ФОРМА И МЕТОДЫ ПОДГОТОВКИ ОБУЧАЮЩИХСЯ К СЕМЬЕ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ

Аннотация

В современную эпоху, когда вопросы семьи и брака являются одной из важнейших проблем, особую актуальность приобретает подготовка молодежи к семейной жизни на основе национальных ценностей. Данная дипломная работа дает некоторую информацию о важности привития семейных ценностей в сознании студентов и воспитания их в духе любви и привязанности к семье.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

В современную эпоху, когда вопросы семьи и брака являются одной из важнейших проблем, особую актуальность приобретает подготовка молодежи к семейной жизни на основе национальных ценностей. Данная дипломная работа дает некоторую информацию о важности привития семейных ценностей в сознании студентов и воспитания их в духе любви и привязанности к семье.


background image


11

TALABALARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA OILAGA

TAYYORLASHNING SHAKL VA METODLARI

Islomova Nilufar Baxtiyor qizi

Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10623850

Annotatsiya. Oila, nikoh masalalari eng muhim muammolardan bo‘lib turgan hozirgi

davrda yoshlarni milliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash ham alohida dolzarblik

kasb etmoqda. Ushbu tezis talabalar ongigga oilaviy qadriyatlarni singdirish va ularni oilaga

mehr va muhabbat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida bir qancha ma’lumotlar keltirib

o‘tilgan.

Kalit so`zlar: Oila, nikoh, talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oila va nikoh

masalalarida axloqiy me'yorlar.

FORM AND METHODS OF PREPARING STUDENTS FOR THE FAMILY ON

THE BASIS OF NATIONAL VALUES

Abstract. At the present time, when family and marriage issues are among the most

important problems, preparing young people for family life on the basis of national values is of

particular importance. This thesis provides some information about the importance of instilling

family values into the minds of students and educating them in the spirit of love and affection for

the family.

Key words: Family, marriage, preparing students for family life, moral standards in family

and marriage issues.

ФОРМА И МЕТОДЫ ПОДГОТОВКИ ОБУЧАЮЩИХСЯ К СЕМЬЕ НА

ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ

Аннотация. В современную эпоху, когда вопросы семьи и брака являются одной из

важнейших проблем, особую актуальность приобретает подготовка молодежи к

семейной жизни на основе национальных ценностей. Данная дипломная работа дает

некоторую информацию о важности привития семейных ценностей в сознании студентов

и воспитания их в духе любви и привязанности к семье.

Ключевые слова: Семья, брак, подготовка студентов к семейной жизни, моральные

нормы в вопросах семьи и брака.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash mazmuni, shakl va metodlarini belgilashda

jamiyatning shaxsni shakllantirish va rivojlantirishga qo‘yiladigan talablari asos qilib olindi. Oila


background image


12

tarbiyasiga doir kitoblarga tayangan holda talaba-yoshlarni unga tayyorlashda quyidagi muhim

omillarni hisobga olish nazarda tutilgan:

1. Ijtimoiy omil. Talaba-yoshlarga mustaqillik sharoitida O‘zbekistonda oila-nikoh

munosabatlarini tashkil etishning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi, demografiya

masalalarining mohiyati va oilada sog‘lom turmush tarzi, uning ijtimoiy institut sifatidagi

ahamiyati, oilada er-xotinning o‘rni, oila qadriyatlari haqida ma'lumot beriladi.

2. Ma'naviy-axloqiy omil. Bunda er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar: oilada ota-onaga va

boshqa katta yoshdagilarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik; bolalar tarbiyasiga qo‘yiladigan

talablar; mas'uliyatni his etish; sadoqat, to‘g‘rilik, insoniylik, bosiqlik, adolatlilik, samimiylik,

kechirimlilik va boshqalar; oila nikohning axloqiy asoslarini saqlash; sevgi-muhabbatga oilaning

axloqiy negizi sifatida qarash; oila, er-xotin va bolalar o‘rtasidagi burchni his etish; botiniy his

tuyg‘ular madaniyati; er va xotin, ota-ona to‘g‘risida ideal tasavvurlarni tarbiyalash nazarda

tutiladi.

3. Huquqiy omil. Talaba-yoshlarga oila va nikoh to‘g‘risidagi qonun asoslari; oila

huquqlarining eng muhim me'yorlari; er va xotinning o‘zaro hamda bolalarga, jamiyatga bo‘lgan

munosabati va burchlari tanishtiriladi.

4. Psixologik omil. Insonning shaxs sifatida rivojlanishi, yoshlarga bo‘lgan munosabatlar,

oilaviy hayotga nikohning psixologik asoslari; o‘zgalar bilan munosabatda ularning

psixologiyasini tushuna olish; er-xotinlik va oilaviy hayotda eng zarur tuyg‘ularni rivojlantirish,

muomala, muloqot madaniyatini egallab olishga doir ko‘nikmalar hosil qilinadi.

5. Jismoniy-gigienik omil. Bunda erkaklar va ayollar fiziologik xususiyatlari, jismoniy

bilimga ega bo‘lish; shaxsiy gigiena, jinsiy munosabatlar masalalariga doir ma'lumotlar beriladi.

6. Pedagogik omil. Bola tarbiyasida oilaning ahamiyati haqidagi tasavvurlarni

shakllantirish, uning pedagogik imkoniyatlari; oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ota va

onaning tarbiyaviy vazifasi, ularning pedagogik madaniyatini oshirish yo‘llari, shuningdek,

yoshlarni bolalar tarbiyasi va o‘z-o‘zini tarbiyalash bo‘yicha bilimlar bilan qurollantirishga e'tibor

beriladi.

7. Estetik omil. Oilaviy hayotga munosabatni estetik qadriyatlar sifatida shakllantirishga

harakat qilinadi.

8. Xo‘jalik-iqtisodiy omil. Oila byudjeti, turmush madaniyati, uy xo‘jaligini yuritish

malakalarini hosil qilishga doir bilimlar beriladi.

Talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash konsepsiyasi mazmuni quyidagi qamrab olishi

kerak:


background image


13

-oila – muhim ijtimoiy institut, davlat tayanchi. U mafkuraviy tarbiyaning muhim ijtimoiy

omillardan ekanligi, jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, uning farovonligi va ahilligini

ta'minlash.

Oila tushunchasi va uning mohiyati, oilaning maqsad va vazifalari, o‘zbek oilalarining

o‘ziga xos xususiyatlari, oiladagi o‘zaro munosabatlarning oila mustahkamligiga ta'sirini

ko‘rsatish nazarda tutiladi.

Ota-ona va farzandlik burchi, ota-onaning oila tayanchi ekanligi, ularning oila-bobolar,

buvilar, farzandlar bilan munosabati.

-Otaning oilani moddiy jihatdan ta'minlashi, ota va onaning oilada farzandlar oldidagi

burchi yoritib beriladi.

-Oilada farzand burchi, ota va ona haqi, islom ta'limotida farzandlarning burchi va

mas'uliyati haqida bilim beriladi.

-Axloqiylik – ma'naviyat mezoni ekanligi, yoshlarning axloqiy xislatlari: yigitlardagi

mardlik, botirlik, jasurlik, tantilik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, vatanga sadoqat, mehr-shavqat,

do‘stlik, o‘rtoqlik va boshqa xislatlilik; qizlardagi xushxulqlik, hayo va ibo, nazokatlilik, mehr-

muhabbat, sadoqat va vafodorlik, latofatlilik, zukkolik va boshqalar.

-Yoshlarning xulq-odob qoidalariga rioya etishlari, muomala munosabatda axloqiy

me'yorlarini anglab olishlariga e'tibor beriladi.

-Oila va nikoh masalalarida axloqiy me'yorlari, oila a'zolarining o‘zaro muloqoti va bunda

jamoat joylarida muloqoti va bunda jamoat joylarida muloqot madaniyatiga rioya etish.

-Oila va oila a'zolarining sirini saqlash; muloqot madaniyati va oilaviy munosabatlar; sir

saqlash talablarining milliy qadriyatlarda ifodalashi va bularni tarkib toptirish shakl va metodlari

yoritib beriladi.

Talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda, ayniqsa, munozoralar katta ahamiyatga

ega. Munozaralarda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan muammolar haqida ijodiy, mustaqil, erkin fikr

yuritadalar, oila va nikoh masalasida fikr almashadilar, xalqimizning tarbiya tajribalari, oilalarning

tarbiyaviy qadriyatlardan o‘z chiqishlarida foydalanadilar. Talabalar o‘z qarashlari va e'tiqodlarini

asoslash, boshqalarning fikrini tanqidiy baholash, do‘stlarning qarashlarini tahlil etishga

o‘rganadilar.

Mashg‘ulotlarda va auditoriyadan tashqari tadbirlarda ta'lim metodlari bilan birga

tarbiyaning ishontirish metodi (ongning shakllanishi), faoliyatni tashkil etish (tajriba hosil qilish),

talabalar xulqini rag‘batlantirish va boshqalardan ham foydalaniladi. Bunda haqiqiy hayotdan


background image


14

olingan ideallar, namunalarga tayaniladi. Zero, mazkur ideallar va namunalar asosida olib borilgan

mashg‘ulotlar talabalar ongida tasavvurlar hosil qilishga yordam beradi.

Talabalar faoliyati pedagogik muammoli vaziyatlar yaratishda samarali natijalar beradi.

Oilaviy tarbiyaga doir muammoli vaziyatlarni yechish suhbatlar, rolli o‘yinlar asosida

tashkil etilganligi muvaffaqiyatli bo‘ladi. Muammoli vaziyatlarda rag‘batlantirish va kelajak

yo‘lini ko‘rsatish oila a'zolarining o‘zaro munosabatlarida, guruhda talabalarning bir-biriga

do‘stona munosabatlarida namoyon bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, yuqorida biz keltirgan barcha metodlardan unumli foydalanish

o‘qituvchining mazkur fandan har tomonlama bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishini talab

etadi. Buning uchun o‘qituvchi pediatr-shifokor, ginekolog, venerolog, psixolog, sotsiolog,

huquqshunos, demograf, faylasuflar, nikoh uyi xodimlari bilan mustahkam aloqa bog‘lashi zarur.

Bundan tashqari, modalar uyi, muzeylar, teatr,konsert dasturini ishlab chiqish zarur. Biz

talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda milliy qadriyatlardan foydalanib, hozirgi davrdagi

oila maqomini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti ta'kidlagan dolzarb

masalalarni asos qilib oldik. Har bir insonga vatan tuyg‘usi ana shu oiladagi ona suti bilan kirib,

keyinchalik undagi an'analar, ota-onaning kasb-kori, mehr-muruvvati, tarbiyasi bilan shakllana

boradi.

REFERENCES

1.

Xasanboeva O. «Oilada ma'naviy-axloqiy tarbiya» T., 1998y.

2.

Munavvarov A. «Oila pedagogikasi» T., «O‘qituvchi» 1994 y

3.

Xasanboeva O. va boshqalar. “Oila pedagogikasi”. –T.: Aloqachi, 2007.

Библиографические ссылки

Xasanboeva O. «Oilada ma'naviy-axloqiy tarbiya» T., 1998y.

Munavvarov A. «Oila pedagogikasi» T., «O‘qituvchi» 1994 y

Xasanboeva O. va boshqalar. “Oila pedagogikasi”. –T.: Aloqachi, 2007.