“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
43
CREONTIADES PALLIDUS TURINING BIOLOGIYASI VA ZARAR YETKAZISH
XUSUSIYATLARI
Xusanov Alijon Karimovich
1
., Abdishayidova Mavjuda Nurqadamovna
2
., Turdiyev
Zafarbek Salohidin o‘g‘li
3
., Sayfutdinova Mushtariy Sardorbekovna
4
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri b.f.d., professor
1
a_xusanov75@adu.uz
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi tadqiqotchisi
2
adisaidovamavzudahon@gmail.com
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi o‘qituvchisi
3
zafarturdiyev2020@gmail.com
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi talabasi
4
mushtariysardorbekovna08@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15574613
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Miridae oilasiga mansub qandalalar g’o‘za, madaniy
o‘simliklarga, qand lavlagi, dukkakli yem-xashak ekinlari, tolali o‘simliklar, moyli o‘simliklar,
g‘alla, poliz, dorivor va manzarali o‘simliklarning jiddiy zararli tomonlari va ularga qarshi doimiy
ravishda kurashish chora-tadbirlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
G‘o‘za qandalasi, agrotsenoz, Miridae, fitofag, antropogen, generativ,
agrotexnik.
Аннотация
:
В
статье
рассматриваются
серьезные
вредоносные
воздействия
долгоносиков
семейства
Miridae
на
хлопчатник
,
культурные
растения
,
сахарную
свеклу
,
бобовые
,
кормовые
культуры
,
прядильные
культуры
,
масличные
культуры
,
зерновые
,
бахчевые
,
лекарственные
и
декоративные
растения
,
а
также
меры
постоянной
борьбы
с
ними
.
Ключевые
слова
:
хлопковая
совка
,
агротсеноз
,
мириды
,
фитофаг
,
антропогенный
,
генеративный
,
агротехнический
.
Annotation:
This article discusses the serious harmful effects of weevils of the Miridae family
on cotton, cultivated plants, sugar beets, legumes, forage crops, fiber crops, oilseed crops, grains,
melons, medicinal and ornamental plants, and measures to continuously combat them.
Keywords:
Cotton bollworm, agrocenosis, Miridae, phytophagous, anthropogenic, generative,
agrotechnical.
G‘o‘za qandalasi (
Creontiades Pallidus
Rambur, 1839) – g‘o‘za ekinlarini zararlaydigan,
ixcham va kichik o‘lchamli hasharotdir. U (Hemiptera) turkumiga mansub bo‘lib, o‘zining biologik
va ekologik xususiyatlari bilan qishloq xo‘jalik ekinlariga asosan, g‘o‘za, beda, makkajo‘xori va
boshqa poliz ekinlariga katta zarar yetkazadi. Ularning faoliyati natijasida o‘simliklarning barglari,
novdalari va gullari zararlanishi, natijada hosilning kamayishiga olib keladi [1].
O‘zbekiston sharoitida g‘o‘za maydonlarida 200 turdan ortiq turli zararkunandalar aniqlangan.
G‘o‘zaning asosiy so‘ruvchi zararkunandalari sifatida so‘ruvchi qandalalar, o‘rgimchakkanalar,
shira, tamaki tripsi, oqqanot va kemiruvchi zararkunandalaridan kuzgi va g‘o‘za tunlamlariga qarshi
doimiy ravishda kurash chora-tadbirlar olib boriladi. Ammo Respublika hududiga antropogen
omilning ta’siri va iqlimiy sharoitlarni keskin o‘zgarishi zararkunandalar soni va tur tarkibini tubdan
o‘zgartirib yubordi [2].
Keyingi vaqtlarda ikkilamchi hisoblangan zararkunandalardan o‘simlikxo‘r qandalalar, ayniqsa
dala va beda qandalalarining soni keskin ravishda oshdi. Natijada, g‘o‘zaga yetkazadigan zarariga
yetarli darajada ahamiyat berilmagan bo‘lib, g‘o‘zaga deyarli xavf tug‘dirmaydi degan fikr yuritilar
edi.
Qandalalarning keng miqiyosda ko‘payib, madaniy va manzarali o‘simliklarga katta zarar
keltirishi aniqlangan. Bu oilaning ko‘pgina vakillari fitofaglar bo‘lib, g‘o‘za, qand lavlagi, dukkakli
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
44
yem-xashak ekinlari, tolali o‘simliklar, moyli o‘simliklar, g‘alla, poliz, dorivor va manzarali
o‘simliklarning jiddiy zararkunandasi hisoblanadi [2].
Lekin 2005-2010 yillar davomida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijasi tahlil qilinganda, qandalalar
g‘o‘zaning generativ organlari (shona, tuguncha, ko‘saklari) bilan oziqlanishi natijasida qandalalar
tomonidan yetkazilgan zararni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi, chunki shu davr mobaynida 60%
gacha hosil yo‘qotilishi qayd etilgan [2].
Mamlakatimizdagi ushbu vaziyat so‘qir qandalalardan keltiradigan salbiy ta’sirlarni oldini olish
uchun olib borilgan izlanishlar ular sonini bezarar miqdorgacha kamaytirish uchun yetarli emasligini
ko‘rsatib beradi, hamda qandalalar keltiradigan ko‘ngilsiz oqibatlaridan ogohlantiradi va natijada ular
sonini kamaytirish uslublarini ishlab chiqish zaruriyatini tug‘diradi.
Barcha qandalalar ozuqa turiga ko‘ra o‘simlikxo‘r-fitofag, yirtqichlari zoofitofag va fitozoofag
xillarga farqlanadi. Aksariyat yirtqich qandalalar g‘o‘zaning asosiy zararkunandalari hisoblangan
g‘o‘za shiralari, o‘rgimchakkana, tripslarni yentomofaglari bo‘lib, ularni sonini boshqarishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Shunga qaramasdan mamlakatimiz hududida qandalalarning tur tarkibi,
tarqalishi, ekologiyasi, trofik aloqalari, ayrim agrobiotsenozlardagi ahamiyati deyarli o‘rganilmagan.
Yarimqattiqqanotlilar orasida so‘qir qandalalar Miridae oilasi alohida o‘rin tutadi. MDH
hududlarida so‘qir qandalalar 650 turi (170 avlodi) tarqalgan bo‘lib, ulardan 1% qismigina madaniy
o‘simliklarga zarar keltiradi. O‘zbekistoning turli ekologik sharoitlarida ular avlod va turlar soni
hamda uchrash darajasi bo‘yicha boshqa sistematik guruhlardan yuqorida turadi. Faqat g‘o‘za
agrotsenozining o‘zida qandalalarning 20 ga yaqin turi qayd etilgan bo‘lib, ularning aksariyati
o‘simlikning vegetativ va generativ organlariga zarar keltiradi [3].
So‘qir qandalalar tanasi kichik va o‘rta o‘lchamga ega bo‘lgan nozik hasharotlardir. Bularning
tanasi cho‘ziq, ixcham va teri qoplagichi yupqa. Mo‘ylovlari boshlaridan uzun, to‘rt bo‘g‘imli,
ikkinchi bo‘g‘imi birmuncha uzun, qolgan halqasimon bo‘g‘imlari ingichkaroq ko‘rinishga ega.
Oddiy ko‘zlari mavjud emas (shuning uchun nomi: so‘qir qandalalar). Xartumchasi erkin joylashgan,
to‘rt bo‘g‘imli. Oyoqlar yuguruvchi tipda tuzilgan. Yelkasining oldingi qismi o‘rta qismiga nisbatan
keng, uning old qirrasi to‘g‘ri yoki biroz o‘yiqlari bor. Ikkita juft qanotlari, ba’zi bir holatlarni hisobga
olmaganda, yaxshi rivojlangan. Urg‘ochi qandalalar erkaklaridan oson ajratiladi ya’ni urg‘ochi
qandalalar jinsiy organi yorig‘ida tuxum qo‘ygichi uzunasiga joylashgan bo‘ladi. So‘qir
qandalalarning tuxumlari cho‘ziqroq shaklga ega bo‘lib, yaltiroq tusli, och sariq yoki nimyashil
rangga ega, uning yuqori qismi yaxshi mustahkamlanmagan va lichinka chiqadigan teshikni yopib
turuvchi qopqoqcha bilan ta’minlangan [3].
Lichinkalar 3 guruhga ajratilib 5 ta yosh bo‘yicha rivojlanadi. Qanot o‘simtalari bo‘lmagan
kichik (I-II yosh), o‘simtalar biroz seziladigan o‘rta (III yosh) va qanot boshlang‘ichlari yaxshi
rivojlangan (IV-V yosh) katta lichinkalar farqlanadi. Lichinkalar tanasi va oyoqlarining tuzilishiga
ko‘ra, voyaga yetgan qandalalarga o‘xshaydi, biroq ulardan rangi, tana va oyoqlaridagi bo‘g‘imlar
soni, o‘simtalari bilan keskin farq qiladi. So‘qir qandalalarning lichinkalari imagolari kabi xo‘ra
bo‘lib, ularning zararli ta’siri II va III yoshli davridayoq to‘liq namoyon bo‘ladi. Ularning so‘laklari
o‘simlik to‘qimasining lizaso‘masiga ta’sir qilib, metabolizm va membrana o‘tkazuvchanligining
buzilishiga olib keladi. Bu esa o‘simlik to‘qimalarida monosaxaridlar, askorbin kislotasi, xlorofill
donachalari va karatinoidlar miqdorining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Natijada zararlangan
o‘simlikning shona, gul, g‘unchalarining 85-90% to‘kilib ketishiga, barglarning esa sarg‘ayib qurib
qolishiga olib keladi [4].
Miridae oilasiga mansub fitofag qandalalar g‘o‘zaning asosiy zararkunandasi hisoblanadi.
Zararkunanda keng tarqalgan g‘o‘za dalalarida hosildorlik 60% gacha kamayib ketishi mumkin [4].
So‘qir qandalalarning Respublikamiz viloyatlarida g‘o‘za va beda dalalarida 22 turi uchrashi
qayd etilgan [4].
Erkagining bo‘yi 6,5-7 mm, urg‘ochilari 7- 7,5 mm ni tashkil etadi. Tanasi beda va dala
qandalalariga nisbattan ensiz bo‘lib, 1,8-2,1 mmga teng. Tanasi och-yashil tusga ega. Yelka va
qalqonlari och pushti rangli bo‘ladi. Qalqonlarining uchki qismida bitta qora dog‘ning bo‘lishi
ularning xarakterli xususiyati hisoblanadi. Erkaklari urg‘ochilariga nisbatan rangdor bo‘ladi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
45
Tuxumlarining uzunligi 1,0-1,5 mm, eni 0,4 mm, dastlab hira, oqish tusda bo‘lib, keyinchalik
qizg‘ish-pushti tusga kirib, uchi o‘tkir va chetlari qayirilgan bo‘ladi [2].
Yetuk xolda dala atrofi, zovur bo‘ylarida begona o‘t xazonlar ostida qishlaydi. Yilda 3- 4 avlod
beradi. Kichik yoshdagi lichinkalarning mo‘ylovlarida 6 ta qizil rangli xalqalar bo‘ladi. Birinchi
bo‘g‘in mo‘ylovlari va tanasining barcha a’zolari yaqqol ko‘zga tashlanuvchi qora dog‘lar bilan
qoplangan bo‘ladi. Katta yoshdagi lichinkalarda qizil xalqalar yo‘qolib ketib, tanasining markazida
bir juft katta qora dog‘larning bo‘lishi uni boshqa qandala lichinkalaridan ajratib turuvchi asosiy
belgisi hisoblanadi. Kuzga borib yetuk zotlarining rangi qo‘ng‘ir-jigarrang tusga aylanib, bu
qishlovga tayyorlanayotgan zotlar bo‘lishi mumkin. Urg‘ochilari tuxumlarini maxsus tuxum
qo‘ygichi yordamida g‘o‘zaning gul, barg bandi va kichik ko‘saklar ichiga botirib qo‘yadi. Bitta
urg‘ochi zot 70-150 tagacha tuxum qo‘yadi [4].
G‘o‘za qandalasi bilan zararlangan g‘o‘zaning hosil a’zolarida qora dog‘lar hosil bo‘ladi.
G‘o‘za qandalasi bilan kuchli zararlangan g‘o‘zada shona, gul, tuguncha va kichik ko‘saklarning
to‘kilib ketishi kuzatiladi. Qandalalar tomonidan g‘o‘zaning zararlanishi, o‘simlikda nafas olish
tezligining va oksidlovchi fermentlar faolligining kamayishiga, hosilni sezilarli yo‘qolishiga, tola
sifatini yomonlashuviga, yosh hosil elementlarining to‘kilishi va urug‘ning yaroqsizlanishiga olib
keladi. Dog‘lar atrofidagi bir necha sanchishlar hisobiga ular kattalashadi va boshqacha tus oladi.
Ko‘sakning shakli o‘zgaradi, ba’zan muddatidan oldin ochiladi. Vaqt o‘tishi bilan bir qancha
sanchishlar ta’sirida noto‘g‘ri rivojlanayotgan to‘qimaning ustki qismi darz ketadi va yoriq paydo
bo‘ladi. Yoriqdan yirik xujayralardan tashkil topgan yarim suyuq ko‘sak shirasi oqib chiqadi. Shu
bilan bir vaqtda zararlangan joyda tolalarning sarg’ayishi, chigitning esa qalinlanishi kuzatiladi [1].
Zararli so‘qir qandalalar miqdoriy sonini ular dastlabki ko‘payish joylarida keskin kamaytirish
va zararkunandalarni boshqa ekinlarga ko‘chib o‘tishini oldini olish hamda qirib yo‘qotish maqsadida
quyidagi profilaktik, kimyoviy va agrotexnik kurash chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim
hisoblanadi g‘o‘zani muddatidan oldin, ayniqsa, birinchi suv berishni erta muddatda o‘tkazish,
sug‘orishda tuproqning o‘ta namlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, sug‘orilgandan keyin, albatta, kultivatsiya
qilinishi kerak. Kultivatsiya qilmasdan qayta-qayta duplet suv berish mutloqa mumkin emas, chunki
bu hol zararli so‘qir qandalalarning g‘o‘za ekiniga o‘tishiga va ommaviy ko‘payishiga asosiy
sabablaridan biri xisoblanadi [2].
Creontiades pallidus
g‘o‘za va boshqa madaniy o‘simliklar
uchun xavfli zararkunanda bo‘lib, hosil yo‘qotilishini 60% gacha oshirishi mumkin. Uning
rivojlanishi, oziqlanish xususiyatlari va agrotsenozdagi roli uni jiddiy tahdidga aylantiradi. Hozirgi
kunda samarali kurash choralari yetarlicha ishlab chiqilmagan. Shu sababli, zararkunandaning
biologiyasi va ekologiyasini o‘rganish, monitoring va kompleks kurash usullarini joriy etish zarur
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Хўжаев
Ш
.
Т
.
Умумий
ва
қишлоқ
хўжалик
энтомологияси
ҳамда
уйғунлашган
ҳимоя
тизимининг
асослари
. –T
ошкент
: «Yangi Nashr Nashriyoti», 2019, 84
б
.
2.
Холматов
Б
.
Р
.,
Ахмедова
З
.
Ю
.,
Хашимова
М
.
Х
.,
Даминова
Д
.
Б
.,
Халиллаев
Ш
.
А
.,
Мусаев
Д
.
М
.
Ғўза
агробиоценозида
зарарли қандалаларнинг
сонини
бошқаришга
доир
тавсиянома
. –T
ошкент
: «
Наврўз
»
нашриёти
, 2017, 2
б
.
3.
Муродов
С
.
А
.
Умумий
этномология
курси
. «
Мехнат
»
нашриёти
, 1986, 167
б
.
4. Xamrayev A.Sh., Ochilov R.O., Qo‘chqorov A.X., Nurmaxamedov D.N.. G‘o‘zani so‘qir
qandalalardan himoya qilish (tavsiyalar). -Toshkent, 2006. 16 b.
5.
Олимжонов
Р
.
А
.
Энтомология
.
Ўқитувчи
нашриёти
. To
шкент
, 1977.
