O‘quv faoliyatida hissiy zo‘riqishlar va ularning psixologik tavsifi

CC BY f
110-113
30
13
Поделиться
Бегжанова, А. (2023). O‘quv faoliyatida hissiy zo‘riqishlar va ularning psixologik tavsifi. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 110–113. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp110-113
Айдана Бегжанова, Каракалпакский государственный университет имени Бердака

преподаватель кафедры педагогики и психологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada psixik holatlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va o‘quv faoliyatidagi hissiy zo‘riqishlarning psixologik va fiziologik taraflari haqida fikrlar, mulohaza va turli xil yondashuvlar berilgan bo‘lib, hissiy stress va hissiy zo‘riqishlar va ularning shaxs faoliyatidagi o‘rni va psixik holatlar bilan psixik jarayonlarning bir-biri bilan bog‘likligi va individual psixologik xususiyatlariga ta’siri sabablari to‘g‘risida tushunchalar berilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

110

Anotatsiya:

Ushbu maqolada psixik holatlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va o‘quv

faoliyatidagi hissiy zo‘riqishlarning psixologik va fiziologik taraflari haqida fikrlar, muloha-
za va turli xil yondashuvlar berilgan bo‘lib, hissiy stress va hissiy zo‘riqishlar va ularning
shaxs faoliyatidagi o‘rni va psixik holatlar bilan psixik jarayonlarning bir-biri bilan bog‘likligi
va individual psixologik xususiyatlariga ta’siri sabablari to‘g‘risida tushunchalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

psixik holatlar, stress, emotsional stress, xulq-atvor, aqliy faoliyat,diqqat,

tafakkur.

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning bilim olishlari va dunyoqarashlarini

qat’iy, maqsadli, izchil, tizimli, uzviy tashkil etish, ularni jamiyatning faol a’zosi sifa-
tida faoliyat ko‘rsatishlariga erishish, eng avvalo, mazkur masalaning dolzarb peda-
gogik-psixologik muammo sifatida keng ko‘lamli va chuqur tadqiq etilishini taqozo
etadi. Yoshlarning ijtimoiy voqelik hodisalariga to‘g‘ri baho bera olishlari, ijtimoiy
o‘zgarishlar xususida shaxsiy fikrga ega bo‘lishlari ma’lum darajada ularning bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallashlarini talab etadi.

Ta’limning yangi modelida jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakl-

lantirishga e’tibor berilgan ekan, psixologiya fanining vazifalari ham malakali mu-
taxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda
xislatlarini bilgan holda ta’lim faoliyatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali
mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohasi sifatida faoliyat ko‘rsata oluv-
chi shaxslarni tarkib toptirishdir. Nazariy bilimlar hamda amaliy malakalarga ega
bo‘lgan va yangi zamonaviy muammolarni muvaffaqiyatli hal qila oladigan mu-
taxassislar tayyorlash bilan bog‘liq ishlar bugun yanada dolzarb ahamiyat kasb et-
moqda. Respublikamizning rivoji, ravnaqi oliy maktablarda tayyorlanayotgan mu-
taxassislarga bog‘liq ekan, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash
kerak. Shaxsning barcha faoliyat turlari kabi o‘quv faoliyati ham o‘ziga xos xususi-
yatlarga ega bo‘lib, u kishining bilish jarayonlari, individual xususiyatlariga alohida
talablar qo‘yadi. Bu faoliyatga munosabat shaklida u yoki bu psixik holatlar paydo
bo‘ladi. Ta’lim jarayonida vujudga keladigan psixik holatlar doimo bir xil sifat va
davomiylikka ega bo‘lavermaydi. Ijobiy kechinmalar faoliyat samaradorligiga ta’sir
etib, uning yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minlasa, salbiy his-tuyg‘ular o‘quv faoliyati
samaradorligini tushirib yuborishi ham mumkin. Bir necha obyektiv, subyektiv sa-

BEGJANOVA AYDANA
NURATDINOVNA,

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq
davlat universiteti Pedagogika
va psixologiya
kafedrasi o‘qituvchisi
begjanova92.@bk.ru

O‘QUV FAOLIYATIDA
HISSIY ZO‘RIQISHLAR
VA ULARNING
PSIXOLOGIK TAVSIFI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp110-113


background image

STARS International University

111

bablar ta’lim jarayonida o‘ziga xos hissiy zo‘riqishlarning vujudga kelishiga turtki
bo‘lishi mumkin [1].

Psixologiya fanida psixik holatlar to‘g‘risida fikr yuritilganda, birinchi galda emo-

tsiya, hissiyot va shunga yaqin bo‘lgan psixik holatlar stress, depressiya, frustrat-
siya holatlarini tadqiq etgan juda ko‘p psixolog olimlarning nazariyalarini bilamiz
va psixik holatlar faqat psixologiya emas, balki fiziologiya, pedagogika fanlari bilan
birga o‘rganilsa, kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash katta ahamiyatga ega-
ligini bilishimiz mumkin. Psixologiyada hissiyot, emotsiya va boshqa psixik holatlar
o‘rganilgan tadqiqotlarni bilamiz, masalan, Jeymis Lange, Kenon Bard nazariyalari
va tadqiqot eksperimentlari; fiziologiyada psixik holatlarni o‘rganish bilan bog‘liq
tadqiqotlar P.S. Kupalov nomi bilan bog‘liq. Uning fikricha, vaqtinchalik holat tas-
hqi muhit ta’sirida shartsiz refleks mexanizmlari asosida ro‘y beradi. V.I. Myasishev
psixik holatni shaxs tarkibidagi tuzilmalardan biri sifatida jarayonlar, holatlar va mu-
nosabatlar bilan bir qatorga qo‘yadi. B.F. Lomov fikricha esa, “Psixik jarayonlar, ho-
latlar va xususiyatlar inson organizmidan tashqi holda mavjud bo‘lmaydi. Ular inson
miyasining vazifasi sifatida biologik taraqqiyot va insoniyat tarixi davomida rivoj-
lanib kelgan. Shuning uchun psixika qonunlarini aniqlash, eng avvalo, inson miyasi,
asab tizimi va butun organizmning ish faoliyatini o‘rganishdan iborat bo‘lishi kerak”.
Psixologik va biologik omillarning birligi psixik holatlarni baholashning obyektivligi
tamoyiliga asoslanib, psixik holatlarni o‘rganish ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
funksional va emotsional holatlarni o‘rganish.

Psixik holatlarni tasniflashda har xil yondashuvlar mavjud. Ularga ko‘ra, aqliy, emo-

tsional, irodaviy faollik va passivlik, stress, ko‘tarilish, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, to‘yi-
nish, kutish, yolg‘izlik va boshqalarni ajratish mumkin. Umumlashganlik darajasiga
ko‘ra holatlar umumiy, turga xos va individual bo‘lishi mumkin. Masalan, holatlarning
tavsificha, ularning subyekt tomoni anglanganlik darajasiga bog‘liq. P.K. Anoxinning
fikricha, mazkur xususiyatlar ichida eng muhimi insonning munosabatlaridir. Holat
tarkibida inson ongi va o‘z-o‘zini anglash darajasini bildiradi. Ong xususiyati sifati-
dagi munosabat – borliqqa bo‘lgan munosabatdir. O‘z-o‘zini anglash tavsifi sifatida
o‘zini boshqarish, nazorat qilish, baholash alohida guruhlar hisoblanadi. Holatning
tavsifi va parametrlari bilan bir qatorda uning funksiyasi (vazifalari)ni ham ko‘rsatish
mumkin. Ular ichida eng muhimi sifatida: a) boshqarish (regulyatsiya); b) alohida
psixik holat va xususiyatlarni birlashtirish (integratsiya) vazifasini ko‘rsatish mumkin.

Psixologik zo‘riqishlar organizmning turli funksional tizimlaridagi o‘zgarishlarda

namoyon bo‘lsa, uning jadalligi yoki kuchi kayfiyatning buzilishidan tortib, oshqo-
zon yarasi yoki yurak infarktigacha olib kelishi mumkin. Hissiy zo‘riqishlarning na-
moyon bo‘lishini turlicha tasniflash mumkin. Biroq psixologiya uchun ularni quyida-
gicha tasniflash maqsadga muvofiq:

1. Xulq-atvorga xos reaksiyalar.
2. Aqliy faoliyatdagi reaksiyalar.
3. Hissiy sohadagi reaksiyalar.
4. Fiziologik jarayonlardagi o‘zgarishlar.
Psixomotorikadagi o‘zgarishlar mushaklarning, ayniqsa, yuz va bo‘yin mushaklari-

ning haddan ziyod zo‘riqishida, qo‘llarning titrashida, nafas olish ritmining buzilishi-
da, ovozning titrashi, sensomotor reaksiyalar tezligining pasayishi, nutq buzilishi va
boshqalarda namoyon bo‘ladi. Yu.V. Shcherbakov tomonidan o‘tkazilgan tajribalar-
da stress va boshqa hissiy zo‘riqishlar insonning yozuviga ham ta’sir ko‘rsatar ekan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

112

Masalan, yomon kayfiyat ta’sirida harflar orasidagi masofa kengayib, harflar eniga
kattalashib ketishi mumkin. Yaxshi kayfiyatda esa kishining yozuvi mayda harflar
bilan, chiroyli holda yoziladi. Kun tartibining buzilishi uyquning qisqarishi, ish vaqti-
ning tungi davrga o‘tib qolishi, foydali odatlardan voz kechish, hissiy zo‘riqishlarni
bartaraf etishning mos keluvchi usullarini topa olmaslikda ko‘rinadi. Kasbiy faoliyat-
dagi o‘zgarishlar ish joyidagi odatiy harakatlarni bajarishdagi xatolarning ko‘pligi,
vaqtning surunkali tarzda yetishmasligi, ish samaradorligining pasayib ketishi, hara-
kat muvofiqligining buzilishi, aniqlikning yo‘qolishida kuzatiladi. [2]

Ba’zi mualliflar “hissiy stress” va “hissiy zo‘riqish” tushunchalarini farqlamaydilar.

Har ikki holat uchun ham mimikadagi o‘zgarishlar, harakatlarni bajarishdagi nuq-
sonlar, nutq talaffuzidagi buzilishlar xosdir. Ushbu mualliflar tomonidan keltirilgan
vaziyatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu yerda gap klassik tabiatga ega bo‘lgan uzoq
muddatli stresslar haqida emas, balki qisqa muddatli hissiy zo‘riqish haqida boradi.
Ular tomonidan stress tarkibiga kiruvchi hissiy zo‘riqishlar paytida namoyon bo‘la-
digan xulq-atvor reaksiyalarining quyidagi tasnifi keltiriladi:

• impulsiv shakli – haddan ziyod qo‘zg‘aluvchanlik, tormozlanish faolligining pa-

sayishi, xato va shoshilinch harakat;

• tormozlovchi shakli – asab tizimi zaxirasining pasayishi hisobiga himoyalovchi

tormozlanishning kuchayishi;

• generalizatsiyalovchi shakli – kutilmagan harakatlar.

Ongning doimo hissiy zo‘riqishni vujudga keltirgan sabablarini tahlil qilish bilan

bandligi, undan chiqish yo‘llarini axtarish xotira ko‘lamini toraytiradi, zarur material-
ni qayta esga tushirishni qiyinlashtiradi.

Shuningdek, hissiy zo‘riqishlar paytida ikkita yarim sharning o‘zaro ta’siri o‘zga-

rishi ham mumkin, ya’ni “emotsional” – o‘ng yarim shar, “mantiqiy” – chap yarim
shardan ustun bo‘ladi. Aqliy faoliyatning susayishi stressning vujudga kelishiga ta’sir
ko‘rsatgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini topishni qiyinlashtiradi. V.L. Marishuk va
V.I. Yevdokimovlarning yozishicha, stress vaqtida aqliy jarayonlarga xos buzilish-
lar dominantaning fiziologik tushuncha ekanligidan dalolat beradi. Hissiy zo‘riqish
vaqtida salbiy induksiya qonuniga ko‘ra dominanta boshqa qo‘zg‘alish o‘chog‘ini
o‘chiradi [3].

Stressning intellektual faoliyatdagi belgilari:
– diqqat to‘planishi qiyinlashadi, tez chalg‘iydi, ko‘lami torayadi;
– afakkur mantiqiylikning buzilishi, tarqoqligi, qaror qabul qilishning qiyinlashuvi,

ijodiy imkoniyatlarning pasayishi ;

– xotira – operativ xotiraning yomonlashuvi, qayta esga tushirishning qiyinla-

shishi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz lozimki, har qanday faoliyat(o‘yin, ta’lim va meh-

nat) davomida u yoki bu darajadagi zo‘riqishlar bo‘lishi mumkin. Masalan, hissiy
zo‘riqishlar – stress (jiddiylik), bezovtalanish, qo‘rquv, hayajon, xavotirlik shaklida
namoyon bo‘ladi. O‘quv faoliyatiga xos hissiy zo‘riqishlar obyektiv (tashqi) va sub-
yektiv (ichki) omillar ta’sirida yuzaga keladi.Talabalarning o‘quv faoliyatidagi hissiy
zo‘riqishlar uning samaradorligiga ijobiy va salbiy ta’sir etishi mumkin.O‘quv faoli-
yatiga xos zo‘riqishlar barcha talabalar tomonidan bir xil jadallik va davomiylikda
ko‘

z

dan kechirilmaydi. Hissiy zo‘riqishlar o‘quv faoliyati motivatsiyasi, qiziqishlar va

talabalarning psixologik tayyorgarligiga ko‘ra namoyon bo‘ladi

.


background image

STARS International University

113

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiya. T., 1998.
2. Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum.

Toshkent – 1991.

3. G‘oziev E. Psixologiya. T., – O‘qituvchi, 1994.
4. Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., – O‘qituvchi, 1976.

Библиографические ссылки

Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiya. T., 1998.

Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum. Toshkent – 1991.

G‘oziev E. Psixologiya. T., – O‘qituvchi, 1994.

Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., – O‘qituvchi, 1976.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов