Противопоставление цвета и психики во французской фразеологии

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
129-136
32
44
Поделиться
Долиева, Л. (2020). Противопоставление цвета и психики во французской фразеологии. Иностранная филология: язык, литература, образование, (4 (77), 129–136. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1597
Лайло Долиева, Самаркандский государственный институт иностранных языков

Учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье анализируются психолингвистические особенности фразеологических единиц с цветовым компонентом, представляющих образ психики человека, рассматривается дисбаланс между символическими значениями цветов и фразеологическим значением, а также их доминирующее значение и способы выражения типов эмоций в языке.

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

129 

 

FRANSUZ  FRAZEOLOGIYASIDA  RANG  VA  RUHIYAT  OPPOZITSIYASI 

 

Doliyeva  Laylo  Bo„riboevna, 

SamDCHTI o„qituvchisi 

 

Kalit    so„zlar 

his-tuyg'u,  ekspressiv-emotsional      xususiyat,  ruhiyat,  ruhiy    kechinma, 

dominant ma‟no, rang komponentli iboralar, ijobiy  fazilat, dominant  emotsiya, affektlar, ramziy  
ma‟no. 

Inson  his-tuyg'ularini    har  tomonlama 

mukammal tarzda ifodalashning eng  samarali 
vositasi  tildir.  U  shunday    xususiyatga  ega  
bo'lganligi  uchun ham  inson  his-tuyg'ularini 
"boshqara  oladi",  ya‘ni    uning    qalbida    turli  
kechinmalar    va  hissiyotlar    paydo    qilish  
xususiyatiga  ega [F.Sharifian: 88]. Binobarin, 
tilning har bir sohasi - fonetika,  morfologiya,  
leksika    va    semantika    ortida  psixologiya 
yashiringandir  [V.  Belyanin  :  8].  Shu  sababli 
lingvistika  va  psixologiya  o‗zaro  aloqador 
sohalar hisoblanadi.  

So‗nggi  vaqtlarda    tilshunoslikda  rang 

va  uning  turli  xil  jilosi  hamda    ularga  xos 
ekspressiv-emotsional 

 

xususiyatlarning 

og‗zaki  va  yozma  nutqda    aks  etishiga  doir 
masalalar  tadqiqotchilar  e‘tiborini  tortmoqda.  
Shunday  ekan,  tilda  ranglarning    qo‗llanishi  
va  ular  bilan  bog‗liq  ekspressiv-emotsional   
xususiyatlarning aynan frazeologiya  sohasida  
ham    tadqiq  etish    inson    ichki  kechinmalari  
va  ruhiyatini    ifodalashda  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Xususan,  frazeologik    iboralarda 
ranglarning  qo‗llanilishi  ichki  ruhiyatni  
tashqi    ruhiyatda  aks  ettirish    jarayonini   
ancha  osonlashtiradi,  ya‘ni  boshqacha  qilib 
aytganda,  ruhiyat  olamidagi    ichki  his-
tuyg‗uning 

rangin 

manzarasini 

«ko‗ra 

olish»ga  yordam  beradi.  Bu  borada    faylasuf  
Taftazoniy  inson  ichki  his-tuyg‗usi  tashqi 
hissiyot asosida paydo bo‗lishini  qayd  etadi,   
shuningdek, 

narsalar 

to‗g‗risida 

biror 

tushuncha  hosil  qilish  his-tuyg‗u  uyg‗otgan 
qiyofa  orqali  amalga  oshishini  ko‗rsatib    
o‗tadi    [Taftazoniy  :e-tarix.uz›shaxslar/483]. 
Binobarin, olim Sh.Safarov   ta‘kidlaganidek,  
insonlar    o‗rtasidagi    muloqot  maqsadi    ham 
oddiygina 

axborot 

almashish 

bilan 

chegaralanib qolmaydi,  balki, axborot uzatish  
orqali   «hamkor»ga ta‘sir o‗tkazish, uni biror 
narsaga ishontirish,  bo‗ysundirish,  harakatga 

undash  kabi    maqsadlar    ham  e‘tiborga  
olinadi [SH.Safarov : 81].    
 

Insonning ruhiy holati va his-tuyg'ulari 

uning  nutqi  va    tashqi  ko‗rinishi  orqali 
namoyon  bo‗ladi.  Nutqning  ta'sirchanligi  va 
emotsionalligini oshirishga  xizmat  qiladigan 
so'zlar,    shuningdek,  frazeologik  birliklar  o'z 
ma'nolari  bilan  inson  ruhiyatiga  ta'sir  etish 
xususiyatiga 

ega. 

Shu 

boisdan 

fikrni 

tinglovchiga yetkazishda frazeologizmlar ham   
boshqa til  birliklari singari voqea-hodisalarni 
aks  ettirishda  o‗ziga  xos  ta‘sirchanligi    bilan  
ajralib  turadi.  Ularning  asosiy  ahamiyati 
nutqni    ifodalashda    unga  hissiy  rang  berish 
va 

uning 

ma'nosini 

mustahkamlashdan  

iboratdir. 
 

Insonlardagi  ichki  kechinmalarning  

hissiyot, kayfiyat  va hayajon  tarzida botiniy 
shaklda    boshdan  kechirilishi  bilan    bir  
qatorda tashqi  ruhiyatda seziladigan darajada  
zohiriy    belgilar  ham  yuzaga    chiqadi. 
Masalan,  qo‗l  va  gavdaning  ma‘noli 
harakatlari, 

yuzning 

ifodali 

harakatlari 

(mimika),  ovoz    ohangi,  ko‗z  va    yuz  
rangining    o‗zgarishi,  turq-tarovati,  ko‗z 
qorachig‗ining  kengayishi  yoki  torayishi 
kabilar  shular  jumlasidandir.  Bunday    ruhiy  
kechinmalarni    til  orqali    ifodalash  uchun 
aksariyat  hollarda  frazeologik    iboralar  eng 
samarali    vosita    sanaladi.  Masalan,  fransuz  
frazeologiyasida 

insonning 

ichki 

kechinmalarini    asosan,  uning  ovoz  ohangi, 
jismoniy 

harakati, 

yuz 

tuzilishi,  ko‘z  

qarashlari 

va 

yonoqlar 

rangi 

 

orqali   

ifodalovchi    iboralar  dominant  birliklar  
hisoblanadi.  Shundan  kelib  chiqqan    holda  
fransuz  tilida  his-tuyg'uning  frazeologik  
birliklar    yordamida    ifodalanish    holatini 
umumiy    tarzda    quyidagicha    izohlash 
mumkin: 

 


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

130 

Ruhiyatning aks 

etish tarzi

 

Fransuzcha 

frazeologik  iboralar

 

O‘zbekcha 

talqini

 

Ovoz ohangi orqali

 

hurler det erreur;

 

daxshatdan qichqirmoq;

 

g

ueuler comme un cochon;

 

cho„chqadek baqirmoq;

 

mugir de fureur;

 

g‟azabdan bo‟kirmoq;

 

Jismoniy harakat va  

holat  orqali 

 

bondir de joie;

 

quvonchdan osmonga sakramoq;

 

rester cloue sur place;

 

 

Turgan joyida qotib qolmoq;

 

Ko‗z qarashlari va 

holati orqali

 

faire les gros yeux;

 

ko'zlari 

katta 

– 

katta              

bo„lmoq;

 

éclater de joie;

 

ko„zlari quvonchdan porlamoq;

 

voir  la  vie  en  rose ;

 

hayotga kulib  boqmoq 

;

 

Yuz holati orqali

 

sourirej usqu'aux oreilles;

 

og'zi qulog'ida bo'lmoq;

 

rayonner de bonheur;

 

baxtdan huzurlanmoq;

 

 

 

 

Fransuz 

tilida 

inson 

ruhiyatini 

ifodalovchi  frazeologik    birliklar    orasida  
rang  komponentli  iboralar  o‗ziga    xosligi  
bilan  alohida  ajralib    turadi.  Chunonchi, 
tasviriy 

san‘atning 

asosiy 

vositasi  

hisoblangan 

ranglar 

inson 

ruhiyatini 

nechog‗lik  yorqin  tasvirlarda  ifodalagani 
singari  ular    tilda  ham  inson    ruhiyatini  
shunday  ifodalash xususiyatiga ega.  

Inson  ruhiyati  ranglar  bilan  bevosita 

bog'liq  bo'lib,  butun  tabiat  ranglardan  iborat 
va  ranglarni  bildiruvchi  so'zlar  til  leksikasida 
salmoqli  o'rin  tutadi.  Rang  komponentli 
frazeologik  birliklar ham  o'z navbatida, inson 
ruhiyati 

va 

his-tuyg'ularini 

ifodalashda 

alohida 

ahamiyatga 

 

ega. 

Frazeologik  

birliklarning emotsionalligi insonning turli xil 
his-tuyg‘ulari,    hamda  shaxs-predmetlarga 
nisbatan  subyektiv  munosabatlarini  ifodalash 
bilan  bog‘liqdir.  Bunday  emotsionallik  bir 
vaqtning o‘zida ikki ma‘noning reallashuvi va 
obrazlilik 

natijasida 

yuzaga 

chiqadi. 

Darhaqiqat,  rang  komponentli  FBlar 

qo‟rquv, 

shodlik,  azoblanish,  hayrat,  g'azab,  taajjub, 
norozilik, uyat, g‟am, qayg‟u, tushkunlik  

kabi 

emotsional 

xususiyatlarni 

ifodalash 

imkoniyatiga ega.  Bunday   ruhiy hayajon   va 
harakat 

turlari 

insonning 

ichki 

his-

tuyg‗ulariga 

xos 

holat 

tarzi 

bo‗lib  

hisoblanadi.  
 

 His-tuyg‗ular  albatta,  ikki  qutbli  –

ijobiy  yoki salbiy,  ya‘ni yoqimli va yoqimsiz 
bo‗ladi  [Xaydarov  F.,  Xalilova  N.:  232]. 
Shunga    ko‗ra  fransuzcha    rang  komponentli 
FBlarni  ham  ijobiy  va  salbiy  emotsiyali 

iboralar 

turkumiga 

bo‗lib 

o‗rganish  

maqsadga  muvofiq. Psixologik  jihatdan  iliq 
ranglar  kishida  kayfichog‗lik,  sovuq  ranglar 
esa 

ma‘yuslik 

tuyg‗usini 

uyg‗otadi 

[https://znanio.ru/media/ranglarning-hul-
atvorimizga-tasiri-2521690]
.  Biroq,    bunday  
qarash    frazeologiyada    qisman    mos    kelishi  
mumkin.  Negaki,    har    bir    rang    frazeologik  
birlik    tarkibida    kelganda,    turlicha    ma‘no    
kasb  etadi. Xususan, ijobiy  fazilatlarni  ham,  
shu  bilan bir  qatorda,  salbiy  xususiyatlarni 
ham    ifodalashi  mumkin.  Quyida    ular  
xususida  alohida  to‗xtalib  o‗tamiz. 

Qizil 

rang

 

(

rouge) 

fransuzcha 

frazeologik  birliklar  tarkibida  eng  ko‘p 
qo‘llanilish 

xususiyatiga 

ega 

bo‘lgan 

ranglardan  biri    bo‗lib,    u  asosan, 

uyat 

va 

g‟azab   

kabi  ma‘nolarni  ifodalashga    xizmat  

qiladi.  Masalan: 

avoir  le 

rouge 

au  front;  -  uyalmoq, 

uyatdan qizarmoq;  

être 

rouge

    comme    une    tomate;- 

pomidordek qizarib ketmoq 

se    fâcher    tout   

rouge

;  - 

g„azabi  

qaynamoq; 

voir  

rouge

; -ko„zi  qonga  to„lmoq; 

rougir

    jusqu‟à  blanc    des  yeux;  - 

qulog„igacha  qizarib  ketmoq.  

Bunday  frazeologik  birliklar  tarkibida 

uyat

 va  

g„azab 

ma‘nosini hosil qiluvchi so‘z,  

ya‘ni 

rouge    (qizil)   

dominant  komponent 

bo‗lib    hisoblanadi

.

  Binobarin,    qizil  rang 

ranglar  orasida    eng    ko‗zga    tashlanib 
turuvchi    rangdir.  Psixologlar  qizil  rang 
keltirib  chiqaradigan  quyidagi  tasavvurlarni 


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

131 

alohida  ajratib  ko‗rsatishadi,  ya‘ni 

energiya, 

xushomad, tajovuzkorlik,          g„azab, nafrat, 
zo„riqish,  faollik,  issiqlik,  hayajon 

va  turli 

chalkash  narsalar    shular    jumlasidandir 
[https://uz.tierient.com/psixologik-
ranglarning-manosi]
.    Bundan    ko‗rinadiki,   
psixologiyada    qizil    rang    ifodalaydigan  
tasavvur  va tushunchalar juda  keng  bo‗lib,  
ular  ushbu  rangning      frazeologiyadagi  ifoda  
tushunchalariga    to‗liq    mos  kelmaydi,  ya‘ni  
ichki  his-tuyg‗ular    ta‘sirida  inson    yuzi    va 
ko‗zi  rangining  qizarishi    asosan, 

uyat

va 

g„azab

  tushunchalarini  qamrab  oladi,  xolos. 

 

Oq 

rang 

(blanc  ) 

ham  frazeologik 

birliklar  tarkibida  keng  qo‘llaniladigan 
ranglardan biri sanaladi va bu rang  ruhiyatni  
tasvirlovchi    FBlar    tarkibida 

qo‟rquv, 

sarosima,  g‟azab 

kabi  ma‘nolarni  anglatib 

kelishi mumkin. Masalan:

 

être 

blanc 

comme  unl  inge ;  -  dokadek 

oqarib  ketmoq; 

être   

blanc

    comme    un    mort ;  - 

murdadek oqarib  ketmoq; 

être   

blanc

    comme    un    mur ;  - 

devordek oqarib  ketmoq; 

être    chauffé    à   

blanc

;  -qizishib  

ketmoq.

 

Ushbu    rangning  psixologik    tavsifiga  

e‘tibor  qilsak,  u   

poklik,  aybsizlik,  quvonch,  

sadoqat, tenglik,  ochiqlik, ravonlik 

va

 osonlik 

timsoli 

sifatida 

talqin 

qilinadi 

[https://uz.tierient.com/psixologik-
ranglarning-manosi/]
.    Shuningdek,  oq    rang  
Qur‘onda ham  zikr qilingan bo‗lib, u asosan, 

yorug„lik, quyosh nuri,  tong,  jannat ahlining 
yuzi,  jannat   ichimligining  rangi 

kabi  ijobiy  

tushunchalarda    o‗z  aksini  topadi  [Shayx 
Muhammad  Sodiq  Muhammad  Yusuf:  45-
187].  Ushbu    rang    hech    qaysi    manbada 
salbiy      tavsifga    ega    emas.  Biroq,  oq  rang  
inson    ruhiyatini    ifodalovchi    frazeologik  
iboralar    tarkibida    qo‗llanilganda    yuqorida  
keltirilgan  tushunchalarga  nisbatan batamom  
teskari    ma‘nolarni    ifodalashga  xizmat  
qiladi.  Xususan,   

qo‟rquv,    sarosima   

va

  

g‟azab 

holatlari shular  jumlasidandir. 

 

Qora 

rang 

(noir 

)

 

ruhiyatni  

ifodalovchi    frazeologik  birliklar  tarkibida 

tushkunlik,  g‟am,  qayg‟u,  g‟azab,  norozilik 

kabi  ma‘nolarni  anglatib  kelishi  mumkin. 

Masalan,  quyidagi  misollarga    e‘tibor 
qilaylik:

 

voir  tout  en 

noir

  ;  -hamma  narsaning 

yomon tomonini ko‟rmoq; 

piquer  une  colère 

noire

;-zahrini 

sochmoq; 

faire un œil 

noir

;- g„arazguylik qilmoq; 

broyer  du 

noir

 - ma‟yuslanmoq ; g„am-

g„ussaga botmoq ;  

humeur 

noire

;  -tushkunlikka  tushish 

(tushkun kayfiyat).

 

 

Bizga    ma‘lumki,    qora  rang    ko'plab  

manbalarda, 

asosan, 

qo'rquv, 

o'lim, 

noma'lumlik 

va

 yovuzlik 

 timsoli sifatida  olib  

qaraladi.  Shuningdek,  u    ayrim  xalqlarda 

hokimiyat, vakolat, sirli murakkablik, jiddiylik  

va 

mustaqillik 

kabi  tushunchalarni  ham  

anglatadi  [https://uz.tierient.com/psixologik-
ranglarning-manosi/]
.  Ushbu  rang  Qur‘onda 
ham    ko‗p    marotaba    tilga  olingan  bo‗lib,   
unda    qora    rang   

tun  qorong„iligi,  do„zax 

ahlining  yuzi,  g„am-qayg„u, xafalik,  barbod 
bo„lish

    kabi  tushunchalarni    ifodalagan  

[Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: 
4-187].    Shundan    kelib    chiqqan  holda,  
yuqorida  qora  rang  komponentli  ruhiyatni  
ifodalovchi  frazeologik   birliklar  ma‘nosiga  
e‘tibor qaratilsa, ulardagi 

    tushkunlik,  g‟am,  

qayg‟u,  g‟azab,  norozilik  

kabi  tushunchalar  

ushbu 

rangning 

umumpsixologik  

tushunchalari  bilan    mos    kelishiga    amin  
bo‗lamiz.  

Yashil   

rang 

(vert) 

komponentli  

frazeologik    iboralar    inson  ruhiyatiga  
aloqador  xususiyatlarni  ifodalashda,  asosan, 

g„azab, rashk,      qo„rquv  

va

  sovuqlik

  kabi  

tushunchalarni aks  ettiradi. Masalan: 

être 

vert

  de    rage  ;  -  g„azabi  

qaynamoq;  

être 

vert

    de    jalousie;  -  qattiq    rashk  

qilmoq; 

être   

vert

  de    peur  ;  -  qattiq    qo„rqib 

ketmoq;  

être  

vert

 de  froid ; -sovuqdan  ko„karib  

ketmoq.  

Deyarli  barcha  xalqlarda    yashil    rang  

tabiat,    yasharish

  va 

yangilanish

    timsoli 

sifatida    talqin    qilinadi.    Ayrim    psixologik  
tavsiflarda    uning 

tasalli,    xavfsizlik, 

hosildorlik,    tozalik,  barqarorlik,  sabot-
matonat   

va

    qadr-qimmat

  ramzi    ekanligi  


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

132 

qayd 

etilgan  

[https://uz.tierient.com/psixologik-
ranglarning-manosi/]

Frazeologiyada 

esa 

yashil    rang    komponentli    birliklar    mazkur 
rangning    asl    tushunchalariga  zid    tarzda  
ruhiyatni 

ifodalashda 

 

faqat 

 

salbiy  

ma‘nodagi 

g„azab,  rashk,  qo„rquv   

va

  

sovuqlik

    kabi    tushunchalarni  ifodalaydi.  

Yashil    rang 

(vert)

  komponentli    frazeologik  

iboralar  fransuz tilida  ko‗p sonli bo‗lib, ular 
orasida    ijobiy    ma‘nodagi    FBlar    ham  
mavjud,  biroq,  ularning  hech  birida  inson 
ruhiyati  tasviri  aks  etmagan.  

Ko„k 

 

rang

(bleu)

 

komponentli  

frazeologik    iboralar    inson  ruhiyatiga  
aloqador  xususiyatlarni  ifodalashda,  asosan, 

g„azab, ta‟sirlanish, hayajon  

va

  huzurlanish

  

kabi  tushunchalarni aks  ettiradi. Masalan: 

avoir    une    colère   

bleue

;  –  g‟azab 

otiga minmoq ; 
cultiver    la    petite    fleure 

bleue

 ;– 

darrov 

ko„ngliga 

olmoq                     

(ta‟sirlanmoq); 
avoir    une    peur   

bleue

 ;    –  joni  

xalqumiga  kelmoq; 
en être [en demeurer, en rester, 
en bâiller ] 

(tout) 

bleu

 ; 

o„zini        

yo„qotib  qo„ymoq (dovdiramoq); 
voyager    (être)dans  le   

bleu

;  –  o„zini 

osmonda    his  qilmoq  (kayf-safo  
qilmoq). 

Psixologlarning  aytishlaricha,    ko‗k 

rang 

osmon   

va

    abadiyat

  ramzi    hamda 

mehribonlik,  sodiqlik,  halollik

ni  aks  ettiradi,  

shuningdek,  kishining  o‗ziga  ishonchini 
kuchaytiradi  va  hatto  Kanadaning  Britaniya 
Kolumbiyasi 

universiteti 

olimlarining 

aniqlashicha 

esa 

ushbu 

rang 

mehr, 

xushmuomalalik,  bosiqlik,    xayrixohlik 

va

  

uyatchanlik

  timsoli  sanaladi  hamda  rasmiy 

rang 

sifatida 

talqin 

qilinadi 

[https://xabar.uz/madaniyat/xarakteringiz-
haqida]
.  Ammo, ruhiyatni  tasvirlovchi  

bleu 

komponentli  fransuzcha FBlar  ifodalayotgan  
ma‘no   yuqorida  keltirilgan  fazilatlarga  zid 
tarzda     

g„azab,    ta‟sirlanish,    hayajon   

va

  

huzurlanish  

kabi  ma‘nolarni  aks  ettiradi.   

Sariq 

rang 

(jaune)

 

komponentli  

frazeologik  iboralar  fransuz tilida  eng  kam 
  uchraydigan  FBlar    hisoblanib,  ular    inson 
ruhiyatiga    oid    xususiyatlarni    ifodalashda,  

asosan, 

ikkiyuzlamachilik 

    va   

g„azab 

  

tushunchalarini    ifodalashga    xizmat    qiladi. 
Masalan:

 

rire  

jaune

 ; –majburan  kulmoq; 

sourir 

jaune

;–iljaymoq ; 

avoir    une    colère   

jaune

  -g„azabi  

qaynamoq; 

montrer    à  qn    son  bec 

jaune

birovning adabini berib  qo„ymoq.

 

Sariq    rangning    psixologik    jihatdan  

olingan  umumiy tavsifiga  e‘tibor qaratilsa,  u 

quyosh,  hayot

  va  

sahro

   ramzi  hisoblanib, 

quvonch,  shodiyona,  iliqlik,  ravnaq

    kabi  

ijobiy, 

kasallik, aldov, bevafolik 

va

  noxushlik 

 

kabi  salbiy      tushunchalarni  ham    ifodalaydi 
[https://www.code-couleur.com/signification].  
Shu  jihatdan    olganda,    fransuz    tilida    sariq  
rang    komponentli  FBlar  orasida  ijobiy  
fazilatni  ifodalovchi  birliklar  mavjud emas. 
Ular, 

asosan, 

salbiy 

xususiyatlarni  

ifodalashda 

qo‗llaniladi. 

Fransuz  

frazeologiyasida    sariq  rangning  ishlatilishi  
uncha    ko‗p  bo‗lmagan  sanoqli  FBlar  
tarkibida  kelishi  ular  xususida  bunday aniq 
xulosaga kelishga yordam beradi. 

Tahlillar    natijasiga    ko‗ra    fransuz  

tilida 

 

jigar 

rang(brun)

 

komponentli  

frazeologik    iboralar      orasida      inson 
ruhiyatiga    oid    xususiyatlarni    ifodalovchi 
FBlar    mavjud  emasligini    qayd    etish 
mumkin. 

Ma‘lum  bo‗lganidek,   yuqorida tahlil  

qilingan    har  bir  rang,  ya‘ni  qizil,  qora,  oq, 
yashil,  ko‗k  va  sariq    ranglarning  o‗ziga 
yarasha  alohida  belgi    va    xususiyati  mavjud  
bo‗lib,  ular    FBlar    tarkibida    qo‗llanilganda   
turli  xil    emotsional    holatlarni    ifodalashga  
yordam beradi. Bunday emotsional  holatlarni 
o‗rganish    davomida  ularni    quyidagicha  
tahlil    qilish  ulardagi  dominant  emotsiya  
tushunchasini    ranglar  kesimida  aniqlash  
imkonini  beradi : 

 
 
 

 
 
 
 


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

133 

 
 
 

Emotsional  

holat  turlari

 

Rang   nomlari:

 

Qizil  
rang

  

(

roug

e) 

 

Oq  
ran

(bla
nc )

 

Qora  
rang(no
ir)

 

Yashil  
rang(ve
rt)

 

Ko„k  
rang(bl
eu)

 

Sariq 
rang(jau
ne)

 

Jigar 
rang(
brun)

 

Uyat

 

+

 

 

 

 

 

 

 

Tortinchoqlik

 

+

 

 

 

 

 

 

 

G‟azab

 

+

 

+

 

+

 

+

 

+

 

+

 

 

Qo‟rquv  

 

 

+

 

 

+

 

 

 

 

Sarosima

 

 

+

 

 

 

 

 

 

Tushkunlik

 

 

 

+

 

 

 

 

 

G‟am-qayg„u

 

 

 

+

 

 

 

 

 

Norozilik

 

 

 

+

 

 

 

 

 

Rashk

 

 

 

 

+

 

 

 

 

Sovuqlik

 

 

 

 

 

+

 

 

 

Ta‟sirlanish 

 

 

 

 

 

 

+

 

 

Hayajon    

 

 

 

 

 

 

+

 

 

Huzurlanish

 

 

 

 

 

 

+

 

 

Ikkiyuzlamac
hilik 

 

 

 

 

 

 

+

 

 

 

Mazkur  jadvaldan    ko‗rinib  turibdiki,  

rang  komponentli ruhiy  holatni  ifodalovchi  
FBlar ifodalayotgan  ma‘nolar orasida 

g„azab 

dominant    ma‘no    bo‗lib    hisoblanadi.  Biroq   

uyat   

va 

qo„rquv

  ma‘nosi  ham  bunday 

FBlarning  ko‗pchiligida  o‗z  aksini  topgan. 
Inson  ruhiy   kayfiyatining   mazkur   uch   xil  
holatini    tasvirlashda   quyidagi   fransuzcha 

rang    komponentli  FBlar    eng    ko‗p  
qo‗llaniladigan  frazeologik    iboralar    bo‗lib  
hisoblanadi.    Ularni    ushbu    jadval    orqali   
aniq    misollar    bilan    shunday    izohlash  
mumkin: 
 

 
 

G‗AZAB  holati :

 

Kayfiyatning  tashqi  

namoyish  shakli

 

Ruhiy  holatni ifodalovchi rang  

komponentli FBlar

 

 

qo‗llarini musht qilish; 

 

ko‗zlarini chimirib 
qarash; 

 

do‗q-po‗pisali ohang 
bilan baqirish; 

 

ko‗z qizarishi; 

 

bo‗yin  tomirining bo‗rtib  
chiqishi  va  boshqalar.

 

 

se  fâcher  tout  

rouge

 ;     (

g„azabi  qaynamoq;) 

 

être  

vert

 de  rage ;     (qattiq  g„azablanmoq;) 

 

avoir  une  colère  

jaune;

 (g„azabi  qaynamoq;) 

 

montrer  à qn  son bec 

jaune;

 

 

( birovning adabini berib       qo„ymoq;)  

 

être  chauffé  à  

blanc

;    (qizishib  ketmoq;)

 

 

voir  

rouge

;   (ko„zi  qonga  to„lmoq;) 

 

piquer  une  colère  

noire

;  ( zahrini sochmoq ;)  

 

avoir  une  colère

bleue

; (g‟azab otiga minmoq;)

 

 
 


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

134 

 

QO‗RQUV   holati :

 

Kayfiyatning  tashqi  namoyish  

shakli

 

Ruhiy  holatni  

ifodalovchi rang komponentli FBlar

 

 

tana qaltirashi; 

 

birdan baqirib yuborish; 

 

og‗zini qo‗l bilan yopib olish; 

 

ko‗zlarini yumish; 

 

qo‗llarini ko‗kragiga bosish; 

 

cho‗chib tushish; 

 

qotib turish; 

 

elkalarini qisish va boshqalar.

 

 

avoir  une  peur  

bleue

 ; 

     (joni  xalqumiga  kelmoq;)   

 

être  

vert

 de  peur ; 

(qattiq  qo„rqib ketmoq;)  

 

être  

blanc

  comme  un  linge ; 

(dokadek oqarib  ketmoq;) 

 

être   

blanc

    comme    un    mort ;  (murdadek  oqarib  

ketmoq;) 

 

être  

blanc

  comme  un  mur ; 

(devordek oqarib  ketmoq)

 

 

UYALISH    holati :

 

Kayfiyatning  tashqi  

namoyish  shakli

 

Ruhiy  holatni ifodalovchi  

rang komponentli FBlar

 

 

ko‗zini olib qochishi; 

 

labini tishlash; 

 

kallasini ham qilish  va 
boshqalar;

 

 

rougir

  jusqu‟à blanc  des yeux ;     

 

(qulog„igacha  qizarib  ketmoq;) 

 

avoir  le  

rouge

  au  front;    (uyatdan  qizarmoq;)    

 

être  

rouge

  comme  une  tomate; 

(pomidordek  qizarib  ketmoq 

 

 
Shuningdek,    yuqorida    keltirilgan 

bunday    hissiy    jarayonlar      kishini  tez 
chulg‗ab  oladigan  va  shiddat  bilan  o‗tib 
ketadigan    affektlar,  ya‘ni    hissiy  portlashlar  
orqali    namoyon    bo‗ladi  [  G‗oziyev:  190  ].   
Bunday  affektlarni,  ya‘ni ko‗z yoshi to‗kish 
va  o‗kirib  yig‗lash,  qah-qaha  otib  kulish  va 
baqirib-chaqirib 

gapirish, 

alohida 

turq-

tarovati  va  yuzdagi  imo-ishora,  tez-tez  yoki 
qiynalib nafas olish  kabi  xatti – harakatlarni   
tasvirlashda  rang    komponentli    FBlarning    
aksariyatini  fe‘lli   birikmalar  tashkil  etadi. 
Shu  bilan  birga,    fransuz    tilida    fe‘lli 
iboralarni    hosil    qilishda  eng    ko‗p  
ishlatiladigan    fe‘llardan   

être,    avoir,    voir   

va

  faire

  fe‘llari  ushbu  o‗rinda  ham  ibora  

hosil  qiluvchi eng  sermahsul    fe‘llar  bo‗lib  
xizmat  qiladi.  
 

Inson 

ruhiyatining 

tildagi 

tasviri  

borasidagi  mazkur    izlanish  davomida  
fransuzcha 

rang 

komponentli 

FBlar  

ifodalayotgan 

frazeologik 

ma‘no 

va  

ranglarning umumpsixologik   jihatdan  talqin  
qilingan  ramziy  ma‘nolari o‗rtasida bir - biri 
bilan    o‗zaro    mos    kelish  yoki    mos  
kelmaslik    holatlari  ko‗zga  tashlanadi. 
Masalan,  oq    rang      psixologiyada   

poklik, 

quvonch,    sadoqat,    tenglik,    shaffoflik 

va

  

yengillik

  timsoli    sifatida    talqin    qilinadi.  

Hatto,  yuqorida  ta‘kidlanganidek,    Qur‘oni   
Karimda    ham  ushbu  rang 

poklik

    va  

yorug„lik

  ma‘nosida  aks  etgan, ya‘ni   ushbu  

rang    barcha    manbalarda    faqat    ijobiy   
xususiyatlar    ramzi  sifatida    talqin    qilingan. 
Biroq, 

oq 

rang 

komponentli 

ruhiyatni 

tasvirlovchi 

FBlar 

ma‘nosi, 

aksincha,   

qo‟rquv, 

sarosima 

 

va

 

g‟azab

   

tushunchalarini  aks    ettiradi.    Bu    esa    oq 
rangning  psixologik  ramziy  ma‘nolari bilan  
frazeologik ma‘nosi o‗rtasida  nomutanosiblik 
mavjudligidan    dalolat    beradi.    Shu  nuqtayi 
nazardan    olib    qaraganda,  ranglarning 
psixologik   ramziy  ma‘nosi  hamda FBlarga 
xos    ma‘nosi    o‗rtasidagi    salbiy    va    ijobiy  
xususiyatlarning 

 

moslik 

 

darajasini  

quyidagicha    tavsiflash  o‗rinlidir: 
 
 
 
 
 
 
 


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

135 

Rang 

turi

 

Psixologik  ramziy  ma‘no:

 

Frazeologik  ramziy  ma‘no :

 

Moslik  

darajasi

 

Ijobiy 

 

Salbiy

 

Ijobiy

 

Salbiy

 

 
 

Oq

 

- poklik;

 

- quvonch;

 

- sadoqat; 
-tenglik; 
-shaffoflik;

 

 
 

-

 

 
 

-

 

-g‟azab;

 

-qo‟rquv; 
-sarosima; 

 

 

mos  

emas

 

 
 

Yashil

 

-tasalli;   
-xavfsizlik; 
-hosildorlik; 
-tozalik; 
-matonat; 

 

 
 

-

 

 
 

-

 

-g„azab; 
-rashk;  
-qo„rquv;    
-sovuqlik

 

 
 

mos  

emas

 

 

Ko„k

 

-mehribonlik; 
-sodiqlik; 
-halollik;

 

 
 

-

 

 
 

-

 

-g„azab; 
-ta‟sirlanish; 
-hayajon;  
-huzurlanish

 ; 

 

 

mos  

emas

 

 

Qizil

 

-ehtiros;  
-faollik; 

 

-

issiqlik;  

 -hayajon; 

 

-g„azab; 
-nafrat;

 

 

-

 

-g„azab; 
-uyat;

 

qisman  mos

 

 

Sariq

 

-quvonch;  
-iliqlik;  
-ravnaq;

 

-dard; 
-aldov;  
-xiyonat;   
-noxushlik; 

 

 

-

 

-g„azab; 
-munofiqlik; 

 

 

qisman  mos

 

 

Qora

 

-

hokimiyat;  

-jiddiylik; 

 

-qo‟rquv;  
- o'lim;    
-yovuzlik;

 

 

-

 

-tushkunlik;  
-g‟am-qayg„u;     
-g‟azab; 

 

qisman  mos 

 

 

 

 

Mazkur    jadvaldan    ko‗rinib    turibdiki 

oq,  yashil   

va

    ko„k

    ranglarning    ikkala 

holatdagi    ma‘nolari      bir-biriga    umuman  
mos    kelmaydi,  ya‘ni    ularning    psixologik  
ramziy  ma‘nolari faqat  ijobiy  xususiyatlarni 
qamrab olsa,  frazeologik ma‘nolari  esa  faqat  
salbiy    xususiyatlarni    aks    ettiradi.    Qolgan  

qizil,  sariq   

va 

qora

    ranglarda    esa  

psixologik  ramziy  ma‘nolar ijobiy  va salbiy  
xususiyatlarni ifodalasa, ularning  frazeologik  
ma‘nolari    esa    faqat    salbiy    xususiyatni   
ifodalaydi.  SHu  sababli  

qizil, sariq  

va 

qora

  

ranglarning  ramziy va  frazeologik  ma‘nolari    
o‗rtasida  qisman  bo‗lsa-da  mutanosiblik  
mavjud, 

deyish 

mumkin. 

Shuningdek,  

jadvaldagi  ranglar    tavsifiga  e‘tibor  berilsa 
ruhiyatni    tasvirlovchi    rang    komponentli 
FBlarda    faqat    salbiy    jihatlar    hukmron  
ekanligi  namoyon  bo‗ladi. 

 

Yuqorida 

keltirilgan 

fikrlarni 

umumlashtirgan holda ranglar inson  hayotida  
uning  ruhiyati va  kayfiyatiga  ta‘sir  ko‗rsata 
oladigan    omil  ekanligini    ta‘kidlash  joiz. 
Binobarin,  ularning    frazeologik  iboralar 
tarkibida  keng    qo‗llanilishi    kishilar    ruhiy  
kechinmalarini      tasvirlash    jarayonida    eng  
sermahsul    vosita    ekanligini  tasdiqlaydi.  
Shunday 

ekan, 

ranglar 

va 

ularning 

xususiyatlari  masalasiga  jiddiy  qarash    va 
ularni  har tomonlama tadqiq etish zarurdir. 

 

Adabiyotlar: 

1.

 

Sharifian F.  Cultural  Conceptualisations  and  Language.  -Amsterdam,  Philadelphia: John 

Benjamins Publishing Company,   2011.  -240 p. 

2.

 

Белянин    В.П.    Основы    психолингвистической    диагностики    (модели    лира    в  

литературе).  –  Москва :  Тривола,  2000. -248 с.    


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

136 

3.

 

Сафаров  Ш.  Прагмалингвистика.  –  Тошкент:  Ўзбекистон  миллий  энциклопедияси, 

2008. -286 б.  

4.

 

Xaydarov F., Xalilova N.Umumiy psixologiya.–Toshkent: TDPU, 2010. -247 b. 

5.

 

Шайх  Муҳаммад  Содиқ  Муҳаммад  Юсуф.  Қуръони  Карим  ва  ўзбек  тилидаги 

маънолари таржимаси. –Тошкент : «Шарқ» НМАК,  2011. - 640 б. 

6.

 

Ғозиев Э. Умумий  психология. –Тошкент : «Университет» нашриѐти,  2002. - 238 б. 

7.

 

Тафтазоний, Саъдуддин Масъуд ибн Умар. e-tarix.uz›shaxslar/483-taftazoniy.html. 

8.

 

Рангларнинг    хулқ-атворимизга    таъсири.  https://znanio.ru/media/ranglarning-hul-

atvorimizga-tasiri-2521690 

9.

 

Психологик  рангларнинг  маъноси, https://uz.tierient.com/psixologik-ranglarning-manosi 

10.

 

Характерингиз  ҳақидаги  барча  нарсани  ошкор  қилувчи  11  рангдаги  либослар. 

https://xabar.uz/madaniyat/xarakteringiz-haqida 

11.

 

 Signification des  couleurs. https://www.code-couleur.com/signification des  couleurs. 

 

Долиева  Л.

 

Противопоставление  цвета  и  психики  во  французской  фразеологии. 

В 

статье  анализируются  психолингвистические  особенности  фразеологических  единиц  с 
цветовым  компонентом,  представляющих  образ  психики  человека,  рассматривается 
дисбаланс  между  символическими  значениями  цветов  и  фразеологическим  значением,  а 
также их доминирующее значение и способы выражения типов эмоций в языке.  

 

Dolieva  L.  The  opposition  of  color  and  spirit  in  French  phraseology.

  The article analyzes 

the psycholinguistic features of phraseological units that represent the image of the human psyche 
in  the  representation  of  colors,  discusses  the  imbalance  between  the  symbolic  meanings  of  colors 
and  the  phraseological  meaning,  as  well  as  the  ways  of  expressing  the  dominant  meanings  and 
types of emotions in the language. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 
 

Библиографические ссылки

Sharifian F. Cultural Conceptualisations and Language. -Amsterdam, Philadelphia: John Benjamins Publishing Company, 2011. -240 p.

Белянин В.П. Основы психолингвистической диагностики (модели лира в литературе). - Москва : Тривола, 2000. -248 с.

Сафаров Ш. Прагмалингвистика. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2008. -286 б.

Xaydarov F., Xalilova N.Umumiy psixologiya.-Toshkent: TDPU, 2010. -247 b.

Шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф. Куръони Карим ва узбек тилидаги маънолари таржимаси. -Тошкент : «Шарк» НМАК, 2011,- 640 б.

Гозиев Э. Умумий психология.-Тошкент : «Университет» нашриёти, 2002.-238 6.

Тафтазоний, Саъдуддин Масъуд ибн Умар. e-tarix.uz>shaxslai7483-taftazoniy.html.

Рангларнинг хулк-атворимизга таъсири. https://znanio.ru/media/ranglaming-hul-atvorimizga-tasiri-2521690

Психологик рангларнинг маъноси, https://uz.tierient.com/psixologik-ranglaming-manosi

Характерингиз хакидаги барча нарсани ошкор килувчи 11 рангдаги либослар. https://xabar.uz/madanivat/xarakteringiz-haqida

Signification des couleurs. https://www.code-couleur.com/signification des couleurs.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов