Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)
«Психологические особенности развития современной
личности в годы устойчивого социально-
экономического развития общества»
“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий
ривожланиш йилларида замонавий шахс
ривожланишининг психологик хусусиятлари”
Материалы международной конференции.
Ташкент. 24 ноября 2021г
456
Халқаро анжуман тўплами.
Тошкент 24 ноябрь 2021й.
TALABALARDA INNOVATSION TAFAKKUR RIVOJLANISHIGA TA`SIR
KO'RSATUVCHI IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLAR
A.A. Mamadiyev
Nizomiy nomidagi TDPU magistranti
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются мыслительные операции в
формировании личности, социально-психологические факторы в ее
формировании, инновационная деятельность и ее значение в жизни человека.
ABSTRACT
in this article, thoughts are expressed about the socio-psychological factors in
the formation of thinking operations in the formation of a person, innovative
concession and its importance in the life of a person.
O‟zbekiston Respumlikasida mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub
islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning o‟zbek modeli, kadrlar
tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta‟lim sohasiga alohida e‟tibor qaratilib, kelajak
avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak
darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta‟lim jarayoniga
ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‟z ta‟sirini ko‟rsatayotganligi
barchamizga ma‟lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy
qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va
murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o‟z faoliyatlarida
kafolatlangan natijalarni qo‟lga kiritishga urinmoqdalar.
XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan
olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda
rivojlanayotgani, jumladan, ta‟lim sohasida ham axborot texnologiyalaridan keng
foydalanish an‟anaviy o‟qitish usullaridan ko‟ra samarali va yuqori natijalarga olib
kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‟zda tutilganidek, pedagogik va
axborot texnologoyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida
ta‟lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta‟minlash rivojlanib bormoqda.
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)
«Психологические особенности развития современной
личности в годы устойчивого социально-
экономического развития общества»
“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий
ривожланиш йилларида замонавий шахс
ривожланишининг психологик хусусиятлари”
Материалы международной конференции.
Ташкент. 24 ноября 2021г
457
Халқаро анжуман тўплами.
Тошкент 24 ноябрь 2021й.
Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta‟lim jarayoniga joriy etish,
ta‟lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga
aylandi.
Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta‟lim to‟g‟risdagi” Qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dastiri”da Respublika ta‟lim xodimlari zimmasiga o‟ta ma‟suliyatli
vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang‟ich sinf
o‟quvchilarini o‟qishiga yangicha yondashish, o‟qituvchilarni o‟z kasbiga va
tarbiyalanuvchilarga o‟ta ma‟suliyatli munosabatda bo‟lishni taqozo etadi. Bu dastur
yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy
hamda ijtimoiy hayotda to„g„ri yo„l topa olish mahoratiga ega bo„lgan, istiqbol
vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish,
shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatga, turmushga moslashgan, ta‟lim
va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o„zlashtirish
uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi
sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o„z javobgarligini his etadigan
fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g„oyani ilgari suradi.
Mamlakatning ertangi kuni esa dunyoqarashi keng maktab bolalari va
zamonaviy, salohiyatli o‟qituvchi-murabbiylarga ko‟p jihatdan bog‟liqdir.
O„quv-tarbiya ishlari jarayonida o„quvchilarni ijodiy fikrlashga, o„zgaruvchan
vaziyatlarga o„rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning
amaliy mashg„ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari,
elektrondarsliklar, versiyalar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa
o‟quvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o„quv faoliyatini tahlil qilish,
itsiqbolda kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish ularning ichki
ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.
Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o„zini turli xil faoliyatlarni
bajarish va bu ob‟ektlarga ta‟sir ko„rsatgan holda ma‟lum bir ijtimoiy va shaxsiy
ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o„rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar
ixtiyorsiz diqqat va ko„rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir
ob‟ektlar va ularning bevosita o„rganiladigan xossalari haqida ma‟lumot beradilar.
Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni
ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks
ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog„liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni
vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan
iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o„tish
sodir bo„ladi.
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)
«Психологические особенности развития современной
личности в годы устойчивого социально-
экономического развития общества»
“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий
ривожланиш йилларида замонавий шахс
ривожланишининг психологик хусусиятлари”
Материалы международной конференции.
Ташкент. 24 ноября 2021г
458
Халқаро анжуман тўплами.
Тошкент 24 ноябрь 2021й.
Tafakkurning o„ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida
yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog„liqligidan iborat. Tafakkur
muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo„lgan savolga javobdan boshlanadi.
Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g„oyalar harakati. Uning
natijasi obraz emas, balki ma‟lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo„nalishli-
tadqiqiy, qayta o„zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo„lgan harakatlar va muolajalar
tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo„lgan nazariy va amaliy faoliyat.
Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi
sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini
beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo„llash sohasi bo„lgan amaliyot tafakkur
faoliyatining manbai bo„lib xizmat qiladi.
Insonlar fikrlash faoliyatidagi individual tafovutlar tafakkurning sinchkovlik,
tafakkur kengligi, chuqurligi va mustaqilligi, fikrning eguluvchanligi, aqlning
sertashabbusligi va tanqidiyligi, mantiqiylik, isbotlanganlik va ijodkorlik kabi
sifatlarida ifodalanishi mumkin.
Innovatsion tafakkur atamasi odatda insonlar tomonidan qabul qilinadigan
qarorlar doirasidagi vazifalarni bajaradigan hamda uning yordamida boshqariladigan
tizimlar, zamonaviy tahlillar va katta maʼlumotlarga ega dasturlarni oʼz ichiga oladi.
Innovatsion tafakkur tizimlari ushbu bilimlar zaxirasidan kognitiv funktsiyalarga
yaqin qarorlar qabul qilish va chora-tadbirlar belgilashda, shu jumladan sohalarni
oʼrganish va muammolarni hal qilishda foydalaniladi.
Bugungi kunda jahon amaliyotida Kanada, Singapur, Birlashgan Аrab
Аmirliklari, Finlyandiya, Yaponiya, Xitoy, Italiya, Tunis, Buyuk Britaniya, АQSh,
Shvetsiya, Meksika, Yevropa Ittifoqi, Keniya, Daniya, Frantsiya, Аvstraliya, Koreya
Respublikasi, Hindiston va Germaniya kabi davlatlar innovatsion intellektni
rivojlantirish strategiyalarini eʼlon qilgan.
Innovatsion tafakkur tizimlarini ayniqsa taʼlim tizimiga joriy etilishi
mamlakatda inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladi. Jumladan, Rossiya
Federatsiyasi 2021-yildan 2024-yilga qadar „Innovatsion tafakkur‟ modullaridan
foydalanishni maktablarda oʼrgatish vazifasi belgilangan boʼlsa, Xitoy maktablarida
2018-yilda sinov tariqasida innovatsion tafakkurga asoslangan darslar tashkil etilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim tizimiga ham dastlabki innovatsion tafakkur
tizimlari innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan Fargʼona shahridagi
maktablarda joriy etilgan „Аqlli maktab‟ dasturi orqali kirib kelganligi barchamiz
uchun quvonarli holatdir.
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)
«Психологические особенности развития современной
личности в годы устойчивого социально-
экономического развития общества»
“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий
ривожланиш йилларида замонавий шахс
ривожланишининг психологик хусусиятлари”
Материалы международной конференции.
Ташкент. 24 ноября 2021г
459
Халқаро анжуман тўплами.
Тошкент 24 ноябрь 2021й.
Taʼkidlash lozimki innovatsion tafakkur tizimlari asosida ishlab chiqilgan
“Аqlli maktab” dasturining taʼlim tizimiga joriy etilishi bir qancha afzalliklarni
beradi:
Bilim sifatini avtomatik tarzda baholash. Аnʼanaviy shakldagi (qogʼoz
shaklida) jurnallarga baholarni kiritish va ularni tahlil qilish sezilarli darajada koʼp
vaqtni oladi. Vaholanki, ushbu vaqtlardan oʼqituvchilar oʼquvchilar bilan
mashgʼulotlarga tayyorgarlik koʼrish hamda professional rivojlanishlari ustida
ishlashlari mumkin. Innovatsion tafakkur garchi insonlar tomonidan baholashning
oʼrnini toʼliq bosa olmasa-da, sifat jihatidan unga yaqinroq boʼla oladi.
Innovatsion tafakkur tizimlariga asoslangan “Аqlli maktab” dasturiy taʼminoti
ham maktablarda oʼqituvchilarning vaqtlarini tejash; qisqa fursatda oʼquvchilar,
fanlar, mavzular, sinflar kesimida taʼlimdagi boʼshliqlarni aniqlash; oʼquvchilarning
aqliy va jismoniy rivojlanishlarini tahlil qilib borish va boshqa bir qancha
imkoniyatlarni yaratib bermoqda.
Dasturning tahliliy maʼlumotlarga asosan aniqlangan kamchiliklari oʼz vaqtida
bartaraf etib borilsa, bu maktablarning taʼlim sifatini yangi bosqichga koʼtarilishiga
xizmat qiladi.
Unutilgan maʼlumotlarni yodga soladi. Inson xotirasi mukammal emas va
dastur oʼqituvchilar, ota-onalarga oʼquvchilarning taʼlimiga oid maʼlumotlarni eslatib
turadi va hatto darslarda faol ishtirok etmayotgan, oʼzlashtirishi pasaygan holatlar
boʼyicha alohida ogohlantirishlar beradi.
Oʼquvchilarning xulq-atvorini kuzatib borish. Mazkur tahlil oʼquvchilarning
maʼnaviy, ruhiy, axloqiy jarayonlarini ham bilimlarni oʼzlashtirishi bilan bir vaqtda
kuzatib borish imkonini beradi. Buning natijasida dastur oʼquvchilarni nafaqat aqlan
va jismonan, balki maʼnaviy kamolotini ham shakllanib borishiga oʼz hissasini
qoʼshadi.
Har bir oʼquvchining taʼlimiga individual tarzda eʼtibor. Taʼkidlash lozimki,
bugungi kundagi anʼanaviy taʼlim uslubi orqali taʼlimga barcha oʼquvchilarni
oʼzlashtirish ahvolini toʼliq qamrab olishning imkoni yoʼq. “Аqqli maktab” dasturi
aynan oʼquvchilarning oʼzlashtirishi jarayonida hosil boʼlgan boʼshliqlarni,
oʼzlashtirishida mavzular kesimida uzilishlarni, oʼzlashtirish darajasi past oʼquvchilar
va fanlardan qobiliyatli oʼquvchilarni grafik va boshqa koʼrinishlarda chiqarib berishi
orqali aynan qaysi oʼquvchi bilan va qaysi mavzular boʼyicha individual tarzda
shugʼullanish lozimligini aniqlab beradi.
Bundan tashqari, innovatsion tafakkurning taʼlimga aralashuvi oʼqituvchilarni
ham oʼzgarishga majbur qiladi. Jumladan, oʼqituvchilarning “Аqlli maktab” dasturi
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)
«Психологические особенности развития современной
личности в годы устойчивого социально-
экономического развития общества»
“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий
ривожланиш йилларида замонавий шахс
ривожланишининг психологик хусусиятлари”
Материалы международной конференции.
Ташкент. 24 ноября 2021г
460
Халқаро анжуман тўплами.
Тошкент 24 ноябрь 2021й.
bilan hamkorligi natijasida maktablarda oʼquvchilarni tezkor, samarali va yaxshiroq
oʼqitishga koʼmaklashadi. Bu oʼqituvchilarning oʼz ustilarida ishlashlariga va taʼlim
berish sifatini oshirishlariga olib keladi.
REFERENCES
1.
Андреева Г.М. Актуальные проблемы социальной психологии. М. , 1998 -
112 б.
2.
Андреева Г.М. Социальная психология. Учебник – М., 1999.
3.
Каримова В.М. Ижтимоий психология асослари. - Тошкент, - 1994.- 96 б.
4.
Каримова В.М. Ижтимоий психология ва ижтимоий амалиѐт. Тошкент, -
1999.-
5.
ALIMOVA, G.
(2020).
KICHIK
MAKTAB
YOSHIDA
O‟QUVCHI
SHAXSINING
PSIXOLOGIKPEDAGOGIK
RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI.
Pedagogik mahorat
, 103-107.
6.
Alimova, G., & Alimova, A. (2020). SOCIO-ECONOMIC CONDITIONS FOR
EFFECTIVE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY.
ІМПЕРАТИВ СОЦІАЛЬНОГО
ПАРТНЕРСТВА
В
ОСВІТНЬО-НАУКОВОМУ
ПРОСТОРІ:
ЄВРОІНТЕГРАЦІЙНІ ТА РЕГІОНАЛЬНІ ВИКЛИКИ СЬОГОДЕННЯ
, 246-250.
7.
Jalilova, S. X. (2020). SHAXS ISTE‟MOLCHILIK XULQINING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI.
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY
AXBOROTLARI ILMIY-NAZARIY JURNALI
, 240-244.
8.
Taskarayevna, N. Z. (2020). Maktabgacha yosh davridagi bolalarda milliy
xususiyatlarni shakllantirish yo‟llari.
Oriental Art and Culture
, (II), 79-85.
9.
Nishanova, Z. T. (2020). Ommaviy axborot vositalari xodimlarining shaxs milliy
tarbiyasi oldidagi vazifalari.
Science and Education
,
1
(2), 358-363.
10.
Нишанова, Х. В. (2019). Развитие интеллектуальных способностей у
студентов вузов.
Наука и образование сегодня
, (6-2 (41)), 58-59.
11.
Нишанова, З. Т., & Худоѐрова, М. (2017). ПРЕДОСТАВЛЕНИЕ
НАДЛЕЖАЩЕЙ ИНДИВИДУАЛИЗИРОВАННОЙ ПОДДЕРЖКИ ДЕТЯМ С
ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ. In
Сборники конференций НИЦ
Социосфера
(No. 26, pp. 60-62). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.
12.
Нишанова, З. Т., & Парпиева, Ш. А. (2015). Имконияти чекланган
ўқувчиларни
касб-ҳунарга
йўналтиришнинг
психологик
жиҳатлари.
Современное образование (Узбекистан)
, (12), 69-73.
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)
«Психологические особенности развития современной
личности в годы устойчивого социально-
экономического развития общества»
“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий
ривожланиш йилларида замонавий шахс
ривожланишининг психологик хусусиятлари”
Материалы международной конференции.
Ташкент. 24 ноября 2021г
461
Халқаро анжуман тўплами.
Тошкент 24 ноябрь 2021й.
13.
Kh,
D.
S.
(2021).
PSYCHOLOGICAL
CHARACTERISTICS
OF
FORMATION OF IMPORTANT PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE
TEACHERS.
INFORMATION TECHNOLOGY IN INDUSTRY
,
9
(3), 910-917.
14.
Jalilova, S. X., & Mirzayeva, U. B. (2021). Psychological Characteristics of the
Formation of Professional Motives in Adolescents.
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
SOCIAL SCIENCES AND HISTORY
,
2
(10), 108-110.
15.
Xalikova, S. T. (2022). ТАЛАБАЛАРДА АҚЛИЙ ТАРАҚҚИЁТ ВА
ИНТЕЛЛЕКТ
МУАММОЛАРИНИ
ЎРГАНИШ.
ГЛОБАЛ
ДУНЁДА
ПСИХОЛОГИЯ ФАНИ: НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТ, ЧАҚИРУВЛАР ВА
ИСТИҚБОЛЛАР
, 86-88.
16.
Алимова, Г. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ДЕТСКО-
РОДИТЕЛЬСКИХ ОТНОШЕНИИ.
ЧЕЛОВЕЧЕСКИЙ ФАКТОР
, 43-48.
17.
ALIMOVA, G.,
&
ALIMOV, A.
(2021).
PSIXOLOG
SHAXSIDA
REFLEKSIV
MADANIYAT
RIVOJLANISHINING
PSIXOLOGIK
OMILLARI.
PEDAGOGIK MAHORAT
, 58-61.
18.
Қаршиева, Д. С., & Расулова, З. (2021). ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТДА
БОЛАЛАР
АГРЕССИВ
ХУЛҚ
АТВОРИНИ
БОШҚАРИШНИНГ
ПСИХОЛОГИК
МЕХАНИЗМЛАРИ.
Academic
research
in
educational
sciences
,
2
(4), 1723-1734.
19.
Qarshiyeva, D. S. (2021). PEDAGOGIK JARAYONDA STRESS VA
AGRESSIV
XULQ-ATVORNI
BOSHQARISH
PSIXOKORREKSIYASI.
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI ILMIY-NAZARIY JURNALI
, 115-123.
20.
Kharshieva, D.,
&
Atabaeva, N.
(2021).
STRESS
AND
ALTRUISM.
ВЕСТНИК ИНТЕГРАТИВНОЙ ПСИХОЛОГИИ
, 90-92.
21.
Қаршиева, Д. С.
(2020).
КАСБИЙ
СТРЕСС
ВА
УНИНГ
ДЕТЕРМИНАНТЛАРИ.
“PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL
, 59-63.
22.
Mukhsinov, S. N. (2021). Improvement to the means and methods of developing
special physical preparation of young handball players as well as controling the level
of preparation.
Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal
,
2021
(06),
143-152.
23.
ХОЛМУРОДОВ, Л. (2021). Мактабгача ѐшдаги болаларнинг жисмоний
сифатларини ривожлантириш.
Фан-Cпортга
, (1), 46-49.
24.
Abdurashidovich, S. S. Exercise programs which are devoted to preparing by
technical trainings for gymnastics, their attitudes to motor skills and rhythm-tempo-
structure.
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)
«Психологические особенности развития современной
личности в годы устойчивого социально-
экономического развития общества»
“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий
ривожланиш йилларида замонавий шахс
ривожланишининг психологик хусусиятлари”
Материалы международной конференции.
Ташкент. 24 ноября 2021г
462
Халқаро анжуман тўплами.
Тошкент 24 ноябрь 2021й.
25.
Халмухамедов, Р. Д., Махмудова, М. М., Рахматов, Б. Ш., Маъмурова, Л. К.,
& Эркинова, Н. М. (2021). Методика физической подготовки студенток высших
образовательных учреждений на основе использования комплексов «Узбек
жанг санъати».
Academic research in educational sciences
,
2
(Special Issue 1), 220-
227.
26.
Yarashev, K. D., & Rakhmatov, B. S. (2021). The effectiveness of the formation
during the experiment of the accuracy of the impact on the right and left foot when
exposed to the load on the rotational movement in taekwondo at the age of 15-16
years.
Eurasian Journal of Sport Science
,
1
(2), 124-130.
27.
Ishtayev, J. M., & Gapparov, Z. (2022). Development of explosive ability in
schoolchildren (on the example of 10-11 grades).
Eurasian Journal of Law, Finance
and Applied Sciences
,
2
(2), 56-59.
28.
Эштаев, С. А., Мусаев, Б. Б., Мусаева, А. Р., & Пахрудинова, Н. Ю. (2021).
Степень влияния вариантов чередование видов гимнастического многоборья на
организм юных гимнастов.
Фан-спортга
, 18-20.
29.
Сулейманов, М. А. Э. У. (2022). Методы и средства управления процессом
обучения гимнастическим упражнениям на кольцах.
CENTRAL ASIAN
JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES
,
3
(1), 28-36.
30.
Давурбаева, М. Ж.
(2020).
1-4
синф
ўқувчиларининг
жисмоний
тайѐргарлигини ривожлантиришда асосий гимнастика воситаларининг
самарадорлиги.
FAN va JAMIYAT
, 48-51.
31.
Эргашев, Б. Д., & Захритдинов, А. Т. (2020). Общие педагогические методы
физического воспитания.
Наука, образование и культура
, (1 (45)).