Jild 1 № 1 (2024)
Maqolalar
ENDOGEN OMILLARNING O‘SPIRINLARNING JISMONIY RIVOJLANISH VA TAYYORGARLIK DARAJASIGA TA’SIRI
Pedagogik jarayonning talabalarning jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik darajasiga ta’siri. Turmush tarzining talabalarning jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik darajasiga ta’siri. Odam organizmida asosiy antropometrik ko‘rsatkichlar tana vazni va bo‘y uzunligi – genetik omillar ta’sirida rivojlanuvchi ko‘rsatkichlar xisoblanadi. Talabalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida – turmush tarzi, kun tartibi, ovqatlanish rejimi, jismoniy tarbiya va mehnat faoliyati, ta’lim muhiti, o‘quv jarayonning tashkil qilinishi kabilar ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, ovqatlanish me’yori va ratsioni tarkibi ham talabalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi aytib o‘tilgan.
O’ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN AYRIM O’SIMLIKLARNING YALLIG’LANISHGA QARSHI XUSUSIYATLARINI ANIQLASH
Hozirgi kunda yallig’lanishning yangidan-yangi turlari kelib chiqmoqda. Ularning har biri alohida organlar va organlar sistemasining faoliyati bilan bog’liq. Umumiy qilib olganda, hamma kasallik aslida “Yallig’lanish” hisoblanadi. Ularning rivojlanishi o’tkir va surunkali holatlarga qarab har xil bo’ladi. Bu maqolada ularning molekular mexanizmlari hamda unga qarshi kurashishda xalq tabobatida qo’llaniladigan o’simliklarning ayrimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
XURMO MEVASINING KIMYOVIY VA FOYDALI XUSUSIYATLARI
Ushbu maqoladan siz xurmo organizm uchun qanday foydali xususiyatlarga ega ekanligini, uni turli kasalliklarda qanday ishlatilishini va qanday kontrendikatsiyalar mavjudligini bilib olasiz.
Ekzotik meva provitamin A, C vitamini bilan boyitilgan ovqatlar ro'yxatiga kiritilgan C vitamini: organizm uchun 7 ta foydali xususiyat. Ilmiy faktlar va afsonalar.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QUV FAOLIYATINI RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Maqolada bolalar o‘qishining o‘ziga xos xususiyatlari, kichik maktab yoshidagi bolalarning yoshga oid xususiyatlari keltirilgan. O‘qituvchi-psixolog kundalik muloqotga kirishadigan bolalarning yosh xususiyatlari, o‘quv faoliyati bilan bog‘liq turli olimlarning fikr va mulohazalari keltirib o‘tilgan.
Jamiyatda kitobxonlikning o‘sishi, avvalo, shaxsning ma’naviy va axloqiy yuksalishi omilidir. Bu esa xalqimizning intellektual salohiyati o‘sishiga, inson resurslari sifati oshishiga, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy hamda innovatsion taraqqiyotiga xizmat qiladi.
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KITOBXONLIK XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA BIBLIOTERAPIYANING AHAMIYATI
Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarda kitobxonlik xususiyatlarini shakllantirish bo‘yicha Biblioterapiya metodidan foydalanish, Biblioterapiya usullari va texnikalari hamda uning asosiy maqsadlari to‘g‘risida turli olimlarning fikr va mulohazalari keltirib o‘tilgan.
Uyg‘onish davrida shifokorlar terapevtik maqsadlarda biblioterapiyadan faol foydalana boshladilar. Shunday qilib, XII asrdagi ingliz shifokori T. Sagedem o‘z bemorlariga Servantesning "Don Kixot" asarini o‘qishni maslahat bergan.
YOSHLARDA MILLIY MANFAAT TUSHUNCHASINI SHAKLLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI
Tabiiyki, bu vaziyatning o‘zi o‘zaro ijtimoiy-siyosiy munosabatga kirishishga majbur bo‘lganlar o‘rtasida tushunmovchiliklar, hatto besamar qarama-qarshiliklarga sababchi bo‘ladi. Xullas, hozircha shunday – zikr etilayotgan muammo doirasida insoniyat, jahon hamjamiyati birorta bir «keskin burilish» sari borgan emas. Biroq bu – muammoning bir jihati. Shunga qaramasdan, sohaga oid dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda chop etilgan nashrlar «milliy manfaatlar» tushunchasi xususida bir muncha erkin fikr yuritish imkonini yaratadi.
BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INNOVATSION O'QITISH USULI
Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda fanlarni o`qitishda innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati haqida fikr yuritiladi va dars jarayonida turli xil o`yinlardan foydalanishning muhim jihatlari boshlang’ich sinf o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilishiga xizmat qilishi asoslangan.
Boshlang'ich maktablarda ishning tarkibiy elementi sifatida sinf o'qituvchisi o'qitish metodi tajribasi bilan yaxshi muvozanatli munosabatda bo'ladi. Boshlang'ich maktablarda o'qitishning sifat standartlari, bir tomondan, xatti-harakatlarga ta'sir qiluvchi qoidalar va buzilishlarning oldini olish bilan samarali sinfni boshqarishni, xatolarni to’g’rilash orqali o'rganish uchun qulay muhitni va kognitiv faollikni o'z ichiga oladi. Boshqa tomondan, bu ham professional to'g'rilik bilan tuzilish va aniqlikni talab qiladi.
ALTERNATİVLARNI TANLASH, EKSPERTLARNING BAHOLANISHI VA TAKLIF MEZONLARI
Respublika ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish jadalligini hisobga olish imkonini beruvchi regressiya modeli va ekspert baholash usullari asosida ilmiy xodimlar sonini bashorat qilishga yondashuv taklif etiladi. Ekspertiza ma'lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish, ekspert baholash asosida fan va texnologiyaning kelajakdagi ehtimolliklarining ustuvor usullarini ishlab chiqish, shuningdek ularni baholash va takliflar tayyorlash kerak.
AYOLLAR MEXNAT MIGRATSIYASINING TARIXIY VA NAZARIY ASOSLARI
Kishilik jamiyatida xar bir xodisa kelib chiqish tarixiga ega, jumladan ijtimoiy-iqtisodiy jaryonlar xam. YEr shari doim xarakatda bo‘lgani kabi, insonlar xam qadim zamonlardan beri ov uchun, yangi yerlarni kashf qilish uchun xamda kundalik turmush tarzni yaxshilash uchun turli joylarga ko‘chib yurishgan bu esa fanda migratsiya deb nomlandi. Makolada ayollar migratsiyasi va ayol uy xizmatchilari migratsiyasi mintaqalar bo‘yicha o‘rganilgan.
INTERNET TARIXI: DUNYOMIZNING RAQAMLI O'ZGARISHI
Ushbu maqolada hozirgi kunda butun dunyoni qamrab olgan, har bir korxona, maktab, ishlab chiqarish fabrikalari va turli xil ijtimoiy soha obyektlariga kirib borgan global tarmoq haqida so’z boradi va bu maqolada global tarmoqning tarixi, kim tomondan va qanday maqsadda foydalanish uchun yaratishgani va hozirgi kunda hayotimiz uchun qanchalik zarurligi haqida so’z boradi. Internetning paydo bo'lishi, rivojlanishi va tarqalishi zamonaviy dunyoning eng muhim texnologik evolutsiyalaridan biridir.
O’ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN AYRIM O’SIMLIKLARNING YALLIG’LANISHGA QARSHI XUSUSIYATLARINI ANIQLASH
Hozirgi kunda yallig’lanishning yangidan-yangi turlari kelib chiqmoqda. Ularning har biri alohida organlar va organlar sistemasining faoliyati bilan bog’liq. Umumiy qilib olganda, hamma kasallik aslida “Yallig’lanish” hisoblanadi. Ularning rivojlanishi o’tkir va surunkali holatlarga qarab har xil bo’ladi. Bu maqolada ularning molekular mexanizmlari hamda unga qarshi kurashishda xalq tabobatida qo’llaniladigan o’simliklarning ayrimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
QUSHLAR MIGRATSIYASI XULQ ATVORI VA EKOLOGIYASI
Maqolada Andijon viloyati sharoitida qushlarning qishki xulq atvori va ekologiyasiga oid ma’lumotlar berilgan.
Andijon viloyati sharoitida keyingi yillarda ko‘kalamzorlashtirish, kichik suv xavzalarini, istiroxat bog‘larini, sun’iy o‘rmonlarni barpo etilishi, ayniqsa, shahar chegara zonalarini kengaytirilishi, ko‘plab nina bargli daraxtlarni ekilishi qushlar turlarini o‘ziga jalb etib, shahar ornitofaunasini shakllanishiga olib keldi.
ERUNEZ KASALLIGINI DAVOLASH USULLARI
Bu maqolada dorivor o’simliklarning tibbiyotda xalq tabobatida qo`lanilishi va axamyati haqida ma`lumotlar keltirilgan.
Enurezni davolashning xalq tabobatidagi samarali vositalaridan biri tabiiy asal hisoblanadi. Kechasi tanadagi suyuqlikni ushlab turish va asab tizimini tinchlantirish uchun uni yotishdan oldin iste'mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, yosh gilos shoxlari va quritilgan ko'k poyalarining qaynatmasi 15 daqiqa davomida damlangandan so’ng ichimlikka bir choy qoshiq asal qo'shiladi va bu damlamani bolaga kuniga ikki yoki uch marta ovqatlar orasida berilishi ham yaxshi samara ko’rsatadi.
OLIY MATEMATIKANI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada maktab va oliy ta’lim tizimida matematika o‘qitishning zamonaviy muammolarga zamonaviy yechim topishning turli va samarali usullari bayon qilingan. Ushbu usullardan talabalarning matematika ta’limi sifatini monitoring va diagnostika qilish, matematika o'qitish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ketma-ketliklar mavzusini o‘qitish mavzusi misolida zamonaviy metodlarning o‘rni va ahamiyati hamda ulardan oqilona foydalanish uchun ko‘rsatmalar berib o‘tilgan. Dars davomida Charxpalak, Xotira mashqi, Savatcha, Shartnoma metodlari bilan tanishtirilib, matematik dasturlardan: MATLAB, Maple, GeoGebra, Minitab, Excell kabi ilovalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va samaradorligi ko‘rib o‘tilgan. Matematikaning degradatsiyasiga barham berish, talabalarining bilim olishga qiziqishi hamda amaliyoti va istiqbolli tadqiqotlardan foydalanish uchun ba’zi takliflar berilgan.
GORNER SXEMASINING MATEMATIK ANALIZGA TATBIQI
Barcha asosiy adabiyotlarda Gorner sxemasi ko‘phad uchun berilgan. Ko‘phadlarning ildizlarini topish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki ko‘plab matematik masalalarni yechish ko‘phadning ildizlarini o‘rganish masalasiga olib keladi. Albatta, Gorner sxemasi bunda muhim ahamiyatga ega. Keltirilgan Gorner sxemasini kvadrat uchhad uchun sodda ko‘rinishga keltirilishi ko‘plab masalalarni yechishda, teorema, lemma, xossalar va natijalarni isbotlashda xizmat qiladi. Shuningdek undagi ma’lumotlar, xulosalar, nazariy umumlashtirishlar Gorner sxemasini qo‘llash, umumlashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada kvadrat uchhad uchun Gorner sxemasi keltirilgan bo‘lib, undan foydalanib ko‘phadlarga va sodda kasrlarga ajratishga doir masalalar yechib ko‘rsatilgan. Bundan tashqari ratsional kasrni sodda kasrga ajratishda, matematik analizda ratsional kasr ko‘rinishdagi aniqmas integrallarni hisoblashni osonlashtirish maqsadida foydalanish mumkinligi ko‘rsatilgan.