Повышение устойчивости доходной базы местных бюджетов

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
125-130
107
14
Поделиться
Соатова, Н. (2020). Повышение устойчивости доходной базы местных бюджетов. Экономика И Образование, 1(4), 125–130. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/4499
Нодира Соатова, Ташкентский финансовый институт

Преподаватель кафедры международных финансов и кредита

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В стате анализируэтся формирование доходов местних бюджетов, определяются основние направления доходов

Похожие статьи


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2020 №

4

125

MAHALLIY BUDJETLAR DAROMAD BAZALARI BARQARORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Soatova Nodira Boboxanovna -

Toshkent moliya instituti,

“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya:

Maqolada mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllanishi va daromadlarning asosiy yo’nalishlarini

belgilash masalalari yoritilgan

Tayanch tushunchalar:

Davlat byudjeti, soliq, mahalliy byudjet, mahalliy byudjetni rejalashtirish, mahalliy soliqlar,

ijtimoiy xarajatlar

Annotatsiya:

V state analiziruetsya formirovanie doxodov mestnix byudjetov, opredelyayutsya osnovnie napravleniya

doxodov.

Klyuchevie slova:

gosudarstvenniy byudjet, nalogi, mestniy byudjet, planirovanie mestnix byudjetov, mestnie nalogi,

sotsialnie rasxodi.

Abstract:

In this article it is mentioned formation of local revenues and main spheres of spending costs.

Key words:

State budjet, tax,local budjet, local budjet planning, local taxes,public costs.

O’zbekiston Respublikasida bozor muno-

sabatlarining shakllanishiga oid tub iqtisodiy
islohotlar o’tkazilishi byudjet tizimi, jumladan,

mahalliy byudjetlar ahamiyatini yanada oshi-

radi. Chunki hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi mahalliy byudjetlarning moliyaviy

barqarorligiga bog’liqdir. Islohotlar chuqurlashi-
shi bilan mahalliy byudjetlar tomonidan moliya-

lashtiriladigan chora-tadbirlar hajmi oshaveradi,
shuningdek, ular ixtiyoriga qoladigan daromad-

lar ham kengayaveradi.

Mahalliy byudjetlar umumdavlat iqtisodiy

va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, bi-
rinchi navbatda, davlat mablag’larini taqsimlash

va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda mu-
him ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlar-

ning faoliyat ko’rsatishlarida asosiy moliyaviy
manba bo’lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyo-

satini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni

o’ynaydi.

Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-

ehtiyojlarni to’laroq qondirishni hamda davlat-
ning markazlashgan tartibda amalga oshiradi-

gan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas
bog’langan holda ijro etishga imkon yaratib

beradi.

O’zbekiston Respublikasida byudjet tizimi

taraqqiyotining hozirgi bosqichida amaldagi
davlat moliyasi tizimi zamonaviy talablarga

javob bermasligi va olib borilayotgan byudjet
siyosatiga, o’rta muddatli davrda qabul qilingan

davlat dasturlari bilan bog’liq byudjet xarajat-
lariga ob’ektiv va ishonchli baho berishga imkon

bermasligi, byudjetni rejalashtirishning xalqaro

e’tirof etilgan usullari joriy etilishi sust bo’lgan-
ligi kabi muammolar bugungi kunda ko’zga

tashlanmoqda.

O’zbekistonning o’rta muddatli rivojlanish

strategiyasida mahalliy byudjetlar daromadlari
bazasini oshirish, xarajatlari tizimlarini isloh

qilish, ularning moliyaviy mustaqilligini ta’min-

lash, hududlar o’rtasida raqobat muhitini shakl-
lantirish kabi muhim vazifalar belgilangan bo’-

lib, mazkur vazifalarni ta’minlashda rivojlangan
davlatlar ilg’or tajribasini o’rganish, ularning ijo-

biy natijalarini respublikamizda qo’llash muhim
ahamiyatga ega.

Hududlarni rivojlantirish borasida fikr

yurita turib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.M. Mirziyoev shunday deydi: “Hududlarni
barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni mo-

liyalashtirish uchun mahalliy byudjetlarning
mablag’lari etarli emas”[1].

Mamlakatimiz moliya-byudjet tizimida

amalga oshirilayotgan islohotlar hududiy iqtiso-

diyot muammolarining keskinlashuvi sharoitida

mahalliy byudjetlar imkoniyatlarini yanada
oshirishga zaruriyat sezmoqda. Shundan kelib

chiqib, xududlar ehtiyojlarini qoplashi uchun
etarli moliyaviy manbaga ega bo’lishi, ulardan

oqilona va samarali foydalanish, ularning bar-
qarorligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga

oshirish, bunda ilmiy asoslangan taklif va tav-
siyalarni keng qo’llash orqali masalaga tizimli

yondashish muhim ahamiyat kab etadi.

Mahalliy byudjetlar - O’zbekiston Respub-

likasi Davlat byudjetining muhim va asosiy
qismi hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar orqali

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mo-
liyaviy mablag’lar bilan ta’minlab boriladi.

Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi

byudjet tizimining ajralmas qismi sifatida o’zida
14 ta mustaqil byudjetni mujassamlashtiradi.

Mahalliy byudjet – byudjetining tegishli

viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’ar-

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2020 №

4

126

masini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda da-
romadlar manbalari va ulardan tushumlar miq-

dori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq
maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi

yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respubli-

kasi davlat byudjetida muhim tarkibiy qismni

tashkil etadi va mahalliy hukumat organlarining
faoliyat ko’rsatishlarida moliyaviy manba bo’lib

hisoblanadi.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va mahalliy

byudjetlar imkoniyatlarini hamda iqtisodiy
erkinlashtirish shart-sharoitida mahalliy byud-

jetlarni shakllanishi va ijrosini ta’minlashda
mahalliy xokimiyat organlarining moliyaviy va

xuquqiy rolini oshirish yo’nalishlarining ilmiy
tadqiqi hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb

etadi. Biz bilamizki, byudjetlarning mustaqilligi
byudjet tizimining asosiy tamoyili sifatida

belgilangan bo’lib ushbu tamoyil turli darajadagi
vakolatli hokimiyat organlarining o’zlariga be-

rilgan vakolatlari doirasida byudjet jarayonini

mustaqil ravishda amalga oshirish huquqlarini
anglatadi. Har bir darajadagi byudjet daromad-

larining o’z manbalari, shuningdek, joylardagi
vakolatli hokimiyat organlarining qonunlarida

belgilangan doiralarida mahalliy soliqlar va
yig’imlar soliq stavkalarini o’zgartirish huquqini

qonun asosida mustahkamlab qo’yilgan.

Daromadlar manbalari belgilanishi va ular

mahalliy byudjetlarga tushishi qonun asosida
mustahkamlab qo’yilishi mahalliy hokimiyat or-

ganlarining mustaqilligi va byudjetlarni shakl-
lantirishdan manfatdorligini oshiradi.

Hududlarning moliyaviy-byudjet rivojlani-

shi istiqbollari belgilanayotganda imkon doira-

sida shunga e’tiborni qaratish kerakki, iqtisodiy
va ijtimoiy muammolar ma’muriy usullardan

holi, yuqori organlarning aralashuvisiz, asosan,

hududda yaratilgan va jalb qilingan mablag’lar
hisobidan hal etilishi kerak [2].

Hududda barcha sub’ektlar o’rtasidagi

o’zaro moliyaviy munosabatlar quyidagi tamo-

yillar asosida tashkil etiladi:

hudud mahalliy byudjeti daromadlar

qismining barqarorligini iqtisodiy potensialni
samarali rivojlantirish asosida ta’minlash;

mahalliy byudjetlar uchun daromadlar

manbalari va ajratmalar stavkalari tizimini, shu-

ningdek ularning amalga oshiradigan funksiya-
lariga mos ravishda xarajatlar turlarini qat’iy

belgilash;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

maqsadida korxonalar va tashkilotlarning, hu-
dudda joylashgan davlat korxonalirining, shu-

ningdek aholining va chet el investorlarining
mablag’larini jalb qilish va muvofiqlashtirilgan

holatda ishlatish.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 1

yanvardan kuchga kirgan “Byudjet kodeksi”

ning 35-moddasiga muvofiq, mahalliy byudjet-
lar tarkibiga kiruvchi byudjetlar quyidagi byud-

jetlarni o‘z ichiga oladi (1-rasm).





1-rasm. O'zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlar tuzilmasi [3]

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti

tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining

respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respub-

likasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari
kiradi. Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilma-

siga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tuman-

lari va shaharlarining byudjetlari kiradi.

Mahalliy byudjetlarning davlat byudjeti

tizimidagi o‘rni mahalliy byudjetlar daromad-

larini tashkil etish hamda uning tarkibini bel-
gilashda moliyaviy asos hisoblanadi.

Mahalliy byudjetlarning mavqeyini yana-

Viloyatlarning

byudjetlari

Q

ora

q

alpo

g'

iston

Respublikasi byudjeti

Toshkent shahar

byudjeti

Respublikasi byudjeti

Respublikaga bo'ysuna-
digan tumanlar byudjeti

Respublikaga bo'ysunadi-

gan shaharlar byudjeti

Viloyat byudjeti

Viloyatga bo'ysunadigan

shaharlar byudjeti

Viloyatga bo'ysunadigan

tumanlar byudjeti

Sha

h

ar byudjeti

Toshkent sha

h

ar

tumanlar byudjeti

Mahalliy byudjetlar tarkibi

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2020 №

4

127

da oshirish hukumatning byudjet siyosatini sa-
maradorligini oshirishga xizmat qiladigan mu-

him omil ekanligi ahamiyatga molikdir.

Mahalliy byudjetlar aholini ijtimoiy hi-

moya qilish borasida davlatning olib borayotgan
siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisobla-

nadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlari-

ning deyarli yuz foizi mahalliy byudjetlar hi-
sobidan moliyalashtiriladi.

Xalq deputatlari Kengashi va hokim

viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo‘lgan

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga
oshirilishini, joylarda qonunlar, O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaror-
lari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va

Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar,
yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va

hokimlar qarorlarining ijrosini, O‘zbekiston
Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi

organlari bilan fuqarolarning o‘zinio‘zi boshqa-

rish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini vi-
loyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb

etishni ta’minlaydi. Bu qonun hujjatlari esa o’z-
o’zidan mamlakatimiz mahalliy byudjetlar tizi-

miga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi.




2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar moliyaviy

resurslari tarkibi[4]

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar

Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi te-

gishli hududda o‘zini-o‘zi boshqarishni rivoj-
lantirishga ko‘maklashish asosida o‘zini o‘zi

boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib
turadilar. Yuqoridagi Qonunga muvofiq, vilo-

yat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini
(2-rasm) byudjet mablag‘lari, byudjetdan tash-

qari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fond-
lar, kredit resurslari, shuningdek respublika

(viloyat, Toshkent shahri) byudjetidan ajratilgan

subventsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi.

Hududiy iqtisodiyot va hududdagi ijti-

moiy jarayonlarni boshqarish va tartibga so-
lishda mahalliy davlat hokimiyati organlari

alohida o‘rin egallaydi. 1993 yil 2 sentyabrda
qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘-

risida”gi № 913-XII-son O‘zbekiston Respubli-
kasi Qonuniga muvofiq, “Viloyatlar, tumanlar

va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan sha-
harlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga ki-

ruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari
Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik or-

ganlari” [5] hisoblanadi.

Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakl-

lantirishda tartibga soluvchi daromadlar ham

muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bi-

lan hozirgi paytda amaldagi tartibga muvofiq ra-
vishda mahalliy byudjetlar daromad bazalari-

ning barqarorligini ta’minlashda quyidagilardan
tartibga soluvchi daromadlar sifatida foydalani-

layotganligini qayd etib o‘tishimiz mumkin.

Mahalliy byudjetlar tizimida daromadlari-

ni shakllanishida asosiy ulushni obodonlashti-
rish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish so-

lig‘i egallab turadi. Ammo ularda mahalliy soliq-
lar va majburiy to’lovlar asosida shakllangan

daromadlar doimo ularni xarajatlarini moliyala-

shtirishga yetmaydi. Mana shunday holatda
umumdavlat soliqlaridan ajratmalar belgilanadi.

Umumdavlat soliqlaridan ajratmalarning

me’yorlari davlat qonunchiligi asosida belgila-

nib, ular Respublikamiz hududlari bo‘yicha tur-
licha taqsimlangan. Buning asosiy sababi hudud-

larning notekis rivojlanishi, ulardagi iqtisodiy-
ijtimoiy omillardir. 1-jadval ma’lumotlaridan

ko‘rinib turibdiki, 2016 yilda Respublikamizda
mahalliy byudjetining daromadlarining hudud-

lar kesimida shakllanishida Farg’ona viloyati-
ning ulushi yuqoriligi ajralib turibdi. 2017 va

2018 yillarda esa Toshkent shahri mahalliy
byudjetining daromadlari ulushi yuqoriligini

ko’rishimiz mumkin.

Viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslari

Aniq maqsadga

qaratilgan fondlar

Q

ora

q

alpo

g'

iston

Respublikasi byudjeti

Mahalliy byudjetlar

mablag’lari

Respublika (viloyat, Toshkent shahri)

byudjetidan subventsiyalar va dotatsiyalar

Kredit resurslari

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2020 №

4

128

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlar daromadlarining 2016-2018 yillardagi

hududlar kesimida shakllanishi (mln. so‘m) [6]

Hududlarning nomi

2016 yil

2017 yil

2018 yil

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

949 478,0

1 423 221,1

1 133 300,0

Andijon viloyati

1 785 104,7

1 710 478,9

1 290 100,0

Buxoro viloyati

1 260 770,2

1 161 533,9

1 226 100,0

Jizzax viloyati

515 798,2

701 103,7

741 700,0

Qashqadaryo viloyati

1 895 997,9

1 771 333,8

1 909 900,0

Navoiy viloyati

850 311,4

807 404,0

860 000,0

Namangan viloyati

974 437,7

1 075 380,2

1 088 400,0

Samarqand viloyati

2 304 647,6

2 140 551,4

1 637 500,0

Surxondaryo viloyati

905 842,1

1 077 760,6

1 052 100,0

Sirdaryo viloyati

460 916,4

608 619,0

535 000,0

Toshkent viloyati

1 817 715,5

1 706 483,1

1 692 400,0

Farg‘ona viloyati

2 800 101,7

2 150 239,5

1 588 000,0

Xorazm viloyati

1 170 449,8

1 152 482,8

892 600,0

Toshkent shahar

2 326 239,1

2 499 125,2

2 378 900,0

Jami

18 417 961,3

19 985 716,5

18026000,0

Manba:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli yillardagi “O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar

prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2455, 2699, 3454 Qarorlariga asosan muallif tomonidan tayyorlandi.


2016 yilda mahalliy byudjetlarda shakl-

langan daromadlarning umumiy yig’indisi 18,4
mlrd. so’mni tashkil qilgani holda, 2017-yilda

19,9 mlrd. so’mni, 2018 yilda esa 18,1 mlrd.
so’mni tashkil etgan.Tartibga soluvchi daromad-

lar mahalliy byudjetlar balansligini ta’minlashga
yordam beradi, garchan ushbu daromadlar ma-

halliy hududlarda yig’ilsada, ammo me’yoriy-
huquqiy qonunchilikka asosan ularning ma’lum

bir ulushi yuqori turuvchi byudjetlarning daro-
madlarini to‘ldirishga va o‘z navbatida ularning

oldiga quyilgan maqsad va vazifalarni amalga
oshirishga ko‘mak beradi va balansliligini ta’-

minlashga imkon beradi.

Hududlarda byudjet resurslarini shaklla-

nishi tegishli hududning moliyaviy imkoniyatlari

bilan chambarchas bog’liq. Moliyaviy imkoniyat-
lar esa tabiiy sharoitlarga, ijtimoiy-iqtisodiy ri-

vojlanish darajasiga, xo’jaik tuzilishi va ixtisosla-
shuviga, hududning mamlakat mehnat taqsimo-

tidagi mavqeiga, boshqa hududlar bilan xo’jalik
aloqalarining balanslashganligiga va boshqa qa-

tor omillarga bog’liq. Albatta hudud o’z moliya-
viy resurslarini shakllantirishda muayyan mus-

taqillikka ega bo’lishi lozim. Lekin, bu erkinlik
yetarli moliyaviy imkoniyatlar mavjud bo’lgan-

dagina real ahamiyatga ega.

Umumdavlat daromadlari va soliqlari har

yili qonun bilan belgilangan tartibda o‘rnatilgan

me’yorlar asosida tegishli byudjetlar o‘rtasida
taqsimlanadi. Tegishli ma’muriy-hududiy bo‘lin-

maning byudjeti uchun o‘rnatiladigan mazkur
me’yorlar asosan quyidagilarni e’tiborga olgan

holda o‘rnatiladi:

-

hududlarning moliyaviy ahvoli hamda

ularning o‘z daromad bazalarining holatiga

ko‘ra;

-

hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, demog-

rafik va boshqa umumdavlat vazifalarining va
dasturlarning mavjudligi va amal qilishiga ko‘ra;

-

hududlar bo‘yicha tovarlar va xizmatlar

narhlaridagi farqlarning mavjudligiga ko‘ra;

-

har bir hudud bo‘yicha aholi soni, tarkibi

va zichligi bo‘yicha;

-

tegishli hududda joylashgan byudjet

tashkilotlari va byudjet mablag‘larini o‘z tasar-
rufiga oluvchilarning byudjet mablag‘lariga bo‘l-

gan talabiga ko‘ra.

Umumdavlat soliqlarining bir qismi, ya’ni

qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, jismoniy
shaxslar daromadidan soliq, yuridik shaxslar

foydasidan soliqlar respublika va mahalliy byud-
jetlar o‘rtasida belgilangan tartibda o‘rnatiladi-

gan me’yorlarga asosan taqsimlanadi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti

Sh.M. Mirziyoev ta’kidlaganlaridek: [7] “Davlat

byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga
berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlash

zarur. Bu esa mintaqalar mustaqilligini oshirish,
ularning tashabbuskorligini, byudjetning ijrosi-

dan manfaatdorligini va bu boradagi ma’suliya-
tini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari,

bu narsa mahalliy byudjetlarga tushumlarning
yangi manbalarini qidirib topishga rag’batlanti-

radi, joylarda byudjet intizomini mustahkamlay-
di”. Shu vazifalardan kelib chiqib

...Olib borila-

yotgan soliq siyosatining asosiy yo’nalishlaridan
biri, bu – resurs va mol-mulklardan samarali

foydalanish maqsadida ularni mahalliy byudjet

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2020 №

4

129

daromadlaridagi salmog’ini oshirishdan iborat-
dir. Buning asosiy sababi mamlakatimizda mav-

jud bo’lgan tabiiy resurslardan ularning qayta
tiklanmasligini hisobga olgan holda va to’plan-

gan mol-mulkdan o’z o’rnida foydalanishni ko’z-
da tutadi”[8]. Mahalliy byudjet daromadlarini

asosiy qismini, ya’ni davlat byudjetining tegishli

viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’ar-
masini mahalliy soliqlar tashkil etadi.

Mahalliy byudjetlarning davlat byudjet

siyosatidagi tutgan o’rni mahalliy byudjetlar da-

romadlarini tashkil etish hamda uning tarkibini
belgilashda moliyaviy asos hisoblanadi.

Mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilli-

gini ta’minlash uchun ularning daromadlar ba-

zasini ham mustahkamlash lozim. Buning uchun
daromad olishni markazlashtirilmaslik lozim, bu

mahalliy boshqaruv organlarini iqtisodiy bazani
rivojlantirishga va o’z qaramog’idagi hududlarga

investitsiya kiritishga xarakatlantiradi va nati-
jada soliq tushumlarini ko’paytiradi. So’ngi uch

yil davomida hukumatimiz tomonidan joylarda-

gi davlat boshqaruv organlarining mahalliy
byudjetlarni shakllantirishdagi vakolatlarini,

ularning mahalliy byudjetlarning daromadlar
bazasini kengaytirish va zahiralarini aniqlash-

dan manfaatdorligi va javobgarligini oshirish,
shuningdek shaffoflik va byudjet jarayoni usti-

dan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byud-
jetdan moliyalashtirish mexanizmini takomil-

lashtirish va byudjet intizomini mustahkamlash
hamda Davlat byudjeti barqarorligini ta’min-

lashga qaratilgan bir qancha amaliy chora-tad-
birlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ishlarni

yanada jadallashtirish, hududlarning xarajatlar
tizimini yaxshilash va samaradorligini oshirish

borasida eng avvalo ularni tubdan o’rganib,

ularda mavjud bo’lgan muammolarni tahlil qi-
lish va ularni bartaraf etish yo’llarini topish

muhimdir. Mazkur ilmiy maqolani yoritishda
quyidagi ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar

shakllantirildi, jumladan:

1.

Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda,

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’-
yicha loyihalarni amalga oshirishda mahalliy

boshqaruv organlarining mustaqiligini ta’min-
lash, shuningdek, majburiyatlarni moliyalashti-

rish bo’yicha ma’-suliyatni hududlar imkoniya-
tini hisobga olgan holda 100 foizigacha o’z zim-

masida qoldirish. O’z xarajatlarini daromadlari
moliyalashtirish imkoniga ega hududlarga to’la-

ligicha mustaqilliq berish, yani yuqori byud-

jetdan har qanday transfert va ajratmalar ajra-
tish amaliyotini bekor qilish, hududlar amalga

oshirishi kerak bo’lgan majburiyatlarni qat’iy

belgilash, Respublika byudjetiga tegishli qismini
qa’tiy ajratish, hududlar majburiyatlarini to’lali-

gicha o’ziga yuklash.

2.

Xududlar daromadlarini oshirish bora-

sida nafaqat soliqlar va tushumlar, shu bilan bir-
galikda xorijiy mamlakatlar tajribasida mavjud

boshqa amaliyotlarni ham joriy etish maqsadga

muvofiqdir. Masalan, O’zbekistonda mahalliy
davlat boshqaruvi organlariga qimmatli qog’oz-

lar emissiyasini amalga oshirishga yoki mahalliy
hududlar doirasida qarz mablag’larini jalb qilish

amaliyotini joriy etish lozimdir, ya’ni mahalliy
boshqaruv organlarini qimmatli qog’ozlar bozo-

ri ishtirokchisiga aylantirishdir.

3.

Mahalliy byudjet xarajatlarini rejalash-

tirishda hududlarning tabiiy va iqtisodiy salo-
hiyatini hisobga olgan holda amalga oshirish,

tasdiqlangan xarajatlarni bajarilishi ustidan
nazoratda Xalq deputatlari viloyat, tuman,

shahar Kengashlari va keng jamoatchilikning
ishtirokini ta’minlash ularning samaradorligida

muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ijro sama-

radorligi ustidan deputatlik kengashlari va keng
jamoatchilikning aloqadorligini va xabardorli-

gini ta’minlash. Bu borada yana bir muhim jihat
mahalliy hokimiyat organlari va boshqaruv or-

ganlari faoliyatlarini va ularga tegishli huquqiy
normalarni qaytadan o’rganish, ularning byudjet

sohasidagi vakolatlarini kengaytirish masalalari-
ga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

4.

Xududlar daromadlarini oshirish bora-

sida nafaqat soliqlar va tushumlar, shu bilan

birgalikda xorijiy mamlakatlar tajribasida mav-
jud boshqa amaliyotlarni ham joriy etish maq-

sadga muvofiqdir. Masalan, O’zbekistonda ma-
halliy davlat boshqaruvi organlariga qimmatli

qog’ozlar emissiyasi qilishga yoki mahalliy hu-

dudlar doirasida qarz mablag’larini jalb qilish
amaliyotini joriy etish lozimdir, ya’ni mahalliy

boshqaruv organlarini qimmatli qog’ozlar bozo-
ri ishtirokchisiga aylantirishdir.

5.

Xududiy moliyaviy siyosatni amalga

oshirishda xorij tajribasi amaliyotga keng mas-

shtabda qo’llash va joriy etish xususan, Germa-
niyaning hududiy moliyaviy siyosat sohasidagi

tajribasini qo’llash O’zbekiston uchun ahamiyat-
li bo’lishi mumkin, chunki har ikkala mamlakat-

da markazlashuv darajasi etarli darajada yuqori
bo’lib, boshqacha aytganda, byudjet mablag’lari-

ni hududlararo qayta taqsimlash ko’lami katta
hamda mamlakat va hududlarning ijtimoiy-iq-

tisodiy rivojlanishida markaziy davlat hokimiya-

ti muhim rol o’ynaydi.

6.

Byudjet mablag’laridan foydalanuvchi-

larning ushbu mablag’lardan samarali va oqilo-

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2020 №

4

130

na foydalanishda byudjet tashkilotlarining rah-
barlari va moliya-iqtisod bo’limi hodimlariga

alohida shaxsiy javobgarlikni yuklovchi huquqiy
normalar tizimini yaratish ularning samarador-

gini oshirilishiga xizmat qiladi. Hozirda Davlati-

miz rahbari tomonidan talab qilinayotgan har
bir rahbar xodimning shaxsiy javobgarligini

oshirish masalalarida shu jihatga ham alohida
e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiqdir.

Маnba va adabiyotlar ro’yxati:

1.

Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik

qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. – Toshkent: O’zbekiston, 2017.– 104b.

2.

Qosimova G.A. Mahalliy byudjetlarni tuzish va ijrosini ta’minlash. O’quv qo’llanma. – T.: “Fan va texnologiya”. 2007 y.

3.

O’zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”. T.: “O’zbekiston” 2013 yil 26 dekabr

4.

Matn asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

5.

Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi (02.09.93.) 913-XII-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida muallif

tomonidan tayyorlangan.

6.

“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi (02.09.93.) 913-XII-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1-modda.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455 sonli hamda 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-

2699 sonli, 2017 yil 29-dekabrdagi PQ-3454 sonli Qarorlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

8.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU,

2017. - 488 b.

9.

Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent:

“O’zbekiston” NMIU, 2017. - 56 b.

ЖИСМОНИЙ ШАХСЛАР ДАРОМАДЛАРИНИ СОЛИҚҚА ТОРТИШ:

МОҲИЯТИ ВА ХУСУСИЯТЛАРИ

Қиёсов Шерзод Уралович -

Тошкент молия институти, “Солиқлар ва

солиққа тортиш” кафедраси катта ўқитувчи, PhD

Аннотация.

Мақолада мамлакатимизда солиқ тизими ислоҳининг омиллари ва самарали воситалари

таркибида жисмоний шахслар даромадини солиққа тортишнинг тутган ўрни ва аҳамияти, Ўзбекистон
Республикасида жисмоний шахслар даромадини солиққа тортиш амалиётининг ҳолати ва уни такомиллаштириш
йўллари кўриб чиқилган.

Асосий тушунчалар:

жисмоний шахслар, даромад, солиққа тортиш, солиқ базаси, солиқ ставкаси, солиққа

тортиш тизими, жисмоний шахслар даромадларидан солиқ элементлари, солиқ имтиёзлари.

Аннотация.

В статье рассмотрены место и значение налогообложения доходов физических лиц в

структуре факторов и эффективных методов реформирования налоговой системы страны, состояние и пути
совершенствования практики налогообложения доходов физических лиц в Республике Узбекистан.

Ключевые слова:

физические лица, налогообложение, налоговая база, система налогообложения, элементы

налога с доходов физических лиц, налоговые льготы.

Abstract.

In the article was reviewed the role and importance of individual income taxation in the structure and

effective factors in order to tax reforms in our country, as well as, it was discussed the ways of improving individual income
taxation in the Republic of Uzbekistan.

Key words:

individuals, income, taxation, tax base, tax rate, taxation system, elements of tax on income of individuals,

tax deductions.

Кириш.

Жаҳон амалиёти тасдиқлаши-

ча, жисмоний шахслар даромадларини со-

лиққа тортиш механизмини такомиллашти-

риш уларнинг иқтисодий фаолиятига бево-
сита таъсир кўрсатади. Мамлакатларда со-

лиқ юки ҳолати, солиқ тўловлари сони, со-
лиқларни тўлаш бўйича вақт сарфи ҳолати-

дан келиб чиққан ҳолда халқаро миқёсда
“Солиқларни тўлаш” рейтинги[1], эълон қи-

линиб келинмоқда. Унда давлатлар кесими-

да меҳнат ҳақига солиқлар масалаларига
жиддий эътибор қаратилмоқда. Мазкур жи-

ҳат жисмоний шахслар даромадларини со-

лиққа тортиш амалиётига халқаро ташки-
лотлар томонидан ҳам жиддий эътибор қа-

ратилаётганлигидан далолат беради. Дарҳа-
қиқат, “солиққа тортиш масаласида амалиёт-

да синалган принцип ва ёндашувларни иш-
лаб чиқиш, бу борада бошқа мамлакатлар-

нинг илғор тажрибасидан самарали фойда-

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. – Toshkent: O’zbekiston, 2017.– 104b.

Qosimova G.A. Mahalliy byudjetlarni tuzish va ijrosini ta’minlash. O’quv qo’llanma.– T.:“Fan va texnologiya”.2007 y.

O’zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”. T.: “O’zbekiston” 2013 yil 26 dekabr

Matn asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi (02.09.93.) 913-XII-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi (02.09.93.) 913-XII-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455 sonli hamda 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699 sonli, 2017 yil 29-dekabrdagi PQ-3454 sonli Qarorlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 488 b.

Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 56 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов