Ishsizlikni kamaytirish va yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari va istiqbollari

CC BY f
75-81
14
11
Поделиться
Бекназарова, К., & Эшанкулов, А. (2023). Ishsizlikni kamaytirish va yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari va istiqbollari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 75–81. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp75-81
Кизлархон Бекназарова, Stars international university

студент

Азамат Эшанкулов, Ташкентский государственный экономический университет

Научный руководитель: Ассистент кафедры бухгалтерского учета

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida mamlakatlardagi yoshlar, hududlardagi o‘zgaruvchan jarayonlar, iqtisodiy o‘sish va yoshlarning bandligini oshirishning ahamiyati hamda ushbu sohaning rivojlanishi tahlili va imkoniyatlari ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan.

Похожие статьи


background image

STARS International University

75

MUALLIF: BEKNAZAROVA
QIZLARXON YULCHIBAYEVNA,

Stars international university
talabasi

ILMIY RAHBAR: ESHONQULOV
AZAMAT ABDIRAXIMOVICH,

TDIU Buxgalteriya hisobi kafedrasi
assistenti

ISHSIZLIKNI
KAMAYTIRISH VA
YOSHLARNI ISH
BILAN TA’MINLASH
MUAMMOLARI VA
ISTIQBOLLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida mamlakatlarda-

gi yoshlar, hududlardagi o‘zgaruvchan jarayonlar, iqtisodiy o‘sish va yoshlarning bandligini
oshirishning ahamiyati hamda ushbu sohaning rivojlanishi tahlili va imkoniyatlari ilmiy ji-
hatdan ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

bandlik, imkoniyat, yoshlar, madaniyat, sport, iqtisod, kitobxonlik,buyuk

kelajak.

KIRISH

Yoshlar mamlakat va hududlardagi o‘zgaruvchi jarayonlar, iqtisodiy o‘sish va

ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy davomchilari hisoblanadi. Respublikamiz
Prezidenti bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellek-
tual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan yoshlargina sifatli, ja-
dal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi bo‘la olishi, aynan
ular mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlashi mumkinligi, shunga ko‘ra, O‘zbe-
kistonda kadrlar tayyorlash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi
etib belgilanganligi, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimi amalga oshirilayo-
tganligi bir necha bor ta’kidlangan. So‘nggi 5 yil davomida o‘quv yurtlarini 2 mil-
lion 500 ming nafardan ortiq yoshlar tamomlab, hozirgi vaqtda mamlakatimizda
barpo etilgan zamonaviy korxonalar va fermer xo‘jaliklarida mehnat qilayotgan
yurtdoshlarimizning saflarini to‘ldirmoqda. Bu jarayonlar hududlarda yoshlarning
ish bilan bandligini tartibga solishga ilmiy jihatdan zamonaviy yondashuvni talab
qiladi. Shu munosabat bilan ishchi kuchi bozorida yoshlarning ish bilan bandligi
muammosini eng avval hududlarda yoshlarning ish bilan bandligini tartibga so-
lish mexanizmini takomillashtirish yo‘li bilan hal qilish muhim ahamiyat kasb eta-

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp75-81


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

76

di. Hozirgi vaqtda yoshlarning ishchi kuchi bozori uchun xos bo‘lgan ziddiyatlar
yoshlarning mehnatga bo‘lgan talabi, imkoniyatlari va ularni ish bilan ta’minlash
o‘rtasidagi nomutanosibliklarning mavjudligi hisoblanadi. Shuni alohida qayd
etish muhimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomoni-
dan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus mazmuni va uni amaliyotga joriy etish
afzalliklari haqida tushunchalarni rivojlantirish, shuningdek, har bir tashabbus
bo‘yicha talaba-yoshlarning qiziqishlarini oshirish maqsadida joylarda bir qator
tadbirlar o‘tkazilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda 2017–2021-yillar uchun
Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohot-
lar natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, ayniqsa, sanoat, qishloq
xo‘jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat ko‘rsatish,
nodavlat ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida ishchi kuchiga bo‘lgan talab
izchil oshmoqda.

Mamlakat aholisining 18,9 mln. nafari yoki 54 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan

yoshlar va bolalar tashkil etadi. Yoshlarning 9,5 millioni erkak, 9,4 millioni esa
ayol jinsiga mansub.

Respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustah-

kamlash maqsadida 2017–2020-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjat-
lari qabul qilindi, 30 iyun “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iq-

tisodiy islohotlar natijasida taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam
qo‘yildi.

Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy

chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi si-
fatida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport ma-

salalari qo‘mitasi, Oliy Majlis Senati qoshida 100 nafar va Qonunchilik palatasi
qoshida 250 nafar faol va tashabbuskor yoshlardan iborat “Yoshlar parlament”-
lari, Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya tashkil qilindi.

“Mahallabay” o‘rganishlar orqali yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunar-

ga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, shuningdek, ular o‘rtasida madaniyat, san’at,
sport, axborot texnologiyalari va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yangicha
tizim asosida barcha tuman (shahar)larda “Yoshlar dasturlari”ni amalga oshirish
yo‘lga qo‘yildi.

Har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida ijtimoiy, huquqiy, psixologik

qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan
ishsiz yoshlar kiritiladigan “Yoshlar daftari” tizimi joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar aka-

demiyasi tuzildi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.

Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada

rivojlantirish maqsadida 2021-yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvat-
lash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berildi.

Respublikada yoshlar manfaatlarini himoya qiladigan 830 dan ortiq nodavlat

notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarga oid quyidagi “Besh-

ta muhim tashabbus” ilgari surildi:


background image

STARS International University

77

– Madaniyat.
– San’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.
– Yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllanti-

rish.

– Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish.
– Xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar.
Hududlarda 72 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilib, “Ma’ri-

fat karvoni” tadbirlari doirasida 3 milliondan ortiq kitoblar yoshlarga yetkazib
berildi hamda “Yosh kitobxon” tanlovi, “Bir million dasturchi” kabi o‘nlab yirik
loyihalar amalga oshirilmoqda. Yosh avlod tarbiyasida hal qiluvchi o‘rin tuta-
digan ta’lim tizimida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi to‘rt yil-
da mamlakatda oliy ta’lim muassasalari soni 50 foizga (43 ta yangi) oshirilib,
ularning soni 121 taga, yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qamrovi 9 foiz-
dan 25 foizga yetkazildi. 4 ta Prezident maktablari, 5 ta “Temurbeklar maktabi”
va 9 ta ijod maktablari barpo etilib, “Zamonaviy maktab” dasturi joriy etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga 2019-yilda o‘tkazil-
gan saylovlarda 9 nafar (6 foiz) yoshlar deputat etib saylangan bo‘lsa, mahalliy
kengashlar deputatlarining 10 foizini yoshlar tashkil etadi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining 22,9 foizi (106

ming 574 tasi) 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yakka tar-
tibdagi tadbirkorlarning 21,5 foizini (71 ming 467 tani) 30 yoshgacha bo‘lgan
yoshlar tashkil etadi. Shuningdek, mamlakatda 3,4 mingga yaqin yosh fermerlar,
7,8 mingga yaqin yosh hunarmandlar faoliyat yuritadi. Respublikada yoshlar va
ularning oilalari uchun davlat tomonidan turli shakldagi moddiy yordam va ijti-
moiy qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, o‘tgan
uch yilda respublikamizda 5 122 ta yosh oilalar uy-joy bilan ta’minlandi.

Yoshlar siyosati bo‘yicha xorij tajribasidan samarali foydalanish, o‘zaro tizimli

hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 13 ta xorijiy yoshlar tashkilotlari bilan ham-
korlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston 2018-yilda Shanxay Hamkorlik Tas-
hkiloti Yoshlar kengashiga, 2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Yoshlar
masalalari bo‘yicha kengashiga teng huquqli a’zo sifatida qabul qilindi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlanti-

rish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi
salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan yoshlarga oid davlat siyosatida erishilgan yu-

tuqlar va ijobiy natijalar bilan bir qatorda quyidagi muammolar mavjud:

1. Ta’limning barcha bosqichlarida ta’lim sifati talab darajasida emas.
O‘zbekistonning amaldagi ta’lim tizimi ma’lumotlarni yod olishga qaratilgan

bo‘lib, yoshlarning ijodiy va mantiqiy fikrlashi, tanqidiy tahlil qilishi, mustaqil fikr
yuritishi va yangiliklar yaratishini rivojlantirishga yo‘naltirilmagan. Natijada, yosh-
lar hayotda o‘zi mustaqil qaror chiqarishi, jamiyatdagi tezkor o‘zgarishlarga mos-
lashishi, o‘z o‘rnini topishi jarayonlari murakkab kechishi holatlari kuzatilmoqda.

2. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishlari tizimli tashkil etilmagan, oliy va o‘rta

maxsus ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlash mehnat bozori talablari asosi-
da amalga oshirilmayapti, ya’ni professional ta’lim ishlab chiqarish amaliyotidan
uzilib qolmoqda.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

78

Natijada, oliy ta’limni tamomlagan yoshlarning ko‘pchilik qismi mutaxassisligi

bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaydi, xususan, Yoshlar muammolarini
o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga ko‘ra, bitiruvchilar-
ning faqatgina 26,2 foizi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlab ketishiga to‘liq isho-
nishini bildirgan.

3. Yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash, ular

uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishda muammolar saqlanib qolmoqda.

Xususan, yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi 2020-yilning so‘nggi choragida

6,6 foizni (480 ming 261 nafar) tashkil etgan. Shu bilan birga, ta’lim muassasasini
tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar,
xotin-qizlar, ayniqsa, bola parvarishi bo‘yicha ta’tildan qaytgan ayollarning ishga
joylashishida sun’iy to‘siqlarga uchrash holatlari mavjud.

Ish bilan band aholi tarkibida norasmiy band kishilar ulushi (mehnat migrat-

siyasi) yuqoriligicha qolmoqda. Ish beruvchilar mehnat bozoriga chiqayotgan
yoshlarning kasbiy malaka darajasi yetarli emasligidan e’tiroz bildirmoqda.

Aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ish-

sizlar, ayniqsa, yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash, mehnat bozorini tartib-
ga solishning yangi ta’sirchan mexanizmlarini tatbiq etish, aholini tadbirkorlikka
va samarali bandlik shakllariga jalb etish, ishga joylashishga muhtoj shaxslarni
kasb-hunarga tayyorlash sifatini oshirish maqsadga muvofiqdir.

Ma’lumki, raqobatli bozor tizimida mehnat motivatsiyasining o‘zgarishi meh-

nat samarasining pasayishiga olib keladi, ya’ni bosh maqsad jadallikka emas, bal-
ki ishlab chiqarishdagi samaradorlikka qaratilib, har qanday yo‘l bilan foyda olish
maqsadi birinchi o‘rinda tura boshlaydi. Shu jihatdan ishchi kuchi bozorida sifatli
mutaxassislarga bo‘lgan talab yanada talabchanroq jarayonga aylanadi.

Yoshlar ishchi kuchi bozoridagi asosiy talablar ularning noan’anaviy fikrlash,

bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tez moslashuvchanlik, harakatchanlik, innovatsi-
on jarayonlarni tez o‘zlashtirish va kasbiy o‘sishga harakat qilish, har bir shaxs-
ning qobiliyati, yangi noan’anaviy qarorlar qabul qilishi, o‘z ishiga to‘la mas’uliyat
bilan yondoshishi bilan baholanadi.

Yoshlarning ish bilan bandligining asosiy xususiyatlariga yoshlarda mehnatga

nisbatan yangicha munosabatlarning shakllanayotganligi, yangicha qarashlarga
ko‘nikish va kelajakka qaratilgan yo‘nalishni shakllantirish hisoblanadi. Ushbu si-
fatlarga ega bo‘lish yoshlarda rivojlanish istiqbollarini belgilash va aniq qarorlar
qabul qilishga imkon yaratadi.

Ish beruvchilar va o‘quv muassasalar o‘rtasida an’anaviy aloqalarining sustligi,

ular o‘rtasidagi aniq maqsadli dastur va rejalarning mavjud emasligi, yosh mu-
taxassislarni maqsadli tayyorlash ko‘lamlarining cheklanganligi ham bu jarayon-
ga salbiy ta’sirini o‘tkazadi.

Raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasida yoshlarning ish bilan

bandligini ta’minlashda, birinchi navbatda, yosh mutaxassislarning kasbiy malaka-
lari, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay olish imkoniyatlari, o‘zgaruvchan sharo-
itlarga tez moslasha olish qobiliyatlari kabi muammolarni hal qilish hisobga olinadi.

• Bugungi raqobatli jarayonda o‘z sohasi bo‘yicha mustahkam bilimga ega

bo‘lgan, o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirgan, xorij tillari va axborot texnologi-
yalarni yaxshi o‘zlashtirgan yoshlarning ish topa olishlari kafolatlanadi.


background image

STARS International University

79

• Yana bir tomoni ish beruvchilar yoshlardan o‘ta yuqori kasbiy mahorat, za-

monaviy texnologiyalarni ishlata olish, ish mohiyatiga va sharoitlariga tez mos-
lasha olishni talab qilmoqda, ammo ayrim hollatlarda yoshlarda aynan ana shu
talablar mavjud emasligi namoyon bo‘lib qolmoqda.

• Yoshlarni ishga joylashtirish muammosining muhim hal qiluvchi tomoni ishchi

kuchi bozori xizmatlari va ta’lim bozori xizmatlari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlo-
vchi mexanizmlarning mavjud emasligidir.

• Yoshlar ishchi kuchi bozori quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: ayrim o‘smir

yoshlarda kasbiy qiziqishning shakllanmaganligi; o‘quv muassasalari bitiruvchila-
riga ish beruvchilarning maqsadli buyurtmalari tizimining mavjud emasligi; kas-
biy maqsadlarning o‘zgarganligi, yoshlarning zamonaviy ish beruvchilar talabla-
riga javob bera olmasligi; yoshlar orasida ishga da’vogarlik jarayonining oshishi;
ta’lim olish uchun xarajatlar hajmining oshib borishi; yosh mutaxassislar va xo-
dimlarning mehnatga moslashuvchanligini amalga oshiruvchi dasturlarning mav-
jud emasligi; talab va taklifning nomutanosibligi; barqaror ish haqining kafolat-
lanmaganligi, mehnat shartlarining yetarli emasligi va ish o‘rinlarining sifatsizligi;
ko‘pchilik hollarda mavsumiy va bir martalik norasmiy ish bilan bandlikning turli
shakllarining mavjudligi va boshqalar.

• Ta’lim muassasalari bitiruvchilarining hududlarda ish bilan bandligini ta’min-

lovchi ish beruvchilarni imtiyozli soliqqa tortish va kreditlash hamda yoshlarning
ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha ish beruvchilar faoliyatiga ko‘maklashuvc-
hi boshqa rag‘batlantirish tizimini kengaytirish orqali yoshlarning ish bilan band-
ligini tartibga solish zarur.

• Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim muassasalarining

bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, yoshlar tadbirkorligi va yoshlar
korxonalarini tashkil qilish amaliyotini rivojlantirish, yoshlarning biznes-loyihala-
riga maslahatlar berish va ekspertli kuzatib borish negizida ularning iqtisodiy
tashabbuskorligining har qanday ko‘rinishini qo‘llab-quvvatlash borasida muhim
ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni innovatsion faoliyatga asoslangan kichik biznes
korxonalariga ko‘proq jalb etish quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni
ko‘zda tutishi lozim: yoshlar tomonidan ilmiy g‘oya va ixtirolarning yaratilishini
rag‘batlantirish;

• yoshlar tomonidan yaratilgan ilmiy g‘oya va ixtirolarning amalga oshirilishini

ta’minlovchi ixtisoslashtirilgan loyihalashtirish korxonalari faoliyatini kengayti-
rish;

• tarkibida kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari talabalari salmog‘i yuqori

bo‘lgan mehnat jamoalariga innovatsion biznes-rejalarning imtiyozli asosda taq-
dim etilishini ta’minlash;

• yosh mutaxassislarning ilmiy g‘oyalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etishi-

ni rag‘batlantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi muassasalar faoliyatini faollashtirish;

• respublika miqyosida yoshlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar va ish-

lanmalar tanlovini tashkil etish;

• yoshlarning ilmiy g‘oya, ixtiro va ishlanmalarini imtiyozli asosda patentlash

va h.k.

Yoshlar ishchi kuchi bozorida bugun mavjud bo‘lgan ahvolni tahlil qila turib,

quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llash lozim: korxona va o‘quv yurtlari o‘rtasidagi


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

80

o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish; yoshlarning oliy ma’lumotga ega bo‘lis-
hini to‘g‘ri yo‘naltirish; kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda
yoshlar faolligini yanada oshirish; o‘z-o‘zini ish bilan band qilishga ko‘maklas-
hish; yoshlarning vaqtincha yoki mavsumiy ish bilan bandligini ta’minlash; turli
xil darajadagi yoshlarning ish bilan bandligi dasturlarini ishlab chiqish; yoshlarga,
maktab o‘quvchilariga kasb tanlashi borasida maslahatlar berib borishni yanada
rivojlantirish; ishchi kuchi bozoridagi holat haqida muntazam axborot berib bo-
rish va boshqalar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan bandlikning tarkibiy o‘zgarishi iste’mol-

chilar talabi, investitsiya talabi va daromadlarning barqarorligini o‘zgartirishdagi
umumiy talabga bog‘liq. Yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlashdagi davlat si-
yosatini amalga oshirish yoshlardagi ish kuchi xususiyatlarini hisobga olish, jum-
ladan, ish bilan band bo‘lgan davrda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari-
ni qo‘llash, ularning manfaatlarini nazardan chetda qoldirmaslik zarur.

Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyat-

larini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishida:

– oliy va professional ta’limga qamrab olinmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash;
– yoshlar o‘rtasida frilanserlik faoliyatini keng rivojlantirish;
– maktabning yuqori sinflaridanoq kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish;
– turli sohalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar eksport-

da”, “Yoshlar investitsiyada”, “Yoshlar fermerlikda”, “Yoshlar qurilishda” kabi
yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus dasturlarni amalga oshirish;

– mahallalarda o‘smir yoshlarni “Ustoz-shogird” an’anasi doirasida hunarman-

dchilik va oilaviy tadbirkorlikka yaqindan jalb qilish;

– yoshlar turizmini jadal rivojlantirish hamda ular orasida turizmga asoslangan

ishbilarmonlikni ommalashtirish;

– yosh mutaxassislarning xalqaro mehnat bozorida intellektual ishchi kuchi

sifatida raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida ularga kasb ko‘nikmalarini
xalqaro elektron platformalar orqali namoyon qilish uslublarini o‘rgatish;

– yoshlarning innovatsion g‘oyalari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadi-

da oliy ta’lim muassasalarida (biznes-inkubator, akselerator) dasturlar va fond-
larni ko‘paytirish;

– “Yoshlar kichik sanoat zonalari”ni tashkil etish, ularda yoshlar loyihalarini

amalga oshirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘ladigan barcha infratuzilma ob-
yektlarini joylashtirish;

– yoshlarni tadbirkorlik va fermerlikka jalb qilishga qaratilgan hududiy ixtisos-

lashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish;

– joylarda yoshlarning tadbirkorlik klasterlarini va konsalting xizmatlarini tash-

kil etish bo‘yicha aniq dastur va rejalar ishlab chiqish;

– ta’lim muassasalarini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy

xizmatni o‘tagan yoshlar, xotin-qizlar, ayniqsa, bola parvarishi bo‘yicha ta’tildan
qaytgan ayollarning ishga joylashishida yuzaga kelayotgan sun’iy to‘siqlarni bar-
taraf etish;

– norasmiy sektorda band bo‘lgan yoshlarning faoliyatini legallashtirish, yosh-

larning xorijdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish, adolatli va xavfsiz mehnat
sharoitlariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularning


background image

STARS International University

81

ijtimoiy va huquqiy himoyasini, shuningdek, vatanga qaytganlaridan so‘ng jami-
yatga qo‘shilishini ta’minlash lozim.

Hududlarda yoshlarning ishchi kuchi bozori samaradorligini oshirish, ish beruv-

chilar o‘zlarining zaxira kadrlarini va “istiqbolli” kasblar masalasi hamda ularning
kelajakdagi rivojlanish jarayonlarini alohida ilmiy jihatdan tadqiq qilish lozim.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh

Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi.

2.

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu-

vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.

3.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 27-iyunda imzolangan “Yoshlar – kelaja-

gimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat
siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. O‘z-
bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori2021-yil 18-yanvarь, 23-son.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-mart

kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tar-
biya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foyda-
lanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xo-
tin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi.

5. https://strategy.uz/.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi.

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 27-iyunda imzolangan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni.O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori2021-yil 18-yanvarь, 23-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi.

https://strategy.uz/.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов