
271
Bu tadqiqotlar AQSh va Kanadada eng jadal rivojlangan, bu yerda oddiy bug'doy donidagi oqsil
miqdori 0,5-3,0%ga oshgan. (Shewry, 2007). "Don tarkibidagi oqsillarning umumiy miqdori"
xususiyati poligenik ekanligini ko'rsatdi. Uning namoyon bo'lishiga atrof-muhit sharoitlari kuchli
ta'sir ko'rsatadi, ammo gibrid bo'linadigan populyatsiyalarda oqsil miqdori yuqori bo'lgan ota-
onadan farq qiladigan shakllar aniqlanadi. Bu shakllarning avlodlaridagi oqsil tarkibini u bilan
teskari o'tish orqali ko'paytirish mumkin (Dorofeev va boshqalar, 1972, 1987; Jonson va
boshqalar, 1985 [3]
Don tarkibidagi oqsil miqdori va hosildorlik o'rtasida salbiy korrelyatsiya aniqlandi, bu
esa bir vaqtning o'zida ikkala belgini ko'paytirish uchun tanlovni murakkablashtiradi. Shu
sababli, shuningdek, belgining murakkab poligenik tabiati va tashqi omillar ta'sirida kuchli
o'zgaruvchanligi tufayli bug'doy donidagi oqsil tarkibining yanada sezilarli o'sishiga erishish
mumkin bo'ladi.[4] Hozirgi vaqtda bug'doy xromosomalarining deyarli hammasida don
tarkibidagi oqsil miqdoriga ta'sir qiluvchi katta va kichik lokuslar ko'p (Balyan va boshqalar,
2013; McIntosh va boshqalar, 2013). Lokuslar epistatik o'zaro ta'sirlarda ishtirok etadi va
fenotipik namoyon bo'lishida barqaror emas. Shuni ta'kidlash kerakki, XX asr oxirigacha yaxshi
yetishtirilmagan va yovvoyi bug'doy turlarining yuqori proteinli manbalari oqsil tarkibini
ko'paytirish uchun ko'p ishlatilmadi, ularning genetik xilma-xilligi potentsiali ochilmagan.
1 gektar yerga 250 kg urug‘ ekiladi navi Alekseyivich. O‘g‘itlardan 60 kg Azot 500kg
Ammafos 250 kg kaliy 270 kg sulfat organik og‘itlardan 20 tonna gòng sharbati.1gektardan 65-
70 sentner xosil olinadi.[5]
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Balyan H.S., Gupta P.K., Kumar S., Dhariwal R., Jaiswal V., Tyagi S., Agarwal
P.,Gahlaut V., Kumari S. Genetic improvement of grain protein and other health-related
constituents of wheat grain. Plant Breeding. 2013. available at
DOI 10.1111/pbr.12047.
2.
Dorofeev V.F., Udachin R.A., Semenova L.V., Novikova M.V., Grad- chaninova
O.D., Shitova I.P., Merezhko A.F., Filatenko A.A. Pshe- nitsy mira [World Wheats]. Leningrad,
Agropromizdat Publ., 1987.
3.
Dorofeev V.F., Yakubtsiner M.M., Semenova L.V., Rudenko M.I., Novikova M.V.,
Stepanova G.I., Okhotnikova T.V., Shitova I.P Vysokokachestvennye pshenitsy. Katalog.
Vypusk 86 [High-Quality Wheats. Catalog. Issue 86. Leningrad, 1972.
4.
Flyaksberger K. Grain protein in wheat globe. Sotsialisticheskoe ras- tenievodstvo =
Socialist Plant Industry. 1932; 1:15-31.
5.
Ivanov N.N. The chemical composition of the wheats of USSR. Results of
geographical experiments in 1923-1926. Trudy po prikladnoy botanike, genetike i selektsii =
Proceedings on Applied Botany, Genetics, and Breeding. 1928- 1929;XXI(4):47-320.
6.
Ivanov N.N. Problema belka v rastenievodstve [Protein Problem in Plant Industry].
Moscow; Leningrad, OGIZ-Selhozgiz Publ., 1947.
DORIVOR TIRNOQGUL – CALENDULA OFFICINALIS L. NING BOTANIK TASNIFI
Mahammatqulov Shaxzod Baxtiyor o‗g‗li
O‗zbekiston Milliy univesitetining Jizzax filiali
―Biotexnalogiya‖ yo‗nalish talabasi
O‗ralov Abdumannon Iskandarovich
O‗zbekiston Milliy univesitetining Jizzax filiali
―Biotexnalogiya‖ kafedrasi katta o‗qituvchisi
Annotatsiya:
O‗simlik tarkibi 7,6–7,8 mg% karotin (karatanoidlarning umumiy miqdori
savatchaning tilsimon chetki gullar tarkibida 3% ni tashkil etadi), 0,62–0,4 efir moyi, 0,33–

272
0,88% flavanoidlar (kversetin, izoramnetin, izokversetin va boshqalar) kumarinlar (eskuletin,
skopoletin, umbelliferon), 3,44% smolalar, 4% gacha shilliq, 10,4–11,2 oshlovchi moddalar,
19% gacha achchiq modda kalenden, 6,84% olma, pentadetsid va oz miqdorda salitsilat
kislotalar, triterpen diollar (arnidiol va faradiol), triterpen saponi–kalendulozid hamda
alkaloidlar bo‗ladi.
Kalit so‗zlar:
Dorivor tirnoqgul, Kalendula, flavanoidlar, eskuletin, skopoletin,
umbelliferon.
Bizda, yovvoyi holda o‗smaydi.Manzarali o‗simlik sifatida Moldova, Ukraina,
Rossiyaning Yevropa qismining janubiy tumanlarida hamda Kavkazda, dorivor o‗simlik sifatida
esa Krasnador o‗lkasida, Poltava va Moskva viloyatlarida o‗stiriladi. Dorivor tirnoqgul MDH
davlatlarida va Markaziy Osiyo davlatlarida
manzarali va dorivor o‗simlik sifatida keng
miqyosida
o‗stirilmoqda.
Dorivor
tirnoqgul
(Calendula Officinalis L) Asteraceae oilasiga kiradi.
Tirnoqgul bir yillik, bo‗yi 30 –50 (ba‘zan 60) sm ga
yetadigan o‗t o‗simlik, ildizi shoxlangan o‗q ildiz.
Poyasi qattiq, tik o‗suvchi, asos qismidan boshlab
shoxlangan, qirrali bo‗lib, yuqori qismi bezli tuklar
bilan qoplangan. Tirnoqgul o‗q ildizli bo‗lib, 40 sm
ga yetadi, tuproqning 5–25 sm li qavatida yotiq
tarzda yaxshi tarmoqlangan. Barglari cho‗ziq –
teskari tuxumsimon, sertuk bo‗lib, poyasi bilan
shoxlarida bandi yordamida ketma–ket o‗rnashgan,
poyasining yuqori qismidagi barglari bandsiz, tuxumsimon. Gullari poyasi bilan shoxlari uchida
savatcha bo‗lib joylashgan. To‗pgulni diametri 2-5 sm Tilsimon gullari 2–3, ba‘zan 15 qator,
sariq, to‗q–sariq yoki zarg‗aldoq rangli bo‗ladi. Mevasi egilgan danak tarizda bo‗lib, savatchada
2–3 qator joylashgan, tashqi qator mevalari 2–3 sm uzunlikda bo‗lib, o‗rta va ichki qatordagi
danaklaridan rangi va marfologik belgilariga ko‗ra ajralib turadi, 100 dona danakini og‗irligi 8–
10 gr bo‗ladi. Mevasi pista urug‗lari bukilgan, yelka qismi tikanli yoki bo‗rtmali,iyun ba‘zan
may oyidan boshlab ,kech kuzgacha gullaydi,mevasi iyul oyidan boshlab yetiladi.[1]
Tirnoqgulning respublikamizning barcha tuproq-iqlim sharoitlarida ekib o‗stirish
mumkin. Lekin u unumdor va nam yetarli, mexanik tartibi o‘rtacha tuproqlarda yaxshi hosil
beradi.Tirnoqgulning yaxshi rivojlanishi, undan sifatli va mo‗l to‗pgullar yetishtirish maqsadida
ularni o‗g‗itlash, sug‗orish muddatlarini to‗g‗ri belgilash,zararkunanda va begona o‗tlarga qarshi
kurashga e‘tiborni qaratish lozim bo‗ladi.[5]
Dorivor tirnoqguldan tayyorlangan dorilar turli yaralar, stomatit, angina va boshqa tomoq
og‗rig‗i kasalliklarida og‗iz hamda tomoqni chayqash uchun ishlatiladi, shuningdek, gastirit,
me‘da va o‗n ikki barmoq ichakning yara kassaliklari hamda jigar kassaliklarni davolashda
qo‗llaniladi. Dorivor tirnoqgul ba‘zi rak kasalliklarida ishlatiladigan preparatlar tarkibiga ham
kiradi. Dorivor tirnoqguldan mikroblarga qarshi, qon tarkibini tozalovchi, tinchlantiruvchi va
dezinfeksiya qiluvchi, jarohatlangan qismlarini tiklovchi tasirga ega bo‗lgani uchun yiringli
yaralar, terining sovuq urgan hamda kuygan joylarini davolashda foydaliniladi. Dorivor
tirnoqgulning to‗pgulidan tayyorlangan damlamalari gipoternik kassaliklarning boshlang‗ich
davrlarida foyda beradi [2].
Xulosa o‗rnida shuni takidlash joyizki Dorivor tirnoqgulni O‗zbekiston sharoitida ekib
ko‘paytirish va plantatsiyalarini yaratish maqsadga muofiq bo‗lar edi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Axmedov.O‗, Ergashev.A, Abzalov.A, Yo‗lchiyeva.M, Mustafakulov.D Dorivor
o‗simliklarni yetishtirish texnologiyasi Toshkent-2020 (191-196 betlar);

273
2. Yoziev.l.X, Arabova.I.Z, Dorivor o‗simliklar (botanika tavsifi, geografik tarqalishi,
kimyoviy tarkibi va tabobatda hamda tibbiyotda ishlatilishi) Toshkent 2017 (44-45 betlar);
3. Berdiyev.E.T, Hakimova M.X, Maxmudova G.B, O‗rmon dorivor o‗simliklari
Toshkent – 2016 (235-236 betlar);
4. Xolmatov.H.X, Ahmedov.O‗.A, Musayeva.N.A, Farmakognoziya va Botanika asoslari
Toshkent 2017 (74-75 betlar);
5.Axmedov.E.T, Berdiyev.E.T, Dorivor o‗simliklarni yetishtirish texnologiyasi Toshkent
2017 (64 bet).
ELWENDIA CAPUSII (FRANCH.) PIMENOV & KLJUYKOV ЭКОЛОГИК -
ФИТОЦЕНОТИК ТАВСИФИ (ТУРКИСТОН ТИЗМАСИ)
Маматкулова И.Э., Абдураимов О.С
.
Ўқитувчи, Ўзбекистон Миллий университети Жиззах филиали,
PhD (катта илмий ходим), ЎзР ФА Ботаника институти, Тошкент
Аннотация:
Мақолада Туркистон тоғ тизмасида тарқалган Elwendia
capusii (Franch.) Pimenov & Kljuykov экологик фитоценотик тавсифи келтирилган.
Тадқиқотлар давомида тур иштирок этган 10 та ўсимлик жамоалари ўрганилган.
Elwendia capusii мазкур жамоаларда фақатгина иштирокчи тур сифатида қайд этилган.
Калит сўзлар:
Elwendia capusii, фитоценология, экология, Туркистон тизмаси.
Фитоценоз (ўсимликлар жамоаси) деб муайян бир ҳудуддаги бир-бири билан ўзаро
боғланган, ташқи муҳит билан муносабати ва маълум бир таркиб ва тузилиши билан
характерланувчи ўсимликларнинг ҳар қандай йиғиндиси тушунилади[3].
Кейинги ўн йиллик давомида Туркистон тизмаси ва унга чегарадош бўлган
ҳудудларнинг флораси ва ўсимликлар қопламини ўрганишга бағишланган тадқиқотлар
сезиларли даражада ортди. Туркум вакилларининг Туркистон тоғ тизмаси ва унга ѐндош
бўлган худудларда тарқалиши борасидаги айрим маълумотлар Н.О. Сулаймонов[4], Л. А.
Ботирова [2], А.С. Эсанқулов [5], Д.Э.Азимовалар [1]томонидан келтирилган рўйхатларда
қайд этилган. Мазкур турнинг флора таркибида учраши борасидаги маълумотлар кўп қайд
этилган бўлиб, уларнинг ўсимлик жамоаларидаги мўллиги ҳамда қай даражада иштирок
этиши борасида маълумотлар етарлича эмас. Фақатгина Л.А.Ботирова [2] тадқиқотларида
Зоминсув ҳудудидаги айрим жамоалар хусусида сўз юритилган.
Тадқиқотларимиз давомида Туркистон тоғ тизмасида (Ўзбекистон) тарқалган
Elwendia capusiiиштирокидаги ўсимликлар жамоаси таҳлил қилинди (1-жадвал).