“INFORMATIKA – ZAMON TALABI” FAN OYLIGI DOIRASIDA TEXNOLOGIYALAR SARI QADAM

Annotasiya

Mazkur maqolada informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda o‘quvchilarning texnologiyalar sari qadam qo‘yish bosqichlari muhokama qilinadi. Fan oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirlarning informatika bo‘yicha bilimlarni oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Muhokama davomida maktablarda zamonaviy IT-ta’limni rivojlantirish yo‘llari, amaliy informatika loyihalarining ahamiyati va o‘qituvchilarning malakasini oshirish zarurati ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning dasturlashga bo‘lgan qiziqishini oshirish usullari, xalqaro informatika musobaqalariga tayyorgarlik va texnologik startaplar yaratish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish, interaktiv o‘qitish usullaridan foydalanish va o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Xulosa sifatida, O‘zbekiston maktablarida informatika fanining rivoji uchun tizimli yondashuv zarurligi ta’kidlanadi. Ushbu maqola informatika ta’limini yanada rivojlantirishga qiziquvchilar, pedagoglar va IT-mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.   

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
58-61
45

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Rejabaliyeva , M. ., Nurullayeva, M., & Yaxiyaxonova, M. (2025). “INFORMATIKA – ZAMON TALABI” FAN OYLIGI DOIRASIDA TEXNOLOGIYALAR SARI QADAM. Молодые ученые, 3(15), 58–61. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/88179
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda o‘quvchilarning texnologiyalar sari qadam qo‘yish bosqichlari muhokama qilinadi. Fan oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirlarning informatika bo‘yicha bilimlarni oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Muhokama davomida maktablarda zamonaviy IT-ta’limni rivojlantirish yo‘llari, amaliy informatika loyihalarining ahamiyati va o‘qituvchilarning malakasini oshirish zarurati ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning dasturlashga bo‘lgan qiziqishini oshirish usullari, xalqaro informatika musobaqalariga tayyorgarlik va texnologik startaplar yaratish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish, interaktiv o‘qitish usullaridan foydalanish va o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Xulosa sifatida, O‘zbekiston maktablarida informatika fanining rivoji uchun tizimli yondashuv zarurligi ta’kidlanadi. Ushbu maqola informatika ta’limini yanada rivojlantirishga qiziquvchilar, pedagoglar va IT-mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.   


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

58

“INFORMATIKA – ZAMON TALABI” FAN OYLIGI DOIRASIDA

TEXNOLOGIYALAR SARI QADAM

Rejabaliyeva Mastura Boymamat qizi

SHDPI talabasi

Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

Ilmiy maslahatchi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15400689

Annotatsiya.

Mazkur maqolada informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim

jarayonidagi ahamiyati hamda o‘quvchilarning texnologiyalar sari qadam qo‘yish bosqichlari
muhokama qilinadi. Fan oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirlarning informatika bo‘yicha
bilimlarni oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Muhokama davomida maktablarda
zamonaviy IT-ta’limni rivojlantirish yo‘llari, amaliy informatika loyihalarining ahamiyati va
o‘qituvchilarning malakasini oshirish zarurati ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning dasturlashga
bo‘lgan qiziqishini oshirish usullari, xalqaro informatika musobaqalariga tayyorgarlik va
texnologik startaplar yaratish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion
texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish, interaktiv o‘qitish usullaridan foydalanish
va o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari
suriladi. Xulosa sifatida, O‘zbekiston maktablarida informatika fanining rivoji uchun tizimli
yondashuv zarurligi ta’kidlanadi. Ushbu maqola informatika ta’limini yanada rivojlantirishga
qiziquvchilar, pedagoglar va IT-mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit soʻzlar

:

Informatika, axborot texnologiyalari, ta’lim, fan oyligi, dasturlash,

innovatsiya, o‘quvchilar, IT-musobaqalar, texnologik startaplar, raqamli ta’lim.

KIRISH

.

Hozirgi davrda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib bormoqda, turli sohalarga, ayniqsa

ta’lim tizimiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Informatika va axborot texnologiyalari (AT) fanining
o‘qitilishi nafaqat texnik bilimlarni berish, balki o‘quvchilarning innovatsion fikrlashini
rivojlantirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, ta’lim muassasalarida
informatika va AT fan oyliklarini tashkil etish zaruriy tadbirlardan biri hisoblanadi. Fan oyligi
– bu o‘quvchilarning axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish, ularning bilimlarini
mustahkamlash va amaliy tajriba orttirishiga xizmat qiladigan tadbirlar majmuasidir. Bunday
tadbirlarni o‘tkazish orqali zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq
etish, STEAM metodikasidan foydalanish, o‘quvchilarni kreativ loyiha va startaplarga jalb etish
imkoniyatlari yaratilmoqda. Innovatsion texnologiyalarning o‘quv jarayoniga integratsiyasi
ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil izlanish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.

Har yili o‘tkaziladigan informatika va axborot texnologiyalari fan oyligi ta’lim jarayoniga

innovatsiyalarni joriy etish va o‘quvchilarning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini
oshirishga xizmat qiladi. Ushbu oylik davomida turli maktablarda turlicha tadbirlar boʻlib
oʻtmoqda. Maktablarning moddiy-texnik bazasi va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari
har xil bo‘lganligi sababli, fan oyligining samaradorligi ham farq qilishi mumkin.

Masalan 12-maktabda informatika fan oyligi zamonaviy texnologiyalar yordamida

interaktiv va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘tkaziladi. O‘quvchilar uchun dasturlash bo‘yicha


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

59

musobaqalar, robototexnika tanlovlari va kiberxavfsizlik bo‘yicha seminarlar tashkil qilinadi.
Shuningdek, VR va AR texnologiyalaridan foydalanish orqali virtual laboratoriya mashg‘ulotlari
ham bo‘lib o‘tadi . Bu esa o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni
ham rivojlantirishga yordam beradi.

34-maktabda esa texnologik jihozlarning yetishmasligi sababli fan oyligi asosan an’anaviy

usullar orqali o‘tkaziladi. O‘quvchilar informatika tarixi, dasturlash tillari va kompyuterning
jamiyatga ta’siri haqida referatlar tayyorlaydi. Plakatlar, devoriy gazetalar va ochiq darslar
orqali fan oyligi tashkil etiladi. Ammo amaliy mashg‘ulotlarning yo‘qligi o‘quvchilarning
texnologik jarayonlarni bevosita tajriba qilib ko‘rish imkoniyati yuq.

Fan oyligining samaradorligi ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarning qanchalik

keng qo‘llanilishiga bog‘liq. Innovatsion usullar joriy etilgan maktablarda o‘quvchilar ilg‘or
texnologiyalar bilan tanishib, amaliy tajribaga ega bo‘lishadi. Shuning uchun 34-maktabda ham
zamonaviy texnologiyalar joriy etilsa, fan oyligi o‘quvchilar uchun yanada qiziqarli va foydali
bo‘lishi mumkin. Fan Oyligi doirasida Texnologiyalar Sari qadam quyar ekanmiz
o‘quvchilarning informatikaga oid bilimlarini oshirish ularni har tomonlama texnologik
savodxonligini oshirish texnologiyalarga bulgan qiziqish uyg‘otish zarur.

Texnolagiyalar sari qadam.

Zamonaviy dunyoda texnologiyalar har bir sohada inqilobiy

o‘zgarishlar qilmoqda. Ta’limdan tortib sanoatgacha, sog‘liqni saqlashdan tortib biznesgacha
bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda innovatsiyalar inson hayotini yengillashtirmoqda. Ayniqsa,
informatika va axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilim olish jarayonini tez, samarali va
interaktiv holga keltirmoqda. Bugungi innovatsion texnologiyalar kelajakda yanada rivojlanib,
inson hayotini yanada osonlashtirishi kutilmoqda. Sun’iy intellekt, kvant kompyuterlar, IoT
(Internet of Things) va blokcheyn texnologiyalari kelajakni belgilovchi asosiy yo‘nalishlardan
biri bo‘lib qolmoqda. Texnologiyalar sari qadam tashlash – bu shunchaki zamonaviy
gadjetlardan foydalanish emas, balki kelajak texnologiyalarini o‘rganish, ularni jamiyatga
foydali yo‘nalishda qo‘llashdir. Raqamli dunyoda raqobatbardosh bo‘lish uchun har bir inson
texnologik bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishi zarur.

Muhokama.

Texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda maktab

o‘quvchilarini informatika va axborot texnologiyalariga tayyorlash juda muhim. Informatika va
axborot texnologiyalarini chuqur o‘rgatish uchun zamonaviy o‘quv dasturlari, malaka oshirish
tizimi, amaliy bilimlarini rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorlash lozim.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib shuni aytishim kerakki, bugungi kunda informatika va

texnologiyalar jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismiga aylangan. Ta’lim sohasida zamonaviy
texnologiyalarni qo‘llash nafaqat o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, balki
yoshlarning ijodiy va innovatsion fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Fan oyligi
doirasida tashkil etilgan tadbirlar informatika va axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishni
oshirishga xizmat qiladi va yosh avlodni kelajak kasblariga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi
yuqoridagi fikrlar asosida quyidagilarni taklif etaman.

Qiziqish uyg‘otish

An’anaviy dars usullari ba’zan o‘quvchilar uchun zerikarli bo‘lishi mumkin. Shu sababli,

darslarni interaktiv shaklda tashkil qilish, real hayotdagi muammolarni texnologiya
yordamida hal qilish yo‘llarini ko‘rsatish muhim.

O‘quvchilarga mashhur dasturchilar, innovatorlar haqida hikoya qilib berish ularda

motivatsiyani oshirishi mumkin.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

60

O‘quvchilarni IT-klublarga, robototexnika to‘garaklariga jalb qilish qiziqish uyg‘otishda

muhim rol o‘ynaydi.

Asosiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish

Dasturlashni o‘rganish uchun Scratch kabi vizual dasturlash tillari eng yaxshi variant

bo‘lishi mumkin. Chunki ular bolalarga dasturlashning mantiqiy asoslarini oson
tushuntirishga yordam beradi.

Keyinchalik Python, HTML, JavaScript kabi amaliy dasturlash tillariga o‘tish tavsiya

etiladi.

Informatika faqat dasturlashdan iborat emas, shuning uchun kompyuter xavfsizligi,

tarmoqlar, bulut texnologiyalari kabi mavzular ham o‘rgatilishi lozim.

Mustaqil loyihalar va amaliy mashg‘ulotlar

O‘quvchilarni kichik dasturlar, veb-saytlar yoki mobil ilovalar yaratishga rag‘batlantirish

kerak.

Robototexnika va sun’iy intellekt bo‘yicha loyihalarni joriy qilish orqali ular real

muammolarni hal qilishga harakat qilishadi.

Har bir o‘quvchi o‘zining kichik startap loyihasini ishlab chiqishi uchun imkoniyat

yaratish lozim.

Jamoaviy ish va kreativ fikrlashni rivojlantirish

IT-sohasida jamoaviy ish juda muhim, chunki dasturiy ta’minot ishlab chiqishda jamoaviy

muhokama va hamkorlik katta rol o‘ynaydi.

Hackathon va texnologik tanlovlarni tashkil qilish orqali o‘quvchilar o‘zaro tajriba

almashishi mumkin.

Startaplar yaratish va loyihalarni amalga oshirish orqali ijodiy yondashuvni shakllantirish

lozim.

Ilmiy-tadqiqot va olimpiadalarga tayyorgarlik

Informatika fan olimpiadalari (IOI, ICPC) va xalqaro tanlovlar o‘quvchilar uchun katta

imkoniyat yaratadi.

O‘quvchilarni yuqori darajadagi algoritmik masalalar bilan shug‘ullantirish muhim.

Sertifikatlash (Google, Cisco, Microsoft kabi kompaniyalarning kurslari) orqali ularga

xalqaro darajadagi bilim berish lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdukarimov, Baxtiyor. Innovatsion axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi roli.

Ziyonet, 2023.

2.

Mamasiddiqova, Shohsanam. O‘rta maxsus ta’limda informatika va AT fanini o‘qitish

metodikasi. Ziyonet, 2023.
3.

Doe, John. Modern Technologies in Computer Science Education. LexUz, 2023,

4.

Smith, Jane. The Role of IT Innovations in Education Development.

5.

Sherdil, Tillayev, and Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna. "INFORMATIK AVA

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHGULOTLARNI TASHKIL
ETISH METODIKASI."

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

13.02 (2025): 152-

155.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

61

6.

Maxmudjonovna, Yaxiyaxonova Muxiba, and Xolboyev Baxtishod Hamdam o‘g‘li.

"INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN FAN OYLIKLARINI TASHKIL
ETISH."

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

13.02 (2025): 166-171.

7.

Maxmudjonovna,

Yaxiyaxonova

Muxiba.

"INFORMATIKA

VA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI FANINI O ‘QITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING O ‘RNI."

PEDAGOGIK

ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

13.02 (2025): 176-179.

8.

Турсунова,

Луиза

Шамсиддинов

Гиесжон.

"ОБРАЗ

ПЕДАГОГА

В

ИНФОРМАЦИОННОМ МИРЕ." Uz-conferences. No. 1. 2024.
9.

Турсунова, Луиза. "РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ

ТУРИЗМА." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
10.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Abdiroxmonova Zahro. "ZAMONAVIY DARS VA

DARS TAHLILLINI OʻTKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9.
2025.
11.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "MA’LUMOTLAR BAZASI BO ‘LIMINI O ‘QITISH

METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.
12.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "ELEKTRON JADVALLAR BO ‘LIMINI O ‘QITISH

METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.
13.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "ALGORITIMLASH ASOSLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH

METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.
14.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

FANIDAN TO ‘GARAK TASHKIL ETISH METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.
15.

Normurodova, Sadoqat, Zebiniso Rajapova, and Shaxina Asadova. "VEB–DIZAYN

ASOSLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Общественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования 4.3 (2025): 55-59.
16.

Milinorov, XX va DN Eshmuratova. “O‘ZBEK URNAVALARI, MAROSIMLARI VA

ODAMLARINI SHAXS TARBIYoTIDAGI O‘RNI”. Web of Teachers: Inderscience Research 2.5
(2024): 205-209.
17.

Milinorov, X. X., and D. N. Eshmuratova. "THE ROLE OF UZBEK TRADITIONS,

CEREMONIES AND CUSTOMS IN PERSONALITY DEVELOPMENT." Web of Teachers:
Inderscience Research 2.5 (2024): 205-209.
18.

Anatolyevna, Boyarkina Yulia, Sokhibov Akram Rustamovich, and Milinorov Khusniddin

Khushmatovich. "EDUCATIONAL TOURISM AS A POTENTIAL FOR THE DEVELOPMENT OF THE
REGION." Web of Teachers: Inderscience Research 2.6 (2024): 185-189.
19.

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "KLIENT-SERVER

ARXITEKTURALARI."

Наука и инновация

3.6 (2025): 113-119.

20.

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "VIRTUAL BORLIQ

VA UNING ASOSIY TUSHINCHALARI."

Наука и инновация

3.6 (2025): 52-58.

21.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH

TA’LIMDA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

USULLARI

VA

AFZALLIKLARI."

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования

3.10 (2024): 39-41.

22.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT

HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI."

Решение социальных проблем в

управлении и экономике

3.4 (2024): 45-57.

Bibliografik manbalar

Abdukarimov, Baxtiyor. Innovatsion axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi roli. Ziyonet, 2023.

Mamasiddiqova, Shohsanam. O‘rta maxsus ta’limda informatika va AT fanini o‘qitish metodikasi. Ziyonet, 2023.

Doe, John. Modern Technologies in Computer Science Education. LexUz, 2023,

Smith, Jane. The Role of IT Innovations in Education Development.

Sherdil, Tillayev, and Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna. "INFORMATIK AVA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHGULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI." PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI 13.02 (2025): 152-155.

Maxmudjonovna, Yaxiyaxonova Muxiba, and Xolboyev Baxtishod Hamdam o‘g‘li. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN FAN OYLIKLARINI TASHKIL ETISH." PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI 13.02 (2025): 166-171.

Maxmudjonovna, Yaxiyaxonova Muxiba. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O ‘QITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING O ‘RNI." PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI 13.02 (2025): 176-179.

Турсунова, Луиза Шамсиддинов Гиесжон. "ОБРАЗ ПЕДАГОГА В ИНФОРМАЦИОННОМ МИРЕ." Uz-conferences. No. 1. 2024.

Турсунова, Луиза. "РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ ТУРИЗМА." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Abdiroxmonova Zahro. "ZAMONAVIY DARS VA DARS TAHLILLINI OʻTKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "MA’LUMOTLAR BAZASI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "ELEKTRON JADVALLAR BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "ALGORITIMLASH ASOSLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN TO ‘GARAK TASHKIL ETISH METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Normurodova, Sadoqat, Zebiniso Rajapova, and Shaxina Asadova. "VEB–DIZAYN ASOSLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования 4.3 (2025): 55-59.

Milinorov, XX va DN Eshmuratova. “O‘ZBEK URNAVALARI, MAROSIMLARI VA ODAMLARINI SHAXS TARBIYoTIDAGI O‘RNI”. Web of Teachers: Inderscience Research 2.5 (2024): 205-209.

Milinorov, X. X., and D. N. Eshmuratova. "THE ROLE OF UZBEK TRADITIONS, CEREMONIES AND CUSTOMS IN PERSONALITY DEVELOPMENT." Web of Teachers: Inderscience Research 2.5 (2024): 205-209.

Anatolyevna, Boyarkina Yulia, Sokhibov Akram Rustamovich, and Milinorov Khusniddin Khushmatovich. "EDUCATIONAL TOURISM AS A POTENTIAL FOR THE DEVELOPMENT OF THE REGION." Web of Teachers: Inderscience Research 2.6 (2024): 185-189.

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "KLIENT-SERVER ARXITEKTURALARI." Наука и инновация 3.6 (2025): 113-119.

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "VIRTUAL BORLIQ VA UNING ASOSIY TUSHINCHALARI." Наука и инновация 3.6 (2025): 52-58.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI." Решение социальных проблем в управлении и экономике 3.4 (2024): 45-57.