“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
167
TINIQQANOTLI KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA, SESIIDAE)NING ADABIYOTLARDA
O’RGANILISHIGA OID
Xusanov Alijon Karimovich
Andijon davlat universiteti, Zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri, b.f.d., professor.
a_khusanov75@adu.uz
Mamatov Xurshidbek Mirzakamol o‘g‘li
Andijon davlat tibbiyot instituti, Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi o‘qituvchsi.
mamatovhurshidbek0@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15595656
Annotatsiya:
Tiniqqanotli kapalaklar tashqi ko‘rinishi asalarilarga o‘xshash, shaffof
qanotlarga ega bo‘lgan kapalaklar turi sanaladi. Ular dunyoning turli mintaqalarida keng tarqalgan
bo‘lib, hayot tarzi bevosita o‘simliklar bilan trofik bog‘langan. Ushbu oilaga mansub turlarning
lichinkalari o‘simliklarning poya va ildizlarini jiddiy zararlab, manzarali daraxtlari hamda qishloq
xo‘jaligi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tezisda tiniqqanotli kapalaklarning biologiyasi va
tarqalishi haqidagi ilmiy adabiyotlarda keltirilgan muhim ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Tiniqqanotli kapalak, Sesiidae, tuxum, lichinka, g‘umbak, imago, Farg‘ona
vodiysi, olma tiniqqanoti, feromon
Аннотация
:
Стеклянний
бабочки
—
это
разновидность
бабочек
с
прозрачными
крыльями
,
похожими
на
пчелиные
.
Они
широко
распространены
в
различных
регионах
мира
,
а
их
образ
жизни
напрямую
трофически
связан
с
растениями
.
Личинки
видов
,
относящихся
к
этому
семейству
,
наносят
серьезный
ущерб
стеблям
и
корням
растений
,
оказывают
отрицательное
воздействие
на
декоративные
деревья
и
сельское
хозяйство
.
В
данной
диссертации
обобщены
важные
сведения
из
научной
литературы
по
биологии
и
распространению
видов
бабочек
.
Ключевые
слова
:
Бабочка
, Sesiidae,
яйцо
,
личинка
,
пупа
,
имаго
,
Ферганская
долина
,
яблонная
стеклянница
,
феромон
.
Annotation:
The Clearwing-wing moths are a type of butterfly that looks like bees and has
transparent wings. They are widespread in various regions of the world, and their lifestyle is directly
trophically linked to plants. The larvae of species belonging to this family cause serious damage to
the stems and roots of plants, negatively affecting ornamental trees and agriculture. This thesis
summarizes important information from the scientific literature on the biology and distribution of the
clearwing butterflies.
Keywords:
Clearwing-wing moths, Sesiidae, egg, larva, pupa, adult, Fergana valley, apple
clearwing moth, pheromone
Tiniqqanotli kapalaklarning hayot sikli to‘rtta bosqichdan iborat: tuxum, lichinka, pupa va
imago. Lichinka bosqichida ular o‘simliklar poyasi, ildizi yoki po‘stlog‘ining ichida rivojlanadi va
oziqlanadi. Natijada o‘simliklarning o‘sishiga va hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularning
aksariyati o‘simliklarning ichki to‘qimalarida yashaydi, bu esa ularni ekologik jihatdan
moslashuvchan qilib, tarqalish imkoniyatlarini oshiradi. Hozirgi vaqtda Sesiidae oilasining dunyo
faunasi quyidagicha tasniflanadi: 2 yoki 3 suboila, 9 yoki 10 qabila, 149 uruqqa mansub 1352 tur va
48 kenja turlardan iborat [1]. Oila vakillari zoogeografik nuqtai-nazardan quyidagi ekologik
zonalarga ko‘ra, Palearktika zoogeografik viloyati bo‘yicha 347 tur, Nearktika zoogeografik viloyati
bo‘yicha 121 tur, Neotropik zoogeografik viloyati bo‘yicha 268 tur, Efiopiya zoogeografik viloyati
bo‘yicha 237 tur, Oriyental zoogeografik viloyati bo‘yicha (shu jumladan Janubiy Xitoy, Tayvan,
Papua-Yangi Gvineya) 415 tur hamda Avstraliya zoogeografik viloyati bo‘yicha 15 tur tarqalgan [1].
Tiniqqanotli kapalaklar bo‘yicha tadqiqot natijalari sun’iy feromonlardan foydalanish
hisobiga nisbatan sezilarli darajada kengaydi. So‘nggi 20 yil ichida ushbu oilaga oid bir nechta muhim
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
168
ilmiy monografiyalar chop etilgan [2]. Natijada G
ʻ
arbiy Palearktika faunasi yaxshi o‘rganilgan
bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo hududida tiniqqanotli kapalaklar hali to‘liq o‘rganilmagan.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoga qilingan ekspedisiyalar natijasida bir nechta yangi turlar
aniqlangan va tavsiflangan [2].
Rossiya Federasiyasining Orenburg viloyati va Boshqirdiston Respublikasidan
Microsphecia
brosiformis
(Hübner, 1813) tiniqqanotining yangi topilmalari keltirilgan. Bu tur Janubiy Ural faunasi
uchun ilk bor qayd etilgan. Turning Yevropa qismidagi areali chegarasi sharqqa qarab deyarli 900
km kengaydi. Erkaklari sun’iy sintez qilingan feromonlarga jalb qilingan. Kapalaklar tog‘li yashash
joylarida uchragan, ammo ushbu turning Ural, G
ʻ
arbiy Sibir va Shimoliy Qozog‘iston dashtlarida
keng tarqalgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Janubiy Uralda 15 taga yaqin tiniqqanot turlari
uchrashligi haqida ma’lumotlar keltirilgan [4].
Markaziy Osiyodagi tadqiqotlar
2007-2009-yillardagi Tojikiston hududida tashkil etilgan ekspedisiyalar davomida ilgari
fanga noma’lum bo‘lgan
Bembecia
Hübner (1819) avlodiga mansub yangi kapalak turi topilgan
(
Bembecia aye
) va tavsiflangan [3]. So‘nggi vaqtlarda Almata viloyati (Qozog‘iston)dagi olma
bog‘larida olma tiniqqanotli kapalagi (
Synanthedon myopaeformis
) sonining keskin oshishi
kuzatilmoqda [5]. Ushbu zararkunanda bog‘dorchilikka katta zarar etkazishi mumkin, ammo ko‘plab
bog‘bonlar bu zararkunanda haqida bilmasligi mumkin. Bir qarashda bu tur zararkunanda sifatida
qabul qilinmasligi mumkin, chunki tashqi ko‘rinishi bilan biroz asalariga o‘xshaydi.
Qozog‘istonda ilgari olma tiniqqanoti faqat shimoliy va shimoli-g‘arbiy hududlar uchun qayd
etilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u mamlakatning janubi va janubi-sharqida tez-tez uchray
boshladi [5]. Shuni ta’kidlash kerakki, janubi-sharqiy Qozog‘istonda olma tiniqqanotini o‘rganishni
davom ettirish zarur, chunki u ko‘p turlarga zarar yetkazuvchi xavfli zararkunanda bo‘lib, ommaviy
ko‘payish to‘lqinlarini berishi va yangi yashash joylariga tarqalishi mumkin. Shu sababli,
bog‘dorchilik sohasida olma tiniqqanotini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi.
Ushbu tur Yevropa, Kichik Osiyo, Yaqin Sharq, Shimoliy va G
ʻ
arbiy Afrika, Shimoliy va
Janubiy Amerikada uchraydi. Sobiq ittifoq hududida Rossiya Federasiyasining Yevropa qismidagi
o‘rmon-dasht va dasht zonasida (o‘rta hudud va janub) Volga daryosigacha, Kavkaz, Zakavkazye,
Ukraina va Belorusda tarqalgan [5]. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida O‘zbekiston hududida ham
tiniqqanotli kapalaklarning tarqalishi va biologiyasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Dastlabki kuzatishlarga ko‘ra, olma tiniqqanoti (
Synanthedon myopaeformis
) turiga mansub
namunalar 2024-yil may oyida Toshkent viloyati Olmazor tumanida joylashgan maktab
issiqxonasidan topilgan [manba qo’y].
Kelgusida O‘zbekistondagi tiniqqanotli kapalaklar tur tarkibini yanada to‘liq o‘rganish,
ularning ekologik o‘rnini aniqlash hamda zararkunanda turlarining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini
baholash maqsadida kompleks tadqiqotlarni davom ettirish zarur deb hisoblaymiz.
Adabiyotlar ro‘yhati.
1. Pühringer F., Kallies A. Provisional checklist of the Sesiidae of the world (Lepidoptera:
Ditrysia) //Mitteilungen der Entomologischen Arbeitsgemeinschaft Salzkammergut. – 2004. –
Т
. 4. –
С
.
1-85.
2. Špatenka K., Petersen M., Kallies A. Ergebnisse einer sesiidologischen Expedition 1994 nach
Kasachstan und Kirgistan (Lepidoptera: Sesiidae) //Nachrichten des Entomologischen Vereins Apollo. –
1997. –
С
. 405-422.
3. Stalling T. et al. A new species of Bembecia Hübner,[1819] from Tajikistan, Central Asia
(Lepidoptera: Sesiidae) //Entomologische Zeitschrift. – 2010. –
Т
. 120. –
С
. 5.
4.
Князев
С
.
А
.,
Горбунов
П
.
Ю
.
Первая
находка
стеклянницы
Microsphecia brosiformis
(Hübner, 1813)(Lepidoptera, Sesiidae)
на
Южном
Урале
//
Амурский
зоологический
журнал
. – 2023.
–
Т
. 15. –
№
. 3. –
С
. 702-705.
5.
Темрешев
И
.
И
.,
Копжасаров
Б
.
К
.,
Бекназарова
З
.
Б
.,
Кошмагамбетова
М
.
Ж
.,
Исина
Ж
.
М
.,
Калдыбеккызы
Г
..
Яблонная
стеклянница
Synanthedon myopaeformis (Borkhausen, 1789)
(Lepidoptera, Sesiidae)
в
Алматинской
области
Казахстана
//Izdenister natigeler. – 2023. –
№
. 4 (100).
–
С
. 88-98.
