68
AYRIM KOSMETIKA MAHSULOTLARINI IDENTIFIKATSIYA VOSITALARI VA
KO`RSATKICHLARINI ANIQLASH MAQSADIDA TADQIQ ETISH
Shukurov Shahboz Anvar o`g`li
magistr
Hamroqulov G’ofurjon Xolyigitovich
Toshkent kimyo texnologiya instituti. k.f.d., professor.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10001611
Annotatsiya.
Kosmetika mahsulotlarini ekspertiza qilish va sertifikatlash maqsadida
o‘tkaziladigan identifikatsiya katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Shu sababli kosmetika
mahsulotlarini identifikatsiyalash uchun zarur identifikatsiya mezonlarini aniqlash muhimdir.
Kosmetika mahsulotlarining o‘ziga xos turlari uchun identifikatsiya mezonlari bir-biridan farq
qiladi va bu har xil turdagi kosmetika mahsulotlarining maqsadi, tarkibi va funktsional
xususiyatlari turli hilligi bilan belgilanadi. Ma’lumki, identifikatsiya ko‘rsatkichlari soni maqbul
bo‘lishi ,ya’ni sifat ko‘rsatkichlarining butun doirasi bo‘yicha sinovlar o‘tkazilmasligi kerak,
chunki bu identifikatsiyani murakkablashtiradi, shuning uchun ular oqilona tanlangan va ekspert
xulosasi uchun yetarli ma’lumotlarni yetkazib beradigan darajada bo‘lishi kerak.
Kalit so’zlar:
kosmetika mahsulorlari, identifikatsiyalash, identifikatsiya mezonlari,
identifikatsiya usullari, identifikatsiya ko‘rsatkichi, sertifikatlash, markirovka.
ИССЛЕДОВАНИЯ С ЦЕЛЬЮ ОПРЕДЕЛЕНИЯ СРЕДСТВ
ИДЕНТИФИКАЦИИ И ПОКАЗАТЕЛЕЙ ОТДЕЛЬНЫХ КОСМЕТИЧЕСКИХ
ПРОДУКТОВ
Аннотация.
Идентификация, проводимая в целях экспертизы и сертификации
косметической продукции, имеет большое практическое значение, поэтому важно
определить критерии идентификации, необходимые для идентификации косметической
продукции. Критерии идентификации для специфических видов косметической продукции
отличаются друг от друга, что определяется разнообразием целей, состава и
функциональных особенностей косметической продукции различных видов. Как известно,
количество показателей идентификации должно быть приемлемым, то есть не должны
проводиться испытания по целому кругу показателей качества, что усложняет
идентификацию, поэтому они должны быть разумно выбраны и на уровне, позволяющем
предоставить достаточную информацию для экспертного заключения.
Ключевые слова:
косметические продукты, идентификационные критерии,
методы идентификации, показатели идентификации,сертификация, маркировка.
69
RESEARCH FOR THE PURPOSE OF DETERMINING THE IDENTIFICATION
MEANS AND INDICATORS OF CERTAIN COSMETIC PRODUCTS
Abstract.
Identification carried out for the purpose of examination and certification of
cosmetic products is of great practical importance, so it is important to determine the
identification criteria necessary for the identification of cosmetic products. Identification criteria
for specific types of cosmetic products differ from each other, which is determined by the variety
of goals, composition and functional features of cosmetic products of various types. As you know,
the number of identification indicators should be acceptable, that is, tests should not be carried
out on a whole range of quality indicators, which complicates identification, so they should be
reasonably selected and at a level that allows sufficient information to be provided for an expert
opinion.
Keywords:
cosmetic products, identification criteria, identification methods, identification
index, certification, labeling.
Mavzuning dolzarbligi:
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, maqsadga qarab mezon va
ko‘rsatkichlar soni, shuningdek qo‘llaniladigan vositalar va usullar har xil bo‘ladi. Bu
identifikatsiya paytida amalga oshirilgan ishlar hajmini aniqlaydi. Ishning tahlili va amaliy
natijalarini hisobga olgan holda, biz kelajakda boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan,
ikki turdagi faoliyatni identifikatsiyalash tartibini ishlab chiqishni maqsadga muvofiq, deb
hisoblaymiz. Bular ekspertiza va sertifikatlashdir.
Identifikatsiyani amalga oshirishda mahsulot turiga qarab va maqsadga ko‘ra dastlab
identifikatsiya mezonlari aniqlanadi. Keyin tanlangan mezonlarni aniqlash uchun ishlatilishi
mumkin bo‘lgan vositalar aniqlanadi. [1] Vositalarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: me’yoriy
(texnik) va yuk hujjatlari (YuH). Identifikatsiya qilish uchun mos ko‘rsatkichlar me’yorlarini va
ularni aniqlash usullarini belgilaydigan normativ yoki texnik hujjatlarga muhim ahamiyat beriladi.
Identifikatsiya qilish uchun biz beshta usul guruhini aniqladik: analitik, ekspert, organoleptik,
o‘lchash va ekspress usullar, ularning qo‘llanilishi tanlangan mezonlarga muvofiq belgilanadi [2].
Identifikatsiyaning har bir turi tegishli mezonlar bilan tavsiflanadi. Mezonlar orasida
deyarli har doim identifikatsiya amalga oshirilishida inobatga olinadigan umumiy mezonlarni
ajratish mumkin, masalan, mahsulot turi, nomi, ishlab chiqaruvchisi, YuHga muvofiqligi. Bundan
tashqari, faqat ma’lum bir identifikatsiya turi uchun ishlatiladigan aniq mezonlar mavjud.
Eng muhim identifikatsiya mezoni kosmetika mahsulotining nomi [3, 4]. Nomiga (turiga)
qarab mahsulotning me’yoriy hujjati, maqsadi, qo‘llash usuli va saqlash shartlari aniqlanadi.
70
Kosmetika mahsulotlarining nomenklaturasi juda xilma-xildir, yangi turlari doimiy ravishda
paydo bo‘ladi, shuning uchun hozirda barcha turdagi mahsulotlar uchun standartlar mavjud emas.
Bundan tashqari, kosmetika mahsulotlari murakkab va ko‘p komponentli tarkibga ega, shu sababli
ba’zida mahsulotni u yoki bu turga bog‘lash qiyin bo’ladi.
Nomi va asosiy funktsional xususiyatlarga muvofiqligini aniqlash mahsulotning
xususiyatlarini organoleptik o‘rganishdan boshlanadi: rang, hid, ushbu maqsaddagi mahsulotning
xarakteristikasi. Ba’zida mahsulot nomini to‘g‘ri aniqlash uchun faqat organoleptik xususiyatlar
yetarli emas. Misol uchun, shampunlarni vannalar uchun ko‘pikdan yoki konditsionerlardan
ajratish ko‘pincha qiyin. Shuning uchun ushbu nomlarni yanada aniqlashtirishda mahsulotlarning
belgilangan nomga muvofiqligini yanada ishonchli tasdiqlash yoki rad yetish imkonini beruvchi
laboratoriya (o‘lchash) tahlil usullari qo‘llaniladi. Shunday qilib, shampunlarni, vanna ko‘piklarini
va konditsionerlardan farqlash uchun kerak bo‘lganda uchta ko‘rsatkichni tanlash mumkin: pH,
sirt faol moddalar tarkibi va ko‘piklanish qobiliyati.
Firmalar o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshqa ishlab chiqaruvchilarga ishonib
topshirishlari mumkin, bu qabul qilingan amaliyot ham identifikatsiyani qiyinlashtiradi.
Mahsulotlar uchun mas’ul bo‘lgan va ishlab chiqaruvchi ro‘yxatiga kiritilgan kompaniya mahsulot
uchun javobgar hisoblanadi, garchi konteynerlar va hatto tovarlarning o‘zini ishlab chiqarish uning
nomidan boshqa korxonalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lsa ham.
Tovarlarni identifikatsiyalashning 3 ta bosqichi mavjud:
1. Dastlabki identifikatsiya- bunda mahsulot hujjatlari o‘rganiladi, tahlil qilinadi, qadoqlari
tekshiriladi, muvofiq va nomuvofiq xususiyatlari ajratilib, organoleptik va fizik-kimyoviy
ko‘rsatkichlari baholanadi.
2. Yakuniy identifikatsiya- bunda sinov ma’lumotlari tahlil qilinadi va xulosa uchun to‘liq
tahlil ishlari amalga oshiriladi.
3. Muvofiqlik to‘g‘risida xulosa tuzish.
Identifikatsiyaning birinchi turi mahsulotlarni nomi va uning asosiy funktsional
xususiyatlari meyoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Mahalliy
mahsulotlarning yorlig‘ida ushbu mahsulot ishlab chiqariladigan GOST yoki boshqa standart
ko‘rsatiladi.
Mahsulotning muvofiqlik sertifikati, yo‘l varaqasi yoki schyot-faktura, invoys, shartnoma
yoki kontrakt kabi yuk hujjatlariga muvofiqligini aniqlash ekspertiza, nazorat operatsiyalari va
sertifikatlashtirish paytida, shuningdek savdo tashkilotlari tomonidan tovarlarni sotib olayotganda
amalga oshiriladi.
71
Sifat identifikatsiyasini amalga oshirishda markirovkaning to‘liqligi GOST talablariga
muvofiqligi baholanadi. Kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalashning o‘ziga xos xususiyati
yorliqda ko‘rsatilgan tarkibga muvofiqligini aniqlashdir. Ushbu mezon faqat kosmetika
mahsulotlarini sertifikatlash maqsadida qo‘llaniladi. Yuqori sifatli va xavfsiz parfyumeriya va
kosmetika mahsulotini yaratishning eng muhim sharti uning tarkibini (formulasini) ishlab
chiqishdir. Normativ hujjatlarda, GOSTda, qoida tariqasida, asosiy moddalarning tarkibi
normallashtiriladi. Masalan, suv, spirt, sirt faol moddalar va boshqalarning massa ulushi.
Kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalashda retsept tarkibi tahlil qilinadi, bu ishlab
chiqaruvchi tomonidan kompozitsiyadagi ingredientlar miqdorini ko‘rsatmasdan taqdim etiladi,
ma’lum chegaralarda ruxsat etilganlar bundan mustasno. Ingredientlar ro‘yxati lotin alifbosidagi
harflar yordamida kosmetik ingredientlarning xalqaro nomenklaturasiga muvofiq belgilanishi
mumkin. Retsept tarkibi kosmetika mahsulotining barcha iste’mol xususiyatlarini va ularning
samaradorligini shakllantiradi. Masalan, ilgari shampunlarda qazg‘oqqa qarshi komponent sifatida
ishlatilgan qayin smolasi kabi komponentdan foydalanish hozirgi kunda taqiqlangan. Biroq, hozir
ham bozorda qayin smolasini o‘z ichiga olgan shampunlar mavjud. Xuddi shu narsa kosmetika
mahsulotlaridagi konservantlarga ham tegishli. Konservantlarning asosiy qismini mahsulotlarida
cheklangan miqdorda ishlatishga ruxsat beriladi.
Ishlab chiqarilgan sana kabi mezon partiya va sifatni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Ishlab chiqarilgan kundan boshlab kosmetika mahsulotining yaroqlilik muddati hisoblanadi, bu
ularning ishlab chiqarishning texnologik imkoniyatlari, formulasi asosida aniqlanadi va uni ishlab
chiqaruvchining o‘zi belgilaydi. Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng, mahsulot sifatli deb
hisoblanmaydi va utilizatsiya qilinadi. Ko‘pincha, ishlab chiqarilgan sana partiyani
identifikatsiyalash mezoni sifatida, amal qilish muddati esa sifatni identifikatsiyalashda ishlatiladi.
Mahalliy kosmetika mahsulotini markirovkalashda odatda ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik
muddatini ko‘rsatiladi. Import qilingan mahsulotlarda ko‘pincha yaroqlilik muddati ko‘rsatiladi.
Mahsulotning hajmi va massasi partiyaviy va miqdoriy identifikatsiyani tavsiflovchi
mezondir. Kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunasining xususiyatlariga, qadoqlanishi,
konsistentsiyasi, maqsadiga qarab, markalash va qadoqlash vaqtida iste’molchi qadog‘idagi
nominal tarkibining sof og‘irligini yoki hajmini ko‘rsatadi. Misol uchun, agar to‘ldirish uskunasi
tortish dispenserlari bilan jihozlangan bo‘lsa, unda ishlab chiqaruvchi paketdagi kosmetika
mahsuloti massasini ko‘rsatadi va agar volumetrik dispenserlar o‘rnatilgan bo‘lsa, unda, albatta,
hajmni ko‘rsatadi.
72
Meyoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash faqat sifatni identifikatsiya qilish va
sertifikatlashtirish ishlari davomida amalga oshiriladi. Tegishli standart bilan meyorlashtirilgan
barcha ko‘rsatkichlarni tekshirib, MH talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligini baholash
mumkin.
O‘tkazilgan tadqiqotlar va ularning tahlili kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalashda
qo‘llaniladigan asosiy mezonlarga ko‘ra vositalar, ko‘rsatkichlar va usullarni aniqlash imkonini
berdi [5, 6].
1- Jadval.
Kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalashda identifikatsiya mezonlari, vositalari,
ko‘rsatkichlari va usullarining xususiyatlari
№
Mezonning nomi
Identifikatsiya
vositasi
Identifikatsiya
ko‘rsatkichi
Identifikatsiya
usuli
1
Maxsulot turi
Markirovka, yuk
hujjati, Meyoriy
hujjat, mahsulot
Tashqi ko‘rinish, rang,
hid, pH, faol
moddaning massa
ulush, suvning
vauchuvchan
moddalarningmassa
ulushi
Аnalitik,
ekspert,
organoleptik,
ekspress usul,
o‘lchash
2
Mahsulot nomi
Markirovka, yuk
hujjati, etalon
namuna, mahsulot
Tashqi ko‘rinish, rang,
hid
Аnalitik,
ekspert,
organoleptik
3
Ishlab chiqaruvchi
Markirovka, yuk
hujjati, kelib
chiqish sertifikati,
mahsulot, qadoq
Tashqi ko‘rinish, rang,
hid
Аnalitik,
ekspert,
organoleptik
4
Yuk hujjatlarga
muvofiqligi
Markirovka, yuk
hujjati, mahsulot
nomenklaturasi
Аnalitik
5
Markirovkaning
to‘liqligi
Markirovka,
Meyoriy hujjat
Аnalitik
73
6
Qo‘llanilishi
Markirovka,
ko‘llanish
yo‘riqnomasi,
mahsulot
Tashqi ko‘rinish, rang,
hid, pH,
faol moddaning massa
ulush, suvning va
uchuvchan
moddalarningmassa
ulush
Аnalitik,
ekspert,
organoleptik,
ekspress usul,
o‘lchash
7
Yosh va jinsga
moslashtirilganlik
Markirovka, yuk
hujjati, mahsulot
Tashqi ko‘rinish, rang,
hid, pH
Аnalitik,
ekspert,
organoleptik
8
Tarkib
Markirovka,
retseptura, meyoriy
hujjat
Tashqi ko‘rinishi, faol
moddaning massa
ulush, quruq moddalar
tarkibi va boshqalar
Аnalitik,
organoleptik,
ekspress usul,
o‘lchash
9
Ishlab chiqarilgan
sana
Markirovka, yuk
hujjati, ishlab
chiqaruvchining
axboroti
Аnalitik, ekspert
10
Hajmi, massasi
Markirovka, yuk
hujjati, mahsulot
Аnalitik, ekspert
11
Tasniflarni
guruhlash
Mahsulot, TIF TN
va KUK
klassifikatorlari
Tashqi ko‘rinishi, faol
moddaning massa
ulushi
Аnalitik,
organoleptik,
ekspress usul,
o‘lchash
12
Meyoriy hujjat
dastur doirasi
Markirovka,
standartlar indeksi,
MH
Tashqi ko‘rinishi, faol
moddaning massa
ulushi
Аnalitik,
organoleptik,
ekspress usul,
o‘lchash
13
MH talablariga
muvofiqligi
MH, mahsulot,
sinov hisoboti
Tashqi ko‘rinishi, faol
moddaning massa
ulushi
Аnalitik,
organoleptik,
74
ekspress usul,
o‘lchash
14
Ishlab chiqaruvchi
kodi
Markirovka, kod
Shifratori
Аnalitik
15
Tovar belgisi
Markirovka,
namuna etalon,
tavsif
Аnalitik
16
Qadoqning
muvofiqligi
Qadoq, yuk hujjati,
MH
Аnalitik, ekspert
Xulosa.
Shunday qilib, tahlil natijalariga ko‘ra, identifikatsiyalashnig eng muhim
mezonlari aniqlandi hamda ularga mos keladigan vositalar, ko‘rsatkichlar va usullar belgilandi.
Kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalashning bunday mezonlariga quyidagilar kiradi: nomi,
maqsadi, tarkibi, jins va yoshga yo‘naltirish, tasniflarni guruhlash, MH talablariga muvofiqligi,
turi, ishlab chiqaruvchi. 16 mezondan 8 tasi eng muhimlari ekanligi belgilab olindi.
Sertifikatlash maqsadida organoleptik va ekspert usullari bilan belgilanadigan
ko‘rsatkichlar tanlanadi. Bu sertifikatlash uchun ariza beruvchilarning xarajatlarini oshirmaslik
uchun sertifikatlash qoidalari bilan ta’minlanadi. Boshqa maqsadlar uchun, xususan, nazorat
faoliyati uchun ko‘rsatkichlar identifikatsiya ko‘rsatkichlari sifatida tanlanishi mumkin, ularni
aniqlash qo‘shimcha ravishda ekspress va o‘lchash usullari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Fizik-kimyoviy identifikatsiya ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun, masalan, massasi, asosiy
moddaning massa ulushi va boshqalar, muhrlangan mahsulot namunalari akkreditatsiyalangan
laboratoriyaga yuboriladi. Ko‘rsatkichlarni aniqlash natijalari sinov hisoboti shaklida tuziladi.
Dastlabki
identifikatsiya
va
laboratoriya
tekshiruvlari
natijalariga
ko‘ra
identifikatsiyalashning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi, bu "yakuniy identifikatsiya", deb nomlanadi.
Tovarlarning individual xususiyatlarini tasdiqlash dastlabki va yakuniy identifikatsiya qilish
bosqichida ham amalga oshirilishi mumkin, masalan, tovarlarning nomi (turi) va tegishli MH.
Ma’lumotlarni tahlil qilish identifikatsiya mezonlari va ko‘rsatkichlarining muvofiqligi yoki
nomuvofiqligini aniqlaydi.
"Hujjatlashtirish", deb nomlangan uchinchi bosqichda hujjatlar shakllari to‘ldiriladi.
Ushbu bosqichda ekspertiza davomida identifikatsiya natijalari asosida xulosa tuziladi.
Shunday qilib, tadqiqotlarimiz natijasida biz identifikatsiya mezonlarini va ularning
kosmetika mahsulotlari uchun ahamiyatini aniqladik. Identifikatsiya qilish maqsadlari va turlariga
75
qarab mezonlarning qo‘llanilishi belgilanadi. O‘tkazilgan tadqiqotlar mezonlarni tavsiflash va
belgilangan mezonlarning har biri uchun identifikatsiyalash vositalari, ko‘rsatkichlari va usullarini
aniqlash imkonini berdi. Parfyumeriya va kosmetika mahsulotlarini soxtalashtirish shubhasi bilan
mahsulotni identifikatsiyalash nafaqat maxsus kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizik usullarni, balki
qalbakilashtirish va identifikatsiyani aniqlashning yangi samarali usullarini ham qo‘llashni talab
qiladi.
Parfyumeriya
mahsulotlarini
identifikatsiyalashdagi
salbiy
natija
ularning
qalbakilashtirilganligidan dalolat beradi.
REFERENCES
1.
Odomosu P.O., Ekwe T.O.Identification and spectroscophometric determination of
hydoquinone levels in some cosmetic creams//African journal of Pharmacy and
pharmacology Vol 4(5), 2010. –P.231-234.
2.
Жиряева Е.В. Товароведение и экспертиза в таможенном деле (продоволственные
товары): учебное пособие / Е.В. Жиряева, Т. Хайландт. СПб.: 2006. 288 с.
3.
Л.Б.Зиёдова, М.Ғ.Хамракулов, Ғ.Х.Хамракулов. Проблемы возникающие при
таможенной экспертизы парфюмерно-косметической продукции// Наука и
образование: проблемы и перспективы. Международная научно-практическая
конференция. 30 октября 2020года, г.Прага Чехия.
4.
Л.Б.Зиёдова, ХамракуловГ.Х., ЖурабаевА., Арипджанов М. Косметика воситаларини
сохталаштиришнинг баъзи усулларини тадқиқ этиш // Ёш олимлар, магистратура ва
бакалавриат талабаларининг анъанавий XXXI «Умидли кимёгарлар-2022» илмий-
техникавий анжуманини маъруза матнлари, 286-288 б.
5.
Л.Б.Зиёдова,
М.Ғ.Хамракулов,
Ғ.Х.Хамракулов.Косметика
ва
парфюмерия
маҳсулотларини идентификациялаш ва Ўзбекистон Республикаси ташқи иқтисодий
фаолият товарлар номенклатурасига асосан таснифлаш.//«Товарлар кимёси ҳамда
халқ табобати муаммолари ва истиқболлари» Мавзусидаги IX халқаро илмий-амалий
конференция материаллари (Андижон, 2022, 15-16 сентябр).442-б.
6.
Паршикова В.Н. Товароведение парфюмерно-косметических товаров. Учебное
пособие [Электронный ресурс]. Красноярск. —2013. —С. 159