Комплексные меры по лечению и профилактике куриных нематодозов

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
90-94
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Акрамов, К., & Сафаров, Х. (2024). Комплексные меры по лечению и профилактике куриных нематодозов. in Library, 2(2), 90–94. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/33661
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье представлена ​​информация о комплексе строгих мер борьбы, то есть лечении и профилактике гельминтозов - намтодозов (аскаридоз, гетерокидоз, капилляриоз, сингамоз), распространенных среди кур. Эти меры разработаны на основе результатов научных исследований и служат программой для ветеринарных специалистов.


background image

90

TOVUQ NEMATODOZLARINI DAVOLASH VA PROFILAKTIKA

QILISHNING KOMPLEKS CHORA-TADBIRLARI

Akramov Komiljon Shuhrat o‘g‘li

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorant

Safarov Xurshid Abdurajabovich

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorant

komiljonshuhratovich@gmail. com

Annotatsiya

. Ushbu maqolada tovuqlar orasida keng tarqalgan gelmintozlar –

namtodozlar (askaridioz, geterakidoz, kapillarioz, singamoz)ga qarshi kurashish ya’ni
davolash hamda oldini olish bo‘yicha qatiy chora-tadbirlar kompleksi haqida
ma’lumotlar bayon etilgan. Ushbu kopkles chora-tadbirlar ilmiy izlanishlar natijalari
asosida ishlab chiqilgan va veterinariya mutaxassislari uchun dastur sifatida xizmat
qiladi.

Kalit so‘zlar:

gelmintoz, nematodoz, tarqalish, mavsumiy dinamika,

degelmintizatsiya, davolash, profilaktika, kimyoviy profilaktika, antgelmint,
askaridia, kapillaria, geteraks.

Annotation.

This article provides information on the complex of strict measures

to combat, that is, treatment and prevention of helminthiasis - namtodoses (ascariasis,
heterokidosis, capillariosis, syngamosis) common among chickens. These measures
are developed based on the results of scientific research and serve as a program for
veterinary professionals.

Key words:

helminthosis, nematodosis, spread, seasonal dynamics, deworming,

treatment, prevention, chemical prevention, anthelminth, ascaridia, capillaria,
heterox.


Mavzuning dolzarbligi. Bilamizki gelmintozlar chorvachilik va parrandachilik

sohalariga jiddiy iqtisodiy zarar yetkazadi, yana bir guruh gelmintozlar esa inson
salomatligiga ham xavf soladi. Ushbu nuqtai nazardan gelmintozlarga qarshi kurashni
to‘g‘ri va to‘laqonli tashkil etish hamda sifatli amalga oshirish dolzarb muammo
ekanligi shubhasizdir.

Bugungi kunda parrandachilik sohasini rivojlantirish, aholini sifatli parranda

mahsulotlari (tuxum, tovuq go‘shti) bilan ta’minlash maqsadida davlat siyosati
darajasida ilmiy va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Biz olib borgan


background image

91

tadqiqotlarimizda tovuqlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini pasaytirib, iqtisodiy
chiqimning oshib ketishiga asosan tovuqlar nematodozlari (askaridioz, geterakidoz va
kapillarioz) jiddiy ta’sir qilib, ushbu gelmintozlarni davolash va profilaktikasini
kompleks tashkil etish dolzarb hisoblanadi.

TOVUQLAR NEMATODOZLARIGA QARSHI
KURASHISHNING KOMPLEK CHORA-TADBIRLARI

1

Tovuqlar orasida

nematodozlar
tarqalishini monitoring
qilish

1. 1. Tovuqlar orasida nematodozlar tarqalishini

aniqlash

1. 2. Nematodozlarning mavsumiy dinamikasini

aniqlash

2

Tovuqlarni rejali

(davolash)
degelmintizatsiyasi

2.

1.

Degelmintizatsiya
sxemasini belgilash

2.

1.

1.

Optimal

muddatni aniqlash

2.

1.

2.

Degelmintizatsiya

hajmini

aniqlash

2. 2. Antgelmint

vositani

va

uni

qo‘llash

uslubini

tanlash

2. 2. 1. Birma – bir

(individual) uslub

2. 2. 2. Guruhli usul *

3

Yaylov (yayratish

maydonlari)

profilaktikasi

3.

1.

Nematodozlar
qo‘zg‘atuvchilari va
ularning

rezervuar

xo‘jayinlariga qarshi
kurashish

3.

1.

1.

Ascaridia

galli**,

Heterakis

gallinarum**,

Capillaria

obsignata**,

Syngamus

nematodalari

yo‘qotish

hamda

Eisenia foetida

va

Dendrobaena masiupolinsis

kabi

yomg‘ir

chuvalchanglarni
zararsizlantirish

3.

2.

Tovuqlarning
nematodozlar

bilan

zararlanish
manba’larini
zararsizlantirish

3. 2. 2. To‘shamalarni

tez-tez

almashtirish

va

tozalash,

parrandaxonadan

chiqgan

axlatni

dastlab

termik qayta ishlab so‘ngra
foydalanish.

Sug‘orishda


background image

92

artizan

suvlaridan

foydalanish.

4

Tovuq

nematodozlariga
qarshi

kimyoviy

profilaktika

4. 1. Nematodozlardan xalos bo‘lguncha har

kuni 0, 1 foiz hisobida Gossipirin yoki 0, 01 foiz
hisobida Kufestrol aralashtirilgan ozuqani tovuqlarga
bir mahal berish

Asosiy qism. Gelmintozlarga qarshi kurashning birinchi bosqichida – har bir

hudud va alohida xo‘jaliklar sharoitida monitoring o‘tkazilib gelmintozlarning
tarkibi, ularning tarqalish darajasi va yil mavsumlari bo‘yicha hamda turli yoshdagi
tovuqlarning gelmintozlar bilan zararlanish dinamikasi aniqlanadi. (sxemaga
qaralsin).

Ushbu ma’lumotlar asosida nematodozlarga qarshi kurash chora–tadbirlar rejasi

tuziladi: rejada davolash-profilaktik degelmintizatsiya o‘tkazish muddatlari
aniqlanadi. Degelmintizatsiyaning optimal muddatlari gelmintozlarning ko‘payishi
ya’ni dinamikasining ko‘tarilishi davrini hisobga olgan holda belgilanadi.

Tovuqlar nematodozlariga qarshi kurashning yana bir muhim tomoni –

degelmintizatsiya uchun ishlatiladigan antgelmint vosita (preparat)larni tanlash
bo‘lib, bunda har bir alohida hudud (xo‘jalik)da nematodozlarning tur tarkibi,
tovuqlarning nematodozlar bilan zararlanish darajasi ya’ni invaziya ekstensivligi va
intensivligi hamda gelmintlarning rivojlanish bosqichi kabi ma’lumotlarni hisobga
olish alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, tovuqlar gelmintozlarining asosiy guruhi
nematodozlarga qarshi vositalar – benzimidozollar guruhiga kiruvchi preparatlar
(albendazol) hamda imidazollar (nilverm, levamizol, tetramizol) kabi vositalarni
qo‘llash tavsiya etiladi.

Degelmintizatsiyaning samarasi uni qo‘llash uslubiga ham bog‘liq. Tabiiyki,

hayvonlarni birma-bir (individual) degelmintizatsiya qilish eng yuqori samara beradi.
Ammo, parranda guruhlarini degelmintizatsiya qilishda “guruh usuli”ni qo‘llash
qulay va yuqori samara beradi. Guruh usulida degelmintizatsiya qilish antgelmint
vositalarni hayvon ichadigan suvda eritib yoki ozuqasiga aralashtirib berish, maxsus
davolovchi-ozuqa granula shaklida berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Tovuqlar nematodozlariga qarshi kurash tizimida bu kasalliklarning keng

tarqalishini oldini olish uchun nematodozlarni yaylov profilaktika qilish tadbirlarini
amalga oshirish lozim, ya’ni parrandalarni tashqi muhit – yaylovlar, parrandachilik
binolar, inventar va boshqa invaziya manba’laridan himoya qilishga e’tibor berish
lozim. Tovuqlar nematodozlari (askaridioz, kapillarioz, geterakidoz va singamoz)
qo‘zg‘atuvchilarining

tuxumlari

bilan

zararlangan

yaratish

maydonlari,


background image

93

nematodozlarning

rezervuar

xo‘jayinlari

hisoblangan

Eisenia

foetida

va

Dendrobaena masiupolinsis

kabi yomg‘ir chuvalchanglar hamda ninachilar bilan

oziqlanib gelmintlarni yuqtirib olishiga qarshi choralarni izchillik bilan amalga
oshiraborish lozim.

Gelmintozlarni oldini olishda tashqi muhitni gelmint tuxum va lichinkalaridan

tozalash, zararsizlantirish tadbirlarini amalga oshirish ham muhim tadbir bo‘lib
hisoblanadi.

Bunda

parrandaxonadagi

to‘shamalarni

tez-tez

almashtirish,

parrandaxonadan chiqqan tezak va to‘shamalarni dastlab termik ishlovdan o‘tkazib
shundan so‘ng ekin maydonlarida foydalaish zarur. Shuningdek parrandalar
yayratiladigan maydonlar, parrandaxonalarda yovvoyi hamda o‘tkinchi qushlarning
donlashi va kirishini oldini olish zarur.

Tovuqlar orasida nematodozlarning keng-ko‘lamda tarqalishini oldini olishning

yana bir omili – tovuqlar organizmini gelmintozlarga qarshi immunobiologik himoya
kuchini rag‘batlantirish zarur. Tovuqlarni vitaminlarga boy ozuqalar bilan
oziqlantirish, oqsil va mikro – makroelementlar yetarli ozuqalar bilan ta’minlash ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh jo‘jalarni boqishda ozuqasiga gossipirin, kufestrol
kabi rag‘batlantiruvchi vositalarni aralashtirib berish juda samarali bo‘lishi
tadqiqotlar natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘lib, jo‘jalarning juda yahshi o‘sish-
rivojlanishni ta’minlovchi va antgelmint xususiyatga ega ekanligi 2022-2023
yillardagi tajribalarimizda o‘z tastig‘ini topgan.

Umuman, olganda tovuqlar gelmintozlariga qarshi kurashda yuqorida qayd

qilingan chora – tadbirlar kompleksining har bir elementlarini to‘liq va sifatli amalga
oshirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Akramov K. S. , Meyliyev S. S. Oʻzbekistonning Buxoro va Navoiy

viloyatlarida qoramol va parranda gelmintlarining epizootologiyasi. – 2023 yil.

2.

Djabbarov Sh. A. Gelmintozlarga qarshi kurash chora-tadbirlarining

samaradorligi va uni oshirish yoʻllari. //vet. fan. dok. dissertasiyasi. 2017. – B. 98-
122.

3.

Djabbarov Sh. A. , Akramov K. Sh. Respublikamizning sharqiy

geografik-iqlim mintaqalarida parrandalar (tovuqlar) gelmintozlarining tarqalishi. //
Veterinariya meditsinasi jurnali. № 7. Toshkent, 2022-y. -B. 24-26.

4.

Oripov A. O. , Yuldaschev N. E. Modern strategi, new methods and

means for control of helminthas in Uzbekistan. Украинськ. часоплс ветеринарних
наук, №3. том 12.


background image

94

5.

Oripov A. O. , Djabbarov Sh. A. , Safarov X. Main helmintiases of farm

animals and their spreading rate. The American Journal of veterinary and Discovery
(JSSN-2689-0968), volume 04. issu of Pages 1-8.

6.

Oripov A. O. , Djabbarov Sh. A. , Akramov K. Sh. Tovuqlar

nematodozlarining tarqalishi va davolash chora-tadbirlari. // Tavsiyanoma.
Samarqand, 2024-y. -B. 18

7.

Акрамов К. Ш. , Ахмадов А. И. РЕСПУБЛИКАМИЗНИНГ АЙРИМ

ВИЛОЯТЛАРИДА

ТОВУҚЛАР

ОРАСИДА

ГЕЛЬМИНТОЗЛАРНИНГ

ТАРҚАЛИШИ //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3.
– С. 864-871.

8.

Орипов А. О. , Юлдашов Н. Э. , Нарзуллаева Ф. , Ҳамидов Ф. Чорва

моллариниг асосий гельминтозларига қарши даволаш–профилактика чора –
тадбирларининг оптимал муддатлари. // “Veterinariya meditsinasi” илмий –
оммабоп журнал, № 2. 2023, -Б. 6-13.

9.

Орипов А. О. , Джаббаров Ш. А. , Юлдашов Н. Э. Современные

методы и средства профилактики гельминтозов. Тенденция развития
ветеринарной паразитологии на прост. СНГ. 28-30 апреля 2021 г. , г.
Самарканд. Мат-лы в Интернете.

10.

Тайлоқов Т. И. Ўзбекистон шароитида эчкиларнинг гельминтлари

ва гельминтозлари. Докторлик (DSc) дисс. автореф. 2023, Самарқанд.

Библиографические ссылки

Akramov K. S. , Meyliyev S. S. Oʻzbekistonning Buxoro va Navoiy viloyatlarida qoramol va parranda gelmintlarining epizootologiyasi. – 2023 yil.

Djabbarov Sh. A. Gelmintozlarga qarshi kurash chora-tadbirlarining samaradorligi va uni oshirish yoʻllari. //vet. fan. dok. dissertasiyasi. 2017. – B. 98-122.

Djabbarov Sh. A. , Akramov K. Sh. Respublikamizning sharqiy geografik-iqlim mintaqalarida parrandalar (tovuqlar) gelmintozlarining tarqalishi. // Veterinariya meditsinasi jurnali. № 7. Toshkent, 2022-y. -B. 24-26.

Oripov A. O. , Yuldaschev N. E. Modern strategi, new methods and means for control of helminthas in Uzbekistan. Украинськ. часоплс ветеринарних наук, №3. том 12.

Oripov A. O. , Djabbarov Sh. A. , Safarov X. Main helmintiases of farm animals and their spreading rate. The American Journal of veterinary and Discovery (JSSN-2689-0968), volume 04. issu of Pages 1-8.

Oripov A. O. , Djabbarov Sh. A. , Akramov K. Sh. Tovuqlar nematodozlarining tarqalishi va davolash chora-tadbirlari. // Tavsiyanoma. Samarqand, 2024-y. -B. 18

Акрамов К. Ш. , Ахмадов А. И. РЕСПУБЛИКАМИЗНИНГ АЙРИМ ВИЛОЯТЛАРИДА ТОВУҚЛАР ОРАСИДА ГЕЛЬМИНТОЗЛАРНИНГ ТАРҚАЛИШИ //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 864-871.

Орипов А. О. , Юлдашов Н. Э. , Нарзуллаева Ф. , Ҳамидов Ф. Чорва моллариниг асосий гельминтозларига қарши даволаш–профилактика чора – тадбирларининг оптимал муддатлари. // “Veterinariya meditsinasi” илмий – оммабоп журнал, № 2. 2023, -Б. 6-13.

Орипов А. О. , Джаббаров Ш. А. , Юлдашов Н. Э. Современные методы и средства профилактики гельминтозов. Тенденция развития ветеринарной паразитологии на прост. СНГ. 28-30 апреля 2021 г. , г.

Самарканд. Мат-лы в Интернете.

Тайлоқов Т. И. Ўзбекистон шароитида эчкиларнинг гельминтлари ва гельминтозлари. Докторлик (DSc) дисс. автореф. 2023, Самарқанд.