Talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda talaba portfoliosini muhim o‘rni

CC BY f
27
12
Поделиться
Расулов, Э., & Хушназарова, М. (2023). Talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda talaba portfoliosini muhim o‘rni. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp34-38
Эркин Расулов, 33-я общеобразовательная школа Ферганской области

учитель

Мамура Хушназарова, Кокандский государственный педагогический институт

доктор философии в области педагогических наук (PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada talabalaring intellektual qobilyatlarini rivojlantirishda talaba portfoliosining muhim jihatlari motivatsion, kognitiv va metakognitiv komponentlari yoritilgan. Hozirgi rivojlanib borayotgan vaqtda har bir mamlakat o‘zining kelajagini mustahkamlashi va uni ertangi kunini o‘ylashga majbur. Bizning mamlakatimizda ham yosh avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, istedotli va qobiliyatli yoshlarni faoliyat olib borishi uchun juda ko‘p imkoniyatlar yaratilgan va barchaga shart-sharoitlar buning uchun yetarli.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

34

Annotatsiya:

Ushbu maqolada talabalaring intellektual qobilyatlarini rivojlantirishda ta-

laba portfoliosining muhim jihatlari motivatsion, kognitiv va metakognitiv komponentlari
yoritilgan. Hozirgi rivojlanib borayotgan vaqtda har bir mamlakat o‘zining kelajagini mus-
tahkamlashi va uni ertangi kunini o‘ylashga majbur. Bizning mamlakatimizda ham yosh av-
lodni tarbiyalash, ularni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, istedotli va qobiliyatli yoshlar-
ni faoliyat olib borishi uchun juda ko‘p imkoniyatlar yaratilgan va barchaga shart-sharoitlar
buning uchun yetarli.

Kalit so‘zlar:

intellektual, qobilyat, kognitiv, metakognitiv, portfolio

Mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimi-

ni isloh qilish, axborot texnologiyalarini joriy etish va ta’lim samaradorligini oshirish
bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonini
tashkil etishda, talabalarning o‘quv faoliyatlarini nazorat qilishda innovatsion xarak-
terga ega vositalardan foydalanilmoqda. Ayni o‘rinda talabalarning intelektual qobil-
yatlarini rivojlantirishda ana shunday vositalardan biri talaba portfoliosi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31 -dekabrdagi “Oliy

ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillash-
tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qarori 1-ilovasi “Oliy ta’lim muassasalari-
da o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning
6-bob “Baholash, baholarni konvertatsiya qilish” 31-bandida “

Baholash usullari fan

yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma,
og‘zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni o‘z ichiga qamrab
oladi. Baholash mezoni ta’lim olish natijasiga erishilganligini aks ettirishi shart

” deb

qayd etilgan.

1

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Respublikamiz oliy ta’lim

1

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini

tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 824-sonli Qarori / Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son.

RASULOV ERKIN
MADRAIMOVICH

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston

tumaniб 33-umumiy o‘rta ta’lim

maktabi o‘qituvchisi

e-mail: erkinrasulov1807@gmail.com

XUSHNAZAROVA MAMURA

NODIROVNA

Qo‘qon davlat pedagogika

instituti, pedagogika fanlari

bo‘yicha falsafa doktori (Phd)

e-mail: xushnazarova1700@

gmail.com

TALABALARNING
INTELLEKTUAL
QOBILIYATLARINI
RIVOJLANTIRISHDA
TALABA
PORTFOLIOSINI
MUHIM O‘RNI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp34-38


background image

STARS International University

35

muassasalarida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Baholash usullari tarkibida talaba
portfoliosi bo‘lishi bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda muhim aha-
miyat kasb etadi. Talaba portfoliosini yaratish va undan unumli foydalanish hozirgi
kundagi dolzarb va muammoli masala bo‘lib kelmoqda.

Portfolioni ta’lim sohasida qo‘llash g‘oyasi, 80-yillarning o‘rtalarida AQShda pay-

do bo‘ldi. AQSh va Kanadadan so‘ng, portfolio g‘oyasi Evropa va Yaponiyada om-
malashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g‘oya Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi
kunda bu g‘oya O‘zbekistonda ham keng yoyilmoqda.

Portfolio (ingl. – portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka. frans. – bayon qil-

moq, ifoda etmoq, tashimoq. ital. – hujjatlar solingan papka) – bu hujjatlar, ish namu-
nalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyati-
ni beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to‘plamidan iborat.

1

Rivojlanish va o‘z-o‘zini rivojlantirish doimo qandaydir ichki qonuniyatlarni, qan-

daydir o‘z-o‘zini harakatini, obyektni, tizimni o‘z-o‘zini o‘zgartirishni, shaxsning o‘zi-
ni, ichki dunyosini ma’lum bir o‘zini o‘zi qurishni nazarda tutadi. Bu jarayon qaytaril-
masdir, buning natijasida intellektual, shaxsiy va faoliyat xususiyatlarida miqdoriy va
sifat jihatidan o‘zgarishlar yuz beradi. Ular bir-biriga bog‘langan va o‘zaro bog‘liqdir.
Rivojlanishning asosi sifatida kadrlar tayyorlash alohida o‘rin tutadi. Rivojlanish jara-
yonini yo‘naltirish talabaning aqliy rivojlanishiga ta’sir qilish, uning bilish faoliyatini
boshqarish, uni rivojlantirish va maqsadli ta’sir qilish orqali amalga oshiriladi.

2

Pedagokik faoliyat orqali o‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlash har bir pedagog-

ning muhim vazifalaridan biri, chunki dars o‘tish jarayonida o‘qituvchi pedagog to-
monidan berilayotgan ma`lumotlarni o‘zlashtirilishiga qarab ham pedagog o‘quvc-
hining qiziqishlarini, qobiliyatlarini bilib olishi mumkin.

Qobilyat—insonning individual salohiyati va imkoniyatlaridir. Qobilyat bilimdan

keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, qobilyat shaxsning psixologik va
fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobilyat ko‘nikma, malakadan farq qiladi.
Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobilyat anglashtiriladi. Qobilyat inson to-
monidan ko‘nikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi.

3

Demak qobiliyati yuqori bo‘lgan o‘quvchi talabalar o‘zlari ajrab chiqishadi. O‘zlari

ijtimoiy munosabatlarda o‘z istedodlarini namoyon eta olmayotgan talabalarning
o‘z qobiliyatlarini namoyon etishlariga sharoit yaratib berishi, ko‘p tomonlama qo‘l-
lab quvvatlashi kerak. Shu nuqtai nazardan talaba portfoliosi talabaning ayni qobil-
yatlarni va istedodlarini namoyon etish, ko‘rsatish uchun qulay platforma vazifasini
o‘taydi.

Talabalarning intellektual rivojlanishi nafaqat axborotni qayta ishlashning kogni-

tiv mexanizmlarini rivojlantirishni, balki intellektual o‘zini o‘zi boshqarishning meta-
kognitiv mexanizmlarini shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi.

Butun XX asr va hozirgi asr bizdan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishni taqozo

qilmoqda. Uning asosida esa ma’naviy, muloqot va kognitiv (yaratuvchan, tanqidiy,
tizimli va nostandart fikrlash, keng dunyoqarash, hissiy idrok, katta va o‘zgaruvchan

1

Shoymardonov T.T. va boshq. Elektron pedagogika va pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini loyihalash.

O‘quv-uslubiy majmua. –T.: 2016. 165-bet.

2 Qurbanov A. A. “Talabalarda intellektual kompetentsiyalarning rivojlantirishning tarkibiy qismlari” maqola 2022 y.

2-bet

3

Yusupova D.S. “Malakali pedagokik faoliyat orqali qobiliyatli bolalarni aniqlash” International scientific journal, ISSN:

2181-3337 2022 #3


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

36

ma’lumotlar bazasi bilan ishlay olish qobiliyati va hokazo) sifatlari doimiy o‘zgarib
borayotgan muhitda shaxsning rivojlanishi yotadi.

1

Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va

baholashning innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida “Talaba portfoliosi” yetak-
chi o‘rin egallaydi. Ushbu texnologiya ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlari oliy ta’lim
tizimida keyingi yillarda keng qo‘llanilmoqda. Rossiyada esa 2003- yildan e’tiboran
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta
ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan.

Hozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalarida ko‘pincha talabalarni o‘z-o‘zini baholas-

hni rag‘batlantirmaydigan va o‘rganish va baholashni mazmunli tashkil etish muam-
moli masalalardan hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilishning bir yo‘li talabalar-
ning o‘z-o‘zini tartibga soluvchi ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlash, kreativlik bos-
hqa ijodkorlik ko‘nikmalarini yaxshilash uchun elektron portfoliodan (EP) foydala-
nish samarali hisoblanadi.

O‘z-o‘zini boshqarish - bu o‘z ta’lim muvaffaqiyatini boshqarish, kuzatish va baho-

lash uchun ishlatiladigan xatti-harakatlar to‘plamini anglatadi. O‘z-o‘zini tartibga so-
luvchi talabalar o‘zlarining ta’lim jarayonining metakognitiv, motivatsion va xulq-at-
vori jihatidan faol ishtirokchilaridir

2

va shu tariqa akademik ta’limda muvaffaqiyatga

erishadilar.

3

O‘z-o‘zini tartibga solishning uchta siklik bosqichi metakognitiv va motivatsion

komponentlarni o‘z ichiga oladi, bu esa o‘rganish va ko‘nikmalarni rivojlantirishning
barqarorligi uchun asos yaratadi.

-Oldindan o‘ylash bosqichi vazifalarni tahlil qilish (maqsadlarni belgilash va stra-

tegik rejalashtirish) va o‘z-o‘zini rag‘batlantirishni (o‘zini o‘zi boshqarish, natijalar-
ni kutish, ichki qiziqish va aniq maqsadga yo‘naltirish) o‘z ichiga oladi. Oldindan
o‘ylash bosqichi bilan bog‘liq vazifalar quyidagilardir: natija maqsadlarini belgilash,
jarayon maqsadlarini belgilash, maqsad qiymatlarini hujjatlashtirish, strategiyalarni
rejalashtirish va o‘rganish jurnalini o‘rnatish.

-Keyingi bosqich, ya’ni ishlash bosqichi o‘z-o‘zini nazorat qilishni (o‘z-o‘zini

bosh qarish, tasvirlash, diqqatni jamlash va vazifalar strategiyasi) va o‘z-o‘zini
kuzatishni (o‘z-o‘zini yozib olish va o‘z-o‘zini sinab ko‘rish) o‘z ichiga oladi. Ish-
lash bosqichidagi vazifalar quyidagilardir: ishni yaratish va o‘rganish jurnalidagi
yozuvlari.

-Va nihoyat, o‘z-o‘zini mulohaza qilish bosqichi o‘z-o‘zini baholash (o‘zini o‘zi

baholash va tasodifiy atribut) va o‘z-o‘zini reaktsiyasini (o‘zini qondirish/ ta’sir qilish
va moslashuvchan himoya reaktsiyalari) o‘z ichiga oladi. O‘z-o‘zini mulohaza qilish
bosqichining vazifalari quyidagilardan iborat: ish haqida fikr yuritish, jarayon haqida
fikr yuritish va yangi maqsadlar imkoniyatlaridan xabardor bo‘lish.

Kognitiv komponent - shaxsiy va kasbiy rivojlanish jarayonidagi bilimlar to‘pla-

midir. Kognitiv komponent - kognitiv kompetentsiya yoki intellektual ko‘nikma va
birinchi navbatda, axborot bilan ishlash, axborotni qidirish, qabul qilish va qayta ish-
lash qobiliyati; ma’lumotlarni diagrammalar, jadvallar ko‘rinishida taqdim etish qobi-

1

Nodirovna, Khushnazarova Mamura. “Theoretical and methodological basis of training of management personnel in

the process of higher pedagogical education.” International journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-
3630 Impact factor: 7.429 11.04 (2022): 171-177.

2

Zimmerman, B. J. (2000). Attaining self regulation: a social cognitive perspective. In M. Boekaerts & P. R. Pintrich (Eds.).

Handbook of self regulation (pp. 13–39). New York: Academic Press.

3

Rogers, D., & Swan, K. (2004). Self regulated learning and Internet search. Teachers College Record, 106(9), 804 182


background image

STARS International University

37

liyati; ma’lumotni sharhlash qobiliyati; ma’lumotni taqdim etish qobiliyati; uni struk-
turalash usullariga ega bo‘lish, uni taqdim etishning bir shaklidan boshqasiga o‘tka-
zish, ma’lumotni kodlashning bir usulidan ikkinchisiga o‘tkazish, asosiy va ikkilamchi
tushunchalarni ajratib ko‘rsatish, tushunchalarning muhim xususiyatlarini aniqlash,
tushunchalar o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlarni ajratib ko‘rsatish, kognitiv sxe-
malarni tuzish. aqliy faoliyat, muammolarni hal qilish algoritmlari, olingan yechimni
tushuntirish mahorati; ma’ruza, referat yozish qobiliyati; umumlashtirish, xulosalar
chiqarish, olingan natijalarni tahlil qila olish qobiliyatlaridir.

Metakognitiv komponent - o‘z-o‘zini tashkil etish va o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nik-

malari va qobiliyatlari bilan ifodalanadi. Maqsad qo‘yish talabaning bilish faoliyatini
rag‘batlantiradi. Bunday holda, “impuls” to‘g‘ridan-to‘g‘ri motivdan maqsadga o‘ta-
di, bunda talaba mustaqil ravishda asosiy va oraliq maqsadlarni ajratib ko‘rsatadi-
gan o‘z maqsadlari mazmunini o‘rnatadi. Bunda rejalashtirish muhim rol o‘ynaydi.
Belgilangan reja amalga oshishiga majbur bo‘lib, ongda maqsadga muvaffaqiyatli
erishishga olib keladigan harakatlar zanjirini keltirib chiqaradi.

Bugungi kunda xorijiy mamlakatlar tajribasida keng qo‘llanilayotgan nazorat vo-

sitasi bo‘lgan o‘quv portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga egaligiga ko‘ra amaliy aha-
miyat kasb etadi:

−ko‘p funksiyalilik va o‘zining shaxsiy muvafaqqiyatini baholash;
−individual muvafaqqiyatlar monitoringini amalga oshirish;
−imtihonni tashkil etish;
−ta’lim natijalarini xolis belgilash;
−ta’limiy muvafaqqiyatlar hamda qo‘shimcha natijalarni aniq ko‘ra olish;
−talabaning mavjud imkoniyat va qobiliyatlarini, uning kuchli va kuchsiz tomon-

larini ko‘ra olish, shaxsiy, kasbiy hamda ijodiy salohiyatiga yetarlicha baho berish.

Talabalar tomonidan portfoliolarning shakllantirilishi quyidagi holatlarda samarali

hisoblanadi:

1. Istiqbolli ish o‘rniga ega bo‘lishda (rahbariyat va hamkasblar yosh mutaxassis

bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar).

2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda (tadqiqot natijalarini patentlashtirish im-

koniyatini ta’minlaydi).

3. Fan olimpiadalarda ishtirok etishda (olimpiadaning turli bosqichlarida talaba-

ning imkoniyatlarini baholash va chamalashga muvffaq bo‘linadi).

4. Nomdor hamda Prezident stipendiyasiga talabgor bo‘lishda (tanlov hay’ati ta-

labaning imkoniyatlaridan to‘la xabar bo‘ladi).

5. Shaxsiy maqsadlarni amalga oshirishda (qo‘shimcha faoliyat turi bilan shug‘ul-

lanishda hamkorlarga talaba shaxsini yaqindan tanishtirish imkoniyatini yaratadi).

1

Mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan taraqqiy etishi ham-

da dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan o‘rin egallashining muhim sharti
ta’lim tizimida metakognitiv metodlarni qo‘llash orqali talabalarni elektron port-
folio yordamida bilimini takomillashtirilgan modelini amaliyotga joriy etishdan
iborat.

Xulosa o‘rnida, keltirilgan ma’lumotlar asosida tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki,

talabalarning intellektual qobilyatlarini rivojlantirishning birinchi mezoni tafakku-
riy motivdir, ikkinchi mezoni kognitiv qobiliyatlarni shakllantirish, uchinchi mezoni
metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantirish hisoblanadi va talaba portfoliosi talabalar-

1

Musaeva S. Portfolioning maqsad va mohiyati / Pedagogik ta’lim j. – T.: 2013, 1-son. – 20-b.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

38

ning intellektual qobilyatlarini rivojlantirishning muhim amaliy omili sifatida ko‘rish
mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy

ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillas-
htirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 824-sonli Qarori / Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son.

2.Shoymardonov T.T. va boshq. Elektron pedagogika va pedagogning shaxsiy,

kasbiy axborot maydonini loyihalash. O‘quv-uslubiy majmua. –T.: 2016. 165-bet.

3.QurbanovA.A. “Talabalarda intellektual kompetentsiyalarning rivojlantirishning

tarkibiy qismlari” maqola 2022 y. 2-bet.

4.Yusupova D.S. “Malakali pedagokik faoliyat orqali qobiliyatli bolalarni aniqlash”

International scientific journal, ISSN: 2181-3337 2022 #3

5.Nodirovna, Khushnazarova Mamura. “Theoretical and methodological basis of

training of management personnel in the process of higher pedagogical education.”
International journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630
Impact factor: 7.429 11.04 (2022): 171-177.4

6.Zimmerman.B.J. (2000). Attaining self regulation: a social cognitive perspecti-

ve. In M. Boekaerts & P. R. Pintrich (Eds.). Handbook of self regulation (pp. 13–39).
New York: Academic Press.

7.Rogers, D., & Swan, K. (2004). Self regulated learning and Internet search. Tea-

chers College Record, 106(9), 804 182

8.Musaeva S. Portfolioning maqsad va mohiyati / Pedagogik ta’lim j. – T.: 2013,

1-son. – 20-b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 824-sonli Qarori / Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son.

Shoymardonov T.T. va boshq. Elektron pedagogika va pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini loyihalash. O‘quv-uslubiy majmua. –T.: 2016. 165-bet.

QurbanovA.A. “Talabalarda intellektual kompetentsiyalarning rivojlantirishning tarkibiy qismlari” maqola 2022 y. 2-bet.

Yusupova D.S. “Malakali pedagokik faoliyat orqali qobiliyatli bolalarni aniqlash” International scientific journal, ISSN: 2181-3337 2022 #3

Nodirovna, Khushnazarova Mamura. “Theoretical and methodological basis of training of management personnel in the process of higher pedagogical education.” International journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.04 (2022): 171-177.4

Zimmerman.B.J. (2000). Attaining self regulation: a social cognitive perspective. In M. Boekaerts & P. R. Pintrich (Eds.). Handbook of self regulation (pp. 13–39). New York: Academic Press.

Rogers, D., & Swan, K. (2004). Self regulated learning and Internet search. Teachers College Record, 106(9), 804 182

Musaeva S. Portfolioning maqsad va mohiyati / Pedagogik ta’lim j. – T.: 2013, 1-son. – 20-b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов