111
BULUTLI TEXNOLOGIYALARNING XUSUSIYATLARI, AFZALLIKLARI VA
KAMCHILIKLARI
Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
"Informatika va uni oʻqitish metodikasi" kafedrasi mudiri, ilmiy raxbar
Maxsadova Ozoda Erali qizi
Shahrisabz davlat pedagogika insistuti Matematika va Informatika yo’nalishi
2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14504300
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarning yaratilishi batafsil keltirib
oʻtilgan. Bundan tashqari bulutli texnologiyalarning afzalliklari va kamchiliklari ham tahlil
etilgan.
Kalit so’zlar:
bulutli texnogiyalar, avtomatik masshtablanish, infratuzilma, laaS, PaaS,
SaaS, Vendor lock-in, innovatsion texnologiyalar.
Аннотация:
В данной статье подробно рассмотрено создание облачных
технологий. Кроме того, проведён анализ преимуществ и недостатков облачных
технологий.
Ключевые слова:
облачные технологии, автоматическое масштабирование,
инфраструктура, IaaS, PaaS, SaaS, Vendor lock-in, инновационные технологии.
Annotation
: This article provides a detailed overview of ki the creation of cloud
technologies. Additionally, the advantages and disadvantages of cloud technologies are
analyzed.
Keywords
: cloud technologies, automatic scaling, infrastructure, IaaS, PaaS, SaaS,
Vendor lock-in, innovative technologies.
KIRISH
Oxirgi o’n yillik mobaynida , telekomunikatsiya sohasida mehnat unumdorligini o’sishini
ta’minlashda va yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim o’rinlarni zabt etib keldi.
Keyinchalik esa xalq xo’jaligi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tayanch infratuzilma -
elektron tijorat yoki Internet tarmog’ining turli imkoniyalaridan istalgancha foydalanishning
mutassil o’sishiga va keng qamrovli joriy etilishiga, mazkur soha o’ta muhim qirralariniochib
beradi.
Bulutli texnologiyalarning asosiy jihatlarini, ularning zamonaviy axborot texnologiyalari
tizimladagi rolini va bizns hamda ijtimoiy sohaarga ta’sirini o’rganisha qaratilgan. Bulutli
xizmatarning asosiy xususiyatlari – masofaviy kiish, avtomatik masshtablanish va to’lov
asosida foydalanish tiziminng qulayliklari yoritilgan. Bulutli texnologiyalari orali rususrlarni
tejash, ma’lumotlarga istalgan vaqtda va istalgan joydan kirish, shuningdek, ma’lumotlarni
xavfsiz saqlash imkoniyatlari ilmiy dalillar asosida tahlil qilinadi. Bulutli texnologiyalarning
afzallilari bir qatorda texnologiyaning cheklovlari,jumladan, internetga yuqori bog’liqlik,
ma’lumotlarning maxfiyligi bilan bog’liq xavflar va xizmat ko’rsatuvchi povayderlarga
qaramlik kabi muammolarni muhokama qilingan. Shuningdek laaS, PaaS va SaaS
texnologiyalarining texnik va funksional jihatlari yoritilgan.
Axborot texnologiyalari jadal rivojlaniyotgan bir davrda dasturiy taminotning o’rni ham
katta ahamiyatga ega. Dastur to’laqonli ishlash uchun kompyuterimiz minimal tizim
talablariga javob berishi kerak. Dasturdan foydalanishda hisoblash tizimlarini birlashtirish va
undan yagona manba sifatida foydalanish. 2008-yildan boshlb (Cloud technology) Bulutli
112
texnologiyalar so’zi dunyo miqyosida keng tarqaldi. Birinchi qarashda “Bulutli texnologiyalar”
tushunarsiz ko’rinsada: bu model o’zida biror bir tizimdagi (serveslar, ilovalar, saqlashb
tizimlari va xizmatlar) dan tez qulay, samarali foydalanish imkonini beradi.
Bulutli texnogiyalar – bu internet orqali taqdim etiladigan IT resurslari, jumladan,
serverlar, ma’lumotlar bazalari, dasturlar va boshqa infratuzilma xizmatlari. Ular
kompaniyalarga o’z infratuzilmasini boshqarish uchun katta miqdordagi kapital sarfini talab
qilmasdan, faqat ehtiyojiga qarab to’lov qilish imkoniyatini beradi. Bulut xizmatlari 3 asosiy
turga bo’linadi:
1. “laaS (Infrastructure as a Service)” – bu resusrlar, serverlar, tarmoqlar va saqlash
xizmati sifatida taqdim etilad.
2. “PaaS(Platform as a Service)” – dasturiy platformalar va rivojlanish muhitlari taqdim
etiladi.
3. “SaaS(Software as a Service)”- tayyor dasturiy ta’minot xizmatlari taqdim etiladi
Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari
1. Virtualizatsiya asosidagi infratuzilma- bu axborot texnologiyalari sohasidagi
zamonaviy yondashuv bo’lib, u fizik resurslarni (masalan, serverlar, xotira, tarmoq va saqlash
vositalarini) mantiqiy yoki virtual resurslarga aylantirish orqali samaradorlik va
moslashuvchanlikni oshirishga qaratilgan. Ushbu infratuzilma virtualizatsiya texnologiyalari
yordamida yaratiladi va boshqariladi.Virtualizatsiya asosdagi infratuzilmaning asosiy tarkibiy
qismlari:server virtualizatsiya, saqlash virtualizatsiya, tarmoq virtualizatsiy, ish stoi
virtualizatsiyasi.
2. Avtomatik masshtablanish- bu IT –infratuzilma va ilovalarda avtomatik ravishda
resurslarni ko’paytirish yoki kamaytirish texnologiyasi bo’lib , foydalanuvchilarning
yuklanishiga qarab tizimning samaradorligini ta’minlaydi. Bu texnologiya, ayniqsa, bulutli
xizmatlar va mikroxizmatlar arxitekturalarida keng qo’llaniladi.
3. Multitenant arxitektura- bu dasturiy ta’minot va infratuzilmada bitta platform yoki
ilovadan bir vaqtning o’zida bir nechta mijoz foydalanish mumkin bo’lgan arxitekturaviy
yondashuv. Ushbu modelda har bir mijoz o’zining ma’lumotlari va konfiguratsiyalari bilan
ishlaydi, lekin barcha mijozlar bir xil dastur yoki resurslar to’plamini baham ko’radi.
4. Barqarorlik va xavfsizlik- IT- infratuzilma va dasturiy ta’minotni samarali ishlashini va
himoyalanganligini ta’minlash uchunmuhim elementlardir. Ushbu ikki tushuncha ko’plab
sohalarda bir-birini to’ldiradi va umumiy maqsad – ishonchli hamda xavfsiz tizimlarni
yaratish va boshqarishdir.
Bulutli texnologiyalar zamonaviy dunyoda har bir soha uchun muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Ularning asosiy afzalliklari quyidagi omillar bilan belgilanadi.
1. Xarajatlarni tejash
Bulutli texnologiyalar infratuzilmani saqlash va boshqarish xarajatlarini sezilarli
darajada kamaytiradi. Moliyaviy resurslarni samarali boshqarish imkonini beradi.
2. Xavfsizlikni ta’minlash
Bulutli provayderlari ilg’or xavfsizlik choralari, ma’lumotlarni shifrlash va uzluksi zaxira
nusxalari bilan malumotlarni himoya qiladi. Ko’pgina provayderlar kiberxavfsizlikni
ta’minlash bo’yicha doimiy yangilanishlarni taminlaydi.
3. Tezkorlik va moslashuvchanlik
113
Bulut xizmatlari dasturlarni yoki infratuzilma yechimlarini qisqa vaqt ichida amalga
oshirish imkonini beradi. Kompaniyalar yoki davlat tashkilotlari yangilanishlarni tezda joriy
qila oladi, bu esa raqobatdoshlikni oshiradi.
4. Resurslarni markazlashtirish
Bulutli texnologiyalar orqali barcha ma’lumotlar va xizmatlar bitta platformada
markazlashtiriladi. Bu axborotlarni boshqarishni osonlashtiriladi va turli tizimlar o’rtasidagi
integratsiyani kuchaytiradi.
5. Foydalanish qulayligi
Bulut texnologiyalari foydalanuvchilar uchun qulay interfeys va boshqaruv tizimlarini
taklif etadi. Bu dasturlardan foydalanishni soddalashtiradi va xodimlarni qo’shimcha
o’qitishga ehtiyojni kamaytiradi.
6. Innovatsiyalarni joriy qilish imkoniyati
Bulutli texnologiyalar foydaanuvchilarga yangi dasturiy ta’minot va xizmatlarni
sinovdan o’tkazish, joriy qilish va tezkorlik bilan foydalanish imkonyatini beradi. Bu
rivojlanishni jadallashtiradi.
7. Arof muhitga ta’sirini kamaytirish
Bulutli texnologiyalar mahalliy serverlarni ishlatish zaruratini kamaytiradi, bu esa
energiya iste’moliniva uglerod izini qisqartiradi.
Bulutli texnologiyalarning afzalliklari ularni biznez davlat bosharuvi va ta’lim kabi
sohalarda qo’llashni dolzarb qiladi. Xarajatlarni tejash, xavfsizlik, tezkorlik va
moslashuvchanlik kabiimkoniyatlar har bir tashkilot uchun raqamli transformatsiyaning
ajralmas qismi bo’lib xizmat qiladi.
Bulutli texnologiyalar ko’plab afzallilarga qaramay, ayrim kamchiliklarga ega. Ushbu
muammolarni inobatga olish texnologiyalardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi va ularning
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Quyida bulutli texnologiyalarning asosiy
kamchiliklari keltirilgan.
1. Internetga to’la bog’liqlik
Bulutlitexnologiyalarni ishlatish uchun barqaror va yuqori tezlikdagi internet aloqasi
zarur. Internet sifati past bo’lgan hududlarda bulut xizmatlari samarali ishlamaydi. Bu
foydalanuvchilarga cheklovlar va noqulayliklar tug’diradi.
2. Ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiylik xavfi
Bulutli texnologiyalarda ma’lumotlar uchinchi tomon provaydrerlari tomonidan
boshqariladi.Agar provayderda xavfsizlik tizimi yetarli darajada kuchli bo’lmasa yoki xakerlik
hujumlari amalga oshirilsa, foydalanuvchi ma’lumotlari yo’qotilishi yoki o’g’irlanishi mumkin.
3. Vendor lock-in (Xizmat yetkazib beruvchiga qaramlik)
Ko‘pchilik bulut xizmatlari o‘ziga xos standartlar va platformalarni taklif qiladi, bu esa
foydalanuvchilarni muayyan provayder xizmatiga bog‘lab qo‘yadi. Provayderni o‘zgartirish
yoki boshqa platformaga o‘tish texnik jihatdan qiyin va qimmat bo‘lishi mumkin.
4. Xarajatlarni nazorat qilish murakkabligi
Bulutli texnologiyalardan foydalanishda xarajatlar dastlab past bo‘lib ko‘rinadi, ammo
vaqt o‘tishi bilan xizmatlardan foydalanish hajmi oshgani sari xarajatlar ko‘payishi mumkin.
Xizmatlar uchun to‘lovlarni doimiy monitoring qilish talab etiladi.
5. Uptime va xizmat uzilishlari
114
Bulut xizmatlarining ishonchliligi provayderning tizimlariga bog‘liq. Xizmat
provayderidagi nosozlik yoki texnik uzilishlar foydalanuvchilarning ma'lumotlarga kirish
imkoniyatini vaqtincha cheklashi mumkin.
6. Cheklangan boshqaruv va nazorat
Foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlari va tizimlarini to‘liq nazorat qilolmaydi, chunki
ularning boshqaruvi provayder zimmasida bo‘ladi. Bu ba’zan xavfsizlik va xizmatlar sifatiga
ta’sir qilishi mumkin.
7. Raqamli infratuzilma cheklovlari
Bulutli texnologiyalarni samarali qo‘llash uchun rivojlangan raqamli infratuzilma talab
qilinadi. Ba’zi davlatlar va hududlarda bu infratuzilma hali to‘liq joriy qilinmagan.
8. Ma’lumotlarning yo‘qotilishi xavfi
Provayderning texnik muammolari yoki tabiiy ofatlar tufayli foydalanuvchi ma’lumotlari
yo‘qolishi mumkin. Bu ayniqsa muhim hujjatlar va maxfiy ma’lumotlar uchun katta xavf
tug‘diradi.
9. Yuridik va reglament masalalari
Har bir mamlakatda ma'lumotlar saqlanishi va boshqarilishi bo‘yicha turli qonun-
qoidalar mavjud. Provayderning ma'lumotlarni boshqa davlatda saqlashi qonuniy
muammolarga olib kelishi mumkin.
Bulutli texnologiyalar samarador va innovatsion imkoniyatlar yaratishiga qaramay,
ularni qo‘llashda yuqoridagi kamchiliklarni hisobga olish kerak. Muammolarni bartaraf etish
uchun barqaror infratuzilma, xavfsizlik tizimlarini kuchaytirish va xizmat provayderlarini
ehtiyotkorlik bilan tanlash lozim. Bu bulutli texnologiyalardan maksimal foyda olish imkonini
beradi.
XULOSA
Bulutli texnologiyalar hozirgi vaqtda biznes va shaxsiy hayotda muhim rol o’ynaydi.
Ularning xususiyatlari samaradorlikni oshiradi, afzalliklari esa ko’plab imkoniyatlar yaratadi.
Bulutli texnologiyalardan foydalanib, kompyuter tizimi resurslari himoya ta’sir kamaytirish
“jamoa aql” innovatsion texnologiyalar asoslangan. Antivirus serverlari dunyodagi millionlab
foydalanuvchilarning antivirus mahsulotlaridan olingan ma’lumotlardan har kuni paydo
bo’lgan zararli dasturlarning yangi turlarini avtomatik ravishda aniqlash va tasniflash uchun
foydalanish mumkin. Shunga qaramasdan, kamchiliklar, xususan, xavfsizlik va internetga
bog’liqlik kabi muammolarni hal qilish uchun yangi texnologik yechimlar zarur. Kelajakda
bulutli texnologiyalarning jadal rivojlanishi yanada kengroq qo’llanishini ta’minlaydi.
References:
1.
Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA
MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024):
234-238.
2.
Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy
metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
3.
ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI
QO ‘LLASH."
PEDAGOGS
50.2 (2024): 51-55.
4.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH
115
TA’LIMDA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
USULLARI
VA
AFZALLIKLARI."
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования
3.10 (2024): 39-41.
5.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL
IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."
Models and methods in modern science
3.5 (2024): 44-49.
6.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA
TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING
O’RNI."
Science and innovation in the education system
3.5 (2024): 50-60.
7.
Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan
foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
2023/5/15
8.
F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik
modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
9.
F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb
academic papers collection. 2023/1/1.
10.
Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси
ҳолатини башоратлаш."
Сервис” илмий-амалий журнал
(2022): 56-59.
11.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF
MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."
Berlin Studies Transnational
Journal of Science and Humanities
2.1.1 Economical sciences (2022).
12.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE
HELP
OF
SOFTWARE
PACKAGES
FOR
MEDICAL
SERVICES
IN
THE
REGIONS."
Conferencea
(2022): 128-130.
13.
Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-
КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ
ШАРОИТИДА
ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР
ТУПЛАМИ (2019).
14.
Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic
papers collection (2019).
15.
Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX
STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ
ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман
МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
16.
Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-
КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ
РИВОЖЛАНИШ
ИСТИҚБОЛЛАРИ
мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).
