Ilmga baxshida umr

Поделиться
Маматкулова, М., & Алмаматова, Ш. (2023). Ilmga baxshida umr. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 312–314. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp312-314
Мафтуна Маматкулова, InScience

аспирант

Шахноза Алмаматова

f.f.n dotsent

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada umrini ta’lim-tarbiyaga, ilm-fan rivojiga bag‘ishlagan,ona tili fani o‘qitish muammolari va uning dolzarb masalalariga oid ko‘plab ilmiy maqola, tezislar yozib, metodik tavsiyalar ishlab chiqqan, o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratgan ajoyib, fidoyi inson, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunqul Almamatovning ilmiy faoliyati va metodik tavsiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

312

Annotatsiya:

Ushbu maqolada umrini ta’lim-tarbiyaga, ilm-fan rivojiga bag‘ishlagan,

ona tili fani o‘qitish muammolari va uning dolzarb masalalariga oid ko‘plab ilmiy maqola,
tezislar yozib, metodik tavsiyalar ishlab chiqqan, o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratgan
ajoyib, fidoyi inson, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunqul Almamatovning ilmiy
faoliyati va metodik tavsiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.

Kalit so‘zlar:

Tursunqul Almamatov, ilmiy meros, maqolalar va tezislar, o‘quv-metodik

qo‘llanmalar, pedagogik texnologiya metodlari.

Yillar o‘tishi bilan zamon o‘zgaradi. Insonlar ham shu yillar ketidan quvib hayot-

da o‘z yo‘lini topishga va tanlagan yo‘lining kimlargadir nafi, foydasi tegishiga in-
tilib yashaydi. Insonning insonligini ko‘rsatadigan bir jihat borki, uning nomini fazilat
deyishadi. Xalq naqlida “Yaxshi fazilat insonga ziynat” deb zikr qilinadi va bu insoniy
fazilatlar uning sohiblariga ulug‘lik baxsh etadi. Shu insoniy fazilatlardan biri kamtar-
likdir. Darhaqiqat, kamtarlik bilan mehnatsevarlik egizak va ular sabab insonlar ka-
molot sari odimlaydi. Mehnatsevarlik hamda kamtarlikni o‘ziga odat, doimiy hamroh
qilib olgan shunday insonlardan biri filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunqul
Almamatovdir.

Tursunqul Almamatov o‘z sohasini mukammal biladigan, minglab talaba shogir-

dlarni kamolga yetkazgan, ularning qalbini ilm-ziyosi bilan charog‘on etgan insondir.
Ustoz o‘z umrini, mehnatini ona tili rivojiga, fanni o‘qitishda duch keladigan mua-
mmolarni bartaraf etishga, darslarni qiziqarli va sifatli o‘tish uchun turli metodlardan
foydalanish hamda darslarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar, qo‘llanmalar,
metodikalar ishlab chiqishga bag‘ishladi. “Adabiyot o‘qitish metodikasi”, “O‘zbek til-
ini o‘qitish metodikasi”, “Dialektologik praktika”, “ O‘zbek tili o‘qitish metodikasi jad-
vallarda hamda saytlarda”, “Ona tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologi-
yalardan foydalanish”, “O‘qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion-qadriyatli
yo‘nalishlari” kabi bir necha o‘nlab o‘quv va metodik qo‘llanmalar, monografiya, ilm-
iy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi.

Quyida Tursunqul Almamatovning ona tilini o‘qitishda nimani, qanday o‘qitish

kerakligi haqidagi ba’zi bir tavsiyalarini ko‘rib chiqamiz.

Ona tilini o‘qitishda o‘qituvchilar o‘quvchilar ongi, tafakkurini inobatga olgan

holda dars o‘tishlari, mavzuni har bir o‘quvchining qobiliyatiga qarab turli metod-
lardan foydalanishlari talab etiladi. Sababi “O‘quv materiallarini o‘quvchilar ongiga

MAMATQULOVA
MAFTUNA
HAYITMUQOD

qizi,magistrant
Almamatova
Shahnoza,f.f.n dotsent

ILMGA
BAXSHIDA
UMR

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp312-314


background image

STARS International University

313

qulay, oson, kam kuch sarflash yo‘li bilan singdirish orqali yuqori natijalarga erishish
davr talabidir.

Bu talablarga javob beradigan bo‘lajak ona tili va adabiyot o‘qituvchilarini

nazariy hamda amaliy bilimlar bilan qurollantirishda “Ona tili o‘qitish metodikasi”
katta ahamiyat kasb etadi.¹ Dotsent T. Almamatov “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi-
dan amaliy mashg‘ulotlar” kitobida ona tili o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga
xos tamoyillarini keltirib o‘tar ekan, o‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyili juda muhim
ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Muallif “Ona tili predmetining ta-
biati ko‘rgazmalilikni ko‘proq talab qiladi. Tildagi mavhumlik umumlashtirish, uning
mohiyatini anglash va ongli o‘zlashtirish ko‘rgazmali vositalar yordamida jonli va
qiziqarli bo‘ladi” deb hisoblaydi¹. Darhaqiqat, o‘quvchilar eshitgan narsalarini emas,
ko‘rgan narsalarini uzoqroq vaqt eslab qoladi.

T. Almamatov o‘qituvchi faoliyatini, darsdagi jarayonni tahlil etib, bilimlarni

muammoli bayon qilish mavzuni o‘zlashtirishda ancha sermahsul bo‘lishini yozadi.
Mavzuni o‘tish, tushuntirishdan oldin o‘qituvchi shu mavzuga aloqador qandaydir
muammoni o‘rtaga tashlaydi. O‘quvchilar shu muammo yuzasidan o‘z fikr-mulo-
hazalarini aytib bahs-munozaraga kirishadilar. Yakunda o‘qituvchi fikrlarni xulosal-
ab umumiy bilimlarni o‘rganuvchilarga yetkazadi. Bu metod orqali o‘qituvchi darsni
qiziq va sifatli bo‘lishiga erishadi. Biz “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasidan darslarni
interfaol usulda tashkil qilish vositalari” yoki “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi jadval-
larda hamda saytlarda” kabi o‘quv qo‘llanmalar bilan tanishish jarayonida tarqatma
material, test, masala, topishmoqlar, savol-javob, krossvordlar, muammoli savollar
asosiy mavzuni qamrab olishi kerak degan xulosaga kelamiz. Chunki taqdim eti-
layotgan barcha materiallar mavzu mohiyatini ochishga xizmat qilgandagina sama-
rali bo‘ladi. Buning uchun har bir darsda pedagogik texnologiyaning o‘tilayotgan
mavzuga mos va qulay bo‘lgan metodlaridan foydalanish kerak¹. Bu faoliyatni amal-
ga oshirish uchun esa o‘qituvchi yuksak pedagogik mahorat egasi bo‘lishi lozim.

“Zamonaviy pedagogik texnologiyaning qaysi metodidan foydalanishdan qat’i

nazar, dars samaradorligini oshirish asosiy maqsad bo‘lib, bunda pedagogik mahor-
at hal qiluvchi omil hisoblanadi” deb ta’kidlaydi T. Almamatov. Darslarda zamonaviy
pedagogik texnologiyaning metodlaridan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega:

-

o‘quvchilarning bilish faoliyati oshadi;

-eng dolzarb muammolarni hal qilish imkoniyati yuzaga keladi;
-mashg‘ulot davomida o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro do‘stona munozara hosil

bo‘lishiga erishiladi;

-o‘quvchilar mashg‘ulotga katta qiziqish bilan qaraydilar.
Bunday natijalarga erishish uchun esa har bir o‘qituvchi o‘z kasbiy pedagogik

mahoratini oshirib borishi, shuningdek, o‘zi ishlab turgan maktab muhiti va istiqbol-
lariga eng mufoviq bo‘lgan pedagogik texnologiyalarni to‘g‘ri tanlay olishi zarur.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunqul Almamatovning ilmiy faoliyati bilan

bog‘liq ilmiy ishlar bilan tanishib “ijodiy tafakkur sohibini, ya’ni o‘sayotgan, taraqqi-
yot sari yuz tutib rivojlanayotgan mamlakatimiz uchun zarur bo‘lgan shaxsni tar-
biyalab voyaga yetkazish ona tili ta’limi oldida turgan eng muhim va dolzarb vazi-
fa”¹ekanligini qalban his etamiz.

Ilm sarhadlari keng sahro, nihoyasi yo‘q dengiz. Uni qancha bilib borganimiz sari

bilmaganlarimiz yana shu qadar cheksizligini anglab yetamiz. Ilm olishni igna bi-
lan quduq qazishga mengzashadi. Bu yo‘lda ne bir mashaqqatlar-u sinovlar, qiyin-


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

314

chiliklar bizni sinovdan o‘tkazadi. Ularning har birini zabt etganda armon ushaladi,
orzular ro‘yobga chiqadi, hayotga muhabbat, yashashga ishtiyoq yangilanadi. Shun-
ing uchun umr yo‘lida ezgu maqsadlarni ko‘zlab yo‘lga chiqqan kishiga shamollar,
bo‘ronlar kor qilmaydi, faqat oldinga intiladi. Ortida qolayotgan yillar zahmatida
kelajak nasllarga ibrat bo‘lgulik saboqlar kitobi yaraladi.

Tursunqul Almamatov ham umrini ilmga baxshida etdi. Ona tilini o‘qitishga doir

ilmiy maqola, tezis, monografiya, qo‘llanma va metodik tavsiyalar ishlab chiqdi, kito-
blar yozdi, ilmiy unvon va darajalarga ega bo‘ldi. Ammo hozirgi shiddatkor zamon-
da yozilgan kitoblar-u ilmiy unvonlar bilan odamlarni lol qoldirib bo‘lmaydi. Qachon-
ki, olim o‘zida insoniy fazilatlarni ham saqlab qolgandagina hamma uchun birdek
qadrli va suyukli bo‘ladi. Dotsent T. Almamatov ham olimlikni, ham insoniylikni bir
tanaga sig‘dira olgan va shu sabab ko‘plarning qalbidan munosib joy olgan samimiy,
mehribon, kamtar, mehnatsevar, shogirdlariga ajoyib yo‘lboshchi inson edi. Shun-
day fidoyi insonlarga ergashib, qalbimizni ilm-u shuur bilan boyitish biz uchun ham
farz, ham qarzdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi jadvallarda hamda saytlarda. O‘quv qo‘llanma.

Toshkent. 2018.

2. Ona tili o‘qitishdagi ayrim muammolar. “Xalq ta’limi tizimida davlat talablari

asosida malaka oshirish tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish-
dagi muammo va yechimlar”. Respulika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Sa-
marqand 2006-yil 19-20-dekabr.

3. O‘zbek tili o‘qitish metodikasidan darslarni interfaol usulda tashkil qilish vosita-

lari. Toshkent 2017.

4. Ona tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

Metodik qo‘llanma. Toshkent- 2013.

Библиографические ссылки

O‘zbek tili o‘qitish metodikasi jadvallarda hamda saytlarda. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2018.

Ona tili o‘qitishdagi ayrim muammolar. “Xalq ta’limi tizimida davlat talablari asosida malaka oshirish tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishdagi muammo va yechimlar”. Respulika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Samarqand 2006-yil 19-20 dekabr.

O‘zbek tili o‘qitish metodikasidan darslarni interfaol usulda tashkil qilish vositalari. Toshkent 2017.

Ona tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Metodik qo‘llanma. Toshkent- 2013.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов