2025
JULY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 7
73
О‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT BOSHQARUVINING RIVOJLANISHI
Tajimuratova Shaxnoza Saǵinbaevna
Berdaq nomidagi QDU óqtuvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16687885
Annotatsiya.
О‘zbekistonda madaniyat va san’at boshqaruvining rivojlanishi
, boshqaruv
maqsadi va unga qo‘yiladi
gan asosiy talablari, maqsadi turlari,boshqarish funksiyalari mazmuni
va mohiyati haqida s
óz etilgan.
Kalit sózlar:
Madaniyat, ma’naviyat, boshqaruv, boshqaruv funksiyalari, Madaniyat
vazirligi, madaniyat boshqarmasi, madaniyat bo’limi, “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari.
THE DEVELOPMENT OF CULTURAL AND ARTISTIC MANAGEMENT IN
UZBEKISTAN
Annotation.
The development of cultural and artistic management in Uzbekistan, the
purpose of management and the main requirements for it, types of goals, the content and essence
of management functions are discussed.
Keywords:
Culture, spirituality, management, management functions, Ministry of Culture,
Department of Culture, Department of Culture, "Istiklol" and "Turkiston" Palaces of Arts.
РАЗВИТИЕ МЕНЕДЖМЕНТА В СФЕРЕ КУЛЬТУРЫ И ИСКУССТВА В
УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация
.
Рассматривается развитие менеджмента в сфере культуры и
искусства в Узбекистане, цель менеджмента и основные требования к нему, виды целей,
содержание и сущность функций управления.
Ключевые слова:
Культура, духовность, менеджмент, функции управления,
Министерство культуры, Департамент культуры, Дворцы искусств «Истиклол» и
«Туркистон».
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon
miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish,
ularning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo‘llab
-
quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda. Aholi,
xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy
madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol
shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish
borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.Shu bilan birga, madaniyat va san’at sohasini
boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha
kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish,
aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat
va san’at maskanlarining moddiy
-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd
etish zarur. Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni
hisobga olmaslik, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani
madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yo‘nalishdagi ustuvor
vazifalarni to‘liq bajarish imkonini bermayapti.
2025
JULY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 7
74
Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov rahbarligida Madaniyat
vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha
Komissiya tuzildi. Komissiyaga bir oy muddatda Madaniyat va sport ishlari vazirligini qayta
tashkil etish bo‘yicha barcha masalalarni hal etish, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va
sport davlat qo‘mitasining markaziy apparatiga malakali mutaxassislarni har tomonlama saralash
va kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlash topshirig‘i berilgan.
Ta’kidlash joizki, farmonga binoan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs”
milliy raqs birlashmasi negizida Madaniyat vazirligi huzurida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi
tashkil etilgan. Ushbu muassasa o‘zida 2,5 ming ijodiy jamoa va ijrochilarni birlashtiradi hamda
musiqa, xoreografiya va estrada san’atini rivojlantirish bo‘yicha chora
-tadbirlarni amalga oshirish
samaradorligini kuchaytirish, O‘zbekiston xalqining ma’naviyati, yorqin va o‘ziga xos
madaniyatini yorituvchi yuksak badiiy va sifatli asarlar yaratishga har tomonlama ko‘maklashish
imkonini beradi.
Farmonga binoan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish,
madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, ularni
jihozlash va ta’mirlash, madaniyat va san’at arboblarining xalqaro festivallar va konkurslarda
ishtirok etishini ta’minlash, Madaniyat vazirligi muassasalari kadrlari malakasini oshirish va
moddiy rag‘batlantirish uchun byudjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish
jamg‘armasini tuzish nazarda tutilgan.
Musiqiy ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq ta’limi
vazirligiga qarashli R.Glier va V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan akademik
musiqa litseylari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi, 301 bolalar
musiqa va san’at maktabi Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazildi.
Madaniy-ommaviy tadbirlarni
yuqori darajada o‘tkazishni kengaytirish maqsadida “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari
Toshkent shahar hokimiyati ixtiyoridan Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi, ularning o‘z
daromadlari bilan qoplanmaydigan qismidagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika
byudjetidan mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Bolalar sportini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni
sifat jihatidan kuchaytirish, bolalar sporti obyektlarining moddiy-texnik bazasini yanada
mustahkamlash, sport ta’limi va sport zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida
O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, sport yo‘nalishi bo‘yicha 256
sport maktabi va sport yo‘nalishidagi maktab
-
internatlari Xalq ta’limi vazirligi ixtiyoridan
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligiga boshqa tegishli vazirlik va
tashkilotlar bilan birgalikda 2017-yilning 1-
iyuliga qadar madaniyat xodimlariga ish haqini to‘lash
va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritish topshirig‘i berildi.
Farmonni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Madaniyat
vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi
qarorlari qabul qilingan, ushbu qarorlarda ularning tashkiliy tuzilmalari, markaziy apparati
tuzilmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi
hududiy boshqarmalari tuzilmalari tasdiqlangan.
2025
JULY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 7
75
Madaniyat vazirligi tizimida madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish, madaniy-
ma’rifiy muassasalar va nomoddiy merosni rivojlantirish, sohadagi ta’lim muassasalarini metodik
ta’minlash, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tizimida esa sport va sport ta’limi
muassasalarini ilmiy-
metodik ta’minlash, sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarni
shakllantirish va tayyorlash bo‘yicha yangi bo‘linmalar va shtat birliklari nazarda tutilgan, ikki
davlat boshqaruvi organi tuzilmasiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bilan ishlash
bo‘yicha mutaxassislar lavozimi kiritilgan.
Maqsad -
bu muddao, murod , ya'ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan
mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga yo‘naltriradi. Biz
dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz:
•
bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;
•
faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi;
•
faoliyatimizni aniq soha, ishga yo‘naltiradi;
•
u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;
•
pirovard natijamizning baholash me'yorlarni belgilaydi va hk.
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir.
Chunki aynan shu maqsadga binoan:
•
boshqarish funksiyalari;
•
boshqarish usullari;
•
boshqarishning tuzilmaviy tarkibi;
•
lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi.
Boshqaruv maqsadiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1.
Maqsad bir ma'noli va aniq bo‘lishi kerak.
Agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo‘lni tanlashga ham hojat qolmaydi.
1.
Maqsad real va bajarilishi mumkin bo‘lishi kerak
-
qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan yelkanli qayiqqa hyech qanday shamol
ham hamrox bo‘la olmaydi.
1.
Maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak.
Miqdoran o‘lchovga, me'yorga ega bo‘lmagan maqsad
- bu sarob
1.
Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo‘lmog‘i darkor
1.
Maqsad bo‘limlar va ma'sullar bo‘yicha detallashtirilgan bo‘lishi kerak.
Maqsad, uni boshqarish prinsiplari, pirovard natijasi bajaruvchilarga tushunarli bo‘lishi va
ularga yozma ravishda sodda tilda yetkazilishi kerak.
1.
Maqsad ko‘p qirrali bo‘lishi kerak.
Maqsad har bir faoliyat turi, har bir ma'sul shaxs bo‘yicha mayda
-chuydasigacha batafsil
taqsimlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Bu –
umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka
maqsadlarga bo‘linishini, “maqsadlar shajarasi” ni tuzishni talab qiladi.
Boshqaruv maqsadi turlari
.
Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda turkumlashni
taqozo etadi. Maqsadni turkumlash belgilari:
1. Umumjamiyat miqyosidagii munosabatlarni aks ettirishga qarab;
2. Boshqaruv pog‘onalar (darajalari) ga qarab;
2025
JULY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 7
76
3. Amalga oshirish muddatiga qarab ;
4. Boshqaruvning amalga oshirilishiga qarab;
5. Kutiladigan natijalarga qarab;
6. Murakkablik darajasiga qarab;
Maqsadlar:
1)
siyosiy maqsadlar, iqtisodiy maqsadlar, sotsial maqsadlar, ma'rifiy-ma'naviy maqsadlar,
xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar va boshq.
1)
Xududiy boshqarish maqsadlari:
-
mamalakat maqsadlari
-
viloyat maqsadlari
-
tuman maqsadlari
-
qishloq maqsadlari
-
ishlab chiqarish maqsadlari
-
xalq xo‘jaligi maqsadlari
-
tarmoq (sektor) maqsadlari
-
korxona (firma) maqsadlari
-
yakka shaxs maqsadi
1)
joriy maqsadlar
1)
istiqboldagi (perspektiv) maqsadlari
-
uzluksiz (kundalik) maqsadlari
-
fursatli maqsadlar
-
bir martalik maqsadlari
1)
pirovard maqsadlar
-
oraliq maqsadlari
1)
oddiy, an'anaviy maqsadlari
-
muammoli maqsadlari
-
innovatsion maqsadlari
Mazkur turkumlanishdan ko‘rinib turibdiki, maqsadlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, muayyan
ierarxiyaga, ya'ni yuqori va quyi maqsadlarga bo‘linishi, bir maqsad boshqa bir maqsadga
bo‘ysunishi mumkin.
Joriy maqsadlar
deganda bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan ham kamroq muddat
mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan. Korxona bo‘limlari oldida bir
yil mobaynida amalga oshirilishi mo‘ljallangan quyidagi funksiyasional joriy maqsadlar qo‘yilgan
bo‘lishi mumkin.
Maqsadlarni belgilashda
joriy maqsadlar
nuqtai nazaridan yondoshuv, ya'ni har bir
bo‘linma maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq maqsadli tadbirlar resurslar
manbalar, belgilangan tadbirlar bajarilishining asoslab berilishi barcha bo‘g‘inlar va darajalarda
boshqaruv ishonchligini oshirish kafolatini beradi. Butun boshqaruv apparati harakatlarining puxta
bo‘lishini belgilaydi.
Istiqbolli (perspektiv) maqsadlar
deganda besh yil yoki undan ko‘proq davr mobaynida
amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi.
2025
JULY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 7
77
Masalan, respublikamizda ishlab chiqilgan “Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi”ni ruyobga
chiqarishdek ulug‘vor maqsad quyidagi uch bosqichdagi muddatni o‘z ichiga oladi:
1997-2001
–
mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida
ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatdan, ilmiy-uslubiy,
moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
2001-2005
-
milliy dasturni to‘liq ruyobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
2005 va undan keyingi yillar
-
to‘plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Ko‘rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon
bo‘lyapti. Zero:
funksiyalar faoliyat turlarining, sub'ektining boshqarish ob'ektiga aniq ta'sir
qilish yo‘nalishlarini aks ettiradi.
Boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o‘zi ham bo‘lishi mumkin
emas. Fuknsiyalar tarkibini, ularning ko‘lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar
sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyihalash uchun muhim asos bo‘lib
hisoblanadi.
Boshqarish funksiyalari
–
ko‘p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar
bo‘yicha turkumlarga ajratib o‘rganish zaruriyati tug‘iladi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati,
tasnifi va mazmunini o‘rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun
zarurdir, chunki yuqorida ta'kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning
funksiyalarida namoyon bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bekmurodov M.Tashkilot madaniyati va rahbar
ma’naviyati.–
Toshkent.,2001
2.
Yо‘ldashev N,Qozoqov.O.Menejment. Darslik. –
Toshkent: Fan, 2004.
3.
Кабушкин Н.М. Основи менеджмента: учеб.пособие. –
Москва.,
2009.
4.
Ravshanov F. Rahbar va rahbarshunoslik.T.: «Akademiya»,
2009.
5.
Тульчинский Г.Л. Менеджмент в сфере культуры. –
С.
-
Петерб. Гос –
СПб.: Лан,
2001.
6.
Тульчинский Г.Л,Шекова Й.Л. Менеджмент в сфере культуры.–
СПб., 2007.
