Заражение овец основными цестодами

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
11-13
4
0
Поделиться
Аминжонов, Ш., & Аликулов, З. (2024). Заражение овец основными цестодами. in Library, 3(3), 11–13. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/30556
Шерзод Аминжонов, Ветеринарный научно-исследовательский институт

Директор лаборатории гельминтозоонозов, доктор ветеринарных наук, старший научный сотрудник ВНИИ ветеринарии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье описаны результаты научных исследований, проведенных в убойных пунктах города Ташкента, с целью изучения уровня зараженности эхинококкозом и цистицеркозом, которые являются основными цестодозами овец, а также краткие сведения об этих заболеваниях.


background image

11

#03 (184) 2023

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ПАРАЗИТАР КАСАЛЛИКЛАР

UDK: 619:636.3:576.89

Alikulov Zoxid Inadulla o‘g‘li,

tayanch doktorant,

Aminjonov Sherzod Mirabosovich,

v.f.d, ilmiy raxbar,

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

QO‘YLARNING ASOSIY SESTODOZLAR BILAN ZARARLANISHI

Аннотация

В статье описаны результаты научных исследований,

проведенных в убойных пунктах города Ташкента, с целью

изучения уровня зараженности эхинококкозом и цистицеркозом,

которые являются основными цестодозами овец, а также

краткие сведения об этих заболеваниях.

Summary

In the article, the results of scientifi c research conducted in

Tashkent city aviaries in order to study the level of infection with

echinococcosis and cysticercosis, which are the main cestodoses

of sheep, as well as brief information about these diseases are de-

scribed.

Kalitso‘zlar:

sestodoz, exinokokkoz, sistitserkoz, senuroz, onkosfera, teniya.

Mavzuning dolzarbligi.

Respublikamiz aholisini

sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashda

qo‘ychilik tarmog‘ining o‘rni muhim ahamiyat kasb

etadi. Ammo qo‘ylar orasida uchraydigan invazion ka-

salliklar sohaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Jumladan, invazion kasalliklar orasida exinokokkoz,

senuroz, sistiserkoz kabi asosiy sestodozlar muhim

o‘rin tutadi. Ushbu kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari

hayvonlar va odamlarning jigar, o‘pka, bosh miya,

charvi va boshqa muhim ichki a’zolarini zararlaydi.

Oxirgi yillarda yuzaga kelgan qo‘ychilikka ixtisos-

lashgan xo‘jaliklarning faoliyat yuritish shakli va so-

hadagi turli salbiy o‘zgarishlar, ularning kasalliklar-

ga qarshi tabiiy chidamliligi pasayishiga olib keldi.

Shuningdek, saqlash sharoitlari va boshqa omillar

tufayli, jumladan gelmintozlar, ularning epizootologi-

yasida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Ularga qarshi

davolash-profi laktika vositalarini takomillashtirish,

yangi, hozirgi zamon talablarga mos keladigan cho-

ra-tadbirlar tizimlarini ishlab chiqish va oldini olishda

iqtisodiy samarador usullarni yaratish hamda qo‘llash

taqozo etildi.

Exinokokkoz

– gelmintoz kasallik bo‘lib, u

Echinococcus granulosus

ning lichinkalik bosqichi

bo‘lmish exinokokk pufaklarining barcha tur hay-

vonlar va odamlarning ichki azolarida (jigar, o‘pka,

taloq, buyrak, va boshq.) parazitlik qilishi natijasi-

da kelib chiqadi. Kasallik hayvonning oriqlashi,

kamqonlik va mahsuldorlikning kamayishi bilan

tavsiflanadi.

Exinokokkoz dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida,

ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlarida, keng tarqalgan

zooantro pozoonoz kasalliklar guruhiga mansub bo‘lib,

exinokokkoz bilan barcha qishloq xo‘jalik hayvonlari

hamda odamlar ham kasallanadi [3].

Hayvon va odamlarni exinokokkoz bilan zarar-

lanishida it va mushuklar muhim o‘rin tutadi. Qish-

loq xo‘jalik hayvonlarining zararlangan parenxima-

toz organlarini iste’mol qilgan it, mushuk va boshqa

go‘shtxo‘r hayvonlar exinokokklar bilan zararlansa,

odamlar esa exinokokk tuxumlari bilan ifl oslangan turli

ko‘kat va sabzovotlarni iste’mol qilganda, shuningdek

it va mushuklar yungini silagan vaqtda ularning anal

teshigi orqali chiqib, teri qoplamasi, ayniqsa junlariga

yopishgan exinokokk tuxumlari bilan zararlanib, kasal-

likka chalinadi. It, mushuk va boshqa go‘shtxo‘r hay-

vonlar exinokokkozning asosiy xo‘jayini hisoblanadi,

qishloq xo‘jalik hayvonlari va odamlar esa oraliq xo‘ja-

yin vazifasini bajaradi [1,5].

Hayvonlar invaziya oqibatida kuchli oriqlaydi ham-

da kasallikning davomiyligini ta’minlaydi, odamlar esa

jarrohlik yo‘li bilan exinokokkdan holi bo‘lishi ammo

umrbod nogiron bo‘lib qolishi mumkin. Shu sababli

ham kasallik epidemiologik ahamiyat kasb etadi [2,5].

Sistiserkoz

– subklinik ko‘rinishda kechuvchi ant-

ro pozoonoz sestodoz bo‘lib, qo‘y, qoramol va cho‘ch-

qalar ning muskullari, diafragmasi, tili, jag‘ muskulla-

rida va ko‘pincha charvisida parazitlik qiladi. Kasallik

organizmning allergik javob qaytarilishi bilan xarakter-

lanadi. Kasallikning boshlang‘ich (o‘tkir) davrida osh-

qozon-ichak faoliyatining buzilishi (ich ketish), tana

haroratining ko‘tarilishi, holsizlanish, qorin devorini

paypaslaganda og‘riq sezishi kuzatiladi. Keyingi davr-

da klinik belgilar sezilmaydi, hayvon oriqlab borishi

hamda ko‘rinadigan shilliq pardalarning qonsizlanishi

kuzatiladi [2,4].

Qo‘ylarda sistiserkoz tasma (lenta) shaklida bo‘lib

(

Taenia ovis

) qo‘zg‘atuvchining asosiy xo‘jayini hi-

soblangan it, bo‘ri, shoqol va tulkilarning asosan ich-

ki ichagida rivojlanib, voyaga yetadi. Voyaga yet-


background image

12

#03 (184) 2023

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ПАРАЗИТАР КАСАЛЛИКЛАР

gan parazit hayvonlar tezagi bilan minglab tuxumlar

saqlovchi yetilgan bo‘g‘inlar ajraladi. Bazan bo‘g‘in-

lar ichaklarda yoriladi va tezak bilan parazit tuxumlari

ham chiqadi. Chiqqan bo‘g‘inlar harakat qilib, yorilib

tashqi muhitga tuhumlarni tarqatadi. Oraliq xo‘jayin

hisoblanuvchi qo‘ylar teniya bo‘g‘in va tuxumlari bi-

lan zararlangan ozuqa va ichimlik suv orqali kasalla-

nadi. Oshqozon-ichak tizimiga tushgan teniya tuxum-

larida nonkosfera ajralib chiqib, ingichka ichakning

shilliq pardasini teshib, kapilyar qon tomirlariga o‘tadi

va qon-limfa oqimi bilan muskul to‘qimalari, yurak,

diafragma, charvi, chaynash muskullari, til hamda

parenximatoz organlarga borib joylashadi va rivojlanib,

3 oydan keyin sistiserk pufagini hosil qiladi.[2,3]

It, bo‘ri, shoqol va tulkilar sistiserk pufagini istemol

qilib zararlanadi va parazit 2-5 oy ichida jinsiy voyaga

yetgan shaklga aylanib, organizmda ko‘p yil yashashga

qodir.

Tadqiqotning maqsadi

. Qo‘y larning asosiy ses-

todozlar bilan zararlanish darajasini aniqlash maqsadi-

da Toshkent shahrida joylashgan shaxsiy kushxonalar-

da so‘yilayotgan qo‘ylarning paren ximatoz organlarini

(jigar, o‘pka, yurak, taloq, charvi va bosh.) tekshirib,

kasallikning tarqalish darajasini o‘rganishdan iborat-

dir.

Tadqiqot obyekti va usullari.

Tadqiqotlarimiz

Toshkent shahar tumanlarida joylashgan “Status tubar-

ro” MCHJ, “Biznessfenikss” MCHJ va “Halolgo‘sht-

servis” MCHJga qarashli mayda shoxli hayvonlarni

1-jadval.

Kushxonalarda so‘yilgan qo‘ylarning sestodozlar bilan zararlanganligi

T/r

Kushxonalar nomi

Tekshirilgan qo‘ylar soni

n=476

Exinokokk

Sistiserk

Sestodozlar bilan

umumiy zararlanish

n=

%

n=

%

n=

%

1

“Statustubarro” MCHJ

183

32

17,4

16

8,7

48

26,2

2

“Bizness fenikss”

MCHJ

146

26

17,8

12

8,2

38

26

3

“Halol go‘shtservis”

MCHJ

147

29

19,7

14

9,5

43

29,2

Jami

476

87

18,2

42

8,8

129

27,1

so‘yishga mo‘ljallangan maydonchalarida so‘yilgan

1-3 yoshli qo‘ylarda olib borildi. Tadqiqotlar davomida

so‘yilgan qo‘ylar K.I.Skryabinning to‘liq gelmintologik

yorish usullari bilan yorib ko‘rildi va topilgan gelmint-

larda kameral tekshirishlar olib borildi.

Tadqiqot natijalari.

1-jadvalda aks keltirilga-

nidek, “Status tuborro” MChJ ga qarashli kushxonada

jami tekshirilgan183 bosh qo‘ylarning 32 boshi, yani

17,4% exinokokkoz bilan zararlanganligi aniqlandi.

Tekshirishlar davomida16 bosh, yani 8,7% qo‘ylar

charvisidan sistiserk pufagi topildi. Umumiy 183 bosh

qo‘ydan 48 bosh, yani 26,2% qo‘ylarning sestodozlar

bilan zararlanganligi tekshirishlar davomida aniqlandi.

“Bizness fenikss” MCHJga qarashli kushxonada

tadqiqotlar olib borganimizda jami 146 bosh so‘yil-

gan qo‘ylarning parenximatoz organlari tekshiril-

di. Tekshirishlar davomida 26 bosh (17,8%) qo‘yda

exinokokk pufagi topildi. Bundan tashqari, 12 bosh

(8,2%) qo‘y sistiserkoz bilan zararlanganligi ma’lum

bo‘ldi. Tekshirilgan 146 bosh qo‘ydan 38 boshi,

ya’ni 26% qo‘ylar sestodozlar bilan zararlanganligi

aniqlandi.

“Halol go‘shtservis” MCHJga qarashli kushxo-

nada tadqiqot ishlarimiz davomida147 bosh so‘yilgan

qo‘ylar ning jigar, o‘pka, yurak, taloq, charvi va boshqa

organlari tekshirildi. Tadqiqotlar davomida tekshirilgan

qo‘ylardan 29 boshida, ya’ni 19,7% da exinokok pufa-

gi topildi. Tadqiqotlarimiz davomida 14 bosh (9,5%)

qo‘ylar sistiserkoz bilan zararlanganligi aniqlandi. Jami


background image

13

#03 (184) 2023

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ПАРАЗИТАР КАСАЛЛИКЛАР

43 bosh 29,2% qo‘ylar sestodozlar bilan zararlanganligi

malum bo‘ldi.

Toshkent shahrida joylashgan shaxsiy kushxo-

nalarida jami 476 bosh so‘yilgan qo‘ylar to‘liq gel-

mintologik yorish usulida tekshirildi. Tekshirilgan

qo‘ylarning 87 boshi (18,2%) exinokokkoz bilan

zararlanganligi ma’lum bo‘ldi. So‘yilgan qo‘ylar ning

42 boshida yani (8,8%) da sistiserk pufagi topildi.

Umumiy tekshirilgan 476 bosh qo‘ylardan 129 bosh

(27,1%) qo‘ylar sestodozlar bilan zararlanganligi

ma’lum bo‘ldi.

Xulosalar.

Tadqiqotlar davomida Toshkent shahridagi 3 ta

kushxonada jami 476 bosh so‘yilgan qo‘ylar K.I.Skrya-

binning to‘liq gelmintologik yorish usullari bilan tek-

shirilganda 87 boshi (18,2%) exinokokkoz bilan, 42

boshida ya’ni (8,8%) da sistiserkoz bilan, jami 129

bosh (27,1%) qo‘ylar sestodozlar bilan zararlanganligi

aniqlandi.

Bugungi kunda qo‘ylar orasida sestodozlarning

keng tarqalishiga asosiy sabab, xo‘jaliklarda kasallikka

qarshi profi laktik chora-tadbirlarning yetarlicha tashkil

etilmaganligi bilan izohlash mumkin.

Kasalliklarning oldini olishda sog‘lomlashtirish

tadbirlarini qo‘llashni keng joriy etish, qo‘ychilik xo‘ja-

liklarida cho‘pon itlarini o‘z vaqtida gijjasizlantirib tu-

rish maqsadga muvofi qdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Аминжонов М.А. “Ценуроз”, Монография. Тош-

кент 2009.

2. Аминжонов Ш.М. “Ҳайвон ва одамларда цист

эхинококкози-гидатидози ва уларга қарши чора-

тадбирлар”, Монография. Тошкент 2012.

3. Бессонов А.С. “Цистный эхинококкоз и гидати-

доз”, Монография. Москва 2007.

4. Бессонов А.С. “Тениоз Taenia solium-цистицер-

коз”. Монография. Москва 1996.

5. Орипов А.О., Давлатов Р.Б., Йўлдошев Н.Э.

“Ветеринария гельминтологияси”. Ўқув қўлланма.

Тошкент 2016.

Касалликнинг тарихи.

Марказий Осиёда

В.И.Кур чатов, Е.С.Калмыкова, К.М.Елисеев, О.П.Пер-

зид нов, А.М.Кривко каби тадқиқотчилар қорамол

гипо дер матозининг тарқалишига оид текширувлар

ўтказишган.

Л.Ф.Ромишева, А.П.Камарли, А.Т.Жунушов, У.Я.Ўзо-

қов, Г.С.Каримова, Н.Х.Енилеева, Н.А.Нозирмуҳамедов,

Р.Г.Маликов, Х.А.Ахунов, Х.М.Муйдинов, Ш.Б.Баратов

ва бошқалар касаллик қўзғатувчиларининг биологияси-

УДК 636.093

А. Джумамуратов,

в.ф.н.,

Б. Қутбаев,

ассистент,

О.Алланиязов,

ассистент,

Қорақалпоғистон қишлоқ хўжалиги

ва агротехнологиялар институти

ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ШАРОИТИДА ЙИРИК ШОХЛИ МОЛЛАР

ГИПОДЕРМАТОЗ КАСАЛЛИГИНИНГ ТЕРИ МАҲСУЛОТЛАРИНИНГ

СИФАТИГА СAЛБИЙ ТАЪСИРИ ВА УНГА ҚАРШИ КУРАШИШ ЧОРА-

ТАДБИРЛАРИ

Аннотация

В данной статье приведены причины возникновения

болезни, отрицательные влияния на организм животно-

го, меры борьбы по предотвращению инвазии а также

нежелательные факторы влияющие на производства

качественного кожевенного сырья.

Abstract

This article presents the causes of occurrence, negative

eff ects on the animal’s div, measures to prevent invasion, as

well as undesirable factors aff ecting the production of high-

quality leather raw materials.

Калит сўзлар:

Гиподерматоз, энтомоз, Hypoderma bovis, Hypoderma lineatum,

ивомек, ивермектин, ивер, бай-

мек, рустомектин, негувон N.

ни ўрганишиб, қатор илмий янгиликлар баён қилишган.

Хусусан, И.К.Агаев, Х.Т.Джуммиев, Г.И.Глотова ва

А.С.Муйдиновлар бўкаларнинг турлари бўйича тад-

қиқотлар ўтказишган.

Марказий Осиё шароитида тери ости бўкала рига

қарши курашишнинг чора-тадбирлар мажмуи Е.Н.Пав-

ловский, А.А.Поляков, У.Я.Ўзоқов, Х.А.Ахунов,

Н.Х.Ени леева, Х.М.Муйдинов ва бошқалар томонидан

ишлаб чикилган.

Библиографические ссылки

Аминжонов М.А. “Ценуроз”, Монография. Тош-кент 2009.

Аминжонов Ш.М. “Ҳайвон ва одамларда цист эхинококкози-гидатидози ва уларга қарши чора тадбирлар”, Монография. Тошкент 2012.

Бессонов А.С. “Цистный эхинококкоз и гидатидоз”, Монография. Москва 2007.

Бессонов А.С. “Тениоз Taenia solium-цистицеркоз”. Монография. Москва 1996.

Орипов А.О., Давлатов Р.Б., Йўлдошев Н.Э. “Ветеринария гельминтологияси”. Ўқув қўлланма. Тошкент 2016.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов