TRAININGS TO INCREASE STUDENT MOTIVATION

Аннотация

Статья посвящена повышению мотивации студентов и рассматривает теоретические и практические основы психологического тренинга. Анализируется психологическая сущность мотивации, ее роль в образовательном процессе и мотивационные проблемы, возникающие в студенческой жизни. Рассматриваются содержание, этапы и методы мотивационного тренинга и их влияние на эффективность обучения. В статье даны психологические рекомендации по активизации внутренней мотивации студентов, укреплению уверенности в себе, формированию позитивного отношения к учебе и побуждению к действию.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Туремуратова A., Генжемуратов K., Мирзамбетов E. ., & Баймуратов S. (2025). TRAININGS TO INCREASE STUDENT MOTIVATION. Современная наука и исследования, 4(11), 293–297. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139343
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Статья посвящена повышению мотивации студентов и рассматривает теоретические и практические основы психологического тренинга. Анализируется психологическая сущность мотивации, ее роль в образовательном процессе и мотивационные проблемы, возникающие в студенческой жизни. Рассматриваются содержание, этапы и методы мотивационного тренинга и их влияние на эффективность обучения. В статье даны психологические рекомендации по активизации внутренней мотивации студентов, укреплению уверенности в себе, формированию позитивного отношения к учебе и побуждению к действию.


background image

293

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

TALABALAR MOTIVATSIYANI OSHIRUVCHI TRENINGLAR

Turemuratova Aziza Begibaevna

Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti.

Azizaturemuratova85@gmail.com

Genjemuratov Kazbek Qalimbet ul

i

Qoraqalpoq davlat universiteti Chimboy fakulteti talabasi.

Mirzambetov Ermag’anbet Bayrambay uli

Qoraqalpoq davlat universiteti Chimboy fakulteti talabasi.

Baymuratov Satlimurat Aytmurat uli

Qoraqalpoq davlat universiteti Chimboy fakulteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17566307

Annotatsiya.

Ushbu maqolada talabalarda motivatsiyani oshirishga qaratilgan bo'lib,

unda psixologik treninglarning nazariy va amaliy asoslari yoritib beriladi. Shuningdek,
motivatsiyaning psixologik mohiyati, uning o‘quv jarayonidagi roli hamda talabalik davrida
yuzaga keladigan motivatsion muammolar tahlil qilib o'tiladi. Shuningdek, motivatsion
treninglarning mazmuni, bosqichlari, metodlari va ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri
haqida fikr yuritiladi. Maqolada talabalarning ichki turtkisini faollashtirishga, o‘ziga ishonchni
mustahkamlashga va o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirish, harakatka shorlash
bo‘yicha psixologik tavsiyalar keltirib o’tiladi.

Kalit so‘zlar

: Motivatsiya, psixologik trening, A. Maslou, E. Detsi va R. Rayan, ichki

turtki, o‘quv faolligi, o‘zini anglashi, refleksiya, shaxsiy rivojlanish, o‘zini boshqarish,interaktiv
mashq.

TRAININGS TO INCREASE STUDENT MOTIVATION

Annotation.

This article is aimed at increasing motivation in students, and it covers the

theoretical and practical foundations of psychological training. It also analyzes the
psychological essence of motivation, its role in the educational process, and motivational
problems that arise during student life. It also discusses the content, stages, methods of
motivational training and their impact on educational effectiveness. The article provides
psychological recommendations for activating students' internal motivation, strengthening self-
confidence, and forming a positive attitude towards learning, encouraging action.

Keywords:

Motivation, psychological training, A. Maslow, E. Deci and R. Ryan, internal

motivation, learning activity, self-awareness, reflection, personal development, self-management,
interactive exercise.

ТРЕНИНГИ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ МОТИВАЦИИ СТУДЕНТОВ

Аннотация.

Статья посвящена повышению мотивации студентов и

рассматривает теоретические и практические основы психологического тренинга.
Анализируется психологическая сущность мотивации, ее роль в образовательном
процессе и мотивационные проблемы, возникающие в студенческой жизни.

Рассматриваются содержание, этапы и методы мотивационного тренинга и их

влияние на эффективность обучения. В статье даны психологические рекомендации по
активизации внутренней мотивации студентов, укреплению уверенности в себе,
формированию позитивного отношения к учебе и побуждению к действию.

Ключевые слова:

Мотивация, психологический тренинг, А. Маслоу, Э. Деси и Р.

Райан, внутренняя мотивация, учебная деятельность, самосознание, рефлексия,
личностное развитие, самоменеджмент, интерактивные упражнения.


background image

294

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Kirish

Zamonaviy ta’lim tizimi inson kapitalini rivojlantirish, shaxsni har tomonlama kamol

toptirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan psixologik, ijtimoiy va pedagogik
jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning muvaffaqiyatli kechishida talabalarning ichki faolligi,
o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabati, qiziqishi, harakati hamda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini
amalga oshirishga bo‘lgan ishonchi hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur omillarni
birlashtiruvchi asosiy psixologik mexanizm bu — motivatsiyadir. Inson faoliyatini maqsad sari
yo'naltiruvchi asosiy omil - bu motivatsiyadir. Motivatsiya inson faoliyatini boshqaruvchi, uni
maqsad sari yo‘naltiruvchi ichki kuch sifatida talabalik davrida ayniqsa muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunki bu davrda shaxs o‘zining hayot yo‘lini tanlaydi, kasbiy o‘zini aniqlash bosqichiga
kiradi va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantira boshlashadi.

Motivatsiya psixologiyada turli olimlar tomonidan har xil talqin etilgan. Masalan, A.

Maslou (1954) ehtiyojlar iyerarxiyasi nazariyasiga ko’ra insonning xatti-harakatlarini turli
darajadagi ehtiyojlar — fiziologik, xavfsizlik, muhabbat, hurmat kabi bosqichlar boshqarishini
ta’kidlab o’tgan. D. Makkielland esa motivatsiyani yutuqqa erishish, hokimiyat va ijtimoiy
aloqalarga ehtiyoj asosida tushuntirib bergen. Shuningdek, E. Detsi va R. Rayan tomonidan
ishlab chiqilgan o‘zini aniqlash nazariyasi esa (Self-Determination Theory) motivatsiyani ichki
va tashqi omillar orqali shakllantirishning nazariy asoslarini yoritib bergan hisoblanadi. Afsuski,
ko‘plab talabalarda o‘qish jarayonida motivatsiya asta-sekin pasayib boradi. Buning sabablari
turlicha bo’lib: o‘quv yuklamasining ortishi, darslarning bir xilligi, natijaga yetishishdagi
to’siqlar, o‘zidagi bor imkoniyatiga ishonchsizlik, ijtimoiy muhitning yetarli qo‘llab-
quvvatlamasligi, tashqi tasirlarning ko’payishi yoki shunchaki charchoq. Natijada talaba o‘z
faoliyatini “majburiyat” sifatida qabul qila boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida o‘qishga bo‘lgan
qiziqishning so‘nishiga olib keladi. Shunday sharoitda psixologik yondashuvlardan biri sifatida
motivatsion treninglar muhim o‘rin tutadi. Psixologik trening — bu shaxsning hissiy, kognitiv va
xulqiy jihatlarini rivojlantirishga, stressni kamaytirishga, psixologik muammolarni hal etishga
qaratilgan, maxsus tashkil etilgan interaktiv mashg‘ulotlar tizimidir. Trening jarayonida
ishtirokchilar o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, ijtimoiy muloqot, emotsional boshqaruv va
maqsadga yo‘naltirilganlik kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi.

Motivatsion treninglar esa aynan shaxsning ichki turtkisini uyg’otish, faollashtirish,

o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirish va o‘z-o‘zini rag‘batlantirishni o‘rgatishga qaratiladi.
Bunday treninglarning samaradorligi, avvalo, ularning amaliy va ishtirokchilik tabiatidadir.
Talabalar faqat tinglovchi bo’lib qolmay, balki faol ishtirokchi bo‘ladi: ular o‘z tajribalarini tahlil
qiladi, hayotiy misollarni muhokama qiladi, guruhda o‘z fikrini bildiradi va o’z fikrini himoya
qiladi, shuningdek, o‘zining kuchli va zaif tomonlarini anglay boshlaydi. Bu jarayon orqali ular
o‘zini tanishi, o‘z maqsadlarini aniq belgilashi, ularni amalga oshirish yo‘llarini rejalashtirish
ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, treninglar orqali talabalarda o‘ziga ishonch, ijobiy
fikrlash, muvaffaqiyatga intilish, qat’iyatlilik kabi fazilatlar shakllana boshlaydi. Motivatsion
treninglar, odatda, bir necha bosqichda tashkil etiladi. Dastlabki bosqichda ishtirokchilar o‘zaro
tanishadi, jamoada ishonch, iliqlik muhitini yaratish uchun psixologik mashqlar bajariladi.

Bu bosqichning asosiy maqsadi — ochiqlik, ishonch va samimiy muloqot muhitini

ta’minlashdir. Keyingi bosqichda o‘quv motivatsiyasi, shaxsiy maqsadlar va qadriyatlar ustida
ishlanadi. Trener turli interaktiv mashqlar orqali talabalarni o‘z ichki ehtiyojlarini anglashga
undaydi: nima uchun o‘qiyotganligi, o‘z kasbini nega tanlagani, kelajakda qanday natijalarga
erishmoqchi ekanligini aniqlaydi.


background image

295

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Shu jarayonda “hayotiy maqsadlar xaritasi”, “ideal men” obrazi, “5 yil ichidagi

orzularim” kabi mashqlar katta samara beradi. Uchinchi bosqichda esa ishtirokchilar real
to‘siqlarni tahlil qiladi: ularga nimalar xalaqit bermoqda, qanday psixologik yoki tashkiliy
muammolar mavjud ekanligi aniqlanadi. Trening yakunida ishtirokchilar o‘z harakat rejasini
tuzadi, motivatsion shiorlar va shaxsiy rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi. Psixologik nuqtayi
nazardan qaraganda, bunday treninglarning asosiy ta’sir mexanizmlari — refleksiya, emotsional
faollik, o‘zini anglash va ijobiy tajriba hosil qilishdir. Refleksiya orqali talaba o‘z fikr va his-
tuyg‘ularini tahlil qiladi, xulq-atvorini anglaydi va kelgusida uni ongli ravishda boshqarishni
o‘rganadi. Emotsional faollik esa o‘rganish jarayoniga ijobiy energiya olib kiradi, bu esa
motivatsiyani barqarorlashtiradi. Trening davomida hosil bo‘lgan ijobiy tajriba talabaning o‘zini
qadrlash hissini kuchaytira boshlaydi, bu esa ichki motivatsiyaning manbai sifatida xizmat qiladi.

Talabalarda motivatsiyani oshirishga qaratilgan psixologik treninglarda o‘yin elementlari,

rolli sahnalar, vizualizatsiya, “muvaffaqiyat tarixi” kabi metodlar keng qo‘llaniladi. Masalan,
“Mening eng katta yutug‘im” mashqini olib qaraydigan bo’lsak, bu metodta ishtirokchilar
o‘zlarining kichik bo‘lsa ham, muvaffaqiyatlarini eslaydilar va ular ustidan faxr tuyg‘usini
boshdan kechiradi. Bu esa ularda “men qila olaman” degan ichki ishonchni mustahkamlaydi.

Yoki “Hayot zinapoyasi” mashqida har bir talaba o‘zining maqsad sari yurish

bosqichlarini belgilaydi, bu esa o‘z faoliyatini ongli rejalashtirishga yordam beradi. Shu tarzda
o‘tkazilgan mashg‘ulotlar talabalarda o‘z o‘qish jarayoniga nisbatan ijobiy psixologik
munosabatni shakllantiradi. Bunday treninglarning natijadorligini o‘lchashda turli psixologik
diagnostika vositalari qo‘llaniladi. Masalan, “O‘quv motivatsiyasi so‘rovnomasi”, “Maslou
o‘zini baholash testlari” kabi usullar orqali treningdan oldin va keyin o‘zgarishlar tahlil qilinadi.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, treningdan so‘ng talabalar o‘z o‘qish faoliyatiga nisbatan

ijobiyroq qarashni, o‘zining kuchli tomonlarini qadrlashni va kelajak rejalari ustida faol ishlashni
boshlaydilar. Ayniqsa, o‘z-o‘zini motivatsiya qilish, vaqtni boshqarish va maqsad qo‘yish
ko‘nikmalari sezilarli darajada yaxshilanadi. Motivatsion treninglar, shuningdek, talabalarning
psixologik salomatligini saqlashda ham muhim ahamiyatga ega. Ular stressni yengishga, o‘z his-
tuyg‘ularini boshqarishga, o‘qishdagi muvaffaqiyatsizliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga
yordam beradi. Treninglarda yaratiladigan samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi muhit talabalarda
o‘zini xavfsiz his qilishi, ochiq muloqot qilishi va o‘zini ifoda etish imkonini beradi. Bu esa, o‘z
navbatida, ijobiy o‘quv muhiti va sog‘lom psixologik iqlimni shakllantiradi. Amaliyot shuni
ko‘rsatadiki, motivatsion treninglarni muntazam o‘tkazish ta’lim jarayonining samaradorligini
oshiradi. Chunki motivatsiya olgan talaba nafaqat darsda faol ishtirok etadi, balki mustaqil
o‘rganishga, izlanishga, yangi g‘oyalarni o‘zlashtirishga ham tayyor bo‘ladi. Shu sababli, oliy
ta’lim muassasalarida psixologik motivatsion treninglar muntazam o‘tkazilishi zarur deb
o'ylayman. Bu nafaqat o‘qish samaradorligini oshirib qolmasdan, balki talabalarning kasbiy
o‘zini anglashini, ijtimoiy faolligini va shaxsiy o‘sishini ham ta’minlaydi.

Xulosa

Talabalarda motivatsiyani oshirishga qaratilgan psixologik treninglar — bu zamonaviy

ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, shaxsning o‘zini rivojlantirish, ichki turtkini
faollashtirish va hayotiy maqsadlarni anglashda beqiyos ahamiyatga ega hisoblanadi. Treninglar
orqali talaba o‘qishni majburiyat sifatida emas, balki o‘zini kamol toptirish, ózini rivojlantirish
yo‘li sifatida qabul qiladi. U o‘z harakatlarining ma’nosini anglab, kelajakka nisbatan ijobiy
psixologik kayfiyat hosil qilishga yordam beradi.


background image

296

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Shunday qilib, motivatsion treninglar nafaqat o‘quv samaradorligini oshiradi, balki

yoshlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga, ularning irodaviy, hissiy va ma’naviy yetukligiga
xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Turemuratova A., Kurbanova R., Saidboyeva B. EDUCATIONAL TRADITIONS IN

SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY //Modern
Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 318-322.

2. Jarilkapovich M. A. Program Technology for Choosing an Effective Educational

Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational System
//CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2025. – Т. 6. – №. 02. – С.
30-33.

3. Jarilkapovich M. A. USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE MODERN

EDUCATIONAL

PROGRAM

TO

INCREASE

THE

EFFECTIVENESS

OF

EDUCATION //European International Journal of Pedagogics. – 2024. – Т. 4. – №. 06. –
С. 26-33.

4. Jarilkapovich M. A. The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills

in The Application of Pedagogical Teaching Methods //International Journal of Pedagogics.
– 2025. – Т. 5. – №. 04. – С. 266-268.

5. Turemuratova A. B. TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA

O’QUVCHIYOSHLARNING

KOLLOBORATIV

KO’NIKMALARINI

RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI //Inter education & global study. – 2025. – Т. 3. –
№. 4. – С. 242-250.

6. Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI

SHAKLLANTIRISH

JARAYONIDA

O'QUVCHILARNING

AKSIOLOGIK

DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024):
114-121.

7. Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kujamuratova Gulnaz Jumabayevna, and Iskendarova

Shayra

Sabirovna.

"PEDAGOGICAL

MECHANISMS

OF

DEVELOPING

COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON A MULTI-VECTOR
APPROACH." International Journal of Pedagogics 4.09 (2024): 55-62.

8. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "APPLYING METHODS THAT IMPROVE

STUDENTS'COLLABORATIVE

SKILLS

BASED

ON

MULTI-VECTOR

PEDAGOGICAL APPROACHES." European International Journal of Pedagogics 4.11
(2024): 178-182.

9. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna.

"PEDAGOGICAL

FOUNDATIONS

OF

DEVELOPING

STUDENTS'COLLABORATIVE

SKILLS

BASED

ON

A

MULTI-VECTOR

APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187.

10. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "THE ROLE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED

ON MULTI-VECTOR APPROACHES IN MODERN EDUCATION IN IMPROVING
STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF
PEDAGOGICS 5.11 (2024): 98-102.

11. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF

MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF


background image

297

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

STUDENTS

BASED

ON

PEDAGOGICAL

METHODS

OF

INNOVATIVE

EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157.

12. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Ayimbaeva Aynura Rustamovna.

"PEDAGOGICAL

ANALYSIS AND ESSENCE OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN IMPROVING
STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON THE EDUCATIONAL PROGRAM."
CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 88-92.

13. Turemuratova, Aziza. "TRADITIONS OF FORMING THE SPIRITUAL AND MORAL

WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN PEDAGOGY." Евразийский журнал
академических исследований 3.7 (2023): 225-229.

14. Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kushbaeva Indira Tursinbaevna, and Dawletmuratova

Raxila

Genjemuratovna.

"THE

MAIN

ESSENCE

OF

DEVELOPING

STUDENTS'COLLABORATIVE

SKILLS

BASED

ON

MULTI-VECTOR

PEDAGOGICAL

APPROACHES

IN

MODERN

EDUCATION."

CURRENT

RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.09 (2024): 43-46.

15. Turemuratova, Aziza, and Marhabo Kenjayeva. "KO’P VEKTORLI YONDASHUVLAR

ASOSIDA

TALABALARNING

KOLLOBORATIV

KO’NIKMALARINI

RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TRENING USLUBI." Modern Science and
Research 4.4 (2025): 252-261.

Библиографические ссылки

Turemuratova A., Kurbanova R., Saidboyeva B. EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 318-322.

Jarilkapovich M. A. Program Technology for Choosing an Effective Educational Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational System //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2025. – Т. 6. – №. 02. – С. 30-33.

Jarilkapovich M. A. USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE MODERN EDUCATIONAL PROGRAM TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF EDUCATION //European International Journal of Pedagogics. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 26-33.

Jarilkapovich M. A. The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills in The Application of Pedagogical Teaching Methods //International Journal of Pedagogics. – 2025. – Т. 5. – №. 04. – С. 266-268.

Turemuratova A. B. TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI //Inter education & global study. – 2025. – Т. 3. – №. 4. – С. 242-250.

Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kujamuratova Gulnaz Jumabayevna, and Iskendarova Shayra Sabirovna. "PEDAGOGICAL MECHANISMS OF DEVELOPING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." International Journal of Pedagogics 4.09 (2024): 55-62.

Begibaevna, Turemuratova Aziza. "APPLYING METHODS THAT IMPROVE STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 178-182.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna. "PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187.

Begibaevna, Turemuratova Aziza. "THE ROLE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON MULTI-VECTOR APPROACHES IN MODERN EDUCATION IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 98-102.

Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL METHODS OF INNOVATIVE EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Ayimbaeva Aynura Rustamovna. "PEDAGOGICAL ANALYSIS AND ESSENCE OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON THE EDUCATIONAL PROGRAM." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 88-92.

Turemuratova, Aziza. "TRADITIONS OF FORMING THE SPIRITUAL AND MORAL WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN PEDAGOGY." Евразийский журнал академических исследований 3.7 (2023): 225-229.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kushbaeva Indira Tursinbaevna, and Dawletmuratova Raxila Genjemuratovna. "THE MAIN ESSENCE OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES IN MODERN EDUCATION." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.09 (2024): 43-46.

Turemuratova, Aziza, and Marhabo Kenjayeva. "KO’P VEKTORLI YONDASHUVLAR ASOSIDA TALABALARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TRENING USLUBI." Modern Science and Research 4.4 (2025): 252-261.