Authors

  • Mohlaroyim Yarashova
  • Munavvar Sultonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63244

Keywords:

etnik tarkib an’anaviy madaniyat moddiy madaniyat ma’naviy madaniyat an’anaviy kiyim kechaklar marosimlar urf-odatlar qadriyat an’ana aqiqa otinoyi fotiha chimildiq salomnoma muxammas.

Abstract

Moddiy madaniyatning muhim qismi kiyim-kechaklarni o‘rganish jarayonida xalq urf-odatlari va ananalari qadriyat sifatida ko‘zga tashlanadi.Ushbu maqolada Buxoro voxasi kiyim-kechaklari bichilishi hamda tikilishi bilan bog‘liq rasm-rusm va odatlar etnologik tahlil etiladi.

background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

352

BUXORO VOHASI DAFN MAROSIMI KIYIMLARI VA ULAR BILAN BOG’LIQ

IRIM-SIRIMLAR

Yarashova Mohlaroyim Shuhrat qizi

Osiyo xalqaro universiteti o’qituvchisi.

Sultonova Munavvar

Osiyo xalqaro universiteti tarix ta’lim yo’nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14727778

Annotatsiya. Moddiy madaniyatning muhim qismi kiyim-kechaklarni o‘rganish jarayonida

xalq urf-odatlari va ananalari qadriyat sifatida ko‘zga tashlanadi.Ushbu maqolada Buxoro voxasi

kiyim-kechaklari bichilishi hamda tikilishi bilan bog‘liq rasm-rusm va odatlar etnologik tahlil

etiladi.

Kalit so’zlar:

etnik tarkib, an’anaviy madaniyat, moddiy madaniyat, ma’naviy madaniyat,

an’anaviy kiyim kechaklar, marosimlar, urf-odatlar,

qadriyat, an’ana, aqiqa, otinoyi, fotiha,

chimildiq, salomnoma, muxammas.

Buxoroda ham Respublikamizning boshqa mintaqalarida bo’lgani singari marhum vafot

qilgan kundan boshlab uning yaqin qarindoshlari aza tutib motam libosini kiyganlar[1].

Azadorlarni motamsaro rangdagi aza libosi boshqalardan ajratib turgan. Ko’pincha

«o’limlik tuguni» tayyorlab qo’ygan onaxonlar

q

izlari, kelinlari, opa-singillariga atab ko’k

rangdagi matolarni yiqqanlar. Vohadagi piru badavlat keksa momolar va bobolar o’zlarining dafn

marosimlari uchun «o’limlik buxchasi»ni g’amlaganlar. Ushbu buxchadagi kiyimlar marhumni

yuvgan murdashuylarga berilgan. «O’limlik buxchasi»dagi kiyim-kechaklar tarkibi erkak kishi

uchun to’n, ko’ylak, do’ppi, mahsi-kalish va oq ishtondan iborat bo’lgan bo’lsa, ayollar uchun

to’n, xalat, ro’mol, ikkita ko’ylak, kultapo’shak, po’pak, mahsi-kalish kabi narsalarni o’z ichiga

olgan. Oldinlari murdasho’ylarga marhumning kiyib yurgan kiyimlari berilgan bo’lsa, hozirda

ohorli yangi kiyim taqdim etiladi. Xalq orasida «agar mazkur kiyimlar murdasho’yga berilmasa,

marhum qiyomatda yalongoch holda qayta tiriladi», degan tasavvur bo’lganligi bois barcha

kishilar doimo murdasho’yga boshdan-oyokq sarpo qilishga harakat qilishgan.

Motam marosimlarida marhumning eng yaqin qarindoshlari aza libosini kiyganlar.

Marhumning erkak qarindoshlari do’ppi va to’n kiyib, bellarini belqars bilan bog’laganlar. Ular

marhumning «kir yuvdi» marosimigacha mayyit dafn qilingan kun bellariga bog’langan

matolardan an’anaviy bichimli ko’ylak va lozim tiktirib kiyishgan. Marhum dafn etiladigan kuni

vohadagi qovchin, qipchoq, mang’it kabi etnik guruhlarda mayitning yaqinlari (onasi, xotini,


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

353

singlisi va boshqalar) olacha kiyishgan. Qolgan barcha azadorlar qimmatbaho va yangi kiyimlarini

kiyib yig’laganlar va jamoa bo’lib, sadr[2]tushishgan. Ayol tomondan qarindosh keksalar vazmin

rangli matodan tikilgan kamzul kiyganlar. Ayrim joylarda, marhumning to’ni va bosh kiyimini

kiyib, belbog’ini bog’laganlar. Belbog’da esa marhum tirikligida yig’ib yurgan va vafot qilgan

kuni berilgan matoni osib qo’yishgan.

Aza davrida ayollar taqinchoq taqishmagan, o’zlariga xushbuy narsalar ham surtmaganlar.

Ular odmi rangli kiyimlarni kiyib, boshlariga ham ko’k rangli ro’mol o’raganlar, oyoqariga

mahsi-kalish kiyganlar. Azadorlik kiyimlarini marhum vafot qilgan xonadon egasi bergan. Buxoro

vohasi o’zbeklarida motam kiyimlari asosan ko’k va oq rangdagi matolardan iborat. Aza

marosimlarini maxsus tadqiq qilgan Q.Nasriddinovning yozishicha, agar marhum yosh bo’lsa,

yashil rangdagi kiyim ham kiyilgan[3]. Eri vafot qilgan ayol motam belgisi sifatida boshiga oq

ro’mol o’rab, egniga ko’k ko’ylak va ishton kiygan. Voha tojiklarining motam kiyimi esa qora

ko’ylak va oq ro’moldan iborat bo’lgan. Toshkent viloyatining Yangiyo’l shahrida ayollar aza

libosi uchun mo’ljallangan to’q rangli mato bilan bellarini bog’lashgan. XX asrning 50-

yillarigacha vohada mayitni dafn etishdan oldin uning yaqin qarindoshlari surp bilan bellarini

bog’lash odati bo’lgan. Marhumning «bel bog’lagan» yaqin qarindoshlari mayit dafn qilib

kelingandan keyin bellaridagi surp belbog’i yechib qo’yishgan. XX asrning 50-60-yillarigacha

azadorlik belgisi sifatida marhumning onasi, qizi, xotini sochlarini to’liq yoki qisman yoygan

holda yig’laganlar. Motamda faqat marhumning oila a’zolari emas, balki, qarindoshlari ham bel

bog’lashgan. Aynan o’sha kuni marhumning opa-singillari, qizlari, onasi va ayoli aza libosini

kiygan. Ularga nisbatan xalq orasida «azador», «ko’ki bor», «ko’k kiygan» iborasi ishlatilgan.

O’rta asrlarga oid manbalarda ham ajdodlarimizning aza kiyimlari to’g’risidagi ba’zi

tafsilotlar yoritilgan. Jumladan, Zayniddin Vosifiyning «Badoe ul voqea» asarida kursatilishicha,

azador kishilar egnilariga ko’k kiyim kiyganlar. Q.Nasriddinovning ta’kidlashicha, ko’k rang

vazminlik va motam belgisi hisoblangan[4]. Bizningcha, azada ko’k kiyish an’anasi qadimgi

turkiy qavmlar e’tiqodiga ko’ra, marhumlarning ruhi Ko’k tangri ixtiyoriga, ya’ni osmonga chiqib

ketishi bilan bog’liq tasavvurlar asosida kelib chiqqan bo’lsa kerak.

Vohaning aksariyat joylarida marhumning eng yaqin qarindoshlari uchun mayyitning

birinchi ta’ziyasiga qadar aza kiyimlari tikib bo’lingan va o’sha kuni aza kiyimlari kiyilgan. Ba’zi

joylarda aza kiyimini marhumning xudoyi(yetti)sigacha tikib kiyganlar, chunki «yetti» motam

marosimining asosiy uzvi hisoblangan.Vohadagi mang’it, qarluq, qovchin, saroy kabi urug’lar

yashovchi qishloqlarda marhumning «kir yuvdi» marosimida keksa momolar tomonidan maxsus

motam ko’ylaklari tikib kiydirilsa, boshqa joylarda motamsaro oilalarda marhumning yaqin


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

354

qarindosh ayollari an’anaviy bichimli tayyor ko’k ko’ylaklarni kiyganlar. O’z o’rnida shuni ham

ta’kidlab o’tish kerakki, vohada yashovchi qo’ngirotlarning aza kiyimlari boshqa etnik

guruhlarnikidan farqlanib turgan.

Qo’ngirotlarda agar marhum yosh bo’lsa, ayollar aza vaqtida sallasining ustidan oq

o’ragan, ularning ko’ylagi, izori, jelagi va ro’moli vazmin rangda bo’lishi lozim bo’lgan.

Qolaversa, ayollar barcha taqinchoqlari-burnidagi letvasi, quloqdagi buloqisi,

barmog’idagi uzugi va bilakuzugini yechib qo’ygan[5].

Vohada motam kiyimlari ayollar uchun ikki sidra ko’ylak, jiyaksiz lozim va chorsi

ro’moldan iborat bo’lgan. Bu kiyimlar marhumning qirqigacha yuvilmagan va «qirq» kuni

o’tkazilgan maxsus «kir yuvdi» marosimida marhumning kiyimlari bilan birga yuvilgan. «Kir

yuvdi»da yuviladigan kirlar ikkiga bo’lingan. Marhumning kiyimlari «qora kir» deb atalib,

alohida yuvilgan bo’lsa, motamda qatnashgan yaqin qarindoshlarning kiyimlari «oq kir» deb

alohida yuvilgan. Motam kiyimlari azadorlar tomonidan to marhumning vafot qilganiga bir yil

to’lgunicha kiyilgan. Marhum oilasidan «ko’k libos» olgan ayol aza muddati tugagach, “oq

solar”marosimiga bir kiyimlik ko’k bo’lmagan mato olib kelishi lozim bo’lgan. Marhumning

vafotiga bir yil to’lganda motam kiyimlari yechilib, azadorlarga qizil ro’mol o’ratilgan va

rangdor ko’ylak kiydirilgan. Shu kuni azadorlarga qizil ro’molcha ham berilgan. Marhumning

onasi va bevasi oq kiyim kiygan. Bu odat deb “oq solar

atalgan

.

Vohada ham Respublikamizning

boshqa mintaqalarida bo’lgani singari erkaklarning maxsus motam liboslari bo’lmagan.

Marhumning eng yaqin qarindoshlari motam marosimlari o’tkaziladigan kunlari do’ppi, chopon

kiyib, bellarini qiyiq bilan bog’lashgan. Bundan tashqari, erkaklar hayit kunlari ham to’n, do’ppi

kiyib, bellarini bog’lashgan.

Voha motam marosimida o’lgan odamning erkak yoki ayol kishi ekanligini uning tobutiga

qarab ham aniqlash mumkin bo’lgan. Jumladan, agar erkak kishi vafot etgan bo’lsa, tobut ustiga

to’n va belqars, agar dafn qilinayotgan mayyit ayol kishi bo’lsa, tobutga ro’mol yopilgan, agar

marhum erkak kishi bo’lsa, uning tobuti ustiga yangi to’n va belqars yopib qo’yilgan, ayol kishi

bo’lsa ro’mol, chit, satin, duxoba kabi matolar yopib qo’yilgan. Umuman olganda, motam

marosimlari va to’y tantanalarida kiyiladigan kiyimlar nafaqat bezak, ko’rk vazifasini bajargan,

balki, bir qator marosimiy vazifa va ramziy ma’nolarni ifodalashini ko’rishimiz mumkin.

Kiyimlar bilan bog’liq urf-odatlar va rasm-rusumlar xalqning ming yillik an’analari, tabiiy-

geografik sharoiti, xo’jalik yuritish madaniyati, etnik belgilari va umuman, milliy mentalitet bilan

chambarchas bog’liq bo’lgan.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

355

Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak, milliy kiyim-kechaklar bilan bog’liq tasavvurlar va urf-

odatlarda xalqimiz xotirasida elas-elas saqlanib kelayotgan qadimgi tasavvurlar, uzoq tarix

qa’ridagi ibtidoiy qarash va tushunchalar, asrlar davomidagi izchil kuzatishlardan hosil bo’lgan

hayotiy hikmatlar - insoniyat tafakkurining in’ikosi bilan birga xalqning turmush tarzi, etnik tarixi

va uning o’tmishi bor bo’y-basti bilan namoyon bo’lgan.Qolaversa, an’anaviy kiyim-kechaklar

bilan bog’liq marosimlarni etnografik nuqtai nazardan tadqiq qilish orqali qayta tiklanayotgan

an’ana va marosimlarimizning ijobiy va salbiy tomonlarini farqlab yondashish bilan bir qatorda,

xalqimizning madaniyati, o’tmishdagi ijtimoiy tuzumi va mafkurasi haqida birmuncha mufassal

tushunchalarga ega bo’lamiz. Shuningdek, kiyim va kiyinish madaniyatini ilmiy tarzda o’rganish

natijasida olingan xulosalar ko’plab marosim, rasm-rusum va urf-odatlarning genezisini

aniqlashda muhim manba bo’lishi bilan ham ahamiyatlidir.

REFERENCES

1.

Ruzieva M. Posmertnaya i traurnaya odejda uzbekov g. Tashkenta // Kostyum narodov

Sredney Azii...- S.169-174; Karmыsheva B.X. Arxaicheskaya simvolika v pogrebalno-

pominalnoy obryadnosti uzbekov Ferganы // Drevnie obryadы, verovaniya i kultы narodov

Sredney Azii. - M., 1986. - S. 139-141; Nasriddinov Q.O’zbek dafn va taziya marosimlari.

- T., 1996. - B. 89-96;

2.

Payziyeva M.O’zbeklarning motam marosimi xususiyatlari // O’zbekiston tarixi. - 2005. -

№ 3.

3.

Nasriddinov Q.O’zbek dafn va taziya marosimlari. - T., 1996. - B.92.

4.

Ruzieva M. Posmertnaya i traurnaya odejda uzbekov g. Tashkenta // Kostyum narodov

Sredney Azii...- S.169-174; Karmыsheva B.X. Arxaicheskaya simvolika v pogrebalno-

pominalnoy obryadnosti uzbekov Ferganы // Drevnie obryadы, verovaniya i kultы narodov

Sredney Azii. - M., 1986. - S. 139-141;

5.

Nasriddinov Q.O’zbek dafn va taziya marosimlari. - T., 1996. - B. 89-96; Payziyeva

M.O’zbeklarning motam marosimi xususiyatlari // O’zbekiston tarixi. - 2005. - № 3.

6.

Ruzieva M. Posmertnaya i traurnaya odejda uzbekov g. Tashkenta// Kostyum narodov

Sredney Azii... - S. 172.

7.

Davlatova S. Qashqadaryo milliy kiyimlari:an’anaviylik va zamonaviylik.-T.:’’YAngi asr

avlodi’’,2006.-B.145.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

356

8.

YArashova, M. . (2024). JAHON ETNOLOGIYASI FANI VA UNI O‘QITISHNING

ZAMONAVIY METODOLOGIYASI.

Modern Science and Research

,

3

(10), 362–368.

Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44901

9.

YArashova, M. (2024). BUXORO VOHASIDA MATO VA MATO TAYYORLASH

USULLARI.

Modern

Science

and

Research

,

3

(11),

782–787.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48057

10.

Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf

Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari.

Miasto

Przyszłości

,

52

,

622–625.

Retrieved

from

https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4679

11.

Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA

ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI.

Modern Science and Research

,

3

(12),

621–632. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58456

12.

YArashova, M. (2025). PARANJI VA UNING O‘RGANILISH TARIXI.

Modern Science

and Research

,

4

(1), 160–168. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/60323

13.

Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA

O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI.

Modern Science and

Research

,

4

(1), 177-186.

14.

Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ ALLOMALARINING

DIDAKTIK QARASHLARI.

Modern Science and Research

,

3

(12), 985-993.

15.

Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI

OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.

Modern Science and Research

,

3

(12), 994-1003.

16.

Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR

BESHIGI.

Modern Science and Research

,

3

(12), 1228-1238.

17.

Toshpo'latova

Shaxnoza

Shuhratovna.

(2024).

ILK

UYG'ONISH

DAVRI

NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI

TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996

18.

Toshpo’latova,

S.

(2024).

TARIX

FANINI

O’QITISHDA

SAMARALI

METODLAR.

Modern Science and Research

,

3

(11), 774-782.

19.

Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS.

Журнал универсальных научных

исследований

,

2

(5), 453-462.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

357

20.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.

Modern Science and

Research

,

3

(5), 522-529.

21.

Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID

FIKRLAR.

Modern Science and Research

,

3

(12), 353-361.

22.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot

District.

Modern Science And Research

,

3

(5), 148-151.

23.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL

MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.

Modern Science and Research

,

3

(2), 447-450.

24.

Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of

Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology.

SPAST

Reports

,

1

(7).

25.

Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology.

European Journal Of Innovation In

Nonformal Education

,

4

(3), 432-437.

26.

Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO

XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI.

Innovations in Technology and

Science Education

,

2

(8), 1214-1222.

27.

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani.

Modern

Science and Research

,

3

(2), 87-93.

28.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara.

Modern Science

and Research

,

3

(2), 1004-1011.

29.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics.

Modern Science and Research

,

3

(2), 500-507.

30.

Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology.

Modern Science and Research

,

3

(1),

504-510.

31.

Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life.

American Journal of

Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769)

,

1

(10), 655-659.

32.

Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of

Tajiks In The Works Of MS Andreyev.

International Journal Of History And Political

Sciences

,

3

(12), 42-47.

33.

Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career.

Modern Science and

Research

,

2

(12), 801-807.

34.

Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony.

International Journal

Of History And Political Sciences

,

3

(11), 17-23.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

358

35.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE

WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI".

Modern Science and Research

,

2

(9),

404-409.

36.

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL

CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN

THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV.

Modern Science and Research

,

2

(10), 291-299.

37.

Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE TAJIKS

OF AFGHANISTAN.

Modern Science and Research

,

2

(9), 84-89.

38.

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of

Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”.

International Journal of Intellectual

Cultural Heritage

,

3

(1), 12-16.

39.

Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak”

Marosimining Etnologik Tahlili.

Scholar

,

1

(28), 395-401.

References

Ruzieva M. Posmertnaya i traurnaya odejda uz¬bekov g. Tashkenta // Kostyum narodov Sredney Azii...- S.169-174; Karmыsheva B.X. Arxaicheskaya simvolika v pogrebalno-pominalnoy ob¬ryadnosti uzbekov Ferganы // Drevnie obryadы, verovaniya i kultы naro-dov Sredney Azii. - M., 1986. - S. 139-141; Nasriddinov Q.O’zbek dafn va taziya marosimlari. - T., 1996. - B. 89-96;

Payziyeva M.O’zbeklarning motam marosimi xususiyatlari // O’zbekiston tarixi. - 2005. - № 3.

Nasriddinov Q.O’zbek dafn va taziya marosimlari. - T., 1996. - B.92.

Ruzieva M. Posmertnaya i traurnaya odejda uz¬bekov g. Tashkenta // Kostyum narodov Sredney Azii...- S.169-174; Karmыsheva B.X. Arxaicheskaya simvolika v pogrebalno-pominalnoy ob¬ryadnosti uzbekov Ferganы // Drevnie obryadы, verovaniya i kultы naro-dov Sredney Azii. - M., 1986. - S. 139-141;

Nasriddinov Q.O’zbek dafn va taziya marosimlari. - T., 1996. - B. 89-96; Payziyeva M.O’zbeklarning motam marosimi xususiyatlari // O’zbekiston tarixi. - 2005. - № 3.

Ruzieva M. Posmertnaya i traurnaya odejda uzbekov g. Tashkenta// Kos¬tyum narodov Sredney Azii... - S. 172.

Davlatova S. Qashqadaryo milliy kiyimlari:an’anaviylik va zamonaviylik.-T.:’’YAngi asr avlodi’’,2006.-B.145.

YArashova, M. . (2024). JAHON ETNOLOGIYASI FANI VA UNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODOLOGIYASI. Modern Science and Research, 3(10), 362–368. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44901

YArashova, M. (2024). BUXORO VOHASIDA MATO VA MATO TAYYORLASH USULLARI. Modern Science and Research, 3(11), 782–787. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48057

Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari. Miasto Przyszłości, 52, 622–625. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4679

Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI. Modern Science and Research, 3(12), 621–632. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58456

YArashova, M. (2025). PARANJI VA UNING O‘RGANILISH TARIXI. Modern Science and Research, 4(1), 160–168. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/60323

Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI. Modern Science and Research, 4(1), 177-186.

Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ ALLOMALARINING DIDAKTIK QARASHLARI. Modern Science and Research, 3(12), 985-993.

Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI. Modern Science and Research, 3(12), 994-1003.

Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR BESHIGI. Modern Science and Research, 3(12), 1228-1238.

Toshpo'latova Shaxnoza Shuhratovna. (2024). ILK UYG'ONISH DAVRI NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI. https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996

Toshpo’latova, S. (2024). TARIX FANINI O’QITISHDA SAMARALI METODLAR. Modern Science and Research, 3(11), 774-782.

Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS. Журнал универсальных научных исследований, 2(5), 453-462.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR. Modern Science and Research, 3(5), 522-529.

Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID FIKRLAR. Modern Science and Research, 3(12), 353-361.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot District. Modern Science And Research, 3(5), 148-151.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447-450.

Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports, 1(7).

Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology. European Journal Of Innovation In Nonformal Education, 4(3), 432-437.

Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI. Innovations in Technology and Science Education, 2(8), 1214-1222.

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani. Modern Science and Research, 3(2), 87-93.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara. Modern Science and Research, 3(2), 1004-1011.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-507.

Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology. Modern Science and Research, 3(1), 504-510.

Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655-659.

Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of Tajiks In The Works Of MS Andreyev. International Journal Of History And Political Sciences, 3(12), 42-47.

Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career. Modern Science and Research, 2(12), 801-807.

Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony. International Journal Of History And Political Sciences, 3(11), 17-23.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research, 2(9), 404-409.

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291-299.

Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE TAJIKS OF AFGHANISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 84-89.

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(1), 12-16.

Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak” Marosimining Etnologik Tahlili. Scholar, 1(28), 395-401.

Most read articles by the same author(s)

Mehriddin Haqqulov, Mohlaroyim Yarashova, Bekali Muyiddinov , SHARAFIDDIN ALI YAZDINING “ZAFARNOMA” ASARI TAHLILI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Mehriddin Haqqulov, Mohlaroyim Yarashova, Feruza Yuldosheva, ТARIXIY KARTOGRAFIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI, SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, TAQINCHOQLAR VA ULARNING AHOLI ETNIK HAYOTIDA TUTGAN O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 3 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Oxun Boltayev, Alisher Gulyamov, ILK BOSMA NASHRLAR TARIXI: KITOB MADANIYATINING BOSHLANISHI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Bekali Muyiddinov, Feruza Yuldosheva, TADQIQOTLARDA MANBALARNI O’RGANISH: ANIQLASH, TIKLASH, TAHLIL QILISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Feruza Yuldosheva, Mehriddin Haqqulov, TA’LIM OLISH TARTIBI: YANGILANISH VA O’ZGARISHLAR. MASOFAVIY, DUAL VA INKLYUZIV TA’LIM. , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Oxun Boltayev, Umidjon Xayrullayev, Umidjon Sadullayev, BUXORO VOHASI AYOLLARINING AN’ANAVIY LIBOSLARI (XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA) , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 3 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Mehriddin Haqqulov, Bekali Muyiddinov, TARIX TA’LIMIDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

Alisher Gulyamov, Mohlaroyim Yarashova, Suxrobbek Karimov, O‘RTA ASRLARDA G‘ARBIY YEVROPADA SHAHAR-QAL’A, SHAHAR-CHERKOV, SAVDO O‘BYEKTI AHAMIYATIGA OID SHAHARLARNING VUJUDGA KELISHI. , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 3 (2025): Modern science and research

1 2 3 4 > >>