“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
146
PISTA (PISTACIA VERA L.) ZARARKUNANDALARIGA OID
Xusanov Alijon Karimovich
1
., Mo‘ydinova Shoxsanamxon Abdupatto qizi
2
Andijon davlat universiteti zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri biologiya fanlari doktori,
professor.
a_xusanov75@adu.uz
Andijon davlat universiteti, biologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi
moydinovashoxsanam21@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15594934
Annotasiya
. Pista
(Pistacia vera L
.) entomokompleksi tarkibini, zararli va foydali
hasharotlarning bioekologik xususiyatlarini hamda ularning o‘simlik fiziologiyasiga ta’sirini
o‘rganishga qaratilgan. Zararli organizmlarga qarshi ekologik xavfsiz kurash usullari, jumladan,
biologik va agrotexnik tadbirlar asosida samarali tavsiyalar ishlab chiqarish. Olingan natijalar asosida
pista plantatsiyalarining hosildorligini oshirish va zararli hasharotlarning iqtisodiy zarar yetkazish
darajasini pasaytirishga xizmat qiladigan ma’lumotlar bilan yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Pista, yong’oqmeva, zararkuranda entomofaunasi, bioekologik xususiyatlar,
iqtisodiy samaradorlik, biologik va kimyoviy qarshi kurash.
Аннотация
.
Работа
направлена
на
изучение
состава
энтомокомплекса
фисташки
(
Pistacia vera
L.),
биоекологических
особенностей
вредных
и
полезных
насекомых
,
а
также
их
влияния
на
физиологию
растений
.
На
основе
экологически
безопасных
методов
борбы
с
вредными
организмами
,
включая
биологические
и
агротехнические
мероприятия
,
разработаны
эффективные
рекомендации
.
Полученные
резултаты
освещают
информатсию
,
способствующую
повышению
урожайности
фисташковых
плантатсий
и
снижению
уровня
экономического
ущерба
,
наносимого
вредными
насекомыми
.
Ключевые
слова
:
Фисташка
,
ореховый
плод
,
энтомофауна
вредителей
,
биоэкологические
особенности
,
экономическая
эффективност
,
биологическая
и
химическая
борба
.
Annotation.
The study is aimed at investigating the composition of the pistachio
(Pistacia vera
L.) entomocomplex, the bioecological characteristics of harmful and beneficial insects, and their
impact on plant physiology. Environmentally safe control methods against harmful organisms,
including biological and agrotechnical measures, were used to develop effective recommendations.
Based on the obtained results, information has been provided to help increase the productivity of
pistachio plantations and reduce the level of economic damage caused by harmful insects.
Keywords
: Pistachio, nut fruit, pest entomofauna, bioecological characteristics, economic
efficiency, biological and chemical control.
Pista (
Pistacia vera
L.) o‘simligi Markaziy Osiyoda qadimdan yetishtirib kelinayotgan
yong‘oqmevali daraxt bo‘lib, O‘zbekiston hududida ham keng tarqalgan. Pista daraxtlari turli xil
zararkunanda hasharotlar, ayniqsa, bo‘g‘imoyoqlilar uchun sevimli ozuqa manbai bo‘lib xizmat
qiladi [3].
O‘zbekiston sharoitida pista daraxtlariga zarar yetkazuvchi asosiy zararkunandalar qatoriga
Anapulvinaria pistaciae
(Bodenheimer) ham kiradi [2].
Bu zararkunanda pista barglari va novdalariga zarar yetkazib, hosildorlikka salbiy ta'sir
ko‘rsatadi. Pista daraxtlarida zararkunandalar bilan kurashishda agrotexnik usullar, masalan, qishloq
xo‘jaligi chiqindilarini tozalash va daraxtlarni to‘g‘ri parvarish qilish muhim ahamiyatga ega [4].
Mazkur tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan kurash chora tadbirlari
pistazorlarning yuqori hosildorligi, ekologik barqarorligi va iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga
xizmat qiladi[4].
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
147
Pista daraxtlarini barg, tana va meva zararkunandalaridan asosan
Anapulvinaria pistaciae
(Bodenheimer), Pista bargxo‘ri - (
Labidostomis stenostomci Ws
.), Pista qurti-(
Recuvararia
pistaciicola Dan
.), Pista qalqandori-(
Lepidasaphes pistacia
Arch.) kabilar zararlaydi.
Quyida, pistaning asosiy zararkunandalarini bioekologik xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Anapulvinaria pistaciae (Bodenheimer)
– pista daraxtlarida uchraydigan pista yostiqsimon
(yostiqcha shaklidagi) qurti bo‘lib, hayot sikli bir necha asosiy bosqichdan iborat. Bahor oylarida
urg‘ochi hasharotlar tuxum qo‘yadi. Tuxumlar bir necha hafta ichida lichinkalarga aylanadi [2].
Lichinkalar yosh barg va novdalarga yopishib, o‘zlarining ozuqa olish faoliyatini boshlaydi.
Lichinkalar o‘sib, bir necha marta qobiq tashlab rivojlanadilar va o‘smir bosqichiga o‘tadilar. O‘smir
bosqichidan so‘ng, ular voyaga yetgan hasharotlarga aylanadi. Voyaga yetgan urg‘ochilar o‘z
navbatida yangi tuxumlar qo‘yib, populyatsiyadagi individlar sonini ko‘paytiradi[2].
Anapulvinaria pistaciae
turi bir yilda bir yoki ikki avlod berishi mumkin, bu esa iqlim va
ekologik sharoitlarga bog‘liq. Issiq va nam iqlim sharoitida populyatsiyaning ko‘payish tezligi
oshadi. Ular o‘z hayoti davomida ko‘p miqdorda shirin suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik o‘simlik ustida
qoplama hosil qilib, qo‘ziqorin infeksiyalari rivojlanishiga ham zamin yaratadi. Hayot siklining har
bir bosqichi pista daraxtlari uchun o‘ziga xos xavf tug‘diradi [2].
Pista qalqandori-(Lepidasaphes pistacia Arch.)
Pista qalqondori Markaziy Osiyo, Janubiy
Qozog’iston Eron va Suriyada uchraydi[6].
Pista qalqondori pista barglarini so‘rib quvvatidan ketkazadi va ko‘payib ketganda pistani
barvaqt ochilib to‘kilib ketishiga sabab bo‘ladi. Pista qalqondori urg’ochisininig gavdasi nok shaklda,
orqaga qarab kengaygan, qalqandorning uzunligi 1,25-2,0 mm va yo‘g’onligi 1,00-1,25 mm qorin
bo‘limi oq ingichka, oq, o‘rtasi uzunasiga yoriqdir. Birinchi po‘st tashlashdagi terisi sariq,
ikkinchisidagi esa jigar rang pigidaysi uch juft bo‘lakchali bo‘ladi. Erkagining qalqoni kambar,
oqimtir, uzunligi 0.75-1.00 mm va yo‘gonligi 0.3mm, lichinka terisi och sariq. Lichinkalar va voyaga
yetgan qalqondorlar pista barglarini, barg bandlarini va g’ozasini so‘rib, bargning ikkala tomondagi
tomirlari bo‘ylab g’alalar hosil qiladi. Bu qalqondorlar pistadan boshqa hech qanday o‘simlikarda
uchramaydi [6].
Pista bargxo‘ri-(Labidostomis stenostomci Ws.).
Pista bargxo‘ri Markaziy Osiyoda
pistazorlarnnng eng xavfli zararkunandasi hisoblanadi. Bu qo‘ng‘iz Qozog‘iston, Turkmaniston,
Tojikiston, Janubiy va O‘zbekistonnnng janubi (Bobotog‘) da pistazorlarga juda katta zarar yetkazadi
[1].
Qirg‘izistonda zararkunandaning bu turi asosan pista va bodom barglari bilan oziqlanadi. Pista
bargxo‘ri qo‘ng‘izlari ko‘k-yashil, metalsimon yaltiroq, qanotlari jilosiz, to‘q-sariq rangda. Yelka
qanotlarida bittadan qora dog‘i bor. Qo‘ng‘izning tana uzunligi 11-12 mm gacha yetadi [1].
Urg‘ochi qo‘ng‘izlar 3-5 kundan keyin juftlashadi va to‘p to‘p qilib 60-80 ta tuxum qo‘yadi.
Tuxumlari cho‘zinchoq shaklda bo‘lib, rivojlanish davri 8-10 kunga cho‘ziladi. Tuxumdan chiqqan
lichinkalar tuproqqa tushadi va chirindilar ostida rivojlanishini davom ettiradi [1].
Lichinkalar bahorda 14-15 sm chuqurlikda g‘umbakka aylanadi. Qo‘ng‘izlarning rivojlanish
davri 18-20 kun davom etadi. Qo‘ng‘izlar kunning issiq vaqtida juda harakatchan bo‘ladi. Bu
zararkunanda Turkmanistonda aprel oyining o‘rtalaridan boshlanib, may oyining o‘rtalarigacha
tugaydi. Tojikistonda (Hisor tog‘lari) esa zararkunandaning uchib chiqishi may oyining o‘rtalaridan
boshlanib, iyun oyining o‘rtalarigacha davom etadi. Bobotog‘da (O‘zbekiston) bu hasharotning
paydo bo‘lishi 20-25-apreldan boshlanadi [1].
Pista qurti-(Recuvararia pistaciicola Dan.)
shu vaqtgacha pista qurti O‘zbekiston,
Turkmaniston, Tojikiston, Eronining Xuroson viloyatida va Afg’onistonning Xirot viloyatida borligi
qayd etilgan [5].
Ayrim yillarda Turkmanistonda pista xosilini 8-20% shu qurt tufayli nobut bo‘ldi. Bobotog’da
esa O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi instutining ma’lumotiga qataganda, pista xosilini 30-40% shu qurt
tufayli nobut bo‘lgan. Bundan tashqari, pista qurti qo‘ng’ir dog’ tushirganligidan xosilning tovar
qiymati pasayib katadi. Kapalagi qanotlarini yozib turganida kattaligi 2-3,5 mm [5].
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
148
Oldingi qanotlari och kulrangda bo‘lib, mayda qora xollari bor, ular qanotining asosida ikkita
mayda dog‘, qanotining o‘rta qismida bitta kichkina dog', qanotining o‘rta qismiga yaqin joyda
ko‘ndalang xira dog‘, oldingi chekkasida ikkita kichkina dog' hosil qiladi [5].
Orqa qanotlari och kulrang. Qurtning uzunligi 12 mm. gacha boradi, rangi sariq bo‘lib,
bo‘g'imlarida ko‘ndalang qizil yo‘llari bor. Qurtning bosh qismi biroz yassilashgan, yuqori jag'larida
5 ta dan tishchasi bor, jumladan, so‘ngi ikkitasi dumboqcha shaklda ko‘rinib turadi. Soxta
oyoqlarining kaftlarida doira bo‘lib turgan 12-13 ta qarmoqchasi bor. G’umbakning uzunligi 5-8 mm
[5].
Qornining uchi yum aloqlashgan bo‘lib, unda qillari mavjud.Pista qurti pista daraxtining
po‘stloqlari ostida va yoriqlarida pillaga o‘ralgan g'umbaklik bosqichida qishlaydi. Kapalaklari aprel
oyi oxiri may oyi boshlarida uchadi. Urg'ochisi meva tugunchasiga bittadan tuxum qo‘yadi.
Tuxumdan chiqqan qurtlar tugunchani ichiga kirib oziqlanadi, so‘ngra boshqa tungunchani
zararlaydi. Bitta qurt 5-8 ta tugunchani zararlab quritadi. Pista qurti bir yilda 3 marta avlod beradi [5].
Yuqoridagilar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, pista o‘simligi foydaliligi, ozuqabobligi
bilan boshqa o‘simliklardan ajralib turadi. Shuning uchun pista o‘simligi zarar yetkazuvchi
hasharotlarni o‘rganish uning hosildorligini oshirish va ekologik muvozanatini saqlashga qaratilgan.
Pistada yashovchi zararkurandalarga qarshi kurashish va ularni popuyatsiyasini na’zoratga olish
muhim ahamiyatga ega. Pista entomokompleksi va bioekologiyasini o‘rganish natijasida pista
xosildorligini oshirish, kimyoviy petsitsitlarni kamaytirish va biologik kurashni takomilashtirish
mumkin.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1. Haydarova, Sh. A., Umarov, I.A. (2023). Pistaga asosiy zararkunandalarning zarari, tur
tarkibi va tarqalishi. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini, maxsus son (3), 89–90.
2. Kholliyev, A. T., Khujaev, O. T., & Nazarova, O. J. (2023). Main pests affecting the foreign
pistachio varieties growing in Uzbekistan. Eurasian Scientific Herald, 19, 165. Retrieved from
http://www.geniusjournals. Org
3. Mir-Makhamad, B., Bjorn, R., Stark, S., Spengler, R. N. (2022). Pistachio (Pistacia vera L.)
domestication
and
dispersal
out
of
Central
Asia.
Agronomy,
12(8),
1758.
https://doi.org/10.3390/agronomy 12081758
4. Mehrnejad, M. R. (2014). Pest problems in pistachio producing areas of the world and their
current means of control. Acta Horticulturae, 1028, 163–169. https://doi.org/10.17660/
ActaHortic.2014.1028.26]
5. Sulaymonov B.A., Boltayev B.S., Anorboyev A.R., Ortiqov U.D., Tojiyeva M.I.,
Maxmudova SH.A., Abzalova M.M. Qishloq xo‘jaligi entomologiyasi fanidan labaratoriya
mashg’ulotlari “Ijod-Progress”, 2019-200 b. 170-bet.
6. V.V.Yaxontov. O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi o‘simliklari hamda maxsulotlarining
zararkurandalari va ularga qarshi kurash 569-570 bet
Toshkent-1962.
