“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
764
TERMITLAR (INSECTA: ISOPTERA) BO`YICHA OLIB BORILGAN
TADQIQOTLARGA OID
Xusanov Alijon Karimovich
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri b.f.d., professor
Toshtemirova Nargizaxon Ilhomjon qizi
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi tayanch doktoranti
nargiztoshtemirova95@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15612616
Annotatsiya:
Ushbu maqolada termitlarning o‘rganilish tarixi, ularning klassifikatsiyasi,
turlar xilma-xilligi va zarar keltirish darajasi yoritilgan. Xususan, dunyo bo‘yicha termitlar 12 ta oila,
330 ta avlod va 3015 ta turdan iborat bo‘lib, ularning 300 ga yaqini xavli zararkunanda turlar
hisoblanadi. MDX davlatlarida 7 ta, Markaziy Osiyoda 4 ta, O‘zbekistonda esa 3 ta tur
(
Anacanthotermes turkestanicus, A. ahngerianus, Amitermes rhizophagus
) aniqlangan. Shuningdek,
ushbu hasharotlarning fiziologiyasi, bioekologiyasi, molekulyar identifikatsiyasi va boshqa
yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so`zlar:
termit,
Anacanthotermes turkestanicus
,
A.ahngerianus
,
A.ochraceous,
Amitermes rhizophagus, Psammotermes hypostoma, Captotermes heimi.
Аннотация
:
В
статье
рассматривается
история
изучения
термитов
,
их
классификация
,
видовое
разнообразие
и
степень
вредоносности
.
В
частности
,
термиты
во
всем
мире
насчитывают
12
семейств
, 330
родов
и
3015
видов
,
из
которых
около
300
видов
считаются
опасными
вредителями
.
Семь
видов
идентифицированы
в
странах
СНГ
,
четыре
–
в
Средней
Азии
и
три
–
в
Узбекистане
(
Anacanthotermes turkestanicus, A.ahngerianus, Amitermes
rhizophagus
).
Также
представлена
информация
об
исследованиях
,
проводимых
в
области
физиологии
,
биоэкологии
,
молекулярной
идентификации
и
других
областей
,
связанные
с
этими
насекомыми
.
Ключевые
слова
:
термит
,
Anacanthotermes turkestanicus
,
A.ahngerianus
,
A.ochraceous,
Amitermes rhizophagus, Psammotermes hypostoma, Captotermes heimi.
Abstract:
The article discusses the history of the study of termites, their classification, species
diversity and degree of harmfulness. In particular, termites worldwide have 12 families, 330 genera
and 3015 species, of which about 300 species are considered dangerous pests. Seven species were
identified in the CIS countries, four in Central Asia and three in Uzbekistan (
Anacanthotermes
turkestanicus, A.ahngerianus, Amitermes rhizophagus
). Information is also provided on research
conducted in the field of physiology, bioecology, molecular identification and other areas related to
these insects.
Key words:
termite,
Anacanthotermes turkestanicus
,
A.ahngerianus
,
A.ochraceous,
Amitermes rhizophagus, Psammotermes hypostoma, Captotermes heimi.
Termit (Termes) atamasi ilk bor K. Linney tomonidan “Systema Naturae” (1758 yil, 10-nashr)
asarida Termes fatale (terma – yakun, fatum – taqdir) shaklida ishchi yoki askar individlariga nisbatan
qo‘llangan [18]. Keyinchalik Latreyl ushbu guruh hashoratlarini “Termitinae” deb umumiy nomlaydi
[17], keyinchalik esa Bryull “Isoptera” terminini taklif qilgan [7], Komstok esa Bryull bergan
“Isoptera” nomini mustaqil turkum sifatida ajratgan [9].
Termitlar bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish, ularning o‘rganilganlik
darajasini baholash, dolzarb jihatlarni aniqlash hamda bu asosda samarali nazorat usullarini ishlab
chiqish zarurati mavjud.
Termitlar bo`yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida olingan dastlabki ilmiy ma`lumotlar
XVIII asrning ikkinchi yarmida Yevropada e`lon qilingan. Jumladan, Kyonigning “Naturgeschichte
der sogenannte weissen Ameisen” (1779) nomli asarida termitlar haqida fikrlar bayon etilgan [16].
Termitlarga oid ilmiy tadqiqotlar natijalarini o`zida jamlagan ilk yirik monografiya 1855–
1860 yillarda H.A. Hagen tomonidan Germaniyada chop etilgan bo‘lib, unda 4 ta avlodga mansub 60
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
765
ta tur haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Muallif termitlarning suvaraklarga o‘xshashligini ham
ko‘rsatib bergan. Bu ishlar termitlarni ilmiy o‘rganishning mustahkam poydevorini yaratgan [10].
Termitlar – o‘simlik qoldiqlari, yog‘och, qurigan o‘tlar hamda o‘zida sellyuloza tutuvchi har
qanday nobud bo‘lgan o‘simlik materiallari bilan oziqlanadigan, koloniya hosil qiluvchi ommaviy
zararkunanda hasharotlardir. Ularning o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanishi tabiatda moddalar
almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Biroq, termitlar turli binolar, xonadonlar, ayniqsa tarixiy obidalar
tarkibidagi yog‘ochliklarni yemirib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi [19].
Butayna Hasnaui va hammualliflarning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda termitlarning dunyo
bo`yicha 12 ta oila, 330 ga yaqin avlod va 3015 ta turlari ma`lum [12]. Mureed Husain va
boshqalarning ko‘rsatishicha mavjud turlarning 300 ga yaqini xonadonlar va yog‘och
konstruksiyalarga jiddiy zarar yetkazuvchi turlar hisoblanadi [14]. Termitlarning MDH davlatlarida
7 ta, Markaziy Osiyoda 4 ta, O‘zbekistonda esa 3 ta turi (
Anacanthotermes turkestanicus
,
A.ahngerianus
,
Amitermes rhizophagus
) qayd qilingan [19].
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Vassmann, Haviland, Froggatt, Sjo`stedt Y., Silvestri F.,
Dene J.A., XX asrning ikkinchi yarmida esa Emerson A.E., Ahmad M., Krishna R.A., Grassé P.,
Sands V.A, Snayder T.E. va boshqa ko‘plab olimlar termitlar sistematikasi va biologiyasini chuqur
o‘rganishga hissa qo‘shganlar [1].
Hozirgi kunga kelib, termitlarni o‘rganish bo`yicha muhim ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ayni tadqiqotlarga ko‘ra ularning morfologiyasi, fiziologiyasi, sistematikasi, bioekologiyasi,
molekulyar identifikatsiyasi va boshqa sohalariga oid salmoqli ishlar e’lon qilingan.
2021-yilga kelib, Mustafa R. Sharaf va boshqalar Arabiston yarim orolida olib borgan
tadqiqotlari asosida termitlarga oid 4 ta oila, 9 ta avlod va 30 ta turni qamrab oluvchi yangilangan
taksonomik ro‘yxatni e’lon qilishdi. Shundan 27 ta tur ilgari ma’lum bo‘lgan, 2 ta tur –
Anacanthotermes ochraceous
va
Psammotermes hypostoma
(Desneux, 1902) esa keng tarqalgan
turlar sifatida qayd etilgan.
Captotermes heimi
esa Saudiya Arabistoni uchun yangi tur sifatida
aniqlanib, kam uchrashi kuzatilgan. Ushbu uch turning tarqalish xaritasi, adabiy manbalar va
mualliflarning shaxsiy to‘plagan materiallariga asoslangan [21].
Judit Korb termit uyalarining arxitekturadagi xilma-xilligini va murakkab, ixtisoslashgan
tuzilmalarni qurishda qo‘llanilgan mexanizmlarni umumlashtirgan [15]. T.R.Hartke va B.Ber olib
borgan tahlillar termitlarda poliandriya holati mavjud emasligini, juftlashish parvozi hayotlarining ilk
bosqichidayoq sodir bo‘lishini hamda ular bir umrga juftlar hosil qilishini ko‘rsatgan. Urg‘ochi va
erkak termitlarning manfaatlari bir-biriga mos keladi, erkaklar tomonidan urg‘ochilar uchun zararli
xususiyatlar kuzatilmaydi [11].
Babar Hassan va Muhammad Axirul Nanda hamkorligida termitlar monitoringi hamda ularni
aniqlash usullarini tahlil qilib, yer osti va quruq yog‘ochli termitlarni aniqlashdagi zamonaviy usullar,
ularning afzallik va kamchiliklarini yoritgan. Ular termitlarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan
uskunalar va strategiyalarni qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlaganlar [13].
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod hududidagi turli joylardan Mureed Xuseyn va uning
hammualliflari
Anacanthotermes ochraceous
turidan 29 ta namunalar yig‘ib, COI mitoxondrial geni
asosida DNK ketma-ketligini aniqlagan va ma’lumotlarni dunyo GenBank bazasiga kiritgan. Eng
yaqin tur sifatida
Microhodotermes viator
bilan 88,9% o‘xshashlik aniqlangan.
A.ochraceous
keng
tarqalgan bo‘lib, cho‘l ekosistemasining turli qismlarida, nobud bo`lgan yog‘ochlar, daraxtlar, xurmo
barglari, karton qutilar, jumladan
Tamarix
,
Cinnamomum
turkumi turlari, hatto qo‘y tezaklarida ham
uchraydi [14].
Afrika qit`asi hududida 1000 ga yaqin termit turlari uchrab, Butayna Hasnaui va boshqalar
Gabon hududidan yig‘ilgan 108 ta namunalar ustida olib borilgan tadqiqotlarda morfologik, MALDI-
TOF MS va molekulyar identifikatsiya usullari orqali turlarni aniqlaganlar. Ishning asosiy maqsadi
MALDI-TOF MS usulining samaradorligini baholash bo‘lgan [12].
Tadqiqotchi Tomas Shuvank termitlarning invazivlik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratgan.
Ularning yangi hududlarga ko‘chishi ko‘pincha inson faoliyati, xususan, qayiq orqali suv transporti
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
766
orqali amalga oshishini ko‘rsatgan. Bu omil
Cryptotermes
va
Captotermes
urug`lariga mansub
turlarning global tarqalishida muhim rol o‘ynaydi [8].
Sami Sher va boshqalar esa go‘sht pashshasi lichinkalarining termit koloniyalariga morfologik
va kimyoviy mimikriya orqali moslashuvini o‘rganib, ushbu integratsiyaning murakkabligini
isbotlaganlar [20].
O‘rta Osiyoda termitlar haqidagi ilk ma’lumot A.P.Fedchenko tomonidan 1875-yilda
keltirilgan [2]. Vassmann esa Kaspiy orti viloyatlarida
Hodotermes sp
. turkumiga mansub termitlar
mavjudligini bildirgan. 1981-yilda K.K.Chervinskiy xozirgi Namangan viloyati hududlarida
Hodotermes sp.
avlodiga mansub turlarning ishchi va askarlarini aniqlagan [1]. G.G.Yakobsonning
sohaga oid (“
Термиты
России
”, 1904; 1913) asarlarida O‘rta Osiyo termitlariga alohida e’tibor
qaratgan [5].
I.I. Abdullayev va boshqalar Xorazm viloyatida sug‘oriladigan va qurg‘oqchil hududlardagi
termit turlarining biologiyasi va geografiyasini o‘rganib, ularning farqli uyasi arxitekturasiga
asoslangan tahlillarni taqdim etganlar.
Jumladan,
Anacanthotermes turkestanicus
keng tarqalgan (cho‘llar, sug‘oriladigan yerlar,
aholi punktlari) turlardan hisoblanib, uning qo`rg`onlari asosan yer ostida joylashib, balandligi 5–10
sm tepaliklar xosil qiladi, 1 gektar maydonda 6 dan 25 tagacha joylashgan.
Anacanthotermes ahngerianus
faqatgina Boday-To‘qay qo‘riqxonasi va uning atrofida
uchraydi. Yer usti qo‘rg‘onlarining balandligi 70 sm, eni esa 2 m ni tashkil qiladi, 1 gektar maydonda
23 dan 30 tagacha joylashgan.
Shuningdek, ular
A.ahngerianus
ning binolarga zarar yetkazganini birinchi marta qayd
etganlar, biroq
A.turkestanicus
nisbatan ko‘proq zarar yetkazishini bildirganlar. Har ikkala tur qanotli
shakl hosil qilib, erta bahorda (aprel-may) ko‘payadi, yil davomida esa yoz oylaridan tashqari (iyun,
iyul, avgust) ularning qanotli formalarini uchratish mumkin [6].
G.I.Marechek (1955, 1962) O‘zbekistonda keng miqyosda aholi yashash joylarida termitlar
tarqalishini o‘rgangan [3, 4].
Termitlar bioekologiyasi chuqur o‘rganilishi natijasida ularga qarshi kurashish usullari ham
rivojlangan. B.R. Xolmatov O‘zbekiston florasiga mansub 31 ta o‘simlikning yog‘och namunalarini
A.turkestanicus
bilan tabiiy va laboratoriya sharoitida zararlanish darajasi bo‘yicha 4 guruhga
ajratgan. Eng chidamsiz turlar uchun Septor-2 preparatini qo‘llash orqali himoya choralari ishlab
chiqilgan. Shuningdek, 10 ta tuz va 11 ta o‘simlik ekstrakti antifidant, repellent va toksik xususiyatlari
bo‘yicha baholangan [22].
Yaqinda O‘zbekiston termitofaunasiga yangi
Amitermes
avlodi va ushbu avlodga mansub
Amitermes rhizophagus
turi qo‘shildi. K.D.Rustamov va boshqalar tomonidan Qashqadaryo viloyati,
Mirishkor tumanining Vori qishlog‘ida, chirigan chinor daraxti qoldiqlaridan topilgan. Tur
morfologik tahlil asosida avvalgi turlardan farqlanadi. Ularning tarqalishi QGIS (Quantum GIS)
dasturi yordamida xaritaga tushirilgan [19].
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, termitlar ko‘p yillar davomida ilmiy jihatdan
o‘rganib kelingan va hozirgi kunda ham izlanishlar davom etmoqda. Adabiyotlar tahlili shuni
ko‘rsatadiki, O‘zbekistonning Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi hududlarida termitlar ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Shu asosda, Farg‘ona
vodiysida termitlarning tarqalishi va o‘rganilganlik darajasi hali to‘liq aniqlanmagan degan xulosaga
kelish mumkin. Shu sababli biz oldimizga Farg‘ona vodiysida mavjud termit o‘choqlarini aniqlash,
ularning tarqalish hududlarini belgilash, uchrayotgan termit turlarining bioekologiyasini o‘rganish va
ularga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishlik zararuriyati mavjudligini ko‘rsatdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
.
1.
Жужиков
Д
.
П
. «
Термиты
СССР
».
М
.,
Изд
-
во
Моск
.
ун
-
та
, 1979
г
., 225
с
.
с
ил
.
2.
Мак
-
Лахлан
. Pseudoneuroptera. – «
Изв
.
Императорского
о
-
ва
любит
.
Естествозн
.,
антропол
.,
энтомол
.», 1875,
т
. 19,
вып
. 1,
с
. 48.
3.
Маречек
Г
.
И
.
Туркестанский
термит
как
вредитель
промышленных
и
жилых
построек
и
меры
борьбы
с
ним
.— «
Тр
.
АН
ТаджССР
,
отделение
естеств
.
наук
», 1955,
т
. 36,
с
. 119 — 131.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
767
4.
Маречек
Г
.
И
.
Туркестанский
термит
(
An
а
canthotermes turkestanicus
Jac,)
и
меры
борьбы
с
ним
в
условиях
жилых
и
промышленных
построек
.
В
сб
.:
Термиты
и
меры
борьбы
с
ними
.
Ашхабад
, 1962,
с
. 49 — 73.
5.
Якобсон
Г
.
Г
.
Термиты
,
их
жизнь
,
приносимый
ими
вред
и
способы
их
уничтожения
.— «Tp.
бюро
по
энтомол
.
Ученого
комитета
Глав
.
упр
.
землеустройства
и
земледелия
», 1913,
т
. 10,
вып
. 2,
с
. 3
— 75.
6. Abdullaev I.I., Khamraev A.S., Martius C., Nurjanov A.A., Eshchanov R.A. Termites (Isoptera) in
irrigated and arid landscapes of Central Asia (Uzbekistan) //Sociobiology. – 2002. –
Т
. 40. –
№
. 3. –
С
. 605-
614.
7.
В
rull
е
А
. “Commission scientifique de Moree”.
Т
. 3 (Zoologe). Paris, 1832,
р
. 66.
8. Chouvenc T. Invasive termites and their growing global impact as major urban pests //Current
Opinion in Insect Science. – 2025. –
С
. 101368.
9. Comstock J.H. “Manual for the study of insects”. N.Y., 1895.
10.
На
g
е
n
Н
.A. Monographie der Termiten.— «Linnaea Entomol.», P t. 1, 1855, vol. 10,
р
. 1 — 144,
270 — 325; Pt. 2, 1858, vol. 12,
р
. 1 — 342; Pt. 3, 1860, vol. 14,
р
. 73 — 128.
11. Hartke T.R., Baer B. The mating biology of termites: a comparative review //Animal Behaviour.
– 2011. –
Т
. 82. –
№
. 5. –
С
. 927-936.
12. Hasnaoui B., Diarra A.Z., Makouloutou-Nzassi P., Bérenger J.M., Hamame A., Ngoubangoye B.,
Gaye M., Davoust B., Mediannikov O., Lekana-Douki J.B., Parola, P. Identification of termites from Gabon
using MALDI-TOF MS //Heliyon. – 2024. –
Т
. 10. –
№
. 6.
13. Hassan B., Nanda M.A. Detection and monitoring techniques of termites in buildings: A review
//International Biodeterioration & Biodegradation. – 2024. –
Т
. 195. –
С
. 105890.
14. Husain M., Rasool K.G., Sharaf M.R., Tufail M., Sutanto K.D., Al-Waneen W.S., Aldawood A.S.
Mitochondrial COI based molecular identification of harvester termite,
Anacanthotermes ochraceus
(Burmeister, 1839) in Riyadh Region, the Kingdom of Saudi Arabia //Journal of King Saud University-
Science. – 2023. –
Т
. 35. –
№
. 6. –
С
. 102782.
15. Korb J. The architecture of termite mounds // Reference Module in Life Sciences. – 2025.
16.
К
önig J.G., Naturgeschichte der sogenannte weissen Ameisen. - «Besch. Berlin Ges. naturf.
Freunde», 1779, Bd. 4, S. 1 - 28.
17. Latreille P.A. (1802-1805). Histoire Naturelle, Générale et Particulière des Crustacés et des
Insectes. Familles naturelles des genre.
Ouvrage faisant suite à l'Histoire Naturelle générale et particulière,
composée par Leclerc de Buffon, et rédigée par C.S. Sonnini, membre de plusieurs Sociétés savantes. de
L'imprimerie de F. Dufart, Paris.
14 vols.:413 pp.,
18. Linnæus C. 1758. Systema naturæ per regna tria naturæ, secundum classes, ordines, genera,
species, cum characteribus, differentiis, synonymis, locis. Tomus I. Editio decima, reformata. – pp. [1–4], 1–
824. Holmiæ. (Salvius).
19. Rustamov K.D., Mirzaeva G.S., Kholmatov B.R., Akhmedov V.N., Lebedeva N.I., Ganieva Z.A.,
Khashimova M.K.
Amitermes rhizophagus
Belyaeva, 1974–a new genus and species of termites (Blattodea:
Termitidae) in the fauna of Uzbekistan //Acta Biologica Sibirica. – 2024. –
Т
. 10. –
С
. 1185–1197-1185–1197.
20. Schär S., Talavera G., Dapporto L., Bruschini C., Dinc
ă
V., Beza-Beza C., Wiegmann B.M., Taheri
A., Pape T., Vila R. Blow fly larvae socially integrate termite nests through morphological and chemical
mimicry // Current Biology. – 2025. – Vol. 35, Issue 10. – P. 2244–2252. – DOI: 10.1016/j.cub.2024.04.038.
21. Sharaf M.R., Husain M., Rasool K.G., Tufail M., Aldawood A.S. Taxonomy and distribution of
termite fauna (Isoptera) in Riyadh Province, the Kingdom of Saudi Arabia, with an updated list of termite
species on the Arabian Peninsula //Saudi Journal of Biological Sciences. – 2021. –
Т
. 28. –
№
. 12. –
С
. 6795-
6802.
22. Xolmatov B.R. Yog‘och materiallarini Turkiston termiti (
Acanthotermes turkestanicus
Jacobs,
1904)dan himoya qilishning biologik asoslari : diss. ... b.f.n. – Toshkent : O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Zoologiya instituti, 2011. – 150 b.
