Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berishda vizual texnologiyalarning o’rni

CC BY f
102-105
2

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Кубаева, М. (2024). Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berishda vizual texnologiyalarning o’rni . in Library, 21(1), 102–105. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/28656
Мавлюда Кубаева, Навоийский государственный педагогический институт
преподаватель, кафедра «Дошкольное образование»
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ekologik muammolaming tobora global ahamiyat kasb ctib borayotganligi inobatga olinib, so’nggi yillarda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda atrof-muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ma’rifat masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Похожие статьи


background image

МУГАЛЛИМХЭМ УЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИ У

102

Адабиётлар:

1.

Узбекистан Республикаси Презвдентининг 2017

йил

9

сентябрдаги

«Мактабгача таълим тизимини

тубдак такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида»ги ПК^-3261-сон карори.

2.

Узбекистан Республикаси Прсзидснтинииг 2017

йил

30 сентябрдаги «Мактабгача таълим тизими

бошдарувини

тубдан

такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисидалги ПФ-5198-сон фармони.

3.

Щербакова

Е.И.

Методика обучения математике в детском саду.

-

М.: Академия, 2002.

4.

Белошистая А.В. Обучение математике

в

ДОУ: Методическое пособие.

-

М.: Айрис-пресс, 2005.

5.

А.Мавлянов, С.Абдалова, Л.Ю. Юсупова. “Педагогик

технология

тамойиллари асосида даре

машгулотларини олиб бориш технологияси”. Т. 2010.

6.

Крдирова Ф., Тошпулатова Ш., Каримова

Н.,

Аъзамова М. Мактабгача педагогика. Дарслик. Тош-

кент:

Тафаккур нашриети, 2019.-158 б.

РЕЗЮМЕ

Мазкур маколада мактабгача

таълим

ташкилотларида болаларнииг математик тасаввурларини

шак-

ллантириш методикасини такомиллаштириш муаммолари ва уларни бартараф

этиш

йулидаги вазифалар

ёритиб берилган.

РЕЗЮМЕ

В

статье

описаны

проблемы совершенствования методики формирования математического воображе-

ния детей в дошкольном образовании и задачи по их преодолению.

SUMMARY

The

article

describes the problems

of

improving the methods

of

forming the

mathematical

imagination of

children in preschool education and the tasks of overcoming them.

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA EKOLOGIK

TA’LIM-TARBIYA BERISHDA VIZUAL TEXNOLOGIYALARNING O’RNI

Kubayeva M.B.

Navoiy davlat pedagogika instituti “Maktabgacha ta ’Um ” kafedrasi о ’qituvehisi

Tayanch so’zlar:

ekologiya, bola, ta’lim, tarbiya, vizual texnologiya, usul, audio, video, main,

grafika, animatsiya, effekt, interfaol.

Ключевые

слови:

экология, ребенок, обучение, воспитание, визуальная технология, метод,

аудио, видео, текст, графика, анимация, эффект, интерактивность.

Keywords:

ecology, child, education, upbringing, visual technology, method, audio, video, text,

graphics, animation, effect, interactivity.

Ekologik muammolaming tobora global ahamiyat

kasb

ctib borayotganligi inobatga

olinib, so’nggi yillarda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda atrof-muhit muhofazasi,
ekologik madaniyat, ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ma’rifat masalalariga alohida e’tibor
berilmoqda.

Ekologik ta’lim-tarbiyaning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof-

muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish,
ushbu o’ta jiddiy, hayotiy masalalarga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa
qo’shishi zarurligi bilan belgilanadi.

Ma’lumki, yurtimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim - tarbiya sohasida

ekologik ta’limga oid elektron - metodik vositalarni yaratish va innovatsiyalardan
foydalanish imkoniyatini kengaytirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilmaganligi,
shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida pedagog-tarbiyachilaming faoliyatini metodik
jihatdan ta’minlovchi o’quv materiallari, shu jumladan, ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasiga oid o’quv qo’llanmalari yctarli cmasligi inobatga olinib, 2019 yil

27

mayda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 434-sonli qaror, ya’ni

O’zbckiston Respublikasida “Ekologik ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi” ishlab chiqildi.


background image

103

МУГАЛЛИМХ&МУЗЛИКСИЗБИЛИМЛЕНДИРИУ

Ushbu Konsepsiyada belgilangan vazifalarga ko’ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’quv
jarayonining ilmiy asosi sanalmish “Ilk qadam” dasturida belgilangan ekologik ta’limga oid
mavzular va amaliy mashg’ulotlami to’laqonli tashkil etish maqsadida “Ekolog bolajon”
dasturi ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi ta’kidlangan. O’zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ekologik sanalar bo’yicha turli yoshdagi guruhlar
uchun “Ekolog bolajon” dasturi asosida tizimli mashg’ulotlar rejasi va dasturlari ishlab
chiqilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ekologik yo’lakchalar” tashkil etilmoqda.
Bunga

ko’ra,

tarbiyalanuvchilaming

ongiga

O’zbekiston

Respublikasi

Qizil

kitobiga

kiritilgan

o’simlik

va

hayvonlar

haqidagi

dastlabki

tushunchalar

singdirilmoqda

va

muhofaza qilinadigan o’simlik va hayvonlar rasmlarini chizish orqali bolalarda dastlabki
ekologik bilimlar shakllantirilmoqda. Shuningdek, ta’lim dasturi o’rta, katta va maktabgacha
tayyorlov guruhlari uchun jonsiz tabiat (o’simliklar dunyosi), jonli tabiat (hayvonot
dunyosi) hamda sayrda bo’lib о’tadigan jonsiz va jonli tabiat tushunchalarini uyg’otishga
yo’naltirilgan bo’lib, bunda, mavzulami qayta belgilashda yer yuzida, shu jumladan,
yurtimizda yo’qolib borayotgan va kamyob turdagi o’simlik va hayvonot dunyosi hamda
ulami asrab-avaylash masalasiga alohida urg’u berilmoqda.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim dasturlari atrof-muhitni muhofaza qilish va

atrofimizdagi olamni toza saqlash, shu jumladan, maishiy chiqindilardan tozalash kabi
tushunchalar bilan boyitib boriladi. Bundan tashqari har

bir

maktabgacha ta’lim tashkilotida

ekologik burchaklar tashkil etish hamda ulami zarur materiallar bilan ta’minlash asosiy
vazifalaridan biri sifatida belgilanmoqda.

Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilaming ekologik ongi ulaming ko’ziga

yaqqol tashlanadigan atrof tabiiy muhit (yer, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi) bilan “Ona
tabiat” mavzusida ochiq havoda tanishtiruv soatlarini o’tkazish, rasmlar chizdirish, atrof
olam haqidagi she’rlami yod oldirish, mashqlarni bajartirish va turli mavzudagi o’yinlami
tashkil etish orqali shakllantiriladi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga ekologik ta’lim

tarbiya berishning oson va tushunarli usuli sifatida o’quv jarayonini vizual texnologiyalar
asosida tashkil etish bolalarda atrof-muhitga bo’lgan munosabatni yanada

ri

vojlantiradi.

Vizual texnologiya o’zi nima? Vizual texologiya — bu axborot kommunikatsiya

vositalarining

dasturiy

va

texnikaviy

vositalari

asosida

audio,

video,

matn,

grafika

va

animatsiya

effektlari

asosida

o‘quv

materiallarini

bolalarga

yetkazib

berishning

mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir.

Rivojlangan

mamlakatlarda

o‘qitishning

bu

usuli,

hozirgi

kunda

ta’lim

sohasi

yo'nalishlari bo‘yicha tatbiq qilinmoqda. Amaliyot tajribalaridan shu narsa ma’lumki,
vizual texnologiya asosida ta’lim jarayoni samarali bo’lishi isbotlangan. Vizual texnologiya
vositalari asosida bilim berishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan
bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar tarbiyalanuvchilar berilayotgan
materiallami ko‘rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 %
ga oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishda
mujassamlashgan holda berilsa, materiallami xotirada saqlab qolish 75 % ga ortadi.

Bolalarga

ekologik

ta’lim-tarbiya

berishda

o’rganilayotgan

ma’lumotni

yaxshiroq

eslab

qolishlari

va bilimlami o’rganishlari uchun tarbiyalanuvchilaming e’tiborini jalb

qilish lozimdir. Bunday natijaga faqat yuqori sifatli, qulay, yorqin vizual materiallar tufayli
erishish mumkin. Vizual texnologiya

-

bolaning e’tiborini jalb qilishga imkon beradigan,

diqqatini jalb qiladigan va o’z navbatida materialni osonlik bilan o’zlashtirishi hamda
yaxshiroq eslab

qoli

shiga imkon beradigan vositadir. Vizual texnologiyalar nafaqat xotiraga

ta’sir qiladi, balki tasvirlaming ravshanligi tufayli, bola o’zi uchun tushunarli bo’lgan
analogiyalami yaratadi. Shu sababli, vizual texnologiya turli xil tushunchalar ishlatiladigan


background image

104

МУГАЛЛИМХ.&М

Y

ЗЛИ

КС

ИЗ

БИЛИМЛЕНДИРИУ

doiraga kiritilib, bulaming barchasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik ta’lim-

tarbiya berish sifatini yaxshilaydi. Masalan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga
ekologik ta’lim-tarbiya berish jarayonida tarbiyachi materialni og’zaki ravishda taqdim
etishning o’miga, vizual diagramma-rasm orqali taqdim etsa, bolada tasavvur qilish ancha
yaxshilanadi.

Maktabgacha

ta’lim

tashkilotlarida

tarbiyalanuvchilarga

ekologik

bilim

berishning

vizual

texnologiyalaridan

foydalanishda

asosiy

maqsad

va

vazifalar

sifatlda

quyidagilami sanab o’tish mumkin:

Atrof-muhitga nisbatan o’z harakatlarining oqibatlarini anglashga va tabiat bilan
nisbiy uyg’imlikda yashashga qodir yangi shaxsni shakllantirish;

Bolalarda ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy asoslarini shakllantirish;

Tirik

organizmlaming

ulaming

atrof-muhit

bilan

o’zaro

bog’liqligini

aks

ettiruvchi, ona tabiatining elemental’ ekologik bilimlarini o’zlashtirish;

Tabiatni

muhofaza

qilish

sohalarida

boshlang’ich

g’oyalar

va

amaliy

ko’nikmalarga ega bo’lish;

Bolalami ular bilan aloqada bo’lgan ob’ektlar va tabiiy hodisalarga ijobiy faol
munosabatda bo’lishga o’rgatish;

Har bir bolaning ona vatanining tabiati bilan muloqot jarayonida tarbiyaviy, ijodiy
va ma’naviy-axloqiy potentsialini ochish va rivojlantirish.

Vizual texnologiya bolaga nima beradi?

O’z ona yurtining tabiati bilan ko’rish orqali aloqa qilish jarayonida har bir
bolaning ekologik, ijodiy va ma’naviy-axloqiy tarbiyasi rivojlanadi;

Tabiatni asrash, inson ekologiyasi haqida dastlabki g’oyalami oladi;

Bola o’zining vizual

-

majoziy tafakkuri bilan, ob’ekt bilan bir vaqtda ko’rish,

eshitish, harakat qilish yoki ob’ektning harakatlarmi baholash mumkin bo’lgan
narsani tushunadi;

Ularga ob’ektlami sezish va idrok qilish ma’lumotni qabul qilish osonroq bo’ladi.

О’quv jarayonida vizual texnologiyalardan foydalanish, bilimlami puxta o’zlashtirish

uchun

alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik prinsipi

bilan bog’langanda yanada kengayadi va takomillashadi. Vizual texnologiya shu bilan
belgilanadiki, ulami qo’llash asosida yangi bilimlar olish maqsad qilib qo’yiladi. Bu
jarayonda

o’quv

filmlaridan,

diafilm

va

diapazitivlaming

axborot

matnlari

(ostidagi

sur’at) yozuvlar yangi bilimlar egallash uchun bilimlar manbai bo’lib xizmat qiladi.
Bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya benshda tabiiy materiallar va turli xil rasm hamda
jadvallar

namoyish

qilinadi.

Tarbiyalanuvchilar

esa

tarbiyachi

tomonidan

qo’yilgan

ko’rgazma vositalaming kuzatish asosida (topishi) berilgan topshiriqqa asoslanib, javoban
fikrlaydilar, tahlil qiladilar, so’ngra xulosa chiqaradilar. Har qanday holatda ham vizual
texnologiyalar qo’llanllganda bolalaming faol idrok etishlari va fikrlashlari ko’zda tutiladi,
shuning uchun ham ular oldida aniq bilish vazifasi qo’yiladi. Unda jismlar va jarayonlami
kuzatish, qarab chiqish va namoyon bo’lgan borliq va jarayonlami o’rgatish ko’rsatilishi
lozim. Kuzatish va o’rgatish holati frontal, guruh yoki yakka tartibda o’tkazilishi mumkin.

Maktabgacha

ta’lim

tashkilotlarida

ekologik

ta’lim-tarbiya

berish

jarayonida

bolalarga tabiiy ob’ektlami namoyish qilishiga katta e’tibor beriladi. Bu bolalarda faqat
ularni hajmi, shakli va boshqa belgilari haqida tasavvur qilibgina qolmay, shu bilan birga
o’zlashtirish jarayonini tezlashtiradi va faollashtiradi.

Vizual texnologiyani amalga oshirishda ko’rgazmali vositalar asosiy o’rin tutadi.

Ko’rgazma vositalar ikki guruhga bo’linadi, tabiiy va tasviriy.


background image

МУГАЛЛИМХ.ОМУЗЛИКСИЗБИЛИМЛЕНДИРИУ

105

Tabiiy ko’rgazma qurollar tabiat jismlaridir. Ular: xona o’simliklari, daraxt shoxlari,

barglar, gullar, mcvalar, urug’lar, ildizlar, gcrbariylar kollcksiyalari, guldastalar va mcva
sabzavotlar

xo’l

preparatlaridir.

Hayvonlar

bo’yicha

esa:

hayvonlaming

tirik

namunalari,

tulumlari, skeletlari, hashoratlar kollektsiyalari.

Bolalaming

bcvosia

ko’rib

qabul

qilish

imkorri

bo’lmagan

jismlar

tasviriy

ko’rgazmalar

orqali

yetkaziladi.

Ular

maxsus

magazinlarda

sotiladi.

Mulyajlar,

modellar,

rasmlar, ekran qo’llanmalari, tasviriy ko’rgazmalardir.

Vizual

texnologiyaning

qo’llanishini

mohiyati

shundaki,

tarbiyalanuvchilar

mazkur

ko’rgazmalardan

o’z

o’mida

foydalangan

holda

ular

haqida,

ya’ni

tabiat

jismlari

va

hodisalariga doir yangi bilimlar hosil qilishdan iborat.

Tabiiy

materiallarini

mustaqil

ravishda

o’rganayotganda

bolalarning

kuzatuvchanligi

va diqqat e’tibori rivojlanadi. Bu paytda tarbiyachi kuzatishning to’liq rejasini berish
hamda

o’rganilayotgan

jismning

belgi

va

xususiyatlarini

qanday

aniqlashni

ko’rsatish

kerak.

Kuzatuvchanlikni

rivojlantirishda

karta

ham

katta

rol

o’ynab,

kartada

sayohat

o’yinlarini o’tkazish, o’rganish asosida shartli kartagrafik bclgilami izchil o’zlashtiriladi.

Vizual

texnologiya

asosida

uyushtirilayotgan

mashg’ulotlarda

bolalar

diqqatiga

havola qilish qisqa muddatli, diqqatni jalb qiluvchi tajribalarga ham e’tibor qaratiladi.
Tajriba

-

tarbiyalanuvchilar

uchun

qiziqarli

va

atrof-muhitni

bilib

olishning

samarali

usulidir. Kichik, qisqa muddatli tajribalaming targ’ib topishida o’ziga xos ahamiyat kasb
etadi. U mantiqiy tafakkur va nutqni o’stirishda, tabiatning ichki muhim sirlarini ochishda
o’ziga xos o’ringa cga. Ulaming natijajasi ularoq bolalar yangi bilimlarga cga bo’ladilar.

Xulosa

o’mida

shuni

aytish

mumkinki,

maktabgacha

ta’lim

tashkilotlarida

pedagog-

tarbiyachilarning

asosiy

vazifasi

bolaga

har

bir

tirik

organizmni

yashash

huquqiga

cga

bo’lgan

o’z-o’zini

qadrlaydigan,

noyob

mavjudot

sifatida

qarashiga

o’rgatishidir.

Shuningdek,

bolalarga

ekologik

ta’lim-tarbiya

berish

jarayonini

vizual

texnologiyalar

asosida

tashkil

qilish,

ularda

tabiat

va

atrof-olamning

turli-tuman

shakl,

hajm,

ranglar

jilosi, voqcliklaming o’zaro o’zviy bog’liqligi sabab va oqibat jarayonlarini his qilishini,
idrok

etish,

faktlarga

tayanib

tafakkur

yoritishlari,

xulosalar

chiqarishlari

hamda

shu

asosda dunyoviy bilimlarni egallashlariga zamin yaratishidir.

Adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining

2019-yil

27-maydagi

“0‘zbekiston

Respublikasida

ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g*risida”gi

434-son

qarori.

2.

0‘zbekiston

Respublikasi

Maktabgacha

ta'lim

vazirligining

“O'zbekiston

Respublikasining

ilk

va

maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari.” Toshkent, 2018 yil 18 iyun 1-mh sonli
buyrug’i.

3.

0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining

“Ilk

qadam” Davlat o'quv dasturi. Toshkent,

2018 yil 7 iyul, 4-sonli Hayat Qarori.

4.

Namatov

A.N.

Ekologiya / Asosiy atama va iboralaming izohli lug’ati. - T: «Bioekosan» nashriyoti, 2001.

5.

To’xtayev

A.S.

Ekologiya

I

Pedagogika institutlarining talabalari uchun

o’quv

qo’llanma. - T.: “O’qituvchi”

nashriyoti, 2001.

РЕЗЮМЕ

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga ekologik bilim berishning ahamiyati

hamda bu jarayonda vizual texnologiyalar va ularning olib borilishi haqida bayon etilgan.

РЕЗЮМЕ

В

данной статье освещено значение использования визуальных технологий

в

экологическом образо-

вании дошкольников в ДОО.

SUMMARY

The article discusses the importance of environmental education for preschool children

and

the use

of

visual

technologies in this process.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi “0‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g*risida”gi 434-son qarori.

0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining “O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari.” Toshkent, 2018 yil 18 iyun 1-mh sonli buyrug’i.

0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining “Ilk qadam” Davlat o'quv dasturi. Toshkent, 2018 yil 7 iyul, 4-sonli Hayat Qarori.

Namatov A.N. Ekologiya / Asosiy atama va iboralaming izohli lug’ati. - T: «Bioekosan» nashriyoti, 2001.

To’xtayev A.S. Ekologiya I Pedagogika institutlarining talabalari uchun o’quv qo’llanma. - T.: “O’qituvchi” nashriyoti, 2001.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов