SH
Е
ʻ
RIY MATNLARDA BIRIKTIRUV BOG
ʻ
LOVCHILARINING
PRAGMATIK IMKONIYATLARI
Abduqodirova Shoyista Tohir qizi
BuxDU filologiya fakulteti talabasi
Toyirova Guli Ibragimovna
BuxDU
о
`zb
е
k tilshun
о
sligi v
а
jurn
а
listik
а
k
а
f
е
dr
а
si professori ,f.f.d
Annotatsiya:
Ushbu maqolada gapning mazmuniga katta ta’sir o‘tkazadigan
bog‘lovchilarning pragmatik ma’nosi va vazifalari o‘rganilgan. Bog‘lovchilarning
nutq
vaziyatida lokutiv, illokutiv, perlokutiv aktlarni yuzaga keltirishi izohlangan.
Bo‘lovchining aynan biriktiruv bog‘lovchisi bo‘yicha mulohaza yuritilgan.
Kalit so‘
zlar:
bog‘lovchi
,
biriktiruv bog‘lovchisi, pragmatika, presuppozitsiya,
lingvistik presuppozitsiya ,nutqiy vaziyat, illokutiv , hosila ma’no
O‘zbek tilshunoslida bog‘lovchilarni o‘rganish XX asrning ikkinchi yarmidan
boshl
angan. Birinchilardan bo‘lib, A.Muxtorov boglovchilar bilan maxsus
shug‘ullanib, 1953
-
yilda "Hozirgi o‘zbek tilida bog‘lovchilar" mavzusida
nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi, Bog‘lovchilarning semantik
-grammatik
xususiyatlari boshqa yordamchi so‘z tu
rkumlari bilan birgalikda R. Rasulov [1]
tadqiqotlarida yoritildi.
O‘zbek tilida ergashtiruvchi bog‘lovchilarning taraqqiyot tarixi esa
A.Matgoziyev tomonidan maxsus tadqiq etilib, nomzodlik dissertasiyasi sifatida
himoya qilingan[8]. O‘zbek tilidagi ergashtiruvchi bog‘lovchi vositalar va ular
orqali yasalgan sintaktik butunliklar yuzasidan muayyan tadqiqotlar bajarilgan.
Binobarin,
G
ʻ
.A.Abdurahmonov[1],
M.Asqarova[2],
R.Sayfullayeva[6],
A.Berdialiyev[4] larning qo
‘
shma gaplar bo
‘
yicha olib borgan tadqiqotlarida,
ayniqsa, ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lovchi
vositalarni tadqiq qilish jarayonida ergashtiruvchi bog‘lovchi vositalarning
semantik xususiyatlari, tuzilish jihatdan turlari, ularning sintaktik derivasiyadagi
vazi
fasi bo‘yicha qimmatli ma
ʻ
lumotlarni berishgan. O
‘
zbek tili grammatikasiga
oid ishlarda ergashtiruvchi boglovchilar masalasiga oid ko
‘
plab fikrlar bayon
qilinganligiga qaramay bu borada munozarali masala ko
‘
p.
Pragmatik tadqiqotlarda asosiy e
ʻ
tibor til birligining kontekst, nutk vaziyati,
til egalarining voqelik haqidagi umumiy bilimlari va til ko‘nikmalari kabi omillar
bilan bog‘liq jihatiga qaratiladi. Hatto kishilar o‘rtasidagi munosabatni ifoda
etuvchi nutkiy etiketlar, nutqning ijtimoiy xoslanishi, ifodaning sub
ʻ
ektiv
modalllik aspektiga aloqador kirish, baho bildiruvchi so
‘
z va vositalar, insonning
ichki holatini ifoda etuvchi diskurs hamda presuppozisiya hodisasi ham
pragmatikaning o
‘
rganish ob
ʻ
ekti hisoblanadi,
O‘zbek tili bog‘lovchilarining mu
ayyan matn, nutqiy vaziyat kabi omillar
bilan bog‘liq holda pragmatik vazifa bajarishi ayrim tadqiqotlarda qisman bo‘lsa
-
da ma
ʻ
lumot berilgan. Chunonchi, A.B.Pardayevning
«
O
‘
zbek tilida yordamchi
so
‘
z turkumlarning lisoniy tizimdagi o
‘
rni va lingvopragmati
k tahlili» nomli
monografiyasida ayrim bog‘lovchilar presuppozisiyas tahlil qilingan
[9].
Muallif bog‘lovchilarning presuppozitsiyani yuzaga keltirishi haqida so‘z
yuritar ekan, quyidagilarni yozadi: "Kuzatishlarimiz bog‘lovchilarning ma
ʻ
lum
qismini faol presuppozitsiya ifodalovchi vositalar sirasiga kiritish mumkinligini
ko‘rsatdi". Olim ayrim bog‘lovchilarning presuppozitsiyaga ishora qilishini
misollar orqali tushuntiradi, Bundan ko‘rinib turibdiki, bog‘lovchilar ham
presuppozitsiyaga ishora qilishi orqali pragmatik vazifa bajarishi mumkin,
Uzoq yillar davomida bog‘lovchilarning asosan grammatik tabiati, ayrim
semantik xususiyatlari tadqiq qilindi, lekin funksional-stilistik xamda nutqiy
muloqotda yuzaga chiquvchi pragmatik xususiyatlarini o‘rganishga jiddiy e’tibor
qaratilmadi. Buning natijasida bog‘lovchilarning nutqiy qo‘llanishida namoyon
bo‘luvchi pragmatik belgilari aniqlanmay qoldi. She
ʻ
riy matnlarda biriktiruv
boglovchilari turli xil pragmatik imkoniyatlarini ko‘proq, namoyon etadi.
Masalan, shoir A.Oripovning "Hakim va Ajal" dostonidan olingan quyidagi
parchalarga diqqat qilaylik:
1. Kori xayrga baxsh etardi lahza-yu onni,
Ortar edi kitobida qayd va sahifa.
Matnda -
yu yuklamasi bilan va boglovchisi o‘zaro ma
ʻ
nodoshlik hosil qilgan.
Qiyoslang: lahza-yu onni // lahza va onni; qayd va sahifa // qayd-u sahifa
2. Uni taftish qilmoqdaydi Malika ayon
Va barobar pinhon dilin borardi yorib,
Matnda "va "bog‘lovchisi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash hamda bog‘langan
qo‘shma gapni vujudga keltirish vositasi sifatida ko‘rinadi,
3. Va axiyri panoh istab kelmish bu tomon,
Dong‘i ketgan ulug‘ Hakim, yurtdosh vazirga
Matnda "va" boglovchisi oldingi gapni keyingi gap bilan bog‘laydi, shu
asosda mantiqiy bog‘lanish vujudga keladi,
4. Nogahonda duv yorishdi Hakimning yuzi,
Dedi: - Olgil istagancha oltin va kumush,
Seni menga parvardigor yo‘lladi uzi,
Topshiraman senga Mirzo, og‘ir bir yumush.
Matnda va boglovchisi uyushiq to‘ldiruvchilarni o‘zaro bog‘lash uchun
vosita bo‘lmoqda.
5. Qirqqa etgach jonlanadi marhum mutlaqo ,
Tilga kirar va oyoqqa turgaydir beshak
Bu matnda va boglovchisi so‘zlarni emas, balki iboralarni o‘zaro bog‘lashga
xizmat qilmoqda. Qiyoslang: tilga kirmoq va oyoqqa turmoq.
6. Bormikin yo tiriklikda o‘z
ga tartibot,
Cheklimikan mavjudotning haddi, sanog‘i?
Lekin bunda mantiq qani? Asli ne murod?
Barobarmi yaxshi bilan yomonning dogi?
Bu matndagi bilan yordamchisi biriktiruv boglovchisi (va)ga ma
ʻ
nodosh.
Qiyoslang: yaxshi bilan yomonning // yaxshi va yomonning.
7. Ko‘nikdilar asrlar ham taqdir ishiga,
Saltanatlar kelib ketti takror va takror .
Faqat Hakim buyuk Charxning aylanishiga
Sukut ichra quloq tutib yotar bedor.
Aynan bir so‘zning yonma
-
yon bog‘lovchi yordamida qo‘llanishi matn orqali
ifodalanayotgan chuqur davomiylik, an
ʻ
anaga sadoqat motivlarining ifodasi
uchun xizmat qilmoqda.
8. Badaviy shaklida kelib Azroil
Muhammadga dedi: Joningni olgum.
Va lekin hurmatga erursan noil,
Tila tilag
ingni, do‘st bo‘lib qolgum
Oxirgi parchada va lekin boglovchilari yonma-yon kelib, uslubiy ma
ʻ
no
ifodalashga xizmat qilayotir. Bundan ko
‘
rinadiki, yordamchilar, jumladan
biriktiruv boglovchilari matn talabi bilan turlicha pragmatik (hosila) ma
ʻ
nolarni
ifodalashga xizmat qiladi. Biz bu o
‘
rinda masalaning ayrim tomonlariga e
ʻ
tibor
qaratdik, xolos.
Bog‘lovchilar matnda muallifning illokutiv niyatini yuzaga chiqarish bilan
bog‘liq turli xil pragmatik mazmunlarni ifoda etadi. Asosiy vazifadan tashqari o‘z
zimmasiga emosional-ekspressivlik ma
ʻ
no ifodalash yukini ham oladi. Ana shu
pragmatik xususiyat ularning ikkilamchi vazifasi birlamchi vazifasidan sira kam
emasligini tasdiqlaydi[9].
Ko‘pchilik boglovchilar faqat so‘zlar va gaplar o‘rtasidagi aloqanigina
ta
ʻ
minlamasdan, balki so
‘
z va gap ma
ʻ
nosini konkretlashtiradi, namoyon qiladi.
Shunday xususiyatlarga ega bo
‘
lgan bog
‘
lovchilar ko
‘
p yillardan buyon tilshunos
olimlarning tekshirish obyekti bo
‘
lib kelmoqda.
Xulosa qilib a
ytganda, o‘zbek tilshunosligida bog‘lovchilar turli aspektlarda
o‘rganilgan. Birok boglovchi turkumiga oid so‘zlar shu kunga qadar pragmatik
aspektda maxsus tekshirish ob
ʻ
ekti bo
‘
lgan emas. Bog
‘
lovchilarning pragmatik
imkoniyati fikrii bayon qilish, muayyan matn, kommunikativ maqsad, nutkiy
vaziyat, til egalarining tashqi olam haqidagi umumiy bilimlari va til ko‘nikmalari
kabi omillar bilan bog‘liq holda tekshirish zaruratini yuzaga keltiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR RO`YXATI
:
1.
Абдура
ҳ
монов
Ғ
.
А
.
Қ
ўшма
гап
синтаксиси
.
–
Т
.:
Фан
, 1964.
2.
Ас
қ
арова
М
.
Ҳ
озирги
ўзбек
тилида
қ
ўшма
гаплар
.
–
Т.:
Фан,
1960.
3.
Асыарова М.А.
Способы подчинения и типы придаточных
предложений в современном узбекском языке
:
Автореф.
дисс
.
… д
-
ра филол.
наук.
–
Т
., 1963.
4.
Бердиалиев А. Эргаш гапли
қ
ўшма
гап
конструкцияларида
семантик
-
сигнификатив
парадигматика
.
–Т
.:
Фан
, 1989.
5.
Бердиалиев А. Ўзбек тилида омоним моделли эргаш гапли
қ
ўшма
гаплар
.
–
Т
.:
Фан
, 1990.
6.
Сайфуллаева Р.
Ҳ
озирги
ўзбек
адабий
тилида
қ
ўшма
гапларнинг
шакл
-
вазифавий
(
формал
-
функционал
)
тал
қ
ини
:
Филол
.
фанлари
номзоди
...
дисс
.
автореф
.
–
Т
., 1993.
7.
Расулов
.
Р.Ўзбек тилида ёрдамчи сўзларнинг семантик
-
грамматик
хусусиятлари.
-
Т.: Фан, 1983.–
112 б.
8.
Мат
ғ
озиев
А
.
Ўзбек
тилида
эргаштирувчи
бо
ғ
ловчиларнинг
тара
ққ
иёт
тарихи
:
Филол
.
фанлари
номзоди
...
дисс
.
–
Т
., 1966.
9.
Пардаев А. Ўзбек тилида ёрдамчи сўз туркумларнинг лисоний
тизимдаги ўрни ва лингвопрагматик та
ҳ
лили
.-
Т
:.
Фан
, -
Б.
2013.-149.