Часть-19_ Том-4_
Апрель -2024
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
203
ISSN:
3030-3680
IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI
Urinboyeva Yulduz Pirnazarovna -
i.f.f.dok., dotsent
Bozorov Jamshid Mirzaqul o’g’li
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
haqida so’z yuritilgan.
Аннотация:
В данной статье говорится об экономических системах и
отношениях собственности.
Annotation:
This article talks about economic systems and property relations.
Kalit so’zlar:
Iqtisodiy tizim, Anʼanaviy Iqtisodiy tizim belgilari, Bozor
iqtisodiyoti tizimi belgilari, Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi belgilari.
Ключевые слова:
Экономическая система, Признаки традиционной
экономической системы, Признаки системы рыночной экономики, Признаки
административно-командной системы.
Key words:
Economic system, Traditional economic system signs, Market
economy system signs, Administrative-command system signs.
Iqtisodiy tizim
– iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash
va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va
mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʻlgan yoki joriy etilgan,
amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan mustahkamlangan normalar
majmui. I.t. doirasida iqtiso-diyot subʼyektlari, i.ch. omillari oʻzaro munosabatga
kirishadilar va bu muno-sabatlar maʼlum qonun-qoidalarga bi-noan boshqariladi. I.t.
faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq,
daromad, reja, foyda kabi bir kator vo-sitalar yordamida tashkil qilinadi.
Iqtisodiy tizim masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon
iqtisodiy adabiyotlarida xoʻjalik-iqtisodiy ti-zimlarni i.ch. vositalariga egalik shakli
va iqtisodiy faoliyat muvofiklashtirish va boshqarish usuliga koʻra tas-niflash
koʻproq tarqalgan. 21-asr boshlaridagi qarashlarda I.t.ni baholashda moddiy-
ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qoʻllaniladi, I.t.ning eng muhim
bir qator belgilari taʼriflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi; texnika
va texnologiya darajasi; i.ch. harakteri; yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi;
iqtisodiy munosabatlar tabiati; iqtisodiyotni boshqarish usuli; iqtisodiy siyosat
mazmuni kiradi.
Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3,5 va hatto 7 ta I.t. boʻlganligi
qayd etiladi. Ortodoksal, yaʼni marksistik nazariya I.t.ni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy
jihatdan yonda-shadi. Mulkchilik shakli, ekspluatatsi-yaning borligi yoki yoʻqligi,
sinflarning iqtisodiyotdagi mavqei bosh mezon qilib olinadi. Ularga tayangan holda
I.t. ishlab chikarish usuli deb ataladi. Marksizmga koʻra, ibtidoiy jamoa, quldorlik,
Часть-19_ Том-4_
Апрель -2024
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
204
ISSN:
3030-3680
feodalizm, kapitalizm va kommunizm kabi I.t.lar bor, ularning biri-ikkinchisiga oʻrin
boʻshatib beradi, ular ketma-ket oʻrin almashadi, eng mukammal va soʻnggi I.t.
kommunizm deb ataladi. Marksizmga muqobil taʼlimotlarda I.t.ga texnologik va
i.ch.ning harakteri, i.ch.ning industriyalashuvi jihatidan qaralgan va baho berilgan.
Taraqqiyot bosqichlari nazariyasiga koʻra, ham 5 ta I.t. yoki bosqich mavjud:
anʼanaviy jamiyat bosqichi; parvoz uchun shartsharoit hozirlash davri; parvoz davri;
yetuklik sari harakat davri; ommaviy va yuksak isteʼmol davri. Bu bosqichlar ham
oʻzaro ketma-ketlikda oʻrin almashadi. Baʼzi bir karashlarda agrar, industrial va
informatsion iqtisodiyot davrlari qayd etiladi.
Koʻpchilik tadqiqotchilar anʼanaviy, bozor va maʼmuriy-buyruqbozlik I.t. lari
borligini asoslaydilar.
Anʼanaviy I.t. belgilari: qoʻl mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy usulda
foydalanish, gʻoyat kam unumli texnologiyaning mavjudligi i.ch.ning agrar
harakteri, iqtisodiyotning asosiy tayanchi ekstensiv yuritiladigan qishloq xoʻjaligi;
sanoatning hunarmandchilik va xonaki sanoat shaklida mavjudligi; iqtisodiy
biqiklik, yaʼni xujalik avtarkizmi; iqtisodiyot biqiq boʻlganidan mahsulotlar, asosan,
oʻz is-teʼmoli uchun yaratiladi, ularni ehti-yojdan ortib qolgan qismigina
ayirboshlanadi. Xoʻjaliklar natural isteʼ-molchi boʻlganidan kamdan-kam hollarda
bozor bilan aloqa oʻrnatadilar, oʻzini-oʻzi taʼminlagani sababli ular uchun pulning
ahamiyati boʻlmaydi; oʻzaro iqtisodiy aloqalar xoʻjalikning ichida yoki mahalliy
kichik hudud doirasida anʼanaviy qoidalarga, urf-odatlarga koʻra, amalga oshadi;
iqtisodiy faoliyat jamoa va yakka xususiy mulkka asoslanadi; aholi turmush darajasi
past boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari: yuksak zamonaviy texnologiyaning
mavjudligi; i.ch.ning industrial harakterda boʻlishi, iqti-sodiy taraqqiyotda
axborotning urni va ahamiyatining yuqoriligi; i.ch.da servis – xizmat koʻrsatish
sohasi rolining ortib borishi; iqtisodiy usishning intensiv usuli ustuvorligi;
iqtisodiyotning ochiq boʻlishi, uning bozor aloqalariga tayanishi; xil-maxil
mulkchilik boʻlgani holda xususiy mulkning yetakchi urinda bulishi; iqtisodiyotning
ijtimoiy yoʻnalishga egaligi; aholi turmush darajasining yuqoriligi; iqtisodiyotga
siyosatning kuchli taʼsir koʻrsatishi; iqtisodiyotning globallashuvi.
Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi belgilari: mashinalar tizimiga asoslangan
texnologiyaning boʻlishi, lekin uning past darajasi, i.ch.ning industrial-agrar
harakteri; iqtisodiyotning yopiq bulishi; davlat mulkining hukmronligi, jamoa
mulkining bu mulk qushimchasiga aylani-shi, xususiy mulkning taqiklanishi;
iqtisodiyotning bir markazdan turib rejalashtirilishi, reja topshirikdarining
majburiyligi; resurslar va mahsulotlarning yagona reja asosida taqsimlanishi;
iqtisodiy stimullar zaif boʻlgani holda siyosiymaʼnaviy stimullarga ustuvorlik
berilishi; iqtisodiyotning taqchilli bulishi, aholi turmush darajasining iqtisodiy
salohiyatga nisbatan past bulishi, uning gʻoyat sekin oʻsishi.
Часть-19_ Том-4_
Апрель -2024
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
205
ISSN:
3030-3680
Evolyusion tarixiy rivojlanish natijasida anʼanaviy I.t. bozor tizimiga aylanadi,
uni revolyusiyey yul bilan yoʻqotish natijasida zurlik bilan maʼmuriy-buyrukbozlik
tizimi urna-tiladi, u uzini oklamaganidan qaytadan bozor tizimiga utish yuz beradi.
Shunday oʻtish jarayonida transformatsiyalashayotgan, yaʼni utish xrlatidagi I.t.
yuzaga keladi. Bu tizimning asosiy belgisi rejali maʼmuriy-buyrukbozlik tizimining
bozor tizimiga aylanib borishidir. Bu jarayonda bozor isaohotlari muhim urinda
turadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak qtisodiy tizim dunyodagi pul, resurslar va
xizmatlar almashishining birligini tavsiflaydigan umumiy tizimdir. Bu tizimda
iqtisodiy faoliyatlar, uskunalari, bozorlar, va moliyaviy tizimlar o'zaro bog'langan.
Iqtisodiy tizimning asosiy maqsadlari moliya resurslarini turli sohalarga taqsimlash,
ma'lum tuzilmani takomillashtirish, tizimni himoya qilish va davlatning iqtisodiyotni
boshqarishni ta'minlash.
Iqtisodiy tizimning ilmiy, sotsial va iqtisodiy boyliklarga
muvofiq rivojlanishini ta'minlashda moliyaviy siyosat, bozor konkurentsiasining
aniqligini o'rganish, moliyaviy risklarni belgilash, ishlab chiqarish va xizmatlar
sohasi rivojini ta'minlash, buyurtma solishtirish va savdo muammosi, sarmoya
qo'llanishini yaxshilash kabilari muhim chog'alari ustida quriladi.
Savollar
1.Moddiy va ma’naviy ne’matlarning muayyan kishilar egaligida bo’lishi va
ular tomonida o’zlashtirilishi …………….. deyiladi.
2.Ishlab chiqarishning 3 omilidan biri bu ………….. .
3.Qo’l mehnati va ibtidoiy texnalogiyalarga asoslanga iqtisodiy tizim
…………… deb ataladi.
4.mulkka aylangan barcha boylik turlari mulk …………….. deyiladi.
5. …………….-kishilarning uyushuv shakli va insonlar vositalari hammaning
mulki hisoblanadi
6. …………….. – keng ma’noda kirim bo’lgan har qanday pul mablag’lari yoki
pul qiymatiga ega bo’lgan moddiy boylik .
7. Iqtisodiyotda – xo’jalik subektlari , boshqaruv tizimining ayrim bo’g’inlari
faoliyatining dasturi bu ……………. deyiladi.
8.Ixtiyoriy ravishda kooperativ korxonaga birlashgan kishilarning umumiy
mulki …………… mulk deyiladi.
9.Yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt
…………….. deb ataladi.
10.Yer, kapital va mehnat resurslarini ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb
etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy o’sish ……………… o’sish deb ataladi.
11.Turli mulk shakllarining birlashuvi natijasida paydo bo’ladigan mulk
……………. mulk deyiladi.
12.Mulk obektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar , mulkiy munosabatlar
ishtirokchilari mulk ………… deyiladi.
Часть-19_ Том-4_
Апрель -2024
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
206
ISSN:
3030-3680
9.
11.
6. 8.
3.
10.
4.
2.
7.
1.
5.
12.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1."Iqtisodiyot: Boshlang'ich Darslik" - Gregory Mankiw: Bu darslik
iqtisodiyotni o'rganishdan boshlang'ich darajada o'qish uchun mo'ljallangan. Uning
ko'rsatmalari iqtisodiy tizim, bozorlar, sarmoya tizimi va moliyaviy siyosat
muammosi haqida o'quvchilarga tushuntiradi.
2."Iqtisodiyot: Prinsiplari va Muammolari" - Frank & Bernanke: Ushbu kitob
fundamental iqtisodiyot prinsiplari va muammosi bo'yicha o'qish uchun
mo'ljallangan. Iqtisodiy tizim, moliyaviy siyosat, bozorlar va uning muhim
konseptlari haqida tushunchalar beradi.
3. "Iqtisodiy Infrastruktura va Bozor Turmush Tarzlarini o'zgartirish" - Douglas
C. North: Bu kitob iqtisodiy tizim va bozorlar orasidagi munosabatlarni, tarixgar
Часть-19_ Том-4_
Апрель -2024
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
207
ISSN:
3030-3680
fikrlarga, ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlarga va yangi turmush tarzlarning
o'zgarishlari bo'yicha tahlil qiladi.
https://worldlyjournals.com/index.php/IJSR/article/download/1302/1746
https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/742
Krasvord javoblari:
1.mulk
2.mehnat qurollari
3.ananaviy iqtisodiyot
4.obekti
5.jamoa
6.daromad
7.reja
8.korparativ
9.korxona
10.ekstensiv
11.aralash
12.subekti