76
INSON KAPITALI RIVOJLANISHIDA – OILA
“SOTSIALIZATOR” SIFATIDA
Sodirjonov MUHRIDDIN MAXAMADAMINOVICH,
Sotsiologiya fanlari bo’yicha falsafa
doktori(PhD), tadqiqotchi
Anotatsiya
: ushbu maqolada inson kapitalini rivojlanish manbalari va omillari, inson kapitali
rivojlanishida oila darajasidagi investitsiyalar tadqiq etildi. Inson kapitalining barcha tarkibiy
qismlari oilada o’z farzandiga kiritadigan investitsiya orqali shakllantiriladi va ko’paytiriladi.
Insonning intellektual va psixofiziologik qobiliyatlarini oilada rivojlantirish uning kelgusida
kamolga еtishi va inson kapitali muntazam takomillashib borishining poydevoridir.
Kalit so’zlar:
oila, ta’lim, salomatlik, qadriyat, inson kapitali, investitsiya, ijtimoiy siyosat,
faravonlik, kambag’allik.
Аннотaция:
в данной статье изучены источники и факторы развития человеческого
капитала, инвестиции на уровне семьи в развитие человеческого капитала. Все составляющие
человеческого капитала формируются и приумножаются вкладом семьи в своего ребенка.
Развитие интеллектуальных и психофизиологических способностей человека в семье
является основой его будущего взросления и постоянного совершенствования человеческого
капитала.
Ключевые слова
: семья, образование, здоровье, ценность, человеческий капитал,
инвестиции, социальная политика, насилие, бедность.
Annotation:
Sources and factors of human capital development, family level investments
in human capital development were studied in this article. All components of human capital are
formed and multiplied by the family’s investment in its child. Development of intellectual and
psychophysiological abilities of a person in the family is the foundation of his future maturation
and regular improvement of human capital.
Keywords
: family, education, health, value, human capital, investment, social policy, violence,
poverty.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida inson kapitali ijtimoiy ishlab chiqarish
omili sifatida shakllantirish jarayoni yangi bosqichga o’tdi. Inson kapitali zamonaviy iqtisodiyotni
muhim tarkibiy qismiga aylandi. Davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo’nalishlari va davlatning
iqtisodiy sohadagi o’rni o’zgaradi. Bu yo’lda ta’lim tizimi inson kapitalining shakllanishining
asosiy manbai sifatida rivojlanmoqda. Bunday sharoitlarda iqtisodiy munosabatlarning barcha
tarkibiy qismini tashkil etuvchi va ushbu munosabatlarning o’zi shakllanadigan inson kapitali
shakllanishining institutsionlashuviga talab oshmoqda.
Ma’lumki, jamiyat qanday bo’lsa, ijtimoiy munosabatlar majmui bo’lgan inson kapitali
ham unga mos bo’ladi. Inson kapitalining rivoji ham shaxsning ongi, odob-axloqi, ma’naviyati,
dunyoqarashi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, ijtimoiy tuzum mohiyati va tabiatiga
bevosita bog’liqdir. Inson aql-idrok sohibi bo’lganligi bois real dunyodagi voqealarni tushunadi,
ilm-u tafakkuri, mehnati, salohiyati bilan dunyoni boshqaradi. Inson kapitalining yuksalishiga uni
o’rab turgan ijtimoiy-muhitda ro’y berayotgan barcha voqealarning ta’siri kuchlidir[1, b.4].
77
Innovatsion inson kapitali yaratish uchun mamlakatning har bir oilasi va unda tug’ilgan
farzandlarning eng kichik yoshdan boshlab bilim olishga yo’naltirish, ilmga havas, mehnatga
muhabbat uyg’otish, ularni ta’lim muassalarida eng yangi ta’lim texnologiyalari, dunyo standartlari
darajasidagi darslik va qo’llanmalari bilan o’qitish va o’rgatish lozim bo’ladi.
Inson kapitali rivojidagi muhim omilni demografik tarkibiy qism bilan bogʼliq ijtimoiy
muhit shaxs va jamoalarning hududiy elementlarini avloddan-avlodga oʼtadigan vorisiylik tizimi
belgilaydi. Demografik asosga qurilgan kapitalning asosiy tuzilmasi hisoblangan sogʼliqni
saqlash yoki salomatlik komponenti uzoq yillar davomida sifatli tibbiyot yordamida jismoniy va
aqliy mehnat qobiliyatini saqlab qolish uchun ijtimoiy muhit bilan oʼzaro aloqada shakllangan
qadriyatlar tizimiga aylanib bordi. Аyniqsa 2020-yilning mart oyidan boshlab butun dunyo boʼyicha
COVID–19 tufayli eʼlon qilingan pandemiya sharoitida sogʼliq va salomatlik butun insoniyat uchun
birinchi raqamli qadriyat sifatida inson kapitalini tashkil etdi.
Inson kapitalining sifat xususiyatlarini takomillashtirish zamonaviy davlatning izchil rivojlanishi
uchun strategik maqsad va shartdir. Oilada inson kapitalini qayta tiklash va rivojlantirishda etakchi
rol o’ynaydi. O’tkazilgan tadqiqot natijalari, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan oilaviy
investitsiyalarning xususiyatlarini o‘rganish, aholi ijtimoiy guruhlari tomonidan baholanadi. Inson
kapitalining rivojlanishi va uning umumiy sifati ijtimoiy-iqtisodiy o ‘zgarishlarning muvaffaqiyatli
natijasi bo’lib, inson kapitalini tiklash muammosi davlatning siyosiy va iqtisodiy tuzilishidan qat’i
nazar, eng muhim strategik vazifalaridan biri hisoblanadi. Yaqin kelajakda inson kapitalini qayta
tiklash jarayoni zamonaviy O’zbekiston iqtisodiyoti uchun juda muhimdir.
Inson kapitali tushunchasi bo’yicha xorijlik va mahalliy olimlar ham ko’plab tadqiqotlar,
izlanishlar olib borishmoqda. Innovasion rivojlanishning, umuman iqtisodiy taraqqiyotni
ta’minlashning muhim va zaruriy sharti inson kapitalining yuksakligi hisoblanadi. “Inson
kapitali” nazariyasi asoschilari, jumladan G. Bekkerning fikricha, “har kimning bilimi, qobiliyati
va qiziqishlari” inson kapitali hisoblanadi[2, С. 17–32.]. T. Shuls unga “inson kapitali uning
istiqboldagi daromad manbaidir, u faqat insonga xos va uning tarkibiy qismidir”[3, c.136] deb,
ta’rif bergan. L.Turou inson kapitalini moddiy buyum va xizmatlar ishlab chiqarish qobiliyati deb
hisoblaydi. Yana bir nazariyotchi J. Kendrik fikriga ko’ra esa, u insonning umumiy va spesifik
bilimlari, shuningdek insonning mehnat qobiliyatidir. Bizningcha, inson kapitaliga yuqoridagi
ta’riflarda berilgan sifatlar bilan birga uning dastlabki o’zagi oilada shakklanishi, jismoniy yoki
biologik xususiyatlarini ifodalaydigan salomatlik ham xosdir.
Har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o’ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaning bolaga
taʼsiri spetsifik bo’lgani uchun uning maʼnaviy-axloqiy qiyofasi shakllanishi ham o’ziga xos
va takrorlanmasdir. Ijtimoiy kapital va resurslar manbalari vujudga kelishida oilaning o’rni
beqiyos. O’z navbatida, sogʻlom oila va farzandlar davlat uchun investitsiya hisoblanadi[5]. Oila
farovonligi moddiy farovonlik qatorida oila aʼzolari va farzandlar salomatligi, ijtimoiy turmush
tarzi sogʻlomligi, tinchligi bilan belgilanadi.
Mikro darajaning asosiy omili ham oila bo’lib, birlamchi o’zaro ijtimoiy munosabatlarning
asosiy elementidir. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, oilada inson kapitali “sotsializator” sifatida
taʼlim va tarbiya muassasalarining ongga taʼsirida ustunlik qiladi. Agar oila va maktab turli
qadriyatlar hamda stereotiplar tizimini tarqatgan bo’lsa, bu raqobatda oila yutib chiqadi. Chunki
oiladagi tarbiya uzluksizdir va u nafaqat ongli, balki ongsiz darajada ham amalga oshiriladi.
Inson kapitalining ko’payish modellari orasida quyidagilar mavjud: shaxsiy, jamoaviy, milliy.
Inson kapitalining asosiy sifat ko’rsatkichlari individual darajada - oilada belgilanadi.
78
Oilada ota-onaning salohiyati oraqli oilaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini realizatsiya qilish
bilan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O’z navbatida sog’lom oila va farzandlar davlat uchun
investitsiya hissoblanadi. Oila farovonligi moddiy farovonlik blan bir vaqtda, oila a’zolari va
farzandlarning salomatligi, ijtimoiy turmush tarzining sog’lomligi, oilaning tinch va farovonligi
muhim omilidir.
Oilada inson kapitalini shakllantirish bosqichlari quyidagilar:
•
tarbiya inson kapitali o’zagi deb bilish
•
bolaning salomatligi va sifatli oziq – ovqat ta’minoti
•
yashash uchun qulay shar-sharoit yaratish
•
sifatli dam olish va tibbiy hizmat mavjudligi
•
oilda ta’limga bo’lgan e’tibor
•
farzandalar o’rtasida ijodiy fikrlash va qobilyatlarni
•
farzandlar o’rtasida gendr tengligini ta’minlash
•
moliyaviy sarmoyani to’g’ri taqsimlash
•
ota-onalarning shaxsiy namunasi
•
oilada bo’sht vaqtni to’g’ri taqsimlanish
•
sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish
Investitsiya kiritish dastlab xarajatlar qilish, keyinchalik bu xarajatlarning qoplanishini
nazarda tutadi. Dastlabki paytda inson kapitali deganda odamlarning mehnatga boʻlgan qobiliyati
– taʼlim va kasb koʻnikmalariga investitsiyalar jamlanmasi tushunilgan. Keyinchalik inson kapitali
tushunchasi jiddiy ravishda kengaydi. Jahon banki ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan
eng soʻnggi hisobkitoblarda inson kapitaliga isteʼmol harajatlari–oilaning ovqatlanishi, kiyim–
kechagi, turar joyi, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash, madaniyatga va hokazolarga sarflar, shuningdek
davlatning bu maqsadlar uchun xarajatlari kiritilgan.
Ota-onalarning bolalarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratish qobiliyati orqali
amalga oshirilishi mumkin. Inson kapitalini individual darajada qayta tiklashning o’ziga xos
xususiyati shundan iboratki, inson kapitaliga investitsiyalarning asosiy maqsadi bolalarning inson
kapitalini to’plashdagi roli ota-onaga tegishli. Oila farovonligi asosan bolalar salomatligi bilan
belgilanadi, bu inson kapitalini ko’paytirishda muhim omildir. Oila a’zolarining moliyaviy ahvoli
bevosita bolalarning salomatligi bilan bog’liq (o’limni kamaytirish, yuqumli va irsiy kasalliklar,
oziq-ovqat va tibbiy yordam sifatini oshirish) va ota-onalarning o’zlari (yashash sharoitni
optimallashtirish va qulay muhitni yaratish, yuqori sifatli dam olish va tibbiy xizmatlarning
mavjudligi) bilan bevosita bog’liq.
Oila institutini mustahkamlash, oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi,
uning farovonligi va xotirjamligini oshirish;
er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o’rtasidagi munosabatlar,
shuningdek zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida”
konstitutsiyaviy printsipini keng targ’ib etish va jamiyatga singdirish;
zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilashda ishtirok etish, zamonaviy oilani
rivojlantirish muammolari, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy
tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni o’rganish;
oila-nikoh munosabatlari sohasidagi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro
tajribani o’rganish;
oila institutini rivojlantirish va uning zamonaviy shaklini joriy etish, bugungi kunning dolzarb
vazifalaridandir.
79
Shu munosabat bilan, O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash
kontseptsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali, birinchi navbatda, “Farovon oila — jamiyat
ravnaqining asosi” kontseptual g’oyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan yangi oila modelini
shakllantirishning alohida mohiyatini hisobga olgan holda, davlat siyosatining quyidagi ustuvor
vazifalari va asosiy yo’nalishlari nazarda tutilmoqda.
Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko’ra, inson kapitaliga individual investitsiyalar
umumlashtirilganda, turli mamlakatlarda inson kapitaliga kiritilgan investitsiya bilan aholi jon
boshiga to’g’ri keladigan daromadlar o’rtasidagi tafovut 10 foizdan 30 foizgacha bo’lishini
ko’rsatdi. Aksariyat mamlakatlarda nisbatan o’ziga to’q oilalarda tug’ilgan farzandlar bolalikdanoq
keng imkoniyatlardan foydalanishni boshlaydi va bu butun umri davomida qator afzalliklarga olib
keladi, aksincha, nochorroq oilalar farzandlari bunday imkoniyatlardan foydalana olmaydi.
Inson kapitali o’z-o’zidan yuzaga chiqmaydi, u davlat tomonidan rivojlantirilishi lozim.
Xususan, ko’pincha inson kamoloti uchun investitsiya kiritish va bu sarmoyaning boshqalarga ham
tarqalishi omili inobatga olinmaydi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi qancha yuqori bo’lsa, inson kapitalining darajasi va
uning butun kapital tarkibidagi salmog’i shu qadar yuqori bo’ladi. Chunki, inson kapitalining
barcha tarkibiy qismlari oila o’z farzandiga kiritadigan investitsiyalar orqali shakllantiriladi va
ko’paytiriladi. Insonning intellektual va psixofiziologik qobiliyatlarini oilada rivojlantirish uning
kelgusida kamol etishi va inson kapitali muntazam takomillashib borishining poydevoridir.
Inson kapitali sotsiumda uning oʻzi tomonidan yaratilgan, ishlab chiqilgan va orttirilgan mavjud
salohiyat, qobiliyat, ehtiyojlar asosida kishilik jamiyatining umumbashariy ehtiyojlarini namoyon
etadi. Kapital asosiga xizmat etuvchi omil sifatida talqin etilayotgan barcha belgilar ijtimoiy kelib
chiqishga ega va ular faol ravishda yaratiladi, qoʻllaniladi, rivojlantiriladi, boyitiladi, foydalaniladi.
Inson kapitalini rivojlantirish uni shakllantirishga qaraganda ancha kengroq tushuncha bo’lib
hisoblanadi. Bunda inson kapitalini rivojlantirish kompleks tarzda insonning ham rivojlanishiga
olib keladi. Inson kapitalini oilada rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishi uchun
alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jahonning еtakchi olimlari va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari
tomonidan amalga oshirilgan juda ko’p tadqiqotlarda o’z tasdig’ini topgan. Xususan, insonni
rivojlantirish oilada insonlarning sog’lom va uzoq, munosib turmush kechirishlari qolaversa zarur
vositalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham inson kapitali rivojlangan bo’lishi
maqsadga muvofiqdir. Inson kapitalini rivojlanish bosqichi uzluksiz ta’lim tizimining o’rta maxsus
kasb-hunar ta’lim xizmatlari, oliy ta’lim xizmatlari, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim xizmatlari,
kadrlar malakasini oshirish bilan bog’liq ta’lim xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Har qanday imkoniyat kapital timsolida ehtiyojlar uchun moslashtirilishga yoʼnaltirilmasin,
unda salohiyatga muhtojlik boʼladi. Shuning uchun taʼkidlash mumkinki, inson faoliyati barcha
tarkibiy qismlarni oʼziga moslashtiradi. Inson kapitali oʼz tarkibida bir qator ijtimoiy-biologik
yaxlitlik komronentlarini qamrab oladi va uni sotsiumga yoʼnaltirib boradi. Bular: demografik,
sogʼliqni saqlash, taʼlim, mehnat, madaniy, fuqarolik, maʼnaviy-axloqiy, axborotlarga egalik
komronenti va shu kabilardan iborat. Belgilangan tarkibiy qismlarning har biri kapital sifatida
ijtimoiy zarur faoliyat turlari va funktsional imrerativlarga mos keladi. Masalan, demografik
komronent yangi avlodlar uchun ijtimoiy kapital shakllarini belgilab bersa, sogʼliqni saqlash
komronenti jamiyatning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklashga qaratilgan tadbirlarni
tashkillashtiradi, taʼlim kapitali esa bilim hamda tajriba, mehnat esa moddiy neʼmatlarni ishlab
chiqarish va turli xizmatlarni koʼrsatish boʼyicha faoliyatni oʼzida namoyon qiladi.
80
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. M.Bekmurodov. Inson kapitali-taraqqiyot omili. Toshkent. “Ma’naviyat”, 2015. 4-bet.
2. Капелюшников Р.И. Экономический подход Гэри Беккера к человеческому
поведению. США: экономика, политика, идеология, 1993, № 11, С. 17–32.
3. Капелюшников Р.И. Современные западные концепции формирования рабочей силы.
Москва, Наука, 1981, 136 с.
4. Muallif tomonidan o‘tkazilgan “Inson kapitali rivojlanishining etnik xuxusiyatlari”
mavzusidagi sotsiologik so’rov natijalari. Namangan, 2023-yil, mart.
5. Sodirjonov M. Inson kapitali rivoji shaxsning ongi, bilimi, axloq-odobi, dunyoqarashiga
bog‘lik.” //Yangi O‘zbekiston” gazetasi. – 2022. – T. 10.
ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ СЕМЬИ И СОЦИАЛЬНЫХ ИНСТИТУТОВ
КАК ФАКТОР ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНЦИИ АКТИВНОЙ
ГРАЖДАНСТВЕННОСТИ
Юлия ВЯЧЕСЛАВОВНА ЗЕМЛИНА,
доктор философии по педагогическим наукам (
PhD),
учитель высшей категории школы № 51
города Ташкента
Аннотaция.
В статье раскрывается влияние системы отношений «семья – махалля»
на формирование компетенции активной гражданственности, рассмотрены компоненты
взаимодействия институтов жизнедеятельности человека в качестве фактора развития
гражданского общества.
Ключевые слова.
Семья, махалля, социальные институты, компетенция активной
гражданственности, жизнедеятельность человека.
Annotatsiya.
Maqolada “oila – mahalla” munosabatlari tizimining faol fuqarolik
kompetensiyasini shakllantirishga ta’siri ochib berilgan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish omili
sifatida inson hayoti institutlarining o‘zaro hamkorligining komponentlari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar.
Oila, mahalla, ijtimoiy institutlar, faol fuqarolik kompetensiyasi, inson hayoti.
Annotation.
The article reveals the influence of the system of relations “family - mahalla”
on the formation of the competence of active citizenship, the components of the interaction of
institutions of human life as a factor in the development of civil society are considered.
Keywords.
Family, mahalla, social institutions, competence of active citizenship, human life.
Современное общество, представляющее собой парадигму отношений, выстроенных
на основе взаимопонимания, интегрaции и сотрудничества личностей, выступает прямым
фактором прогрессивного развития политико-экономических, социальных и культурных
явлений. Представляя данные явления в качестве системы целенаправленного воздействия,
их необходимо рассматривать структурированно, выделяя основные элементы целевого
развития.
Взаимодействие этих компонентов порождает непрерывную цепочку, регулируемую
самими же компонентами (рис.1).