Mualliflar

  • Alijon Xusanov
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110716

Annotasiya

Bu ulkan zamin, bu foniy dunyo necha-necha insonlarni bagʻriga olib, ularga faqat yaxshilikdan, birovni qoʻllab-quvvatlashdan, umri davomida savob amallarni bajarib, ikki dunyo saodatiga erishishdan iborat buyuk ezguliklarni ravo koʻrib kelmoqda. Buning natijasida kurrai zaminimizda oʻz hayotlarini yaxshilik urugʻini sochishga baxshida qilgan minglab, millionlab insonlar yashab oʻtdilarki, ular hayotining mazmuni jamiyatga, jamoatga va butun olamiyotga yaxshilik qilishdan iborat boʻlgan. Biz qalamga olmoqchi boʻlgan inson ham ana shunday ezgulik yoʻlida yashab, ezgulikning roʻyobi yoʻlini oʻzining yashash tarziga aylantirib olgan insonlardan edi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

4

OLIMNING OLAMCHA OBRO

ʻ

SI

Bu ulkan zamin, bu foniy dunyo necha-necha insonlarni bag

ʻ

riga olib, ularga faqat

yaxshilikdan, birovni qo

ʻ

llab-quvvatlashdan, umri davomida savob amallarni bajarib, ikki dunyo

saodatiga erishishdan iborat buyuk ezguliklarni ravo ko

ʻ

rib kelmoqda. Buning natijasida kurrai

zaminimizda o

ʻ

z hayotlarini yaxshilik urug

ʻ

ini sochishga baxshida qilgan minglab, millionlab

insonlar yashab o

ʻ

tdilarki, ular hayotining mazmuni jamiyatga, jamoatga va butun olamiyotga

yaxshilik qilishdan iborat bo

ʻ

lgan. Biz qalamga olmoqchi bo

ʻ

lgan inson ham ana shunday ezgulik

yo

ʻ

lida yashab, ezgulikning ro

ʻ

yobi yo

ʻ

lini o

ʻ

zining yashash tarziga aylantirib olgan insonlardan edi.

Ajoyib inson, kamtarin va xushchaqchaq do

ʻ

st, minglab shogirdlarga ta'lim va tarbiya berib,

ularga hayot yo

ʻ

lini ko

ʻ

rsatgan mehribon ustoz adolatli rahbar, biologiya fanlari doktori, professor,

zoolog-entomolog olim Ahmedov Madaminbek Hotamovich hayot bo

ʻ

lganlarida 76 yoshni qarshi

olgan bo

ʻ

lar edilar.

Mir Alisher Navoiy hazratlarining bir gapi bor:

Insonlar bor tiriklikda o

ʻ

likdir, insonlar bor

o

ʻ

liklikda tirikdir

!!!

Darhaqiqat, ustoz tirikligida bebaho boylik qoldirib ketgan insonlardan hisoblanadi. Zero,

hozirda ustozning yaratib ketgan Ilmiy-maktabi shogirdlari tomonidan faol davom ettirib
kelinmoqda.

Ustoz 1949 yilning 26 oktyabrida Andijon viloyatining Asaka shahrida ishchi-kosib oilasida

tavallud topdi. Otasi – Hotambek Ahmadbek o

ʻ

g

ʻ

li, “Asaka savdo” korxonasida ishchi bo

ʻ

lgan, ilmga

ixlosmand

kishilardan

edilar.

M.H.Ahmedovning

olimlar

qatoridan

joy

olishida

padaribuzrukvorining xizmatlari beqiyos bo

ʻ

lgan.

Onasi – Inobatxon Ahmedova, uy yumushlari va farzandlar tarbiyasi bilan shug

ʻ

ullangan.

Oilada sakkiz farzand bo

ʻ

lib, ikki o

ʻ

g

ʻ

il va olti qiz kamolga etdi.

M.H.Ahmedov 1956 yildan Asaka shahridagi 1-, keyinchalik shahardagi yangi qurilgan 7-

maktabda o

ʻ

qidi va 1966 yilda maktabni “Oltin medal” bilan bitirib, Farg

ʻ

ona davlat pedagogika

institutining tabiiyot-geografiya fakultetiga o

ʻ

qishga kirdi.

O

ʻ

sha paytda bu fakultetda akademik A.M.Muhammadiev, professor S.S.Saxobiddinov,

dosentlar A.Qurbonov, Yu.Sultonov va A.Mamajonov kabi zabardast olimlar faoliyat ko

ʻ

rsatar

edilar.

Ustoz 1971 yili “Biologiya va kimyo o

ʻ

qituvchisi” mutaxassisligi bo

ʻ

yicha imtiyozli diplom

bilan universitetni tamomladi.

U yoshligidan ota-onasiga hamfikr, hamnafas va har doim maslahatgo

ʻ

y bo

ʻ

ldi. Oilaning

to

ʻ

ng

ʻ

ich farzandi bo

ʻ

lgan ustoz o

ʻ

zining oliy ma'lumot egasi bo

ʻ

lishi bilan kifoyalanmay, barcha

ukasi va singillarini ham ilmli bo

ʻ

lishga, o

ʻ

qib hunar o

ʻ

rganishga etakladi va bunga erishdi.

M.H.Ahmedov mehnat faoliyatini dastlab Asaka shahridagi 9-o

ʻ

rta maktabda o

ʻ

qituvchilikdan

boshladi. Keyin esa Butunittifoq paxtachilik ilmiy tekshirish instituti Andijon filialida katta laborant
sifatida faoliyat yuritdi.

1972 yildan boshlab M.H.Ahmedov Farg

ʻ

ona davlat pedagogika instituti zoologiya kafedrasiga

ishga keldi. Dastlabki yillarda u kafedraning katta laboranti, keyinchalik o

ʻ

qituvchi va katta

o

ʻ

qituvchi lavozimida ishladi.

Ustoz 1981 yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. M.H.Ahmedovga 1985 yilda Oliy

Attestasiya Komissiyasi tomonidan dosentlik ilmiy unvoni berildi.

Ustoz kafedra faoliyati bilan birgalikda 1981-1987 yillar oralig

ʻ

ida Farg

ʻ

ona davlat pedagogika

instituti yosh olimlar Kengashining raisligini ham bajardi.

1988-1990 yillarda esa institut professor-o

ʻ

qituvchilar kasaba uyushmasining raisi lavozimida

faoliyat ko

ʻ

rsatdi.

1989 yildan boshlab ustozga institutning eng navqiron va nufuzli hisoblangan zoologiya

kafedrasini boshqarish vazifasi topshirildi. Izlanuvchan, tashabbuskor va yangilikka intiluvchan yosh
olim institut jamoasiga namuna bo

ʻ

la oldi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

5

Institutga universitet maqomi berilgandan keyin M.H.Ahmedov o

ʻ

quv ishlari bo

ʻ

yicha

prorektor lavozimida faoliyatini davom ettirdi.

Ustoz 1995 yilda “Tli - afididi (Homoptera, Aphidinea, Aphididae) aridno-gornix zon Sredney

Azii” mavzusidagi doktorlik ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

1997-2000 yillar davomida M.H.Ahmedov o

ʻ

zi tahsil olgan tabiiyot fakultetida dekan

lavozimida ishladi.

2001 yilda ustoz professorlik ilmiy unvoniga sazovor bo

ʻ

ldi. Shu yildan e'tiboran,

universitetning ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo

ʻ

yicha prorektori lavozimida mehnat

faoliyatini davom ettirdi.

U 2005-2013 yillari Farg

ʻ

ona davlat universiteti rektori lavozimida faoliyat olib bordi.

M.H.Ahmedov 2007-2014 yillar davomida O

ʻ

zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov

komissiyasining a'zosi, 1996 yildan esa O

ʻ

zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Zoologiya

instituti huzuridagi doktorlik dissertasiyalarini himoya qilish bo

ʻ

yicha Ixtisoslashgan kengash a'zosi,

“FDU. Ilmiy

xabarlar”

jurnalining bosh muharriri,

shuningdek, O

ʻ

zbekiston Milliy

Ensiklopediyasining “Biologiya” bo

ʻ

limi bo

ʻ

yicha hay'at a'zosi sifatida mehnat qildi.

1998 yilda M.H.Ahmedovga “Farg

ʻ

ona davlat universitetida xizmat ko

ʻ

rsatgan dosent” faxriy

unvoni berilgan. 2006 yilda esa O

ʻ

zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi munosabati

bilan ustoz “O

ʻ

zbekiston Mustaqilligining 15 yilligi” ko

ʻ

krak nishoni bilan taqdirlandi.

Domlaning tarjimai holi haqidagi xronologik ma'lumotlardan ravshan bo

ʻ

ladiki, Madaminbek

aka hayoti davomida faqat oldinga intilgan: o

ʻ

z mehnatini jamiyat taraqqiyoti yo

ʻ

liga, yosh avlodni

komillik sari etaklash yo

ʻ

liga, qolaversa, yangi-yangi pedagogik va ilmiy kadrlash tayyorlash yo

ʻ

liga

yo

ʻ

naltirgan va buning natijasida ehtiromga, e'zozga va e'tiborga sazovor bo

ʻ

lgan.

Ustozning yuzlab ilmiy maqolalari nufuzli xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida chop

etilgan, 30 ga yaqin monografiya va o

ʻ

quv-uslubiy qo

ʻ

llanmalari mavjud.

Madaminbek Ahmedov

Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlarida aytilgan ushbu

fikrga amal qilgan: «Kim ilm talab qilish yo

ʻ

liga yursa, Alloh unga jannat yo

ʻ

lini oson qilib qo

ʻ

yadi.

Albatta, farishtalar ilm tolibining bajargan amalidan rozi bo

ʻ

lgan holda qanotlarini qo

ʻ

yadi.

Albatta, olimga osmondagi va erdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istig

ʻ

for aytadi”.

Darhaqiqat, Domlamiz umrining qariyb yarim asridan ortiq vaqtini ilm olishga, ilm

o

ʻ

rganishga va ilm o

ʻ

rgatishga sarf qildi. Buning natijasida u ilm ahli orasida, kasbdoshlar

o

ʻ

rtasida va ziyolilar nazdida fidoyi olim maqomiga sazovor bo

ʻ

ldi.

O

ʻ

z sohasining zabardast olimi, ustoz va muallim,

umrining oxirigacha o

ʻ

z jamoasida

sidqidildan mehnat qilgan fidoyi inson Madaminbek Ahmedov 2013 yildan umrining so

ʻ

nggi

lahzalariga qadar Andijon davlat universitetida mehnat faoliyatini olib bordilar. Ustozning yaratgan
ilmiy asarlari, tayyorlagan shogirdlari orqali uning xotirasi abadiy, boqiylikka daxldordir.

Xusanov Alijon Karimovich

Andijon davlat universiteti

Zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri,

biologiya fanlari doktori, professor

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Alijon Xusanov , Xurshidbek Mamatov , TINIQQANOTLI KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA, SESIIDAE)NING ADABIYOTLARDA O’RGANILISHIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov, Tabassumoy Mamajonova , BEDA QANDALASI (ADELPHOCORIS LINEOLATUS GOEZE.)NING BIOEKOLOGIYASI VA UNGA QARSHI KURASH , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Shoxruxbek Anvarjonov , Abdumuxtor Yaxyoyev , QORADARYO XAVZASIDA TARQALGAN GIDROBIONT HAYVONLARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4 (2025)

Alijon Xusanov , Nargizaxon Toshtemirova, TERMITLAR (INSECTA: ISOPTERA) BO`YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLARGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Shoxsanamxon Mo‘ydinova , PISTA (PISTACIA VERA L.) ZARARKUNANDALARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Zilolabonu Muqimova , Mushtariy Sayfutdinova , INTENSIV URUG‘ MEVALI O‘SIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Mavjuda Abdishayidova , Zafarbek Turdiyev , Mushtariy Sayfutdinova , CREONTIADES PALLIDUS TURINING BIOLOGIYASI VA ZARAR YETKAZISH XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Shoxruxbek Anvarjonov , Abdumuxtor Yaxyoyev , QORADARYO XAVZASIDA TARQALGAN GIDROBIONT HAYVONLARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4 (2025)

Alijon Xusanov , Mavjuda Abdishayidova , Zafarbek Turdiyev , Mushtariy Sayfutdinova , CREONTIADES PALLIDUS TURINING BIOLOGIYASI VA ZARAR YETKAZISH XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Saidaxon Tillayeva , Muhammadyusuf Jo‘rayev , PROCIPHILUS OLEAE (LEACH EX RISSO, 1826) TURINING O‘ZBEKISTONDA ILK BOR QAYD ETILISHI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

1 2 > >>