“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
40
INTENSIV URUG‘ MEVALI O‘SIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI
Xusanov Alijon Karimovich
1
Muqimova Zilolabonu Davronbek qizi
2
.,
Sayfutdinova
Mushtariy Sardorbekovna
Andijon davlat universiteti zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri b.f.d. professor
1
a_xusanov75@adu.uz
Andijon davlat universiteti, biologiya yo‘nalishi talabasi
2
zilolamuqimova28@gmail.com
Andijon davlat universiteti, biologiya yo‘nalishi talabasi
3
mushtariysardorbekovna08@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15574390
Annotatsiya.
Maqolada intensiv urug‘mevali bog‘larda uchraydigan hasharotlar tur tarkibi,
ularning taksonomiyasi o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligini
intensiv rivojlantirishga oid qarorlari asosida, yangi agrotexnologiyalar va ularda ushraydigon
hasharotlar haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
Abstract.
The article studies the composition of insects found in intensive fruit and berry
orchards, their taxonomy. Based on the resolutions of the President of the Republic of Uzbekistan on
the intensive development of agriculture, new agrotechnologies and information about insects that
live in them are being implemented.
A
ннщтатция
.
В
статье
изучается
состав
и
таксономия
насекомых
,
встречающихся
в
интенсивных
плодовых
садах
.
На
основе
постановлений
Президента
Республики
Узбекистан
по
интенсивному
развитию
сельского
хозяйства
внедряются
новые
агротехнологии
и
сведения
о
насекомых
,
которые
в
них
размножаются
.
Kalit so‘zlari:
Agrotexnologiya, qishloq xo‘jaligi, intensiv bog‘dorchilik, urug‘ mevali,
zararkunanda hasharotlar.
Keywords:
Agrotechnology, agriculture, intensive horticulture, pome fruits, insect pests.
Ключевые
слова
:
Агротехника
,
селское
хозяйство
,
интенсивное
садоводство
,
семена
и
фрукты
,
насекомые
-
вредители
.
2021-yil 17-iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida»gi PF-6263-sonli farmonida yangi agrotexnologiyalar va
zamonaviy texnikalar yordamida qishloq xo‘jaligini intensiv usullarga o‘tkazish zarurligini ta’kidlab
o‘tgan edilar. 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-son Farmoni - intensiv mevachilik, uzumchilik,
vinochilik va issiqxona xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga hamda eksport
salohiyatini oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish.
Intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik va himoyalangan joylarda sabzavotchilik bo‘yicha zamonaviy
bilim va tajribalarni tatbiq qilish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida ta’kidlandi [5].
Intensiv bog‘dorchilik – bu zamonaviy agrotexnik usullar yordamida mevali o‘simliklardan
yuqori hosil olishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi sohasi. Ushbu usulda daraxtlar zich ekiladi, maxsus
shakllantirish va kesish texnikalari qo‘llaniladi, shuningdek, sug‘orish, o‘g‘itlash va
zararkunandalarga qarshi kurashning ilg‘or tizimlari joriy etiladi. Intensiv bog‘dorchilikning asosiy
afzalliklari quyidagilardan iborat: yuqori hosildorlik, gektaridan an’anaviy bog‘larga qaraganda 2-3
barobar ko‘p mahsulot olish mumkin.
Intensiv o’suvchi mevali daraxtlar 2-3 yilda hosil bera boshlaydi. Resurslardan samarali
foydalanish, suv, o‘g‘it va pestitsidlar avtomatlashtirilgan tizimlar orqali aniq qo‘llaniladi. Eksport
salohiyati, yuqori sifatli mevalar xalqaro bozorlarda raqobatbardosh bo‘ladi.
Shunga qaramay intensiv bog‘lar zararkunandalarga ko‘proq moyil bo‘lishi mumkin, chunki,
zich ekilgan daraxtlar orasida kasalliklar va hasharotlar tez tarqaladi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz miqyosida har yili qo‘shimcha ravishda pakana va yarimpakana
intensiv bog
ʼ
lar tashkil etilib, undagi olma qurti, olma shirasi, oddiy va qizil o‘rgimchakkana, girdak
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
41
kuya, qalqondor, nok burgasi va boshqa ko‘plab zararkunanda hasharotlar tomonidan
zararlanyotganligi kuzatilmoqda [9].
Urug‘ mevali bog‘larda bog‘ o‘rgimchakkanasi, nok kanasi, olma qizil kanasi kabi ko‘plab
turdagi kanalar jiddiy zarar yetkazadi. Kanalar barglarni, bir yillik yosh novdalarni, o‘suv nuqtalarini
hamda yosh g‘o‘ra mevalarni so‘rib zarar yetkazadi [2].
Zararlangan mevalar dog‘lanib, sifati pasayadi. Novdalar esa rivojlanishdan orqada qolib,
qishga va sovuqqa chidamliligi pasayadi.
Urug‘ mevali bog‘dorchilik xo‘jaliklarida asosan zararlilik darajasi yuqori bo‘lgan bir nechta
kana turlari katta zarar yetkazishi aniqlangan. Bular kulrang meva kanasi (
Bryobia rubrioculos
Scheuten), do‘lana kanasi (
Amphitetranychus viennensis
(Zacher, 1920)), olma qizil kanasi
(
Panonychus ulmi
Koch), oddiy o‘rgimchakkana (
Tetranychus urticae
Koch) hisoblanadi.
Dunyoda o‘rgimchakkanalar 150 turdan ortiq ekinlarning asosiy zararkunandasi sifatida qayd
etilgan [7]. Olma va nokda kasallikning eng keng tarqalgan qo‘zg‘atuvchisi
Monilinia fructigena
askomitset zamburug‘idir [4]. Mevali bog‘larda kanalarning bir nechta turi zarar yetkazadi. Ular
asosan ikki oilaga mansub hisoblanib, birinchisi to‘rt juft oyoqli kanalar (
Tetranychidae
) va ikki juft
oyoqli kanalar (
Eriophyidae
) hisoblanadi. Ushbu kanalarni dala sharoitida maxsus lupada,
laboratoriya sharoitida mikroskopda ko‘rish mumkin [1].
Oddiy olma bog‘ning bir gektaridan 10-20 tonnagacha hosil yetishtirish mumkin. Pakana va
yarim pakana daraxtlardan esa 50-80 tonnagacha hosil olsa bo‘ladi [10].
Olma bog‘larda va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlariga bir necha tur o‘simlik kanalari zarar
yetqazsa-da, biroq ularning eng xavflisi olma qizil kanasi (
Panonychus ulmi
Koch.) hisoblanadi.
Olma qizil kanasi o‘rgimchaksimonlar sinfiga (
Arachnida
), akariform kanalar (
Acariforms
)
turkumiga kiruvchi o‘simlikxo‘r jonzot hisoblanadi [3].
Olma qizil kanasi Yevropadagi va boshqa mamlakatlarning urug‘ mevali bog‘lar va boshqa
ekinlarining eng xavfli zararkunandasidir. Bu zararkunanda ayrim dalalarda ekinlar hosilining
yarimidan ko‘proq qismini nobud qilib qo‘yishi mumkin. Bu zararkunanda boshqa kanalarga nisbatan
xavfi va zarari jihatidan yuqori hisoblanadi hamda poliz, texnik ekinlar va bog‘dorchilik, manzarali
daraxtlarning ham asosiy zararkunandasidir.
Oddiy o‘rgimchakkana (
Tetranychus urticae
Koch). O‘rgimchakkanalar asosan o‘rgimchak
to‘rlari tagida rivojlanib ko‘payadi [8]. Odatdagi yillarda o‘rgimchakkana yalpi hosilning 6-10% ni,
ba’zi yillarda esa hatto 14% ni nobud qiladi [8; 1-8].
Olma kuyasi (
Yponomeuta padella
L.). Bu zararkunanda o‘rgimchak iplaridan uya yasab, shu
uya ichida oziqlanadi. Olma kuyasi yiliga bir bo‘g‘in avlod beradi. Kapalaklar o‘z tuxumlarini
“qalqoncha” bilan qoplab qo‘yadi.
Bargxo‘r (
Luperus xanthopoda
). Asosan olma va o‘rik daraxtlarini zaradlaydi, ba`zan olcha,
gilos, shaftoli va boshqa danakli meva daraxtlariga ham tushadi. Yiliga bir bo‘g‘in avlod beradi.
Qurtlari daraxtlarga o‘rgimchak ipidan pilla o‘rab, shu pilla ichida qishlaydi, bu qurtlar ko‘klamda
pilladan chiqib gul va barg kurtaklari, g‘uncha, gul hamda yosh bargchalar bilan oziqlanadisilka
Olma qurti (
Cydia pomonella L.
). O‘zbekistonning ko‘pgina bog‘larida uchraydi. Bu qurt
olma, nok va behidan tashqari, o‘rikni ham zararlaydi va ba`zan olxo‘ri, shaftolini ham zararlaydi.
Olma qurti tushgan mevalar to‘kiladi, to‘kilmay pishib yetilganlarining sifati pasayib ketadi [10].
Intensiv urug‘ mevali o‘simliklarning entomofaunasi turli foydali va zararli hasharotlarni o‘z
ichiga oladi. Changlatuvchi asalarilar hosildorlikni oshirsa, zararkunandalar ekinlarga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Biologik muvozanatni saqlash uchun samarali agrotexnik va biologik choralar talab
etiladi. Intensiv urug‘ mevali o‘simliklar bog‘larida uchraydigan entomofauna xilma-xilligi va
ularning zararlilik darajasi mazkur tadqiqotda chuqur o‘rganildi.
Xulosa sifatida ta’kidlash mumkinki, olma, nok va boshqa mevali daraxtlarga zarar
yetkazadigan kanalar va hasharotlar – xususan olma qizil kanasi, oddiy o‘rgimchakkana, olma qurti,
bargxo‘r va boshqa zararkunandalar ekinlar hosildorligini jiddiy kamaytirishi mumkin. Ayniqsa,
olma qizil kanasi yuqori darajadagi xavflilik darajasi bilan ajralib turadi. Shu sababli intensiv
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
42
bog‘dorchilikda biologik va agrotexnik usullarni uyg‘unlashtirgan holda entomofaunani nazorat
qilish, ekologik muvozanatni saqlash va hosildorlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Arbabi M., Shokat, G. A. A., Khiavi, H. K., Imami, M. S., Kamali, H., Farazmand H.
Evolution of kaolin in control of
Panonychus ulmi
in apple orchards of Iran. 2020 Vol.34 No.1 pp.
47-53.
2. Dean Markich., Irina Medjo., Slavka Mutavdzic Field and greenhouse evaluation of
spirodiclofen against
Panonychus ulmi
and
Tetranychus urticae
Koch. (Acari: Tetranychidae) 2011;
6 (1): pp. 93-98
3. Harris A. L., Ullah R., Fountain M. T, “The evaluation of extraction techniques for
Tetranychus,” [Exp. Appl. Acarol]. 2017, no. 4, pp. 367–377.
4. Hasanov B.A. va boshq. Mevali va yong‘oq mevali daraxtlar, sitrus, rezavor mevali butalar
hamda tok kasalliklari va ularga qarshi kurash. – Toshken, 2010. - B. 22-32.
5. Jaime Piñero, Elizabeth Garofalo, Sonia Schloemann, UMass Extension Apple – Mites:
European red mite (
Panonychus ulmi
) and two-spotted spider mite (
Tetranychus urticae
) 2020; pp.
1-3
6. Kim, Young Jung, Chuleui Preference of Apple Leaves of Three Cultivars, Fuji, Tsugaru and
Hongro by
Tetranychus urticae
Koch. and Its Life Table Analysis KoriY. 2021; pp. 1-8
7. New innovations in national education - 10-son 1-jild oktabr, 2024 1-qism. 153-bet.
8. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences - olmazor
entomokompleksi dominant turlarining bioekologiyasi (Quva hududi olma bog‘lari misolida) –
November 2022 - 137-148-betlar.
9. https://lex.uz
10.
https://yuz.uz
