Каузативное значение и изучение еѐ в лингвистике

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
25-29
33
14
Поделиться
Турниезов, Б. (2018). Каузативное значение и изучение еѐ в лингвистике. Иностранная филология: язык, литература, образование, 3(3 (68), 25–29. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/833
Бехзод Турниезов, Самаркандский государственный институт иностранных языков

к.ф.н., старший преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются изучение каузативного значения, каузативного глагола, а так же сделан анализ точки зрение выдвинутые учѐными лингвистами по этому вопросу. Кроме этого, автор подтверждая свою научную позицию, одновременно даѐт понятие о синтаксической каузации

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№3, 2018 йил 

 

 

25 

 

KAUZATIV MA’NO VA UNING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISH HOLATI 

 

Turniyozov Behzod Ne’matovich,  

SamDCHTI katta o„qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi 

 

Калит сўзлар: 

kauzativlik, kauzativ, makromatn, aktant, sintaktik, kauzatsiya.

 

 
Tilshunoslikda 

kauzativlik,  kauzativ 

fe‟l 

kabi  tushunchalarning  o‗rganilishi 

yangilik  emas,  albatta.  Bu  haqda  tilshunos 
olimlardan 

L.Tenyer, 

Y.D.Apresyan, 

N.D.Arutyunova,  G.A.Zolotova,  A.P.Chudi-
nov, T.K.Abdiyev, A.M.Amatov va boshqalar 
tadqiqot  ishlarida  fikr  va  mulohazalarini 
atroflicha  bayon  etib  o‗tganlar.  Biz  ham 
ushbu  maqolada  kauzativlikning  o‗rganilish 
holati bilan tanishib, shu bilan birga, o‗z ilmiy 
nuqtayi  nazarimizni  yoritib  bermoqchimiz. 
Kauzatsiya lotincha ―

causa

‖ so‗zidan olingan 

bo‗lib,  ―sabab‖  ma‘nosini  ifodalaydi  [1.94]. 
Mazkur  hodisa  tilshunoslikda  aynan  shu 
jihatdan  o‗rganiladi  hamda  kauzativ  fe‘lning 
asosiy  semasi  sifatida  sabab  ma‘nosi  bilan 
bog‗lanishi  ta‘kidlanadi  [2.7].  Aksariyat 
ishlarda  kauzativlik  tushunchasi  fe‘lning 
orttirma  darajasi  bilan  bog‗lanib,  asosan, 
morfologik  nuqtayi  nazardan  tekshirilgan  va 
kauzativlikda  bajaruvchining  ta‘siri  bilan 
boshqa  shaxs  tomonidan  bajarilgan  harakat 
mavjudligi 

aytilgan 

[3]. 

Bizningcha, 

kauzatsiyani  faqat  sabab  ma‘nosi  bilan 
cheklab  qo‗yish  maqsadga  muvofiq  emas. 
Zero,  bajaruvchining  ta‘siri  bilan  boshqa 
shaxs  tomonidan  bajariladigan  harakat  orqali 
faqat  sabab  ma‘nosi  emas,  balki  maqsad, 
natija,  shart  ma‘nolari  ham  ifodalanishi 
mumkin. 

Shunday 

ekan, 

bugungi 

tilshunoslikda 

kauzativ 

ma‘noning 

o‗rganilishi  masalasi  izohtalab  ko‗rinadi. 
Quyida 

bu 

haqda 

aytilgan 

fikrlardan 

ba‘zilarini ko‗rib o‗tamiz. 

V.Delbryuk, A.Meye kabi  tilshunoslar 

kauzativ  fe‘llarni  tarixiy  jihatdan  tadqiq  etib, 
bunday  fe‘llarda  kauzativ  ma‘no  yasama 
ekanligini, 

kauzativlik 

tushunchasi 

esa 

fe‘lning  morfologik  kategoriyalaridan  biri 
hisoblanishini 

ta‘kidlaydilar 

[4. 

mexalib.com/viem/31500

211-237]. 

T.G.Xazagerov  ham  kauzativ  fe‘llar  yasama 
ekanligi  haqidagi  fikrni  qo‗llab-quvvatlaydi, 

lekin  bu  yasalish  umumiy  rejadagi  yasalish 
emas, balki o‗ziga xos yasalish hisoblanishini 
aytadi.  Kauzativlar  faqat  fe‘l  so‗z  turkumi 
asosida emas, hatto ot va sifat so‗z turkumlari 
asosida yasalishi mumkinligini izohlab o‗tadi: 

везти-возить, 

отрезветь-отрезвить, 

обезлюдеть-обезлюдить

 

kabi 

[5.24]. 

Darhaqiqat, «Русская грамматика» asarining 
«Словообразование»  bo‗limida  quyidagi 
fikrning 

guvohi 

bo‗lishimiz 

mumkin: 

«

Большая  часть  глаголов  с  суф.    -и 

мотивируется 

существительными 

и 

прилагательными:

 

леденеть-леденить, 

стареть-старить

» [6.332]

.  

Aytish  kerakki,  masalaga  bunday 

yondashuv  agglyutinativ  tillarga  xos  emas. 
Chunki 

turkiy 

tillarda 

fe‘l 

yasovchi 

qo‗shimchalar  bilan  nisbat  hosil  qiluvchi 
qo‗shimchalarning  chegarasi  aniq  sezilib 
turadi.  Boshqacha  aytganda,  so‗z  yasalishi 
grammatik 

kategoriya 

hisoblanmaydi. 

Grammatik 

kategoriya 

umumlashgan 

grammatik  ma‘no  bo‗lib,  u  tilning  qaysi 
morfologik  tipga  kirishini  ko‗rsatadi  va  o‗z 
ifodasini  so‗zlarning  o‗zgarishida,  gapda 
so‗zlarning bog‗lanishida topadi [7.154]. Shu 
bois fe‘lning asosiy grammatik kategoriyalari 
jumlasiga  zamon,  nisbat,  mayl  kabilarni 
kiritamiz.  Jumladan,  kauzativlik  ham  sabab 
ma‘nosini  bildirib,  orttirma  nisbat  bilan 
aloqador  bo‗ladi.  Yasalish  jarayonida  yangi 
so‗z  yasalishini  (arra+la,  qora+y,  suv+sira 
kabi)  tushunamiz.  Bundan  tashqari,  fe‘l 
nisbatini  hosil  qiluvchi  qo‗shimchalar  (-dir,-
tir,  -ir,-iz  va  hokazo)  haqida  gapirilganda 
ularni  lug‗aviy  shakl  hosil  qiluvchi  affikslar 
jumlasiga  kiritamiz.  Mazkur  qo‗shimchalar 
fe‘l  o‗zagiga  qo‗shilib,  sabab,  natija,  maqsad 
ma‘nolarini ifodalashga xizmat qiladi. Ammo 
rus  tilida  birgina 

-i

  qo‗shimchasi  ham  so‗z 

yasash,  ham  grammatik  kategoriya  ifodalash 
funksiyasini  bajarayotgani  ko‗rinib  turibdi. 
Shu  bois  uni  so‗z  yasalishi  derivatsiyasida 


background image

Хорижий филология  

№3, 2018 йил 

 

 

26 

bemalol  hosilani  shakllantiruvchi  operator 
deb  atay  olamiz.  Ammo,  shunday  bo‗lsa-da, 
Y.V.Baklagova 

rus 

tilida 

morfologik 

kauzatsiya 

borligini 

inkor 

etadi 

va 

kauzativlikning 

bunday 

turi 

maxsus 

qo‗shimchalar  bilan  hosil  bo‗lishi  kerakligini 
ta‘kidlaydi.  Fikrining  isboti  sifatida  turkiy 
tillarga xos bo‗lgan orttirma nisbat shakllarini 
keltirib o‗tadi. U ko‗proq sintaktik kauzatsiya 
haqida 

mulohaza 

bildiradi. 

Sintaktik 

kauzatsiyada  kauzativ  ma‘no 

«запретить», 

«заставить», 

«велеть», 

«вынудить», 

«дать»

 

kabi 

maxsus 

fe‘llar 

bilan 

ifodalanishini,  o‗z  navbatida,  bu  fe‘llar 
harakatni  bajarishga,  holatni  o‗zgartirishga 
sabab 

bo‗lishini 

va, 

ayni 

paytda, 

makrokauzativ  jarayon  shakllanishini  aytadi: 

Он заставил меня порвать документ = Он 
каузировал 

(отношение 

каузации), 

определенным воздействием (каузирующее 
действие), документ изменил состояние – 
оказался 

разделенным 

на 

части 

(каузируемое состояние)

[8. 

fan5.ru

]

.

  

Bizningcha, 

olim 

makrokauzativ 

jarayonni 

torroq 

tushunadi. 

Aslida 

makrokauzatsiya  MSQ  (Murakkab  sintaktik 
qurilma  an‘anaviy  tilshunoslikda  «qo‗shma 
gap»  termini  bilan  o‗rganilmoqda)  sathida 
vujudga  keladi.  Zero,  MSQ  mikromatn 
maqomida  tadqiq  etilar  ekan,  u  nutq 
birliklarini  jamlashi  bilan  gapning  integrativ 
xususiyatidan farq qiladi. Shu bois yuqoridagi 
misolni  murakkab  sintaktik  qurilma  tarzida 
shakllantirsak  maqsadga  muvofiq  bo‗lar  edi: 

Он  заставил  меня  порвать  документ, 
поэтому  я  порвал  его.  Он  заставил  меня 
порвать документ и я порвал его. 

Shuni 

ham 

aytish 

kerakki, 

tobe 

komponentli  MSQ  orqali  anglashilayotgan 
kauzativ ma‘no teng komponentli MSQ orqali 
anglashilayotgan  kauzativ  ma‘noga  nisbatan 
ustuvor  vaziyatni  egallaydi.  Chunki  tobe 
komponentli  MSQning  tobe  komponenti 
orqali  sabab,  natija,  maqsad,  shart  ma‘nolari 
aniq  sezilib  turadi.  Qiyoslang: 

Yurt  tinch  – 

sen tinch.

 

Yurt tinch, shuning uchun

 

sen tinch

Y.V.Baklagovaning  fikriga  o‗xshash 

mulohaza  Y.Y.Gordonning  tadqiqotida  ham 
ko‗zga 

tashlanadi. 

Olimning 

fikricha, 

harakatni 

bajarishga 

undash 

ma‘nosini 

beruvchi 

«побуждать»,  «заставлять», 

«разрешать»

 kabi  fe‘llar ham,  garchi  ularda 

kauzativlikni  ko‗rsatuvchi  maxsus  formalar 
bo‗lmasa-da, 

kauzativ 

xarakterli 

hisoblanaveradi  [9.77-82].  Yuqoridagi  fikrga 
qo‗shilsa  bo‗ladi,  albatta.  Zero,  kauzativ 
ma‘no  fe‘lning  orttirma  nisbati  shakllari 
mavjud  bo‗lmagan  tillarda  ifodalanmay 
qoladi,  deb  tushunmaslik  kerak.  Kauzativ 
ma‘no  har  bir  tilning  o‗ziga  xos  lingvistik 
omillari  bilan  bemalol  ro‗yobga  chiqaveradi. 
Bu,  ayniqsa,  til  belgilarining  paradigmatik 
rejadan  sintagmatik  munosabat  jarayoniga 
o‗tishida  yaqqol  namoyon  bo‗ladi.  Bunda 
kauzativlikning 

maqsad, 

sabab, 

natija 

ma‘nolari  bilan  bog‗langanligini  va  turli  xil 
lingvistik  hamda  ekstralingvistik  omillar 
muhim  ahamiyat  kasb  etishini  ko‗rishimiz 
mumkin bo‗ladi: 

Komila  yig„lab  yubordi.  Matniyoz 

yugurib  kelib  uni  darvoza  tomonga  boshladi. 
Azimjon  Ochil  buvani  tinchitishga  urinar, 
Sattor  bo„lsa  bir  og„iz  gap  aytolmay  og„zini 
ochgancha  bir  chetda  turar  edi.  Ichkaridan 
To„lqinning 

o„ksib 

yig„lagani 

eshitildi 

(A.Muxtor. Chinor). 

Berilgan  makromatn  abzas  shaklida 

bo‗lib,  uning  komponentlari  uchta  sodda  gap 
hamda tarkibiy qismlari 

bo„lsa 

operatori bilan 

munosabatga 

kirishgan 

 

bitta 

teng 

komponentli MSQdan iborat. Makromatnning 
har  qanday  ko‗rinishi  tayyor  holdagi  hosila 
qurilma  bo‗lganligi  uchun  tub  struktura 
masalasi  ustuvor  ahamiyat  kasb  etmaydi 
[10.84].  Biroq  berilgan  abzas  tarkibiy 
qismlarini  alohida  tahlil  qilgan  taqdirimizda 
ham  ularning  tub  strukturalarida  orttirma 
nisbat  shakllari  mavjudligi  kuzatilmaydi.  Tub 
struktura  deganda  esa  gapning  sintaktik 
derivatsiyasi  uchun  asos  bo‗ladigan  ichki 
tafakkur 

strukturasini 

tushunamiz. 

Tub 

struktura  asosida  nafaqat  ma‘lum  bir  gap, 
balki murakkab sintaktik qurilmalar, abzasdan 
tortib 

makromatngacha 

bo‗lgan 

nutq 

parchalari  shakllanishi  mumkin  [11.45].  Bu 
struktura nisbiy mavhumlik holatida va imkon 
qadar  minimal  shaklda  bo‗ladi.  Zero, 
mavhumlik 

til 

sistemasi 

belgilarining 

barchasiga  xos  bo‗lib,  u  faqat  belgi  nutqqa 
ko‗chirilgandan  keyin  konkretlashadi.  Bu 
tushunchalarning  barchasi,  so‗zsiz,  insonning 
nutqiy faoliyati bilan chambarchas bog‗liqdir. 


background image

Хорижий филология  

№3, 2018 йил 

 

 

27 

Chunki  inson  tafakkuri  til  bilan,  til  esa  inson 
ongining  faoliyati  bilan  uzviy  aloqadordir. 
Boshqacha 

aytganda, 

inson 

xotirasida 

saqlanadigan  muayyan  ma‘no  ifodasi  bilan 
bog‗liq  bo‗lgan  strukturalar  [12.7]  mavjud 
bo‗lib,  bu  orqali  nutqiy  faoliyat  amalga 
oshadi. 

 Shunday  ekan,  yuqoridagi  misolda 

yig„lab  yubordi,  boshladi,  turar  edi,  eshitildi 

kabi

 

fe‘llar  orttirma  nisbati  shakllarisiz  ham 

sabab  ma‘nosi  bilan  uzviy  bog‗lanmoqda. 
Abzas  tarkibiy  qismlari  alohida  olinganda 
mikrokauzatsiya  jarayoni  hosil  bo‗lishini 
ifodalasa,  abzasning  o‗zi  umumiy  planda 
makrokauzativ 

tushuncha 

bildirmoqda. 

Chunki abzas orqali ifodalanayotgan umumiy 
fikr ifodasidan kelib chiqib, 

nima sababdan?, 

nega? 

degan so‗roqlar qo‗yilishi tabiiy.  

 

T.  A.  Kildibekova  kauzativ  fe‘llarni 

aniqlashda  quyidagilarga  e‘tibor  qaratadi: 
«Bu  kabi  fe‘llar  o‗ta  faol  bo‗lib,  shaxs  yoki 
narsa  sifati  va  holatining  o‗zgarishini 
ifodalashga  ham  xizmat  qiladi.  Buning 
oqibatida  kauzativ  fe‘l  shunchaki  harakat 
ifodalab 

qolmay, 

balki 

ikkinchi 

bir 

harakatning  bajarilishiga  turtki  bo‗ladi.  O‗z 
navbatida,  sabab  ma‘nosini  bildiruvchi 
kauzativ qurilmalar hosil bo‗ladi. Masalan: 

Я 

заставил его уйти. Он ушѐл»

[13.10].

  

T.  A.  Kildibekova  kauzativ  fe‘llar 

shaxs  yoki  narsa  sifati  va  holatining 
o‗zgarishini  ifodalashga  ham  xizmat  qiladi, 
deb  ta‘kidlagan  bo‗lsa-da,  sifat  o‗zgarishi 
ifodalanishiga  aniq  misollar  keltirmaydi. 
Bizningcha, kauzativ fe‘llar holat o‗zgartirishi 
mumkin,  xolos: 

Men  uni  ketishga  majbur 

etdim.  U  nima  sababdan  va  qanday  holatda 
ketdi? 

Bundan  tashqari,  yuqorida  berilgan 

misol kabi jumlalarni kauzativ ma‘noli ilovali 
qurilmalar,  deb  tadqiq  qilsak  to‗g‗ri  bo‗lar 
edi. 

Chunki 

misoldagi 

«

Он 

ушѐл

» 

komponenti  «

Я  заставил  его  уйти

» 

qismining  ilovasi  sifatida  shakllanmoqda. 
Shuni  ta‘kidlab  o‗tish  kerakki,  T.  A. 
Kildibekova  kauzativ  fe‘llar  o‗ta  faol,  deb 
to‗g‗ri  ta‘rif  beradi.  L.  Tenyer  ta‘biri  bilan 
aytganda,  kauzativ  fe‘llar  aktantlar  miqdorini 
oshirishga  ham  xizmat  qiladi  [14.272]. 
Masalan,  «

U  ketdi» 

jumlasida  aktantlar  soni 

bitta bo‗lsa, «

Men uni ketishga majbur etdim» 

jumlasida aktantlar soni uchga teng. Umuman 

olganda, 

kauzativ 

jarayon 

majmuyining 

ifodalanishi 

aktantli 

qurshov 

vaziyatini 

vujudga  keltiradi.  Ushbu  vaziyat  negizini, 
shubhasiz, 

fe‘l 

egallaydi. 

Boshqacha 

aytganda,  kauzativ  vaziyat  fe‘l  orqali 
boshqariladi. 

To‗g‗ri,  kauzativ  vaziyаtning  fe‘l 

orqali  boshqarilishi  izoh  talab  etmaydi, 
albatta,  biroq  shuni  ham  ta‘kidlab  o‗tish 
kerakki, sabab, natija, maqsad, shart mazmuni 
bilan  aloqador  bo‗lgan  murakkab  sintaktik 
qurilmalarning 

derivatsion 

shakllanishida 

makrokauzativ  vaziyatning  yetakchi  unsurlari 
sifatida  turli  xil  operatorlar  muhim  vazifa 
bajaradi.  Operator  sintaktik  derivatsiyani 
vujudga keltiruvchi asosiy unsur bo‗lib, hosila 
struktura  tarkibiga  tashqaridan  kiritiladi. 
Boshqacha 

aytganda, 

kommunikativ 

jarayonda  nutq  sohibi  operatorlarni  tanlash 
imkoniyatiga  ega  bo‗ladi.  Fikr  isboti  uchun 
quyidagi misollar tahlilini ko‗rib o‗tamiz: 

1. 

Hikmat  jussasi  kichikroq,  o„zi 

ko„rimsizroq  bo„lgani  uchun,  xola  uni 
Majiddan  kichik  deb  o„yladi 

(Y.Shomansur. 

Qora marvarid). 

2. 

Oyoq  osti  botqoq  bo„lganligi 

sababli,  otlig„-u  yayovga  yurish  ancha  qiyin 
edi 

(M.Qoriyev. Spitamen). 

Keltirilgan  misollar  sabab  mazmuni 

bilan  aloqador  bo‗lgan  tobe  komponentli 
MSQlar 

bo‗lib, 

ularning 

sintaktik 

shakllanishida 

uchun, 

sababli 

singari 

grammatik 

vositalar 

muhim 

vazifa 

bajarmoqda.  Biroq  bu  xildagi  MSQ  tarkibiy 
qismlari  aytib  o‗tilgan  vositalardan  tashqari, 
yana  boshqa  unsurlar  bilan  ham  sintaktik 
aloqaga kirishishi mumkin: 

1. 

Hamza  Karimboyning  nodonligiga 

chidab 

turolmay,shahar 

hokimi 

tomon 

yuzlandi 

(K.Yashin. Hamza). 

2. 

Ammo  Sodiqning  qo„l  og„rig„i 

zo„rayganidan,  unga  shaharga  chiqishga 
ruxsat 

berilmadi 

(H.Shams. 

Tanlangan 

asarlar). 

Ushbu  misollarning  birinchisida  tobe 

komponentli  MSQ  tarkibiy  qismlari 

-may 

affiksli  ravishdoshning  bo‗lishsizlik  shakli 
orqali,  ikkinchisida  esa  chiqish  kelishigi 
shaklini  olgan  -

ganidan

  sifatdoshi  orqali 

sintaktik  munosabatga  kirishganini  ko‗ramiz. 
Misollardan  ko‗rinib  turibdiki,  sintaktik 


background image

Хорижий филология  

№3, 2018 йил 

 

 

28 

kauzatsiyada  turli  xil  grammatik  vositalar 
kauzativ  vaziyatni  shakllantiruvchi  omil 
sifatida  namoyon  bo‗lishi  mumkin.  Bu  esa, 
o‗z navbatida, so‗zlovchining nutq jarayonida 
birgina  sabab  ma‘nosini  ifodalashida  turli  xil 
grammatik 

vositalardan 

foydalanish 

imkoniyati  mavjudligidan  dalolat  beradi. 
Bunday 

vositalarni 

derivatologiyada 

kauzaoperatorlar 

deb 

ataymiz. 

Kauzaoperatorlar 

MSQ 

operandlarini 

sintaktik  jarayonga  olib  kirish  bilan  birga 
ularga 

sabab, 

natija, 

maqsad, 

shart 

ma‘nolarini  yuklaydi.  Boshqacha  aytganda, 
bajaruvchining  ta‘siri  bilan  boshqa  shaxs 
tomonidan bajariladigan harakat munosabatini 
ifodalashga xizmat qiladi: 

1. 

Bobolarning  ruhi  yor  bo„lsin  deya, 

niyat  bilan  Hakim  bir  tong  ushladi  qalam

 

(A.Oripov. Surat va siyrat). 

2. 

Qilich  botir  bo„zchini  ko„tarib 

chunon uribdiki, haligi bo„zchi qo„ltig„igacha 
yerga kirib ketibdi 

(«O‗zbek xalq ertaklari»). 

3. 

Daraxt  bargi  tagidan  to„kilsa,  qish 

yengil keladi 

(O‗.Usmonov. Girdob). 

Misollar  tahlili  natijasi 

Hakimning 

qalam  ushlashi,  bo„zchining  qo„ltig„igacha 
yerga  kirishi,  daraxtning  bargi  tagidan 
to„kilishi

 

kabi 

harakatlarning 

bajarilishi 

boshqa  harakatning  ta‘siri  orqali  yuzaga 
chiqayotganligidan  dalolat  beradi.  Bunda 
birinchi  misolda  tobe  komponentli  MSQning 
tobe  qismi  tarkibida  kelayotgan  «

deya» 

kauzaoperatori  o‗ta  faol  bo‗lib,  quyidagi 
vazifalarni bajarayotganini ko‗ramiz: a) MSQ 
tarkibiy 

qismlarini 

derivatsion 

jihatdan 

voqelantirmoqda;  b)  mustaqil  gapni  tobe 
gapga  aylantirmoqda;  d)  MSQning  umumiy 
mazmuniga  maqsad  ma‘nosini  yuklamoqda; 
e) ikkinchi komponent orqali ifodalanayotgan 
harakatning 

bajarilishi 

uchun 

zamin 

hozirlamoqda.

 

Natijada  tobe  komponentli 

kauza  MSQning  umumiy  derivatsion  hosilasi 
namoyon  bo‗lmoqda.  Ikkinchi  misolda 
kauzaoperator 

real 

ifodalanmagan. 

Bu 

vazifani  «

natijada

»  so‗zi  bajarishi  kerak  edi. 

Mazkur  so‗z  ifodalanmagan  bo‗lsa-da,  uning 
borligi  nutq  muhiti  orqali  sezilib  turibdi.  Shu 
bois  uni  nol  ifodali  kauzaoperator  deb 
ataymiz.  Lekin  uning  mavqeyi  birinchi 
misoldagi  «

deya

»  kauzaoperatori  singari 

baland  emas.  Buning  sababi  shundaki, 
birinchidan,  u  MSQ  tarkibiy  qismlarini 
derivatsion  jihatdan  voqelantirmagan,  chunki 
bu 

vazifani 

MSQning 

hokim 

qismida 

kelayotgan 

-ki 

operatori 

bajarmoqda. 

Ikkinchidan, uning ishtirokisiz ham MSQning 
tobe  qismi  bemalol  qo‗llanaveradi  hamda 
mazmuniy  va  sintaktik  jihatdan  ham  ancha 
mustaqil 

ekanligi 

sezilib 

turadi. 

Bu 

operatorning  asosiy  vazifasi  semantik  rejada 
bo‗lib,  MSQga  kauzativ  ma‘noni  yuklashda 
ko‗rinadi.  Uchinchi  misolda  MSQ  sintaktik 
derivatsiyasi  shart  fe‘lining  affiksi 

-sa 

kauzaoperatoriga 

asoslanmoqda. 

Bu 

operatorning 

sintaktik 

mavqeyi 

birinchi 

misoldagi  operator  singari  ancha  baland 
bo‗lib,  kauzativlik  ma‘noning  shakllanishida 
ham  ustuvor  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Faqat 
bunda MSQning ikkinchi komponenti birinchi 
komponent 

orqali 

ifodalanayotgan 

harakatning 

bajarilishi 

uchun 

turtki 

bo‗lmoqda. 

Buni 

e‘tibordan 

chetda 

qoldirmaslik  kerak,  chunki  qaysi  tarkibiy 
qism  harakatni  bajarishga  undasa,  o‗sha 
operand kauzator mavqeyida bo‗ladi.  

Kauzativlikni 

sintaktik 

nuqtayi 

nazardan  o‗rganadigan  bo‗lsak,  uni  nafaqat 
tobe  komponentli  MSQ  shakllanishida,  balki 
teng  komponentli  MSQ  derivatsiyasida  ham, 
mikrosintagmatik 

munosabatlarning 

shakllanishidagi 

morfemalarning 

o‗zaro 

munosabatida ham kuzatishimiz mumkin.  

 

Adabiyotlar: 

1. Розенталь Д.Э., Теленкова М.А. Словарь-справочник лингвистических терминов. –M: 

Просвешение,1985. 

2.  Цуй  Ван,  Бочина  Т.  Г.  Каузативная  конструкция  в  русском  и  китайском 

языках//Филологические науки, 2014,№3. 

3. Aбдиев Т. К. Конструкции с каузативными глаголами в киргизском языке.                –

Бишкек, 2009;  Аматов А. М. Морфологические каузативы в английском языке//Ярославкий 
педагогический вестник, 2003, №1. 


background image

Хорижий филология  

№3, 2018 йил 

 

 

29 

4.  Дельбрюк  Б.  Введение  в  изучение  языка:  Из  истории  и  методолгии 

с

равнительного 

языкознания. Пер. с нем., ред. С. Булич. 2-е изд. стереотип. М.: Едиторал УРСС, 2003; Мейе 
А. Введение в сравнительное изучение индоевропейских языков. – М.; Л., 1938. 

5.  Хазагеров  Т.  Г.  Каузативность:  статус  и  эволюция  средств  выражения  в  русском 

языке//Филологический вестник Ростовского государственного университета, 1998, №1. 

6. Русская грамматика. Том I.–Москва: Наука, 1980.  
7. Irisqulov M. T. Tilshunoslikka kirish.–Toshkent, 1992. 
8.

 

Баклагова  Ю.  В.  Семантика  контактных  и  дистантных  каузативов  (на  материале 

русского и немецкого языков).УДК 81‘37. file:///F:/kauzat-3/semantika-kontaktnyh-i-distantnyh-
kauzativov-na-materiale-russkogo-i-nemetskogo-yazykov.pdf.(02.03.2018) 

9.  Гордон  Е.  Я.  Семантические  особенности  каузативных  глаголов  чувства  в  русском 

языке// Русский язык. Теория и методика преподавания. –Душанбе, 1980.  

10.  Turniyozova  SH.  Abzas  voqelanishining  ba‘zi  derivatsion  xususiyatlari//O‗zbek  tili  va 

adabiyoti, 2007, №3. 

11. Turniyozov N.Q. Matn lingvistikasi. – Samarqand, 2004. 
12. Минский М. Фреймы для представления знаний. – М., 1981. 
13.

 

Кильдибекова Т. А. Структура поля глаголов действия. –Уфа, 1983. 

14. Теньер Л. Основы структурного синтаксиса. – М., 1988. 

 

Турниязов Б.  Каузативное значение и изучение еѐ в  лингвистике.

  В  данной  статье 

рассматриваются изучение каузативного значения, каузативного глагола, а так же сделан 
анализ  точки  зрение  выдвинутые  учѐными  лингвистами  по  этому  вопросу.  Кроме  этого, 
автор подтверждая свою научную позицию, одновременно даѐт понятие о синтаксической 
каузации. 

Turniyazov B. Causative connotation and its analysis in linguistics.

 This article deals with 

the causative verb and the study of causative connotation and analyzes the theories of scientists. In 
addition  to  this,  the  author  thoroughly  states  his  opinion  on  causativity  including  syntactic 
causation.      

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Библиографические ссылки

Розенталь Д.Э., Теленкова М.А. Словарь-справочник лингвистических терминов. -М: Просвешение, 1985.

Цуй Ван, Бочина Т. Г. Каузативная конструкция в русском и китайском языках//Филологические науки, 2014,№3.

Абдиев Т. К. Конструкции с каузативными глаголами в киргизском языке.

Бишкек, 2009; Аматов А. М. Морфологические каузативы в английском языке//Ярославкий педагогический вестник, 2003, № 1.

Дельбрюк Б. Введение в изучение языка: Из истории и методолгии сравнительного языкознания. Пер. с нем., род. С. Булич. 2-с изд. стереотип. М.: Едиторал УРСС, 2003; Мейе А. Введение в сравнительное изучение индоевропейских языков. - М.; Л., 1938.

Хазагсров Т. Г. Каузативность: статус и эволюция средств выражения в русском языкс//Филологичсский вестник Ростовского государственного университета, 1998, №1.

Русская грамматика. Том L-Москва: Наука, 1980.

Irisqulov М. Т. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 1992.

Баклагова Ю. В. Семантика контактных и дистантных каузативов (на материале русского и немецкого языков).УДК 81’37. file:///F:/kauzat-3/semantika-kontaktnvh-i-distantnvh-kauzativov-na-materialc-russkoKo-i-nemctskogo-vazvkov.pdf. (02.03.2018)

Гордон Е. Я. Семантические особенности каузативных глаголов чувства в русском языке// Русский язык. Теория и методика преподавания. -Душанбе, 1980.

Tumiyozova SH. Abzas voqelanishining ba’zi dcrivatsion xususiyatlari//O‘zbek tili va adabiyoti, 2007, №3.

Tumiyozov N.Q. Matn lingvistikasi. - Samarqand, 2004.

Минский M. Фреймы для представления знаний. - М., 1981.

Кильдибскова Т. А. Структура поля глаголов действия. -Уфа, 1983.

Тсньср Л. Основы структурного синтаксиса. - М., 1988.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов