Выражение временного синтаксиса в одном ядре

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
130-137
58
122
Поделиться
Мамаёкубова, Ш. (2019). Выражение временного синтаксиса в одном ядре. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (71), 130–137. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1080
Шахло Мамаёкубова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

Мастер

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье представлен обзор структуры английского раздела ее прововых положений, синтаксических и семантических единец, их роли в выступлениях, их недостатках и достижениях

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

130

 

 

TILSHUNOSLIKDA GAP BO‘LAKLARI VA SINTAKTIK ALOQALAR 

MASALALARI 

 

Mamayoqubova Shahlo Obloqulovna, 

SamDCHTI magistranti 

 

Kalit so‟zlar: 

sintaktik, sintagmatik, subyektiv, predikativ, dativ, genetiv, kommunikativ. 

 

Tilshunoslikda  gap  nutq  birligidir. 

Shuning  uchun,  uning  sintaktik  tahlili  nutq 
lingvistikasi  qonun  –  qoidalari  bo‘yicha 
amalga  oshirilishi  kerak  bo‘ladi.  Nutq 
lingvistikasi  qonun-qoidalari  esa  endigina 
ilmiy  asoslana  boshladi.  Shu  sababli  ular 
orqali  sintaktik  tahlilda  o‘z  aksini  topishi 
lozim  bo‘lgan    gapning  struktur  butunligini 
tashkil 

etayotgan 

bevosita 

ishtirokchi 

elementlarning  tildan  nutqqa  ko‘chirilishi  va 
bu  jarayonda  ularning  qay  tarzda  sintaktik 
faollik 

olishi, 

sintagmatik 

zanjirning 

voqelanishidagi  ulushi  masalalarini  izohlab 
bo‘lmaydi.  

Gap 

bo‘laklari 

nazariyasiga 

asoslanuvchi  an‘anaviy  sintaktik  tahlilning  
zaif  tomonlari  haqida  ba‘zi  tilshunoslar  o‘z 
fikr va mulohazalarini bildirishgan bo‘lishiga 
qaramay,  bu  sohada  hali  keskin  o‘zgarishlar 
sodir  etilganicha  yo‘q.  Rus  tilshunosi 
Z.D.Popova 

mazkur 

masala 

bobida 

quyidagilarni 

yozadi: 

«Традиционное 

учение о членах предложения содержало в 
себе 

такие 

противоречия, 

которые 

постоянно  побуждали  синтаксистов  к  его 
пересмотру» [1-c.69.]. 

Z.D. 

Popova 

gap 

bo‘laklari 

tushunchasiga  yangicha  yondashib,  ularning 
gapda  bajaradigan  vazifalarini  birmuncha 
mukammalroq  va  aniqroq  izohlashga  harakat 
qiladi. 

Olima 

G.A.Zolotova 

qo‘llagan 

―subyektiv‖  va  ―predikativ‖  terminlaridan 
foydalanib, 

gap 

bo‘laklarini 

ularning 

vazifalariga  ko‘ra  quyidagicha  tasnif  etadi. 
Gapning  struktur  sxemasiga  kiruvchi  gap 
bo‘laklari.  Bunga  subyektivlar  (ega,  dativ 
subyektiv,  genitiv  subyektiv,  instrumentativ 
subyekt  va  h.k.lar);  predikativlar  (kesim, 
predikativ ravish, infinitiv va h.k.) kiradi.  
 Gapning  struktur    sxemasiga  kirmaydigan 
gap  bo‘laklari.  Bu    bo‘laklar,  o‘z  navbatida, 
ikkiga    bo‘linadi:  1.  Gapning  pozitsion 

sxemasiga kiruvchi ikkinchi darajali bo‘laklar 
(to‘ldiruvchi,  hol).  2.  Gapning    pozitsion 
sxemasiga  kirmaydigan  ikkinchi  darajali 
bo‘laklar (aniqlovchi) [ 2-c. 72

.]. 

Tilshunoslarning 

gapning 

ikkinchi 

darajali 

bo‘laklari 

haqida 

ham 

bildirishayotgan 

salbiy 

mulohazalarini 

kuzatamiz.  Bu  xususda  gapirganda  akademik 
V.  V.  Vinogradov  gapning  ikkinchi  darajali 
bo‘laklari  masalasini  tubdan  qayta  ko‘rib 
chiqish 

kerakligini, 

ular 

grammatik 

tamoyillarga  izchil  asoslanmaganligi  tufayli 
gap  strukturasida  sodir  bo‘ladigan  jonli 
sintaktik 

aloqalarni 

mutlaqo 

sun‘iy 

ifodalashini  alohida  ta‘kidlagan  edi  [3-c. 
282.]. 

Bunday 

fikr 

Ya. 

I. 

Rosloves 

tadqiqotlarida  ham  ko‘zga  tashlanadi.  Uning 
«Вопросы  языкознания»  jurnalida  e‘lon 
qilingan  maqolasida  quyidagilarni  o‘qiymiz: 
«Традиционное  учение  о  второстепенных 
членах 

предложения… 

переживает 

своеобразный 

и 

противоречивый 

кризис»[4-c.74].  Olim  masalaning  bunday 
holatga  kelib  qolishining  asosiy  sababi 
mantiqiy  va  sintaktik  kategoriyalarning,  gap 
va  hukmning,  gap  bo‘laklari  va  mantiqiy 
hukm  bo‘laklarining  bir-biridan  keskin 
farqlanmayotganligida deb biladi.  

Tilshunoslik 

adabiyotlarida 

gap 

bo‘laklari  va  ularning  talabga  javob  bera 
olmayotgani 

haqida 

aytilgan 

fikr 

va 

mulohazalar  anchagina  bo‘lishiga  qaramay, 
hozirgacha  bu  xususda  sof    lingvistik  qonun-
qoidalarga  izchil  asoslanuvchi  biror  bir 
konkret  taklif  kun  tartibiga  qo‘yilgani  yo‘q. 
Bizningcha,  buning  amalga  oshishi  nutq 
lingvistikasining to‘liq ilmiy asoslanishi bilan 
bevosita bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, gap 
nutq  birligidir  va  shu  bois  uning  sintaktik 
tahlili muammolarini ham nutqdan ayri holda 
hal etish mushkuldir. 

  

 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

131

 

Ma‘lumki,  har  bir  til  tizimining 

sintaktik 

qatlamini 

o‘rganishda 

gaplar 

struktura jihatdan kommunikativ  yo‘nalishiga 
hamda  tarkibiga  ko‘ra  tasniflanadi.  Ammo 
gapdagi  so‘zlar    o‘zaro  bog‘langan  bo‘lib, 
ularning  har  biri  gap  tarkibida  biror 
grammatik 

vazifani 

bajaradi. 

Gap 

strukturasini  tahlil  qilishda  undagi  gap 
bo‘laklari  sintaktik  kategoriya  hisoblanadi. 
Mazkur 

kategoriyalar 

gap 

tarkibidagi 

elementlarning  o‘zaro  munosabatini,  bu 
munosabatning 

harakterini, 

gapning 

grammatik  jihatdan  qanday  bo‘laklarga 
ajralishini, so‘zning  gapdagi rolini ko‘rsatadi. 
Har  bir  gap  ma‘lum  obyektiv  mazmun  va 
substant  material,  ya‘ni  so‘zlar  yordamida 
ifodalanadi.  Gapning  substantsional  tomoni 
uning 

sintaktik 

strukturasi 

hisoblanadi. 

Sintaktik  strukturani  tashkil  etgan  elementlar 
tilshunoslikda turlicha, ya‘ni "gap bo‘laklari", 
"sintaksema"[5-c.23.], "sintaktik shakl" kabi

26 

 

nomlanib kelinmoqda. Sintaktik elementlarni, 
shuningdek,  aktant  nomi  bilan  ham  atashadi. 
Avvalo shuni aytish lozimki, «aktant» termini  
tilshunoslikka  taniqli  fransuz  olimi  Lyus‘en 
Ten‘yer    tomonidan  kiritilgan  edi.  U    aktant 
deganda,    fe‘l  bajarayotgan  ish-harakati  
ijrosida  faol  qatnashayotgan  leksik  birliklarni 
tushunadi.    Aktantlar,  boshqacha  aytganda, 
harakat  ijrochisi  va  uning  iste‘molchilaridir. 
Ularning  ishtirokisiz  fe‘lning  sintaktik  
vazifalari  xususida  hamda  uning    jumla 
tarkibida    voqyelanayotgan    faolligi  xususida 
mukammal ma‘lumotga  ega bo‘lish qiyin. 

Aktant gap sathida ot turkumidagi so‘z 

yoki  mazkur  so‘zning  o‘rnida    qo‘llanilishi 
mumkin bo‘lgan olmosh, otlashgan biror so‘z 
orqali  ifodalanadi.  L.Ten‘yer    aktantlarni  
harakat  ijrosidagi  darajasiga  qarab  uch  turga  
bo‘lib  talqin  etadi  va  ularni    1-darajali,  2- 
darajali, 3- darajali aktantlar  deb nomlaydi[6-
c.23-28.].  L.Ten‘yerning  aktantlar  nazariyasi  
mantiq  iskanjasida  bo‘lgan  tilshunoslikni 
sezilarli  darajada  undan  tozalash  uchun 
xizmat  qilishi  shubhasizdir,  zotan,  mazkur 
nazariyada  an‘anaviy  sintaktik  tahlilda  
qo‘llaniladigan ega, kesim, aniqlovchi va h.k. 
tushunchalaridan  foydalanilmaydi.  

Ma‘lumki,  an‘anaviy  tilshunoslikda 

                                                           

 

gapning  sintaktik  talqini  xususida  so‘z 
yuritilganda  gapni  bo‘laklarga  ajratib  tahlil 
qilish tushuniladi. Gap bo‘laklarining bunday 
tavsifi  tilshunoslikda  XX  asrning  o‘rtalariga 
qadar  sintaktik  tahlil  jarayonida  yetakchi  rol 
o‘ynadi.  Shunday  bo‘lishiga  qaramasdan,  til 
birliklariga,  shu  jumladan,  sintaksemalarga 
muayyan  ichki  strukturaga  ega  bo‘lgan 
murakkab  sistema  sifatida  yondashuv,  tilning 
boshqa  sathlarida  bo‘lgani  kabi  sintaktik 
sathda  ham  turli  yangicha  tahlil  mezonlarini 
ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi [7-c.124.]. 

Xususan,  A.  Nurmonovning  fikricha, 

sistem 

tilshunoslikda 

gapning 

struktur 

elementlari  gap  bo‘laklari  yoki  sintaktik 
pozitsiya, propozitiv struktura elementlari esa 
obyektiv 

reallik 

strukturasiga 

nisbatan 

izomorflik,  kommunikativ  (aktual)  struktura 
tema  (ma‘lum)  va  rematik    (yangi),  modal 
struktura obyektiv va subyektiv munosabatlar 
nuqtayi  nazaridan  o‘rganiladi  [7-b.85-89

]

Darhaqiqat,  har  bir  strukturaning  o‘ziga  xos 
elementlari  mavjud  bo‘lib,  ular  faqat  shu 
struktura  darajasidagina  o‘zaro  assotsiativ  va 
sintagmatik  aloqada  bo‘ladi.  Shu  jihatdan 
qaralganda,  an‘anaviy  tilshunoslikdagi  ayrim 
muammolarning 

sababi 

oydinlashadi. 

Xususan,  an‘anaviy  tilshunoslikda  gapning 
sintaktik  tahlili  uni  bosh  va  ikkinchi  darajali 
bo‘laklarga  ajratish  bilan  chegaralanadi. 
Bunday  tahlil  gapning  shakliy  tomonini 
tekshirish  hisoblanadi.  Mantiq  tilshunoslari 
esa  gap  elementlarini  ega  o‘rnida  «subyekt», 
kesim  o‘rnida  «predikat»  kabi  lisoniy 
atamalar  yordamida  tahlil  qiladi.  Lekin  bu 
borada  ega  bilan  subyekt,  kesim  bilan 
predikat  o‘rtasidagi  o‘xshashlik  tomonlar 
hamda  ularning  bir-biridan  farq  qilish 
muammosi  anchagina  bahslarga  yo‘l  ochib 
berishi e‘tibordan chetda qoladi. Masalan, rus 
mantiqiy  tilshunosi  F.I.  Buslayev,  «...tilda 
egaga bosh kelishikda kelgan ot mos keladi... 
ba‘zan  ega  va  kesim  boshqa  so‘z  turkumlari 
bilan  ifodalanadi,  lekin  har  holda  egani 
anglatgan  so‘z  ot  ma‘nosini,  kesimni 
anglatgan  so‘z  esa  fe‘l  ma‘nosini  oladi»  ,[8-
c.8.]  degan  fikrni  bildiradi.  Shunday  ekan, 
gapda  ega  har  doim  bosh  kelishikda  kelib, 
faqat  subyektni  ifodalasa,  kesim  fe‘l  bilan 
ifodalanib, predikat bo‘lib kelsa va ularda bir 
xillik mavjud  bo‘lsa,  bosh  bo‘laklarni  har  xil 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

132

 

atamalar  bilan  atashga  nima  majbur  qiladi, 
degan  savol  tug‘iladi.  Mantiqda  implikatsiya 
munosabatlari  ekstensional,  intensionallar  va 
ularning 

orasidagi 

bog‘liqlik 

orqali, 

grammatikada  esa  grammatik  kategoriyalar, 
gapdagi  fe‘lli  va  otli  qurilmalarning 
bog‘liqligi bilan aniqlanadi [9- p.119-120. ]. 

Gapning 

sintaktik 

qatlami 

tahlil 

qilinganda  gapda  ega  yoki  kesimning  muhim 
ahamiyatga 

ega 

ekanligi 

ham 

ayrim 

bahslarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. A. 
G‘ulomov  va  M.  Asqarovalar  bu  haqda 
shunday  deydi:  «Bosh  bo‘laklar  gapning 
asosini 

tashkil 

etadi: 

ular 

gap 

konstruksiyasining 

asosidir, 

markazidir-

gapdagi  ikki  uyushtiruvchi  markazdir.  Lekin 
bosh  bo‘laklarning  yolg‘iz  o‘zi  ham  mustaqil 
gapni  tashkil  qiladi,  biroq  ba‘zi  o‘rinlarda 
ularning  o‘zidan  to‘liq  fikr  ifodalanmaydi», 
deb  yozadilar.  Bu  olimlar  egani  hokim 
tarkibning  grammatik  markazi,  shuningdek, 
uni  tobe  tarkibdagi  bosh  bo‘lakka  -  kesimga 
ham  hokimdir,  deb  ta‘kidlashadi  [10-b.72-
77.].  Kesim  haqidagi  bunday  talqin  1980-
yillargacha,  ya‘ni  fanimizga  sistem-struktur 
sintaktik  tadqiqotlar  kirib  kelgunga  qadar 
davom  etib  keldi.  Ammo  H.  Ne‘matov,  N. 
Mahmudov,  A.  Nurmonov,  R.  Sayfullayeva, 
M.  Abzalova  kabi  o‘zbek  hamda  boshqa 
xorijiy tadqiqotchilarning ishlarida kesimning 
mavqyei  yangicha  baholandi  -  kesim  gap 
qurilishidagi  mutlaq  hokim  bo‘lak,  gap 
markazi sifatida talqin etildi" [11-656 с]. 

Umuman 

olganda, 

kesim 

bosh 

bo‘laklarning  biri  sifatida  barcha  tillarda 
universal 

harakterga 

ega 

bo‘lishiga 

qaramasdan, 

ifodalanishiga 

ko‘ra 

tasniflanganda 

tilshunoslarning 

kesim 

haqidagi  fikri  turli-tumanligining  guvohi 
bo‘lamiz.  Masalan,  ingliz  tili  nazariy  
grammatikalaridan  birida  kesim quyidagicha 
tasniflanadi:  sodda  fe‘l  kesim,  tarkibli  fe‘l 
kesim. Tarkibli kesim ikki ko‘rinishga ega: 1) 
tarkibli  ot-kesim;  2)  tarkibli  fe‘l-kesim  [12-
c.246.]  Ularning  ifodalanishi  haqida  fikr 
yuritilganda,  sodda  fe‘l-kesim  nafaqat  yaxlit, 
yagona  fe‘l  yordamida,  balki  fe‘lning 
murakkab shakli orqali ham ifodalanishi qayd 
etilgan.  Bundan  tashqari,  tarkibli  ot-kesim 
bog‘lama  fe‘l  hamda  predikatni  ifodalovchi 
ot,  sifat,  son,  olmosh,  sifatdosh,  holatni 

ifodalovchi  so‘zlar,  infinitiv,  gerundiy  yoki 
ravish  orqali  ifodalanadi,  deb  ta‘kidlanadi.   
V.D. 

Arakinning 

fikricha, 

kesim 

bir 

komponentli  va  ikki  komponentli  kesimlarga 
bo‘linib,  bir  komponentli  kesim  ikki  turga 
ajratiladi:  a)  ega  bilan  moslashadigan;  b)  ega 
bilan  moslashmaydigan.  Ikki  komponentli 
kesimlar ham ikki turga ajratiladi: a) ot kesim; 
b)  murakkab  kesim[13-c.230.].  Kesimning 
bunday  tasniflanishi  B.A.  Il‘ishning  fikrini 
ham  tasdiqlaydi,  ya‘ni  u  ingliz  tili  nazariy 
grammatikasida  kesimni  ikki  katta  guruhga 
bo‘ladi:  fe‘l  kesim,  ot  kesim,  shuningdek, 
ularning har birini  yana ikkiga bo‘ladi: sodda 
fe‘l-kesim,  qo‘shma    fe‘l-kesim;  sodda  ot-
kesim, qo‘shma ot-kesim [ 14-c. 207-208.]. 

Ingliz  tili  amaliy  grammatikasida 

kesim  quyidagicha  tasniflanadi:  1)  Sodda 
kesim  (Simple  predicate);  2)  Qo‘shma  kesim 
(The  compound  predicate).  Birinchi  kesim 
turi  fe‘lning  shaxsli  shakli  bilan  ifodalanadi, 
ammo  uning  tarkibi  frazeologik  birliklar 
yordamida  ifodalanganini  hisobga  olib,  u 
frazeologik  kesim  deb  nomlanadi.  Masalan: 

I‘ll  get  a  divorce   

(15-Th.Dr.p.4).  Kesimning 

ikkinchi 

turi 

ifodalanishiga  ko‘ra  ikki 

qismdan iborat bo‘ladi, birinchi qismi fe‘lning 
shaxsli shakli bilan ifodalansa, ikkinchi qismi 
esa  ot,  olmosh,  sifat,  sifatdosh,  gerundiy  va 
infinitiv  yordamida  ifodalanadi.  Qo‘shma 
kesimning  o‘zi  ikki  guruhga  bo‘linadi:  1) 
qo‘shma  ot-kesim;  2)  qo‘shma  fe‘l  kesim. 
Qo‘shma  ot-kesim  bog‘lama  fe‘l  va  boshqa 
so‘z  turkumlari  yordamida  ifodalanadi.  Bu 
borada  shuni  ta‘kidlash  lozimki,  ingliz  tilida 
juda  ko‘p  fe‘llar  borki,  ular  gapda  bog‘lama, 
mustaqil  va  yordamchi  fe‘llar  vazifasida 
ishlatiladi. 

Bunday 

hol 

ingliz 

tilini 

o‘rganuvchilar  uchun  ma‘lum  qiyinchiliklar 
tug‘diradi.

    Everyone  was  the  king 

  (  16-

R.P.Warren,  p.239).  Qo‘shma  fe‘l-kesim 
ifodalanish  usuliga  ko‘ra  ikkiga  bo‘linadi:  1) 
Qo‘shma  modal  fe‘l-kesim;  2)  qo‘shma 
aspekt fe‘l-kesim. Qo‘shma modal fe‘l-kesim 
asosan, 

modal 

fe‘llar 

yoki 

ularning 

muqobillari  hamda  fe‘lning  infinitiv  shaklini 
qo‘shish  bilan  ifodalanadi: 

We  shall  have  to 

exirt  ourselves

  (17-J.Galsworthy,  p.12).  

Kesimning  bu  turi  haqida  ham  ayrim 
qiyinchiliklarga  duch  kelamiz.  Masalan,  gap 
tarkibida 

to  hope,  to  expect,  to  intend,  to 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

133

 

attempt,  to  try,  to  want

  kabi  fe‘llar  infinitiv 

yoki  gerundiy  bilan  birikib  kelsa  ham 
qo‘shma  modal  fe‘l-kesim  deyish  mumkin, 
lekin bu uni chuqurroq tahlil qilishga undaydi. 
Masalan, 

I  don‘t  want  to  take  it  to  anydiv

 

(18-M.Wilson,  p.313)  gapiga  e‘tibor  qilaylik. 
Bu  gapga  shunday  savol  qo‘yish  mumkin: 

What  don‘t  you  want?

    Yana,  ikkinchi  bir 

gapni  olaylik: 

He  tried to open  the tin with a 

pocket  knife

.  Bu  gapga  esa 

Why  did  he  try?

 

deb,  savol  qo‘yish  mumkin.  Mazkur 
gaplarning  birinchisiga  qo‘yilgan  savol 
to‘ldiruvchiga mos bo‘lsa, ikkinchisidagi esa, 
maqsad  holiga  mos  keladi.  Yoki  ba‘zi 
darsliklarda  qayd  etilganidek,  gapda  kesim 
o‘rnida 

to  be  obliged,  to  be  bound,  to  be 

anxious,  to  be  capable

  kabi  birikmalar 

infinitiv bilan kelsa ham qo‘shma  modal fe‘l-
kesim deb atalishi mumkin.  
 

Qo‘shma  aspekt  fe‘l-kesim  haqida 

to‘xtalsak, u gapda kesim o‘rnida  

to  begin, 

to  start,  to  continue,  to  stop

  kabi  fazali 

fe‘llar  bilan  infinitiv  yoki  gerundiyning 
birikib  kelishi  yordamida  ifodalanadi. 

He 

began  to  speak;  He  began  speaking.

  Har 

ikkala  gapga  bir  xil  savol,  ya‘ni  
to‘ldiruvchiga  beriladigan  savol  mos  keladi, 

What did he begin?

  E‘tibor berib qaralsa, bu 

kesim  turini  alohida  ajratishda  fe‘llarning 
leksik  ma‘nosi  asosiy  o‘rinni  egallaydi. 
Boshqalarida  esa  ifoda  planiga  qarab 
ajratilgani  yaqqol ko‘rinib turibdi. Yuqorida 
qayd etilganlardan ma‘lum bo‘ladiki, aspekt 
kategoriyasi 

qaysi 

qatlamda, 

ya‘ni    

morfologik,  sintaktik  yoki  leksik  qatlamda 
o‘rganilishidan  qat‘iy  nazar  izohtalabdir.    
Aspekt  kategoriyasi  L.S.  Barxudarovning  
fikricha,  fe‘lning    zamon  shakllariga    qarab   
o‘rganilib  davomsizlik  (non—continuous 
aspect)  va  davomlilik  (continuous  aspect) 
aspektlariga 

ajratiladi, 

ya‘ni 

tilning 

morfologik  qatlamida o‘rganiladi  [19-c.113-
116. ].

 

 

Grammatik 

materiallarni 

tadqiq 

etishda  distributiv,  transformatsiya,  bevosita 
ishtirokchilarga  ajratish  tahlil  usullari  asosida 
ko‘zga  ko‘rinarli  ishlar  qilingan  bo‘lsa-da 
[Б.8-23.],  biz  o‘z  tadqiqotimizda  komponent 
va sintaksemalarga ajratib tahlil qilish usulini 
qo‘llashni 

afzal 

ko‘rdik. 

An‘anaviy 

grammatikada gapni bosh va ikkinchi darajali 

bo‘laklarga  ajratib  tahlil  qilishda  o‘ziga  xos 
juz‘iy kamchiliklar mavjud. Chunki an‘anaviy 
tilshunoslikda 

sintaktik 

birliklarga 

ajratiladigan  bo‘laklar  ham  gapning  bir 
bo‘lagi  deb  qaraladi.  Bu  esa  gap  bo‘laklarini 
elementar 

sintaktik 

birliklarga 

ajratish 

imkonini  bermaydi.  Undan  tashqari,  gap 
tahlilida  sintaktik  elementlarning  semantikasi 
hisobga  olinmaydi.  Ammo  ushbu  ishda  tillar 
tizimida gapda kesim o‘rnida kelgan sintaktik 
birliklarga  e‘tibor  qaratgan  holda  ularni 
sintaktik  jihatdan  o‘rganish  bilan  cheklandik. 
Ushbu  muammoni  tadqiq  etishda  A.  M. 
Muxin  va  uning  shogirdlari  tomonidan 
yaratilgan  lisoniy  metoddan  [20-304  с.] 
foydalanish  bizning  nazarimizda  yuqorida 
qayd etilgan usullarga xos ayrim kamchilik va 
nuqsonlarni  to‘ldirishda  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Mazkur  tahlil  usuli  boshqalaridan 
farqli  ravishda  ikki  bosqichda  amalga 
oshiriladi.  Xususan,  boshlangich  bosqichda 
gapdagi  elementlar  komponentlarga  ajratib 
tahlil  qilinadi  hamda  ushbu  bosqichda 
berilgan  elementlarning  o‘zaro  sintaktik 
aloqalari  aniqlanib,  bir-biridan  farqlanish 
usullari  yunksion  va  komponent  modellarda 
ifoda etiladi. Tilshunoslik fani taraqqiyotining 
hozirgi 

davri 

bosqichida 

til 

tizimi 

birliklarining  qay  tarzda  nutqqa  ko‘chirilishi 
va  jumlaning  nutqiy  zanjirda  voqelanishi, 
sintaktik  strukturalarning  nutqiy  faollashuvi, 
ularning  semantik  va  sintaktik  munosabatlari 
masalasiga 

doir 

muammolar 

tilshunos 

olimlarimizdan  o‘z  tadqiqini  kutmoqda. 
Chunki  hozirgacha  tilning  sistema  ekanligi 
to‘g‘risida  diqqatga  sazovor  tadqiqot  ishlari 
qilingan  bo‘lsa  ham,  sistema  belgilarining 
nutqqa  ko‘chirilishi,  boshqacha  aytganda, 
ularning  nutqda  real  ishlatilishi  masalasiga 
kam e‘tibor berildi. 
 

Mazkur 

masalalar 

ayniqsa 

nutq 

lingvistikasi  ilmiy  asoslanayotgan  bugungi 
kunda  yanada  dolzarb  bo‘lib  qolmoqda. 
Zotan,  til  tizimidagi  har  bir  belgining 
paradigmatik  qator  doirasidan  sintagmatik 
qator  doirasiga  o‘tishi,  virtuallik  belgilarini 
tark  etib,  aktual  holat  kasb  etishi  va  shu 
yo‘sinda  gapning  sintaktik  shakllanishi  nutq 
lingvistikasining  g‘oyat  muhim  masalalarini 
taqozo  etadi.  Ravshanki,  gapning  asosiy 
bevosita  ishtirokchi  elementlari  so‘zlar 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

134

 

hisoblanadi.  Biroq  gap  sathida  so‘zlarning 
o‘zaro bog‘lanishi ularning shunchaki ketma-
ket  kelishidan  iborat  bo‘lmay,  bunda  tilning 
semantik,  sintaktik  va  hatto  fonologik 
qurshov  (distributsiya)  qoidalari  ustuvor 
ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Bu  jarayonda  gap 
shaklini  tashkil  etayotgan  har  bir  bevosita 
ishtirokchi element uning ajralmas bir bo‘lagi 
vazifasini olib, ma‘lum bir funksional qiymat 
kasb 

etadi. 

Chunki 

gap 

tarkibida 

faollashayotgan har bir element orqali ma‘lum 
bir kommunikativ, semantik yoxud pragmatik 
maqsad  ko‘zda  tutiladi.  Mazkur  maqsad 
ifodasi  esa  turlicha  ro‘y  beradi.  Masalan, 
gapda tilning ba‘zi birliklari katta yoki kichik 
bo‘lishidan  qat‘i  nazar,  mustaqil  holatda 
faollashib,  ega  yoki  kesim  vazifasini  bajarsa, 
ba‘zilariga 

boshqalarning 

yordamida 

aniqlovchi, 

to‘ldiruvchi, 

hol 

vazifalari 

yuklanadi,  ayrimlari  esa  muxtor  tarzda 
harakatga keladi. 
 

Tilimizda  shunday  elementlar  ham 

mavjudki,  ular  biror  sintaktik  vazifani 
bajarmay so‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan 
fikrga,  yoxud  o‘sha  fikrning  ifoda  etilishi  
usuliga  bo‘lgan  munosabatni  bildiradi. 
Bunday  munosabat  tasdiq,  umid,  ishonch, 
gumon,  taxmin,  shodlik,  taajjub  va  hokazo 
ma‘nolarni  anglatib,  bayon  qilinayotgan  fikr 
tartibini,  mazkur  fikrning  oldingi  mulohaza 
bilan  bog‘liqligini  ifodalaydi.    Bular  modal 
so‘zlar  bo‘lib,  gapning  biror  bo‘lagiga  yoki 
butun  gapga  taalluqli  holda  kirish  so‘z 
mavqyeida  kelishi  bilan  sintaktik  va  nihoyat, 
fikrga  aniqlik    kiritishi,  tasdiq,  taxmin,  tartib 
turlicha  emotsional  munosabatlarni  ifodalashi 
bilan semantik belgilarga ega bo‘la oladi [21-
560  б].  Kirish  so‘z  va  kirish  birikmalar 
gapning  umumiy  strukturasini  kengaytirib, 
uning 

mazmuniga 

qo‘shimcha 

ma‘no 

berishiga 

qaramay, 

an‘anaviy 

grammatikalarda  gap  bo‘laklari  qatoriga 
kiritilmaydi.  Bu  esa  gapni  tashkil  etuvchi 
bevosita ishtirokchilarning birini bosh bo‘lak, 
ikkinchisini  ikkinchi  darajali  bo‘lak  deb, 
boshqasini  nomsiz  qoldirib,  hech  qanday 
bo‘lak 

qatoriga 

qo‘shmaslik 

masala 

mohiyatini 

nihoyatda 

chigallashtirib 

yubormoqda.  Bunday  vaziyatga  ko‘pchilik 
olimlarimiz  ko‘nikib  ketishgan  bo‘lsalar-da, 
so‘nggi  yillarda  ba‘zi  tilshunoslar  bu  haqda 

o‘zlarining  e‘tirozli  fikrlarini  bildirmoqdalar. 
Masalan,  A.R.Sayfullayev  o‘zining  ilmiy 
izlanishlarida modal so‘z va modal birikmalar 
gapning uchinchi darajali bo‘laklari ekanligini 
va  ular  semantik  vazifalaridan  tashqari 
sintaktik  vazifa  bajarishi  mumkinligini  ilmiy 
jihatdan asoslab berdi. A. R. Sayfullayevning 
fikricha,  kirish  so‘z  va  kirish  birikmalar 
ko‘pincha  gapning  kesimi  vazifasida  kelgan 
so‘z  bilan  sintaktik  munosabatda  bo‘lib,  ular 
bilan  boshqaruv,  bitishuv  usullari  orqali  
bog‘lanadi  [22-Ташкент,  2001].  Lekin 
shunga  qaramay,  bu  o‘rinda  ham  muammo 
yechimi  to‘liq  hal  qilinganligini  e‘tirof 
etishimiz  qiyin  ko‘rinadi.  Chunki  gap 
bo‘laklari  nazariyasi  gap  muchalarining 
formal-sintaktik 

funksiyalarini 

atroflicha 

yoritmayapti.  Bizningcha,  buning  asosiy 
sababi 

gap 

bo‘laklari 

tushunchasining 

mantiqiy 

xarakteri 

bilan 

bog‘liqdir. 

Boshqacha 

aytganda, 

gap 

bo‘laklari 

tushunchasi sof lingvistik maqsadlarni ko‘zda 
tutmagani 

bois, 

orqali 

gap 

komponentlarining  tildan  nutqqa  ko‘chirilishi 
va  bu  jarayonda  qanday  sintaktik      vazifalar 
bajarishi masalasi talqinini berib bo‘lmayapti. 
Albatta,  vaziyatning  bunday  tus  olishi 
tilshunos  olimlarimizni  tashvishlantirmoqda 
va  shu  bois  gap  komponentlari  sintaktik 
tahlilining  yangi-yangi  usullari  taklif  ham 
etilmoqda. Ana shunday tahlil usullaridan biri 
Praga 

tilshunoslik 

maktabining 

yirik 

namoyandalaridan 

biri 

A.Martinening 

funksional 

tahlil 

nazariyasidir. 

Mazkur 

nazariyada  nutqning  eng  kichik  birligi 
«monema»  tushunchasi  ilmiy  iste‘molga 
kiritildi.  Bu  struktur-funksional  tahlil  uchun 
eng qulay atama bo‘lib, uning yordamida gap 
elementlarining  funksional  tomonlarini  va 
sintaktik  qurilmaning  shakllanishida  har  bir 
elementning  paradigmatik  qator  doirasidan 
sintagmatik 

qator 

doirasiga 

o‘tishi 

masalalarini  mukammal  talqin  etish  mumkin.  
A.Martine  monemalarni  uchga  bo‘ladi: 
avtonom,  funksional  va  qaram  monemalar. 
Avtonom monema gap tarkibida muxtor holda 
qo‘llanilib, tildan nutqqa biror bir morfologik 
vositaning  yordamisiz  ko‘cha  oladi.  Nutqda 
uning  faolligi  boshqa  monemalar  bilan 
bog‘lanmaydi.  Boshqacha  aytganda,  muxtor 
monema  o‘zining  sintaktik,  semantik  va 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

135

 

funksional  faolligi  jihatidan  boshqa  biror 
monemaga tobe bo‘lmaydi. 
 

Boshqa  gap  elementlariga  qaraganda 

muxtor  monemaning  sintaktik  o‘rni  erkin 
bo‘lganligi  sababli  aksariyat  hollarda  uning 
o‘rnini  o‘zgartirish  yoki  gap  tarkibidan 
tushirib  qoldirish  ham  mumkin.  Garchi  u 
tushirilib  qoldirilsa  ham,  gapning  asosiy 
mazmuniga  putur  yetmaydi.  Faqat  uning 
yuzaki  strukturasi  qisqarishi  va  gapda 
ifodalanayotgan  ta‘kidlash,  gumon,  aniqlik, 
inkor, shodlik, shubha va hokazo ma‘nolariga 
ziyon  yetishi  mumkin.  Ammo  ayrim  kirish 
so‘z  va  kirish  iboralarning  o‘rni  ularning 
distributiv  xarakteriga  ko‘ra  muqim  bo‘ladi. 
Bu,  albatta,  har  bir  tilning  o‘z  ichki 
qonuniyatlari bilan bog‘liqdir. 
 

Muxtor  monemalar  o‘zbek  tilida  ko‘p 

hollarda  kirish  so‘z,  kirish  birikmalar,  payt 
ravishlari  orqali  ifodalanadi  va  bu  bilan 
boshqa  monemalardan  farqlanib  turadi[23-
Б.81-85.].  Funksional  monema  gapning  biror 
elementini  tildan  nutqqa  ko‘chirishi  va  unga 
sintaktik funksiya berishi bilan xarakterlanadi. 
Funksional  monemalar  boshqa  monemalarga 
faollik  baxsh  etib,  ularni  paradigmatik  qator 
doirasidan  sintagmatik  qator  doirasiga  qarab 
yetaklaydi,  virtual  holatdan  aktual  holatga 
olib  keladi,  jonlantiradi.  Natijada,  funksional 
monemalar  orqali  faollashib,  nutqiy  vazifa 
olayotgan  monemalar  ularga  tobe  bo‘lib 
qoladi  va  qaram  monemalar  deb  yuritiladi. 
Nutq  muhiti  va  so‘zlovchining  istak-xohishi 
bilan  til  birliklari  nutqqa  ko‘chayotganda 
belgili  yoxud  belgisiz  ifodalanishi  mumkin. 
Sodda  gap  komponentlarining  funksional 
tahlili  affikslar,  ko‘makchi  va  ba‘zi  so‘z 
shakllari  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  qo‘shma  gap 
komponentlarining  funksional  tahlili  ularni 
o‘zaro  bog‘lovchi  vosita  bilan  uzviy 
aloqadordir. 

Yuqoridagilardan  tashqari,  ilovali  va 

parsellyativ  qurilmalar,  kirish  so‘z,  kirish 
birikmalar  ham  tom  ma‘noda  sintaktik 
muammolar  sifatida  o‘rganilgani  yo‘q  [24-
Б.4]. Ammo ular gapning  bevosita ishtirokchi 
elementlaridir.  Shunga  ko‘ra,  A.  Sayfullayev 
kirish 

so‘z, 

kirish 

birikma 

hamda  

undalmalarni 

gapning 

uchinchi 

darajali 

bo‘laklari  deb  atagan  edi  [25-С.70-118.]. Biz 
quyida  shu  kabi  masalalarni  komponent  va 

sintaksemalarga  ajratib  tahlil  qilish  orqali  hal 
qilishga 

harakat 

qilamiz. 

An‘anaviy

 

grammatikalarda 

berilishicha, 

sintaktik 

aloqalar  borasida  barcha  tillar  nazariy 
grammatikalariga  qaraganimizda  moslashuv, 
bitishuv 

va 

boshqaruv 

kabi 

atamalar 

qo‘llaniladi, ammo ularni sintaktik sathda gap 
qurilmasida  tahlil  qilganda,  ular  sintaktik 
aloqalar vazifasini bajarmaydi. 

 

Masalan: 

I write a book. I go home.  

 

Har ikkala jumla sintaktik jihatdan bir 

xil bo‘lishiga  qaramasdan, ular o‘rtasida farq 
bor.  Birinchi  gapda 

write  a  book

  elementlari 

o‘rtasida  boshqaruv  bor,  ya‘ni 

read

  fe‘li 

o‘timli  bo‘lganligi  uchun.  Ikkinchi  gapda  esa 

go  home

  elementlari  o‘rtasida  hech  qanaqa 

sintaktik  aloqa  borligi  aytilmagan,  buning 
asosiy  sababi  til  sathlarining  bir-biri  bilan 
aralashtirib  yuborilishidir.  Shuning  uchun 
ham  sintaktik  sathda  gap  qurilmasidagi 
elementlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalarning 
yangilari  ishlab  chiqildi.  Undan  tashqari 
formal  jihatdan  quyidagi  ikki  usulda  gap 
elementlarining bog‘lanishi ham qayd etilgan. 

1)

 

teng bog‘lanish; 2) tobe bog‘lanish. 

Teng  bog‘lanish  o‘z  nomidan  ham 

ma‘lumki,  gap  tarkibidagi  so‘zlar  bir-biri 
bilan  teng  bog‘lanadilar.  Tobe  bog‘lanishda 
esa biri ikkinchisiga tobe bo‘ladi. Undagi tobe 
va  hokim  so‘zlar:  1)  moslashuv;  2) 
boshqaruv;  3)  bitishuv  usullari  yordamida 
so‘z birikmasi hosil qiladi. Moslashuv – tobe 
so‘z  va  hokim  so‘zlarning  shaxs-sonda 
mosligi: M:

 

uning daftari, mening daftarim

Boshqaruv-tobe  so‘zning  hokim  so‘z 

talab qilgan shaklini olishidir: 
A)  Kelishikli  boshqaruv(  -ni,  -ga,  -da,  -dan). 
M:

  

kinoga bor, magazindan oldim

B) Ko‘makchili boshqaruv (ko‘makchi so‘zlar 
yordamida).  M:

 

kino  haqida  gaplashmoq

Bitishuv-tobe so‘zning hokim so‘z bilan faqat 
ma‘no  jihatidan  birikishi:  M:

 

katta  tanaffus, 

yoqimtoy qiz

Hozirgi zamon tilshunosligida gaplarni 

sintaktik  qatlamda  tahlil  qilish  borasida  gap 
bo‘laklariga,  ya‘ni bosh bo‘laklar va ikkinchi 
darajali  bo‘laklarga  ajratib  o‘rganish  bilan 
chegaralanadi.  Zeroki,  gaplarning  sintaktik 
birliklarini,  semantik  maydonini,  ularning 
defferensial  sintaktik  hamda  differensial 
sintaktik-semantik  belgilarini  aniqlash  va 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

136

 

bunda  ma‘lum  lisoniy  metodlarga  tayanib 
gaplarni tahlil qiladi. 

Ingliz  tilida  harakatni  ifodalovchi  gap 

bo‘laklarini tadqiq etish, harakatni ifodalovchi 
gap  bo‘laklari  xususidagi  ayrim  mulohazalar 
hamda  ularning  sistemali  munosabatlarini 
tahlil 

qilishda 

foydalaniladigan 

lisoniy 

metodlar 

haqida 

aytib 

o‘tilgan 

mulohazalardan  quyidagi  xulosalarga  kelish 
mumkin.  Tillar  tizimini  sintaktik  qatlamda 
tadqiq    etishda  tilshunoslar    o‘rtasida  

yakdillik  yo‘q,  shuningdek,  ma‘lum  lisoniy 
metodlar  asosida  tadqiqot  o‘tkazishda  ham 
aniq  va  to‘liq  fikriy  mushtaraklik  mavjud 
emas.  Jumladan,  tilshunoslik  uchun  zarur  
hisoblangan  gap  bo‘laklari  muammosi 
xususida mukammal echim topilganicha yo‘q. 
Ingliz  tili  o‘rganilganda  zamon,  nisbat,  tus, 
egalik  kategoriyalari  hamda  ergash  gaplar 
kabilar  qisman  o‘rganilgan,  ya‘ni  ayrim 
kamchiliklar 

hali 

ham 

mavjud 

va 

o‘rganilmoqda.    

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 

 

1.

 

Martinet A. La linguisyique synchronique. –Paris, 1968. 

2.

 

Tomic  O.M.  Generative  syntax  in  theory  and  practice.  —  Skopje:  "Kiril  i  Mefodij" 

University, 1998. - P.119-120. 

3.

 

Wells R.S. Immediate Constituents // Language. -- Baltimore, 1989. - № 23. - № 2. - P. 

88. 

4.

 

Аракин    В.Д.  Сравнительная    типология      английского  и  русского  языков.  -  Л.: 

Просвещение, 1979. - С.189-190 

5.

 

Бархударов  Л.С.  Очерки  по  морфологии  современного  английского  языка.  -  М.: 

Высшая школа, 1975. –113-116 с. 

6.

 

Буслаев Ф.И. Историческая грамматика русского языка. – М.: Наука, 1968. – 8 с. 

7.

 

Виноградов  В.В.  Избранные  труды.  Исследования    по  русской  грамматике.  –  М.: 

Наука, 1975. – 282 с. 

8.

 

Жигадло  В.Н.,  Иванова  И.П.,  Иофик  Л.Л.  Современный  английский  язык 

(теоретический курс грамматики). - М.: Лит. на иностр. языке, 1956. - 246 с. 

9.

 

Золотова  Г.А.  К  вопросу  о  способах  выражения  членов  предложения  //  Русский 

язык в школе. -М., 1958.-№ 1. – С.23-28. 

10.

 

Турниѐзова  К.    Гапнинг  учинчи  даражали  бўлаклари  ва  «монема»  тушунчаси  ҳақида 

баъзи мулоҳазалар // Хорижий филология. № 2, 2007. Б.81-85. 

11.

 

Каушанская  В.Л.,  Ковнер  Р.Л.  и  др.  Грамматика  английского  языка.  –Ленинград: 

Просвещение, 1973. – 230 с. 

12.

 

Мухин А.М. Синтаксемный анализ и проблемы уровней языка. - Л.: Наука, 1980. - 

304 с. 

13.

 

Попова  З.Д.  Может  ли  обойтись  синтаксис  без  учения  о  членах    предложения  // 

Вопросы языкознания, № 5, 1984. – С. 69.  

14.

 

Рословец  Я.И.  О  второстепенных  членах  предложения  и  их  синтаксических  

функциях // Вопросы языкознания. № 3, 1976. – С. 74.  

15.

 

Сайфуллаев  А.Р.  Семантико-грамматические  особенности  членов  предложения  в 

современном  узбекском  языке.  –  Ташкент,  1984.  –  98  c,  70-118,  Автореф.  докт.  дисс.  – 
Ташкент, 2001. 

16.

 

Теньер  Л.  Основа  структурного  синтаксиса:  Перевод  с  франц.  -Редкол.: 

Г.В.Степанов (Предисловие) и др. - Вступ. статья и общ. ред. В.Г. Гака. - М.: Прогресс, 1988. 
- 656 с.  

17.

 

Турниѐзов Н. Назарий грамматикадан очерклар. - Самарқанд: СамДЧТИ, 1998. – 48 

б. 

18.

 

Ўзбек тили грамматикаси. – Тошкент : Фан, 1976. — 560 б. 

 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

137

 

 

 

Mamayoqubova Sh. The expression of temporal syntax in a single nucleus. 

This article is 

about  the  structure  of  the  sentences,  rules,  semantic  and  syntactic  ways,  their  place,  to  show  its 
advantages and disadvantages in English language. 

 

 

Мамаякубова  Ш.  Выражение  временного  синтаксиса    в  одном  ядре. 

В  данной 

статье  представлен  обзор  структуры  английского  раздела  ее  прововых  положений, 
синтаксических  и  семантических  единец,  их  роли  в  выступлениях,  их  недостатках  и 
достижениях.

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Библиографические ссылки

Martinet A. La linguisyique synchronique. -Paris, 1968.

Tomic O.M. Generative syntax in theory and practice. — Skopje: "Kiril i Mefodij" University, 1998.-P.l 19-120.

Wells R.S. Immediate Constituents // Language. - Baltimore, 1989. - № 23. - № 2. - P. 88.

Аракин В.Д. Сравнительная типология английского и русского языков. - Л.: Просвещение, 1979. - С. 189-190

Бархударов Л.С. Очерки по морфологии современного английского языка. - М.: Высшая школа, 1975.-113-116 с.

Буслаев Ф.И. Историческая грамматика русского языка. - М.: Наука, 1968. - 8 с.

Виноградов В.В. Избранные труды. Исследования по русской грамматике. - М.: Наука, 1975.-282 с.

Жигадло В.Н., Иванова И.П., Иофик Л.Л. Современный английский язык (теоретический курс грамматики). - М.: Лит. на иностр, языке, 1956. - 246 с.

Золотова Г.А. К вопросу о способах выражения членов предложения // Русский язык в школе. -М., 1958.-№ I. - С.23-28.

Турниёзова К. Гапнинг учинчи даражали булаклари ва «монема» тушунчаси хакида баъзи мулохазалар // Хорижий филология. № 2,2007. Б.81 -85.

Каушанская В.Л., Ковнер Р.Л. и др. Грамматика английского языка. -Ленинград: Просвещение, 1973. - 230 с.

Мухин А.М. Синтаксемный анализ и проблемы уровней языка. - Л.: Наука, 1980. -304 с.

Попова З.Д. Может ли обойтись синтаксис без учения о членах предложения И Вопросы языкознания, № 5, 1984. - С. 69.

Рословец Я.И.О второстепенных членах предложения и их синтаксических функциях//Вопросы языкознания. № 3,1976.- С.74.

Сайфуллаев А.Р. Семантико-грамматические особенности членов предложения в современном узбекском языке. - Ташкент, 1984. - 98 с, 70-118, Автореф. докт. дисс. -Ташкент, 2001.

Теньер Л. Основа структурного синтаксиса: Перевод с франц. -Редкол.: Г.В.Степанов (Предисловие) и др. - Вступ. статья и общ. ред. В.Г. Гака. - М.: Прогресс, 1988. - 656 с.

Турниёзов Н. Назарий грамматикадан очерклар. - Самарканд: СамДЧТИ, 1998. - 48 б.

Узбек тили грамматикаси. - Тошкент : Фан, 1976. — 560 б.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов