Рыночная экономика

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
3-7
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Урунбаева , Ю., & Xатамов С. (2024). Рыночная экономика. in Library, 1(1), 3–7. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/35089
Юлдуз Урунбаева , Самаркандский институт экономики и сервиса

Самаркандский институт экономики и сервиса, доцент кафедры экономической теории, доктор философских наук по экономике

Самандар Xатамов, Самаркандский институт экономики и сервиса
студент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной практической работе были составлены соответствующие сведения о рыночной экономике и кроссворд.


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

3

ISSN:
3030-3680

BOZOR IQTISODIYOTI

Urinboyeva Yulduz Pirnazarovna -

i.f.f.dok., dotsent

Hatamov Samandar Abdulla o’g’li

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi


Annotatsiya:

Ushbu amaliy ishda bozor iqtisodiyoti haqida ma’lumot va unga

mos ravishda krasvord tuzilgan.

Аннотация

: В данной практической работе были составлены

соответствующие сведения о рыночной экономике и кроссворд.

Annotation:

In this practical work, a crossword puzzle is created according to

the information about market economy.

Kalit so’zlar:

Bozor iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyotidagi ishlab chiqarishlar,

bozor iqtisodiyotiga o’tish tizimi, bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotni tartibga solish.

Ключевые слова:

рыночная экономика, производство в рыночной

экономике, система перехода к рыночной экономике, регулирование
экономики в рыночной экономике.

Key words

: Market economy, productions in the market economy, the system

of transition to the market economy, regulation of the economy in the market
economy.


Bozor iqtisodiyoti - ishlab chiqarish, investitsiyalar va taqsimotga oid qarorlar

bozordagi talab va taklifga asoslangan iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida narxlar markaziy davlat rejalashtirish tomonidan emas, balki bozordagi
xaridorlar va sotuvchilarning o'zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Raqobat,
tadbirkorlik, resurslarga xususiy mulkchilik bozor iqtisodiyotining asosiy
belgilaridir deb aytib o’tadi iqtisod fanlar doktori Yulduz Pirnazarovna o’z
ma’ruzalarida.

Bozor iqtisodiyotiga oʻtish – anʼanaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi

iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga oʻtish jarayoni. Bu jarayon
iqtisodiy zarurat, chunki anʼanaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror
iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini taʼminlay olmay qoladi hamda Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yoʻli tanlanadi. Tarixan bozor
iqtisodiyotiga oʻtishning uch yoʻlini koʻrsatish mumkin: 1) anʼanaviy natural
xoʻjaligi iqtisodiyotidan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish; 2) qoloq va mustamlaka
xarakteridagi iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtish; 3) rejali buyruqbozlik
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtish. Shunga koʻra bozor iqtisodiyotiga oʻtish
ning ilk klassik modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod boʻlgan Osiyo va Afrika
mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli mavjud. Klassik model
eng koʻhna model sifatida Yevropa mamlakatlariga xos boʻlgan. Bu yerda bozor
iqtisodiyotiga oʻtish koʻp bosqichli boʻlib, asrlar davom etgan tabiiytarixiy jarayon


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

4

ISSN:
3030-3680

shaklida kechgan. Dastlab anʼanaviy natural xoʻjalik mayda tovar xoʻjaligiga, bu esa
oʻz navbatida asov bozor iqtisodiyomura aylangan. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ga
xos boʻlgan qonuniyatlar Yevropa mamlakatlarida dastlabki sinovdan oʻtgan. Osiyo
va Afrika mamlakatlari modelini amalga oshirish toʻplangan tarixiy tajribaga
tayandi: anʼanaviy xoʻjalikni bozor xoʻjaligiga aylantirish mustamlakachilik zulmi
sharoitida metropoliyalar taʼsirida boshlandi va ular manfaatiga xizmat qildi, bu
jarayon sunʼiy ravishda toʻxtatilmay, aksincha mamlakatlar ozodlikka erishgan
sharoitlarda ham davom etdi, bozor munosabatlari oʻz tabiatiga moye tushadigan
iqtisodiy zamindan – xususiy mulkchilikdan oʻsib chikdi, chet elning moddiy va
moliyaviy yordamiga tayandi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayoni tarixiy sakrash
shaklida, yaʼni Yevropa uchun muqarrar boʻlgan tarixiy bosqichlarni oʻtamay, ularni
chetlagan holda anʼanaviy iqtisodiyot yoxud rivojlanmagan bozor xoʻjaligidan uning
rivojlangan shakliga oʻtish sari bormoqda.

Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning eng soʻnggi modeli sobiq sotsialistik

mamlakatlar modeli boʻlib, oʻtish bu mamlakatlarda rejalibuyruqbozlik
iqtisodiyotini qayta qurish asosida bormoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda bozor
iqtisodiyotiga oʻtishning dastlabki shartsharoiti har xil, shunga koʻra aholi orasida
bozor koʻnikmalari ham turlicha darajada saqlangan. Bu mamlakatlarda rejali
buyruqbozlik xoʻjaligidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy taraqqiy etgan shakliga
utiladi. Oʻtish jarayoni tez kechadi, chunki bu sotsializm davridan qolgan moddiy
bazaga, malakali ish kuchiga va ilmiy texnikaviy salohiyatga tayanadi. Sobiq
sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga oʻtish ulardan baʼzilarining davlat
mustaqilligini taʼminlash bilan birgalikda kechmoqda. Bu MDH mamlakatlariga xos.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish keng va teran bozor islohotlarini talab qiladi.
Oʻzbekistonning bozor iqtisodiyotiga oʻtish ham milliy mustaqillik va keng koʻlamli
bozor islohotlarining oʻtkazilishi bilan amalga oshirilmoqda.

Har birimiz bozor haqida koʻp marta eshitganmiz. Bolaligimizdan bozorning

bevosita ishtirokchisiga aylanganmiz va bizning xohish-istaklarimizdan qatʼiy nazar
butun umrimiz davomida bozorning bir boʻlagi boʻlib qolamiz. Bozor nima
ekanligini yaxshi bilishimizga qaramay, unga aniq taʼrif berishga qiynalishimiz
mumkin. Bu haqda fikr-mulohazalar yuritishdan avval, iqtisodchi-olimlar tomonidan
bozorga berilgan taʼriflarga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz. Bozorning eng soda va
nazarimizda eng tushunarli taʼrifi: Bozor — sotuvchi va xaridor uchrashadigan joy.

Endi ozgina qiyinrogʻini koʻramiz: Bozor- bu xaridorlar bilan sotuvchilar

oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bogʻlaydigan mexanizmdir.

Bozorning murakkab taʼrifi: Bozor — iqtisodiyotda shaxslarning maqsadli-

nafsiy xohish-istaklari ila naf va manfaatlari sari yetaklovchi imkoniyatlari doirasida
tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli(ijobiy yoki salbiy) samara
darajasida obʼyektiv sodir boʻluvchi bozor tovarlari boʻyicha iqtisodiy-huquqiy
munosabatlari muhiti boʻlib, unda taraflarning nafsiy manfaatlari talab va taklif
asosida shakllanadigan obʼyektiv narxlarda qondiriladi.


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

5

ISSN:
3030-3680

Yuoqridagini anglash qiyonroq boʻlsa-da, u bozor tushunchasini kengroq ochib

beradi. Hozirgi paytda, ayniqsa, bir-biri bilan bogʻlanib ketgan, integratsiyalashgan
bozor sharoitida, qanday tovar ishlab chiqarish kerakligi, qancha, kim uchun va qaysi
hududda ishlab chiqarish kerakligi haqida maʼlumotning yagona manbasi-bozordir.
Bozor bilan hisoblashmagan xaridor va sotuvchi yutqazadi.Puldan yutqazadi! Puldan
ajralish eng katta qygʻu boʻlgan zamonda, bozorga eʼtiborsiz boʻlmoqlik- «oʻlim»
demakdir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bozor iqtisodiyoti - bu ishlab chiqarish,

investitsiyalar va taqsimlash to'g'risidagi qarorlar bozordagi talab va taklifning o'zaro
ta'siriga asoslangan tizimdir. Bu samaradorlik va iqtisodiy o'sishga olib keladigan
individual erkinlik, raqobat va innovatsiyalarga imkon beradi. Biroq, uning
daromadlar tengsizligi, monopoliya va atrof-muhitning buzilishi kabi kamchiliklari
ham bor. Umuman olganda, bozor iqtisodiyoti dunyoning ko'plab mamlakatlarida
iqtisodiy rivojlanish va farovonlikni ta'minlovchi asosiy kuch bo'lib kelgan.

Quyidagi tayyorlangan krasvord bozor iqtisodiyoti mavzusiga oid tuzilgan:
1.

…… deb aytilgan joyda odamlar tovarlarni sotib oladilar va sotish

uchun kerak bo'lgan narsalarni topish mumkin bo'ladi.

2.

……, tovar yoki xizmatni sotib olish va sotishning umumiy jarayoni

yoki faoliyatini ifodalaydi.

3.

……., tovar qiymatining puldagi shakli.

4.

……., iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil

etish shakli.

5.

……., bu to'lov evaziga biznesdan tovarlar yoki xizmatlar sotib

oladigan shaxs yoki yuridik shaxs.

6.

……., xom ashyo yoki resurslarni iste'molchilarga sotiladigan tayyor

mahsulotga aylantirishni o'z ichiga oladi.

7.

……., tovar yoki xizmatlarni pulga almashtirishni anglatadi.

8.

……., xalqaro savdoning asosiy jihati boʻlib, mamlakatlarga ichki

bozorda mavjud boʻlmagan mahsulotlar va resurslardan foydalanish imkonini beradi.

9.

……., tovarlar yoki xizmatlarni sotish yoki savdo qilish uchun boshqa

davlatga jo'natish aktini anglatadi.

10.

…….., tovarlar va xizmatlarni sotib olish kabi operatsiyalarni

osonlashtirish uchun ishlatiladigan ayirboshlash vositasi.

11.

Korxonalar mijozlar uchun bir-biri bilan raqobatlashadigan tizim?

12.

Narxlar talab va taklif tomonidan belgilanadigan tizim?

13.

Ishlab chiqarish vositalariga shaxslar egalik qiladigan va ularni

boshqaradigan iqtisodiy tizim?

14.

Tovar yoki xizmatlar sotib oluvchi shaxs yoki tashkilot?

15.

Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ga xos boʻlgan qonuniyatlar ……….

mamlakatlarida dastlabki sinovdan oʻtgan.


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

6

ISSN:
3030-3680

16.

….moddiy va ma’naviy ne’matlarning muayyan kishilar egaligida

bo‘lishi va ular tomonidan o‘zlashtirilishidir.

KRASSVORD

6

1

6

1

4

1

2

7

1

1

5

3

8

1

3

6

1

5

1

1

0

2

4







background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

7

ISSN:
3030-3680

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Olimjonov. O. «Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliq siyosati». «Ҳayot va
iqtisod». 1992 y.

2.

www.mineconomy.uz - O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot va
Kambag’allikni Qisqartirish Vazirligi rasmiy veb-sayti.

3.

3.“The Role of Innovation in Transitioning from Natural Production to
Manufactured Goods"- Bu adabiyot, innovatsiyalar va yangi texnologiyalar bilan
qanday ko‘plab korxonalar uchun foyda va samaradorlik yaratishni tushuntiradi.

4.

https://worldlyjournals.com/index.php/IJSR/article/download/1302/1746

5.

https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/742

JAVOBLAR:

1.Bozor 9.Eksport

2.Savdo 10.Pul

3.Narx 11.Raqobat

4.Monopoliya 12.Bozor iqtisodiyoti

5.Xaridor 13.Kapitalizm

6.Ishlab chiqarish 14.Istemolchi

7.Sotish 15.Yevropa

8.Import 16.Mulk

Библиографические ссылки

Olimjonov. O. «Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliq siyosati». «Ҳayot va iqtisod». 1992 y.

www.mineconomy.uz - O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot va Kambag’allikni Qisqartirish Vazirligi rasmiy veb-sayti.

3.“The Role of Innovation in Transitioning from Natural Production to Manufactured Goods"- Bu adabiyot, innovatsiyalar va yangi texnologiyalar bilan qanday ko‘plab korxonalar uchun foyda va samaradorlik yaratishni tushuntiradi.

https://worldlyjournals.com/index.php/IJSR/article/download/1302/1746

https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/742

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов