Diniy ta’limni shakllantirishning dastlabki bosqichlari haqidagi ba’zi mulohazalar

CC BY f
64-68
4
1
Поделиться
Санкалоглу , Й. . (2021). Diniy ta’limni shakllantirishning dastlabki bosqichlari haqidagi ba’zi mulohazalar . Глобальное партнерство как условие и гарантия стабильного развития, 1(1), 64–68. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/stable_development/article/view/21995
Йилмаз Санкалоглу , Национальный Университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

независимый исследователь. Заместитель директора Ташкентской турецкой школы

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Insonning rivojlanishi va hayot charxpalagi - bolalik, yoshlik va yetuklik kabi uch asosiy davrda namoyon boTadi. Mazkur charxpalakni tashkil etuvchi har bir bosqich o’ziga xos biologik, psixologik, ijtimoiy va diniy rivojlanishxususiyatlariga ega.[Onur, B. 1997:b.79] Ushbu rivojlanish bosqichlari bir-biridan butunlay mustaqil cmas. [Adam, H. 2014: b. 13] Psixologik, fiziologik va ijtimoiy hodisalar rivojlanishga katta ta'sir ko’rsatadi. Agar bu zarur vaqtdan oldin yoki keyin sodir boTsa, shaxsningrivojlanish davriga ta’siri kamroq bo’ladi. Hattoki. ular keyingi davrlarda yuzaga keladigan rivojlanishga salbiy ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Ushbu holat kritik davr tushunchasi bilan izohlanadi. Ayrim munasabatlar o‘z vaqtida o'zlashtirilmasa, keyingi davrlarda o'zlashtirish qiyinlashadi. [Koch, M. 2001: b.21 ] Shu nuqtai nazardan, bolalik shaxsning kclajak hayoti asoslarini shakllantirish jihatidan juda muhim davr hisoblanadi [Koylu, M. 2004: b. 137].

Похожие статьи


background image

64

Yilmaz Cankaloglu

mustaqil izlanuvchi

О ‘zbekiston Milliy universiteti

Tashkent Turk maktabida Direktor о ‘rinbosari

DINIY TA’LIMNI SHAKLLANTIRISHNING DASTLABKI BOSQICHLARI

HAQIDAGI BA’ZI MULOHAZALAR

KIRISH

Insonning rivojlanishi va hayot charxpalagi - bolalik, yoshlik va yetuklik kabi uch asosiy davrda

namoyon boTadi. Mazkur charxpalakni tashkil etuvchi har bir bosqich o‘ziga xos biologik, psixologik,
ijtimoiy va diniy rivojlanishxususiyatlariga ega.[Onur, В. 1997:b.79] Ushbu rivojlanish bosqichlari bir-
biridan butunlay mustaqil emas. [Adam, H. 2014: b. 13] Psixologik, fiziologik va ijtimoiy hodisalar
rivojlanishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar bu zarur vaqtdan oldin yoki keyin sodir boTsa, shaxsning rivojlanish
davriga ta’siri kamroq bo‘ladi. Hattoki, ular keyingi davrlarda yuzaga keladigan rivojlanishga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi ham mumkin. Ushbu holat

kritik davr

tushunchasi bilan izohlanadi. Ayrim munasabatlar o‘z

vaqtida o‘zlashtirilmasa, keyingi davrlarda o‘zlashtirish qiyinlashadi. [Koch, M. 2001: b.21 ] Shu nuqtai
nazardan, bolalik shaxsning kelajak hayoti asoslarini shakllantirish jihatidan juda muhim davr hisoblanadi
[Koylu, M. 2004: b. 137].

Garchiharbiryoshdavrio‘zehtiyojlari,muammolarivanoziktomonlarigaegaboTsa-da,kishining o‘zligini

topish yoTidagi urinishlarida bolalik davriga oid sogTom va nosogTom tajribalar to‘plashi juda muhimdir.
Kishining shaxsiyati rivojlanishida bolalik davridagi tajribalari katta ta’sir ko‘rsatadi [Selchuk, M. 2015:
b.25]. Chunki inson o‘zini kattalar hayotiga tayyorlaydigan munosabatlarni yoshlik chog‘ida o‘rganadi va bu
ko‘nikma unda chuqur va o‘chmaz iz qoldiradi [Koylu, M. 2004: b. 137]. Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra
bolalik davrida boshdan o‘tkazilgan hodisalar va o‘zlashtirilgan munosabatlar kishining shaxsiyati va fe’l-
atvorini shakllantiradi va uning e’tiqodlari va qadriyat ko‘nikmalarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu
nuqtai nazardan, mazkur maqola bolalarning oilada, tevarak-atrofida va do‘stlaridagi din borasidagi
tajribalarini yoritishga, ularning bolalik davrida olgan diniy ta’limi ushbu davrda va undan keyingi yosh
davrlarda kognitiv, affektiv va psixomotor sohalarda shaxsning rivojlanishiga qo‘shadigan hissalarini ochib
berishga qaratilgan.

MATERIALLAR VA METODLAR

Mazkur maqolamizni tayyorlashda induksiya, deduksiya metodlari qoTlanildi. Shuningdek,

psixologiya, sotsiologiya va biologiya fanining maTumotlaridan, bolalarning parvarish uylari borasida olib
borilgan ko‘plab tadqiqotlardan, Prof. Dr. Jemal Tosunning diniy ta’lim sohasida olib borgan ilmiy ishlaridan
unumli foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bolalik - bu tug‘ilishdan boshlanib, o‘spirinlik davrigacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. Ushbu

davr vakillari bolalar deb ataladi. Dunyo miqyosida bu yosh davri 0-12 yoshga to‘g‘ri keladi va bu davr o‘zi
ichida kichik davrlarga bo‘linadi. 0-3 yosh go‘daklik, 3-6 yosh birinchi bolalik va 6-12 yosh so‘nggi bolalik
deb nomlanadi. Maktabga borish bormasligi inobatga olinib, bolalik davri maktabgacha yoshdagilar (0-6
yosh) va maktab yoshidagilar (6-11 yoki 12 yosh) deb tasniflanadi. [Yavuzer, H. 1993: b. 31]

Bolalik davriga nisbatan yuqorida keltirilganidek yosh chegaralari bilan ta’riflanganligiga qaramasdan,

bolalik tushunchasini aniqlash vayosh chegaralarini aniq chiziqlar bilan ko‘rsatib berish judaqiyinhisoblanadi.
Chunki bolalikdavrining chegaralanishi jamiyatlar o‘rtasidafarqlanishi bilan bir qatorda, bir jamiyatning
o‘zida ham darajalash bilan bog‘liq farqlar mavjud. Bundan tashqari, bolalik davrining yuqori chegarasi
noaniq bo‘lganligi sababli, bolalik tushunchasiga yagona va aniq ta’rif berish juda qiyin. Ulg‘ayish va
balog‘atga yetish har bir shaxsda turlicha kechadi, chunki unga irsiyat, ovqatlanish, sog‘liq holati va atrof-
muhit kabi omillar ta’sir qiladi [Selchuk, M. 2015: b.26]. Boshqa tomondan, ba’zi tadqiqotchilar bolalikni
«o‘yin va o‘rganish (idrok qilish) yillarini qamrab oladigan davr» deb ta’riflaydilar, ulaming ba’zilari
jismoniy va aqliy rivojlanishni o‘lchov sifatida qabul qiladilar va balog‘at alomatlari paydo bo‘lishini
bolalikning oxiri deb baholaydilar [ Yoriikoglu, A. 1983].

Maqoladagi qaratiladigan asosiy tushuncha diniy ta’lim masalasidir. Diniy ta’limning mohiyati bevosita


background image

65

din tushunchasini tahlil qilish orgali bilish mumkin. Atama sifatida din - aql egalarini o‘z xohish-istaklari
bilan faqat xayrli ishlarga yo‘naltiradigan ilohiy buyruq, Tangri tomonidan belgilab qo‘yilgan va odamlarni
Unga yetaklovchi yo‘ldir [ Karaman, F. 2006: b. 122].

Din tushunchasiga ham etimologik, ham epistemologikjihatdan turfaxil ma’nolaryuklanganligi,

shuningdek, mafkuraviy va falsafiy qarashlar uning ta’rifining ko‘payishiga sabab bo‘lgan va ilmiy jihatdan
aniq bir to‘xtamga kelinmagan [Tosun, J. 2011: b.5-6], Bundan tashqari, dinni ta’riflashning
murakkabligining yana ikkita muhim sababi bor. Birinchisi, din ko‘p qirrali, keng qamrovli haqiqat bo‘lib,
hech qanday oddiy unsur sifatida qaralishiga imkon bermaydi. Agar biz dinni fikrlash, his qilish, o‘zini tutish
va munosabat o‘rnatish usuli deb bilsak, u inson va jamiyat hayotining har bir jabhasida ko‘zga tashlanadi.
Shuning uchun dinning barcha o‘lchovlariga nisbatan yagona ta’rifni qo‘llash juda qiyin. Ikkinchisi esa
olimlar dinga o‘zlarining dunyoqarashi va mafkuralaridan kelib chiqqan holda ta’rif berishlaridir.

Tushunchamizning ikkinchi qismi hisoblangan ta’lim esa “Individning xatti-harakatlarida o‘z hayot

yo‘li orqali va qasddan istalgan o‘zgarishni vujudga keltiradigan jarayondir.” [Ertiirk, S. 1997: b. 12] deb
ta’riflash mumkin. Din va ta’lim tushunchalarining ta’riflaridan kelib chiqib, diniy ta’limning eng to‘liq ta’rifi
“shaxsning diniy xatti-harakatlarida o‘z hayotiy tajribalari orqali istalgan о‘zgarishl ar vujudga keltirish
jarayoni” sifatida e’tirof etish mumkin.

Bolalikning umumiy xususiyatlaridan biri bu qiziqish va o‘rganish istagi. Ayniqsa, 3-4 yoshli bolalarda

duch kelgan narsani so‘rash istagi juda kuchli bo‘ladi va eng kritik davr hisoblanadi. Ushbu yosh - bu “nima,
nima uchun, nimaga, kim, qayerda” kabi savollar bolaning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlaydigan
va mustahkamlaydigan, eng ko‘p savol so‘raladigan davrdir. Bola atrofida ko‘rgan hamma narsani o‘z
dunyoqarashiga ko‘ra tushunishni va o‘rganishni xohlaydi [Bacanh, H. 2004: b.90-93],

Bola uchun bu savollarga javob topish juda muhimdir. Agar bola atrofdagi ma’lumot manbalaridan,

masalan, oila va maktabdan qoniqarli javob topolmasa, u boshqa manbalarga murojaat qilishi mumkin. Agar
ushbu manbalardan olingan ma’lumotlar uning kognitiv va ta’sirchan rivojlanish davrlariga mos kelmasa, bu
tushunmovchiliklami keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu tushunmovchiliklami keyingi davrlarda tuzatish
qiyin bo‘lishi yoki katta kuch talab qilishi mumkin. Kritik davr deb nomlangan ushbu davr [Bacanh, H. 2004:
b.43] bolaning kelajak hayotida bartaraf qilib bo‘lmaydigan munosabatlarining poydevori qo‘yiladigan va
diniy tasavvurlar shakllanadigan davrni o‘z ichiga oladi. Bu yillarda boshidan o‘tkazgan voqealari, olgan
ma’lumotlari va erishgan yutuqlarining ta’siri doimiy va kuchli bo‘ladi. Ushbu davrni kritik va muhim
qiladigan yana bir jihat shundaki, bolalik davrida bolaning hayot tarzi uning shaxsiyatining asosi pay do
bo‘ladi [ Chamdibi, Н.М. 2011: b. 227].

Mavzuga inson va din o‘rtasidagi munosabatlar nuqtai nazaridan qaralganda, inson tabiati din bilan

bog‘liqligi barchaga ma’lum bo‘lgan haqiqatdir. Ushbu faktga asoslanib, hayot mazmunini va shaxsning
o‘zini qidiradigan savollarga javob topish uchun din ma’lumotlaridan foydalanish muqarrar deb aytish
mumkin. Diniy ta’lim shaxsga yoshi kattalarga savollar berish yoshidan boshlab qayerdan-qayerga, nima
uchun, qanday qilib kabi savollaming mohiyatiga izoh javob topishga yordam beradi_[Tosun, J. 2011: b. 96].

Bolalik davrida beriladigan ta’lim-tarbiya tarkibiga diniy bilimlami kiritish uchun juda ko‘p sabablar

mavjud. Ta’limning asosiy maqsadlaridan biri kuchli shaxsiyat va xarakterga ega shaxslarni tarbiyalashdir.
Shu sababli, ta’lim va xaraktemi rivojlantirish o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud [Karatay, H. 2011].
Murakkab va ta’sirchan qilib yaratilgan insonni bir qator chalkashliklardan qutqaruvchi va uning hissiy
xususiyatlarini tartibga soladigan yagona unsur - dindir. Zero, insonning ruhiy holatining ajralmas qismini
tashkil etuvchi din unsuri va xarakter tushunchasi orasida o‘zaro bog‘liqlik va ta’sir mavjud. Shu ma’noda,
yetuk diniy e’tiqodning ham aqliy, ham ruhiy, ham axloqiy jihatdan o‘z me’yorini biluvchi, hadidan
oshmaydigan yaxlit shaxsiyatning shakllanishida o‘z hissasi borligini aytish mumkin. Chunki ko‘p qirrali,
chuqur fikrlay oladigan va yuksak darajadagi e’tiqodga ega bo‘lgan odamlar voqeaning mohiyatini bilmay
turib, hukm chiqarishdan qochishadi.

Bolalik davrida beriladigan diniy ta’limning individning shaxs sifatida shakllanishidagi yana bir muhim

jihati shundaki, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarda shaxsga nisbatan ishonch tuyg‘usini hosil qiladi
[Mehmedo‘glu, Y. 2003: b.34]. Buholatbolalikyoshidanboshlab shakllangan, ishonchga asoslangan
qadriyatlarning rivojlanishida e’tiqodning muhim ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Shu ma’noda, o‘smirlik
yoshidagi shubhalardan xalos bo‘lish, o‘rta yoshlarda o‘rta yosh inqirozi deb ataladigan holatni boshqara
olish, keyingi yillardada yaxlit shaxsiyat sifatida shakllanish va nihoyat qariganda o‘limdan qo‘rqishga


background image

66

o‘xshash hissiy holatni tartibga solish asosan e’tiqod unsuri va uning sog‘lom rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
Ma’lumki, bolaligidanoq sog‘lom ishonchga ega bo‘lgan odamlar o‘zlarining atrof-muhitida nima
bo‘layotganini umumiy ma’noda anglaydilar, yetuk e’tiqodga ega bo‘lgan odamlar ko‘plab tashvishlarga
dosh bera oladilar, hayotni anglashda qulay va qat’iy pozitsiyani namoyon etadilar, voqealarga sovuqqonlik
bilan yondashadilar [Oner, N. 1997: b.37],

Bolalikda beriladigan sog‘lom va ilmiy asoslangan diniy ta’lim bolalarga hayotning mazmuni

anglashlarida katta hissa qo‘shadi. Borliqni anglash yoki uni ma’no birligi sifatida idrok qilish istagi inson
kamolidagi eng muhim faktorlardandir. Ushbu qadimiy istak motivatsiyasi ostida shaxs o‘zi, o‘zining
jismoniy va ijtimoiy muhiti bilan munosabatlami shakllantiradi va tartibga keltirishgaurinadi.

Yer yuzidagi hamma narsa muayyan maqsad uchun, ya’ni har bir narsa me’yor va tartib doirasida

olamshumul maqsad yo‘lida yaratilgan. Shuning uchun diniy shaxsiyati shakllantirgan individ koinotda yuz
berganlami noaniqlik va tartibsizlik deb tushunmaydi, balki tartibli ijod deb qaraydi. Shu nuqtai nazardan,
ilmiy faktlar bilan diniy ta’lim olgan va diniy shaxsiyati shakllangan individ koinotda sodir bo‘lgan voqealarni
osongina idrok qiladi va anglaydi. Shu sababli, shaxsiyat va o‘zlik shakllanishining poydevori qo‘yiladigan
bolalik davrida beriladigan ommaviy ta’lim jarayonida diniy ta’limga loqaydlik qilish bolalarning
rivojlanishida o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan holatni keltirib chiqaradi.

Din individ hayotining har bir bosqichida o‘rin tutishi va o‘rgatilishi muntazam muhokama qilinadi. Bu

borada mutlaqo bir-biriga zid ikki xil fikr mavjud. Birinchisi, dinni tug‘ma qobiliyat degan qarash. Mazkur
qarash diniy hayot tarzining bola ruhiyatiga shunchaki o‘mashtirlimaganligi, balki ichki sergilardan tabiiy
ravishda paydo bo‘lib shakllanganligini ochiq ko‘rish mumkinligini, pedagogik tajribalardan ham bolada
kuchli diniy salohiyatning mavjudligini [ Vergote, A. 1978: b.315] ko‘zdatutadi.

Ikkinchi guruh bolalik davrida na din, na uning ta’limi joy olmasligi zaruriyatini yoqlovchilar bo‘lib,

bunda uch xil yondashuv mavjud. Naturalism ta’limotining muhim vakillaridan bin bo‘lgan Russo, bolalar
yoshlik davrigacha diniy yoki axloqiy ta’limdan xabardor bo‘lmasligi lozimligini da’vo qiladi. Russo, Emilini
bolaligida diniy ta’limdan uzoqlashtirar ekan, buni dinning ahamiyatsizligi uchun emas, balki noto‘g‘ri idrok
qilinishi mumkinligi uchun cheklagan [Baston, D. 1974: b.309], Ushbu yondashuv tarafdorlari - bu din
illuziya, [ Freud, S. 1997: b. 199-225] totem va tabu [ Freud, S. 1996: b. 11-34] ekanlini, insonning
ibtidoiyligi, ojizligi va zaifligidan kelib chiqadigan hoi at [ Freud, S. 1993: b. 80] sifatida namoyon bo‘lishini,
shuning uchun bolaning dinga begona ekanligini da’vo qiladilar.

Diniy ta’lim borasida bahsga molik yana bir masala bu - diniy ta’limni boshlash yoshi. Bu borada turli

qarashlar ilgari surilganligi sir emas. Bir guruh pedagoglar diniy ta’limni aql-idrok shakllanishi bilan
bog‘lagan holda balog‘at davriga qoldirish lozimligini ilgari suradilar. Boshqalar esa diniy ta’limni hissiyot
bilan bog‘lab, erta yoshlardan boshlashni maqsadga muvofiq deb bilishadi [ Ay, M.E. 2016: b. 58]. Ikkala
qarashda ham o‘zini oqlash uchun ilmiy asoslar mavjud [ Tosun, J. 2011: b. 147].

G‘arb olimlari Ernest Xarms, Devid Elkind, Ronald Goldman va Jeyms V. Faullarning tadqiqotlarida

bolalik davridagi diniy shakllanish bolalik davrida beriladigan to‘g‘ri diniy ta’lim bilan amalga oshirilishi
mumkin ekanligini ta’kidlaganlar [ Oruch, J. 2011: b. 102-119]. Ushbu davrda beriladigan diniy ta’ limda
bolaning rivoj lanayotgan ong tuzilishi, chegaralangan so‘z boyligi, diniy tayyorligi masalalarini e’tiborga
olish lozim [Selchuk, M. 2015: b.28-43]. Bolalik chog‘ida beriladigan diniy ta’limda yuqorida sanab o‘tilgan
xususlarga ahamiyat berilmasa, berilgan ta’lim ularning rivojlanishiga hissa qo‘shadi deb bo‘lmaydi.

Ushbu holat diniy ta’limning, ayniqsa bolalik davridagi ahamiyati bilan bir qatorda, uning qanday

bo‘lishi zarurligini ham ochib beradi. Bolaning rivojlanish xususiyatlariga mos kelmaydigan, uning
qiziqishlari va ehtiyojlariga javob bermaydigan dastur hamda o‘quv-o‘rgatish tamoyillariga asoslanmagan
ta’lim barbod bo‘libgina qolmay, balki shaxsning aqliy va hissiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek,
individual mustaqil bo‘lish va ijobiy ijtimoiy munosabat qurish istagini ham yo‘qqa chiqaradi, bu degani
shaxsning o‘ziga xos “men”ining vujudga kelishiga, izchil o‘zligini rivojlantirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [
Buyrukchu, R. 2001: b. 237]. Dehqon yaxshi hosil olish uchun tuproq va ekinning, haykaltarosh san’at asarini
yaratish uchun marmaming turi va xususiyatlarini bilishi qanchalikmuhim bo‘lsa, bola tarbiyasi uchun mas’ul
bo‘lganlaming boladagi barchajismoniy va ma’naviy xususiyatlami yaxshi bilishi shunchalik ahamiyatli [
Jacquin, G. 1969: b. 19]. Bolani kashf etish uchun esa, uning jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy va diniy
rivojlanishi kabi barcha jihatlari va xususiyatlarini bilish zarurdir [Adam, H. 2014: b. 14].

Bolalik davridagi ijobiy va ilmiy asoslangan diniy ta’lim shaxsning yoshlik va balog‘at davrlaridagi


background image

67

diniy munosabati va xulq-atvor asoslariga poydevor vazifasini bajaradi hamda kelajakdagi sog‘lom e’tiqodni
ta’minlaydi. Xuddi shuningdek, salbiy va ilmiy asoslanmagan diniy ta’lim shaxsning nosog‘lom
tushunchalarga ega bo‘lishiga, dindan uzoqlashishga va hatto psixologik muammolarga olib kelishi mumkin
[Koylu, M. 2004: b. 14]. Bundan tashqari, bolaning hamma narsadan kuchli va qudratli bo‘lgan Yaratuvchiga
ishonchi, atrofida o‘zi ko‘rgan va eshitgan diniy munosabatlar mohiyatini o‘rganish istagi [Peker, H. 1999:
b. 301-302] - bularning barchasi ushbu tendensiyalarning rivojlanishini kuzatib borishga hamda ta’limning
qanday bo‘lishi kerakligi haqida bosh qotirishga undaydi.

Bolalik chog‘ida berilgan diniy ta’limdan o‘rin olgan muhabbat, mehr-shafqat, ishonch kabi tuyg‘ular

bolaning tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bir tomondan tug‘ma, boshqa tomondan orttirilgan hissiyot
sanaluvchi muhabbat tuyg‘usi shaxs diniy tushunchalarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki Tangriga bo‘lgan muhabbat dinning asosini tashkil etuvchi ishonch, bog‘lanish, adolat, bo‘lishish,
halollik kabi xususiyatlarning paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Shu tariqa, u diniy dunyoqarashning asosini
tashkil etadigan barcha ijobiy xislatlami ham keltirib chiqaradi [ Mehmedo‘glu, Y. 2003: b.110].

Kuzatish orqali, taqlid, namuna olish yoki ijtimoiy yo‘l bilan o‘rganish nomlari bilan ham yuritiladigan

ijtimoiy o‘rganish nazariyasining asoschisi Albert Bandura inson o‘rganganlarini ko‘proq eshitish va kuzatish
yo‘li bilan o‘zlashtiradi, degan fikrni yoqlab chiqadi. Uning ta’kidlashicha, ilk bolalik chog‘ida bola nafaqat
boshidan o‘tkazgan voqealardan, balki o‘zi kuzatgan yoki eshitgan hodisalardan ham xulosa chiqaradi.
Bolaning o‘rganganlarini andoza olish yoki atrofidagi voqea-hodisalami kuzatish yo‘li bilan eng tez shaklda
o‘zlashtirishi bugungi kunda ham o‘z tasdig‘ini topgan [Sayar, K. 2011: b.45-46]. Bu shuni anglatadiki,
bolalar o‘rganishni ilk yoshlaridanoq boshlaydilar. Ko‘rgan va eshitganlari ulaming ongida taassurot
qoldiradi. Bolalar keyinchalik ushbu xulosalardan ularga qachon, qayerda va qanday erishganlarini eslamay
turib ham foydalanaverishadi [Bilgin, B. 1999: b.76]. Shu nuqtai nazardan, bolalik davrida diniy ta’limga eng
katta ta’sir ko‘rsatuvchilar ota- onalar sanaladi. Bolalar oilasida ko‘rgan va eshitgan narsalarni so‘zsiz qabul
qiladilar. Shu sabab oilalar ham tajribalari, ham gap-so‘zlari bilan farzandlarining diniy ta’rbiyasiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.

XULOSA

Din tarix sahnasida pay do bo‘lganidan beri eng munozarali masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bu

boradagi munozaralarning asosiylari dinning tug‘ma yoki orttirilganligi, diniy ta’lim maktab dasturiga
kiritilishi, qaysi yoshda diniy ta’limning joriy etilishi va bunda qanday usullardan foydalanish kerakligi
haqidadir. Vaholanki, ayniqsa oxirgi paytlarda bolalar, oilalar va maktabgacha ta’lim muassasalarida olib
borilgan kuzatishlar natijasi bolalarda ilkyoshlardayoq Tangriga nisbatan ishonchning mavjudligini
ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, din psixologlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda diniy e’tiqodning
insoniy ehtiyoj ekanligi aniqlangan.

Shaxs tabiatiga xos bo‘lgan ishonch tuyg‘usi faqat ilmiy asoslangan diniy ta’lim vositasidagina yuzaga

chiqishi hamda yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi. Bolaga boshlang‘ich diniy tarbiya berishda dinning asosiy
manbalariga tayanilsa, hamda gumanitar fanlar yutuglaridan foydalanilsa shaxsning turli jabhalardagi rivojiga
hissa qo‘shadi. Diniy ta’limni o‘zlashtirgan shaxs xoh aqliy, xoh psixologik va axloqiy jihatdan muvozanatga
bir butun shaxsiyatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari jamiyatda turli qarash, tushuncha va e’tiqod egalari
bo‘lgan insonlarga nisbatan oldindan hukm chiqarmay, hammani boricha qabul qiladi.

Bolalik davrida beriladigan diniy ta’limning shaxs takomiliga hissa qo‘shadigan yana bir xususiyati -

bu ishonch hissidir. Ushbu davrda berilgan diniy ta’lim insonga uning atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga
nisbatan ishonch hissini tug‘dirganligi sababli, unda ham ishonch tuyg‘usini rivojlantiradi va shaxsning
atrofidagilar bilan sog‘lom munosabat o‘matishiga yordam beradi. Bundan tashqari, mazkur davrda diniy
ta’lim olgan shaxs dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarni sog‘lom tarzda idrok eta olganligi bois duch
keladigan muammolar oldida umidsizlikka tushmasdan mantiqiy va ideal yechimlar topa oladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bolalik davrida berilgan diniy ta’lim shaxsning ham o‘zligi, ham xarakteri

shakllanishida, hamda hayotni idrok qilish, ijobiy fikrlash va qiyinchiliklarni yengish kabi xususlarda uning
rivojlanishida alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rish mumkin.

ADABIYOTLAR:

1.

ONUR, B. (1997) Rivojlanish psixologiyasi, ( 4-nashr, Anqara: Imge matbaa uyi).

2.

ADAM, H. (2014) “Bolalik davri diniy ta’lim”, Rivojlanish davrlariga ko‘ra diniy ta’lim (tahr.)


background image

68

Mustafo Ko‘ylu (5-nashr, Anqara: Nobel nashrlari).

3.

KOCH, M. (2001) Rivojlanish va Ta’lim, (Anqara: Nobel nashr va tarqatish).

4.

KO‘YLU, M. (2004) “Bolalik davridagi diniy e’tiqod shakllanishi va diniy ta’lim”, Anqara

universiteti dinshunoslik fakulteti jurnali, XLV /11.

5.

SELCHUK, M. (2015) Bola tarbiyasida diniy motivlar, TDV nashr.

6.

YAVUZER, H. (1993) Bolalar psixologiyasi, (Istanbul: Remzi nashriyoti)

7.

YORUKO‘GLU, A. (1983) Bola ruhiyati salomatligi, (Anqara: Turkiya ish banki madaniyat

nashrlari).

8.

KARAMAN, F. vaЬ., (2006) Diniy tushunchalar lug‘ati, (Anqara: Diniy ishlar boshqarmasi

nashrlari).

9.

TOSUN, C. (2011) Diniy ta’lim faniga kirish, (5-nashr, Anqara: Pegem akademiyasi).

10.

ERTURK, S. (1997) Ta’limda dastur shakllantirish, Ankara

11.

BACANLI, H. (2004) Rivojlanish va Ta’lim, (9-nashr, Anqara: Nobel nashr va tarqatish).

12.

CHAMDIBI, H.M. (2011) Kishilik tarbiyasi va diniy ta’lim , (4-nashr, Istanbul: Chamlija nashrlari

13.

KARATAY, H. (2011) “Xarakter tarbiyasida badiiy asarlardan foydalanish”

Turkish Studies-

International Periodical For The Languages, Terature and History of Turkish or Turkic

6/1 Winter

14.

MEHMEDO‘GLU, Y. (2003) Axloqiy va diniy rivojlanish: farzandim qadriyatlarimizni

o‘rganmoqda, (Istanbul: Morpa madaniyat nashrlari).

15.0‘NER, N. (1997) Stress va diniy e’tiqod, (Anqara: Turkiya Diyonat fondi nashrlari).

16.

VERGOTE, A. (1978) “Bolada din”, tarj. Erdo‘g‘anFirat, Anqarauniversiteti dinshunoslik fakulteti

jurnali, XXII.

17.

BASTON, D. (1974) Creative Religious Growth and Pre-Formal Religious Education”,

Religious

Education,

Vol LXIX, No: 3

18.

FREYD, S. (1993) Jamiyat psixologiyasi, (tarj. Kamol Saydam, Istanbul: Dushunen adam

nashrlari).

19.

AY, M.E. (2016) Allohni farzandimizga qanday ifodalab beraylik, (Istanbul: Timash nashrlari).

20.ORUCH, J. (2011) Maktabgacha yoshdagi bolalarning diniy ta’limi, (IstanbukDem nashrlari).
21.

BUYRUQCHI, R. (2001)”Turkiyada diniy ta’lim-tarbiyaning shaxs shakllanishiga ta’siri”,

“Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonida Turkiyada diniy ta’lim va muammolar” nomli simpozium 2001-yil 26-
27-may, (Adapazari: Deyishim nashrlari).

22.

JAKIN, G. (1969) Bolalar psixologiyasining asosiy masalalari, (tarj. Mehmet Toprak, Istanbul: 2-

nashr, Remzi matbaa uyi).

23.

Zelenkov, M. Y., Laamarti, Y. A., Diaghilev, V. V., Vasilyeva, O. N., Zinkovsky, S., &

Shermukhamedova, N. (2021). The system of key risk factors contributing to religious terrorist activities in the
21st century.

European Journal of Science and Theology

,

17

(3), 91-101.

20.

Namozova, Y. "Socio-historical genesis of educational philosophy formulated in Turkestan." ISJ

Theoretical & Applied Science, 10 (78) (2019): 370-374.

21.

Нишанова, О. (2023). Моральные ценности и их роль в обществе . in Library, 7(1), 1-9.

извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21923

Библиографические ссылки

ONUR, B. (1997) Rivojlanish psixologiyasi, ( 4-nashr, Anqara: Imge matbaa uyi).

ADAM, H. (2014) “Bolalik davri diniy ta’lim”, Rivojlanish davrlariga ko‘ra diniy ta’lim (tahr.)Mustafo Ko‘ylu (5-nashr, Anqara: Nobel nashrlari).

KOCH, M. (2001) Rivojlanish va Ta’lim, (Anqara: Nobel nashr va tarqatish).

KO‘YLU, M. (2004) “Bolalik davridagi diniy e’tiqod shakllanishi va diniy ta’lim”, Anqara universiteti dinshunoslik fakulteti jurnali, XLV /11.

SELCHUK, M, (2015) Bola tarbiyasida diniy motivlar, TDV nashr.

YAVUZER, H. (1993) Bolalar psixologiyasi, (Istanbul: Remzi nashriyoti)

YORUKO’GLU, A. (1983) Bola ruhiyati salomatligi, (Anqara: Turkiya ish banki madaniyat nashrlari).

KARAMAN. F. vab., (2006) Diniy tushunchalar lug’ati, (Anqara: Diniy ishlar boshqarmasi nashrlari).

TOSUN, C. (2011) Diniy ta’lim faniga kirish, (5-nashr, Anqara: Pcgcm akadcmiyasi).

ERTURK, S. (1997) Ta’limda dastur shakllantirish, Ankara

BACANLI, H. (2004) Rivojlanish va Ta'lim, (9-nashr, Anqara: Nobel nashr va tarqatish).

CHAMDIBI, H.M. (2011) Kishilik tarbiyasi va diniy ta’lim , (4-nashr, Istanbul: Chamlija nashrlari

KARATAY, II. (2011) “Xarakter tarbiyasida badiiy asarlardan foydalanish” Turkish Studies-International Periodical For The Languages, Terature and History of Turkish or Turkic 6/1 Winter

MEHMEDO’GLU, Y. (2003) Axloqiy va diniy rivojlanish: farzandiin qadriyatlarimizni o'rganmoqda, (Istanbul: Morpa madaniyat nashrlari).

0‘NER, N. (1997) Stress va diniy e’tiqod, (Anqara: Turkiya Diyonat fondi nashrlari).

VERGOTE, A. (1978) “Bolada din”, tarj. Erdo'g'anFirat, Anqarauniversiteti dinshunoslik fakultcti jurnali, XXII.

BASTON, D. (1974) Creative Religious Growth and Pre-Formal Religious Education”, Religious Education. Vol LXIX, No: 3

FREYD, S. (1993) Jamiyat psixologiyasi, (tarj. Kamol Saydam, Istanbul: Dushuncn adam nashrlari).

AY, M.E. (2016) Allohni farzandimizga qanday ifodalab beraylik, (Istanbul: Timash nashrlari).

ORUCH, J. (2011) Maktabgacha yoshdagi bolalaming diniy ta’limi, (IstanbukDem nashrlari).

BUYRUQCUI, R. (2001)”Turkiyada diniy ta’lim-tarbiyaning shaxs shakllanishiga ta’siri”, “Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonida Turkiyada diniy ta’lim va muammolar” nomli simpozium 2001-yil 26-27-may, (Adapazari: Deyishim nashrlari).

JAKIN, G. (1969) Bolalar psixologiyasining asosiy masalalari, (tarj. Mehmet Toprak, Istanbul: 2-nashr, Remzi matbaa uyi).

Zelenkov, M. Y., Laamarti, Y. A., Diaghilev, V. V., Vasilyeva, O. N., Zinkovsky, S., & Shermukhamedova, N. (2021). The system of key risk factors contributing to religious terrorist activities in the 21st century. European Journal of Science and Theology, 17(3), 91-101.

Namozova, Y. "Socio-historical genesis of educational philosophy formulated in Turkestan." ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (78) (2019): 370-374.

Нишанова, О. (2023). Моральные ценности и их роль в обществе . in Library, 7(1), 1-9. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21923

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов