8
5.
Brassard, G., Høyer, P., Mosca, M. & Tapp, A. Quantum amplitude
amplification and estimation. in Quantum Computation and Information Vol. 305 of
AMS Contemporary Mathematics Series (eds Lomonaco, S. J. & Brandt, H. E.), 53–
74 (2002).
6.
Schöning, U. in Proceedings of 40th Annual Symposium on Foundations of
Computer Science, 410–414 (Washington DC, USA, 1999).
7.
Shor PW. Algorithms for quantum computation: Discrete logarithms and
factoring. Proceedings of the 35th Annual Symposium on Foundations of Computer
Science; 1994. pp. 124–134
MASHG‘ULOTLAR SIFATINI OSHIRISHDA SIMULYATORLARNING
O‘RNI
p.f.f.d. (PhD)
Ramonova Sadoqat Komilovna
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektron
sxemalarni tahlil qilish, hamda ularni zamonaviy kompyuter usullari, hususan
Electronics Workbench Multisim dasturi yordamida modellash imkoniyatlari
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
sxema, elektron sxema, Electronics Workbench Multisim,
simulyator, signal, integral sxema.
Bugun mamlakatimizda innovatsion rivojlanish sohasiga oid ilmiy-tadqiqot va
tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga
oshirilmoqda Ilm-fan yutuqlarini raqamlashtirish va yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb
qilishga qaratilgan islohotlar samara beryapti. Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng
qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy
innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal
rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Shu boisdan mamlakatimizda innovatsion
rivojlanish sohasidagi qator dasturlar, chora-tadbirlar tizimli va izchil amalga
oshirilayotir.
Yoshlarimiz
mashg‘ulotlar davomida zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, yuqori ilmiy natijalarga ega bo‘lgan laboratoriyalar, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish yuqoridagi ishlarni amalga
oshirishning bosh poydevori bo‘lib hisoblanadi. Chunki yuqori malakali ilmiy va
muhandis kadrlar tayyorlash, ularni ilmiy faoliyatga yo‘naltirishni yangi bosqichga
ko‘tarish hozirgi paytda hayotiy zaruratdir. So‘zimizning isboti sifatida davlatimiz
rahbari Sh. Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil
etilganligining 30 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigidagi “harbiy ta’lim
va ilm-fan tizimida boshlangan islohotlarni izchil amalga oshirish, soha uchun kadrlar
tayyorlashda nazariya va amaliyotni imkon qadar yaqinlashtirishga alohida e’tibor
qaratish lozim........” jumlalarini keltirib o‘tish joizdir.
9
Barchamizga ma’lumki, harbiy sohada etuk professional qo‘mondon hamda
muhandislarni tayyorlashda elektrotexnika va elektronika fanining o‘rni beqiyosdir.
SHiddat bilan o‘sib borayotgan, kundan kunga yangilanayotgan bir davrda harbiy
texnika hamda qurol-aslahalar, ularning ichki tuzilishlari, ishlash mexanizmlarini
o‘rganishda mazkur fan muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, oliy harbiy ta’lim
muassasalarida elektrotexnika va elektronika asoslari fanida to‘garak mashg‘ulotlarini
olib borishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish
maqsadga muvofiqdir. Shu bois, to‘garak mashg‘ulotlarida elektron sxema
simulyatorlaridan foydalanishni yorib bermoqchimiz.
Elektron sxema simulyatorlari – qurilma yoki sxemalarni modellashtirish,
o‘rganish, tahlil qilish, loyihalashtirish, yaratish va signallar ko‘rsatkichlarini o‘lchash
uchun mo‘ljallangan ma’lum bir dasturiy ta’minot.
Elektron sxema simulyatorlarida qurilma yoki sxemalarni ishlash prinsipini
modellashtirish uchun matematik modellardan foydalaniladi.
Sxemalarni ishlash jarayonini ularni yaratishga qadar simulyasiyalash ishlab
chiqish samaradorligini bir qancha oshiradi va moddiy jihatdan tejaydi.
Masalan, integral sxemalar uchun fotoshablonlarni yasash qimmatga tushadi,
maketli platalarni amalda qo‘llash va ichki signallarini ko‘rish juda qiyin hisoblanadi.
Shuning uchun barcha integral sxemalarni yaratishda simulyasiyadan foydalaniladi.
Multisim simulyatori analogli va raqamli elektronikani o‘rganishda yordam
beruvchi dasturiy ta’minot hisoblanadi. Ushbu simulyator izlanuvchilar va
loyihalashtiruvchilarga platalarni ishlab chiqarishning davrlar sonini qisqartirishga v
ularni yaratishda tejamkorlikni ta’minashda yordam beradi.
Multisim simulyatori modellashtirish usullarini yuksaltirish va laboratoriya
ishlarini bajarishda o‘qituvchilarga qulay imkon yaratadi.
1-rasm. Electronics Workbench Multisim dasturida yarimo‘tkazgichlar simulyatori
10
Bundan tashqari Multisim simulyatori – bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan
tekshirilgan 55 000 dan ortiq bo‘lgan qurilmalarni modellashtirish uchun mo‘ljallangan
kompleks muhit bo‘lib, pechatli platalarni kompanovka qilish imkonini yaratadi.
Multisim dasturi dastlab Electronics Workbench firmasi tomonidan ishlab
chiqilgan bo‘lib, dastur juda oddiy grafik interfeysdan iborat edi.
Hozirgi kunda Electronics Workbench National Instruments Corporation firmasi
tarkibiga kiradi va bu firma ushbu dasturni mukammalashtirilgan variantlarini taklif
etadi.
Multisim dasturining asosiy xususiyati shundaki, o‘lchash asboblarining
analogini immitatsiya qiluvchi virtual o‘lchash asboblarini mavjudligidadir.
Multisim 14.0, Ultiboard 14.0 hozirgi kunda keng foydalaniladigan va SPICE-
modellashtirishda elektr sxemalarini tahlil etish, pechat platalarini loyihalash testlash
imkonini beradigan dasturlash versiyalari hisoblanadi.
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, axborot muhiti sharoitida amaliy
mashg‘ulotlarni bajarishda elektron dasturlarni keng qo‘llanilishi kursantlarda
AKTdan foydalanish kompetentligini shakllantirishga, pedagog va kursant o‘rtasidagi
hamkorlik tamoyili o‘qitishning didaktik maqsadlari (axborot ta’limiy– kompyuter
savodxonligi, elektron dasturlarni o‘rganish; rivojlantiruvchi - elektron dasturlardan
foydalana olish, natijalarni olish va ularni qayta ishlash) ni samarali amalga oshishida
hizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sh. Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil
etilganligining 30 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi.
2. Пазилова Ш.А. Методы преподавания электротехники и электроники в
академии вооруженных сил республики Узбекистан// Вестник науки и
образования.– Москва , 2019. - № 15(69).– С.75-77.
3. A.A.Tulyaganov., S.S.Parsiev., V.A.Tulyaganova., U.M.Abdullayev. Elektr
zanjirlar nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: Aloqachi, 2018. –144 bet.
DEFINITION OF TECHNIQUES FOR EMOTIONAL STATE ASSESSMENT
Kurbanov Abdurahmon Alishboyevich
Jizzakh branch of National University of Uzbekistan
Annotation:
This article aims to provide algorithmic insights into the evaluation
of human emotions, highlighting the progress that has been made and the challenges
that still exist. By utilizing machine learning algorithms and sentiment analysis,
researchers have been able to uncover valuable information about the emotions that
robots can express and how they impact consumers. This cross-disciplinary study paves
the way for next-level social, design, and creative experiences in artificial intelligence
research, particularly in the realms of consumer service and experience contexts.
Key words:
Emotional Contagion, Machine Learning Algorithms, Sentiment
Analysis, Facial Recognition, computer science, design.