World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
73
UO‘K: 619.616.98:363.2-071.
“BUZOQ, QO‘ZI VA CHO‘CHQA BOLALARINING KOLIBAKTERIOZ VA
SALMONELLYOZ KASALLIKLARIGA QARSHI ASSOTSIATSIYALANGAN
GOA FORMOL VAKSINA”NING BUZOQLAR ORGANIZMIGA TA’SIRI
Navruzov N.I.
, v.f.f.d., katta ilmiy xodim.,
Elmurodov B.A.
, v.f.d., professor.
Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti
Annotatsiya:
Maqolada “Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va
salmonellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan
buzoqlarni emlash natijasida 9-12 oylik immunitet davomiyligi tajribalarda kuzatilgan.
Buzoqlarning kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarini davolashda giperimmun qon
zardobi tarkibidagi gamma-globulinlar hisobidan immun tizimni barqarorlash evaziga
samaradorlik 92 foizdan yuqori natijaga erishilgani aniqlangan. Shuningdek mazkur
kasalliklar aralash shaklda kechgan buzoqlar organizmida qonning gematologik va
biokimyoviy o‘zgarishlari hamda E.coli va Salmonella larning antibiotiklarga
sezgirligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Аннотация
: В статье в результате вакцинации телят с вакциной
«Ассоциированный ГОА формол вакцина против колибактериоза и
сальмонеллеза
телят,
ягнят
и
поросят»,
в
опытах
установлена
продолжительность иммунитета 9-12 месяцев. При лечении колибактериоза и
сальмонеллеза телят отмечено, что за счет стабилизации иммунной системы за
счет гамма-глобулинов в гипериммунной сыворотке крови эффективность
превышает 92 процентов. В статье также приведены сведения о
гематологических и биохимических изменениях крови у телят при смешанной
форме этих заболеваний и чувствительности кишечной палочки и сальмонелл к
антибиотикам.
Summary:
In the article, as a result of vaccination of calves with the vaccine
“GOA-associated formol vaccine against colibacillosis and salmonellosis of calves,
lambs and piglets”, the duration of immunity was established in experiments at 9-12
months. In the treatment of colibacillosis and salmonellosis in calves, it was noted that
due to the stabilization of the immune system due to gamma globulins in hyper immune
blood serum, the effectiveness exceeds 90 percent. The article also provides
information about hematological and biochemical changes in the blood of calves with
a mixed form of these diseases and the sensitivity of E.coli and salmonella to
antibiotics.
Kalit so‘zlar:
Antitelo, titr, buzoq, agglyutinatsiya, davolash, oldini olish,
sezuvchanlik, giperimmun qon zardobi, mikrobiologiya, antibiotik, vaksina, gastrit,
splenit, atrofiya, distrofiya, tromboz.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
74
Key words:
Antidiv, titer, calves, agglutination, treatment, prevention,
sensitivity, hyper immune blood serum, microbiology, antibiotic, vaccine, gastritis,
splenetic, atrophy, dystrophy, thrombosis.
Mavzuning dolzarbligi:
Hozirgi kunda chorvachilik sohasiga yetarli darajada
ziyon yetkazib kelayotgan kasalliklardan yosh hayvonlar orasida ayniqsa, buzoqlarda
sodir bo‘ladigan kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarining ko‘p uchrashi ba’zan
bu infeksiyalarning aralash shaklda kelishi, fermer, shirkat xo‘jaliklari va aholiga
tegishli shaxsiy hayvonlar orasida talofatni ko‘paytirishi hech kimga sir emas.
Kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarini oldini olishda mahalliy shtammlar
asosida tayyorlangan “Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va
salmonellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina”ni
buzoqlar organizmi immun tizimiga samaradorligini o‘rganish dolzarb muammolardan
biri hisoblanadi.
Bakterial kasalliklarni davolashda ishlatiladigan antibiotik dori vositalarining
hayvon organizmida qolaversa go‘sht va sut maxsulotlari orqali inson tanasida
kumulyativ holatda yig‘ilishi, uning keyingi o‘zgargan biokimyoviy strukturasi
hisobidan jigar, taloq, markaziy nerv tizimi va boshqa organlardagi turli patologik
holatlarni chaqirishi muammoli jarayondir.
Bunday turdagi kasalliklardan ayniqsa yosh hayvonlar orasida sodir bo‘ladigan
kolibakterioz va salmonellyoz kabilarni davolashda mahalliy shtammlar vositasida
tayyorlangan giperimmun qon zardobi bilan davolash samaradorligini aniqlash 2012-
2023 yillar mobaynidagi o‘rganilgan tadqiqotlarimizning bosh vazifalaridan
hisoblanadi. Mazkur antigenlardan organizmda hosil bo‘ladigan murakkab oqsil
tabiatli faol organik moddalar (gamma-globulin va boshq.) hisobidan immun
tizimining barqaror bo‘lishini ya’ni birlamchi klostridial immunitetning tez paydo
bo‘lishini tajribalar asosida aniqlash muhimdir.
Tadqiqotning maqsadi:
“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va
salmonellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina”ning
immunitet davomiyligi, mazkur kasalliklarni davolashda giperimmun qon zardobining
antibiotik vositalaridan avfzalligi va shu bilan bir qatorda mazkur vaksina bilan
emlangan buzoqlar organizmida qondagi gemotologik va biokimyoviy o‘zgarishlarini
aniqlash ko‘zda tutilgan.
Adabiy sharh:
Qo‘zi va buzoqlarning kolibakteriozi chorvachilikda keng
tarqalgan bo‘lib, oshqozon-ichak trakti disfunksiyasi simptomlari bilan tavsiflanadi
[9,12,18]. Kasalliklar ichida enterotoksigenligi va tarqalish darajasi bo‘yicha
Kanadada 11-29 foiz, AQSHda 13-50,8 foiz, Gollandiyada 6 foiz, Fransiyada 58 foiz,
Angliyada 4 foiz, Avstraliyada 6 foiz va Isroilda 6-47 foizni tashkil qiladi [1,7,21,29].
Kolibakterioz
– kolienterit, kuchli diareya, septisemiya va holsizlanish
simptomlari bilan tavsiflanadigan yosh hayvonlarning o‘tkir kechuvchi infeksion
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
75
kasalligi bo‘lib, asosan yangi tug‘ilgan buzoqlar hayotining 2-7 kunlari, cho‘chqa
bolalari, qo‘zilar va jo‘jalarning dastlabki kunidanoq boshlanib 3-5 oylikgacha,
mo‘ynali hayvonlar esa 1-5 kunligidan E.coli bilan zararlanadi. Hayvon organizmida
immun tizimining pasayishi natijasida infeksion va invazion (nafas yo‘llari, oshqozon-
ichak) kasalliklarga tez-tez chalinishiga olib kelishi tabiiy hol. Bu holat shu jumladan,
buzoqlar kolibakterioz bilan zararlanganda iqtisodiy zararni oshiradi [10,36,19].
Bunday turdagi kasalliklarni davolashda ishlatiladigan antibiotik vositalar organizm
immun tizimiga, morfopatologik, morfo-funksional holatiga salbiy ta’sir etadi [7].
Salmonellyoz
– yosh hayvonlarning septik shaklda, o‘tkir o‘tuvchi yuqumli
kasalligi bo‘lib, harorat ko‘tarilishi va oshqozon-ichak faoliyati buzilib, ich ketishi
bilan tavsiflanadi. Salmonellyoz bilan asosan buzoqlar 3-4 haftalikdan 4 oylikkacha,
cho‘chqa bolalari 4 oylikkacha, qo‘y-qo‘zilar hamma yoshida, parrandalar hayotining
dastlabki kunlarida, toychoqlar esa ona qornidayoq o‘ziga xos turdagi qo‘zg‘atuvchilar
bilan zararlanadi [23,25,32,34].
Yosh hayvonlarning E.coli va Salmonella qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanishida
abomazum tarkibida og‘iz suti cho‘kmalari mavjud. Zararlangan hayvonlarning shilliq
qavatlari shishgan, shilimshiq bilan qoplangan va qon tomirlari to‘la qonli [2,35].
Ichakdagi gaz pufakchalari yoqimsiz hidli bo‘lib, ba’zan tarkibida qon izlari
kuzatiladi. Shilliq qavat shishgan, shilimshiq bilan qoplangan, dog‘li va nuqtali qon
quyilishlar mavjud [26]. Ichak tutqich limfa tugunlari kattalashgan. Patologik
o‘zgarishlarni tavsiflashda qon ketishi yuqumli jarayonning septikotoksik xususiyatini
ko‘rsatadi [4]. Shubhasiz, patologik diagnostika paytida ushbu organlardagi
o‘zgarishlar e’tiborga loyiqdir. Ayniqsa organlardagi o‘zgarishlar ekssudativ
xarakterga egadir [3,11,19,28]. Bunday holda, taloq kattalashadi ba’zan o‘z me’yorida
qoladi. Organning chekkasida o‘sish bo‘lsa, ular biroz yumaloq bo‘lib, konsistensiyasi
yelimsimon bo‘ladi. Kapsulasi silliq, uning ostida qon ketish kuzatiladi. Kesma yuzasi
quruq, qizil-jigarrang, oq chiziqlar bilan qoplangan. Gistologik tekshiruv paytida
limfoid va retikulyar to‘qima elementlarining ko‘payishi kuzatilmaydi. Ushbu
a’zolardagi patologik o‘zgarishlarning farqlari, differensial ahamiyatga ega bo‘lib,
qo‘zilar kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarini birgalikda kechishini
tashxislashda e’tiborga olinishi lozim [5]. Ovqat hazm qilish jarayonining buzilishi va
disbiozning rivojlanishi natijasida hosil bo‘lgan zaharli moddalar qon oqimiga tushib,
tananing umumiy intoksikasiyasiga, tizimlar va organlar, xususan, jigar va buyraklar
funksiyasining buzilishiga olib keladi [6].
Tadqiqotlar ob’ekti va uslubiyatlar:
Buzoqlarni kolibakterioz va salmonellyoz
kasaliklarini oldini olish, davolash va patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlash
maqsadida tadqiqotlarimizni laboratoriya qismini Veterinariya ITIda (mikrobiologiya
va patomorfogiya laboratoriyalarida) hamda ishlab chiqarish sharoitida Surxondaryo
viloyati Denov tumani “ОYBEK ALMAN UZUN” nomli MCHJda bajarildi.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
76
Tadqiqotlarda xo‘jalikning ijtimoiy kelib chiqish sharoitidan foydalanib,
kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklaridan tabiiy zararlangan 42 bosh buzoqlarda
giperimmun qon zardobi bilan davolash va klinik o‘zgarishlar 21 kun davomida
kuzatib borildi.
Tajribalar olib borilgan bir yoshgacha bo‘lgan buzoqlarda gematologik,
biokimyoviy, serologik (E.coli va Salmonella antigenlariga bilan agglyutinasiya
reaksiyasi), va mikrobiologik uslublarda tekshirishlar bajarildi. Serologik
(agglyutinasiya reaksiyasi) tekshirishda VITI mikrobiologiya laboratoriyasida
mahalliy shtammlari asosida tayyorlangan E.coli va Salmonellalarning antigenlaridan
foydalanildi. Tabiiy sharoitda E.coli va Salmonellalar bilan zararlangan buzoqlar
qonidagi gematologik va biokimyoviy tahlil natijalari Samarqand shahar 1-Respublika
ilmiy-amaliy shifoxonasining bioximiya laboratoriyasida aniqlandi.
Natijalar va ularning tahlili:
O‘tkazilgan tadqiqotlarning laborator natijalari
asosan quyidagi jadvallarda keltirilgan (1,2,3,4,5-jadvallar). Denov tumani “ОYBEK
ALMAN UZUN” nomli MChJda mavjud 3 kunlikdan 4 oylikgacha bo‘lgan buzoqlar
“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga
qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan emlangan hayvonlarda
gematologik tahlillar qondagi eritrositlar va leykositlar soni (Горяев sanoq to‘ri),
gemoglobin miqdor qo‘rsatkichi Сали gemometri yordamida, qon zardobidagi
umumiy oqsillarning biokimyoviy ko‘rsatkichlari refraktometrik usulda, qondagi
glyukozaning miqdori orto toluidin bilan rangli reaksiyasida aniqlandi [8].
“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz
kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina”ning immunitet
davomiyligini aniqlashda tajriba uchun xo‘jalikdagi buzoqlar 2 guruhga ajratildi. I
tajriba guruhidagi 10 bosh buzoqlar “Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining
kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol
vaksina” bilan birinchi marta 3 ml, 14 kundan so‘ng (revaksinasiya) 5 ml teri ostiga
aseptika va antitseptika qoidalariga asosan emlandi. II tajriba guruhidagi 10 bosh
buzoqlar faqat bir marta 3 ml miqdorda teri ostiga “Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa
bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi assotsiasiyalangan
GOA formol vaksina” bilan emlandi.
Epizotik tadbirlar tajribalar olib borilgan buzoqlarda 9 oy mobaynida nazoratli
kuzatuvda bo‘ldi. Tajribaga ko‘ra “Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining
kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi assosiatsiyalangan GOA formol
vaksina” bilan emlangan buzoqlarning qon zardobida E.coli va Salmonellalarga qarshi
antitelolar titri agglyutinasiya reaksiyasi asosida 30, 60, 90, 180 va 270 kungacha
aniqlab borildi (1-2-jadvallar).
Agglyutinasiya reaksiyasi natijasiga ko‘ra I tajriba guruhidagi 10 bosh buzoqlar
“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga
qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan amaldagi qo‘llanmaga muofiq
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
77
2 marta emlanib, E.colining antitelolar titri dinamikasi tajribaning boshidan 9 oylikga
qadar 2,82±0,13 martaga kamayganligi, II tajriba guruhidagi buzoqlar mazkur vaksina
bilan faqat bir marta emlanganligi sababli tadqiqotlarda bir va to‘qqiz oylik natijasi
2,22±0,08 martaga kamaygani statistik aniqlandi.
1-jadval
Emlangan buzoqlar qon zardobida E.coliga qarshi antitelolar titri
dinamikasi
(AR 1:25)
Guruhlar
Bosh
soni
Tajribagacha
Kunlar (vaksinasiyadan keyin)
30 kun
60 kun
90 kun
180 kun 270 kun
I tajriba guruhi
(2 marta
emlangan)
n=10
1:40
1:1240
1:1200
1:972
1:800
1:400
II tajriba
guruhi
(bir marta
emlangan)
n=10
1:60
1:600
1:720
1:800
1:600
1:270
2-jadval
Emlangan buzoqlar qon zardobida Salmonellaga qarshi antitelolar titri
dinamikasi
(AR 1:25)
Guruhlar
Bosh
soni
Tajribagacha
Kunlar (vaksinatsiyadan keyin)
30 kun
60 kun
90 kun
180 kun 270 kun
I tajriba guruhi
(2 marta
emlangan)
n=10
1:42,5
1:920
1:840
1:880
1:680
1:540
II tajriba
guruhi
(bir marta
emlangan)
n=10
1:50
1:470
1:620
1:667
1:533
1:333
Agglyutinasiya reaksiyasi natijasiga ko‘ra I tajriba guruhidagi 10 bosh buzoqlar
“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga
qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan amaldagi qo‘llanmaga muofiq
2 marta emlanib, Salmonellaning antitelolar titri dinamikasi tajribaning boshidan 9
oylikga qadar 1,703±0,09 martaga kamayganligi, II tajriba guruhidagi buzoqlar mazkur
vaksina bilan faqat bir marta (3 ml) emlanganligi sababli tadqiqotlarda bir va to‘qqiz
oylik natijasi orasidagi farq 1,411±0,1 martaga kamaygani statistik aniqlandi.
“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz
kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan emlangan
buzoqlar qonida gematologik tahlillarni 9 oylik natijasini aniqlash uchun qon
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
78
namunalari tekshirib borildi. Tadqiqotlarimizda yuqorida nomi qayd qilingan emlama
bilan emlangan buzoqlarning gematologik ko‘rsatkichlari tekshirib borildi.
Tekshirishlar natijasida emlangan buzoqlar qonida leykositlar va eritrositlar sonining
ko‘payib borishi, leykoformulaning nisbatan o‘zgarishi qayd etildi (3-jadval).
3
-jadval
Kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi vaksina bilan emlangan
buzoqlar qonining gematologik ko‘rsatkichlari (n=10)
Tekshi-
rish
vaqti
Eritrotsit,
mln/mkl
Leykosit,
ming/mkl
Leykoformula
E
B
M
L
Neytrofillar
tayoqch
a yadroli
bo‘g‘im
yadroli
Me’yor 9,16±0,88 8,74±0,74 7,0 0,6 3,4 44,8 4,8±0,41 41,6±4,12
I tajriba guruhi
(2 marta emlangan)
30 kun
9,21±0,77 11,91±0,72 8,1 0,4 3,1 44,0 4,9±0,28 36,4±2,14
60 kun
8,85±0,54 10,82±0,71 6,9 0,3 3,0 47,0 4,7±0,39 33,2±3,16
90 kun
9,24±0,84 9,20±1,05 6,7 0,5 3,7 44,4 4,3±0,18 41,4±2,24
180 kun 9,21±0,78 8,28±1,04
6,2
0,5 3,4 46,2 4,7±0,44 42,0±2,41
270 kun 9,55±0,45 8,71±0,41
7,4
0,7 3,2 41,4 4,1±0,27 44,2±1,81
II tajriba guruhi
(1 marta emlangan)
30 kun
9,18±0,28 11,62±0,41 7,4
0,4 2,2 44,2 4,8±0,31 35,4±1,87
60 kun
9,21±0,84 10,64±0,81 8,2 0,5 3,0 48,4 4,2±0,21 37,5±2,21
90 kun
9,20±0,85 8,74±0,89 8,0 0,4 3,2 41,1 4,6±0,38 36,4±3,21
180 kun 9,18±0,45 8,45±0,78
7,8
0,4 2,5 41,2 4,8±0,22 36,9±2,22
270 kun 9,24±0,85 8,41±0,56
7,9
0,5 3,2 40,9 3,8±0,18 38,5±2,52
Tajribadagi har bir gematologik o‘zgarishlar me’yorga nisbatan taqqoslab borildi.
“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga
qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan 2 marta (birichi marta 3 ml, 14
kundan so‘ng 5 ml) emlangan I tajriba guruhi buzoqlarida leykoformulaning o‘zgarishi
me’yoriga nisbatan 30 kunligida e’zinofillarda 1,157±0,04 martaga ortgan bo‘lsa,
limfotsit, bazofill, miyelosit, tayoqcha va bo‘g‘im yadroli neytrofillarda qisman
kamayishi aniqlandi. Eritrositlar deyarli o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsada, leykositlarda
me’yorga nisbatan 1,363±0,06 martaga oshgani aniqlandi. Bu esa organizmga yagni
turdagi antitelolar kirib kelishi va immun tizimning gumanitar javob reaksiyasidan
dalolat beradi. “Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz
kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan bir marta
emlangan (3 ml) II tajriba guruhi buzoqlari leykoformulasida miyelositlar va bo‘g‘im
yadroli limfositlarda o‘zgarishlar borligi aniqlandi.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
79
“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz
kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan emlangan 30 bosh
buzoqlar qonida biokimyoviy o‘zgarishlar natijasini aniqlash uchun qon namunalari
tekshirib borildi (4-jadval). Tekshirishlar natijasida 2 va 1 marta emlangan buzoqlar
qonida umumiy oqsil va qisman kreatinin me’yorga nisbatan o‘zgarishi qayd etildi.
4-jadval
Kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan
GOA formol vaksina bilan emlangan buzoqlar qonining biokimyoviy
ko‘rsatkichlar dinamikasi
Ko‘rsatkichlar
I tajriba guruhi (ikki
marta emlangan)
II tajriba
guruhi (bir
marta
emlangan)
III nazorat
guruhi
Tajribagacha n=10
Albumin, g/l
29,16±1,13
32,36±0,82
28,84±0,607**
Umumiy oqsil, g/l
66,28±5,10*
65,84±3,51
65,34±3,72
Mochevina, mmol/l
4,26±0,12
4,56±0,29
4,86±0,25
AlAt, E/l
58,14±3,26
61,93±1,82
76,58±3,49
Amilaza, E/l
1659,31±18,51
1658,45±15,18 1648,62±21,19
Kreatinin, mkmol/l
78,24±4,24
65,72±4,25
89,39±4,58
Tajribaning 21 – kunida n=10
Albumin, g/l
29,78±3,16
31,49±2,34
29,51±2,55
Umumiy oqsil, g/l
66,31±3,58
72,46±3,45
56,41±2,31
Mochevina, mmol/l
4,25±0,23
4,39±0,29
4,28±0,19
AlAt, E/l
58,14±3,41
61,46±2,16
56,34±3,44
Amilaza, E/l
1645,84±18,71
1659,31±19,45 1645,56±13,84
Kreatinin, mkmol/l
71,8±2,74
69,78±5,74
81,19±2,28
Tajribadan 14 kun keyin n=10
Albumin, g/l
31,58±3,08
29,97±2,16
28,29±1,46
Umumiy oqsil, g/l
69,06±4,19
72,48±2,54
58,86±2,58
Mochevina, mmol/l
5,78±0,36
4,49±0,608**
4,89±0,51
AlAt, E/l
61,54±3,24
65,12±2,58
69,49±4,11
Amilaza, E/l
1616,24±16,02
1645,73±22,52 1641,45±28,75
Kreatinin, mkmol/l
66,72±3,79
72,93±3,419**
61,85±2,84
Izoh: *-p<0,05; **-p<0,001
Mazkur jadval ma’lumotlariga ko‘ra kolbakterioz va salmonellyoz kasalliklariga
qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina bilan 2 marta emlangan I guruh
buzoqlar qonining biokimyoviy tahlil natijalari tajribaning 14 kunligida albumin va
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
80
umumiy oqsillarning tajribagacha bo‘lgan va tajribaning 21-kunida olingan qon
tahlillarida mos ravishda 2,42±0,081 va 2,78±0,04 ga farq qilishi aniqlandi. Bu esa
buzoqlar organizmiga kirib kelgan yangi E.coli va Salmonella antigenlarining
murakkab tuzilishdagi kompleks oqsil tabiatli modda ekanligidan dalolat beradi.
Agar qonning biokimyoviy tahlillarida umumiy oqsillar miqdori kamayib ketsa,
jigar distrofiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lar edi. Albuminlar miqdorining kamayib
ketishi esa jigar gepatosidlarining proteosintetik jarayonning pasayishiga sabab bo‘lar
edi. Bu holat esa bizning buzoqlar ustida bajarilgan tadqiqotlarda o‘zgarishsiz qolgani
aniqlandi.
“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz
kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan 2 marta emlangan
birinchi guruhdagi buzoqlarning qon zardobida mochevina miqdorining kamayishi
kuzatilgan bo‘lsa, nazorat guruhidagi buzoqlarida bu holatning o‘zgarishsiz qolgani
aniqlandi.
Organizmdagi mochevina miqdori 5,78±0,36 mmol/lga oshishi hisobiga,
kreatinin 72,93±3,419 mkmol/lga ortishi tadqiqotimizda ishonchlilik darajasi yuqori
ekanligi (P<0,05) aniqlandi.
“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz
kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan 2 marta emlangan
birinchi guruh buzoqlar qonining biokimyoviy tahlilida alanin aminotransferaza
(AlAT) fermenti 2-guruhda mazkur emlama bilan 1 marta emlangan buzoqlarga
qaraganda -3,28 E/l va amilaza fermenti -13,47 E/l miqdorga oshganligi qayd qilindi.
Bu holat gepototsitlarning zararlanmaganligini va fermentlar funksiyasining
o‘zgarishsiz qolganini bildiradi. Nazorat guruhidagi buzoqlar organizmida uglevod
almashinuvida ishtirok etadigan amilaza fermentining faolligi o‘zgarmay qolgani
aniqlandi.
Shunday qilib, “Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va
salmonellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan 2
marta emlangan buzoqlar qonining barcha biokimyoviy ko‘rsatkichlari fiziologik
me’yorda bo‘lishi ta’minlanib, ularni immun tizimining yaxshilanishiga, mobodo
kolibakterioz va salmonellyoz qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanib qolgudek bo‘lsa,
jarayonning yengil kechishiga, qisqa muddatlarda barcha fiziologik ko‘rsatkichlari
me’yorlashishiga yordam beradi.
Denov tumani “ОYBEK ALMAN UZUN” nomli MCHJ xo‘jaligida kolibakterioz
va salmonellyoz kasalliklaridan tabiiy zararlangan 42 (qirq ikki) bosh buzoqlar alohida
ajratilib, “Yosh hayvonlarning kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi
giperimmun qon zardobi” bilan davolash samaradorligi bir necha turdagi antibiotik
preparatlarga taqqoslab, ilmiy-amaliy tadqiqotlar bajarildi.
Tajribada kasallangan buzoqlarning 14 boshi I guruhga, 24 boshi II guruhga
ajratildi. I guruh VITIning mikrobiologiya laboratoriyasida mahalliy shtammlar
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
81
asosida tayyorlangan “Yosh hayvonlarning kolibakterioz va salmonellyoz
kasalliklariga qarshi giperimmun qon zardobi” bilan davolandi. II tajriba guruhidagi
24 bosh buzoqlar amoksisillin-150, penstrip-400, farmostar-200, doksiloks, nitoks,
tiful, enrofloks va gentamitsin sulfat antibiotiklar bilan davolandi (5-jadval).
Yuqumli kasalliklarni davolovchi xususiyatga ega antibiotik vositalarining har bir
turi kolibakterioz va salmonellyoz bilan tabiiy kasallangan 3 boshdan buzoqlarni
davolash uchun taqsimot asosida olib borildi.
5-jadval ma’lumotlariga ko‘ra I tajriba guruhi buzoqlari “Yosh hayvonlarning
kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi giperimmun qon zardobi” bilan
davolandi. Mazkur kasalliklar bilan tabiiy kasallangan 14 bosh buzoqlarni davolash
jarayonida yo‘riqnomaga asosan ularga kun davomida ikki marta teri ostiga 1 ml qon
zardobi 3-5 kg tirik vazniga nisbatan yuborildi. Giperimmun qon zardobi bilan
davolash natijasiga ko‘ra, kolibakterioz va salmonellyozlar bilan aralash holda
kasallangan buzoqlarning 92,86 foizi tuzalgani aniqlandi.
5-jadval
Kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklari bilan tabiiy kasallangan
buzoqlarni giperimmun qon zardobi va antibiotiklar bilan davolash
samaradorligi (n=42)
guruh-
lar
davolovchi
vosita
kuzatuv kunlari
yuboris
h joyi
nati-
ja
samarador
lik %
1 2 3 4 5 6 7 8 9 1
0
I
tajriba
guruhi,
14 bosh
Kolibakterioz
va
salmonellyoz
kasalliklariga
qarshi
giperimmun
qon zardobi
K
K
T
T
T
T
T
T
T
T
teri
ostiga
1
boshi
tuzalm
adi
92,86
II tajri-
ba
guruhi,
24 bosh
Amoksitsillin-
150
K K T T T T T T T K
mushak
orasiga
3
boshi
tuzalm
adi
87,5
penstrip-400
K K K K T T T T K K
Farmostar-200
K K T T T T T T K K
doksiloks
K K T T T T T T T K
nitoks
K K K K K K K K K K
enrofloks
K K T T T T T T K K
gentamitsin
K K K K K K K K K K
tiful
K K T T T T T T K K
Izox: K-kasal, T-tuzaldi
Kolibakterioz va salmonellyozning aralash kasalliklaridan tuzalgan buzoqlardan
olingan qon namunalarining zardoblarida tajribaning 8 va 10- kunlari AR titri n=14
(o‘rtacha) 1:564 bo‘lishi o‘rganildi. Bu esa buzoqlar organizmda birlamchi klostridial
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
82
immunitet shakllanganidan dalolat beradi. II tajriba guruh buzoqlarini 8 turdagi
antibiotik vositalari bilan maxsus yo‘riqnomaga asosan davolashning dastlabki
kunlarida kasal bo‘lsada, amoksitsillin-150, farmostar-200, doksiloks, va enroflokslar
bilan davolandi. Shunday bo‘lishiga qaramay kuzatuv davrining 9-10-kunlarida
buzoqlarda kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga xos klinik belgilar paydo
bo‘ldi. Boshqa tur antibiotiklar penstrip-400, nitoks, va gentamitsin sulfatlar bilan
davolanganlari tuzalmadi va tuzalishi kuzatuv kunlarida kechikkani aniqlandi.
Tajribadagi hayvonlarda kuzatuvning 3-4-kunlari diareya, dormonsizlanish, tana
haroratining (+40,5-+41,4
0
С) ko‘tarilishi, yurak urishi, nafas olishi tezlashdi
(taxekardiya). Kasal buzoqlar holsizlanib, faqat yotib qolishi, tumshuq, burunning
ko‘rinarli shilliq qavatlari quruq bo‘lib, ko‘z shilliq pardalarida qon quyilishlar (qisman
nuqtali va asosan dog‘li), ko‘z olmasinig suvsizlanishi hamda cho‘kib qolishi kuzatildi.
Xulosalar:
1. Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz
kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina bilan yo‘riqnomaga
ko‘ra 2 marta (1-marta 3 ml, 2-marta 14 kundan keyin 5 ml) emlangan buzoqlar
organizmida salmonellaga antitelolar titri 9 oylikda 1:426; mazkur vaksina bilan faqat
bir marta (3ml) emlangan buzoqlarda 1:270 gacha bo‘lishi aniqlandi.
2. Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz
kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan 2 marta emlangan
birinchi guruh buzoqlari qonining biokimyoviy tahlilida alanin aminotransferaza
(AlAT) fermenti 2-guruhda mazkur emlama bilan 1 marta emlangan buzoqlarga
qaraganda -3,28 E/l va amilaza fermenti -13,47 E/l miqdorga oshganligi aniqlanish
holati jigar gepototsitlarining zararlanmaganligini va fermentlar funksiyasining
o‘zgarishsiz qolganini bildirdi.
3. Tabiiy sharoitda yangi tug`ilgan buzoqlar kolibakterioz va salmonellyoz
kasaliklariga aralash infeksiya holida chalinishi y=65,5±0,42 % va o‘lim darajasi
x=46,18±0,56 foizni tashkil etishi aniqlandi.
4. “Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz
kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” emlamasidan 2 marta
foydalanilgan buzoqlar organizmiga yagni turdagi antitelolar kirishi tufayli va immun
tizimning gumanitar javob reaksiyasiga ko‘ra tajribaning 30 kunligida e’ozinofillar
me’yoriga nisbatan 1,157±0,04; leykositlar esa 1,363±0,06 martaga oshgani aniqlandi.
5. Kolibakterioz va salmonellyozning aralash infeksiya xolatida zararlangan
buzoqlarni giperimmun qon zardobi bilan davolash samaradorligi 92,86 foizni,
kasalliklardan tuzalgan buzoqlarning qon zardoblarida AR titri n=14 (o‘rtacha) 1:564
bo‘lishi aniqlandi.
6. E.coli va Salmonella qo`zg`atuvchilarining antibiotiklarga sezuvchanligiga
ko‘ra amoksitsillin-150, farmostar-200, doksiloks, va enroflokslarga sezuvchan,
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
83
ampisillin va oksasilinlarga nisbatan sezuvchan emas va penstrip-400, nitoks, sefur va
gentamitsin sulfatlarga kam sezuvchan ekanligi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Navruzov
N.I.
Buzoqlar
kolibakteriozining
patomorfologiyasi
va
immunoprofilaktikasida xitozan preparatining roli v.f.f.doktorlik dissertatsiyasi –
Samarqand, 2021 -5 b.
2. Ермолова Т.Г. Энергетический обмен у крупного рогатого скота при
применении биологически активных веществ: Автореф.дисс. на соис. уч. степ.
канд. биол. наук. –Воронеж, 2007. -23 с.
3. Qambarov A.A., Aliev D.D. Qorako‘l qo‘ylarida kolibakteriozga
vaksinatsiyadan keyin buyrak usti bezi glyukokortikoidal faolligi // “Chorvachilik
hamda veterinariya fani yutuqlari va istiqbollari”: Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materialari to‘plami. –Samarqand, 2010. –B. 42-44.
4.
Васильева В.А., Мусаткина Т.Б. Патоморфология органов телят и
поросят, вызванная эшерихиями // Труды КубГАУ. -Краснодар, 2009. -№1. -С.17-
18.
5. Elmurodov B.A. Qo‘zilarda pasterellyoz va kolibakterioz aralash holda
uchraganda kuzatiladigan klinik-anatomik belgilari // Проблемы изыскания синтеза
и производства препаратов для ветеринарии: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
ma’ruzalari to‘plami. – Samarqand: VITI, 1999. -B.219-221.
6. Elmurodov B.A. Buzoq va qo‘zilarning aralash bakterial kasalliklari
patomorfologik diagnostikasi va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish:
Doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati. -Samarqand, 2016. -29 b.
7. Navruzov N.I. va boshqalar Scopus: Jundishapur Journal of Microbiology.
ISSN 2008-3645 E-ISSN 2008-4161; India. (2022). IF: 1.233.
8. Navruzov N.I., Elmurodov B.A. “Veterinariya meditsinasi” jurnali–Toshkent,
2023.-№6 (187). -B. 5-8.
9. Navruzov
N.I.
Buzoqlar
kolibakteriozining
patomorfologiyasi
va
immunoprofilaktikasida xitozan preparatining roli v.f.f.doktorlik dissertatsiyasi
avtoreferati –Samarqand, 2021 -11 b.
10. Б.А.Элмуродов., С.Ҳ.Абдалимов., Н.И.Наврузов., И.Д.Шералиева “Ёш
ҳайвонлар касалликлари” Монография. Самарқанд-2016. “Зарафшон нашриёти”.
187-Б.
11. Navruzov N.I., Б.А.Элмуродов., С.Ш.Рашидова., Н.Р.Вохидова, Ёш
ҳайвонлар касалликларининг профилактикаси ва уларни даволашда полимер:
металл системаларини қўллаш / Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги журналининг
“Аgro ilm” иловаси. –Тошкент, 2013. -№ 4(28). –Б. 51-52.
12. Наврузов Н.И., Б.А.Элмуродов., Н.Р.Вохидова Сальмонеллёз касаллик
қўзғатувчисига нанотехнологияли хитозан препаратининг таъсири /
“Zooveterinariya” илмий оммабоп журнали. – Тошкент, 2013. - № 8(69). –Б. 12.
13. Наврузов Н.И., Б.А.Элмуродов., З.Ж.Шопулатова., У.Ҳ.Рўзиқулова. Ёш
ҳайвонлар юқумли касалликларини аниқлаш, даволаш ва олдини олиш ҳақида //
“Zooveterinariya” илмий оммабоп журнали. – Тошкент, 2014. - № 5(78). –Б. 12-
13.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
84
14. Наврузов Н.И., Б.А.Элмуродов., А.Абдусатторов., Г.А.Менглиев.,
Б.Ф.Улмасов “Бузоқларнинг колибактериоз ва сальмонеллёз касалликларини
олдини олувчи гипериммун зардоб учун комплексли бактерия антигенини олиш
усули”
Рatent:
О`zbekiston respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk
agentligi. № IAP 06162. Расмий ахборотнома Тошкент-2020.
15. N.I.Navruzov “The role of immunostimulants in the prevention of
colibacillosis in calves” International engineering journal for research & development.
Indonesia; April. (2020). Vol-5, ISSUE-4 E-ISSN NO: 2349-0721 IF: 6.549.
16. N.I.Navruzov “The role of immunostimulants in the prevention of
colibacillosis, salmonellosis and pasteurellosis in calves” International engineering
journal for research & development. Indonesia; September. Vol-3, №8 (2020). ISSUE-
4 E-ISSN NO: 2349-0721 JIF: 7.242.
17. Navruzov N.I., Elmurodov B.A., Mamadullayev G.H. “The role of chitosan
in the pathomorphology and immunoprophylaxis of colibacillosis of calves” European
journal of agricultural and rural education. Las Palmas, Spain. Vol-2, (2021). ISSUE-
5 ISSN (E): 2660-5643 JIF: 7.235. – P. 25-28.
18. Наврузов Н.И., Б.А.Элмуродов Ёш ҳайвонлар касалликларини
даволашда полимерли препаратларнинг аҳамияти Агросаноат мажмуаси учун
экологик хавфсиз полимерлар Республика илмий ва илмий – техник анжумани.
Тошкент, 2012. 8-9 ноябр. –Б. 28-32.
19. Наврузов Н.И., Б.А.Элмуродов., Б.Ф.Муртазин., Ш.К.Балиев Ёш
ҳайвонлар касалликларини даволашда полимерли препаратларнинг аҳамияти
Агросаноат мажмуаси учун экологик хавфсиз полимерлар Республика илмий ва
илмий – техник анжумани. Тошкент, 2012. 8-9 ноябр. –Б. 32-33.
20. Наврузов Н.И. “Бузоқлар колибактериозининг профилактикасида
иммуностимуляторларнинг роли” // Материалы международной научно-
практической
конференции
«Состояние
разработки
и
производства
биологических и ветеринарных и возможности расширения их локализации».
Самарқанд, 2020. – Б. 132-135.
21. Наврузов Н.И., Б.А.Элмуродов., Х.У.Муродов., З.Н.Киямова “Бузоқлар
колибактериоз, сальмонеллёз ва пастереллёз касалликларини олдини олиш
самарадорлиги”//Материалы
международной
научно-практической
конференции «Состояние разработки и производства биологических и
ветеринарных и возможности расширения их локализации». Самарқанд, 2020. –
Б. 119-121.
22. Наврузов Н.И., Б.А.Элмуродов Бузоқлар колибактериозининг
патоморфологик диагностикаси, профилактикаси ва даволаш бўйича
тавсиянома. Ветеринария илмий – тадқиқот институти илмий кенгашининг 2020
йил 9-сентябрдаги №9 сонли йиғилишида муҳокама қилинган ва нашрга тавсия
этилган Самарқанд, 2020.– 16 б.
23. Navruzov N.I. “The importance of chitozan suctinat in colibactereriosis of
calves”// Сборник статей II Международной научно-практической конференции
«Актуальные научные исследования». Пенза, 2021. – С. 60-64.
24. Наврузов Н.И., Пулатов Ф.С., Султанова И.Ю., Шералиева И.Д.,
Набиева Н.А., Актамов У.Б. The importance of chitozan suctinat in lamb
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
85
colibacteriosis // Scopus: Jundishapur Journal of Microbiology. ISSN 2008-3645 E-
ISSN 2008-4161; India. (2022). IF: 1.233.
25. Navruzov N.I., Sayfidinov B.F., Aktamov U.B. Significance of
immunological Reaction (IFT) in Sheep Chlamydiosiosis // Web of Scholars;
Multidimensional Research Journal (MRJ). (Germany) Volum-01. ISSUE: 06/2022
ISSN: (2751-7543) – P. 63-67. IF - 8.7 / 2022.
26. Navruzov N.I., Elmurodov B.A., Z.N.Kiyamova “Intervention of Bacterial
Diseases in Poultry” //
International Journal of Biological Engineering and
Agriculture е-ISSN: 2833-5376 Volume 1 | No 4 | Oct-2022
– P. 8-12. Impact Factor-
8,384.
27. Navruzov N.I., Elmurodov B.A., X.U.Murodov., F.M.Qurbonov
Pathomorphological Changes in Poultry Pasteurellios, Pullorosis and Colibacteriosis
Diseases // Middle European Scientific Bulletin.
Volume 29 |
Oct-2022
ISSN(Е): 2694-9969 – P. 87-92. Impact Factor-5.985
28. Наврузов Н.И. Бузоқлар колибактериозида хитозан сукцинатнинг
аҳамияти // “Ветеринария фанининг истиқболлари ва унинг озиқ-овқат
хавфсизлигини таъминлашдаги ўрни” // Ветеринария илмий-тадқиқот
институтининг 95 йиллигига бағишланган халқаро илмий конференция. 8-9
сентябр, Самарқанд – 2022. – Б. 298-303.
29. Наврузов Н.И. “Қўзилар колибактериозида хитозан сукцинатнинг
аҳамияти” // International scientific journal «GLOBAL SCIENCE AND
INNOVATIONS 2022: CENTRAL ASIA» Astana, Kazakhstan, September 2022. –C.
36-42.
30. Наврузов Н.И., Б.А.Элмуродов., Н.А.Набиева., Л.Х.Ахмадалиева.,
З.Н.Киямова Инновационные вакцины для профилактики пастереллёза кроликов
и других животных // Материалы международной научно-практической
конференции, посвященной 100-летию Института экспериментальной
ветеринарии им. С.Н.Вышелеского современные достижения в решении
актуальных проблем АГРОПРОМЫШЛЕННОГО КОМПЛЕКСА. Минск. 2022. –
С. 282-285.
31. Navruzov N.I., Elmurodov B.A. The role of chitosan succinate in
colibacillosis of calves and the effect on the immune system // Uzbekistan Journal of
polymers
Vol. 2, Special Issue 2, (2023). P. 122-126.
32.
Navruzov N.I., Elmurodov B.A. Qo`zilarda kolibakterioz va salmonellyoz
kasalliklarining patomorfologiyasi, oldini olish va davolash chora-tadbirlari //
“Veterinariya meditsinasi” jurnali–Toshkent, 2023.-№6 (187). –Б. 5-8.
33. Navruzov N.I., O.K.Djurakulov., G.X.Mamadullayev / Salmonellyoz
qo`zg`atuvchisining antibakterial preparatlarga nisbatan rezistentligi va sezuvchanligi
// “Veterinariya meditsinasi” jurnali–Toshkent, 2023.-№7 (188). –Б. 28-32.
34. Navruzov N.I., Sayfidinov B.F., Aktamov U.B. Chlamydiosis in Sheep:
Immunological Examination And Path morphological Changes / Scopus preview -
Scopus - Journal of Advanced Zoology. India. ISSN: 0253-7214 Volume 44 Issue S-5
Year 2023 Page 385:391.
35. Navruzov N.I., Mamadullayev G.H., Djurakulov O.K., Xamidov S.G.
Kolibakterioz qo‘zg‘atuvchisining etis-2 kompleks preparatiga nisbatan sezuvchanligi
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-26_Issue-1_April -2024
86
va chidamliligi//“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI
HAL ETISHDA VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING
AHAMIYATI” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya Samarqand 2023. –B 47-50.
36. Navruzov N.I., Mamadullayev G.H., Djurakulov O.K., Xamidov S.G.
//
Salmonellyoz
qo‘zg‘atuvchisiga
antibakterial
preparatlarning
ta’siri.
“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA
VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya Samarqand 2023. –B 65-69.
37. Abduraimova, G. T. (2024). PREVENTION AND TREATMENT OF SHEEP
POISONING BY HELIOTROP PLANT.
Web of Teachers: Inderscience
Research
,
2
(3), 243-249.
38. Elmurodov, B. A., Pulotov, F. S., Axmedov, B. N., & Murodov, X. U. (2024).
INSECTICIDAL EFFECT OF THE ALPHA-SHAKTI PREPARATION AGAINST
FLIES AND PATHORS.
Web of Teachers: Inderscience Research
,
2
(3), 250-256.
39. Kiyamova, Z. N., & Elmurodov, B. A. (2024). POTOMORPHALOGICAL
DIFFERENTIAL DIAGNOSTICS OF PULLOROSIS AND STREPTOCOCCOS
DISEASES IN POULTRY.
Web of Medicine: Journal of Medicine, Practice and
Nursing
,
2
(3), 79-84.
40. Элмуродов, Б., Хамракулов, Н., & Эшбуриев, С. (2022). Симптомы и
гематологические показатели нарушений кальциевого и фосфорного обмена у
цыплят-несушек.
in Library
,
22
(2), 15-17.
41. Элмуродов Б. А. и др. Инновационные вакцины для профилактики
пастереллеза кроликов и других животных //Современные достижения в
решении актуальных проблем агропромышленного комплекса: материалы
международной научно-практической конференции, посвященной 100-летию
Института экспериментальной ветеринарии им. СН Вышелесского (Минск, 15-
16 сентября 2022 г.). – С. 282-284.