Анализ сложных слов с дефисом во французском языке

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
75-78
35
25
Поделиться
Шукурова, Р. (2021). Анализ сложных слов с дефисом во французском языке. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (79), 75–78. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1713
Рано Шукурова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

Великий учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В этой статье рассмотрены некоторые особенности сложных слов, которые пишутся с дефисом во французском языке. В частности, присущие им грамматические, лексические и семантические особенности помогают различать парадигматические отношения между такими словами. Также в статье проанализирована структурная специфика составных слов, которые пишутся через дефис

Похожие статьи


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

75

FRANSUZCHA DEFISLI QO‟SHMA SO`ZLAR TAHLILIGA DOIR

Shukurova Ra‟no Akmalovna,

SamDCHTI katta o‟qituvchisi

Islamova Ozoda G‟ulom qizi,

SamDCHTI talabasi

Kalit so‟zlar:

qo‟shma so‟zlar, so„z yasash, defis, komponent, struktur modellar, ko‟plik

shakli, semantik xususiyat.

„So‗z yasash usuli― tushunchasi so‗z

yasalishi bo‗limining asosiy tushunchalaridan
biri, desak xato bo‗lmaydi. Uning mohiyatini
to‗g‗ri anglamasdan, avvalo, so‗z yasashning
qanday usuli yoki usullari borligini aniq
belgilab bo‗lmaydi. [1:6]. So‗z yasash usuli
bo‗yicha juda ko‗p izlanish olib borilgan.
Biroq, fransuz tilshunosligida bu hodisaning
mohiyati aynan defis bilan yoziladigan
qo‗shma so‗zlar misolida kam e‘tibor
qaratilgan.

So‗z yasash deganda, ma‘lum bir

lug‗aviy birlikdan so‗z yasovchi vosita
yordamida yangi so‗z hosil qilish tushuniladi.
So‗z yasashning „kompozitsiya usuli― tillarda
keng tarqalgan bo‗lib, u so‗z yasashning
mahsuldor

usuli

sifatida

ta‘riflanadi.

Kompozitsiya usuli bilan so‗z yasash
deganda, so‗z qo‗shish yo‗li bilan so‗z yasash
tushuniladi. Yа‘ni ikki mustaqil so‗z ma‘lum
grammatik shaklda birikadi va birikuvchi
so‗zlar o‗rtasida grammatik aloqa borligi
sezilib turadi.

Tilda „qo‗shma so‗z― deb ataladigan

so‗zlar ham ma‘lum bir usullar orqali
yasaladi. Lekin, tilda biror so‗zning u yoki bu
yo‗l orqali, biror hodisa tufayli yuzaga kelishi
asosida yangi so‗z hosil qilish hodisasi
quyidagilarni o‗z ichiga oladi:

-so‗z yasash usuli bilan yangi so‗z

hosil qilishda so‗z yasovchi maxsus vositadan
foydalanish ;

- so‗z yasash usuli bilan hosil qilingan

so‗z (yasama so‗z) so‗z yasovchi yordamida

ma‘lum bir so‗zdan hosil qilinadi va bu so‗z
(yasama so‗zning shu qismi) so‗z yasalish
asosi hisoblanadi;

- maxsus usul bilan, maxsus birliklar

yordamida yasalgan so‗zlarning ma‘nosi
uning qismlari ma‘nosidan yuzaga keladi,
uning ma‘nosini qismlari ma‘nosi bilan
asoslash [1: 14].

Fransuz tilida defis bilan yoziladigan

so`zlar, asosan, qo`shma so`zlar hisoblanadi.
Ularning

tuzilishida

juda

ko`p

o`ziga

xosliklar, ya‘ni struktur xususiyatlar mavjud.
Masalan, predlog bilan ravish bitta ot
turkumidagi so`zni, yoki fe`l bilan fe`l ham ot
so‘z turkumini yasashi mumkin. Aynan
shunday so‘zlar yuzasidan ilmiy va amaliy
izlanish olib borilganda, ularning o‘ziga xos
struktur qirralari ma‘lum bo‘ldi. Jumladan,
ularni

tashkil

qilgan

komponentlarning

morfologik tavsifi va ular birgalikda paydo
qilgan

leksik

hosilaning

grammatik

xususiyatlari

xilma-xil

ekanligi ko‘zga

tashlanadi [2: 21].

Fransuz tilida bunday qo‘shma so‘zlar

juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning
aksariyat qismini ot so‘z turkumiga xos
so‘zlar tashkil etadi. Bundan tashqari, sifat va
ravish so‘z turkumiga xos so‘zlar ham ular
orasidan keng o‘rin olgan. Biroq, fe‘l so‘z
turkumiga xos so‘zlar juda sanoqlidir.
Quyida ularning aynan

Le petit Robert

lug‘atining ―

A

‖ va ―

B

‖ harflari asosida olib

borilgan kuzatish natijalariga ko‘ra shunday
misollar keltirish mumkin [3]:

Ot:

Sifat:

Ravish:

Fe‘l:

Bain-marie

Bas-jointé

Bras-le-corps

Arc-debouter

Balai-brosse

Bucco-dentaire

Au-devant

Banc-titre

Bucco-génital(e)

Brule-pourpoint

Ballet-pantomime

Attrape-tout

Au-dehors


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

76

Bundan tashqari, fransuzcha qo‘shma

so‘zlar orasida ikkala so‘z turkumi sifatida
qo‘llaniladigan turlari ham mavjud. Masalan,
bitta qo‘shma so‘z ham ot, ham sifat
tariqasida ishlatilishi ham mumkin. Misol
uchun:

anti-

age

(adj.

et

nom)

bien-pensant-e

(adj. et nom)

afro-américain-e

(adj

et

nom)

anglo-saxon,onne

(adj et nom)

Bunday so‘zlar ustida izlanish olib

borilganda, albatta, ularga xos dastlabki
muammo - ularning son, ya‘ni birlik va
ko‘plik shakllarini yasash muammosi paydo
bo‘ladi. Haqiqatan ham, qo‘shma so‘zlarning
ko‘plik

shaklida

ko‘plikni

ifodalovchi

qo‘shimcha ushbu murakkab leksik birlikning

qaysi qismiga qo‘shilishi ancha muammoli
vaziyat sanaladi. Negaki, ularda ko‘plik
shaklning yasalishi uchun maxsus qoida yoki
orfografik mezonning o‘zi mavjud emas. Bu
xususda ular xilma-xil orfografik qoidalarni
o‘z ichiga oladi [4:42].

Fransuz tilidagi qo‘shma so‘zlar uch xil

tarzda ko‘plik shaklini hosil qiladi. Bu holat
ularni tashkil etuvchi komponentlar bilan
birga amalga oshadi. Ya‘ni, qo‘shma
so‘zlarning ko‘plik shakli ularning 1) birinchi
komponentiga, 2) ikkinchi komponentiga va
3)

ikkala

komponentiga

ham

ko‘plik

qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi
[5:67]. Bu uch xil shaklga quyidagicha misol
keltirish mumkin:

1.

Birinchi komponentga qo‘shimcha qo‘shish:

Singulier

Pluriel

bébé-éprouvette

bébé

s

-éprouvette

année-lumière

année

s

-lumière

2.

Ikkinchi komponentga qo‘shimcha qo‘shish:

baby-boom

baby-boom

s

avant-trou

avant-trou

s

3.

Ikkala komponentga qo‘shimcha qo‘shish:

balai-brosse

balai

s

-brosse

s

avant-centre

avant

s

-centre

s

Bundan tashqari, faqat birlikda qo‘llaniladigan otlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan:

baby-foot (n.m) ; á-coté (n.m) ;

boute-en-train (n.m) ; blue-jean(n.m) ;
aberden-angus (n.m) ; burn-out (n.m).

Fransuzcha qo‘shma so‘zlar struktur nuqtayi nazardan morfologik tahlil qilinganda ularning

bir qancha struktur modellari mavjudligi aniqlandi. Ularni quyidagicha besh turga ajratib tasniflash
maqsadga muvofiqdir:

Ot bilan

boshlanadigan

qo‘shma so‘zlar

Sifat bilan

boshlanadigan

qo‘shma so‘zlar

Fe‘l bilan

boshlanadigan

qo‘shma so‘zlar

Ravish bilan

boshlanadigan

qo‘shma so‘zlar

Predlog bilan

boshlanadigan

qo‘shma so‘zlar

Ot+ot;

Sifat+ot;

Fe`l+fe`l;

Ravish+ot;

Predlog+sifat;

Ot+predlog

+ot;

Sifat+fe`l ;

Fe`l+ot;

Ravish+ravish;

Predlog+fe‟l;

Ot+sifat ;

Sifat+

Sifatdosh;

Fel+ot;

-

Predlog+ot;

Ot+predlog+

Fel ;

Sifat+sifat;

-

-

-

-

Sifat+predlog

+ot.

-

-

-


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

77

Ko‘rinib turibdiki, fransuzcha qo‘shma so‘zlarning 17 ta struktur turi mavjud bo‘lib,

ularning birinchi komponentini tashkil etuvchi so‘zlar turiga ko‘ra besh sinfga ajratib tahlil qilish
mumkin, ya‘ni sifat, ot, fe‘l, ravish va predlog bilan boshlanadigan qo‘shma so‘zlar singari. Bunda
sifat bilan boshlanadigan qo‘shma so‘zlarning besh xil, ot bilan boshlanadigan qo‘shma so‘zlarning
to‘rt xil, fe‘l bilan boshlanadigan qo‘shma so‘zlarning uch xil, ravish bilan boshlanadigan qo‘shma
so‘zlarning ikki xil hamda predlog bilan boshlanadigan qo‘shma so‘zlarning uch xil struktur
modellari mavjuddir. Quyida bu struktur modellarga misollar keltirib o‘tamiz:

Sifat+ot

blanc-bec

Sifat+fe`l

blanc-manger

Ot+sifat

amour-propre

Ot+predlog+ot

boute-en-train

Predlog+ot

avant-bras

Ot+ot

bateau-mouche

Fe`l+fe`l

aller-retour

Sifat+sifatdosh

bien-aime

fe`l+ot

brise-vent

Fel+ot

attrape-mouche

Sifat+sifat

aigre-doux

Predlog+sifat

avant-veille

ravish+ravish

avant-hier

Sifat+predlog+ot

belle-de-jour

Ravish+ot

avant-scene

Ot+predlog+fel

bonnet-de-prêtre

Predlog+fe‟l

après-diner

Fransuz tilida defis bilan yoziladigan

so‘zlar leksik–semantik jihatdan tahlil
qilinganda, juda ko‘plab qiziqarli jihatlar
ko‘zga tashlanadi. Bunday so‘zlarning
aksariyat qismi fransuz tilida bo‘lishiga
qaramasdan, ularning orasida dunyoning turli
tillaridan kirib kelgan so‘zlarni, faqat ma‘lum
bir soha doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlarni
ham uchratish mumkin bo‗ladi.

Bunday so‘zlar aynan mana shunday

jihatdan leksik–semantik nuqtayi nazardan
tahlil qilinganda, ularning juda ham ko‘plab
xususiyatlari ko‘zga tashlanadi. Xususan,
ularni kasb-hunar, sport, texnika, qurilish,
asbob-uskunalar, ilm-fan, tashkilot va joy
nomlari, kelib chiqish, hayvonot, parranda,
qarindoshlik, o‗simliklar, kosmetika va hujjat
nomlari kabi sohalarga doir so‘zlar shular
jumlasidandir.

Quyida

ularga

shunday

misollar keltirish mumkin:
1)

Kasb-hunar sohasiga doir so‘zlar:

Aide-soignant, e (n)- tibbiy yordam

ko‟rsatuvchi;

Brigadier-chef(n)- rahbar;

2)Sport sohasiga doir so‘zlar :

Avant-centre(n)- markaziy himoyachi;
Basket-balle(n.m)- basketbol;

3)Texnika sohasiga doir so‘zlar :

Anti-sous-marin,e (adj et n)- Suvosti

kemasiga

qarshi

qurol(jangda);

Bateau-mouche

(n.m)-

Syenada

yo‟lovchi tashuvchi paroxod;

4) Qurilish sohasiga doir so‘zlar :

Arc-boutant

(n.m)-

tirgak,

tirkagich gumbaz

Arc-bouter

(de

bouter)

(v.t)-

tirkagich qo‟ymoq;

5) Asbob-uskuna so‘zlari:

Brule-pourpoin

(á)-

o‟t

o‟chirgich;

Bec-de-corbeau (n.m)- ombur;

6)Ilm-fanga doir so‘zlar :
a)

Kimyo:

Atome-gramme (n.m)- atomgramm

Auto-induction(n.f)- elektromagnit

induksiya

b)

Tibbiyot:

Bec-de-perroquet-(n.m)-

umurtqa ostreoxondrozi

Bec-de-lievre(n.m)-

og „iz

bo‟shlig‟i kasalligi;

c) Kino-teatr:

Avant-scène (n.f)- sahnaning

parda orti qismi;

Ballet-pantomime (n.m)- so‟zsiz va

qo‟shiqsiz xoreografik spektakl;

d) Kosmos-koinot:

Année-lumière (n.f)-

yorug‟lik yili;

e) Geologiya :

Block-daigramme

(n.m)-

geologik

birliklarning 3 o‟lchamda berilishi;

f) Tarix:

Anglo-saxonne (adj et n)- angol-

sakslar;

g) Adabiyot:

Bout-rimé (n.m)- sher qatorlari;

Belle –lettres (n.f)- adabiy, ritorik, poetik

san‟atlar birligi;

h)

Anatomiya :

Auto-immunité(n.f)

-

immunitet;


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

78

Bucco-dentaire (adj) - og‟izga va tishga

aloqador;

7) Tashkilot, joy nomlariga doir so‗zlar :

Auto-école (n.f) - avtomobil boshqaruv

markazi;

Boui-boui (n.m) - kichik kafelarning umumiy

nomi;

8) Millatni ifodalovchi so‗zlar:

Afro-américain,e (adj et nom)- Afrika va

AQSH fuqarosi;

Afro-cubain,e (adj et n)- ham Afrika ham

Kubaga oid;

9) Hayvon va parranda nomlarini ifodalovchi

so‗zlar:

Bec-croisé (n.m)- Uzuntumshuq qush nomi;
Bas-jointé,e- (adj)- Ot turi;

10) Qarindosh-urug ‗ni ifodalovchi so‘zlar :

Arrière-grand-tante (n.f)- bobo yoki buvining

singlisi;

Beau-parent (n.m)- o‟gay ota-ona;

11) Tabiat hodisalarini ifodalovchi so‗zlar:

Arc-en-ciel (n.m)- kamalak;

12) Rasmiy hujjatlarni ifodalovchi so‗zlar :

Bulletin-reponse (n.m)- savollar varaqasi;

Blanc-seing (n.m)- Imzo qo‟yilgan hujjat;

13) O‘simliklarni ifodalovchi so‗zlar :

Bouton- d‟argent (n.m)- oq gul;
Belle-de-nuit (n.f)- tog‟olcha ;

14) Kosmetikaga doir so‗zlar :

Après-soleil (adj et n)- quyoshdan keyingi

krem;

Après-rasage (adj et n)- Soqol olgach,

surtiladigan krem.

Fransuz tilidagi defis bilan yoziladigan

qo‗shma so‗zlarni bu kabi semantik nuqtayi
nazardan tahlil qilish fransuz tili lug‗at
tarkibidagi qo‗shma so‗zlar muammosiga doir
ayrim

masalalarning

echimini

topishga

yordam beradi.

Shuningdek, fransuz tilidagi qo‘shma

so‘zlarga xos yuqoridagi singari struktur
modellarning har biri alohida maxsus ilmiy
izlanishni talab etadi va bunday izlanish
natijalari

tildagi

qo‗shma

so‗zlar

muammolariga asoslangan ayrim leksik,
grammatik va struktur xususiyatlarni kashf
etish imkonini beradi.

Аdabiyotlar:

1.

Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. –Тошкент: Ўқитувчи, 2007. -168 б.

2.

Corbin D. La formation des mots: structure et interprétation// Lexique 10.-Villeneuve

d`Asq: Presses universitaires de Lille. - 1991 – P. 7-30.

3.

Nouveau petit le Robert. – Paris, 1994. – 2467 p.

4.

Corbin D. Hypothèses sur les frontières de la composition nominale.// Cahiers de

grammaire 17. – 1992. – P. 25-55.

5.

Foucault B de. Les structures linguistiques de la genese des jeux des mots. – Berne etc.

Lang,1988.– 144 p. -(Sciences pour la commnication, 23)

6.

Умбaрoв Н., Ҳaмрoқулoв Г. Ҳoзирги зaмoн фрaнцуз тили лексикoлoгияси. –

Тoшкент: Ўқитувчи, 1996. 104 б.


Шукурова Р., Исламова О.

Анализ сложных слов с дефисом во французском языке.

В этой статье рассмотрены некоторые особенности сложных слов, которые пишутся с
дефисом во французском языке. В частности, присущие им грамматические, лексические и
семантические особенности помогают различать парадигматические отношения между
такими словами. Также в статье проанализирована структурная специфика составных
слов, которые пишутся через дефис.

Shukurova R., Islamova O.

The analysis of compound words with hyphen in French

.

This article will discuss some of the features of complex words that are written with a hyphen in
French. In particular, their inherent grammatical, lexical, and semantic features help distinguish
the paradigmatic relationships between such words. The article also analyzes the structural
specifics of compound words that are written with a hyphen.

Библиографические ссылки

Хожиев А. Узбек тили суз ясалиши тизими. -Тошкент: Укитувчи, 2007. -168 б.

Corbin D. La formation des mots: structure et interpretation// Lexique 10.-Villeneuve d'Asq: Presses universitaires de Lille.- 1991- P. 7-30.

Nouveau petit le Robert. - Paris, 1994. - 2467 p.

Corbin D. Hypotheses sur les frontieres de la composition nominale.// Cahiers de grammaire 17. - 1992. - P. 25-55.

Foucault В de. Les structures linguistiques de la genese des jeux des mots. - Berne etc. Lang, 1988 - 144 p. -(Sciences pour la commnication, 23)

Умбаров H., Хамрокулов Г. Хозирги замой француз тили лексикологияси. -Тошкент: Укитувчи, 1996. 104 б.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов