Часть-19_ Том-2_
Апрель -2024
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
105
ISSN:
3030-3680
AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES
Samarqand iqtisodiyot va Servis insituti
Urinboyeva Yulduz Pirnazarova
– I.f.f.dok.dotsent
Eshbekov Abubakir Shuhrat o`g`li
Buxg`alteriya Hisobi va Menejment fakulteti MN-423 guruh talabasi
eshbekovabubakir096@gmail.com
Anotatsiya:
Ushbu maqola agrar munosabatlarning murakkab dinamikasini
va bugungi qishloq xo'jaligida agrobiznesning rivojlanayotgan sohasini o'rganadi.
Annotation
: This article examines the complex dynamics of agrarian relations
and the evolving field of agribusiness in modern agriculture.
Аннотация:
В данной статье рассматривается сложная динамика
аграрных отношений и развивающаяся сфера агробизнеса в современном
сельском хозяйстве.
Kalit so’zlar:
Ferma va dehqonchilik, Agro firmalar, Agro sanoat majmualari,
Agro sanoat kombinantlari, Shirkadlar va boshqa jamoat xo`jaliklari qo`shma
korxonalar.
Key words
: Farm and farming, Agro-firms, Agro-industrial complexes, Agro-
industrial combines, Enterprises and other public enterprises.
Ключевые слова
: Фермерское хозяйство и фермерское хозяйство,
Агрофирмы,
Агропромышленные
комплексы,
Агропромышленные
комбинаты, Предприятия и другие государственные предприятия.
Agrobiznes – bu tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo`jaligidagi shakli
Agrobiznes turlari:
1.Ferma va dehqonchilik
2.Agro firmalar
3.Agro sanoat majmualari
4.Agro sanoat kombinantlari
5.Shirkadlar va boshqa jamoat xo`jaliklari qo`shma korxonalar
1)Dehqonchilik – qishloq xo`jaligining
yerga ekib, qishloq xoʻjalik
mahsulotlarini yetishtirish bilan shugʻullanuvchi sohasi, ziroatchilik
2) Ekin-tikin bilan shugʻullanish kasbi, mashgʻuloti
3) Ekinzor, ekin
dalasi
4) qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va tuproq unumdorligini oshirishning
umumiy usullarini oʻrganadigan fan (
agronomiyaning boʻlimi).
Dehqonchilik fan sifatida yuqori va barqaror hosildorlikni taʼminlash uchun
tuproqqa hamda ekinga taʼsir koʻrsatishning turli usullarini, xususan, tuproqning
Часть-19_ Том-2_
Апрель -2024
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
106
ISSN:
3030-3680
oʻsimlik oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni taʼminlaydigan suv, ozuqa,
havo va harorat rejimini boshqarish, ilmiy asoslangan dehqonchilik tizimlarini va
eng maqbul almashlab ekishni, shuningdek, hosildorlikni pasaytiradigan salbiy
omillar (qurgʻoqchilik, garmsel, tuproq eroziyasi, begona oʻtlar va boshqa)ni
bartaraf etish yoki ularning taʼsirini kamaytirish usullarini oʻrganadi va ishlab
chiqadi.
Dehqonchilik tuproqshunoslik, agrofizika, agrokimyo, seleksiya, urugʻchilik,
qishloq xoʻjaligi fitopatologiyasi, entomologiya, melioratsiya, meteorologiya, yer
tuzish va boshqa bilan chambarchas bogʻliq.
Agrosanoat majmui
(ACM) — xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi xom
ashyosidan aholining oziq-ovqat va xalq isteʼmo-li tovarlariga boʻlgan ehtiyojlarini
taʼminlashda oʻzaro hamkorlikda fa-oliyat koʻrsatadigan tarmoqlar, kor-xonalar,
faoliyat turlari majmui. ASM murakkab va koʻp tarmoqlidir. Uning ishlab chiqarish
tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi muhim ahamiyatga ega. ASM 3
sohani oʻz ichiga oladi: 1) qishloq xoʻjaligi(aholining tomorqa xoʻjaligi ham kiradi)
va oʻrmon xoʻjaligi; 2) qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib
beradigan sanoat tarmoqlari — traktor va qishloq xoʻjaligi mashina-sozligi,
meliorativ va suv xoʻjaligi ob’ektlari qurilishi tarmoqlari, asosiy fondlar taʼmiri
boʻyicha korxo-nalar, mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari,
biologik faol preparatlar ishlab chiqarish, ozuqa va mikrobiol. sanoati, turli idishlar
(tara) tayyor-lash va b; 3) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta 166ishlash va
isteʼmolchiga yetkazib berish bilan band boʻlgan tarmoqlar(tayyorlov, qayta ishlash,
saqlash, tashish, sotish va boshqalar). Har bir tarmoq tarkibida ishlab chiqarish rivo-
jining umumiy sharoitini taʼminlaydigan tarmoq infratuzilmalari muhim ahamiyatga
ega (yoʻl-transport xoʻjaligi, moddiy-texnika taʼminoti, elektr, gaz, suv taʼminoti,
aloqa, omborxona eleva-tor xoʻjaligi, ulgurji va taqsimot bazalari va boshqalar).
Shuningdek, ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlari, mutaxassislar va rahbar xodimlar
malakasini oshirish fakultetlari, ixtisoslashgan texnikum va ishlab chiqarish-texnika
bilim yurtlari, tarmoq ilmiy tadqiqot instituti va laboratoriyalari, IIB, loyiha va
institutlari hamda tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, tajriba va davlat sinov
stansiyalari tizimi ASMni shakllantiradigan tarmoqlar qatorida turadi. Oʻzbekiston
ASMda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi [un-yorma, yogʻ-moy(paxta
moyidan tashqari), goʻsht, sut, meva-konserva, vinochilik sanoa-ti) va ikkilamchi
(non, makaron, kondi-ter, paxta moyi, goʻsht, sut konservasi va mahsulotlari, oziq-
ovqat konsentratlari) qayta ishlaydigan tarmoqlar va sohalardan iborat oziq-ovqat
sanoati, texnika ekinlarini birlamchi (paxta, lub ekinlari, tamaki) va ikkilamchi (ip
gazlama, toʻqimachilik sanoati, lub to-lalari, tamaki-maxorka mahsulotlari) qayta
ishlaydigan tarmoq va sohalarni oʻz ichiga olgan yengil sanoat muhim ahamiyatga
ega. ASM hududiy xususiyatlar va ish-lab chiqarayotgan eng muhim pirovard
mahsulotiga qarab tizimlarga boʻlinadi. Hududiy xususiyatiga koʻra mamlakat va
viloyat, tuman ASM mavjud. Ishlab chiqarayotgan pirovard mahsulot boʻyicha don,
Часть-19_ Том-2_
Апрель -2024
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
107
ISSN:
3030-3680
paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa majmuaga boʻlinadi. Oʻzbekiston
tarixan rivojlangan paxtachilik, suv xoʻjaligi, mashina-sozlik zavodlari, oʻgʻit va
pestitsidlar ishlab chiqaradigan zavodlar, paxta to-zalash korxonalari, yogʻ-
ekstraksiya zavodlari, toʻqimachilik sanoati, ixtisos-lashgan ilmiy muassasalarga
ega. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ASM hissasiga yalpi mahsulotning
50% dan ortiqrogʻi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 40% dan ortigʻi, xalq
xoʻjaligida band aholining 45% ga yaqini toʻgʻri keladi. Oʻz navbatida Respublika
ASMda paxtachilik agrosanoat majmui (PASM) eng yuqori salmoqqa ega.
Tushuntirish:
Ushbu jadvalda 1ga bog`, 2 ga yer maydoniga ekiladigan ekinlar va
ketadigan xarajatlar ro`yhati tuzilgan.Kartoshka urug`i kilosi 4000 so`m, 1ga yer
uchun 3tonna kartoshka urug`i kerak.Loviya urug`i kilosi 14000 so`m, 50sotix yer
Ekinlar
Yer
maydo
ni
Yer
solig`i
Suv
solig`i
Dori va oziqaviy
O`g`itlar
Uchun xarajatlar
Urug` narxlari
Ishchi
kuchi
Ketadigan jami
xarajatlar
Kartoshka
1
gektar
1ga=700.
000
Azot 10 qop
1qop=150000
10*150000=1500
000 karbamid 12
qop
1 qop=200000
12*200000=2400
000
1kg=4000
3000kg*4000=12
000000
Ishchi 6ta
1080000*
8=864000
0
13740000*2=2748
0000
Loviya
50
sotix
50st=350.
000
Azot 5qop
5*150000=75000
0
Karbamid
10qop=2000000
1kg=14000
50kg*14000=700
000
6ta ishchi
1080000*
8=864000
0
12090000*2=2418
0000
Sariq sabzi
30
sotix
30st=210.
000
Azot
8qop=1200000
1kg=330000
6ta ishchi
6*180000
=1080000
1080000*
4=432000
0
7131000
Qizil sabzi
20
sotix
20st=
140.000
Azot
7qop=1050000
0.7kg=231000
Bog`:
mevali
daraxlar
ekilgan joy
1
gektar
1ga=
700.000
1ta dori=200000
7*200000=14000
00
Jami: bir
mavsumda
ketadigan
umumiy
xarajatlar
65091000
Часть-19_ Том-2_
Апрель -2024
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
108
ISSN:
3030-3680
uchun 50kg loviya urug`i kerak.Sabzi urug`i kilosi 330000 so`m, 50sotix yer uchun
1.7kg sabzi urug`i kerak va ushbu ekinlar uchun ketadigan o`g`itlar ro`yhati
keltirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:
1. ttps://uz.wikipedia.org/wiki/Agrosanoat_majmuih
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Dehqonchilik
3. Mukhammadov, M., Urunbayeva, Y. P., et al. (2018). Economics Theory
Textbook. Tashkent: "FAN VA TEXNOLOGIYA", 272 pages
4.
https://oefen.uz/uz/documents/referatlar/umumiy/dehqonchilik-tizimi-va-
https://worldlyjournals.com/index.php/IJSR/article/download/1302/1746
6
. https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/742