Дефицит воды: причины и решения, трагедия острова

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
180-184
6

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Урунбаева , Ю., & Абдурашидов, Х. (2024). Дефицит воды: причины и решения, трагедия острова. in Library, 1(1), 180–184. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/35108
Юлдуз Урунбаева , Самаркандский институт экономики и сервиса

Самаркандский институт экономики и сервиса, доцент кафедры экономической теории, доктор философских наук по экономике

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В последние годы потребность мира в воде возросла и воды не хватает. Потребность в воде зависит от количества человек. оно создается за счет увеличения и небрежного отношения человека к природе.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


http://tadqiqotlar.uz/

32-son_1-to’plam_Fevral-2024

180

SUV TANQISLIGI : KELIB CHIQISH SABABLARI VA YECHIMLAR.

OROL FOJIASI.

Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti

O’rinboyeva Yulduz Pirnazarovna

– I.f.f.dok. dotsent

Ulduzurunbaeva75@gmail.com

Abdurashidov Xurshid Qoʻldosh oʻgʻli

Buxgalteriya Hisobi va Menejment fakulteti BH-423 guruh talabasi

xurshidabdurashidov2005@gmail.com


Annotatsiya

: Soʻnggi yillarda dunyo miqyosida suvga boʻlgan ehtiyoj ortib

bormoqda va suv tanqisligi vujudga kelmoqda. Suvga boʻlgan ehtiyoj odam sonining
ortishi va insonning tabiatga boʻlgan shavqatsiz munosabati orqali vujudga kelmoqda.

Kalit soʻzlar

: suv, koʻl, daryo, dengiz, okean, suv tomchilari, vodorod, kislorod.

Kirish

. Suv – vodorod va kisloroddan iborat eng sodda birikmalardan biridir.

Yer yuzida suv 3 agregat holatda uchraydi : suyuqlik ( suv ), bugʻ ( bulut ), qattiq (
muz). Suv bundan 4 milliard yil oldin paydo boʻlgan. Suv yer yuzida daryolarda,
koʻllarda, dengizlarda, okeanlarda, togʻlarda, bulutlarda( bugʻ holatida ), muzliklarda(
muz holatida) va yer ostida( artezian, grund va mineral suvlar) bor. Yer yuzidagi
hamma tirik organizmlar uchun eng muhim hayot manbai hisoblanadi. Yer yuzining

71 foizi suv bilan qoplangan. Ammo, 1 foizi ichishga yaroqli. Inson ovqatsiz 3 oygacha
yashay oladi, ammo suvsiz 3-4 kun yashay oladi.

Suv tanqisligi vujudga kelishining sabablari.

Suv tanqisligi – bu global

muammolardan biri boʻlib, hozirgi kunda oʻtgan asrga qaraganda 2 barobar suv
isteʼmoli ortdi. Dunyodagi aholi sonining oʻsishi natijasida suvga boʻlgan ehtiyoj ham
oshib bormoqda. Suv tanqisligi vujudga kelishining asosiy sabablari:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


http://tadqiqotlar.uz/

32-son_1-to’plam_Fevral-2024

181

1)

Yangi qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi va suvlarni sugʻorish uchun
boshqarilishi.

2)

Ekstensiv sugʻorish uchun koʻp suvning sarflanishi.

3)

Dunyo aholisining oʻsishi orqali suvga boʻlgan isteʼmolning ortishi.

4)

Tabiatga boʻlgan shavqatsiz munosabat, yaʼni suvni ifloslantirish. Bu orqali
nafaqat suv, balki hayvonot va nabotot olamiga zarar yetmoqda.

5)

Suvga boʻlgan yuzaki qarash: Insonlar suvni cheksiz deb oʻylshadi va oʻz
ehtiyojlaridan koʻp suv sarflashadi.

6)

Beeʼtiborlik : baʼzi insonlar suvning behuda vodoprovod tarmogʻidan
oqayotganini koʻrsalar ham uni berkitishmaydi.

7)

Suv narxi : insonlar nazarida hozirgi kunda eng arzon tovar bu suv.

8)

Oʼrmon hududlarining kamayishi va daraxtlarning kesilishi ( maʼlumki daraxtlar

oʻzida namlikni ushlab turuvchi vositalar hisoblanadi).

Yechimlar

. Suv tanqisligini oldini olish va taʼsirini kamaytirishga oid yechimlar :

1)

Suv isrofini kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazish. Aholiga bu
qanday oqibatlarga olib kelishi haqida tushuncha berish.

2)

Suvni qayta ishlashni tashkil etish.

3)

Ekstensiv sugʻorishdan intensiv sugʻorishga oʻtish. ( Mamlakatimizda 80 foiz
oziq-ovqat mahsulotlari qishloq xoʻjaligida yetishtiriladi)

4)

Yerlarni lazerli tekislash. Bu orqali suv yoʻli ochiladi va suvning yerga
shimilishi kamayadi.

5)

Ariqlarni betonlash. Bu orqali suvning belgilangan joyga tez va koʻp miqdorda
yetib borishi taʼminlanadi.

6)

Suvlarga chiqindi tashlamaslik. ( 2020- yil ishlab chiqarilgan 52 milliard tibbiy
niqoblarning 1.5 milliarddan ortigʻi dunyo okeaniga tashlangan).

7)

Qayta tiklanadigan resurslardan foydalanish.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


http://tadqiqotlar.uz/

32-son_1-to’plam_Fevral-2024

182

8)

Suvsizlikka chidamli yangi navli oʻsimliklarni yaratish va ularni koʻpaytirish,
ommaviy ekish.

9)

Suv narxini sezilarli darajada oshirish va unga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirish. (
Ayni vaqtda mamlakatimizda ichimlik suvi 1400 soʻm)

Suv tanqisligini oldini olish va taʼsirini kamaytirish borasida Los – Angelasda
kanalizatsiyani tozalash va suvni qayta ishlash orqali erishilgan. Bizning amaldagi
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston – 2030
strategiyasi” da ham suv suv dan toʻgʻri foydalanishni taʼminlash i va suv tanqisligi
oldini olish kabi gʻoyalarni oʻz ichiga oladi.

Orol dengizi fojiasi

. Yurtimizdagi Orol dengizining qurishi ham yaqin global

muammolardan biri boʻlib, bunga oʻlkashunos – geografik olimlarning bir necha
qarashlari mavjud :
1)

Sobiq sovet Ittifoqi davrida mamlakatimizda paxta yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan
boʻlib, paxta ekin maydonlarining kengaytirish va ularni suv bilan taʼminlash
maqsadida Orol dengiziga boradigan daryo suvlarini hajmi kamaytirish
natijasida yuzaga kelgan.

2)

Tabiiy gaz qazib olinishi natijasida yer ostida boʻshliq yuzaga kelgan. Maʼlumki,
tabiiy gaz vakuum orqali qazib olinadi. Buning natijasida yer ostida vakuumli
boʻshliq yuzaga kelib bu boʻshliq Orol dengizining tagida yuzaga kelgan.
Boʻshliq esa vakuum orqali suvni tortib olgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


http://tadqiqotlar.uz/

32-son_1-to’plam_Fevral-2024

183

Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya
maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan
70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy
qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli “o’lik” dengizga aylandi. Qurib
qolgan tubi maydoni 4,2 mln. Gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli
aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan
100 mln. Tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va
Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib
bormoqda. Orol dengizining qurishi oqibatida yuzaga kelgan Orolqumdagi tuzli
changlarni shamol uchirib ketyapti. Bu tuzli changlar hattoki Tyanshan va Pomir
togʻlaridan ham topilgan. Maʼlumki tuz muzni eritadigan kuchli moddalardan biridir.
Bu esa koʻp yillik muzlarning erishiga sabab boʻladi. Orol dengizidagi koʻplab
hayvonlar, baliqlar va qushlarning turlari kamayib ketmoqda. Soʻnggi yillarda bu
muammoni bartaraf etish maqsadida Orol fondi tashkil etildi. Koʻchma qumlarni
ushlab turish maqsadida ommaviy saksovul ekishga mablagʻ ajratildi.

Xulosa

. Suv tanqisligi insonning tabiatga boʻlgan shavqatsiz munosabati, yangi

yerlarning oʻzlashtirilishi, aholi sonining ortishi, oʻrmon hududlarining kamayishi va
boshqa koʻplab sabablar orqali vujudga kelmoqda. Suv tanqisligini oldini olish va
taʼsirini kamaytirsak suvga boʻlgan ehtiyoj qondiriladi. Shu bilan birgalikda hayvonot
va nabotot olami uchun ham Shunda biz avlodlarimizning ham kelajagini taʼminlagan
boʻlamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

https://daryo.uz/2023/11/22/markaziy-osiyoga-suv-tanqisligini-oldini-olishda-10-
ta-qadam-taklif-qilindi

2.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Orol_dengizi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


http://tadqiqotlar.uz/

32-son_1-to’plam_Fevral-2024

184

3.

https://daryo.uz/2020/12/30/dunyo-okeaniga-bir-yarim-milliarddan-ortiq-
ishlatilgan-niqob-tashlangan

4.

https://uzsuv.uz/ru/posts/844

5.

https://qalampir.uz/uz/news/suv-tank-isligi-buyicha-davlatlar-reytingi-e-lon-k-
ilindi-7103

6.

https://www.uzjoku.uz/uz/news/orol-muammosi-haqida



Библиографические ссылки