Mualliflar

  • Arman Sipatdinov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.60790

Annotasiya

Ushbu ilimiy maqolada o’smirlik davridagi yoshlarning kasb tanlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar va ularni samarali bartaraf etish, shuningdek, kasb tanlashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o’smirlarga ko’rsatilishi mumkin bo’lgan psixologik usullar, texnikalar va yordam turlari va ularning qay darajada ahamiyatli ekanliklari haqida so’z yuritiladi.

background image

76

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

O'SMIRLARNING KASB TANLASH JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN

PSIXOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARGA YECHIMLAR

Sipatdinov Arman Sharafatdinovich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining

Amaliy psixologiya ta’lim yo’nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14610206

Annotatsiya.

Ushbu ilimiy maqolada o’smirlik davridagi yoshlarning kasb tanlash

jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar va ularni samarali bartaraf etish,

shuningdek, kasb tanlashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o’smirlarga ko’rsatilishi mumkin

bo’lgan psixologik usullar, texnikalar va yordam turlari va ularning qay darajada ahamiyatli

ekanliklari haqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar.

O’smirlik davri, kasb tanlash, psixologik yordam, ijtimoiy ta’sir, psixologik

ta’sir, qobiliyat, tajriba, ko’nikma, mahorat.

PSYCHOLOGICAL PROBLEMS THAT ARRIVE IN THE PROCESS OF CHOOSING A

TEENAGE AND THEIR SOLUTIONS

Abstract.

In this scientific article, the problems that may arise in the process of choosing

a profession of adolescents and their effective elimination, as well as the psychological methods,

techniques and types of support that can be shown to adolescents who are facing difficulties in

choosing a profession, and their how important they are.

Key words.

Adolescence, career choice, psychological support, social influence,

psychological influence, ability, experience, skill, mastery.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ, ВОЗНИКАЮЩИЕ В ПРОЦЕССЕ ВЫБОРА

ПОДРОСТКА, И ИХ РЕШЕНИЯ

Аннотация.

В данной научной статье рассмотрены проблемы, которые могут

возникнуть в процессе выбора профессии подростками и их эффективное устранение, а

также психологические методы, приемы и виды поддержки, которые можно оказать

подросткам, столкнувшимся с трудностями при выборе профессии. и насколько они

важны.

Ключевые слова.

Подростковый возраст, выбор профессии, психологическая

поддержка, социальное влияние, психологическое влияние, способности, опыт, умение,

мастерство.

O'smirlik davri psixologik jihatdan juda murakkab va o'ziga xos davrdir. Bu davrda yoshlar

nafaqat jismoniy jihatdan o'sib boradilar, balki ruhiy va emotsional jihatdan ham katta

o'zgarishlarni boshdan kechiradilar.


background image

77

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Psixologik talqinga ko'ra, o'smirlik davri – bu shaxsiyatning shakllanishi, kimligini izlash

va jamiyat bilan o'zaro munosabatlarning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan muhim bosqichdir.

Ushbu davrda yoshlar o'zlarining ichki dunyosi va tashqi olam bilan bo'lgan aloqalarini

yanada chuqurroq tushunishga intilishadi. Shu bilan birga yana bir asosiy masalalardan biri, ya’ni

kasb tanlashda ham dastlabki muhim o’zgarishlar va qarorlar qabul qilinadi. O'smirlarning kasb

tanlashi – bu hayotiy qarorlardan biri bo'lib, ularning shaxsiy o'sishiga, qiziqishlariga, talantlariga

va ijtimoiy sharoitlarga asoslanadi. Kasb tanlash jarayoni o'smirlar uchun juda murakkab va

psixologik jihatdan muhim bo'lib, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli hayotiga va baxtli

bo'lishlariga ta'sir qiladi. O'smirlar bu davrda o'zlarining qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlashga

intilishadi, ammo ular ko'pincha o'zlarining orzulari va jamiyatning kutishlari o'rtasida

muvozanatni topishga harakat qilishadi.

O’smirlar ko’pincha kasb tanlashda qiziqish va qobiliyatlar, oilaviy ta’sir, moliyaviy

manfaatdorlik va talablar, ustoz-o’qituvchilar ta’siri, tengdoshlarining ta’siri yoki ma’lum kasbga

bo’lgan tajribasi asosida muayyan bir kasbni tanlashi mumkin. Bu omillarning har biri o‘smirning

individualligiga, yashash muhitiga va ta’lim olgan joyiga qarab turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Lekin,

hech qanaqangi kasbiy faoliyatga qiziqishi yo’q yoki kasb tanlashda qiyinchilikka, ikkilanishlarga

duch kelayotgan o’smirlik davridagi yoshlarni kuzatishimiz mumkin. Ularning muammoli

taraflarini o’z vaqtida va to’liq o’rganish, shunindek ushbu muammolarni natijali bartaraf qilish

zarur. Chunki o’smirlik davridagi yoshlarning kelajagi va taraqqiyotining asosiy ustunlaridan biri

to’g’ri kasb tanlashdir. Shu sababli, ularga kasb tanlashda ko‘mak berishda har tomonlama

yondashuv zarur.

O'smir yoshidagi bolalarga kasb tanlashda psixologik yordam ko'rsatish – bu murakkab va

ko'plab omillarni o'z ichiga olgan jarayon hisoblanadi. O'smirlar o'zlarining kimligini aniqlash,

qiziqishlarini, kuchli tomonlarini va zaifliklarini tushunish, shu bilan birga, jamiyatdagi o'rni,

ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar kabi faktorlarga asoslangan qarorlar qabul qilishga intilishadi. Kasb

tanlashda psixologik yordamning kengroq tahlili o'smirning shaxsiy va ijtimoiy jihatlaridan tortib,

maqsadga erishish uchun kerakli ko'nikmalarni rivojlantirishgacha bo'lgan bir nechta aspektni o'z

ichiga oladi. Quyida ular haqida batafsilroq so’z yuritamiz.

Kasb tanlashning asosiy bosqichi bu o'smirning o'zini tushunishi va kimligini aniqlashdir.

O'smirlar ko'pincha o'zlarini qanday kasblarda ko'rishlari va qaysi sohalarda

muvaffaqiyatga erishishlari mumkinligi haqida aniq tasavvurga ega bo’lmasliklari mumkin.

Bunday vaziyatlarda ularga albatta samarali psixologik yordam ko’rsatish zarurdir.

Psixologlar o'smirni o'z qiziqishlarini tahlil qilishga va ulardan qanday foydalana

olishlarini tushunishlariga, shuningdek bu qiziqishlarga mos kasblarni tanlashda yordam berishlari

mumkin. Masalan, sportga yoki san'atga qiziqish, ilmiy izlanishlarga moyillik, yoki yordam berish


background image

78

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

va insonlarga xizmat qilish istagi kabilar asosida kasblarni taklif qilishi mumkin. Shuningdek

o'smirlar o'zlarining kuchli tomonlarini, masalan, aqliy, jismoniy yoki emotsional ko'nikmalarini

tushunishlari zarur. Bunday vaziyatda esa psixologlar psixometrik testlar va interaktiv faoliyatlar

yordamida o'smirlarning qobiliyatlarini aniqlashga yordam beradi, bu esa o'smirlarning

kelajakdagi kasbini tanlashda yordam beradigan asosiy qadamlardan biri hisoblanadi. Shuni ham

ta’kidlash mumkinki, psixologik maslahatlar berishda o'smirning shaxsiyat xususiyatlarini

hisobga olish talab qilinadi. Masalan, introvert yoki ekstrovert bo'lishi, liderlik ko'nikmalari yoki

kooperativ ishlash qobiliyati kasb tanlashda muhim ahamiyatga ega. Psixolog o'smirga o'z

shaxsiyatini aniqlash va unga mos keladigan kasb yo'nalishlarini taklif qilishi mumkin.

Kasb tanlash o'smirlar tomonidan katta bir bosqich sifatida qabul qilinishi va shuning

natijasida ko'plab xavotirlar, noaniqliklar va tashvishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday

vaziyatlarda o’smirlarda "Agar noto'g'ri kasbni tanlasam, nima bo'ladi?" "Qanday kasbni

tanlashim kerak? Hozirgi kasblarning qaysi sifatiga qarashim kerak?" va "Agar

muvaffaqiyatsizlikka uchrasam, o'zimni qanday tutaman?" kabi savollar qiynashi mumkin. Bu

kabi xavotirli vaziyatlarda o’smirlarga albatta, psixologik yordamni zarurdir. Psixologlar o'smirlar

bilan suhbatlar o’tkazish orqali ularning ichki xavotirlarini tushunishi va ularni bartaraf etishi

zarurdir. Bunda psixologlar o'smirlarga qaror qabul qilishning to'g'ri usullarni o'rgatishi,

shuningdek, noaniq va qiyin vaziyatlarga ijobiy yondashishni o'rgatishi mumkindir. Natijada esa,

o'smirlar o'zlarining qobiliyatlari va imkoniyatlarini bilishlari orqali xatoliklardan qo'rqmaslikka

o'rganadilar. Shu bilan birga o'smirlar kasb tanlashda konkret reja tuzishni o'rganishlari kerak.

Psixologlar esa ularga qadam-baqadam qanday kasbga yo'l olishlari, qanday maqsadlar

qo'yishlari va bu maqsadlarga erishish uchun qanday amallarni bajarishlari mumkinligini

tushuntirishi mumkin.

Jamiyatimizda shunday vaziyatlar ham borki, o'smirlar o'zlarining kasb tanlashida oilaviy

va ijtimoiy ta'sirlarga duch kelishi mumkin. Bunda ko'pincha ota-onalar yoki jamiyat tomonidan

qo'yilgan kutishlar o'smirning qarorlariga ta'sir qilishi mumkin, natijasida esa, o’smirlarning kasb

tanlashida ikkilanishlari va qiynalishari kuzatiladi. Bu vaziyatda psixolog o'smirlarga o'z fikrlarini

ifodalashni o'rgatishi va ota-onalar bilan muloqotni yaxshilashga yordam berishi, shu bilan birga,

o'z mustaqil qarorlarini qabul qilishga chaqirishi kerakdir. O'smirlar ijtimoiy bosim ostida o'zlariga

yoqmagan kasblarni tanlashlari mumkin bo’lgan vaziyatlarda psixolog ijtimoiy ta'sirlarni tahlil

qilib, o'smirlarga o'z his-tuyg'ulari va qiziqishlari asosida qarorlar qabul qilishni o'rgatadi.

Shuningdek kasb tanlash jarayonida o'smirlar ko'plab emotsional stressga duch kelishishi

tabiiy. Bu vaziyatda psixologik yordam o'smirlarning emotsional holatini boshqarishga qaratilgan

bo’ladi.


background image

79

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Ya’ni psixolog o'smirlarga stressni boshqarish va o'zining hissiy holatini nazorat qilish

uchun nafas olish mashqlari, meditatsiya, va ijobiy tasavvurlarni yaratish kabi texnikalar va

strategiyalarni o'rgatishi mumkin. Shu bilan birga psixolog o'smirni o'zining muvaffaqiyatlarini

qadrlashga va muvaffaqiyatsizliklardan saboq olishga undaydi. Bu o'smirga kasb tanlash

jarayonida ijobiy yondashuvni saqlashda yordam beradi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, psixologlar o'smirlarni turli kasblar bilan tanishtirishda,

ularning talablarini, ish sharoitlarini, kelajakdagi o'rnini tushuntirishda yordam beradi. Bu orqali

o'smirlar o'z qiziqishlari va qobiliyatlariga mos kasbni tanlash uchun kengroq tasavvurga ega

bo'lishadi. O'smir yoshidagi bolalarga kasb tanlashda psixologik yordam ko'rsatish — bu ularning

shaxsiy o'sishlari, qaror qabul qilishdagi ishonchlarini oshirish va kelajakdagi muvaffaqiyatli kasb

yo'lini tanlashga yordam berish uchun muhimdir. Psixologik yordam, o'smirlar uchun ijtimoiy,

hissiy, va psixologik qo'llab-quvvatlashni ta'minlash, ular o'z imkoniyatlarini yaxshi tushunishlari

va mos keladigan kasbni tanlashda yordam beradi.

REFERENCES

1.

Erikson, E. H. “Identity: Youth and Crisis” 1968.

2.

Krieshok, T. S., Black, B. K., & McKay, D. P. “Career Decision Making: A Cognitive

Approach” 2009.

3.

Климов, Е. А. “Психология профессионального самоопределения” 1999. М.:

4.

Щербакова, И. В. “Психология профессиональной ориентации”

2006.

5.

Жаббарова, М. М. “Психология выбора профессии у подростков”

2010. T.:

6.

Саидова, С. С. “Профессиональная ориентация и влияние семьи на выбор профессии

подростками” 2014. T.:

7.

Гулямова, М. Т. “Методы психологической диагностики в профессиональной

ориентации подростко”. 2017. T.:

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Dilnaz Maxsetbaeva, Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, MILLIY XARAKTER VA ETNIK IDENTIKLIKNING SHAKLLANISHI VA ULARNING GLOBAL O‘ZGARISHLARDAGI ROLI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 3 № 12 (2024): Modern science and research

Diynara Bekbergenova , Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, DINNING SHAXS SHAKLLANISHIDAGI O'RNI VA MOHIYATI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 3 № 12 (2024): Modern science and research

Gulnaz Ilyasova, Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, OILA SHAXS IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI MUHIM OMIL SIFATIDA , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 3 № 12 (2024): Modern science and research

Jansulu Tursinbaeva, Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, TATBIQIY IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA UNING AMALIY QO’LLANILISHI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 3 № 12 (2024): Modern science and research

Arman Sipatdinov, Diynara Bekbergenova, Jansulu Tursınbaeva, SHAXSIY VA IJTIMOIY IDENTIFIKATSIYANING SHAKLLANISHIDA GENDER SOTSIALIZATSIYASINING ROLI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 4 № 4 (2025): Modern science and research

Atabay Daribaev, Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, GLOBALLASHUV ASRIDAGI YOSHLARIMIZNING O’SMIRLIK DAVRIDAGI OTA-ONALAR BILAN MUNOSABATI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 3 № 5 (2024): Modern science and research

Arman Sipatdinov , Venera Mambetiyarov, KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIYLASHISH JARAYONINI TO’G’RI TASHKIL ETISH SHARTLARI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 3 № 10 (2024): Modern science and research international scientific journal

Arman Sipatdinov, O'SMIRLIK DAVRIDAGI YOSHLARGA O‘Z O‘ZINI ANGLASHDA PSIXOLOGIK YORDAM KO’RSATISH , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 4 № 1 (2025): Modern science and research

Arman Sipatdinov , Zulfiya Maturazova , PSIXOLOGIYANING MUSTAQIL FAN SIFATIDA TARKIB TOPISHI VA OCHIQ INQIROZ DAVRIDAGI PSIXOLOGIYA YO'NALISHLARI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 3 № 2 (2024): Modern science and research