ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
927
MUZEYLAR-MADANIYAT MUASSASASI SIFATIDA
Jańabaeva Nargiza Onġarbaevna
Jaqsımbaeva Dilfuza Aybek qızı
Tajimuratova Shaxnoza saǵınbaevana
(Ilmiy rahbar)
Berdaq nomidagi Qaraqalpoq Davlat Universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11265768
Annotatsiya. Bu maqolada muzey tushunchasi va faoliyat mazmuni va muzeylarning maqsad
va vazifalari, muzeylar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda davlat organlari vakolatlari haqida sóz etilgan.
Kalit sózlar: Muzeylar,ekspanat, xususiy va davlat muzeylari, ochiq va yopiq muzeylar,
muzey –qo‘riqxonalar muzey fondi,ilmiy tadqiqot ishi, ekspeditsiya.
MUSEUMS AS A CULTURAL INSTITUTION
Abstract. This article describes the concept of a museum and the content of its activities,
the goals and tasks of museums, the powers of state bodies in establishing the activities of
museums.
Keywords: Museums, exhibits, private and state museums, open and closed museums,
museum-reserves, museum fund, scientific research work, expedition.
МУЗЕИ КАК УЧРЕЖДЕНИЯ КУЛЬТУРЫ
Аннотация. В данной статье раскрыты понятие музея и содержание его
деятельности, цели и задачи музеев, полномочия государственных органов по
налаживанию деятельности музеев.
Ключевые слова: Музеи, экспонаты, частные и государственные музеи, открытые
и закрытые музеи, музеи-заповедники, музейный фонд, научно-исследовательская работа,
экспедиция.
O‘zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, shu zaminda asrlar osha istiqomat
qilib kelgan avlodu-ajdodlarimiz orzu-umidlari ro‘yobga chiqa boshladi. Bu esa istiqlol yo’lida
to‘kilgan qutlug‘ qonning natijasi, xalq yo’lining qaror topishi hamda adolatning tantanasi bo‘ldi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida
bo‘lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o‘tmish merosimizni o‘rganish, saqlash va uni
keng xalq ommasiga targ‘ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi
o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr
boshlandi. Respublikamiz Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va
takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni 1998- yil 12 -yanvarda qabul qilinib, u muzey va muzey
xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi. 2008- yil 12- sentyabrda “Muzeylar
to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi esa muzey ishida yangi davrni boshlab berdi. Bugungi
kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq,
jamoa boshqaruv xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida
ja’mi 1200 dan ortiq muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari poytaxtda joylashgan. Shu bilan
birgalikda o‘nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblarining uy
muzeylari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
928
Muzey- madaniy-ma’rifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi tarixiy hujjatlar, madaniy
va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni
ilmiy jihatdan o‘rganib ko‘rgazmalarga qo‘yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat.
Muzey - muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga
namoyish etish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi notijorat
madaniyat muassasasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muzeylarni boshqarish sohasida
quyidagi vakolatlarga ega:
* muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirishga doir dasturlar va qarorlar
qabul qiladi;
* muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;
* davlat muzeylarining toifalarini belgilaydi;
* Milliy muzey fondi to‘g‘risidagi va Milliy muzey fondining Davlat katalogi to‘g‘risidagi
nizomlarni tasdiqlaydi;
* muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish hamda
uning tarkibidan chiqarish tartibini belgilaydi;
* Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini
hisobga olish hamda saqlash tartibini belgilaydi;
* Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va
muzey kolleksiyalarini boshqarish tartibini belgilaydi;
* Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
* muzey mutaxassislarini tayyorlash hamda muzey xodimlarining malakasini oshirish va
ularni qayta tayyorlash tartibini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirlig muzeylarni boshqarish sohasida
quyidagi vakolatlarga ega:
* Milliy muzey fondining Davlat katalogini yuritadi;
* muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda Milliy muzey fondi
tarkibiga kiritadi hamda uning tarkibidan chiqaradi;
* Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini
tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan
ikkinchi shaxsga o‘tkazish uchun maxsus ruxsatnoma beradi;
*/Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini
tasarrufdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
* Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
* Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib
ko‘rish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
* muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Mahalliy davlat hokimiyati organlari muzeylarni boshqarish sohasida quyidagi
vakolatlarga ega:
* Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda o‘z hududida joylashgan muzeylarda
turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishini ta'minlaydi;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
929
* o‘z hududidagi davlat muzeylarini moliyalashtirish miqdorini o‘z vakolatlari doirasida
belgilaydi;
* qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
* Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi holati ustidan davlat nazorati quyidagi
shakllarda amalga oshiriladi:
* muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi holatini hamda ularni saqlash
sharoitlarini tekshirish;
* muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari haqida Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan so‘rovnomalar
yo‘llash hamda axborot olish.
Xulosa qilib aytganda, Respublikadagi barcha muzey rahbarlari bugungi kun talablariga
to‘liq javob beradigan ilmiy-uslubiy yo‘nalishda ishlab, milliy istiqlol g‘oyalari ruhida muzey
ishini yanada takomillashtirsa, mavjud muammolar asta-sekin bartaraf bo‘ladi, O‘zbekiston
muzeylari keng xalq ommasi orasida madaniyat va ma’rifat tarqatish ishida samarali ishlarni
amalga oshiradilar.
REFERENCES
1.
Abatbaevna U. V. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA O'QUV JARAYONIGA
MOSLASHUVINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI //PEDAGOGS. – 2024. – Т.
50. – №. 1. – С. 146-150.
2.
Abatbaevna U. V. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA O'QUV JARAYONIGA
MOSLASHISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA JARAYONLARI. – 2024.
3.
Uzakbaeva V. PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS AND PROCESSES OF
ADAPTATION TO THE EDUCATIONAL PROCESS IN ELEMENTARY SCHOOL
STUDENTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 988-990.
4.
Tajimuratova S. CONCEPT OF FURTHER DEVELOPMENT OF NATIONAL
CULTURE IN UZBEKISTAN //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. –
С. 251-254.
5.
Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.
6.
Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.
7.
Sag’inbaevna T. S. Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence //Spanish
Journal of Innovation and Integrity. – 2023. – Т. 18. – С. 39-41.
8.
Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.
9.
Saginbaevna T. S. Management and study of culture and art. – 2022.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
930
10.
Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ
МУСТАҚИЛ
ИШЛАШ
КЎНИКМАЛАРИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.
11.
Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.
12.
Tajimuratova S. BASQARIW DÁREJESIN ILIMIY DÁREJEDE RAWAJLANDIRIW
//NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 24-27.
13.
Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.
14.
Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.
15.
Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ
МУСТАҚИЛ
ИШЛАШ
КЎНИКМАЛАРИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.
16.
Shaxnoza
T.,
Rayxan
K.
JOYBARLARDIŃ
SHÓLKEMLESTIRIWSHI
STRUKTURALARI //NEW RENASSAINCE CONFERENCE. – 2024. – Т. 1. – №. 2. –
С. 124-128.
