Mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning raqobat muhitini shakllantirish

CC BY f
288-290
7
6
Поделиться
Умирова, Г. (2023). Mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning raqobat muhitini shakllantirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 288–290. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp288-290
Гульмира Умирова, Джизакский политехнический институт

Ассистент кафедры экономики и управления

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning raqobat muhitini shakllantirish yo‘llari, monopol faoliyatni oldini olish hamda O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish jarayonidagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

288

MAMLAKATIMIZDAGI
MONOPOLIYAGA
QARSHI
KURASHISHNING
RAQOBAT MUHITINI
SHAKLLANTIRISH

UMIROVA GULMIRA
SHODIBOYEVNA,

Jizzax politexnika instituti
Iqtisodiyot va menejment
kafedrasi assistenti
umirovagulmira2@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning

raqobat muhitini shakllantirish yo‘llari, monopol faoliyatni oldini olish hamda O‘zbekiston-
da raqobat muhitini shakllantirish jarayonidagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

raqobat muhiti, bozor, monopoliya, monopoliyaga qarshi kurashish, kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik, soliq tizimi.

O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish va uning istiqboldagi yo‘nalishlari-

ni belgilash uchun, eng avvalo, bozorning hozirgi real holatini o‘rganish, uni tahlil qi-
lish juda muhim omillardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda raqobat muhiti hozirgi
kunda ancha rivojlangan bo‘lib, uning shakllanishi uchun barcha tashkiliy-huquqiy
shart-sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birgalikda, ayrim tizimlarda monopollashishni
ko‘rishimiz ham mumkin.

Monopol faoliyatni oldini olish va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, eng

avvalo, qaysi tarmoqlarning monopollashganligini yoki bozorda ustunlik mavqeini
egallab turganligini bilishimiz zarur. Shu maqsadda Respublikamizda ko‘pgina xorij
davlatlaridan farqli ravishda monopolist korxonalar davlat reestri yuritib kelinmoq-
da. Ushbu reestrga tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan va qonun-
chilikda belgilangan ayrim holatlarda monopoliyaga qarshi davlat organi qaroriga
muvofiq tovar bozoridagi ulushi 35 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlar kiritib boriladi.

Mamlakatimizda raqobat muhiti bugungi kunga kelib qay darajada rivojlangan-

ligini ushbu reestrda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar va boshqa bir qator ko‘rsatki-
chlar orqali bilib olishimiz mumkin. Raqobatni rivojlantirish hamda kichik va xusu-
siy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasiga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarning
amalga oshirilishi natijasida bu borada juda katta yutuqlarga erishildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, monopolist korxonalarga

raqobatchi bo‘lgan yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkil etilishi, ular to-

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp288-290


background image

STARS International University

289

monidan raqobatbardosh tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarilishi natijasida tovar
bozorida o‘z ustunlik mavqeini yo‘qotgan monopolist korxonalar davlat reestri
ro‘yxatidan chiqarildi.

Ayni vaqtga kelib, respublikada nodavlat mulkning har xil shakllarini rivojlan-

tirish uchun barcha zarur huquqiy va iqtisodiy shart – sharoitlar yaratilgan. Res-
publika iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yaratilayotgan mahsulotning katta qis-
mi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bu yutuqlar mamlakatimizda olib borilgan iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosati
hamda hukumatimiz tomonidan aniq chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilganligi-
ning samarasidir.

Respublikamizda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan tadbirkorlik juda

tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlariga so-
liq va boshqa imtiyozlarning berilishi hamda ularni qo‘llab-quvvatlovchi turli institut-
larning tashkil qilinishi shular jumlasidandir. Jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar-
ning soliq yukini kamaytirish bo‘yicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda,
O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlarning soliq yukini kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot stra-
tegiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasida nazarda tutilgan. Loyi-
haga ko‘ra, aholi va tadbirkorlik subyektlariga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha cho-
ra-tadbirlar ishlab chiqildi hamda korxonalarning mol-mulk solig‘i stavkasini 2 foizdan
1,5 foizga kamaytirish belgilandi.

Shuningdek, Respublika bo‘yicha qo‘shimcha 200 ta sanoat zonalarini tashkil

etish rejalashtirilmoqda. Bunda:

sanoat zonalarining har biriga kamida 15 ta korxonani joylashtirish;

elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasi yetkazib berishni to‘liq

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish (buning uchun 2022-yilda 1,5
trln. so‘m ajratish).

Bularning barchasi kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli

rag‘batlantiruvchi omillar yaratadi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab

chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ham yil-
dan yilga ortib bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni
tobora mustahkamlanib borayotganining o‘zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo‘la-
yotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi.

Monopoliyaga qarshi faoliyatning funksional va institutsional jihatlaridan sama-

rali foydalanish asosan soliq tizimida olib borilayotgan islohotlar asosiy o‘rinda tu-
radi. Soliq tizimi iqtisodiyotning ajralmas bir qismi bo‘lib, mamlakatni ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga erishishda muhim mexanizm si-
fatida yorqin namoyon bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, soliq mexanizmini takomillashtirish, uni to‘lash intizomiga

qattiq rioya qilish, soliq qonunbuzarligiga yo‘l qo‘ymaslik, soliq to‘lovchilar va so-
liq organlari xodimlarining ma’naviyatini yuksaltirish korxonalarning monopoliyaga
qarshi faoliyatning raqobat muhitini shakllantirishning institutsional jihatlaridan sa-
marali foydalanishni ta’minlashda muhim omillardan biridir.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

290

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF–60-sonli,

2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘Zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi
to‘g‘risidagi farmoni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi –

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar
va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi
to‘g‘risidagi PF–5308-sonli Farmoni. – Toshkent, 2018-y.

3. Pardaev M., Xasanov B., Isroilov J., Pulatov M., Eshboev O‘., Xoliqulov A.N. Mo-

liyaviy va boshqaruv tahlili. O‘quv-qo‘llanma, T.: CHo‘lpon, 2012, 400 bet.

4. Xoliqulov A.N., Maxmudova D.R. Iqtisodiyotni strategik rivojlantirish sharoiti-

da kichik biznesni boshqarishni takomillashtirish. Monografiya. Samarqand, SamD-
CHTI nashr-matbaa markazi, 2020-yil – 126 bet.

5. Abdullaev A., Abdullaeva G., & Umirova G. (2022). Soderjanie stresstestirova-

niya ekonomicheskoy bezopasnosti bankovskoy sistemi. Inter Conf.

6. stat.uz
7. https://mineconomy.uz

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF–60-sonli, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘Zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi – 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi PF–5308-sonli Farmoni. – Toshkent, 2018-y.

Pardaev M., Xasanov B., Isroilov J., Pulatov M., Eshboev O‘., Xoliqulov A.N. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. O‘quv-qo‘llanma, T.: CHo‘lpon, 2012, 400 bet.

Xoliqulov A.N., Maxmudova D.R. Iqtisodiyotni strategik rivojlantirish sharoitida kichik biznesni boshqarishni takomillashtirish. Monografiya. Samarqand, SamDCHTI nashr-matbaa markazi, 2020-yil – 126 bet.

Abdullaev A., Abdullaeva G., & Umirova G. (2022). Soderjanie stresstestirovaniya ekonomicheskoy bezopasnosti bankovskoy sistemi. Inter Conf.

stat.uz

https://mineconomy.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов