Деятельность системы общественного питания в Узбекистане в годы советской власти: планы и проблемы

CC BY f
463-466
0
0
Поделиться
Насиров, Б. (2023). Деятельность системы общественного питания в Узбекистане в годы советской власти: планы и проблемы. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 463–466. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25798
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada muallif tomonidan O‘zbekistonda sovet davrida umumiy ovqatlanish tizimi faoliyati, tizimdagi o‘zgarishlar, sovet hukumati davrida umumiy ovqatlanish tizimning faoliyatida kadrlar tayyorlash, moddiy-texnik ta’minot va sanitariya holati kabi qator muammolarning aholi kundalik hayotida aks etgani arxiv hujjatlari va ilmiy adabiyotlar asosida tahlil etilgan. 

Похожие статьи


background image

463

boshlanadigan yerlar esa Eron deb atalganligini ko`ramiz. YUnon mualliflarining
tarixiy asarlarida ham qadimgi turonliklar, shu jumladan, sak, massaget qabilalarining
bosqinchilik maqsadida qo`shin tortib kelgan Eron shohi Kirga qarshi olib borgan
mardonavor kurashi bayon qilingan lavhalar ko`p keltirilgan. Demak, o`z yurtining
ozodligi va hurligini hamma narsadan ustun qo`ygan sak va massaget qabilalarining
turmush tarzi, orzu-intilishlari, vatanparvar o`g`il-qizlarining mardligi tasvirlangan
epik asarlar ham qahramonlik eposi tarzida kuylangan bo`lishi ehtimoldan xoli emas.

Sak eposi o`zining mohiyati qahramonlik xarakteriga ega bo`lgan, degan ilmiy

farazni ilgari surgan o`zbek folklorshunoslari T.Mirzaev va B.Sarimsoqovlar “ana shu
qahramonlik xarakterining haqqoniyligini tasdiqlovchi bironta epos namunasi bizga
qadar yetib kelganmi?” degan savolga shunday javob berar ekanlar, “Ha, yetib kelgan.
Lekin eposga xos u relikt ham aynan epos shaklida emas, balki mazmunan yetib
kelgan”, deb yozadilar hamda o`zbek folklorida mavjud bo`lgan “Oysuluv” garchi
doston shaklida keyinroq yuzaga kelgan bo`lsa-da, biroq o`zining hayotiy-tarixiy
asoslari bilan To`maris afsonasiga borib taqalishini” qayd etadilar.

Darhaqiqat, sak-massagetlar mifologiyasi va epik an’analarining izlari turkiy

xalqlar, shu jumladan, o`zbek folklorida ham ko`p uchraydi. “Go`ro`g`li” turkumiga
mansub o`zbek xalq dostonlarida qahramon o`zining qirq yigitlarida birortasini u yoki
bu yumush bilan safarga jo`natishdan avval ularga bir kosa may tutadi. SHunda yigitlar
orasidan chiqqan eng botir va jasuri ana shu kosani olib ichadi va safarga jo`naydi. Bu
o`rinda may to`la kosa qahramon tushida yoki ovga borganida ko`rib, oshiq bo`lib
qolgan parini olib kelishga qodir bo`lgan bahodirni aiqlashnig timsoliy vositasi
vazifasini bajaradi. Bu motiving tarixiy asoslari esa bevosita qadimgi sak-massaget
eposiga borib taqaladi.

Gerodotning yozishicha, skiflarda muqaddas qadah bo`lib, unda bir yil davomida

jangda dushmanlarni mahf etgan kishigina may ichish huquqiga ega bo`lgan.
Xulosa qilib aytganda, o`zbek folklori epik syujetlarining arxaik qatlamini qadimda
Tog`li Oltoydan Kavkazortigacha bo`lgan ulkan hududda, shu jumladan,
mamlakatimizning Zarafshon vohasi, hozirgi Toshkent viloyati hamda Farg`ona
vodiysida istiqomat qilgan sak va massaget qabilalari eposi tashkil etadi. Jo`g`rofiy
jihatdan bunday ulkan hududda yashagan sak-massaget qabilalari nomoddiy
madaniyatining umumiy jihati ularning rivojlangan mifologik tasavvurlar tizimi, fanda
“hayvon uslubi” deb nom olgan mifopoetik tasviriy san’at usulini yaratganligi hamda
qahramonlik, mardlik va jasoratni kuylovchi yirik epik asarlarni o`z ichiga olgan
eposlar silsiga ega bo`lganligi bilan belgilanadi.

SOVET HUKUMATI YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA UMUMIY

OVQATLANISH TIZIMI FAOLIYATI: REJALAR VA MUAMMOLAR

t.f.f.d.(PhD), dots. Nasirov Bunyod Uralovich

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Annotatsiya:

maqolada muallif tomonidan O‘zbekistonda sovet davrida

umumiy ovqatlanish tizimi faoliyati, tizimdagi o‘zgarishlar, sovet hukumati davrida


background image

464

umumiy ovqatlanish tizimning faoliyatida kadrlar tayyorlash, moddiy-texnik ta’minot
va sanitariya holati kabi qator muammolarning aholi kundalik hayotida aks etgani
arxiv hujjatlari va ilmiy adabiyotlar asosida tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar:

sovet hokimiyati, umumiy oqatlanish, o‘rindiq, aholi, ittifoq.

Bugungi kunda ham aholi ko‘p tashrif buyuradigan choyxonalar qadimda

rabotlar, bozor, guzarlar va mahallalardagi xushmanzara joylarga qurilgan, ularda
choy-nondan tashqari turli qand-qurs, meva qoqilar sotilgan, taomlar ham
tayyorlangan. Choyxonalarlar musofirlar, yo‘lovchilar tunab qoladigan joy vazifasini
ham bajargan [1]. XIX asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib
olganidan keyin “Rivera”, “Parij”, “Shimol” (Samarqand), “Regina”, “Buffa”,
“Anona” (Toshkent) kabi restoranlarda faqat yuqori tabaqa vakillariga xizmat
ko‘rsatilgan [2].

Keyinchalik sovet hokimiyati o‘z g‘oyalarini aholiga singdirishda ular uchun

uzoq davrdan buyon an’anaviy bo‘lgan choyxonalardan ustalik bilan foydalanishga
harakat qilgan. Ularda turli mavzularda ma’ruzalar o‘tkazish, gazeta va jurnallarni
o‘qish ishlari keng ko‘lamda olib borilgan[3].

Kompartiyaning 1919 yilgi VIII s’ezdi programmasida kichik hunarmandlar

sanoatini kelgusida yirik sotsialistik sanoatga aylantirish rejalashtirildi[4].
Mehnatkashlarning uy-joyini, turmush tarzini yaxshilash shunchalik muhim masala
ediki, u orqali ayollarni turmush muammolaridan ozod qilish nazarda tutilgan edi.
Ushbu maqsadda, kommunal-uy joylar, umumiy ovqatlanish oshxonalari, markaziy kir
yuvish xonalari, bolalar bog‘chalari va shu kabilarni tashkil etish orqali ayollarning
kundalik maishiy ro‘zg‘or muammolaridan halos etish belgilandi[5].

1923-1924 yillarda mehmonxonalarda oshxonalar, dam olish joylari va

bozorlarda qizil choyxonalar va kabobxonalar ochilgan[6].

XX asrning 30-yillardan boshlab, sovet davlatida ayollarni yangi sovet davlatini

barpo etishga ishlariga jalb qilish maqsadida, ularni oshxona ishidan ozod qilish
masalasiga e’tibor qaratildi. Bu borada turli targ‘ibot materiallaridan keng
foydalanildi[7].

1930-yillar oxirlaridan boshlab bir qaraganda ovqatlanish tizimi yildan-yilga

rivojlangandek ko‘rinadi. Masalan, Toshkent shahrida oshxona va restoranlar soni
1924 yil 32 ta, 1938 yil 47 ta, 1939 yil-51, 1940-103 tani tashkil qilgan.
Tamaddixonalar soni 1938-yilda-103, 1939 y.-181, 1940 y.-302 donadan iborat
bo‘lgan[8].

O‘zbekistonda 1940 yilda 10.000 nafar aholiga 4 ta ovqatlanish muassasalari

to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Gruziyada 5 tani, Ozarbayjonda -7, Latviyada-5,
Estoniyada-5 taga to‘g‘ri kelgan[9].

1970 yillar O‘zbekistonda davlat va kooperativ savdosining chakana savdo

aylanmasi (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 1960 yilga nisbatan 4 marotabaga
oshdi (sovet davlatida yaxlit hisobda 3 marotaba), umumiy ovqatlanish tizimni o‘zi 2
marotabadan ortiqqa o‘sdi (sovet davlatida -1,9 marotaba), umumiy ovqatlanish
korxonalari deyarli 2 barobarga (sovet davlatida -1,6 marotaba) oshdi. Shu o‘rinda
ta’kidlab o‘tish lozim, aholini umumiy ovqatlanish korxonalari bilan ta’minlanganligi
o‘rganib chiqilganda, o‘sha davrda umumiy ovqatlanish korxonalarida 1000 nafar


background image

465

aholiga sovet davlatida -34 ta o‘rin to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Ukrainada -
34,5 tani, O‘zbekistonda esa-27 ta o‘ringa to‘g‘ri kelgan[10].

O‘sha davrda O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish tizimida moddiy-texnik baza

juda yetishmas edi. Ko‘p yillar mobaynida respublikadagi maktablarni oshxonalar
bilan ta’minlanishi sovet mamlakati bo‘yicha juda orqada bo‘lib, hattoki belgilangan
me’yordan 2 barobar past edi. Chunonchi, respublikadagi 558 ta maktabda ovqatlanish
xonasi yo‘q edi, oshxonalari mavjud bo‘lgan barcha maktablardan yarimdan
ko‘prog‘ida oshxonalar va bufetlar faoliyati uchun nomutanosib binolarda joylashgan.
Bundan tashqari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurti, kasbiy texnikumlar talabalarini
ovqatlanish tizimi bilan ta’minlashda 30 ming atrofida o‘rinli oshxonalar
yetishmagan[11].

Sovet hukumati yillarida aholi turar joylarida umumiy ovqatlanish

muassasalarini barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha
bir muncha ishlar amalga oshirilgan. Biroq, yillar mobaynida ko‘plab yirik tashkilotlar,
o‘quv yurtlari va qishloq hududlarida umumiy ovqatlanish muassasalarini barpo etish,
rivojlantirish hamda mavjud muammolarini hal etishga yetarli e’tibor qaratilmagan.

1980-yillar so‘ngida O‘zbekiston SSRda umumiy ovqatlanish tizimida moddiy-

texnik baza juda yetishmagan. Ko‘p yillar mobaynida respublikadagi maktablarni
oshxonalar bilan ta’minlanishi sovet mamlakati bo‘yicha juda orqada bo‘lib, hattoki
belgilangan me’yordan 2 barobar past edi. Chunonchi, respublikadagi 558 ta maktabda
ovqatlanish xonasi yo‘q edi, oshxonalari mavjud bo‘lgan barcha maktablardan
yarimdan ko‘prog‘ida oshxonalar va bufetlar faoliyati uchun nomutanosib binolarda
joylashgan. Bundan tashqari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurti, kasbiy texnikumlar
talabalarini ovqatlanish tizimi bilan ta’minlashda 30 ming atrofida o‘rinli oshxonalar
yetishmas edi. Shuningdek, 970 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalarida oshxona va
bufetlar hanuzga qadar tashkil etilmagandi. Respublikada 2 mingdan ziyod yarim
mahsulotlarni sotadigan magazinlar va tayyor massaliqlar bo‘limlari yetishmas
edi[12].

1980 yillarni ikkinchi yarmida respublikadagi ko‘plab umumiy ovqatlanish

muassasalari o‘z faoliyatlarida yangi xizmat ko‘rsatish turlarini yo‘lga qo‘ydilar.
Birgina Samarqand shahri misolida, 2 ta gril-bar, beterbrodxona, quymoqxona,
qandolatchilik-kafesi, 10 ta ponchik pishiruvchi avtomat (yog‘da ko‘pchib pishadigan
kulcha), qish mavsumiga mo‘ljallangan 3 ta muzqaymoq kafesi hamda Katta
qo‘rg‘onda 2 ta tayyor massaliqlar magazini tashkil etilgan[13].

1986 yilda Samarqand shahridagi oliy (18208 nafar talaba) va o‘rta-maxsus (7107

nafar o‘quvchi) o‘quv yurtlariga 3689 o‘rindiqli 44 umumiy ovqatlanish muassasalari
xizmat ko‘rsatgan. Ya’ni, o‘quv yurtlaridagi talaba va o‘quvchilari soni 25315 nafar
bo‘lgan ular uchun oshxonalardagi o‘rindiqlar miqdori 3689 tani tashkil etgan. Bu
ko‘rsatkichni Kooperativ institut misolida ko‘radigan bo‘lsak, talabalarning oshxona
xizmatidan foydalanganlik darajasi -50 foiz, Politexnika institutida -45 foiz, Tibbiyot
institutida -52 foiz, va Industrial texnikumda -60 foiz edi[14].

Xulosa tariqasida aytish mumkinki, kommunistik partiyaning “sotsialistik

turmush tarzi”ni targ‘ib etish g‘oyalari sifatida ayollarni uy ishlaridan ozod etish kabi,
shuningdek, umumiy ovqatlanish muassasalari tizimini kengaytirish va faoliyatini
yaxshilash, xonadonlarda aholining taom tayyorlashlarini cheklash, buning o‘rniga


background image

466

restoran hamda kafelarda ovqatlanishlarini yo‘lga qo‘yish uchun harakat yuz berdi.
O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish muassasalari tizimini kengaytirishga va ularning
faoliyati yaxshilashga, aholi uchun ma’lum bir qulayliklar yaratishga e’tibor qaratildi.
Biroq, bu boradagi ishlar Ittifoqning boshqa respublikalaridagi kabi juda keng
rivojlanmadi hamda aholi o‘rtasida tashrif buyurish odatga kirmadi. Bunga asosiy
sabablardan biri, aksariyat mahalliy aholi azaldan bo‘sh vaqtini oila davrasida
o‘tkazishni, nonushta, tushlik yoki kechki ovqatni ham o‘z oilasida tanovvul qilishni
odat qilganligi, ko‘pgina umumiy ovqatlanish muassasalarida taomlarning
tayyorlanishi, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilish holati va narxi aholining
talab-istaklariga to‘g‘ri kelmaganligi hamda aholining restoran, kafe hamda
oshxonalarda doimiy ovqatlanishlari uchun moliyaviy imkoniyat cheklanganligi edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 9-jild. – Toshkent: «O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. (Elektron shakli)

2. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 9-jild. – Toshkent: «O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. (Elektron shakli)

3. Бешимов Р. Победа културной революции в кишлаках Узбекистана

(1933-1941 года) По материалам Бухарской и Самаркандской областей. Дисс...
канд. ист. наук –Ташкент. 1963. – С. 180.

4. КПСС в резолюциях и решениях съездов, конференций и Пленумов ЦК,

ч.1, изд.7, 1953. С. 421-422.

5. Тургунов М. Рост материалного благосостояния колхозного крестянства

Узбекистана в восмой пятилетке. (1966-1970) Дисс... канд. эконом. наук.-
Ташкент., 1976. -Б.156 .

6. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 9-jild. – Toshkent: «O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. (Elektron shakli)

7. Чаус Н.В. Система общественного питания в СССР в плакатном

искусстве.//Современные проблемы сервиса и туризма. -2010. -№3. – С. 16-22.
(Электрон ресурс: tourlib.net/statti_tourism/chaus.htm)

8. Shodmonova S. O‘zbekiston shaharlaridan transformatsiya jarayonlari (1917-

1941 yillar). –Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2015. –B. 151.

9. Shodmonova S. Ko‘rsatilgan adabiyot. – B. 152.
10. Шадиев Р.Х. Сфера обслуживания и уровен жизни населения. -

Ташкент:Узбекистан. 1974. –Б.57.

11. O‘z MA, R.91- fond, 11-ro‘yxat, 2531-ish, 16-varaq.
12. O‘z MA, R.91- fond, 11-ro‘yxat, 2531-ish, 16-varaq.
13. SVDA, 26- fond, 1-ro‘yxat,5423-ish, 62-varaq.
14. SVDA, 26- fond, 1-ro‘yxat,5423-ish,146-152-varaqlar.





Библиографические ссылки

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 9-jild. – Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. (Elektron shakli)

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 9-jild. – Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. (Elektron shakli)

Бешимов Р. Победа културной революции в кишлаках Узбекистана (1933-1941 года) По материалам Бухарской и Самаркандской областей. Дисс... канд. ист. наук –Ташкент. 1963. – С. 180.

КПСС в резолюциях и решениях съездов, конференций и Пленумов ЦК, ч.1, изд.7, 1953. С. 421-422.

Тургунов М. Рост материалного благосостояния колхозного крестянства Узбекистана в восмой пятилетке. (1966-1970) Дисс... канд. эконом. наук.-Ташкент., 1976. -Б.156 .

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 9-jild. – Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. (Elektron shakli)

Чаус Н.В. Система общественного питания в СССР в плакатном искусстве.//Современные проблемы сервиса и туризма. -2010. -№3. – С. 16-22. (Электрон ресурс: tourlib.net/statti_tourism/chaus.htm)

Shodmonova S. O‘zbekiston shaharlaridan transformatsiya jarayonlari (1917-1941 yillar). –Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2015. –B. 151.

Shodmonova S. Ko‘rsatilgan adabiyot. – B. 152.

Шадиев Р.Х. Сфера обслуживания и уровен жизни населения. -Ташкент:Узбекистан. 1974. –Б.57.

O‘z MA, R.91- fond, 11-ro‘yxat, 2531-ish, 16-varaq.

O‘z MA, R.91- fond, 11-ro‘yxat, 2531-ish, 16-varaq.

SVDA, 26- fond, 1-ro‘yxat,5423-ish, 62-varaq.

SVDA, 26- fond, 1-ro‘yxat,5423-ish,146-152-varaqlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов