KRIPTO-VALYUTALAR VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARI, IQTISODIY IMKONIYATLAR VA XAVF-XATARLAR

Annotasiya

Kripyovalyutalar va blokchein texnologiyalari so’nggi yillarda iqtisodiyotning turli sohalarida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi Blokchein texnologiyasi ma’lumotlarni saqlash taqsimlash va tasdiqlash jarayonlarini yanada ishonchli xavfsiz va shaffof qilish imkoniyatlarini yaratadi Kriptovalyutalar esa markazlashmagan raqamli valyutalar sifatida moliyaviy tizimni isloh qilish va global iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ro’l o’ynaydi Shu bilan birga ushbu texnologiyalar o’zlarining xavf xatarlaridan ham xoli emas   

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
131-135
57

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Qodirov , F. ., & Shodiyev , M. . (2024). KRIPTO-VALYUTALAR VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARI, IQTISODIY IMKONIYATLAR VA XAVF-XATARLAR. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 3(15), 131–135. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/63066
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Kripyovalyutalar va blokchein texnologiyalari so’nggi yillarda iqtisodiyotning turli sohalarida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi Blokchein texnologiyasi ma’lumotlarni saqlash taqsimlash va tasdiqlash jarayonlarini yanada ishonchli xavfsiz va shaffof qilish imkoniyatlarini yaratadi Kriptovalyutalar esa markazlashmagan raqamli valyutalar sifatida moliyaviy tizimni isloh qilish va global iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ro’l o’ynaydi Shu bilan birga ushbu texnologiyalar o’zlarining xavf xatarlaridan ham xoli emas   


background image

131

KRIPTO-VALYUTALAR VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARI, IQTISODIY

IMKONIYATLAR VA XAVF-XATARLAR

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

"Informatika va uni oʻqitish metodikasi" kafedrasi mudiri, ilmiy raxbar

Shodiyev Mehroj Sirojiddin o‘g‘li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

"Matematika va informatika" yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14504328

Annotatsiya:

Kripyovalyutalar va blokchein texnologiyalari so’nggi yillarda

iqtisodiyotning turli sohalarida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi Blokchein texnologiyasi
ma’lumotlarni saqlash taqsimlash va tasdiqlash jarayonlarini yanada ishonchli xavfsiz va
shaffof qilish imkoniyatlarini yaratadi Kriptovalyutalar esa markazlashmagan raqamli
valyutalar sifatida moliyaviy tizimni isloh qilish va global iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar
yaratishda muhim ro’l o’ynaydi Shu bilan birga ushbu texnologiyalar o’zlarining xavf
xatarlaridan ham xoli emas

Аннотация:

Криптовалюты и технологии блокчейн вызвали революционные

изменения в различных секторах экономики в последние годы, поскольку технология
блокчейн хранение данных предоставляет возможности для более надежного
обеспечения

безопасности

и

прозрачности

процессов

распределения

и

аутентификации в то время как криптовалюты как децентрализованные цифровые
валюты играют важную роль в реформировании финансовой системы и создании
новых возможностей в мировой экономике в то же время эти технологии также не
свободны от собственных рисков.

Annotation:

Kripyovalyutalar blokchein caused revolutionary changes in technologies

in recent years various sectors of the economy and technology data transparent Blokchein
creates opportunities to make the approval process more safe and reliable storage and
distribution of centralized digital currency and to reform the financial system as
kriptovalyutalar am while creating new opportunities in the global economy at the same time,
this technology plays an important role in their risks too is not free of risk

Kalit so`zlar:

Blokchein texnologiyalari, bloklar zanjiri, blok korpusi, kriptohujum,

kredit tizimi.

Kriptovalyutalar – bu raqmli yoki virtual valyutalardir, ular markazlashtirilmagan

tizimlarda ishlaydi va odatda blokchein texnologiyasiga asoslanadi. Kriptovalyutalar dastlab
fikrga kelganidek o’zaro to’lovlar va investitsiyalarni amalga oshirishda an’anaviy banklar
yoki moliya institutlaridan mustaqil bo’lishni maqsad qilgan endi aytish joizki quyida kripta
valyutalar haqida ayrim asosiy ma’lumotni keltiraman

Kriptovalyutalar nima?

Kriptovalyutalar, odatda, decentralizatsiyalashgan tarmoqda

ishlovchi raqamli valyutalardir. Ular matematik algoritmlar va kriptografiya yordamida
himoyalangan bo'lib, markaziy nazorat organlari tomonidan boshqarilmaydi. Bu valyutalar
o'zaro to'lovlar, sarmoyalar, to'lovlar va boshqa iqtisodiy faoliyatlarda ishlatiladi.

Blokcheyn texnologiyasi

Kriptovalyutalar asosan

blokcheyn

texnologiyasiga

asoslanadi. Blokcheyn – bu o'zaro bog'langan bloklardan tashkil topgan ma'lumotlar
bazasidir. Har bir blok tranzaksiyalarni o'z ichiga oladi va ularni avvalgi blok bilan bog'laydi,


background image

132

shuning uchun tizimdagi ma'lumotlarni o'zgartirish juda qiyin bo'ladi. Bu tizim xavfsizlikni
oshiradi va markaziy nazoratni kamaytiradi.

Eng mashhur kriptovalyutalar

Bitcoin (BTC):

2009-yilda yaratilgan va eng birinchi kriptovalyuta hisoblanadi.

Bitkoinning asoschisi "Satoshi Nakamoto" nomi bilan tanilgan shaxs yoki guruhdir. Bitkoin
ko'pincha "raqamli oltin" deb ataladi, chunki u taqdim etilgan qiymati va kam miqdorda ishlab
chiqarilishi bilan oltinni eslatadi.

Ethereum (ETH):

Ethereum, Bitcoindan keyin eng keng tarqalgan kripto-valyuta. Bu

platforma smart-kontraktlar (o'zini-o'zi amalga oshiradigan shartnomalar) va dApps
(decentralized applications – markazlashtirilmagan dasturlar)ni ishlatish imkonini beradi.
Ethereumning asosiy maqsadi markazsizlashtirilgan ilovalar va xizmatlar yaratishdir.

Binance Coin (BNB):

Binance birja platformasining o'ziga xos kriptovalyutasi bo'lib, u

Binance ekotizimi ichidagi turli xizmatlar uchun ishlatiladi.

Ripple (XRP):

Ripple to'lov tizimi va RippleNet platformasi orqali xalqaro to'lovlarni tez

va arzon amalga oshirishni maqsad qilgan kriptovalyutadir.

Litecoin (LTC):

Litecoin Bitcoinga o'hshash usulda ishlaydi, lekin tez orada amalga

oshadi

Kriptovalyutalar qanday ishlaydi

Kriptovalyutalar, asosan,

mining

(ya'ni qazib olish) jarayoni orqali yaratiladi. Bu

jarayonda maxsus kompyuterlar matematik masalalarni yechish orqali yangi bloklar yaratadi
va tranzaksiyalarni tasdiqlaydi. Mining jarayoni orqali yangi valyuta taqdim etiladi va
tarmoqni xavfsiz saqlashga yordam beradi.

Kriptovalyutalar xavfsizligi

Kriptovalyutalar blokcheyn texnologiyasi va kriptografiya orqali himoyalanadi, shuning

uchun ularni o'g'irlash yoki soxtalashtirish juda qiyin. Biroq, bu valyutalar birja yoki shaxsiy
hamyonlarda saqlanganda xavf ostida bo'lishi mumkin. Xavfsizlik uchun foydalanuvchilar
o'zlarining kriptovalyuta hamyonlarining maxfiyligini saqlashlari, ikki faktorli
autentifikatsiyani yoqishlari va xavfsiz internet tarmoqlaridan foydalanishlari zarur.

Kriptovalyutalar va investitsiyalar

Kriptovalyutalar tez-tez yuqori darajadagi sarmoya qilish vositalari sifatida qaraladi.

Ularning qiymati bozor talabiga qarab o'zgaradi, bu esa investorlar uchun katta foyda yoki
zarar keltirishi mumkin. Kriptovalyutalarga investitsiya qilishdan oldin, bozorning
noaniqligini va risklarini tushunish muhimdir.

Kriptovalyutalar va qonunlar

Kriptovalyutalar turli mamlakatlarda turlicha tartibga solinadi. Ba'zi mamlakatlar

kriptovalyutalarni qonuniy ravishda qabul qilsa, boshqalari esa ularni taqiqlaydi. Yuridik
masalalar va soliq qonunlari haqida batafsil bilish uchun mahalliy qonunlarni o'rganish zarur.

Kriptovalyutalar qanday ishlatiladi
To'lovlar:

Kriptovalyutalar to'lovlarni amalga oshirishda ishlaydi. Masalan, Bitcoin yoki

Ethereum yordamida to'lovlarni xalqaro miqyosda amalga oshirish mumkin.

Investitsiya:

Kriptovalyutalar sarmoya kiritish vositasi sifatida ham ishlatiladi, chunki

ularning qiymati bozor talabi va taklifiga qarab o'zgaradi.

Tijorat va xizmatlar:

Ba'zi kompaniyalar mahsulot va xizmatlar uchun

kriptovalyutalarni to'lov vositasi sifatida qabul qiladi.


background image

133

DeFi (Decentralized Finance):

Markazlashtirilmagan moliyaviy xizmatlar, masalan,

kredit berish, qarz olish, va stavkalar kabi imkoniyatlar yaratish uchun Ethereum kabi
platformalardan foydalaniladi. Hozirgi kunda, butun dunyoda blokcheyn texnologiyasi
jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy va hakazo sohalarida keng qo’llanilmoqda. Blokcheyn
texnologiyasida axborot kommunikatsiya texnologiyasida sohasida katta burilish yasadi. Bu
burilishni internet yaratilishi bilan qiyoslash mumkin. Jamiyat va undagi insonlar hayoti pul,
ma’lumotlar va hujjatlar bilan bog’liqdir. Shunga bog’liq holda biz pul, hujjat va axborotlarni
beruvchi va ularni tekshirib haqiyqiyligini kafolatlovchi, yozuvlarning haqiyqiyligini
tekshiruvchi har hil turdagi vositachilar bilan munosabatda bo'ladi.

Shuning uchun biz tarmoqdagi vositachiga ishonch bildirishga majbur bo’lamiz. Misol

uchun, hozirgi kunda bank haridorlarining mablag’lari haqidagi ma’lumotlari
konfdentsialligini ta’minlash, notarial idora xizmatchilarining noqonuniy shartnomalar tuzish
kabi hatti – harakatlarga urinishlar, davlat tashkilotlari va tijorat tashkilotlari
xizmatchilarining o’z manfaatlari yo’lida davlatga ziyon keltiruvchi hatti-harakatlarni amalga
oshirishga urinishlari korruptsiya, davlat mulkini talon taroj qilish kabi hakazo harakatlar
amalga oshirilayotgani hech birimizga sir emas.

Albatta bu kabi muammolarning chuqur ildiz otishi yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy,

siyosiy sohalarda rivojlanish bosqichlarida ortda qolishiga mamlakatimiz aholisining ko’pgina
qatlamlarida qashshoqlik, ocharchilik, ijtimoiy himoyasizlik kabi og’ir oqibatlarga olib keladi.
Albatta bu muammolarning yechishning mamlakatimizda aniq strategiyalari belgilangan.
Asosan, bu borada 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustivor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida keng qamrovli vazifalar belgilab berilgan.
Albatta, harakatlar strategiyasining ustivor vazifalari bajarilayotgan holda mamlakatimizda
ko’pgina ijtimoiy iqtisdiy o’zgarishlar, yangilanishlar yuz bermoqda[1]. Lekin, hozirgi kunda
axborot texnologiyalarining mamlakatimizning ko’pgina sohalariga qo’llanilishi, ko’pgina
davlat va molyaviy xizmatlarning masofaviy tizimlar yordamida bajarilishi, tizimlar orqali
molyaviy amallarni bajarishda vositachilardan foydalanilishi natijasida tizimlar xavfsizligiga
tahdidlar, tizimdagi ma’lumotlarning o’zgartirilishi ya’ni konfedentsialligi buzilishi kabi
ko’pgina muammolar kelib chiqmoqda.[2]

Hozirgi kunda bu muammolarning yechimi sifatida ko’pgina va xavfsizlikni ta’minlash

maqsadida ko’pgina kriptografik algoritmlar va dasturiy vositalar taklif qilinmoqda. Ko’pgina
kriptografik algoritmlarda hisoblash masalasi murakkabligi va kriptoanalitiklar tomonidan
tahlil qilinishi natijasida algoritmlarga nisbatan shubhalar kelib chiqmoqda. Albatta bu
muammolarni yechish yangi zamonaviy konfedentsialligi va kriptomustahkamligi yuqori
bo’lgan kriptoalgoritm yoki himoya tizimi zarurligi ko’pchilik mutahasislar tomonidan
aytilmoqda. Bu turdagi masalalarni yechishda blokcheyn texnologiyasini qo’llash bo’yicha
ko’pgina mulohazalar keltirilmoqda. Endi, biz quyidagicha blokcheyn texnologiyasining
ijtimoiy,iqtisodiy, siyosiy sohalarga qo’llashning asosiy bosqichlarini ko’rib chiqamiz.

Blokcheyn – bu ixtiyoriy pedmet haqidagi ma’lumotlarni ochiq aloqa tarmog’I orqali

uzatuvchi yagona ishonchli texnologiya bo’lib hisoblanadi.

Misol uchun, Blokcheyn

texnologiyasi orqali molyaviy ma’lumotlarni ishonchli saqlash mumkin. Kripto valyuta
tizimlarida blokcheyn texnologiyasi foydalanuvchilarning virtual pul mablag’larini ishonchli
saqlash va sarflash firibgarliklardan asrash imkoniyatini yaratadi. Shuning bilan bir qatorda
blokcheyn texnologiyasini qo’llagan holda abonentlar yoki tashkilotlarning mulkiy


background image

134

huquqlarini, elektron shartnomalar, sog’liqni saqlash tizimidagi maxfiy ma’lumotlar
(bemorlarning kasallik varaqasi va shunga o’xshash maxfiy ma’lumotlar), farmaseftika
sohasidagi ma’lumotlar (dori darmon maxsulotlarining haqiyqiyligini ta’minlash maqsadida)
va nikoh to’g’risidagi ma’lumotlarning konfedentsialligini ta’minlashda keng qo’llaniladi.
Umumiy aytganda, barcha matnli va boshqa turdagi ma’lumotlarni blokcheyn zanjirlari
bloklarida saqlash ma’umotlar konfedentsialligini ta’minlashda katta imkoniyat yaratadi.
Blokcheyn texnologiyasining boshqa kriptoalgoritmlardan farqi shundan iboratki, blokcheyn
bloklariga kiritilgan ochiq yoki maxfiy axborotlarni o’zgartirish, o’g’irlash va shunga o’xshash
kripto hujumlarni amalga oshirirsh kriptoanalitiklarga yaxshi natija bermaydi. Bu deganimiz
kriptoanalitiklar blokcheyn zanjirlaridagi ma’lumotlarga ziyon keltirishi mumkin emas[1].

Yuqorida keltirilgan muammolar yechimi haqida tushunchaga ega bo’lish uchun dastlab

blokcheyn zanjirli texnologiyasi haqida tushunchaga ega bo’lish zarur. Blokcheyn
teaxnologiyasi – bu har bir blok oldingi blokiga bog’liq bo’lgan ma’lumotlar bloklarini zanjiri
hisoblanadi

Demak aytib o’tilganlardan xulosa qilsak kriptavalyutalar raqamli valyutalar bo’lib ular

markazlashtirilmagan tizimda ishlaydi va bizning xavfsizligimizni ta’minlash uchun
kriptografiyani qo’llaydi ularning qiymati va qo’llanilish doirasi kengaymoqda ammo ular
bilan bog’liq xavf va noaniqliklar mavjud shuning uchun kriptovalyutalarga pul qo’yishdan
avval tadqiqot olib borish va tshunish judayam muhimdir

Blokchein ham shu o’rinda bu texnalogiya juda ham yuqori darajali ximoyalanishni

talab etadi Bu albatta blokcheyn texnologiyasining hozirgi zamon axborotlashtirish sohasida
revolyutsiyasi ekanligini yana bir marotaba isbotlaydi.

References:

1.

Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA

MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024):
234-238.
2.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy

metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
3.

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI

QO ‘LLASH."

PEDAGOGS

50.2 (2024): 51-55.

4.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH

TA’LIMDA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

USULLARI

VA

AFZALLIKLARI."

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования

3.10 (2024): 39-41.

5.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL

IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."

Models and methods in modern science

3.5 (2024): 44-49.

6.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA

TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING
O’RNI."

Science and innovation in the education system

3.5 (2024): 50-60.

7.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan

foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.


background image

135

2023/5/15
8.

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik

modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
9.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb

academic papers collection. 2023/1/1.
10.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси

ҳолатини башоратлаш."

Сервис” илмий-амалий журнал

(2022): 56-59.

11.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF

MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."

Berlin Studies Transnational

Journal of Science and Humanities

2.1.1 Economical sciences (2022).

12.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE

HELP

OF

SOFTWARE

PACKAGES

FOR

MEDICAL

SERVICES

IN

THE

REGIONS."

Conferencea

(2022): 128-130.

13.

Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-

КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ

ШАРОИТИДА

ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР
ТУПЛАМИ (2019).
14.

Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic

papers collection (2019).
15.

Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX

STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ

ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман
МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
16.

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-

КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ

РИВОЖЛАНИШ

ИСТИҚБОЛЛАРИ

мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).

Bibliografik manbalar

Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024): 234-238.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO ‘LLASH." PEDAGOGS 50.2 (2024): 51-55.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Models and methods in modern science 3.5 (2024): 44-49.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI." Science and innovation in the education system 3.5 (2024): 50-60.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995. 2023/5/15

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси ҳолатини башоратлаш." Сервис” илмий-амалий журнал (2022): 56-59.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION." Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities 2.1.1 Economical sciences (2022).

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE HELP OF SOFTWARE PACKAGES FOR MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 128-130.

Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic papers collection (2019).

Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).