Хорижий филология
№4, 2020 йил
129
FRANSUZ FRAZEOLOGIYASIDA RANG VA RUHIYAT OPPOZITSIYASI
Doliyeva Laylo Bo„riboevna,
SamDCHTI o„qituvchisi
Kalit so„zlar
:
his-tuyg'u, ekspressiv-emotsional xususiyat, ruhiyat, ruhiy kechinma,
dominant ma‟no, rang komponentli iboralar, ijobiy fazilat, dominant emotsiya, affektlar, ramziy
ma‟no.
Inson his-tuyg'ularini har tomonlama
mukammal tarzda ifodalashning eng samarali
vositasi tildir. U shunday xususiyatga ega
bo'lganligi uchun ham inson his-tuyg'ularini
"boshqara oladi", ya‘ni uning qalbida turli
kechinmalar va hissiyotlar paydo qilish
xususiyatiga ega [F.Sharifian: 88]. Binobarin,
tilning har bir sohasi - fonetika, morfologiya,
leksika va semantika ortida psixologiya
yashiringandir [V. Belyanin : 8]. Shu sababli
lingvistika va psixologiya o‗zaro aloqador
sohalar hisoblanadi.
So‗nggi vaqtlarda tilshunoslikda rang
va uning turli xil jilosi hamda ularga xos
ekspressiv-emotsional
xususiyatlarning
og‗zaki va yozma nutqda aks etishiga doir
masalalar tadqiqotchilar e‘tiborini tortmoqda.
Shunday ekan, tilda ranglarning qo‗llanishi
va ular bilan bog‗liq ekspressiv-emotsional
xususiyatlarning aynan frazeologiya sohasida
ham tadqiq etish inson ichki kechinmalari
va ruhiyatini ifodalashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Xususan, frazeologik iboralarda
ranglarning qo‗llanilishi ichki ruhiyatni
tashqi ruhiyatda aks ettirish jarayonini
ancha osonlashtiradi, ya‘ni boshqacha qilib
aytganda, ruhiyat olamidagi ichki his-
tuyg‗uning
rangin
manzarasini
«ko‗ra
olish»ga yordam beradi. Bu borada faylasuf
Taftazoniy inson ichki his-tuyg‗usi tashqi
hissiyot asosida paydo bo‗lishini qayd etadi,
shuningdek,
narsalar
to‗g‗risida
biror
tushuncha hosil qilish his-tuyg‗u uyg‗otgan
qiyofa orqali amalga oshishini ko‗rsatib
o‗tadi [Taftazoniy :e-tarix.uz›shaxslar/483].
Binobarin, olim Sh.Safarov ta‘kidlaganidek,
insonlar o‗rtasidagi muloqot maqsadi ham
oddiygina
axborot
almashish
bilan
chegaralanib qolmaydi, balki, axborot uzatish
orqali «hamkor»ga ta‘sir o‗tkazish, uni biror
narsaga ishontirish, bo‗ysundirish, harakatga
undash kabi maqsadlar ham e‘tiborga
olinadi [SH.Safarov : 81].
Insonning ruhiy holati va his-tuyg'ulari
uning nutqi va tashqi ko‗rinishi orqali
namoyon bo‗ladi. Nutqning ta'sirchanligi va
emotsionalligini oshirishga xizmat qiladigan
so'zlar, shuningdek, frazeologik birliklar o'z
ma'nolari bilan inson ruhiyatiga ta'sir etish
xususiyatiga
ega.
Shu
boisdan
fikrni
tinglovchiga yetkazishda frazeologizmlar ham
boshqa til birliklari singari voqea-hodisalarni
aks ettirishda o‗ziga xos ta‘sirchanligi bilan
ajralib turadi. Ularning asosiy ahamiyati
nutqni ifodalashda unga hissiy rang berish
va
uning
ma'nosini
mustahkamlashdan
iboratdir.
Insonlardagi ichki kechinmalarning
hissiyot, kayfiyat va hayajon tarzida botiniy
shaklda boshdan kechirilishi bilan bir
qatorda tashqi ruhiyatda seziladigan darajada
zohiriy belgilar ham yuzaga chiqadi.
Masalan, qo‗l va gavdaning ma‘noli
harakatlari,
yuzning
ifodali
harakatlari
(mimika), ovoz ohangi, ko‗z va yuz
rangining o‗zgarishi, turq-tarovati, ko‗z
qorachig‗ining kengayishi yoki torayishi
kabilar shular jumlasidandir. Bunday ruhiy
kechinmalarni til orqali ifodalash uchun
aksariyat hollarda frazeologik iboralar eng
samarali vosita sanaladi. Masalan, fransuz
frazeologiyasida
insonning
ichki
kechinmalarini asosan, uning ovoz ohangi,
jismoniy
harakati,
yuz
tuzilishi, ko‘z
qarashlari
va
yonoqlar
rangi
orqali
ifodalovchi iboralar dominant birliklar
hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda
fransuz tilida his-tuyg'uning frazeologik
birliklar yordamida ifodalanish holatini
umumiy tarzda quyidagicha izohlash
mumkin:
Хорижий филология
№4, 2020 йил
130
Ruhiyatning aks
etish tarzi
Fransuzcha
frazeologik iboralar
O‘zbekcha
talqini
Ovoz ohangi orqali
hurler det erreur;
daxshatdan qichqirmoq;
g
ueuler comme un cochon;
cho„chqadek baqirmoq;
mugir de fureur;
g‟azabdan bo‟kirmoq;
Jismoniy harakat va
holat orqali
bondir de joie;
quvonchdan osmonga sakramoq;
rester cloue sur place;
Turgan joyida qotib qolmoq;
Ko‗z qarashlari va
holati orqali
faire les gros yeux;
ko'zlari
katta
–
katta
bo„lmoq;
éclater de joie;
ko„zlari quvonchdan porlamoq;
voir la vie en rose ;
hayotga kulib boqmoq
;
Yuz holati orqali
sourirej usqu'aux oreilles;
og'zi qulog'ida bo'lmoq;
rayonner de bonheur;
baxtdan huzurlanmoq;
Fransuz
tilida
inson
ruhiyatini
ifodalovchi frazeologik birliklar orasida
rang komponentli iboralar o‗ziga xosligi
bilan alohida ajralib turadi. Chunonchi,
tasviriy
san‘atning
asosiy
vositasi
hisoblangan
ranglar
inson
ruhiyatini
nechog‗lik yorqin tasvirlarda ifodalagani
singari ular tilda ham inson ruhiyatini
shunday ifodalash xususiyatiga ega.
Inson ruhiyati ranglar bilan bevosita
bog'liq bo'lib, butun tabiat ranglardan iborat
va ranglarni bildiruvchi so'zlar til leksikasida
salmoqli o'rin tutadi. Rang komponentli
frazeologik birliklar ham o'z navbatida, inson
ruhiyati
va
his-tuyg'ularini
ifodalashda
alohida
ahamiyatga
ega.
Frazeologik
birliklarning emotsionalligi insonning turli xil
his-tuyg‘ulari, hamda shaxs-predmetlarga
nisbatan subyektiv munosabatlarini ifodalash
bilan bog‘liqdir. Bunday emotsionallik bir
vaqtning o‘zida ikki ma‘noning reallashuvi va
obrazlilik
natijasida
yuzaga
chiqadi.
Darhaqiqat, rang komponentli FBlar
qo‟rquv,
shodlik, azoblanish, hayrat, g'azab, taajjub,
norozilik, uyat, g‟am, qayg‟u, tushkunlik
kabi
emotsional
xususiyatlarni
ifodalash
imkoniyatiga ega. Bunday ruhiy hayajon va
harakat
turlari
insonning
ichki
his-
tuyg‗ulariga
xos
holat
tarzi
bo‗lib
hisoblanadi.
His-tuyg‗ular albatta, ikki qutbli –
ijobiy yoki salbiy, ya‘ni yoqimli va yoqimsiz
bo‗ladi [Xaydarov F., Xalilova N.: 232].
Shunga ko‗ra fransuzcha rang komponentli
FBlarni ham ijobiy va salbiy emotsiyali
iboralar
turkumiga
bo‗lib
o‗rganish
maqsadga muvofiq. Psixologik jihatdan iliq
ranglar kishida kayfichog‗lik, sovuq ranglar
esa
ma‘yuslik
tuyg‗usini
uyg‗otadi
[https://znanio.ru/media/ranglarning-hul-
atvorimizga-tasiri-2521690]. Biroq, bunday
qarash frazeologiyada qisman mos kelishi
mumkin. Negaki, har bir rang frazeologik
birlik tarkibida kelganda, turlicha ma‘no
kasb etadi. Xususan, ijobiy fazilatlarni ham,
shu bilan bir qatorda, salbiy xususiyatlarni
ham ifodalashi mumkin. Quyida ular
xususida alohida to‗xtalib o‗tamiz.
Qizil
rang
(
rouge)
fransuzcha
frazeologik birliklar tarkibida eng ko‘p
qo‘llanilish
xususiyatiga
ega
bo‘lgan
ranglardan biri bo‗lib, u asosan,
uyat
va
g‟azab
kabi ma‘nolarni ifodalashga xizmat
qiladi. Masalan:
avoir le
rouge
au front; - uyalmoq,
uyatdan qizarmoq;
être
rouge
comme une tomate;-
pomidordek qizarib ketmoq
;
se fâcher tout
rouge
; -
g„azabi
qaynamoq;
voir
rouge
; -ko„zi qonga to„lmoq;
rougir
jusqu‟à blanc des yeux; -
qulog„igacha qizarib ketmoq.
Bunday frazeologik birliklar tarkibida
uyat
va
g„azab
ma‘nosini hosil qiluvchi so‘z,
ya‘ni
rouge (qizil)
dominant komponent
bo‗lib hisoblanadi
.
Binobarin, qizil rang
ranglar orasida eng ko‗zga tashlanib
turuvchi rangdir. Psixologlar qizil rang
keltirib chiqaradigan quyidagi tasavvurlarni
Хорижий филология
№4, 2020 йил
131
alohida ajratib ko‗rsatishadi, ya‘ni
energiya,
xushomad, tajovuzkorlik, g„azab, nafrat,
zo„riqish, faollik, issiqlik, hayajon
va turli
chalkash narsalar shular jumlasidandir
[https://uz.tierient.com/psixologik-
ranglarning-manosi]. Bundan ko‗rinadiki,
psixologiyada qizil rang ifodalaydigan
tasavvur va tushunchalar juda keng bo‗lib,
ular ushbu rangning frazeologiyadagi ifoda
tushunchalariga to‗liq mos kelmaydi, ya‘ni
ichki his-tuyg‗ular ta‘sirida inson yuzi va
ko‗zi rangining qizarishi asosan,
uyat
va
g„azab
tushunchalarini qamrab oladi, xolos.
Oq
rang
(blanc )
ham frazeologik
birliklar tarkibida keng qo‘llaniladigan
ranglardan biri sanaladi va bu rang ruhiyatni
tasvirlovchi FBlar tarkibida
qo‟rquv,
sarosima, g‟azab
kabi ma‘nolarni anglatib
kelishi mumkin. Masalan:
être
blanc
comme unl inge ; - dokadek
oqarib ketmoq;
être
blanc
comme un mort ; -
murdadek oqarib ketmoq;
être
blanc
comme un mur ; -
devordek oqarib ketmoq;
être chauffé à
blanc
; -qizishib
ketmoq.
Ushbu rangning psixologik tavsifiga
e‘tibor qilsak, u
poklik, aybsizlik, quvonch,
sadoqat, tenglik, ochiqlik, ravonlik
va
osonlik
timsoli
sifatida
talqin
qilinadi
[https://uz.tierient.com/psixologik-
ranglarning-manosi/]. Shuningdek, oq rang
Qur‘onda ham zikr qilingan bo‗lib, u asosan,
yorug„lik, quyosh nuri, tong, jannat ahlining
yuzi, jannat ichimligining rangi
kabi ijobiy
tushunchalarda o‗z aksini topadi [Shayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: 45-
187]. Ushbu rang hech qaysi manbada
salbiy tavsifga ega emas. Biroq, oq rang
inson ruhiyatini ifodalovchi frazeologik
iboralar tarkibida qo‗llanilganda yuqorida
keltirilgan tushunchalarga nisbatan batamom
teskari ma‘nolarni ifodalashga xizmat
qiladi. Xususan,
qo‟rquv, sarosima
va
g‟azab
holatlari shular jumlasidandir.
Qora
rang
(noir
)
ruhiyatni
ifodalovchi frazeologik birliklar tarkibida
tushkunlik, g‟am, qayg‟u, g‟azab, norozilik
kabi ma‘nolarni anglatib kelishi mumkin.
Masalan, quyidagi misollarga e‘tibor
qilaylik:
voir tout en
noir
; -hamma narsaning
yomon tomonini ko‟rmoq;
piquer une colère
noire
;-zahrini
sochmoq;
faire un œil
noir
;- g„arazguylik qilmoq;
broyer du
noir
- ma‟yuslanmoq ; g„am-
g„ussaga botmoq ;
humeur
noire
; -tushkunlikka tushish
(tushkun kayfiyat).
Bizga ma‘lumki, qora rang ko'plab
manbalarda,
asosan,
qo'rquv,
o'lim,
noma'lumlik
va
yovuzlik
timsoli sifatida olib
qaraladi. Shuningdek, u ayrim xalqlarda
hokimiyat, vakolat, sirli murakkablik, jiddiylik
va
mustaqillik
kabi tushunchalarni ham
anglatadi [https://uz.tierient.com/psixologik-
ranglarning-manosi/]. Ushbu rang Qur‘onda
ham ko‗p marotaba tilga olingan bo‗lib,
unda qora rang
tun qorong„iligi, do„zax
ahlining yuzi, g„am-qayg„u, xafalik, barbod
bo„lish
kabi tushunchalarni ifodalagan
[Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf:
4-187]. Shundan kelib chiqqan holda,
yuqorida qora rang komponentli ruhiyatni
ifodalovchi frazeologik birliklar ma‘nosiga
e‘tibor qaratilsa, ulardagi
tushkunlik, g‟am,
qayg‟u, g‟azab, norozilik
kabi tushunchalar
ushbu
rangning
umumpsixologik
tushunchalari bilan mos kelishiga amin
bo‗lamiz.
Yashil
rang
(vert)
komponentli
frazeologik iboralar inson ruhiyatiga
aloqador xususiyatlarni ifodalashda, asosan,
g„azab, rashk, qo„rquv
va
sovuqlik
kabi
tushunchalarni aks ettiradi. Masalan:
être
vert
de rage ; - g„azabi
qaynamoq;
être
vert
de jalousie; - qattiq rashk
qilmoq;
être
vert
de peur ; - qattiq qo„rqib
ketmoq;
être
vert
de froid ; -sovuqdan ko„karib
ketmoq.
Deyarli barcha xalqlarda yashil rang
tabiat, yasharish
va
yangilanish
timsoli
sifatida talqin qilinadi. Ayrim psixologik
tavsiflarda uning
tasalli, xavfsizlik,
hosildorlik, tozalik, barqarorlik, sabot-
matonat
va
qadr-qimmat
ramzi ekanligi
Хорижий филология
№4, 2020 йил
132
qayd
etilgan
[https://uz.tierient.com/psixologik-
ranglarning-manosi/].
Frazeologiyada
esa
yashil rang komponentli birliklar mazkur
rangning asl tushunchalariga zid tarzda
ruhiyatni
ifodalashda
faqat
salbiy
ma‘nodagi
g„azab, rashk, qo„rquv
va
sovuqlik
kabi tushunchalarni ifodalaydi.
Yashil rang
(vert)
komponentli frazeologik
iboralar fransuz tilida ko‗p sonli bo‗lib, ular
orasida ijobiy ma‘nodagi FBlar ham
mavjud, biroq, ularning hech birida inson
ruhiyati tasviri aks etmagan.
Ko„k
rang
(bleu)
komponentli
frazeologik iboralar inson ruhiyatiga
aloqador xususiyatlarni ifodalashda, asosan,
g„azab, ta‟sirlanish, hayajon
va
huzurlanish
kabi tushunchalarni aks ettiradi. Masalan:
avoir une colère
bleue
; – g‟azab
otiga minmoq ;
cultiver la petite fleure
bleue
;–
darrov
ko„ngliga
olmoq
(ta‟sirlanmoq);
avoir une peur
bleue
; – joni
xalqumiga kelmoq;
en être [en demeurer, en rester,
en bâiller ]
(tout)
bleu
;
-
o„zini
yo„qotib qo„ymoq (dovdiramoq);
voyager (être)dans le
bleu
; – o„zini
osmonda his qilmoq (kayf-safo
qilmoq).
Psixologlarning aytishlaricha, ko‗k
rang
osmon
va
abadiyat
ramzi hamda
mehribonlik, sodiqlik, halollik
ni aks ettiradi,
shuningdek, kishining o‗ziga ishonchini
kuchaytiradi va hatto Kanadaning Britaniya
Kolumbiyasi
universiteti
olimlarining
aniqlashicha
esa
ushbu
rang
mehr,
xushmuomalalik, bosiqlik, xayrixohlik
va
uyatchanlik
timsoli sanaladi hamda rasmiy
rang
sifatida
talqin
qilinadi
[https://xabar.uz/madaniyat/xarakteringiz-
haqida]. Ammo, ruhiyatni tasvirlovchi
bleu
komponentli fransuzcha FBlar ifodalayotgan
ma‘no yuqorida keltirilgan fazilatlarga zid
tarzda
g„azab, ta‟sirlanish, hayajon
va
huzurlanish
kabi ma‘nolarni aks ettiradi.
Sariq
rang
(jaune)
komponentli
frazeologik iboralar fransuz tilida eng kam
uchraydigan FBlar hisoblanib, ular inson
ruhiyatiga oid xususiyatlarni ifodalashda,
asosan,
ikkiyuzlamachilik
va
g„azab
tushunchalarini ifodalashga xizmat qiladi.
Masalan:
rire
jaune
; –majburan kulmoq;
sourir
jaune
;–iljaymoq ;
avoir une colère
jaune
-g„azabi
qaynamoq;
montrer à qn son bec
jaune
-
birovning adabini berib qo„ymoq.
Sariq rangning psixologik jihatdan
olingan umumiy tavsifiga e‘tibor qaratilsa, u
quyosh, hayot
va
sahro
ramzi hisoblanib,
quvonch, shodiyona, iliqlik, ravnaq
kabi
ijobiy,
kasallik, aldov, bevafolik
va
noxushlik
kabi salbiy tushunchalarni ham ifodalaydi
[https://www.code-couleur.com/signification].
Shu jihatdan olganda, fransuz tilida sariq
rang komponentli FBlar orasida ijobiy
fazilatni ifodalovchi birliklar mavjud emas.
Ular,
asosan,
salbiy
xususiyatlarni
ifodalashda
qo‗llaniladi.
Fransuz
frazeologiyasida sariq rangning ishlatilishi
uncha ko‗p bo‗lmagan sanoqli FBlar
tarkibida kelishi ular xususida bunday aniq
xulosaga kelishga yordam beradi.
Tahlillar natijasiga ko‗ra fransuz
tilida
jigar
rang(brun)
komponentli
frazeologik iboralar orasida inson
ruhiyatiga oid xususiyatlarni ifodalovchi
FBlar mavjud emasligini qayd etish
mumkin.
Ma‘lum bo‗lganidek, yuqorida tahlil
qilingan har bir rang, ya‘ni qizil, qora, oq,
yashil, ko‗k va sariq ranglarning o‗ziga
yarasha alohida belgi va xususiyati mavjud
bo‗lib, ular FBlar tarkibida qo‗llanilganda
turli xil emotsional holatlarni ifodalashga
yordam beradi. Bunday emotsional holatlarni
o‗rganish davomida ularni quyidagicha
tahlil qilish ulardagi dominant emotsiya
tushunchasini ranglar kesimida aniqlash
imkonini beradi :
Хорижий филология
№4, 2020 йил
133
Emotsional
holat turlari
Rang nomlari:
Qizil
rang
(
roug
e)
Oq
ran
g
(bla
nc )
Qora
rang(no
ir)
Yashil
rang(ve
rt)
Ko„k
rang(bl
eu)
Sariq
rang(jau
ne)
Jigar
rang(
brun)
Uyat
+
Tortinchoqlik
+
G‟azab
+
+
+
+
+
+
Qo‟rquv
+
+
Sarosima
+
Tushkunlik
+
G‟am-qayg„u
+
Norozilik
+
Rashk
+
Sovuqlik
+
Ta‟sirlanish
+
Hayajon
+
Huzurlanish
+
Ikkiyuzlamac
hilik
+
Mazkur jadvaldan ko‗rinib turibdiki,
rang komponentli ruhiy holatni ifodalovchi
FBlar ifodalayotgan ma‘nolar orasida
g„azab
dominant ma‘no bo‗lib hisoblanadi. Biroq
uyat
va
qo„rquv
ma‘nosi ham bunday
FBlarning ko‗pchiligida o‗z aksini topgan.
Inson ruhiy kayfiyatining mazkur uch xil
holatini tasvirlashda quyidagi fransuzcha
rang komponentli FBlar eng ko‗p
qo‗llaniladigan frazeologik iboralar bo‗lib
hisoblanadi. Ularni ushbu jadval orqali
aniq misollar bilan shunday izohlash
mumkin:
G‗AZAB holati :
Kayfiyatning tashqi
namoyish shakli
Ruhiy holatni ifodalovchi rang
komponentli FBlar
•
qo‗llarini musht qilish;
•
ko‗zlarini chimirib
qarash;
•
do‗q-po‗pisali ohang
bilan baqirish;
•
ko‗z qizarishi;
•
bo‗yin tomirining bo‗rtib
chiqishi va boshqalar.
•
se fâcher tout
rouge
; (
g„azabi qaynamoq;)
•
être
vert
de rage ; (qattiq g„azablanmoq;)
•
avoir une colère
jaune;
(g„azabi qaynamoq;)
•
montrer à qn son bec
jaune;
•
( birovning adabini berib qo„ymoq;)
•
être chauffé à
blanc
; (qizishib ketmoq;)
•
voir
rouge
; (ko„zi qonga to„lmoq;)
•
piquer une colère
noire
; ( zahrini sochmoq ;)
•
avoir une colère
bleue
; (g‟azab otiga minmoq;)
Хорижий филология
№4, 2020 йил
134
QO‗RQUV holati :
Kayfiyatning tashqi namoyish
shakli
Ruhiy holatni
ifodalovchi rang komponentli FBlar
•
tana qaltirashi;
•
birdan baqirib yuborish;
•
og‗zini qo‗l bilan yopib olish;
•
ko‗zlarini yumish;
•
qo‗llarini ko‗kragiga bosish;
•
cho‗chib tushish;
•
qotib turish;
•
elkalarini qisish va boshqalar.
•
avoir une peur
bleue
;
(joni xalqumiga kelmoq;)
•
être
vert
de peur ;
(qattiq qo„rqib ketmoq;)
•
être
blanc
comme un linge ;
(dokadek oqarib ketmoq;)
•
être
blanc
comme un mort ; (murdadek oqarib
ketmoq;)
•
être
blanc
comme un mur ;
(devordek oqarib ketmoq)
UYALISH holati :
Kayfiyatning tashqi
namoyish shakli
Ruhiy holatni ifodalovchi
rang komponentli FBlar
•
ko‗zini olib qochishi;
•
labini tishlash;
•
kallasini ham qilish va
boshqalar;
•
rougir
jusqu‟à blanc des yeux ;
•
(qulog„igacha qizarib ketmoq;)
•
avoir le
rouge
au front; (uyatdan qizarmoq;)
•
être
rouge
comme une tomate;
(pomidordek qizarib ketmoq
)
Shuningdek, yuqorida keltirilgan
bunday hissiy jarayonlar kishini tez
chulg‗ab oladigan va shiddat bilan o‗tib
ketadigan affektlar, ya‘ni hissiy portlashlar
orqali namoyon bo‗ladi [ G‗oziyev: 190 ].
Bunday affektlarni, ya‘ni ko‗z yoshi to‗kish
va o‗kirib yig‗lash, qah-qaha otib kulish va
baqirib-chaqirib
gapirish,
alohida
turq-
tarovati va yuzdagi imo-ishora, tez-tez yoki
qiynalib nafas olish kabi xatti – harakatlarni
tasvirlashda rang komponentli FBlarning
aksariyatini fe‘lli birikmalar tashkil etadi.
Shu bilan birga, fransuz tilida fe‘lli
iboralarni hosil qilishda eng ko‗p
ishlatiladigan fe‘llardan
être, avoir, voir
va
faire
fe‘llari ushbu o‗rinda ham ibora
hosil qiluvchi eng sermahsul fe‘llar bo‗lib
xizmat qiladi.
Inson
ruhiyatining
tildagi
tasviri
borasidagi mazkur izlanish davomida
fransuzcha
rang
komponentli
FBlar
ifodalayotgan
frazeologik
ma‘no
va
ranglarning umumpsixologik jihatdan talqin
qilingan ramziy ma‘nolari o‗rtasida bir - biri
bilan o‗zaro mos kelish yoki mos
kelmaslik holatlari ko‗zga tashlanadi.
Masalan, oq rang psixologiyada
poklik,
quvonch, sadoqat, tenglik, shaffoflik
va
yengillik
timsoli sifatida talqin qilinadi.
Hatto, yuqorida ta‘kidlanganidek, Qur‘oni
Karimda ham ushbu rang
poklik
va
yorug„lik
ma‘nosida aks etgan, ya‘ni ushbu
rang barcha manbalarda faqat ijobiy
xususiyatlar ramzi sifatida talqin qilingan.
Biroq,
oq
rang
komponentli
ruhiyatni
tasvirlovchi
FBlar
ma‘nosi,
aksincha,
qo‟rquv,
sarosima
va
g‟azab
tushunchalarini aks ettiradi. Bu esa oq
rangning psixologik ramziy ma‘nolari bilan
frazeologik ma‘nosi o‗rtasida nomutanosiblik
mavjudligidan dalolat beradi. Shu nuqtayi
nazardan olib qaraganda, ranglarning
psixologik ramziy ma‘nosi hamda FBlarga
xos ma‘nosi o‗rtasidagi salbiy va ijobiy
xususiyatlarning
moslik
darajasini
quyidagicha tavsiflash o‗rinlidir:
Хорижий филология
№4, 2020 йил
135
Rang
turi
Psixologik ramziy ma‘no:
Frazeologik ramziy ma‘no :
Moslik
darajasi
Ijobiy
Salbiy
Ijobiy
Salbiy
Oq
- poklik;
- quvonch;
- sadoqat;
-tenglik;
-shaffoflik;
-
-
-g‟azab;
-qo‟rquv;
-sarosima;
mos
emas
Yashil
-tasalli;
-xavfsizlik;
-hosildorlik;
-tozalik;
-matonat;
-
-
-g„azab;
-rashk;
-qo„rquv;
-sovuqlik
;
mos
emas
Ko„k
-mehribonlik;
-sodiqlik;
-halollik;
-
-
-g„azab;
-ta‟sirlanish;
-hayajon;
-huzurlanish
;
mos
emas
Qizil
-ehtiros;
-faollik;
-
issiqlik;
-hayajon;
-g„azab;
-nafrat;
-
-g„azab;
-uyat;
qisman mos
Sariq
-quvonch;
-iliqlik;
-ravnaq;
-dard;
-aldov;
-xiyonat;
-noxushlik;
-
-g„azab;
-munofiqlik;
qisman mos
Qora
-
hokimiyat;
-jiddiylik;
-qo‟rquv;
- o'lim;
-yovuzlik;
-
-tushkunlik;
-g‟am-qayg„u;
-g‟azab;
qisman mos
Mazkur jadvaldan ko‗rinib turibdiki
oq, yashil
va
ko„k
ranglarning ikkala
holatdagi ma‘nolari bir-biriga umuman
mos kelmaydi, ya‘ni ularning psixologik
ramziy ma‘nolari faqat ijobiy xususiyatlarni
qamrab olsa, frazeologik ma‘nolari esa faqat
salbiy xususiyatlarni aks ettiradi. Qolgan
qizil, sariq
va
qora
ranglarda esa
psixologik ramziy ma‘nolar ijobiy va salbiy
xususiyatlarni ifodalasa, ularning frazeologik
ma‘nolari esa faqat salbiy xususiyatni
ifodalaydi. SHu sababli
qizil, sariq
va
qora
ranglarning ramziy va frazeologik ma‘nolari
o‗rtasida qisman bo‗lsa-da mutanosiblik
mavjud,
deyish
mumkin.
Shuningdek,
jadvaldagi ranglar tavsifiga e‘tibor berilsa
ruhiyatni tasvirlovchi rang komponentli
FBlarda faqat salbiy jihatlar hukmron
ekanligi namoyon bo‗ladi.
Yuqorida
keltirilgan
fikrlarni
umumlashtirgan holda ranglar inson hayotida
uning ruhiyati va kayfiyatiga ta‘sir ko‗rsata
oladigan omil ekanligini ta‘kidlash joiz.
Binobarin, ularning frazeologik iboralar
tarkibida keng qo‗llanilishi kishilar ruhiy
kechinmalarini tasvirlash jarayonida eng
sermahsul vosita ekanligini tasdiqlaydi.
Shunday
ekan,
ranglar
va
ularning
xususiyatlari masalasiga jiddiy qarash va
ularni har tomonlama tadqiq etish zarurdir.
Adabiyotlar:
1.
Sharifian F. Cultural Conceptualisations and Language. -Amsterdam, Philadelphia: John
Benjamins Publishing Company, 2011. -240 p.
2.
Белянин В.П. Основы психолингвистической диагностики (модели лира в
литературе). – Москва : Тривола, 2000. -248 с.
Хорижий филология
№4, 2020 йил
136
3.
Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2008. -286 б.
4.
Xaydarov F., Xalilova N.Umumiy psixologiya.–Toshkent: TDPU, 2010. -247 b.
5.
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Қуръони Карим ва ўзбек тилидаги
маънолари таржимаси. –Тошкент : «Шарқ» НМАК, 2011. - 640 б.
6.
Ғозиев Э. Умумий психология. –Тошкент : «Университет» нашриѐти, 2002. - 238 б.
7.
Тафтазоний, Саъдуддин Масъуд ибн Умар. e-tarix.uz›shaxslar/483-taftazoniy.html.
8.
Рангларнинг хулқ-атворимизга таъсири. https://znanio.ru/media/ranglarning-hul-
9.
Психологик рангларнинг маъноси, https://uz.tierient.com/psixologik-ranglarning-manosi
10.
Характерингиз ҳақидаги барча нарсани ошкор қилувчи 11 рангдаги либослар.
https://xabar.uz/madaniyat/xarakteringiz-haqida
11.
Signification des couleurs. https://www.code-couleur.com/signification des couleurs.
Долиева Л.
Противопоставление цвета и психики во французской фразеологии.
В
статье анализируются психолингвистические особенности фразеологических единиц с
цветовым компонентом, представляющих образ психики человека, рассматривается
дисбаланс между символическими значениями цветов и фразеологическим значением, а
также их доминирующее значение и способы выражения типов эмоций в языке.
Dolieva L. The opposition of color and spirit in French phraseology.
The article analyzes
the psycholinguistic features of phraseological units that represent the image of the human psyche
in the representation of colors, discusses the imbalance between the symbolic meanings of colors
and the phraseological meaning, as well as the ways of expressing the dominant meanings and
types of emotions in the language.