182
SURXONDARYO VILOYATI BANDIXON TUMANI TUPROQ IQLIM
SHAROITIDA DORIVOR AMARANTNING (AMARANTHUS) ASOSIY EKIN
SIFATIDA AGROTEXNIKASI, O'SISHI VA RIVOJLANISHI.
Turaqulova Surayyo Sulaymon qizi
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi mutaxassisligi magistranti
Jumayev Shuhrat Maqsadovich
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti
O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik kafedrasi
dotsenti, q.x.f.f.d., (PhD).
https://doi.org/10.5281/zenodo.8412693
Annotatsiya
. Ushbu maqolada dorivor Amarant (Amaranthus) ning asosiy ekin sifatida
o‘sishi rivojlanishi va agrotexnikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Hozirgi paytda suv va
energiya tejamkor ekinlarni ekish, ekologik toza, sifatli ekinlarni yetishtirish dolzarb
masalalardan biridir. Amarantning muhim ijobiy tomonlari boʻlib, uning qurgʻoqchilikka yuqori
chidamligi, agrotexnikaga yuqori talabchanligi, oʻgʻitlarni yuqori darajada qoplanishi va
samaradorligi, turli tuproq-iqlim sharoitiga chidamligi va moslashuvchanligi, ekish me’yorini
kichikligi, jadal oʻsishi, zararkunanda va kasalliklarga chidamliligi, tuproqqa ishlov berishga va
tup soni, ekish me’yoriga sezgirligi hisoblanadi.
Kalit soʻzlar:
Amarant, o‘sish, rivojlanish, geografik tarqalish,agrotexnikasi, qator
oralig‘i, ekish.
SURKHANDARYA REGION BANDIKHAN DISTRICT AGROTECHNICS,
GROWTH AND DEVELOPMENT OF MEDICINAL AMARANTHUS (AMARANTHUS)
AS THE MAIN CROP IN SOIL CLIMATES.
Abstract.
This article provides information on the development and agrotechnics of the
growth of medicinal Amaranth (Amaranthus) as the main crop. Currently, planting water and
energy-efficient crops, growing environmentally friendly, high-quality crops is one of the pressing
issues. Amaranth has important positive aspects, its high resistance to drought, high demand for
agrotechnics, high coverage and efficiency of fertilizers, resistance and adaptability to various
soil-climatic conditions, small planting standards, rapid growth, resistance to pests and diseases,
sensitivity to soil treatment and number of bushes, planting norm.
Key words:
Amaranth, growth, development, geographical distribution, agrotechnics, row
spacing, planting.
183
СУРХАНДАРЬИНСКАЯ ОБЛАСТЬ БАНДИХОНСКИЙ РАЙОН
АГРОТЕХНИКА, ВЫРАЩИВАНИЕ И РАЗВИТИЕ ЛЕКАРСТВЕННОГО
АМАРАНТА (АМАРАНТА) КАК ОСНОВНОЙ КУЛЬТУРЫ В ПОЧВЕННО-
КЛИМАТИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ.
Аннотация.
В этой статье представлена информация о развитии и агротехнике
выращивания лекарственного амаранта(амаранта)как основной культуры. В настоящее
время одним из актуальных вопросов является посадка водо-и энергосберегающих культур,
выращивание экологически чистых, качественных культур. Важными положительными
сторонами
амаранта
являются
его
высокая
засухоустойчивость,
высокая
требовательность к агротехнике, высокая укрывистость и эффективность удобрений,
устойчивость и приспособляемость к различным почвенно-климатическим условиям,
малый размер посадочной нормы, быстрый рост, устойчивость к вредителям и болезням,
чувствительность к обработке почвы и количеству кустов, норма посадки.
Ключевые слова:
амарант, рост, развитие, географическое распространение,
агротехника, междурядье, посадка.
Kirish
Respublikamizda oʻgʻitlardan foydalanishda ular samaradorligini oshirish, noan’anaviy
ekinlarni introduksiya qilish va ular oʻgʻitlash tizimini oʻsimlik biologik xususiyatlari va tuproq-
iqlim sharoitidan kelib chiqib ishlab chiqishga katta etibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga moʻljallangan
yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonining 1-ilovasi 30-maqsadida
“Qishloq xoʻjaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini
kamida 2 barovar oshirish, qishloq xoʻjaligining yillik oʻsishini kamida 5foizga yetkazish”,
“Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish”, “eksportbop mahsulotlarni yetishtirish” kabi
muhim strategik vazifalar belgilab berilgan. Bu borada amarant ekini oʻsishi, rivojlanishi,
hosildorligi, mahsulot sifati, oʻsimlik kimyoviy tarkibi, oziq moddalarni olib chiqib ketilishi va
balansi, tuproq unumdorligi va oziq rejimiga oʻgʻitlarning ta’sirini, oʻgʻitlardagi oziq moddalarni
amarant oʻsimligi tomonidan oʻzlashtirilishini oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish
dolzarb masala hisoblanadi.
184
Amarant turli geografik kengliklarda tarqalgan bo’lib, qadimiy va ko‘p maqsadli ekin
hisoblanadi.
Amarant o‘simligi MDH davlatlarida XX asrning 30-50 yillarida asosan Ukraina va
Shimoliy Kavkazda yem-xashak ekini sifatida muvaffaqiyatli yetishtirilgan.
Botanik tavsifi.
Amarant - Amaranthus amarantdoshlar - Amaranthaceae oilasiga kiradi.
Bo‘yi 2-3 metr keladigan bir yillik o ‘t o‘simlik. Poyasining yo‘g‘onligi 8-10 santimetr. bargi
cho‘ziq va ellipssimon bo‘lib. poyaga uzun bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari mayda,
ko‘rimsiz bo’lib, yirik yarim metrgacha boradigan supurgisimon gul to‘plamini hosil qiladi. Urug‘i
mayda sharsimon qo'ng'ir yoki sariq rangda bo'lib. 1000 donasining vazni 0,4-0,6 gramm keladi.
Bir tup o'simlik 0,5 45 kilogrammgacha urug' berishi mumkin. Urug'ining osti yaltiroq bo‘ladi.
Iyun oyida gullaydi, urug‘i iyulda etiladi.
Oʻzbekistonda amarantning bir qancha turlari oʻrganilganda A.hybridus amarant turidan
21,3 s/ga don hosili olingan boʻlsa, bu koʻrsatkich A.edulis, A.cruentus, A.mantegazzianus
turlarida mos ravishda 15; 20; 19 s/ga boʻlishi kuzatildi. Oqsil miqdori boʻyicha eng yuqori
koʻrsatkich A.hybridus turida, eng yuqori yogʻ miqdori esa A.edulis turida qayd etildi [209; 45-
b.].
Amarant urugʻi oʻzining unuvchanligini 5-6 yildan soʻng ham yoʻqotmaydi. Eng yuqori
unuvchanlikka amarantning A.cruentus turi urugʻlari ega [248; 20-23-b., 209; 45-b., 153; 143-
144-b., 154; 110-112-b.].
Amarant hosili 2014 yil 17,8 t/ga yashil massa boʻlganda ildiz va angʻiz qoldiqlari 9,70
t/ga ni tashkil etdi va ular bilan tuproqqa 48,5 kg/ga azot, 21,3 kg/ga fosfor, 77,6 kg/ga kaliy, 87,3
kg/ga kalsiy tushdi [133; 27-33-b.].
Oʻsimliklarni nam bilan ta’minlanishi yaxshilanganda amarant mahsuldorligi 3,8 t/ga
ortgan. Bunda ildiz va angʻiz chiqishi 1,65 t/ga koʻpaygan. Oʻrtacha uch yilda qoladigan ildiz va
angʻiz qoldiqlari 10,49 t/ga boʻlib, u beda qoldirgan qoldiqlardan ham biroz yuqori boʻlgan (10,49
t/ga.) [157; 46-53-b.].
Yetishtirish agrotexnologiyasi.
Mamlakatimizda donli amarantning o‘sishi, rivojlanishi,
hosildorligiga turli xil omillarning ta’siri haqida ma’lumotlar endilikda shakllanib bormoqda.
Ushbu o‘simlik turli xil navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi, tup soni qalinligi va ekish
chuqurligi va muddatlarining o‘simlik mahsuldorligiga ta’siri, mineral o‘g‘itlarning yem-xashak
va don uchun ekilgan amarantning hosildorligiga ta’siri bo‘yicha Rossiya va boshqa chet
mamlakatlar turli xil tuproq iqlim sharoitlarida bir qancha tadqiqotlar o‘tkazilgan va yetishtirish
texnologiyalari ishlab chiqilgan. Respublikamizning turli hududlarida tuproq va iqlim sharoitlari
o’zaro keskin farqlanadi. Shu bois har bir mintaqa uchun o’ziga mos agrotexnik (urug’larini ekish
185
muddati, ekish chuqurligi, me’yorlari, yerni yumshatish (kultivatsiya), sug’orish va o’g’itlar
solish) tadbirlar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlarda keltirilgan
ma’lumotlar asosida amarant o’simligi Termiz sharoiti uchun yangi noan’anaviy ekin bo’lganligi
bois uni yetishtirish agrotexnologiyasiga alohida e’tibor qaratish muhim masaladir.
Amarant ekish maqsadi va navning agrobiologik xususiyatlariga, shuningdek, tuproq iqlim
sharoitiga qarab, 60x15, 60x10, 60x8, 70x15, 70x10,70x8 sxemalarida bahorda asosiy va g‘alladan
keyin takroriy ekin sifatida ekiladi.
Amarant o‘simligining urug‘ sarfi juda ham kam bo‘lib, gektariga 0,5-1,5 kg ni, don
hosildorligi o‘rtacha 40-60 s/ga ni, don uchun ekiladigan navlarida bundan ham yuqori bo‘ladi.
Amarant urug‘lari tuproq harorati 10–12 darajani tashkil qilganda 1–1,5 sm chuqurlikka ekiladi.
Yerni ekishga tayyorlash.
Amarant yetishtirish iqtisodiy jihatdan yaxshi samara beradi.
Bunga sabab ushbu o‘simlik iqlim va tuproq sharoitlariga o‘ta moslashuvchan, qurg‘oqchilik va
sho‘rga o‘ta chidamli, urug‘ sarfi gektariga 0,5 kg dan 1,0 kg gacha bo‘lib 50-60 s/ga don va 2000
s\ga cha ko‘k massa olish mumkin. Olingan biomassani tuproq unumdorligini oshirish uchun
tupoqqa aralashtirib shudgor qilinishi yoki qoramollar uchun yem-xashak sifatida foydalanishi
mumkin. Amarantni siderat o‘simlik sifatida ham ekib yetishtirish mumkin. Amarant poyasi
tarkibida oqsil moddasi ko‘p miqdorda saqlanganligi sababli, tuproqda oson parchalanadi va
tuproq organik moddasi miqdorini oshiradi. Ushbu o‘simlikni takroriy ekin sifatida yetishtirishni
joriy qilish sug‘oriladigan yerlardan unumli foydalanish, yerlarni doimiy o‘simliklar bilan band
qilish, FAR dan intensiv foydalanish, aholi va fermer xo‘jaliklari daromadi va bandligini oshirish,
farmasevtika va oziq-ovqat sanoati uchun mahalliy xom ashyo turlari va miqdorini oshirish,
mamlakatimiz o‘simliklar genofondini yangi, qimmatbaho dorivor, suv va energiya tejamkor
o‘simliklar turi bilan boyitish va tuproq unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot natijalari.
Oʻzbekistonda amarantning bir qancha turlari oʻrganilganda A.hybridus amarant turidan
21,3 s/ga don hosili olingan boʻlsa, bu koʻrsatkich A.edulis, A.cruentus, A.mantegazzianus
turlarida mos ravishda 15; 20; 19 s/ga boʻlishi kuzatildi. Oqsil miqdori boʻyicha eng yuqori
koʻrsatkich A.hybridus turida, eng yuqori yogʻ miqdori esa A.edulis turida qayd etildi [209; 45-
b.].
Amarant urugʻi oʻzining unuvchanligini 5-6 yildan soʻng ham yoʻqotmaydi. Eng yuqori
unuvchanlikka amarantning A.cruentus turi urugʻlari ega [248; 20-23-b., 209; 45-b., 153; 143-
144-b., 154; 110-112-b.].
186
Amarant hosili 2014 yil 17,8 t/ga yashil massa boʻlganda ildiz va angʻiz qoldiqlari 9,70
t/ga ni tashkil etdi va ular bilan tuproqqa 48,5 kg/ga azot, 21,3 kg/ga fosfor, 77,6 kg/ga kaliy, 87,3
kg/ga kalsiy tushdi [133; 27-33-b.].
Oʻsimliklarni nam bilan ta’minlanishi yaxshilanganda amarant mahsuldorligi 3,8 t/ga
ortgan. Bunda ildiz va angʻiz chiqishi 1,65 t/ga koʻpaygan. Oʻrtacha uch yilda qoladigan ildiz va
angʻiz qoldiqlari 10,49 t/ga boʻlib, u beda qoldirgan qoldiqlardan ham biroz yuqori boʻlgan (10,49
t/ga.) [157; 46-53-b.].
Shunday qilib, amarant xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega bo’lgan oziq-ovqat, yem-
xashak, dorivor ekin hisoblanadi va O’zbekiston xalq xo’jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga
ega bo’ladi. Shu bilan birga uning biologik xususiyatlari respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga
mos keladi va turli xil sharoitlarda yuqori hosil berish imkoniyatiga ega.
Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani saxro mintaqasi pasttekisliklarida joylashgan
bo‘lib, uning janubiy tomonidan “Amudaryo” daryosi oqib o‘tadi. Iliq havo kunlar soni va
davomiyligi hamda bulutsiz kunlar soni yuqori ko‘rsatkichga ega. Surxondaryo viloyati o‘zining
tabiiy iqlim ko‘rsatkichlari bo‘yicha Respublikamizning boshqa viloyatlariga qaraganda juda issiq
hudud hisoblanadi [147; 525-534 b.].
Bu mintaqaga hos bo‘lgan yana bir iqlim ko‘rsatkichlaridan biri bu vaqti vaqti bilan uchrab
turadigan va 2-3 kun davom etadigan garemsel shamoli hisoblanadi va u g‘o‘za va g‘o‘za
majmuyidagi ekinlarni unub chiqishida tuproq yuzini qatqaloq bo‘lishiga olib keladi. Garemsel
issiq shamolining davomiyligi bir yilda 35-37 kunni tashkil etadi. Bu ayniqsa haroratning
ko‘tarilib isishi iyul-avgust oylarida kuzatilib, g‘o‘zada shona va gul kabi meva elementlarini
to‘kilishiga olib keladi va ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy tadqiqot 2020-2022 yillar
mobaynida Surxondaryo viloyati Bandixon tumani “Xojimurod bobo 2018” fermer xo‘jaligi
sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlarida o‘tkazildi. Ushbu voha iqlimi keskin o‘zgaruvchan.
Tajriba o‘tkazilgan yillarda ob-havo sharoiti xaqidagi ma’lumotlar 1; 2 va 3-ilovalarda keltirilgan,
2019 yil noyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida dastlabki dala tajribasi maydonini tanlash va
shudgor oldidan organik o‘g‘it hamda fosfogips qo‘llash kabi agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishida
havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichi 13,7
о
C ni, eng yuqorit va eng past harorat mos ravishda
20,7 va 4,8
о
C ni tashkil etdi. Chigit urug‘larini ekilishi mart oyining uchinchi o‘n kunligida havo
haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichi 10,9
о
C, eng past va eng yuqori harorat tegishlicha 4,1 va 24,9
о
C
ni, tuproqning 10 sm chuqurligidagi harorati 15,0
о
C ni tashkil etganda amalga oshirildi va yerga
qadalgan urug‘lar yaxshi nishlab jadal unib chiqishiga imkon bo’ldi. Aprel va may oylaridagi havo
va tuproqning harorati g‘o‘za urug‘ining unib chiqishi va maydondagi tup soniga salbiy ta’sir
187
ko‘rsatmadi, bu vaqtda o‘rtacha havo harorati 16,7-25,4
о
C gacha, eng yuqori harorat esa 32,5-
38,7
о
C gacha va eng past harorat 4,4-10,3
о
C gacha o‘zgarib yog‘ingarchilik kuzatilmadi. Tezligi
15 m/s va undan yuqori bo‘lgan shamolli kunlar davomiyligi o‘rtacha 4-6 kunni tashkil etdi.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida broz sovuq tushib, dekabr oyining ikkinchi o‘n
kunligida o‘rtacha xarorat 2,0
o
C, dekabr-yanvar va fevral oyida eng past havo harorati -4,9
o
C; -
5,1
o
C; 4,6
o
C, mart oyida esa havo harorati biroz ko‘tarilib +16,9
o
C, aprel oyida +24,6
o
C, may
oyida +29,5
o
С ga yetdi va bu vaqtda tajribaning ikkinchi yilida ham chigitni ekib parvarishlash
uchun qulay sharoit yaratildi. Iyun, iyul, avgust oylarida havo harorati keskin ko‘tarilib, mos
ravishda +33,8
o
C; +35,5
o
C va +42,4
o
C ga etdi, iyun oyining ikkinchi o‘n kunligidan sentyabr
oyining birinchi o‘n kunligigacha eng yuqori harorat +44-39,1
o
C ni tashkil qildi.
2022 yilning boshlarida havo harorati 2020 va 2021 yilning yanvar va fevral oylaridan
keskin farq qilib havo harorati biroz iliq bo‘ldi va bu ko‘rsatkichlar yil davomida kuzatilib, keskin
isish holatidagi kunlar soni ko‘p bo‘ldi. 2022 yil mart, aprel va may oylarining uchinchi o‘n
kunligida o‘rtacha havo harorati mos ravishda 18,2
o
C; 26,4
o
C; 31,0
o
C ni, eng yuqori harorat esa
31,8
o
С; 41,6
o
C; va 44,6
o
C ni tashkil etdi. Tadqiqot olib borilgan barcha yillarning Sentyabr-
oktyabr oylari davomida havoning ochiq kelishi paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlariga ancha
qulaylik tug‘dirdi (1-2-3 - Ilovalar).
Xulosa
Surxondaryo viloyati Bandixon tumani tuproq iqlim sharoitida Amarant o`simligi o`sishi
rivojlanishi va agrotexnikasi o’rganilmoqda. Amaranth tarkibida oqsil miqdori yuqori, muhim
aminokislotalar, yog‘lar, pektinlar, rang beruvchi pigmentlar va boshqa fiziologik faol moddalar
bilan muvozanatlashgani, shuningdek, yuqori biologik mahsuldorligi tufayli xalqaro ekinga
aylanadi. Bunday qimmatli ozuqaviy fazilatlarga ega bo'lgan amaranth dunyo aholisini
oziqlantirish uchun asos bo'ladigan o'simliklar soniga qo'shilishi mumkin.
Zamonaviy dunyoda 25-30 oziq-ovqat ekinlari insoniyatni oziq-ovqat bilan ta'minlaydi,
ya'ni; bug'doy, guruch, arpa, jo'xori, soya, tariq, soya makkajo'xori va kartoshka dunyodagi protein
va kaloriya ehtiyojlarining 60% dan ko'prog'ini ta'minlashi mumkin "Das, 2017".
REFERENCES
1.
M. Amanova., U. Hurramov., B. Rustamov. "Jozibali Amarant guli" O'zbekiston qishloq
xo'jaligi vazirligi sayti
2.
WWW.OPENSCIENCE.UZ 113 | M^^WI
3.
Sh.Ergashev "Amarant — XXI asr kashfiyoti " Xalq so'zi 10.07.2017 y
188
4.
Natsionalnaya akademiya nauk. Amarant: sovremennыe perspektivы drevney kulturы .
Vashington, okrug Kolumbiya: Natsionalnaya akademiya nauk; 1984 g.
5.
O'. Ahmedov va boshqalar. "Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya".
Tafakkur bostoni nashriyoti T. - 2017 y 45 bet.
6.
Saidganiyeva Sh.T., Tufliyev N.X Amarant o'simligining biologik xususiyatlari va xalq
xo'jaligidagi axamiyati Agrar fani habarnomasi 1(85)2021 yil
7.
Safarov K.S., Magomedov I.M. O’zbekiston sharoitida amarantning biologik xususiyatlari,
agrotexnikasi va undan foydalanish-Toshkent: Uzinformagroprom, 1992.-19 b.
8.
Саратовский Л.И., Саратовский А.Л. Зерновой и кормовой амарант Монография . –
Воронеж , 2014. 255 с.
9.
Веселовский И.В., Лысенко А.К., Манко Й.П. Атлас - визначник 51. бурянив Киев:
Урожай. 1988. 10-c.
10.
Хайбуллина Л.Н., Кадырова З.З., Бреус И.П, Чернов И.А. О выборе форм азотных
удобрений при возделывании амаранта на основных типах почв ТССР. // Возделывание
и использование амаранта в СССР. -Казань: Изд. КГУ 1991-С. 177-185.
11.
10.Чернышова С.В., Косарева И.А., Сидельникова В.Н. и др. Устойчивость амаранта к
неблагоприятным факторам среды на ранних этапах развития растений // Тезисы
докладов рабочего совещания «Итоги научно-исследовательских и прикладных работ
с культурой амарант за 1987-1988 гг.» – Ленинград, 1989. – С. 135-142.
12.
Чернов И.А. Амарант. Физиолого-биохимические основы интродуксии- Казань: Изд.
КГУ 1992.-90 с.
13.
Чернов И.А., Куликов Ю.А., Галиуллина А.С. Екофизиология амаранта и перспективы
его использования в почвенно-климатических условиях северной зоны Среднего
Поволжья. // Интродуксия нетрадиционных и редких сельскохозяйственных растений:
Материалы Всероссийской научно-производст.конф.-Пенза, 1998. -С. 162-163.
14.
References
15.
M. Amanova., U. Hurramov., B. Rustamov. "Attractive Amaranth Flower" Website of the
Ministry of Agriculture of Uzbekistan
16.
Sh.Ergashev "Amaranth - the discovery of the XXI century" People's speech 10.07.2017
17.
National Academy of Sciences. Amaranth: Modern Perspectives of Ancient Culture.
Washington, DC: National Academy of Sciences; 1984 year
18.
O '. Ahmedov et al. Medicinal Plant Technology and Ecology. Tafakkur Bostoni Publishing
House T. - 2017 y 45 pages.
189
19.
Saidganiyeva Sh.T., Tufliyev NH Biological properties of amaranth plants and their
importance in the national economy Bulletin of Agrarian Science 1 (85) 2021
20.
Saidganiyeva Sh.T Republican scientific-practical online conference "The role of amaranth
in the national economy and its application" "The future of the Aral Sea region"
21.
Saidganieva, S. T. Q., & Yuldasheva, S. N. Q. (2020). Measures against the damage of the
insects of the nightshades family in the Soybean plant. Asian Journal of Multidimensional
Research (AJMR), 9 (8), 28-30.
22.
Yakubova, Z.A. (2020). THE ROLE OF SOY IN THE PEOPLE'S ECONOMY AND THE
FIGHT AGAINST ITS SUCKING PESTS. Editor-in-chief, 19.