DECEMBER
2022
ISSN: 2181-3558
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
QORAMOLLARDA TUBERKULOZ KASALLIGIDA OLINADIGAN
MAXSULOTLARNING VETERINARIYA SANITARIYA EKSPERTIZASI
Do’sкulov V.M.,
Ibragimov F. M.,
Mamadullaev G.X.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti, Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti
Аnnotatsiya.
Ushbu maqolada tuberkulyoz bilan kasallangan hayvonlardan
olinadigan maxsulotlarni veterinariya sanitariya ekspertiza jixatdan baxolash
to’g’risida adabiyotlar sharxi bayon qilingan.
Kalit so’zlar
: Bovines, humanus, produktiv, Sil-Nilsen, fibrinli flotatsiya.
Аннотация.
В данной статье проведена обзор литературных данных по
оценке ветеринарно-санитарной экспертизы продуктов, полученных от
зараженных животных от туберкулеза.
Ключевая
слова:
Bovines,
humanus,
produktiv,
Sil-Nilsen,
фибринолитическая флотация.
Abstract.
This article reviews the literature data on the evaluation of
veterinary and sanitary examination of products obtained from infected animals
from tuberculosis.
Keywords:
Bovines, humanus, produktiv, Sil-Nilsen, fibrinolytic flotation
Kirish
. Respublikamiz axolisiga sifatli go’sht va sut maxsulotlari yetkazib
berish xamda dexqon bozorlarini jamoat salomatligi uchun xavsiz oziq ovqat
maxsulotlari bilan boyitsh bugungi kunda muxim iqtisodiy va siyosiy masala deb
qaralmoqda. Shuning yaqqol misoli sifatida O’zbekiston xududlarida ishlab
chiqarilayotgan go’sht va go’sht maxsulotlariga bo’lgan talab kundan kunga oshib
bormoqda, bu talablarni qondirishda qishloq xo’jaligining muxim tarmoqlaridan
biri bo’lgan chorvachilikning axamiyati katta. Xususan Prezident Shavkat
Mirziyoyev joriy yilning 14-aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida
O’zbekiston qishloq xo’jaligi oldida turgan dolzarb vazifalar muxokamasiga
bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi o’tkazdi. Unda 2020-yil 1-sentabrgacha 7 ta
xududida qoramol boqish bo’yicha 74 ta oilaviy korparatsiya faoliyati to’liq yo’lga
qo’yilishi to’g’risida ko’rsatma berdi. O’zbekiston Respublikasining axolini sil
kasalligidan muxofaza qilish (215 -2-son 11.05.2001) to’g’risidagi qonunida sil
kasalligiga noqulay bo’lgan chorvachilik obyektlardagi hayvonlar belgilangan
tartibda faqat go’sht kombinatlarida va kushxonalarda so’yilishi kerakligi takidlab
o’tilgan. Sil kasalligidan o’lgan hayvonlarni, shuningdek ularning zararlangan
a’zolari, to’qimalari va tanalarini utiliztsiya qilish qonun hujjatlariga muofiq
amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan qoramollardan insonlarga yuqadigan
yuqumli kasalliklar xususan tuberkuloz kasalligi xususiyatlarini o’rganish va
kasallangan hayvonlardan olinadigan maxsulotlarning veterinariya sanitariya
ekspertiza usullarini takomillashtirib, axoliga sifatli go’sh yetkazib berish muxim
vazifa sanaladi.
DECEMBER
2022
ISSN: 2181-3558
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
Sil kasalligi odamlar va hayvonlar uchun havfli bo’lgan surunkali yuqumli
kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchisi
Mycobacterium tuberculosis
aerob, ingichka
tayoqcha ko’rinishida 0.8-5.5 mkm kattalikda, fizikaviy va kimyoviy omillarga
chidamli hisoblanadi [3].
Mycobacterium tuberculosis ning 3 tipi farqlanadi: Odam tipi-humanus,
qoramol tipi-bovinus, parranda tipi-avinus. Bu mikroblar pishloqda ikki oydan
oshiqroq, sariyog’da 100 kungacha, agar yog’ sovuqlikda saqlansa, 10 oygacha,
muzlatilgan yog’da 6 yildan oshiqroq saqlanishi mumkin. Sutning tarkibida sil
tayoqchasi 9-10 kun saqlanadi. Mikroblarga sovuqlik tasir etmaydi, aksincha,
yuqori haroratda tezda halok bo’ladi. Suyuq muhitda harorat 60
o
bo’lganda, 30
daqiqa mobaynida halok bo’ladi. Sil kasalligining mikroblari kislotalarning
ta’siriga juda chidamli, shuning uchun achigan sutning tarkibida o’zining kasallik
chaqarishini yo’qotmasdan 20 kungacha saqlanishi mumkin.[1]
Organ va to’qimalarni tuberkulyoz (sil) bilan jarohatlanishi 2 xil ya’ni;
produktiv yoki ekssudativ formalarda kechadi. Kasallikning produktiv formasi
quyidagilar bilan harakterlanadi: ya’ni organ va to’qimalarda tugunchalar yoki
tuberkulalar hosil bo’ladi. Tugunlarni hosil bo’lishida, boshida yarim yaltiroq
bo’lib, keyinchalik qattiqlashadi. Ya’ni tugunlarda jarayonni ohiriga borib
tvorogsimon massa to’planadi va ohaklanish sodir bo’ladi. Kasallikni bu formasi
veterinariya sanitariya ekspertizasi nuqtai nazardan unchalik xavfli emas chunki bu
formada sil mikroblari go’shtda oz bo’ladi. Sil kasalligi eksudativ formasida, sil
mikroblari bilan zararlangan organ yoki to’qimalarda tugunchalar hosil
bo’lmasdan, u joylarda yarim suyuq fibrinli ekssudat va limfasit hujayralari
yig’iladi. To’qimalarning oralig’iga yig’ilgan ekssudat-limfositlar bilan birgalikda
och-sariq bo’tqaga aylanadi. Qoramollarda – ko’p hollarda o’pka sili uchraydi.
Bunda o’pkada tariq donidan kaptar yoki g’oz tuxumi kattaligidagi tugunchalarni
ko’rish mumkun. Go’shtni tekshirishda tuberkulozning tarqoq (generalizatsion)
formasida ichki organlarida yoki limfa tugunlarining birida, bir vaqtning o’zida sil
tuguni jaroxati aniqlanganda, xar qanday semizlikdagi tana go’shtlari xam texnik
utilizatsiya qilinadi. Yuqori va o’rta semizlikdagi tana go’shtlarini tekshirishda
ichki organlarning birortasida yoki limfa tugunida sil jaroxati aniqlansa
zararlangan organlar utilizatsiya qilinib qolganlari qaynatilib qayta ishlashga
yuboriladi. Bu maxsulotlardan faqatgina konserva tayyorlashda foydalaniladi [2].
Kasal sigirning sutida oqsil moddalar (albumin, globulin) ikki barobar oshadi,
shuning hisobiga sutning yopishqoqligi ortadi, hamda sutdagi kul va suv
ko’payadi. Bir vaqtning o’zida bunday sutning tarkibida yog’ miqdori 0,7 % ga,
laktoza va titrlanadigan kislotalik darajasi pasayadi. Sut tarkibining bunday
o’zgarishi bevosita kasallikning cho’zilishi bilan bog’langan bo’ladi. Kasallikning
boshlang’ich davrida sut o’zining xususiyatlarini saqlaydi, lekin keyinchalik sil
jarayonning taraqqiyoti bilan sut suyuqlashadi, sutning rangi ko’kimtir-sarg’ish
bo’lib, tami sho’r bo’ladi. Agar sil jarohati bevosita sut bezida joylashgan bo’lsa,
sutning rangi havo rangiga kiradi. Sut bezlari sil bilan shikastlangan bo’lganda,
olingan sutni oziq-ovqat sifatida ishlatish mumkin emas. Sil kasalligi uchrab
DECEMBER
2022
ISSN: 2181-3558
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
turadigan xo’jalikdagi sigirlardan, qo’y va echkidan olingan sut quyidagi tartibda
zararsizlantiriladi. Sil kasalligi tugatilayotgan
xo’jaliklardagi sigirlardan
olinayotgan sut 85
0
da 30 daqiqa zararsizlantirilgandan keyin sut zavodiga
jo’natilishi mumkin. Bunday sut sut zavodida qaytadan pasterizatsiya qilingandan
keyin to’xtovsiz ishlatiladi. Xo’jaliklardagi sigirlar tuberkulyozga musbat reaksiya
ko’rsatgan bo’lsa, ulardan olingan sut qaynatilib xo’jalikning o’zida ishlatiladi.
Bunday sutdan faqatgina eritiladigan yog’ olish mumkin. Yog’sizlantirilgan sutni
xo’jalikning ichida qaynatib, hayvonlar uchun ozuqa sifatida ishlatish mumkin.
Klinik belgilari aniq hayvonlardan olingan sut 10 daqiqa qaynatilib, bo’rdoqiga
boqilayotgan hayvonlar uchun ozuqa sifatida ishlatilishi mumkin. Sutning
tarkibidagi sil kasalligining qo’zg’atuvchilarini mikroskopiya qilish yo’li bilan
aniqlash mumkin.
M.M.Dryabinovaning «flatasiya» usuli qo’llanilganda, 50 ml tekshirilayotgan
sutga 50 ml 5 % li o’yuvchi kaliy qo’shilib aralashtiriladi keyin esa 56-60
o
haroratda 30 daqiqa suv hammomida ushlanadi. So’ngra 0,5-1 ml ksilol va 60-80
ml distillangan suv qo’shilib butilkachalarning og’zi rezina tiqinlari bilan yopiladi,
keyin esa 10 daqiqa mobaynida chayqatiladi. Shu tartibda tayyorlangan namunalar
og’zi kichik kolbalarga quyilib 45-60 daqiqa tinch holatda uy haroratida
qoldiriladi. Bunda mikrobning tanachalari ksilolga shimilib yuzaga chiqa
boshlaydi va kolbachaning yuqori tor joyida halqa hosil qiladi. Mana shu hosil
bo’lgan halqadan surtma tayyorlanib, keyin Sil-Nilsen usulida bo’yaladi.
Mikroskopda kislotaga chidamli baktyeriyalar- qizil, chidamsizlari esa ko’k rangda
bo’ladi va sut tarkibita sil tayoqchalari bor deb xulosa qilinadi.
Xulosa.
1. Respublikamiz aholisini ekologik jihatdan toza mahsulotlar bilan ta’minlab
berishda, eng avvalo hayvonlardan olinayotgan go’sht va sut maxsulotlarini
tekshirilmasdan iste’molga chiqib ketishi sil kasalligini tarqalib ketishi uchun
sabab bo’ladi. Shuni xisobga olib maxsulotlardagi sil kasalligi qo’zg’atuvchisini
aniqlashning mukammal usulini ishlab chiqish zarur.
2. Tuberkulozga uchragan qoramollardan olinadigan maxsulotlar ya’ni sut va
go’sht maxsulotlari yaroqsiz xisoblanib, sil kasalligini yuqtirib olishning asosiy
manbaidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Murodov S.M. "Veterinariya sanitariya espertizasi. Samarqand 2006.
2.
В.А. Макаров.В.П. Фролов, Н.Ф. Шуклин Ветеринарно-санитарная
экспертиза с основами технологи и стандартизации продуктов
животноводства.
3.
Muhitdinovich, D. V., Rayimjonova, N. D., Ogli, N. B. B., & Ogli, N. A. A.
(2021). Methods of therapy and prophylaxis of pyroplasmosis and tayleriosis
of large cattle.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research
Journal
,
11
(9), 680-686.
DECEMBER
2022
ISSN: 2181-3558
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
4.
Дускулов, В. М., Нарзуллаев, А., & Норқўзиев, Б. (2022).
ҚОРАМОЛЛАР СУТИНИНГ КИСЛОТАЛИГИНИ АНИҚЛАШ.
Journal
of new century innovations
,
10
(5), 42-52.
5.
Ibragimov, F. B., Duskulov, V. M., & Tugalov, B. A. (2020). Effectiveness of
medicinal plants against bees disease.
Asian Journal of Multidimensional
Research (AJMR)
,
9
(3), 19-22.
6.
Дускулов, В. М., & Расулов, У. И. (2017). Новые способы терапии и
профилактики пироплазмоза и тейлериоза крупного рогатого скота.
In
Общество XXI века: вызовы и перспективы
(pp. 12-18).
7.
Katznelson, H., & Jamieson, C. A. (1952). Antibiotics and other
chemotherapeutic agents in the control of bee diseases.
Scientific
Agriculture
,
32
(4), 219-225.
8.
Duskulov, V. M., Elmuradov, B., & Meyliev, M. (2018). Highly profitable
sector of beekeeping.
Veterinary Medicine
, (12).
9.
Гафуров, А. Г., Расулов, У. И., & Дускулов, В. М. (2013). Мер-борьбы
пироплазмидозов крс от кровепаразитарных болезней.
Зоове-теринария
(Ташкент).
, (3), 21.
10.
Дускулов, В. М., & Расулов, У. И. (2013). Cовременные методы терапии
и
профилактики
пироплазмидозов
крупного
рогатого
скота.
Ветеринарна медицина
, (97), 379-380.
11.
Ibragimov, F. B., Duskulov, V. M., & Rakhimov, Y. M. (2021). Effect of
apiflox preparation against infectious diseases of bees.
ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal
,
11
(5), 611-614.
12.
Ibragimov, F. M., & Bo‘ronov, A. N. (2022). TURLI OZUQALAR BERIB
BOQILGAN
QUYON
GO
‘SHTINING
SIFAT
TAXLILI.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI
ILMIY JURNALI
, 102-105.
13.
Achilov, O., Ibragimov, F., Boysinova, N., & Abdurakhmanova, N. (2021).
Impact of echinococcosis on beef quality in Uzbekistan.
ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal
,
11
(5), 260-268.
14.
Rasulov, U. I. (2021). Measures to Protect Breeding and Productive Cattle
From Parasitic Blood Diseases.
Middle European Scientific Bulletin
,
18
, 22-
23
15.
Расулов, Ш., Суюнов, Р., Ильесов, З., Исхакова, М., & Расулов, О.
(2022). Qoramollar fassiolyozining epizootologik holati va go ‘shtning
xavfsizligi va sifat ko ‘rsatkichlari.
Перспективы развития ветеринарной
науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности
,
1
(2), 124-128
16.
Хушназаров, А. Х. (2022). ОБЗОР ЛИТЕРАТУРНЫХ ДАННЫХ ПО
ХИМИОТЕРАПИИ И ХИМИОПРОФИЛАКТИКИ ЭЙМЕРИОЗА
КРОЛИКОВ.
PEDAGOGS jurnali
,
23
(2), 83-86
17.
Goldstein, B. (2017). A history of video in ELT. The image in English
language teaching, 23-31.
DECEMBER
2022
ISSN: 2181-3558
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
18.
Исраилова, М. Н. (2017). Формирование принципов устойчивого
развития в обучении иностранным языкам. Международные научные
исследования, (1), 161-163.
19.
Исраилова, М. Н. (2016). Новые педтехнологии изучения латинского
языка в медицинских вузах. Психология и педагогика: методика и
проблемы практического применения, (53), 66-71.
20.
Исраилова, М. Н. К ВОПРОСУ О СОВРЕМЕННОМ СОСТОЯНИИ
ЛАТЫНИ. In Конференция состоялась 5 марта 2022 года на базе
Ташкентского государственного стоматологического института по
адресу: Республика Узбекистан, 100047, г. Ташкент, ул. Махтумкули,
103. Цель конференции–знакомство и обмен опытом в обучении и в
работе с цифровыми данными, технологиями их применения в
гуманитарных (p. 414).
21.
Балашов, С. В., Вернер, И. В., & Бышевский, В. И. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ
МЕТОДИК ИНТЕРАКТИВНОГО ОБУЧЕНИЯ.
22.
Minakov, O. E. E., Andreev, A. A., & Ostroushko, A. P. (2017). The diabetic
foot syndrome. Journal of Experimental and Clinical Surgery, 10(2), 165-172.
23.
Bosiers, M., & Schneider, P. A. (Eds.). (2009). Critical limb ischemia.
Informa Healthcare.
24.
Svetukhin, A. M., Karlov, V. A., IuA, A., Matasov, V. M., & Blatun, L. A.
(1990). General principles of the treatment of suppurative wounds and
suppurative surgical diseases. Khirurgiia, (12), 79-84.
25.
Лысова, Д. П., & Лысова, М. П. (2015). Малые ампутации нижних
конечностей при синдроме диабетической стопы. In Бюллетень
медицинских интернет-конференций (Vol. 5, No. 5, p. 853). Общество с
ограниченной ответственностью «Наука и инновации».
26.
Остроушко, А. П., Глухов, А. А., Андреев, А. А., Маркин, Д. А., &
Лаптиѐва, А. Ю. Физико-химические основы инновационных методов и
технологий в лечении ран мягких тканей. ДАГЕСТАНСКОЙ
ГОСУДАРСТВЕННОЙ МЕДИЦИНСКОЙ АКАДЕМИИ, № 4 (41), 2021,
64.
27.
Maxsudovich, K. O. CLINICAL COURSE OF PURULENT SOFT TISSUE
DISEASES ON THE BACKGROUND OF DIABETES MELL ITUS AND
DIFFUSIVE TOXIC GOITER.
28.
Рахимов, А. Я., Сагдуллаева, Г. У., & Вахидов, У. Г. (2019).
МИКРОБИОЛОГИЧЕСКИЕ И МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ ВАРИАЦИИ
КУЛЬТИ ГОЛЕНИ У БОЛЬНЫХ САХАРНЫМ ДИАБЕТОМ ПРИ
КРИТИЧЕСКОЙ ИШЕМИИ НИЖНЕЙ КОНЕЧНОСТИ. Новый день в
медицине, (2), 41-46.
29.
Rakhimov, A. Y., Mhsudovich, Q. O., Ulyanovna, S. G., Safoyev, B. B.,
Zaripovich, L. O., & Rakhimov, A. Y. (2019). Transcutaneous oximetry as
the choice of the research for determination of level of amputation of the crus
at critical ishemiya of the lower extremities at patients with the diabetes
DECEMBER
2022
ISSN: 2181-3558
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
mellitus. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 8(12), 120-
125.
30.
Mitish, V. A., Safoev, B. B., & Rakhimov, A. Y. (2019). REAMPUTATION
THE CULT OF THE CRUS IN PATIENTS WITH DIABETES MELLITUS
IN CRITICAL ISCHEMIA OF THE LOWER EXTREMITIES. Central Asian
Journal of Pediatrics, 2(1), 230-234.
31.
Митиш, В. А., Сафоев, Б. Б., & Рахимов, А. Я. РЕАМПУТАЦИЯ
КУЛЬТИ ГОЛЕНИ У БОЛЬНЫХ САХАРНЫМ ДИАБЕТОМ ПРИ
КРИТИЧЕСКОЙ ИШЕМИИ НИЖНИХ КОНЕЧНОСТЕЙ.