Yoshlar huquqiy tarbiyasining pedagogik asoslari

CC BY f
337-339
15
11
Поделиться
Меликузиева, М. (2023). Yoshlar huquqiy tarbiyasining pedagogik asoslari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 337–339. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp337-339
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Yoshlar huquqiy tarbiyasining pedagogik asoslarida huquqiy ong – huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim qismlaridan biri bo‘lib, u, eng avvalo, odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan, ularning huquqiy tasavvurlaridan, intilish va tuyg‘ularidan iboratdir. Huquqiy ong o‘z ichiga huquqiy tushuncha, huquqiy histuyg‘u, xohish-iroda kabi qismlarni qamrab oladi.

Похожие статьи


background image

STARS International University

337

Annotatsiya:

Yoshlar huquqiy tarbiyasining pedagogik asoslarida huquqiy ong – huquqiy

madaniyatning g‘oyat muhim qismlaridan biri bo‘lib, u, eng avvalo, odamlarning qonunga
munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan, ularning huquqiy tasavvurlaridan,
intilish va tuyg‘ularidan iboratdir. Huquqiy ong o‘z ichiga huquqiy tushuncha, huquqiy his-
tuyg‘u, xohish-iroda kabi qismlarni qamrab oladi.

Kalit so‘zlari:

huquqiy his-tuyg‘u, Vatan, xalq , millat.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab yosh

avlodning barkamolligi, mustaqil fikrli va ma’suliyatli bo‘lishi, milliy istiqlolni qa-
drlash, milliy qadriyatlarga chuqur hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismo-
nan va ma’nan sog‘lom bo‘lishi uchun bir qator tizimli ishlarni amalga oshirdi. Shu
bilan birga, ularning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash
maqsadida huquqiy asoslar ham yaratildi.

“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” dasturi qabul qilindi. Shuningdek,

“Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltir-
ish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikri-
ni o‘rganish haqida” Prezident Farmoni imzolandi. Qabul qilingan mazkur qaror
va qonunlar barkamol shaxs tarbiyasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, shaxsning
huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgandir.

Huquq – qonun belgilab bergan erk me’yoridir. Huquq kishi zimmasiga insoniy

majburiyatlarni, talablarni yuklaydi.

Huquqiy ong – huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim qismlaridan biri bo‘lib, u,

eng avvalo, odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqod-
laridan, ularning huquqiy tasavvurlaridan, intilish va tuyg‘ularidan iboratdir. Huquqiy
ong o‘z ichiga huquqiy tushuncha, huquqiy his-tuyg‘u, xohish-iroda kabi qismlarni
qamrab oladi.

Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi – bu madaniyatni shakllantirish, yoshlarning

huquqiy demokratik davlat sharoitida yashash qobiliyatini tarbiyalash, huquq tus-
hunchasining mohiyatini anglash orqali yosh avlodda yuksak darajadagi fuqarolik
madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoyi insonlar etib tar-
biyalashdan iboratdir.

Huquqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:
– yoshlarni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo‘lgan huquqiy va

huquqiy me’yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish;

MELIKUZIEVA M.A.,

Qo‘qon DPI

YOSHLAR HUQUQIY
TARBIYASINING
PEDAGOGIK
ASOSLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp337-339


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

338

– yoshlarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlar berib

borish, ularda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasida boshlang‘ich ko‘nikma va
malakalar hosil qilish;

– yoshlarda davlat ramzlariga hurmat va muhabbatni qaror toptirish, respublika

Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorgarlik hissini shakllantirish;

– yoshlarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlariga nisbatan muhabbat tuyg‘usini

uyg‘otish, ularda g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish;

– Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan

uyg‘unlashtira olishiga erishish, fidoyi fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish;

– Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e’zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilish-

ga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish;

– yoshlarda huquqiy tarbiyani tashkil etishda shaxsning davlat Konsistitutsiyasi-

da ko‘rsatilgan huquqlaridan foydalanish hamda burchlarning bajarilishi xususida
ma’lumotlar berish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda huquqlaridan foydala-
nish va burchlarini bajarish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadga
muvofiqdir;

– (qonunga) huquqqa, jamoatdagi tartibni saqlovchi organ va shaxslarga hurmat

va muomalani shakllantirish;

– O‘zbekiston Respublikasi Konsistutsiyasi qonunchilik asoslari zimmasidagi

huquq va majburiyatlarni bilish;

– qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilish va fuqarolik burchi va

ma’suliyatini chuqur his etish;

– qonunbuzarlarga qarshi kurashishga shay turish;
– huquqiy demokratik davlat insoniylik prinsiplariga hurmat bilan qarash va bosh-

qalar kiradi.

Huquqiy tarbiya oldiga qo‘ygan umumiy vazifa shaxsga qonunlarni va unga amal

qilish yo‘llarini o‘rgatishdir. Huquqiy tarbiyaning yuridik vazifasi shaxsda muayyan
holatlarda zarur huquqiy normalarni qo‘llay olish qobiliyatini tarbiyalashdir.

Huquqiy tarbiya oilada, bog‘chada, maktabda, bilim yurtlarida, oliy o‘quv yurt-

larida olib boriladi. Huquqiy tarbiya – tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir
ko‘rsatuvchi, ularni tartib doirasida tutish uchun asos bo‘la oladigan bilim berishdir.
Lekin tarbiyachi faqat bilim beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga har xil shak-
lda ta’sir ham o‘tkazishi kerak.

Bolalar tarbiyani, avvalo, oilada ota-onasidan oladi. Hammamizga ma’lumki, bola

yaxshilikni ham, yomonlikni ham, eng avvalo, oiladagi kattalarning xatti-harakatidan
o‘rganadi. Ota-onalar o‘z xulq-atvorlari bilan farzand hurmatiga sazovar bo‘lishlari,
uning hayot yo‘lida o‘rnak bo‘lishlari lozim.

Huquqiy tarbiya bir necha qismlardan iborat bo‘lib, umumiy tarbiyaning bir tu-

ridir. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo, ota-onalarning o‘zlari hayotni yaxshi bilishlari,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, unda ko‘rsatilgan fuqarolik tushunchasi-
ni, fuqarolar huquqi, erkinliklari va burchlari nimadan iborat ekanligini o‘rganib chiq-
ishlari shart. Ular qonunlarda ko‘rsatilgan, hamma uchun majburiy bo‘lgan huquqiy
qoidalarni bilganlaridan keyingina ularni o‘z farzandlariga asta-sekin o‘rgatib, tush-
untirib boradilar.

Bolalarga tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlarni tushuntirib, nima ma-

qsadda bu ishlar qilinishini ham aytib borish lozim. Bu davlat tabiat boyliklarini
muhofaza qilishni, ularning faqat kishilarning hozirgi avlodlari manfaatlari yo‘lida-


background image

STARS International University

339

gina asrash yo‘lida qonuniylikni ta’minlaydi. Farzandlarimiz shuni aniq tushunish-
lari kerakki, tabiatning bugungi ne’matlarini ertaga boshqalar ham ko‘rishlari lozim.
Shuning uchun mamlakatimizning kam uchraydigan hayvon va o‘simliklar dunyos-
ini muhofaza qilish, asrash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.
Shuningdek, ota-onalar bahor faslida qaldirg‘ochlarga uychalar yasab, ularning
uchib kelishlarini kutishlari, daraxt ekib, ularni parvarishlashlari ham bolaning hayo-
tida o‘rnak bo‘ladi.

Har kuni berilgan ishning vaqtida bajarilishi talab qilib turilsa, bola shunga o‘rga-

nadi. Mehnat qilishni o‘rgangan, ota-onasining og‘irini yengillatishga odatlangan
bola huquq qoidalarini buzishga yo‘l qo‘ymaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – 1992-y.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022-yildagi PF–60-

son Taraqqiyot strategiyasi.

3. Mirziyoev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Kon-
stitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
ma’ru’zasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – B. 23.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – 1992-y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022-yildagi PF–60 son Taraqqiyot strategiyasi.

Mirziyoev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ru’zasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – B. 23.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов