (Buxoro, Samarqand, SHahrisabz, Marg‘ilon va
boshqalar)da milliy o‘ziga xos va yuqori sifatli gazlamalarning turli xillari ishlab chiqarilgan.
Bizning mamlakatimiz va undan tashqarida og‘ir yarim ipak gazlamalar – beqasam,
banoras va adras; ayollar kiyimi uchun engil va yupqa ipak mato – shoyi, ranglarining
mutanosibligi bo‘yicha juda ajoyib abrli gazlamalar mashhur. Buxoroning abrli gazlamalarida
asosan uchta rang – to‘q qizil, sariq va pushti ranglardan foydalanilgan.
18
15
Нурбоев Х.Р, Гиясова Д.Р. Мутахассисликка кириш, ўқув қўлланма.-Т.: 2017.-Б.34.
16
Давлатова С. Қашқадарё миллий кийимлари:анъанавийлик ва замонавийлик.-Т.:’’Янги аср авлоди’’,2006.-
Б.43.
17
Пашино П.И. Туркестанский край в 1966 г. Путевые заметки. – СП.б.,1868. - С. 140.
18
Раҳматуллаева Д. Костюм ва мода тарихи.-Т.: ’’Нисо полиграф’’,2017.-Б.172.
Mart, 2025-Yil
335
SHu bilan birga, Buxoro yahudiylari orasida ular erkaklar va ayollar kostyumlarida eng
mashhur bo‘lgan va mahalliy aholi ularni yahudi atlasi - "yahudiy atlasi" deb atashgan mato
mavjud bo’lga. "YAhudiy" matolar, shuningdek, sariq rangli chiziqli naqshlar (tor qora chiziqlar
bilan birlashtirilgan) va tor quyuq yashil va ko‘k chiziqlar ustunligi bo‘lgan matolar deb
nomlangan. SHu bilan birga, yahudiylar tojik-o‘zbek kostyumidagi bejirim matolardan oq fonda
quyuq ko‘k tor chiziqda va uning yuqori sifatli navlari - banoralar (benoralar) ishlatganlar. Buxoro
yahudiylari orasida ushbu matolardan tikilgan kiyimlar turli yoshdagi va ijtimoiy mavqega ega
odamlar tomonidan kiyilgan. Bundan tashqari, ularning kiyimlari toza ipak matolardan bo‘lib, ular
Islomning erkaklar kostyumidagi ipakka bo‘lgan alohida munosabati tufayli musulmonlar orasida
ommaviy ravishda tarqalmagan va faqat zodagonlarning yuqori qatlamlari kostyumida ishlatilgan.
Buxoro yahudiylari ipakni nafaqat xalatning yuqori qismida, balki astarda ham ishlatishi mumkin
edi, tojiklar va o‘zbeklar esa ipak astarni faqat oltindan tikilgan yoki kashta tikilgan liboslarga
qo‘yishgan; odatda astar paxtadan edi. YAhudiy liboslarida ipak astarni arzonroq yarim ipak
matodan tikilgan ustki astar bilan birlashtirish mumkin edi, bu nafaqat ipakka bo‘lgan
munosabatni, balki ustki va libosdagi astarning ramziy ma’nosini ham ko‘rsatdi.
19
Tikuvchilik va to‘quvchilik ishlari bilan asosan ayollar shug‘ullanishgan.Buxoro vohasi
hududida ushbu kasblar bilan aloqador diniy marosimlar ham o‘tkazilgan. Bular orasida diniy
marosimlar eng avval shakllangan. Masalan, Bibiseshanba va Bibi Mushkulkushodlarga
bag‘ishlab o‘tkaziladigan marosimlar shular jumlasidandir. Bibiseshanba tikuvchilik va
to‘quvchilik bilan shug‘ullanadigan ayollarning ruhiy madadkori sifatida talqin qilinadi.
Bibiseshanbaga ishonch tojik mifologiyasi ta’sirida o‘zbek mifologiyasiga ko‘chgan.
20
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Buxoroda qadim davrlardan tortib to hozirgi kunga
qadar mato ishlab chiqarish va unga ishlov sohasi o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.Turli xildagi
matolarni ishlab chiqarish, ularga ishlov berish faoliyati hunarmandlarning asosiy
mashg‘ultotlaridan biri edi.
19
Емельяненко T К особенностям традиционного костюма бухарских евреев: женские платья.
Антропологический форум
№ 14.-C.310.
20
Safarov O,O’rayeva D, Qurbonova M. O’zbekiston xalqlari etnografiyasi va folklori,-T.:’’O’qituvchi’’,2007.-
B.113.
Mart, 2025-Yil
336
REFERENCES
1.
Ярашова, М. (2024). ЖАҲОН ЭТНОЛОГИЯСИ ФАНИ ВА УНИ ЎҚИТИШНИНГ
ЗАМОНАВИЙ МЕТОДОЛОГИЯСИ.
Modern Science and Research
,
3
(10), 362–368.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44901
2.
Ярашова, М. (2024). БУХОРО ВОҲАСИДА МАТО ВА МАТО ТАЙЁРЛАШ
УСУЛЛАРИ.
Modern Science and Research
,
3
(11), 782–787. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48057
3.
Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf
Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari.
Miasto
Przyszłości
,
52
,
622–625.
Retrieved
from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4679
4.
Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA
ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58456
5.
Ярашова, М. (2025). ПАРАНЖИ ВА УНИНГ ЎРГАНИЛИШ ТАРИХИ.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 160–168. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
6.
Yarashova, M., Sa’dullayev, U., & Yo’ldosheva, F. (2025). BUXORO VOHASI
AYOLLARINING AN’ANAVIY BOSH KIYIMLARI- DO‘PPI VA RO‘MOL.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 600–607. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
7.
Yarashova , M. ., & Sultonova, M. (2025). BUXORO VOHASI DAFN MAROSIMI
KIYIMLARI VA ULAR BILAN BOG’LIQ IRIM-SIRIMLAR.
Modern Science and
Research
,
4
(1),
352–358.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
8.
Yarashova, M. (2025). EDVARD TAYLOR –ETNOLOGIYADA EVOLYUTSIONISTIK
MAKTAB ASOSCHISI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1005–1012. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68483
9.
Azizovich, G. A. (2024). Trade Relations of Population in Bukhara Emirate, Shariah Rules
and Regulations in Commercial Affairs, Partnership Relations.
EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 189-194.
10.
Azizovich, G. A. (2024). Family-Marriage and Inheritance Relations of the Population in
the Bukhara Emirate.
MiastoPrzyszłości
,
53
, 964-969.
Mart, 2025-Yil
337
11.
Gulyamov, A. (2024). BUXORO MUZEYNING TASHKIL TOPISHI TARIXI.
Modern
Science and Research
,
3
(12), 659-667.
12.
Gulyamov, A., Srojeva, G., &Haqqulov, M. (2025). BUXORO OCHILGAN
MUZEYLARNING TASHKIL TOPISH TARIXI.
Modern Science and Research
,
4
(1),
248-256.
13.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). O ‘RTA OSIYO OLIMLARINING
KARTOGRAFIK MEROSI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 221-227.
14.
Srojeva, G., Gulyamov, A., & Haqqulov, M. (2025). XVII ASRDA BUXORODA
ABDULAZIZXON
MADRASASINING
QURILISHI
VA
UNING
TARIXIY
AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 471-478.
15.
Gulyamov, A., & Ashurov, D. (2025). CHANGES IN THE LIFE OF THE WORLD'S
COUNTRIES AFTER WORLD WAR II.
Journal ofuniversalscienceresearch
,
3
(1 (Special
issue)), 333-341.
16.
Gulyamov, A. (2025). MANG ‘ITLAR SULOLASI DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVI,
TUZUMI VA ICHKI SIYOSATI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 790-798.
17.
Gulyamov, A., &Xamidova, R. (2025). ABU RAYHON BERUNIY BUYUK QOMUSIY
OLIM.
Modern Science and Research
,
4
(2), 758-766.
18.
Gulyamov, A. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA ISTIQOMAT QILGAN MILLIY-ETNIK
GURUHLAR.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1020-1028.
19.
Юсупович, К. С. (2024). КРАТКИЙ ОБЗОР НА ВЗАИМООТНОШЕНИЯ
УЗБЕКИСТАНА И ДВИЖЕНИЯ “ТАЛИБАН”, НА ФОНЕ ЗАХВАТА ТАЛИБАМИ
ВЛАСТИ В АФГАНИСТАНЕ В 2021 ГОДУ.
TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN
ILMIY
JURNALI
,
4
(11),
227–229.
Retrieved
from
https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/12432
20.
Yusupovich, K. S. (2024). Abu Hafs Kabir and the Spread of the Hanafi Madhhab in
Transoxiana.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(9),
204–207.
Retrieved
from
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/4079
21.
Каримов Сухроб Юсупович. (2024). ОРДЕН НАКШБАНДИЯ: ИСТОРИЯ, УЧЕНИЕ
И ВЛИЯНИЕ.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14509878
22.
С. Ю. Каримов. (2025). РОЛЬ ФАЙЗУЛЛЫ ХОДЖАЕВА В ИСТОРИИ
Mart, 2025-Yil
338
23.
НийозоваГулчехраШерматовна, & Каримов Сухроб Юсупович. (2025). КУСАМ ИБН
АББАС
И
ИСЛАМИЗАЦИЯ
СРЕДНЕЙ
https://doi.org/10.5281/zenodo.14736948
24.
Каримов Сухроббек Юсупович. (2025). ТАРИКАТ ЯССАВИЯ: ИСТОРИЯ, УЧЕНИЕ
https://doi.org/10.5281/zenodo.14872554
25.
НийозоваГулчехраШерматовна,
&
Каримов
Сухроб
Юсупович.
(2025).
ВОЗНИКНОВЕНИЕ
СУННИЗМА
И
ШИИЗМА.
ОТЛИЧИЕ
ДВУХ
https://doi.org/10.5281/zenodo.14908934
26.
Yarashova, M., Yuldosheva, F., & Haqqulov, M. (2025). TA’LIM OLISH TARTIBI:
YANGILANISH VA O’ZGARISHLAR. MASOFAVIY, DUAL VA INKLYUZIV
TA’LIM.
Modern
Science
and
Research
,
4
(2),
73–80.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/70712
27.
Haqqulov,
M.,
Yarashova,
M.,
&
Yuldosheva,
F.
(2025).
ТARIXIY
KARTOGRAFIYANING
ASOSIY
YO‘NALISHLARI,
SHAKLLANISHI
VA
TARAQQIYOTI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 81–91. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/70714
28.
Srojeva, G. (2025). MIRZO MUHAMMAD HAYDARNING “TARIXI RASHIDIY”
ASARIDA O’RTA OSIYO TARIXINI O’RGANISHDA MUHIM MANBA
SIFATIDA.
Modern Science and Research
,
4
(1), 531-539.
29.
Srojeva, G., &Ormonova, M. (2025). BUXORO SHAHRIDAGI ARK QO’RG’ONI,
SITORAI MOHI XOSA, XO’JA SAROY ME’MORIY YODGORLIKLARI.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 533-544.
30.
Srojeva, G. (2024). Solutions, Results And Problems Of Reforms In The Field Of
Education.
Modern Science and Research
,
3
(1), 782-788.
31.
Srojeva, G. (2023). Lower Zarafshan Oasis Tourism Opportunities.
Modern Science and
Research
,
2
(10), 199-204.
32.
Srojeva, G. (2024). EFFECTIVE FORMS OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION
AND
EDUCATIONAL
WORK
IN
A
PRESCHOOL
EDUCATIONAL
INSTITUTION.
Modern Science and Research
,
3
(2), 247-253.
33.
Srojeva, G. (2024). Strengthening The Material And Technical Base Of Preschool Education
And Training Institutions.
Modern Science and Research
,
3
(2), 673-681.
34.
Srojeva, G. (2024). The Canadian Economy During The Global Economic Crisis.
Modern
Science and Research
,
3
(2), 57-63.
Mart, 2025-Yil
339
35.
Srojeva, G. (2024). International Cooperation In The Field Of Education.
Modern Science
and Research
,
3
(2), 1041-1050.
36.
Vahobovna, S. G. (2023). QuyiZarafshonVohasiTurizmImkoniyatlari.
37.
Srojeva, G. (2024). Attention Paid To Preschool Educational Institutions In New
Uzbekistan.
Modern Science and Research
,
3
(2), 258-266.
38.
Srojeva, G. (2024). 1929-1932-YILLАRDАGI JAHON IQTISODIY INQIROZI
DAVRIDA YAPONIYA.
Nrj
,
1
(2), 118-128.
39.
Vahobovna, S. G. (2024). XX ASR BOSHLARIDA XITOYNING YAPON
AGRESSIYASIGA QARSHI KURASHI.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN
ILMIY JURNALI
,
4
(5), 264-273.
40.
Vahobovna, S. G. (2024). XX ASR BOSHLARIDA XITOYNING YAPON
AGRESSIYASIGA QARSHI KURASHI.
International journalofscientificresearchers
(IJSR) INDEXING
,
5
(2), 723-728.
41.
Vahobovna, S. G. (2024). YANGI O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIM–
TARBIYA MUASSASALARIGA QARATILAYATGAN E’TIBOR.
42.
Vahobovna, S. G. (2024). JAHON IQTISODIY INQIROZI DAVRIDA KANADA
IQTISODIYOTI.
43.
Srojeva, G. (2024). TA’LIM SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK.
44.
Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
ModernScienceandResearch
,
3
(10), 64-68.
45.
Obido’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
46.
Boltaev, O. (2024). BUKHARA'S CARAVAN TRADE AND ITS ROLE ON THE SILK
ROAD.
AnalyticalJournalofEducationandDevelopment
,
4
(10), 293-297.
47.
Boltayev, O. (2024). XX ASR BOSHLARIDA GERMANIYA VA TURKIYA
ITTIFOQINING MARKAZIY OSIYOGA TA'SIRI.
ModernScienceandResearch
,
3
(12),
556-564.
48.
Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND
DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH
CENTURY.
ModernScienceandResearch
,
2
(9), 145-149.
Mart, 2025-Yil
340
49.
Boltayev, O. (2025). TARIX FANI UCHUN YOZMA VA OG’ZAKI MANBALARNING
SHAKLLANISHI.
ModernScienceandResearch
,
4
(1), 909-917.
50.
Bozorova, R. (2021, September). Methods and Means of Cultivating Kindness iIn the Family
of the Uzbek People. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 43-44).
51.
Бозорова, Р. Ш. (2022). “Меҳр” тушунчаси: фалсафийтаҳлил. Science and Education,
3(4), 1312-1320.
52.
Ro’zigul, B. (2023). TA ‘LIM TARBIYA JARAYONIDA INTERFAOL
MEDOTLARDAN FOYDALANISH. ITALY" ACTUAL PROBLEMS OF SCIENCE
AND EDUCATION IN THE FACE OF MODERN CHALLENGES"., 14(1).
53.
Bozorova, R. Z., & Avezov, O. (2023). DINIY MASALALARDA TA’LIM-
TARBIYANING AKS ETISHI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical
sciences, 2(11), 153-156.
54.
SHarofovna, B. R. Z. (2023). ILM NARSALARNING ENG FOYDALISIDIR. Научный
Фокус, 1(6), 372-375.
55.
Ro‘zigul, B. (2023). ROLE OF HUSBAND AND WIFE IN THE FAMILY AND CAUSES
OF DIVORCE. Modern Science and Research, 2(10), 127-130.
56.
Sharafovna, B. R. (2023). THE BOOK-THE HISTORY OF HUMANITY, THE
IMMORTAL SPIRIT.
FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA JURNALI|
JOURNAL OF SCIENCE, EDUCATION, CULTURE AND INNOVATION
,
2
(11), 6-13.
57.
Sharofovna, B. R. (2023). SPECIFIC ASPECTS OF IMPROVING THE INTELLECTUAL
COMPETENCE OF WOMEN IN DEVELOPED COUNTRIES.
JOURNAL OF SCIENCE,
RESEARCH AND TEACHING
,
2
(12), 113-117.
58.
Ro‘zigul, B. (2023). KITOB-QADRIYAT YUKINI AJDODDAN AVLODGA
KO‘TARUVCHI KEMADIR. In
Uz-Conferences
(Vol. 1, No. 1, pp. 883-890).
59.
Bozorova, R. Z. (2024).
INCREASING THE INTELLECTUAL POTENTIAL OF WOMEN IS
THE DEMAND OF THE TIMES
.
Modern Science and Research
,
3
(2), 724-731.
60.
Sharofovna, B. R. Z. (2024). Islomda ayollar o ‘rni va munosabat.
JOURNAL OF THEORY,
MATHEMATICS AND PHYSICS
,
3
(1), 136-143.
